logo

Abdulla Avloniy va Munavvar Qori Abdurashidxonovlarning pedagogik ta`limoti

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

626.5 KB
Abdulla Avloniy va Munavvar Qori Abdurashidxonovlarning pedagogik ta`limoti ABDULLA AVLONIY (1878 - 1934)  REJA:  1. ABDULLA AVLONIYNING HAYOTI.  2. ABDULLA AVLONIYNING IJODI.  3. ABDULLA AVLONIYNING “BIRINCHI MUALLIM” ASARI HAQIDA.  4. MUNAVVAR QORINING HAYOTI VA IJODI.  5. MUNAVVAR QORINING PEDAGOGIK QARASHLARI. O’ZBEK MADANIYATINING ULKAN VAKILLARIDAN BIRI  O’ZBEK MADANIYATINING ULKAN VAKILLARIDAN BIRI PEDAGOG, JAMOAT ARBOBI VA YOZUVCHI ABDULLA AVLONIY 1878-YILDA TOSHKENT SHAHRIDA TO’QUVCHI OILASIDA DUNYOGA KELDI. ABDULLA AVLONIY BOSHLANG’ICH DINIY MAKTABDA VA MADRASADA O’QIDI, ILM-FANGA IXLOS QO’YDI. O’ZBEK VA BOSHQA SHARQ XALQLARI ADABIYOTINI BERILIB O’RGANDI. A.AVLONIY 14 YOSHIDAN BOSHLABOQ SHERLAR YOZISHNI MASHQ QILA BOSHLADI. UNING BU DAVRDA YOZGAN ILK SHERLARI O’SHA DAVR VAQTLI MATBUOT SAHIFALARIDA BOSILIB TURDI. XALQNI ILM-FAN NURLARIDAN BAHRAMAND QILISH  A.AVLONIY XALQNI ILM-FAN NURLARIDAN BAHRAMAND QILISHNI O’ZINING BIRDAN- BIR BURCHI DEB BILDI VA 1904-YILDA O’ZI YASHAB TURGAN JOYDA- MIROBODDA MAKTAB OCHDI. A.AVLONIY MAKTAB HAR TOMONLAMA BOLANI O’ZIGA TORTISH UCHUN HARAKAT QILDI. UNING QO’LIDAN DURADGORLIK ISHLARI HAM KELAR EDI. SHUNING UCHUN U YOZUV TAXTASI, PARTA YASAB BARCHA O’QUV JIHOZLARINI O’Z-LASHTIRADI. “ JAMIYATI XAYRIYA”  “ JAMIYATI XAYRIYA” TASHKIL ETADI. BU BILAN BOLALARGA KIYIM –BOSH, OZIQ-OVQAT, DAFTAR, QALAM BEPUL BERILISHINI TAMINLAYDI. AVLONIY OCHGAN MAKTABNING SHUHRATI TOBORA ORTIB, O’QUVCHILARNI SONI KO’PAYA BORADI. A.AVLONIY O’ZI TASHKIL QILGAN MAKTABDA BOLALAR DIQQATINI ASOSIY FANLARGA QARATIB, ULARNING TEZDA SAVODINI CHIQARISHGA VA ANIQ FANLARDAN BAHRAMAND ETISHGA HARAKAT QILADI. U BOLALARGA JUG’ROFIYA, TARIX, ADABIYOT, TIL, XISOB, XANDASA, XIKMAT, (FIZIKA) KABI FANLARDAN MA’LUMOTLAR BERADI. XALQ PEDAGOGIKASI  1907-YILDA “ SHUHRAT” DEB NOMLANGAN RO’ZNOMA TASHKIL ETDI VA UNING SAHIFALARIDA MEHNATKASH XALQ MANFAATLARINI HIMOYA QILISHGA DOIR FIKRLARNI TARG’IB ETDI. A.AVLONIY “ADABIYOT YOXUD MILLIY SHERLAR” DEB NOMLANGAN TO’RT QISMDAN IBORAT BO’LGAN DARSLIGIDA YOSHLARNI MAORIF- MADANIYATGA CHORLAYDI, YARAMAS XULQ – ODATLARINI TANQID QILADI. O’SHA DAVR XALQ PEDAGOGIKASIDA AVLONIYNING “BIRINCHI MUALLIM”- “ALIFBO”,”IKKI MUALLIM” –”O’QISH” KITOBLARI KATTA RO’L O’YNAYDI. BU KITOBLARDA AVLONIY O’TMISH ADABIYOTIMIZNING ENG YAXSHI AN’ANALARINI DAVOM ETTIRDI. AXLOQ-ODOBIGA DOIR QARASHLARI  ILM VA MA’RIFATNING AHAMIYATI YANGICHASIGA TALQIN ETDI.”BIRINCHI MUALLIM”DA AVLONIY DAST AVVAL 32 HARFNI YOLG’Z YOZILADIGAN SHAKL-LARINI BIR SAXIFADA ALIFBO TARKIBIDA BERGAN. SHU SAHIFADA ALIFNING SO’Z-NING BOSHIDA,O’RTASIDA VA OXIRIDA YOZILISHINI KO’RSATGAN, SO’NG ALIFNI BARCHA “ BOSH HARFLAR”GA BO’G’INLAB HOSIL QILGAN. “IKKINCHI MUALIM” DA BOLALARNING AXLOQ-ODOBIGA DOIR, HALOLIK VA POKLIKKA OID TURLI SHERLAR HIKOYA, MASAL VA ERTAKLAR JAMLANGAN, RANG – BARANG ALLEGORIK OBRAZLARDAN USTALIK BILAN FOYDALANGAN. IJTIMOIY VA AXLOQIY QARASHLARI  A.AVLONIY 