logo

Biologiya o’qitish metodikasining dolzarb muammolariga bag’ishlangan anjumanlar uchun ma’ruza va taqdimot materiallari tayyorlash

Yuklangan vaqt:

23.09.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2830.240234375 KB
Biologiya o’qitish metodikasining dolzarb muammolariga bag’ishlangan anjumanlar uchun ma’ruza va taqdimot materiallari tayyorlash Reja: ◦ 1. Zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayonining o'ziga xos xususiyatlari. ◦ 2. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy va uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat ko'rsatish prinsiplari. ◦ 3 .0’qitish prinsiplari va qonuniyatlari. ◦ 4. Biologik ta'lim jarayonining yaxlitliligi. ◦ Ma'lumki, mamlakatimizning ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari uzviy ravishda uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat: ko'rsatish printsiplariga bevositata'sir ko'rsatadi va ularni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, zamon talablari asosida qayta qurish, uzluksiz ta'lim tizimining turlari, ta'lim muassasalari oldidagi vazifalar, kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan bir qatorda uzluksiz ta'lim tizimining quyidagi faoliyat ko'rsatish printsiplari qayd etilgan. ◦ Respublikamizda olib borilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlaming muvaffaqiyati uzluksiz ta'lim tizimining barcha turlarida ta'lim- tarbiya jarayoni tashkil etiladigan o'qitish printsiplari ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari va uzluksiz ta'lim tizimining' faoliyat ko'rsatish printsiplariga qanchaiik mos kelishi va ularni amaliyotga joriy etishga safarbar etilganligiga bog’Iiq. Ma'lumki, o'qitish printsiplari - o'qitish tizimining tuzilishi, mohiyati, uning qonunlari va qonuniyatlari haqidagi, shuningdek, faoliyatni tashkil etadigan, amaliyotni boshqarishda namoyon bo'ladigan bilimlar majmuasi sanaladi. ◦ O'qitish printsiplari negizida o'qitish qonunlari va qonuniyatlari yotadi. O'qitish qonunlari va qonuniyatlari o'qitish printsipining nazariy asoslarini ishlab ch iq ish g a va pedagogik faoliyat amaliyotiga qo'llashga zamin tayyorlaydi. Quyidagi jadvalda mamlakatimizning ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari, shuningdek, Respublikamizda joriy etilgan uziuksiz ta'lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish printsiplari va ular asosida o'qitish printsiplari o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va uzviylik aks ettirilgan. Shuni qayd etish kerakki, zamonaviy biologik ta'limni tashkil etish va olib borishda mazkur printsiplardan foydalanish samaradorlikni kafolatlaydi.  ◦ . O'qitish printsiplari biologiyani o'qitishning maqsadi va vazifalariga bog’liq holda ta’lim-tarbiya jarayonining yo'nalishi va pedagogik faoliyatning mazmunini belgilaydi. O'qitish printsipi - didaktik kategoriya bo'lib, u ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalariga bog’liq holda o'qitish qonunlari va qonuniyatlarining amaliyotga qo' llanish usulini belgilaydi. Agar o'qitish printsiplari o'qituvchi va tahsil oluvchilaming hamkorlikda o'qitish maqsadlariga erishish yo'nalishini belgilasa, o'qitish qonunlari pedagogik jarayonning xarakterini o'zida aks ettiradi. ◦ Barcha jabhalarda qonunining maqsadi va istiqboldagi ko'zlangan natijasi bo'lgani kabi o'qitish qonunlari ham metodika fanining mantiqiy tarkibiy qismi sanalib, pedagogik jarayonning ob'ektiv, tashqi, ichki, muayyan va nisbiy bog’lanishlarini aks ettirib, ta'lim- tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini, mazkur jarayonning ilmiy asosda tashkil etilishi va boshqarilishi, olinajak natijalar va samaradorlikni orttirish yo'llarini belgilaydi. ◦ Shuni qayd etish kerakki, biologiyani o'qitish jarayonining birligi va yaxlitligini tasaw ur etish uchun o'qituvchi o'zi pedagogik faoliyat yuritayotgan ta'lim muassasalari oldiga qo'yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalarni e'tiborga oigan holda o'rganiladigan mavzuning didaktik (ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ) maqsadlarini aniqlashi, mavzu mazmunidan o'rin olgan bilim (tushuncha, atama, g’oya, nazariya, qonuniyat)lar va o'quvchilarda tarkib toptiriladigan ko'nikmalami yoritib beradigan o'qitish vositalarini tanlashi, o'quvchilaming bilish faoliyatini faollashtiish imkonini beradigan o'qitish metodlarini belgilashi, ulardan dars davomida o'z o'mida samarali foydaianish yo'llarini loyihalashi zarur.  ◦ Biologiya ta'limi standartidagi «O'quvehilaming tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar» o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi shart bo'lgan ko'rsatkichlami ifodalaydi. Bunda o'quvehilaming bilishi, anglashi, amaliy ishlami bajara oladigan ko'nikma va malakalarga ega bo‘lishlarini ta'minlash va ulaming sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko'rsatkich va talablar biologiya ta'limining asosiy sifatlarini baholashda o'lchov bo'lib xizmat qiladi.