logo

Moddalar almashinuvi. Metabolizm.Tirik organizmlardagi plastik almashinuvi

Yuklangan vaqt:

16.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3998.8125 KB
MUSTAQIL ISH   Moddalar almashinuvi. Metabolizm.Tirik organizmlardagi plastik almashinuvi Barcha tirik organizmlar tashqi muhitdan turli moddalarni olib o‘zlashtiradi, ularni esa organ va to‘qimalarning tuzilishi uchun zarur material va energiya manbai sifatida sarflab, chiqindi moddalarni ajratib turadi. Moddalar va energiya almashinuvi deb nomlanuvchi bu jarayon hayotni fizik va kimyoviy asosini tashkil qiladi. Moddalar almashinuvi organizm ehtiyoji uchun kimyoviy energiyani foydalanishi mumkin bo‘lgan shaklda etkakzib turadi. Tashqaridan qabul qilingan moddalarni hujayra strukturalarining qurilishi uchun zarur bloklarga aylantiradi va ulardan yirik molekulalar yig‘ilishini ta’minlaydi. Moddalar almashinuvi ikki muhim jarayon – katabolizm , anabolizmdan iborat. Katabolizm; - bunda yuqori molekulyar birikmalar – uglevodlar, yog‘lar, oqsillarning fermentativ o‘zgarishi, ko‘pincha oksidlanish reaksiyalari orqali kichik molekulalarga parchalanishiga aytiladi. Bunda tashqi muhitdan olingan yoki xujayrada ilgari to‘plangan moddalar oziq modda sifatida xizmat qiladi. Bu yuqori molekulyar birikmalarning parchalanishidan oddiy molekulalar: laktat kislota, atsetat kislota, ammiak yoki mochevina va boshqa moddalar hosil bo‘ladi. Bu jarayonda murakkab organik molekulalardagi erkin energiya ATF molekulasida fosfat bog‘lari energiyasi shaklida to‘planadi. Anabolizm jarayonida kichik molekulali oddiy moddalardan fermentativ reaksiyalar yordamida organizm extiyoji uchun zarur bo‘ladigan yuqori molekulali hujayra komponentlari, ya’ni polisaxaridlar, oqsillar, nuklein kislotalar, yog‘lar sintez qilinadi. Lekin bu ikki jarayon, anabolizm va katabolizm hujayrada bir vaqtda boradi va bir biri bilan uzviy ravshda bog‘liq bo‘ladi. Bu yuqori molekulyar moddalarni hosil bo‘lishida, oraliq moddalarni hosil bo‘lishi ham kuzatiladi, bo‘lar metabolitlar deyiladi. Bu oziq moddalar: uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va boshqalarning hujayrada birin ketin parchalanishi fermentativ reaksiyalar ishtirokida boradi. Bu oziq moddalarning katabolizmi 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda yuqori molekulali moddalar, kichik molekulalarga parchalanadi. Masalan; polisaxaridlar geksozalar, pentozalargacha, yog‘lar yog‘ kislotalar va glitseringacha, oqsillar aminokislotalargacha parchalanadi. Ikkinchi bosqichda hosil bo‘lgan birikmalar oddiyroq molekulalargacha parchalanadi. Masalan, geksozalar va pentozalar parchalanib, 3 uglerod atomli fosforlangan shakarga – glitseraldegid-3-fosfatga, keyin pruvat kislota orqali atsetil KoA ga parchalanadi. Yoki oqsil molekulasiga kiruvchi 20 xil aminokislota katabolizm jarayonida atsetil- KoA hamda boshqa umumiy metobolitlar hosil bo‘ladi. Fosfoglitserin aldegidi glitserin biosintezining xomashyosidir. Piruvat kislotaning oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi natijasida hosil bo‘lgan atsetil-KoA yuqorimolekulyar yog‘ kislotalariga asos soladi. Shunday qilib, nafas olish va bijg‘ish jarayonlari, lipidlar almashinuvi bilan uzluksiz bog‘lanadi. Undan tashqari ma’lumki, urug‘larda lipidlarning miqdori o‘simlikning azot bilan ta’minlanganiga bog‘liq. Atsetil-KoA uglevodlar dissimilyasiyasi mahsuloti, ko‘plab xilma-xil birikmalar steroidlar, karatinoidlar, terpenlar hosil bo‘lishining materialidir. O‘simlik garmonlari yoki fitogarmonlar, o‘simliklarda kam miqdorda sintezlanib, o‘zi hosil bo‘lgan to‘qimadan uzoqlashgan holda o‘sish