logo

Tabiiy tosh materiallar. Sun’iy kuydirilgan materiallar va buyumlar-sapol buyumlar haqida umumiy tushuncha

Yuklangan vaqt:

03.06.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3691.376953125 KB
Tabiiy tosh materiallar. Sun’iy kuydirilgan materiallar va buyumlar-sapol buyumlar haqida umumiy tushuncha Reja: Tog’ jinslarining tarkib topishi va tavsifi, Qurilishda ishlatiladigan tog’ jinslari Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ishlov berish, Tabiiy tosh materiallari va buyumlarini tashish, saqlash, ularni yemirilishdan himoyalash usullari. Mahalliy tabiiy tosh materiallarsh Sopol buyumlar haqida umumiy tushuncha Sopol buyumlarni ishlab chiqarish xom ashyolari, usullari va xossalari Adabiyotlar 1. A.Hamidov “Qurilish materiallari va buyumlari”, Toshkent, Fan va texnologiya, 2014b 2. Qosimov E., Qurilish ashyolari. T. “ Mexnat ” , 2004.,511bet. 3. Samigov N.A., Samigova M.S. “ Qurilish materiallari va buyumlari ” . Toshkent. “ Mehnat ” , 2004y. 310b. 4. Samig‘ov N.A., Xasanvoa M.K., Zokirov J., Komilov X. Qurilish materiallari fanidan misol va masalalar to‘plami. O‘qituvchi. 2005. 146b. 5. Samig`ov N.A., Xasanova M.K., Zokirov J.S., Komilov X.X. Qurilish materiallari fanidan misol va masalalar to`plami. O`qituvchi. 2005. 146b. 6. Интернет сайтлари: Tayanch so’z va iboralar: Mineral, monomineral magmatik tog’ jinslari, cho’kindi tog’ jinslari, metamorfik tog’ jinslari, dala shpatlari, granit, dolomit, bazalt, gabbro, siyenit, topaz, korund, olmos, kvars, marmar, slanets, slyuda.  Tog’ jinslaridan faqat mexanik usulda ishlov berish yo’li bilan (maydalash, parchalash, arralash, jilvirlash, jilolash va boshqa yo’llar bilan) olinadigan qurilish materialllari tabiiy tosh materialalar deb ataladi. Bunday ishlov berish natijasida tabiiy tosh materiallar tog’ jinsining fizik-mexanik xossalarini qariyib to’la saqlab qoladi. Tog’ jinslarining tarkib topishi va tavsifi Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari 1-§ Tog’ jinslari yer qobig’ini yuzaga keltiruvchi mustaqil geologik jinslarni hosil qiladigan, ma’lum darajada o’zgarmas tarkibli minerallarning tabiiy agregatlaridan iboratdir. Bitta mineraldan iborat tog’ jinslari oddiy yoki monomineral jinslar deb, bir necha mineraldan iborat tog’ jinslari esa murakkab, yoki polimineral jinslar deb ataladi. Mineral (lotin tilida minera - ruda) – kimyoviy tarkibi va fizik xossalari bo’yicha taxminan bir jinsli tabiiy jism bo’lib, yer qobig’ida sodir bo’ladigan har xil fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo’ladi. Har qaysi mineral ma’lum kimyoviy tarkib va fizik-mexanik xossalar bilan tavsiflanadi.06 01 1902 0B 07 1A080E  Kelib chiqishi bo’yicha tog’ jinslari magmatik (otqindi), cho’kindi va metamorfik kabi uch guruhga bo’linadi. Magmatik tog’ jinslari-olov suyuq massa-magmaning sovishi natijasida hosil bo’lgan. Magma yer qobig’ini yorib chiqib yer yuzasida yoyiladi yoki yer qobig’i ustida soviydi. Magmaning sovish sharoitlariga qarab u chuqurlikda sovigan (intruziv) va otilib chiqib sovigan (effuziv) jinslarga bo’linadi. Tog’ jinslari   Magmatik Cho'kindi Metamorfik A. Yirik 1. Chuqurlikdagi (granit, diorit, gabbro,labradorit)   A. Mexanik yotqiziq 1. G’ovak (qumlar, shag’al)   A. O’zgargan