1904-UMRINING OXIRIGA QADAR O’QITUVCHI BO’LIB ISHLADI. U O’NLAB SHERLAR, “MAKTAB GULISTON”, “TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” KABI DARSLIKLARI BILAN HOZIRGI ZAMON O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTIGA POYDEVOR QO’YGAN EDI. UZOQ YILLAR QAYTA-QAYTA NASHR ETILGAN “TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” YUSUF XOS HOJIBNING “QUTADG’U BILIG”, NOSIR XUSRAVNING “SAODATNOMA”, SA’DIYNING “GULISTON” VA “BO’STON” NAVOIYNING “ MAHBUB UL- QULUB”, DONISHNING “FARZANDLARGA VASI-YAT” TIPIDAGI O’ZIGA XOS TARBIYAVIY ASARDIR. UNDA A.AVLONIY O’ZINING IJTIMOIY VA AXLOQIY QARASHLARINI BAYON ETGAN. ASARNING SO’Z BOSHIDA MUALLIF BU HAQDA SHUNDAY YOZADI: “MEN BU ASARIMNI MAKTABLARIMIZNING YUQORI SINFLARIDA TA’LIM BERMAK ILA BAROBAR ULUG’ ADABIYOT MUHIBLARI-AXLOQ HAVASKOR-LARINING E’TIBORLARIGA TAQDIM QILDIM” TA’LIM-TARBIYANING MUHIM BIR MASALASIGA  DARSLIKDAGI HAR BIR BO’LIM TA’LIM-TARBIYANING MUHIM BIR MASALASIGA BAG’ISHLANGAN BO’LIB, ULARNING BIRI IKKINCHISINI TO’LDIRADI, TAKOMILLASHTIRADI,HAR BIR BO’LIMDA KICHIK HAJIMLI, IBRATLI HIKOYALAR KELTIRILADI, SHERIY PARCHALARDA YOKI HIKMATLI SO’ZLARDA “QISSADAN-HISSA” CHIQARILADI. YOZUVCHI BU ASARIDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN KENG FOYDALANGAN. A. AVLOYNING “BAHOR KELDI”, “BULBUL”, “ BOLA ILA GUL”, “YOLG’ONCHI CHO’PON”, “TULKI ILA QARG’” KABI JUDA KO’P SHERLARI KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA BAG’ISHLANGAN. JAMOATCHI MUALLIM  AVLONIY O’ZBEK ADABIYOTIDA DRAMMA JANRINING RIVOJLANISHIGA HAM KATTA HISSA QO’SHDI. UNING “ ADVAKATLIK OSONMI?”, “PINAK”, “BIZ VA SIZ” PYESSALARI ADABIYOTIMIZ TARIXIDA O’CHMAS IZ QOLDIRDI.  A. AVLONIY 1934-YILDA VAFOT ETGAN. U MARIFATCHI SHOIR, DRAMMATURG, JURNALIST, REJISSIOR, TARJIMON, AKTIYOR, JAMOATCHI MUALLIM SIFATIDA XALQIMIZ QABILIDA MANGU SAQLANIB QOLADI. Munavvar Qori Abdurashidxonov (1878 - 1931) Cho’q munavvar etdi olamni Munavvar Qorimiz, Ko’rdimiz ravshanligidan fe’limiz, atvorimiz. Ibrat oling, yoshlar, deb to’kdi ko’zdin yoshlar, Nutqida tahrir etib bizlarni yo’qu borimiz. TAVALLO Adib, murabbiy, muharrir, ma'rifatparvar, jamoat arbobi  Adib, murabbiy, muharrir, ma'rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li 1878- yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tug'ildi. Toshkentdagi Yunusxon madrasasida o'qidi, so'ngra tahsilini Buxoroda davom ettirdi, Toshkentga qaytgach, Darxon masjidida imomlik vazifasini bajaradi. Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab jadidchilik harakatlarida faol ishtirok eta boshladi. 1901-yilda o'z hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli dahalarida jadid maktablarini ochadi. Bu maktablar uchun 1907-yilda "Adibi avval", "Adibi soniy" darsliklarini yaratadi. "Tajvid al-Qur'on", "Yer yuzi" singari qo'llanmalarni tuzib, nashr etadi. Bolalar uchun qator she'riy va nasriy hikoyalar yozadi. Munavvarqori vatan va millat fidoyisi  Munavvarqori vatan va millat fidoyisi, siyosat va ma’rifat arbobi, Turkistondagi jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri, pedagogdir. U 1878 yilda Toshkentning Shayhontohur dahasidagi Darxon mahallasida dindor ziyoli oilasida tavallud topgan. Otasi Abdurashidxon madrasada mudarris, onasi Xosiyatxon mahallaning otin oyisi bo‘lgan.   