logo

Kasb-hunar kolleji va akademik litsey o’quvchilarining fuqarolik tarbiyasining shakllantirishning pedagogik shart- sharoitlari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2640 KB
 Kasb-hunar kolleji va akademik litsey o’quvchilarining fuqarolik tarbiyasining shakllantirishning pedagogik shart- sharoitlari    Reja:  KIRISH .  1 BOB. O‘QUVCHI-YOSHLARDA FUQAROLIK TUYG‘ULARINI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK OMILLARI VA SHART-SHAROITLARI  1.1. O‘quvchi-yoshlarda fuqarolik tuyg‘ularini tarbiyalashning qonuniyatlari hamda tamoyillari  1.2. Fuqarolik tuyg‘usini tarbiyalashga zamonaviy yondashuvlar  1 .3. Fuqarolik madaniyati – fuqarolik tushunchasini tarbiyalashning muhim omili sifatida  II BOB. FUQAROLIK TARBIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI  2.1. O‘quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda davlat ramzlarining ahamiyati  2.2. Yoshlarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining asosi     UMUMIY XULOSALAR  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘Y X ATI              Bitiruv-mаlаkаviy ishning mаqsаdi : fuqarolik tаrbiyaning shаkl vа mеtоdlаri vа ulаrdаn фоydаlаnish юzаsidаn ilmiy mеtоdik tаvsiyalаr ishlаb chiqish   Bitiruv-mаlаkаviy ishning vаziфаlаri: Mavzuga oid ilmiy-nazariy, falsafiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish. O‘quvchi-yoshlarda fuqarolik tuyg‘ularini tarbiyalash dolzarb muammo ekanligini asoslash. O‘quvchi-yoshlarda fuqarolik tarbiyasini shakllantirishning qonuniyatlari va tamoyillarini yoritish. Fuqarolik tarbiyasini shakllantirishda mavjud imkoniyatlar, pedagogik shart-sharoitlar va zamonaviy yondashuvlarni aniqlash.   I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab- avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularning men o‘zbek farzandiman, deb, g‘urur va iftixor bilan yashashiga erishish darkor”.  .  «Fuqarolik – deb qayd etiladi falsafa qomusiy lug‘atida,-kishini qaysi millatga mansubligini emas, balki muayyan mamlakatga, shaxs yashab turgan makonga mansubligini ifodalovchi tushunchadir».  Fuqarolik madaniyati – bu fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevori, demokratik huquqiy tizim yetukligi sifatida, tabiat, jamiyat taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganish va o‘zlashtirish jarayonida fuqarolarning ijodiy kuch va qobiliyatlari yordamida muayyan millat, xalq, Vatan, davlatni ravnaq toptirish, uning moddiy va ma’naviy boyliklarini asrab avaylab, ko‘paytirib kelajak avqlodga yetkazish hamda o‘zi mamlakati, xalqi ravnaqi uchun mazkur merosdan unumli foydalanishga qaratilgan inson faoliyatining yuksak namunasi», - deb ta’riflasak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy ob’ekti fuqaro sanaladi. Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxsdir. Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik. Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi: 1. Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo‘lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish. 2. O‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish. 3. O‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish. 4. O‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish. 5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish. 6. Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish.  Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart- sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi. Bular: 1) o‘quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak; 2) fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining saviyasiga bog‘liq; 3) tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga erishish; 4) oila, maktab va mahalla o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi; 5) o‘quvchilarning axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya etishga o‘rgatish, zimmasidagi burchni to‘laqonli ado etishlariga e’tiborni qaratish.  Xulosa. Fuqarolik tarbiyasi tarbiya turlari orasida muhim o‘rin tutadi. Chunki fuqarolik tarbiyasining mazmun va mohiyatidan kelib chiqib, boshqa tarbiya turlarining ham maqsad va vazifalari belgilanadi. Barcha davrlarda muhim bo‘lgani singari hozirgi vaqtda ham o‘quvchilarda fuqarolik hissini qaror toptirish, vatanparvar fuqaroni tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega. Buning uchun quyidagi mezonlarni hisobga olish zarur: birinchidan, o‘quvchilarda «fuqaro», «fuqarolik» tushunchalari haqida aniq tasavvurni shakllantirish zarur. Ular bu tushunchalarning ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ma’naviy jihatlarini to‘la anglab olishlari muhim. Ikkinchidan, fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, tarbiyaviy ishlarni yo‘lga qo‘yish zarur. Chunki maqsad va vazifalarni aniq belgilab olmaslik fuqarolik tarbiyasi samaradorligini kamaytiradi. Uchinchidan, o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishda davlat ramzlaridan unumli foydalanish ijobiy natijalar beradi. Ramzlar fuqarolik tarbiyasining mazmun va mohiyatini anglab olishda asosiy vosita sanaladi. To‘rtinchidan, o‘quvchilarda vatanparvarlik va millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirish ham fuqarolik tarbiyasining ta’sirchanligini oshiradi. O‘z Vatanini jonidan ortiq sevgan va boshqa millatlarning madaniyati, san’ati, qadriyatlarini hurmat qila oladigan shaxslardagina, fuqarolik madaniyati yuqori darajada rivojlanadi. E’tiboringiz uchun raxmat !