magmatik B.O’zgargan cho’kindi (marmar, kvarsit, gilli slanetslar)   2. Otilib chiqib oqqan (porfirlar, diabaz, bazalt)   2. Sementlangan qum-tosh, konglomerat, brekchiya   B. Chaqiq vulqonik 1. G'ovak (vulqon kul, pemza) 2. Sementlangan (vulqon tufi)   A. Gilli (gillar) V. 1. Xemogen – kimyoviy cho’kindi (dolomit, magnezit, gipis) 2.Organogenik yotqiziqlar (ohaktosh, ohaktosh chig’anoq- tosh, bo’r, diaomit, trepel)    Metamorfik yoki ko’rinishi o’zgargan tog’ jinslari cho’kindi yoki magmatik tog’ jinslarining yuqori harorat, yuqori bosim va boshqa omillarning ta'sirida o’z ko'rinishlarini o’zgartirishlari natijasida yer po’stining qalinligida hosil bo’lgan. Bunday sharoitlarda minerallar erimasdan qayta kristallanadi, bu esa hosil bo’lgan jinslar zichligining dastlabki jinslar zichligiga nisbatan ortishiga yordam beradi. Odatda, metamorfik tog’ jinslari slanets tuzilishiga ega bo’ladi, lekin birlamchi jinslar strukturasini saqlab qolishlari mumkin.  Tog‘ jinslarining hosil bo‘lish sharoitlari ularning tuzilishini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Shu bilan birga, ularning asosiy xossalari, binobarin, tog‘ jinslarining qurilishda ishlatish sohalari shu tuzilishga bog‘liqdir. Chuqurlikda hosil bo‘lgan magmatik tog‘ jinslari o‘ta darajada zichligi, sovuqqa chidamliligi va suvni kam shimib olishi bilan ajralib turadi. Bunday tog‘ jinslarining asosiy turlari: granit, diorit, gabbro, labradoritdir. Granit – kvars, dala shpati (ortoklaz) va slyudadan iborat Diorit - asosan dala shpati (plagioklaz) va mo‘giz rudadan iborat Labradoit – gabbroning turlaridan biri bo‘lib, asosan dala shpati va labrador mineralidan iborat. Gabbro -eng mustahkam va turg‘un magmatik tog‘ jinsi bo‘lib, dala shpati (plagioklaz) va qoramtir rangli minerallardan (avgit va olivindan) iborat Chaqiq cho'kindi tog’ jinslarining uvalanib ketadigan turlari (qum, shag'al) hamda sementlangan turlari (qumtosh, konglomeratlar, brekchilar) qurilishda keng ko’lamda ishlatiladi . Gilli cho'kindi tog’ jinslari jumlasiga kaolinit, kvars, slyuda, dala shpati va boshqalarning juda mayda zarrachalaridan iborat bo’lgan mayda chaqiqli qatlamlari kiradi.  dolomit, magnezit, gips angidritXimogenli cho’kindi jinslar ohaktosh, ohaktosh- chig’anoqtosh, bo’r, trepel, diatomitOrganogen cho’kindi jinslar gneyslar, gilli slanetslar, marmarlar va kvarsitlardi rMetamorfik tog’ jinslari Tosh qazib olish . Qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan tog’ jinslarini qazib olish usullari ularning joylashish sharoitlari, mustahkamligi va qattiqligi, shuningdek, yasaladigan buyumlarning shakli hamda o‘lchamlariga bog’liq. Tog’ jinslari uncha chuqur joylashmagan yoki yer yuzasiga yaqin joylashgan hollarda, ularni qazib olish ochiq usulda olib boriladi. Chuqur joylashgan tog’ jinslari tosh maydalanadigan joylar yoki shaxtalarda yerosti usulida qazib olinadi .Tosh materialllar va buyumlar ishlab chiqarish uchun avvalo tog’ jinsini qazib olish va unga ishlov berish zarur. Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ishlov berish Tabiiy tosh materiallari va buyumlarini tashish, saqlash, ularni yemirilishdan himoyalash usullari2- § Mayda tosh yoki xarsang tosh uchun mo’ljallangan zich tog’ jinslari, odatda, portlatish usulida qazib olinadi, lekin tog’ jinslaridan katta o’lchamli plitalar va bloklar tayyorlashda ushbu usul qo’llanmaydi, chunki jinslarda darzlar paydo bo’lishi mumkin. Alohida bloklar massivdan tosh tarashlash va qo’porish mashinalari, shuningdek, maxsus asboblar yordamida arralab yoki sindirib olinadi. Toshga ishlov berish Tog’ massividan ajratib olingan katta o’lchamli toshlarga ishlov berish natijasida tosh zarur shakl va o’lchamlarga, ustki yuzasi esa belgilangan holatga keladi. Toshga, odatda, maxsus zavodlarda mexanizatsiyalashgan usulda ishlov beriladi. Qoplama toshlarga ishlov berish, ayniqsa sermehnat va murakkab ishdir. U quyidagi asosiy bosqichlarni o’z ichiga oladi: tosh bloklarini talab etilgan qalinlikda plitalar va bo’laklarga arralash, plitalar va bo‘laklarni berilgan o‘lchamlarda qirqish, profillash va faktura bezak berish va hokazo. Toshga ishlov berish uchun har xil qurilmadagi statsionar stanoklardan, shuningdek portativ pnevmatik asbobdan foydalaniladi. Qurilish maydonchalarida bu asbob vositasida qoplama ishlarni bajarishda detallarning kerakli joylari jilvirlanadi. Toshga dastaki pnevmatik asbob bilan ishlov berish   Tabiiy tosh materiallar va buyumlarni tashish hamda saqlash vaqtida mexanik shikastlanishi, ifloslanishi va namlanishini istisno qiladigan choratadbirlarga rioya qilish zaurur. Qoplama plitalar va boshqa buyumlarni tashish va transport vositalaridan tushirishda uloqtirishga ruxsat etilmaydi. Tabiiy toshdan tayyorlangan qoplama buyumlar yopiq omborlar yoki bostirma ostida turlari bo’yicha xillarga ajratib, arralanadigan bloklar va bort toshlarni esa tekislangan ochiq maydonlarda yog’och tagliklarga yotqizib saqlash tavsiya qilinadi. Ombordan suv oqib chiqib ketishi ta’minlanishi lozim Tosh materiallar atrofidagi muhit bilan o’zaro ta’sirlanish, fizik- kimyoviyjarayonlar, shuningdek turli o’simlik organizmlarining ta’siri natijasida yemirilishi mumkin. Toshning yemirilishiga asosiy sabab-suv ta’siridir, chunki u toshning darz ketgan joylari va g’ovaklariga kiradi, so’ngra muzlab va hajmi kengayib toshni yemiradi. Bundan tashqari, xaroratning keskin o’zgarishi natijasida tosh yuzasida mikrodarzlar paydo bo’ladi, ular yemirilish manbai bo’lib qoladi. Turli mikroorganizmlar va o’simliklar darz ketgan joylarda joylashib olib organik kislotalar ajratib chiqaradi, ular o’z navbatida toshni yemiradi. Havo tarkibidagi turli gazlar, masalan karbonat angidrid gazi, ohaktoshlar va marmarlarning yuzasini intensiv yemiradi. Tabiiy tosh materialining yemirilish tezligi toshning tuzilishi, zichligi, yuzasining sifati, jins hosil qiluvchi mineralllarning kimyoviy tarkibi va boshqa tafsilotlariga, shuningdek toshga tashqi ta’sirlarning intensivligiga bog’liq. Mahalliy tabiiy tosh materiallar3- §   O‘zbekiston shaharlarida sanoat va uy-joy binolari qurish va ularga pardozlash qoplama materiallarini ko‘plab ishlatish, shuningdek temir yo‘l o‘tkazish kabi ishlar juda rivojlanib ketganligi tufayli oddiy g‘isht va sopol materiallar qurilish talablarini qondira olmay qoldi. Shuning uchun ham qurilishda tabiiy toshlar qo‘llanila boshlandi. Qurilish uchun zarur bo‘lgan tabiiy tosh materiallarni qidiruv ishlari O‘zbekistonda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgacha topilgan qazilma boyliklar zahirasi qurilish talablarini bir necha o‘n yillargacha qondira oladi.   