Munavarqori ilk saboqni ota-onasidan, mahalla maktabidan olib savodini chiqardi. So‘ngra Toshkentdagi Yunusxon madrasasida va Buxoro madrasasida ta’lim oldi. 1904 yildan boshlab faol ijtimoiy hayotga kirib bordi.  Munavvar Qori ijodi  «Sho‘roi Islom» tashkilotining (1917 - 18) ideologi va rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 1929 yilda nohaq millatchiliqda ayblanib qamoqqa olindi va 1931 yilda otib tashlandi. Uning hoki Moskvadagi Vagankovo qabristonidadir. Munavvarqori 1903 yildan jadid maktablari ochib, dars bergan. Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan «Adibi avval» («Birinchi adib», 1907) alifbe kitobi, «Adibi soniy» («Ikkinchi adib», 1907. Unda «Himmatli faqir» she’ri keltirilgan) o‘qish kitoblari bir necha bor nashr qilingan.  1908 yil uning «Sabzazor» (to‘plam), «Yer yuzi» (geografiyadan), «Tajvidal Qur’on» (Quronni o‘qish usulini o‘rgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qo‘llangan. 1906-1917 yillarda jadid gazetalarida muharrirlik qilgan, «Xurshid», «Najot», «Kengash» kabi gazeta va bir qancha jurnallarga asos solgan, jadidlar teatri targ‘ibotchisi bo‘lgan.  Munavvarqori millatimizning ma’rifiy kelgusi va mustaqillik yo‘lini munavvar qilib ketgan zotdir. «Chor hukumatini yo‘qotish jadidlarning tilagida bor edi» deb yozgan edi 20-yildagi maqolalaridan birida u.  Munavvar Qorining ta`lim tarbiyaga oid qarashlari.  Munavvar Qori dunyoqarashining shakllanishida yuqorida tilga olingan voqea-hodisalardan tashqari, Turkiya va Misrdan kelgan mushavviqlar (tashviqotchilar)ning, turk, ozarbayjon, fors va rus tillaridagi adabiyotning rolini inkor qilib bo’lmaydi. Arxiv hujjatlari Turkiya bi-lan Turkiston va Buxoro ziyolilari o’rtasida mustahkam aloqa bo’lganini ko’rsatadi. Bundan tashqari, Orenburg, Qozon, Peterburgda nashr etilgan matbuot va adabiyot Ziyo Ko’kalp, Tavfiq Fikrat, Ziyo Posho kabi turk namoyandalaridan tashqari, islom va islom mamlakatlari istiqloli uchun qayg`urgan Muhammad Abdo, uning ustozi Jamoliddin Afg`oniy kabi kishilarning asarlari faqat Munavvar Qorigagina emas, balki ko’pgina musulmon mamlakatlaridagi yoshlarning ongi va dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. J. Afg`oniyning Samarqand, Shahrisabz musulmonlarini Rusiya mustamlakasidan qutqarish to’g`risida 1875 yili turk sultoniga yozgan maktubidan keyin Buxoro va Turkistonga tashviqotchilar oqimi tinimsiz kelgan va ularning har biri oxranka tomonidan maxsus ro’yxatga olingan. Bulardan tashqari, o’sha davrda badiiy va ilmiy adabiyotchilar ichida Shekspir, Shiller, Volter, Didro kabi g`arb adib va mutafakkirlarning asarlari ham Turkistonga turli yo’llar bilan kirib kelganini ham unutmaslik lozim. J adid maktablari faoliyati  O’lkada yuz berayotgan voqealar tufayli, xalqning ruhi tushib ketganini, ziyolilarning esa ma’naviy tanazzul tomon yuz o’girganini