logo

Bir urug’ pallalilar vakillarini o’rganish. Ikki urug’ pallalilar vakillari va ularni oilalarini o’rganish

Yuklangan vaqt:

06.02.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1824.6142578125 KB
Bir urug’pallalilar vakillarini o’rganish. Ikki urug’ pallalilar vakillari va ularni oilalarini o’rganish • Yopiq urug`li o`simliklar ikki sinfga: • ikki pallalilar • bir pallalilar sinfiga bo`linadi. • Bu sinflarning har birining o`ziga xos belgi xususiyatlari yig`indisi bilan xarakterlanadi. Bir pallalilar sinfi Reja:   1. Bir pallalilar sinfiga qisqacha tasnif. 2. Loladoshlar oilasiga tasnif. 3. Greyg lolasi, daraxtsimon aloy 4. Piyozdoshlar oilasiga tasnif. 5. Sarimsoq piyozi 6. Sparjadoshlar oilasiga tasnif. Bir pallalilar sinfi-Monocotyledoneae . Gulli o`simliklarning bu katta sinfiga, asosan mo`tadil iqlimli shimoliy kengliklarda tarqalgan o`t o`simlik-lar, shuningdek subtropik va ayniqsa tropik oblastlarga xos bir muncha kam tarqalgan daraxtsimon o`simliklar kiradi. Bir pallali o`simliklar o`ziga xos qo’yidagi belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi 2. Bosh ildizi barvaqt qurib qolib qo`shimcha ildizlari rivojlanadi. 3. Barglari asosan, paralel yoki yoysimon ba`zan to`g`risi- mon tomirlangan bo`ladi. 4. Naychalar bog`lami tutash (kambiy qatlamisiz) bo`ladi va ular ko`pincha sochilib joylashadi. 5. Ko`pchilik xollarda gullari 3 bo`lakchali va besh qinrralidir .1. Bu sinfga mansub ko`pchilik o`simlik vakillaring urug`ida faqat bitta urug` palla bo`ladi. Loladoshlar tartibi-Liliales.Loladoshlar oilasi-Liliaceae. Bu oilaga 10 avlod, 470 tur kiradi, ulardan 230 ga yaqini madaniy holda o`stiriladi. Bu oilaga mansub o`simliklar asosan o`rta iqlimli mintaqalarda, Shg`arbiy va Sharqiy Osiyoda, Himolayda tarqalgan. Greyg lolasi lolalar avlodiga mansub bo`lib, u aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog`larning qo’yi qismidagi yonbag`irlarda ochiladi yirik gulli, ko`rkam o`simlik . Aloe xona sharoitda kamdan kam gullaydi. Shunday qilib loladoshlar oilasiga bir va ko`p yillik o`simliklar kiradi. Ularni ichida aloe singari dorivorlari ham, lola kabi manzarali o`simliklar ham ko`p uchraydi. Aloe tarkibida antratsen unumlari, smola, efir moylari saqlaydi. U tibbiyotda turli xil kasalliklarda, xususan, ichni yumshatadigan, o`t haydaydigan va bakteratsid ta`sir ko`rsatadigan, yallig`lanishga qarshi ta`sir ko`rsatadigan vosita sifatida foydalaniladi. Amarillislar tartibi - Amarilidales. Piyozguldoshlar oilasi - Alliaceae Bu oilaga 32 avlod 750 tur o`simliklar kiradi. Shulardan 310 tasi piyozlar avlodiga mansubdir. O`zbekiston florasida bu oiladan 165 turi uchraydi. Piyozguldoshlar yer qismining hamma qismida xususan dasht va cho`l zonalarida keng tarqalgan. Barcha piyozguldoshlar o`t o`simligi bo`lib, yer ostida piyozboshi yoki ildizpoyasi bo`ladi. Sarimsoq piyozi - Allium sativum.L. Bo`yi 100 sm gacha boradigan ko`p yillik o`tsimon o`simlik. Piyozi tuxumsimon shaklda bo`lib, 7 donadan 30 donagacha boradigan mayda - mayda piyozchalar tashkil topgan. Pallalari oqish rangda bo`ladigan, pardadek umumiy po`st bilan o`ralgan. Pallalari ham, o`z navbatida pushti yoki binafsha rang po`st bilan qoplangan uzunligi 4 sm gacha boradi. Boshoqdoshlar oilasi – Graminerae Bu oilaga bir yillik ikki yillik va ko`p yillik o`simliklar va ba`zan bo`yi bir necha metrga yetadigan daraxt o`simliklar kiradi. Poyalari poxol bo`lib, bo`g`im va bo`g`im oraliqlari bor, poyaning bo`g`im oralari ichi bo`sh (kovak) ba`zi xollardagina masalan, makkajo`xori, sava cho`llardir. Qiyoqgullilar tartibi - Cyperales. Qiyoqgullilar oilasi – Cyperaceae Bu oilaga 120 taga yaqin avlod va 5600 taga yaqin tur kiradi. O`zbekiston florasida 16 avlod 90 turi uchraydi. Yer yuzining hamma xududlarida, asosan botqoqliklarda o`simlik qoplamini hosil qiladi. Bu oilaga kiradigan o`simliklarning ko`pchiligi ko`p yillik, ildizpoyali, poyasining uzunligi 4 m gacha yetish mumkin. Ularning poyalari 3 qirrali, silindrsimon. Adabiyotlar: 1. L.I.Kursanov, N.A.Komarnitskiy, Meyyer K.M va boshqalar. Botanika II tom.T."O`rta va Oliy maktab" 1963 y. 2. V.A.Burыgin. F.X.Jongurazov Saidov J.K.va boshqalar.Botanika va o`simliklar fiziologiyasi.T,"O`qituvchi" 1972 yil. 3. V.G.Xrjanovskiy.Kurs obshey botaniki.Chast II.M. Iz-vo "Vыsshaya shkola "1982 god. 4. I.Xamdamov.,I.Shukurullayev.,YE.Tarasova. va boshqalar. Botanika asoslari.T., Mehnat 1990 yil. 5. G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombыtko.Botanika. M.Iz-vo"Vыsshaya shkola" 1990 god. • Ikki pallali o`simliklar quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: murtagi ikki urug` pallali, asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo`lganligidan tanasi ikkilamchi yo`g`onlashish xususiyatiga ega. Naychalar to`dasi ochiq. Barglarining shakli har xil va nayi xilma-xil o`yiqli, barg tomirlari to`r shaklida bo`ladi. Gullari 5 bo`lakli tipda. • Gul qo`rg`oni ko`pincha, qo`sh bo`ladi. • Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o`simliklarni bir pallalilardan farq qilishga imkon beradi. Ikki pallali o`simliklarning birortasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto ular bir-biriga payvand qilinsa,payvand ham tutmaydi. • Qulupnay, yertut — raʼnoguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; rezavor ekin. Yevrosiyo va Amerikada 50 turi maʼlum. Asosan bogʻ Q., turi, shuningdek: oʻrmon Q.i, muskat taʼmli q., virginiya Q.i va chili Q.i. — Q.ning birinchi navlari 18-a. da Niderlandiyada paydo boʻlgan. • Quydagi ikki pallali o’simlimliklarni oilalarini toping