va rivojlanish regulyatorlariga nisbatan qo‘llaniladi. Bu o‘sish garmonlari o‘simliklarning fototropizmi (nurga qarab o‘sish), va geotropizmi (novdaning uchiga qarab, ildizning erga qarab o‘sishini) ta’minlaydi. Fitogarmonlarning bunday ta’siri hujayralarning uzunasiga kattalashishiga bog‘liq. Shunday qilib, tashqi ta’sir yordamida o‘simlik yoki hayvon rivojining tezligini o‘zgartirish mumkin. Bu narsa o‘z navbatida gerbitsit va antibiotik tushunchalarini keltirib chiqaradi, rivojini tezlatuvchi faktorlar va zararli ta’sirdan saqlovchi moddalar. Xozirgi vaqtda o‘simlik yoki uning ayrim qismlari o‘sishini boshqaruvchi birikmalar topilgan. Bunday birikmalar tadqiqotiga o‘z vaqtida CH. Darvin asos solgan va bir qator botaniklar tomonidan davom ettirilgan. N.G.Xolodnыy kuzatishlari bo‘yicha unib chiqayotgan murtak uchidagi qismida qandaydir moddalar bo‘lib, hujayralarning chuzilishi va o‘sishini tezlatadi. Bu moddalar auksinlar deb atalib, hususan -indolilsirka kislotadir (ISK). Auksin so‘zi o‘sishni tezlatuvchi barcha moddalarning umumiy nomi haqiqiy tabiiy auksinlar indol hosilalari bo‘lib triptofandan sintezlanadi. Eng muhim auksin indol-3-atsetat kislota-geteroauksin deb ataladi. Auksin o‘simlik novdasining uch qismida, barglar uchida, urug‘dan chiqib kelayotgan koleobtil deb ataladigan birinchi bargda, hosil bo‘lib, o‘zidan pastda turgan hujayralarda ta’sir ko‘rsatadi. Indolil -3-atsetat kislota Bu kislota 1934 yilda Kyogl tomonidan odamlar siydigidan ajratib olingan, bu o‘simlik maxsulotlarini iste’mol qilinganda hosil bo‘lsa kerak. Uni tabiiy o‘simlik gormoni ekanligi 1950 yilda kashf qilingan. O‘sish garmonlari qatoriga bundan tashqari giberellin, kinetin, zeatin, abssizat kislotalar o‘sish garmoni bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan. Bu moddalar qishloq xo‘jaligida qalamchalarning tezroq ildiz olishi uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda bir qator auksinlar sintezlangan bo‘lib, ular o‘simliklar ildizining tez o‘sishini ta’minlaydilar. Lekin, ISK o‘zini ta’sir kuchini oshiruvchi (glyutation) ham susaytiruvchi (kumarin), o‘simlik to‘qimalarida sintezlanuvchi moddalar bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘simliklar tarkibi va modda almashinuvining o‘ziga xosligi, uning ma’lum gerbitsidni qabul qilishi yoki qilmasligini belgilaydi. Mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan va boshqa mikroorganizmlarni nobud qiladigan yoki o‘sishini to‘xtatadigan moddalar antibiotiklar deyiladi. Bir mikroorganizmlarni boshqalariga qarshi kurashda qo‘llash g‘oyasi o‘z vaqtida I.I.Mechnikov tomonidan berilgan. Mikroblar antogonizmi g‘oyasi meditsinada keng qo‘llnilmoqda. Rus olimi V.A.Manassein 1871- 1872 yillarda yashil zamburug‘lar Penicillium ning shifobaxsh hususiyatlarini ta’riflagan. Ajratib olingan va qo‘llaniladigan antibiotiklar soni nihoyat ko‘p. Ularning faqat ma’lum konsentratsiyasi odam uchun zaharsiz. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra antibiotiklar turli kimyoviy birikmalarga kiradi. Masalan, penitsillin mikroblarga qarshi yaxshi antibiotikdir. Uning tuzilish strukturasi yaxshi o‘rganilgan. Penitsilin mikrobi hujayra devorini hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi fermentni neytrallashi natijasida mikrob nobud bo‘ladi. Lekin, penitsilinning nihoyatda keng qo‘llanishi tabiatda unga bardosh bera oladigan mikroblarni keltirib chiqardi. Bu mikroblar penitsilinga qarshi uni parchalovchi fermentlar hosil qilar ekanlar. Bunday mikroblarga qarshi penitsilinning tarkibiga turli gruppalar kiritish yo‘li bilan uning hosilalari ishlab chiqildi.