ko’rgan Munavvar Qori bu holatlarning ijtimoiy ildizini tekshirishga urinadi. Ushbu urinish uning maktab va madrasa faoliyatini tamoman isloh qilish fikriga olib keladi. U madrasalarda asosiy darslarni arab tilida emas, balki ona tilida olib borish, diniy sabokdar bilan birga ijtimoiy fanlarni o’qitish masalasini ko’ndalang qo’ydi. Usuli jadid maktablari faoliyatini teran o’rganib, yangi usuldagi maktablarni tashkil etish masalasini kun tartibiga chiqardi. Sababi, ongda, fikrlashda, maorifda o’zgarish qilmay turib siyosatda o’zgarish qilib bo’lmasdi. Vijdonni uyg`otmay turib, g`aflatdan qutulib bo’lmasdi. Dushmanni engish, o’zini har jihatdan himoya qilishning eng asosiy quroli ma’rifatli odamlardan tashkil topgan yangi jamkyatni tashkil qilish edi. Bunga esa maktab va madrasa tizimida inqilob yasamay turib erishish mumkin emasdi. Munavvar Qori usuli jadid maktablarining tashkil etilishi haqida  Shuni yaxshi tushunib etgan Munavvar Qori 1901 yilda Toshkent shahrida ilk usuli savtiya maktabini ochadi. Zikr etilayotgan davrda Turkistonda, xususan, Toshkentda mak-tab ishiga tatarlar bilan birga qrimlik muallimlar ham o’z hissalarini qo’shganlar. «Turkestanskie vedomosti» gazetasining muxbiri G. Andreev bilan qilgan suhbatida Munavvar Qori usuli jadid maktablarining tashkil etilishi haqida to’xtalib, bunday deydi: «Shaxsan mening o’zim og`ir hayot yo’lini bosib o’tdim. Biron narsani o’rganish uchun avval Toshkent, so’ng uzoq muddat Buxoro madrasalarida tahsil olishimga to’g`ri keldi. Har holda, madrasalarda fanlarni uzoq yillar mobaynida o’qishimga qaramay, men hayot uchun zarur bo’lgan ko’p narsani ola olmadim. Dastlab ki dastur va darsliklar  Ana o’shanda madrasalarda yillar mobaynida o’qitiladiganlarni bilimga tez, oson va engil olib boradigan yaxshi yo’lni topish haqidagi fikrga keldim. Men yangi qo’llanmali, fundamental zamonaviy pedagogika asosida kichik maktab-madrasalarni tashkil etishni xohlardim. Bunday musulmon maktablarning tipi — ikki sinfli usuli jadid maktablari Rossiyaning Orenburg va Qozon shaharlarida mavjud.  Bundan sakkiz yil avval men ochgan maktabda hozirgacha ishlab kelayotgan o’qituvchilar bilan birga men Turkistonda yangi musulmon maktablarini qura boshladim. Dastlab dastur va darsliklarni tuzishga to’g`ri keldi».  Munavvar Qori dastlab Qrim va Tataristondagi o’qituvchilar tuzgan dastur va adabiyotlardan foydalanadi. Ammo bu «... tildagi adabiyotlarning o’quvchilar u yoqda tursin, hatto muallimlarning o’zi til jihatidan tushunishi qiyin bo’lgani uchun bu usulni tark etib, eski usullarni foyda-lik topib, anga ruju’ etdilar. Bunga sabab na o’ldi? Jumla makotibi islomiyag`a yarag`on usuli bilan savtiya Turkis-ton maktablarina yaramadimi? Y angi tartib bilan o’qituvchi- muallimlar prog`romlari  1893 yildan Turkistonning Qo’qon, Samarqand kabi shaharlarida tatar muallimlari, ularning shogirdlari tomonidan ochilgan usuli jadid maktablar rivojlanmaganiga, yuqoridagi kamchiliklardan tashqari, chor hukumatining yo’l bermasligi sabab edi. Yozuvchi Mo’minjon Muhammadjonov «Turmush urinishlari» kitobida quyidagi faktni keltiradi: «Olma otada (Verniy) o’rus muallimlarining katta yig`ini bo’ldi, shul yig`inda «Tatarlar, qozoklar bilan sart bolalari o’qitulmasun!» O’qumishli tatarlarga bilim tarqatib, ko’zlarini va fikrlarini ochadirlar. So’ngra bizga emak uchun Turkistonda non qolmaydir. 