Beton va temir-beton qurilmalarni tayyorlashda ishlatiladigan mayda (qum) va yirik (shag‘al) to‘ldirgichlar O‘zbekistonda keng tarqalgan. Chirchiq daryosining Chinoz yaqinidagi o‘zanida, Sirdaryo o‘zanida, Farg‘ona vodiysi va boshqa yerlarda shag‘al va qum zahiralarini ko‘plab uchratish mumkin. Beton uchun yuqorida aytilgan daryo qumlari qatorida qadimiy dengiz qirg‘oq qumlarini ham ishlatish mumkin. Bunday qum konlari Toshkent yaqinidagi hududlarda va Farg‘ona vodiysida ko‘p uchraydi. Ular 10-20 metr qalinlikdagi qatlam sifatida, Ohangaron vodiysida kichkina tepaliklar sifatida Jilg‘a to‘xtash joyigacha, Chirchiq vodiysida esa Barraj to‘xtash joyigacha bo‘lgan joylarda ko‘p tarqalgan. Mays va Darvoza qum konlaridan deyarli 15 yildan beri qum qazib olinmoqda. Sho‘rob va Sulyukta ko‘mir konlari atrofida 20- 30 metr qalinlikka ega bo‘lgan oq qum qatlamlari yer yuzasiga ko‘tarilib qolgan. Toshkentdan 50-70 kilometr masofadagi Qurama tog‘larida 100 metr qalinlikka ega bo‘lgan dolomit qatlamlari topilgan. Oq dolomit toshlari O‘zbekistonning janubida, G‘uzor tog‘larining g‘arbiy- janubidagi Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. 4. Sopol buyumlar haqida umumiy tushuncha Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo’shilmalar qo’shib, qoliplash va kuydirish yo’li bilan olinadigan buyumlar va materiallar sopol materiallar deb ataladi. Hozirgi kun qurilishida spool materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, o’choq va tutun quvurlarini terish, oqava va drenaj qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Sopol buyumlar yasaladigan material sopol texnologiyasida sopol sopolak deb ataladi.  Qurilish bob sopol buyumlar sopolakning tuzilishi, konstruktiv jixatdan tuzilishi, sirtining holati va hokazo bo’yicha turlanadi. 1. Qurilmasi jihatidan mo’ljallanishi bo’yicha 2. Sopolakning tuzilishiga bo’yicha 0A 18 11 12 • Issiqlikda n himoya uchun • Yo’l materiallari uchun • Kislotaga bardoshli buyumlar uchun • Santexnika buyumlari uchun bino tomlar uchun binolar fasadini qoplash uchun Oqava va drenaj quvurla ri uchunBinolar ichiga qoplash uchun Qurilmasi jihatidan mo’ljallanishi bo’yicha Sopol materiallar va buyumlar quyidagi guruhlarga bo’linadi.  Sopolakning tuzilishiga buyicha • Materiallardan yasalgan sopolak singanda xira ko’rinadi, suvni oson shimib oladi, g’ovakliligi 5% dan ortiq bo’ladi. G’ovakli spool buyumlar jumlasiga g’isht, ichi g’ovak toshlar, cherepitsiya va boshqalar kiradi.G’ovakli buyumlar • Oq yoki bir tekis bo’yalgan zich materiallar singanda yaltiroq chig’anoq simon ko’rinadi, g’ovakliligi 5% dan oshmaydi, suyuqlik ba gazlarni o’tkazmaydi. Zich spool buyumlar ichida pol pilitkalar, kislotaga chidamli g’isht va boshqalarni aytish lozim. Zich sopol buyumla r0A 21 Sopol materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun gil asosiy xom ashyodir. Gilning texnologik xossalarini yaxshilash uchun, shuningdek, tayyor buyumlar ma’lum fizik-mexanik xossalarga ega bo’lishi uchun yog’sizlantiruvchi, quyib ketadigan ba plastik qiladigan qo’shimchalar ishlatiladi. Sopol materiallar ba buyumlar turli-tuman o’lcham, shakl, fizik-mexanik xossalarga ega bo’ladi va maqsadlarda foydalaniladi. 2. Sopol buyumlar ishlab chiqarish xom ashyolari10 02 05 3204 05 1A 03 24 2B1F0A21071307 04 Gil tog’ jinslarining mayda dispersiyali fraktsiyasi bo’lib, suv bilan pilastik qorishma hosil qilish, qurigandan keyin unga berilgan shaklni saqlab qolish va pishirilgandan kiyin tosh qattiqligiga ega bo’lish xususiyatiga ega. Gil quyidagi tog’ jinslarining yemirilishi va parchalanishidan hosil bo’ladi magmatik metamorfik Gillarning sopolak materiallar ishlab chiqarishda xisobga olinadigan eng muhim xossalari plastikligi, havoda va olovda kichrayishi, olovbardoshligi, gil sopolakning rangi va hokazolardir.Plastiklik • Gil qorishmasining tashqi kuchlar ta’siri ostida darzlar hosil qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingandan keyin shu shakilni saqlab qolishiga aytiladi Gillarninghavo da kichrayishi • Yuqori plastic gillarning hovoda chiziqli kichrayishi 10% dan ortiq, o’rtacha pilastikdagi giliniki 6-10 va oz pilastik giliniki 6% dan kam bo’ladi. Gillarning olovda kichrayishi • pishirish jarayonida quruq namunaning chiziqli o’lchamlarining o’zgarishiga aytiladi. Gillarning olovda kichrayishi turiga qarab odatda 1-4% atrrofida bo’ladi. Olovbardoshlik • Olov bardoshligi bo’yicha gillar uch guruxga bo’linadi: yumshash harorati 15800 dan yuqori olov bardosh gillar; yumshash harorati 15800-13500 bo’lgan kiyin suyuqlanadigan gillar va yumshash Harorati 13500 dan past oson syuqlanadigan gillar.2E0B 1C1914 080B0E Xom ashyo materiall arni qazib olish, xom ashyo massani tayyorla sh, xom ashyon i qolipla sh, quritis h,pishiris h, pishirilg an buyumla rni navlarg a ajratish, ombor da saqlash Ishlab chiqarish texnologik bosqichlari31 11 17 11 0C 0E 32 11 17 12 0D 32 11 08 0C 0D 0C1F 0B1C 26 0B 26 11 09 16 1511 11 11 0E 1A 0D 5309 1B 07 030809 Relis yo’llarda Avtosamosv allar Lentali Transporterlar Kuzovi to’ntariladigan vagonetkalarda Kanat yo’ l vagonetkalariZavodga gil quyidagi transport to’rlari bilan tashiladi34 3. Sopol buyumlarni ishlab chiqarish usullari va xossalari Xom ashyo massasini tayyorlash. Xom ashyo aralashmasi yarim quruq , plastik yoke xo’l (shliker) usullarda tayyorlanadi. Bu usullardan qaysi birini tanlash xom ashyo materiallarining xossalariga, sopol massasining tarkibiga va buyumlarni qoliplash usuliga bog’liq. • Xom ashyo materiallari quritiladi, bo’laklanadi, maydalanadi va sinchiklab aralashtiriladi . Yarim quruq usulda • Xom ashyo materiallari tabbiy namlikda aralshtirilasdi yoke namligi 18-23 % bo’lgan gil qorishmasi hosil bo’lganga qadar suv qo’shiladi.Plastik usulda • Xom ashyo materiallar oldindan maydalab kukin qilinadi, so’ngra esa ko’p miqdorda suv quyib yaxshilab aralashtiriladi, bo’ndaa bir jinsli suspenziyz(shliker) hosil bo’lishi kerak.Shliker usulda 35 Buyumlarni qoliplash. Sopol buyumlar quyidagi usullarda qoliplanadi: Plastik usulda Buyumlarni quritish. Buyumlarni pishirish.Qoliplash usulini tanlash buyumlar turiga, shuningdek, xom ashyoning tarkibi va fizik- mexanik xossalariga bog’liq.2D 1D Halqasim on o’choq Tunneli o’choq Tirqishli o’choqRolikli o’choqSopol buyumlarni asosan kuproq quyidagi turdagi uchoqlarda pishiradi 21 13 Halqasimon oʼchoq ellipsga oʼxshash