2- yangi tartib bilan o’qituvchi-muallimlar, prog`romlari, o’qitadurgon kitoblari kimlarning asarlari ekanligini inspektorlarga yozib ko’rsatmaguncha bola yig`ib o’qita olmaydurlar», deb qaror berdilar. R us-tuzem maktabining o’qituvchilaridan S. Gramenistkiyning rus va o’zbek tillarida «Ilmning manfaati» kitobi darsligi  Munavvar Qori bunday ko’rsatmalarga e’tibor bermay, usuli jadid maktablari uchun suv va havodek zarur bo’lgan darslik va dastur ishlashga kirishdi. 1907 yilga kelib «Adibi avval» darsligini yaratdi. O’zbek tilining deyarli ilk alifbolaridan bo’lgan bu kitob Saidrasul Aziziyning darsligi bilan oldinma- keyin bosilib chiqdi. U tez orada Turkistondagi barcha maktab o’qituvchilari tomonidan yaxshi kutib olindi va amaliyotga tatbiq qilindi. Arxiv hujjatlariga qaraganda Munavvar Qorining bu kitobi S. Aziziyning «Ustodi avval» kitobi bilan barobar rus-tuzem maktablarida ham o’qitilgan. Shu yillarda rus-tuzem maktabining o’qituvchilaridan S. Gramenistkiyning rus va o’zbek tillarida «Ilmning manfaati» («O polze nauki»), P. A. Bitnikovning «Salim-ul-avval» (alifbo) kitoblari ham nashr etiladi. Biroq Munavvar Qorining «Adibi avval» kitobi Mahmudxo’ja Behbudiyning tojik bolalari uchun mo’ljallangan (1906) «Alifboi maktabi islomiya» va «Salim-ul-avval» kitoblaridan har jihatdan farq qilar edi. Shu bois uning darsligidan rus-tuzem maktablarida foydalanish uchun ruxsat beriladi, P. Bitnikovning asari esa Ostroumov, Nalivkin va boshqalar tomonidan yaroqsiz deb topiladi. Bu ma’lum ma’noda Munavvar Qoriga qanot beradi. U 1907 yilning oxirida ikkinchi darsligi — «Adibus- soniy»ni nashr ettiradi. Maktab o’quv tizimini  Maktab o’quv tizimini chuqur o’rgana boshlagan Munav-var Qori bular bilan cheklanmay, dasturni tobora takomillashtirib boradi. 1912 yilga kelib, o’quvchilarga hus-nixat, jug`rofiya, islom tarixi, turk qavmlari tarixi fanlarini oshkora o’qita boshlaydi, maktab ostonasiga qorovul qo’yib, ijtimoiy sohalardan saboq beradi. U mahalliy o’qituvchilar orasida birinchi bo’lib «Namuna» maktabini tashkil qiladi hamda rus tilini o’qitish masalasini hukumat oldiga ko’ndalang qo’yadi. Munavvar Qori maktab maorif islohoti  Munavvar Qori maktab maorif islohoti, tom ma’nodagi milliymaktab yaratish niyatidan sira qaytmadi. Maktabda rus tilini o’qitish masalasini ijobiy hal qildi, o’quv dasturlarini tobora takomillashtira bordi. 1914— 1916 yillarga kelib Turkistondagi ko’pgina maktablar Munavvar Qori tuzgan dastur asosida ishlar edi. Munavvar Qori maktab islohoti  Munavvar Qori maktab islohoti, yangi tipdagi o’rta va oliy o’quv yurtini tashkil etishning barcha masalalari bilan jiddiy shug`ullanadi. Hokimiyat tepasiga kelgan bir hovuch shovinistlar maorif-madaniyat rivojini asosan o’z xalqlari xizmatiga qo’yadilar. Ana shunday tadbirlardan biri — Turkiston harbiy shtabi qoshida Sharq fakultetini tashkil etish, so’ng uni Xalq dorilfununiga aylantirib, konservatoriya ochish bo’ldi. Tatar va o’zbek ziyolilari birlashib, Xalqdorilfununi ochish uchun muzokara o’tkazadilar. Muzokarada «Turon», «Muallimlar jamiyati», «Guliston» va boshqa jamiyatlar yig`ilishib bu masala ko’rib chiqiladi. 