tutash pishirish kanalidan iborat boʼlib, shartli ravishda kameralarga boʼlingan. Halqasimon oʼchoqь kameralarining miqdori uning unumdorligiga qarab 16 dan 36 gacha oʼzgarib turadi. Shartli kameralar guruxlarga quyidagi izchillikda joylashgan donalarga birlashtiriladi: yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va oʼchoqdan chiqarib olish. Halqasimon oʼchoqda yonish oʼchogʼi boshqa boʼlimlar kabi pishirish kanali boʼylab toʼxtamasdan siljiydi, pishirilayotgan mahsulot esa oʼz joyida boʼladi. Halqasimon oʼchoqlarda asosan gʼisht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish harorati 900-11000S. Halqasimon oʼchoqda butun pishirish jarayoni 3-4 kecha kunduz davom etadi. Tunnel oʼchoq - uzunligi 100 m gacha boʼlgan, boshi va oxiri ochiq kanaldan iborat boʼlib, unda pishiriladigan buyumlar joylangan vagonetkalar relslarda harakatlanadi. Tunnel oʼchoqda halqasimon oʼchoqdagi kabi zonalar boʼladi, yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va oʼchoqdan chiqarib olish bosqichlari bajariladi. Lekin tunnelь oʼchoqda boʼlimlar boʼylab buyumlar siljiydi, boʼlimlar esa oʼz joyida qoladi. Tunnelь oʼchoqlar gazda yoki mayda koʼmirda qizdiriladi. Bu oʼchoqlarda maxsulotni yuklash va tushirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, shuningdek,pishirish jarayoni va uni rostlashni avtomatlashtirish oson boʼladi. Pishirish jarayoni 18-38 soat davom etadi. Tunnel oʼchoqlar halqasimon oʼchoqlarga nisbatan ancha unumdor va tejamli hisoblanadi. XULOSA • Respublikamizda keng ko’lamdagi olib borilayotgan islohotlardan qurilish sohasida katta e’tibor qaratilgan. Zamonaviy inshootlar, binolar dam olish maskanlari yurtimiz ko’rkiga ko’rk qo’shmoqda. Qurilishda ishlatiladigan tabiiy tosh mahsulotlarini ham o’rni katta. Tabbiy tosh konlarini izlash, tabiiy tosh mahsulotlarni qazib olish va ishlov berishda zamonaviy usullarni qo’llash, tayyor mahsulotlarni saqlash hamda yetqazib berish borasida yangi g’oyalarni isloh etishimiz lozim. Nazorat savollari 1. Tog‘ jinsi nima? 2. Mineralni ta’riflab bering. 3. Tog‘ jinslarining hosil bo‘lish sharoitlariga qarab sinfini keltiring. 4. Magma (otilib chiqqan) tog‘ jinslari: granit, labradorit, bazalt, vulqon tufining xossalari va ishlatish sohalarini aytib bering. 5. Qum, ohaktosh, bo‘r, diatomit kabi cho‘kindi tog‘ jinslarining hosil bo‘lish sharoitlari qanday va ular qayerda ishlatiladi? 6. Asosiy metamorfik tog‘ jinslarini aytib bering, ularning xossalarini tavsiflang va qanday maqsadlar uchun foydalanishini ko‘rsating. 7. Tabiiy tosh materiallarini qazib olish va ularga ishlov berish usullarini bayon eting. 8. Qurilishda ishlatiladigan tabiiy tosh materiallar va buyumlarning asosiy turlarini aytib bering. 9. Inshootlarda tabiiy tosh materiallarning yemirilish sababi nima? Ularni himoyalash uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish lozim? 10. Sopol buyumlar deganda nimani tushunasiz? 11. Sopolakning tuzilishiga buyicha necha xil turga bo’linadi? 12. Ishlab chiqarish texnologik bosqichlari sanab bering? 13. Sopol buyumlarni ishlab chiqarish usullari aytib bering? 14. Sopol buyumlar qanday usullarda qoliplanadi: 15. Sopol buyumlar kuproq qanday uchoqlarda pishiradi? E’tiboringiz uchun rahmat! Salomat bо‘ling!