9 aprelda «Munavvar Qori Abdurashidxonov hovlisida, — deb xabar beradi «Ulug` Turkiston» gazetasi 1918 yil 11 aprel sonida, — musulmon tashkilotlarining umumiy ijtimo’i (yig`ilish) bo’ldi. Ijtimo’ Toshkentda ochilajak Xalq dorilfununiga musulmon sho’’basi ochuv haqqinda edi». Majlis o’rtaga qo’yilgan masalani to’g`ri topib, qaror qabul qiladi. Bu ishni bevosita amalga oshirish uchun komissiya tuziladi. Tashkilotlar komissiyasining raisi etib Munavvar Qori Abdurashidxonov saylanadi. Sodiq Abdusattorov, Burhon Habib, Iso To’xtaboev, G`ani Abdurashidov, Murodxo’ja domla (Solihov) a’zolikka o’tadilar. Komissiya Turkiston o’lka maorif sho’rosi Ijroiya qo’mitasiga ikki vakil yuborib, oldin ibtidoiy, keyin o’rta, so’ng oliy qismlarni ochish haqidagi qarorni yuboradi. "Milliy ittihod" va "Milliy istiqlol"  Sho'ro davrida u o'zining ochiq ma'rifiy ishlarini va yashirin siyosiy harakatlarini davom ettirdi. 1918-yilning aprelida Turkiston xalq dorilfununining asoschisi va rektori etib saylanadi. Uning sa'y-harakati bilan 1918-yil 2-iyunda dorilmuallimin ish boshlaydi. U 1918 yilda "Turk o'chog'i" ilmiy-ma'rifiy jamiyatini tashkil qiladi. Munavvar qori 20-yillarda o'zbek yurtining mustaqilligi uchun kurash vazifasini o'z oldiga qo'ygan "Milliy ittihod" va "Milliy istiqlol" yashirin tashkilotlariga rahbarlik qilgan. 20-yillarning o'rtalarida milliy ziyolilarni ta'qib qilish kuchayishi natijasida Munavvar qori hamma lavozimlardan chetlashtiriladi. Biroq hatto qatag'on ham Munavvar qori Abdurashidxon o'g'lini istiqlol g'oyalaridan qaytara olmadi. U 1929-yilda qamoqqa olinadi va 1931-yilda otib o'ldiriladi. Uning xoki Moskvadagi Vagankovo qabristonidadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI  1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi:— Т .: O'zbekiston, 1992-yil.  2. Karimov LA. Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik. O'zbekiston, 1993-yil.  3. Karimov LA. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura: Nutqlar, maqolalar, suhbatlar. — T: O'zbekiston, 1993-yil.  4. Karimov LA. Istiqlol va ma'naviyat. — T: O'zbekiston, 1994-yil. ?  5. LA. Karimov. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka taxdid,'barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T.: O'zbekiston, 1997-yil.  6. Abdurahmanov F. Rustamov A. Qadimgi turkiy til — Т .: O'qituvchi, 1992-yil.  7. Abu Ali ibn Sino. Tibbiy o'gitlar. — Т .: Mehnat, 1991-yil.  8. Abu Ali ibn Sino. Falsafiy qissalar. — Т .: O'zadabiynashr, 1963-yil.  9. Abu Iso at-Termiziy. Ash-Shamoil an-Nabaviya. Arabchadan U.Uvatov tarjimasi. Т .: Cho'lpon, 1993-yil.  10. Abul Muhsin Muhammad Boqir ibh Muhammad Ali. Bahouddin Balogardon / Yozuvchi, 1993-yil.