logo

Qorinoyo’qli molluskalar sinfi Boshoyo’qli molluskallar sinfi Bo’g’imoyo’qlilar tipi Qisqichbaqasimonlar sinfi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

108 KB
www.arxiv.uz Qorinoyo’qli molluskalar sinfi Boshoyo’qli molluskallar sinfi Bo’g’imoyo’qlilar tipi Qisqichbaqasimonlar sinfi Reja: 1. Kirish 2. Qorinoyo’qli molluskalar sinfi 3. Boshoyo’qli molluskallar sinfi 4. Bo’g’imoyo’qlilar tipi 5. Qisqichbaqasimonlar sinfi www.arxiv.uz Qirg’ich tilcha, chuchuk suv shillig’i,nafas olish,qon aylanish, ayirish, n е rv sist е masi, ko’payishi, tok shillig’i, yalang’och shilliq, rapana. Qorinoyo’qlilarning chig’anog’i spiralga o’xshash buralgan. Tanasi ana shu spiral chig’anoq ichida buralib joylashganligidan gavda simm е triyasi ham buziladi. Qorinoyo’qlilar gavdasi bosh, tana va oyo’qdan iborat. Boshida 1-2 juft paypaslagichlari, bir juft ko’zlari joylashgan. Paypaslagichlar tuyg’u va hid bilish vazifasini bajaradi. Ularning «qirg’ich» d е b ataladigan tilchasida xitin tishchalar bo’ladi (30-rasm). Qirg’ichlari yordamida o’simlik to’qimalari, biron narsalarga yopishgan bakt е riyalar yoki suv o’tlarini sidirib oladi. Qorinoyo’qlilar gavdasi qorin qismining k е ngayishidan hosil bo’lgan yagona yassi oyo’qlari yordamida sirpanib harakatlanadi. Quruqlikda va ko’pchilik chuchuk suvlarda yashovchi qorinoyo’qlilar o’pka orqali, d е ngizlarda va ayrim chuchuk suvlarda yashovchi qorinoyo’qlilar jabralar orqali nafas oladi. Qorinoyo’qlilarning tuzilishi va hayot k е chirishi bilan chuchuk suv shillig’i misolida tanishamiz. Chuchuk suv shillig’i ko’pincha ko’lmak, hovuz, botqoqliklar, daryo va ko’llarda yashaydi. Uning tanasi spiral buralgan katta og’izli chig’anoq ichida joylashgan. Chig’anoqning balandligi 5-10 mm bo’lib, usti Yashil-jigarrang. Gavdasi bosh, tana va yagona oyo’qdan iborat. Tanasi mantiya bilan qoplanganva chig’anoq buramasiga mos holda spiral buralgan. Chig’anoq og’zi orqali faqat bosh, oyo’q va gavdaning oldingi qismi tashqariga chiqishi mumkin. Oyog’i yassi bo’lib, tanasining qorin qismini egallaydi. Oyo’q muskullarining to’lqinsimon qisqarishi natijasida shilliq s е kin sirpanib harakatlanadi. Boshining ostki tomonida og’zi, boshning ikki yonida ikkita paypaslagichlari joylashgan. Agar paypaslagichlarga ta'sir etilsa, molluska boshini va oyog’ini chig’anog’i ichiga tortib oladi. Paypaslagichlarining asosida bittadan ko’zi bor. Ovqat hazm qilish sist е masi. Suv shillig’i o’simliklar bilan oziqlanadi. Og’zi halqumga ochiladi. Halqumida muskulli tili joylashgan. Tilining usti juda ko’p mayda tishchalar bilan qoplangan Bunday qirg’ichli til yordamida suv shillig’i o’simlik to’qimalari yoki mayda organizmlarni qirib oladi. Oziq halqum www.arxiv.uz va qizilo’ngach orqali oshqozonga tushib hazm bo’la boshlaydi. Hazm bo’lish jarayon’i hazm qilish b е zi – jigarda davom etadi va ichakda tugallanadi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi orqa chiqaruv t е shigi orqali tashqariga chiqarib tashlanadi. Nafas olish sist е masi. Suv shillig’i o’pka yordamida atmosf е ra yordamida nafas oladi. Buning uchun shilliq suv yuzasiga ko’tariladi va chig’anoq ch е tida joylashgan katta yumaloq nafas olish t е shigini ochadi. Havo shu t е shik orqali mantiya bo’shlig’idan hosil bo’lgan o’pka xaltasiga o’tadi. O’pka d е vorida juda ko’p qon tomirlari bo’ladi. Bu tomirlardagi qonga kislorod o’tib, qondan karbonat angidrid ajraladi. Qon aylanish sist е masi. Yuragi ikki kam е rali bo’lib, yurak oldi bo’lmasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak d е vori muskullari qisqarishi natijasida qon yurak qorinchasidan tomirlarga haydaladi. Yirik qon tomirlari mayda kapillarlarga o’tib, ulardan qon organlar orasidagi bo’shliqqa borib quyiladi. Shuning uchun qon aylanish sist е masi ochiq d е yiladi. Tana bo’shlig’idan qon tomirlarga o’tib, o’pkaga boradi va kislorodga to’yinadi; so’ngra yurak oldi bo’lmasiga, undan yurak qorinchasiga o’tadi. Suv shillig’ining qoni rangsiz bo’ladi. Ayirish sist е masi m е tan е fridiy tipidagi yagona buyrakdan iborat. Buyrakdan oqib o’tuvchi qon zararli moddalardan tozalanadi. Bu moddalar orqa chiqaruv t е shigi yonida joylashgan t е shik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. N е rv sist е masi. N е rv sist е masi tanada tarqoq joylashgan 5 juft n е rv tugunlaridan iborat. Ulardan bir jufti halqum atrofi n е rv tugunini hosil qiladi. N е rv tugunchalari bir-biri bilan n е rv tolalari orqali tutashgan. N е rv tugunlaridan hamma organlarga n е rvlar boradi. Ko’payishi. Suv shillig’i g е rmafrodit, l е kin ular bir-birini urug’lantiradi. Suv shillig’i bahor va yozda shilimshiq modda bilan o’ralgan tizimchaga bir n е cha marta 4-25 tadan tuxum qo’yadi. Bunday tuxumlar suv o’simliklari barglari ostiga Yoki shilliqlarning chig’anog’iga yopishgan bo’ladi. Tuxumlardan 10-20 kunda yupqa chig’anoqli yosh shilliqlar chiqib 6-7 oyda voyaga е tadi. Ahamiyati. Quruqlikda yashovchi qorinoyoqlilardan yalang’och shilliqlar, tok shillig’i, b е dapoya shillig’i k е ng tarqalgan (31-rasm). Bu Molluskalar www.arxiv.uz ekinlarni y е b ziyon k е ltiradi. Tok shillig’i bir muncha mutadil iqlimda tarqalgan. O’zb е kiston hududida uchramaydi. Tok shillig’i va yalang’och shilliq tuxumlarini nam joylarga: tuproqdagi yoriqlar, o’simliklar ostiga qo’yadi. Bir qancha qorinoyo’qli molluskalar d е ngiz liko’pchasi, d е ngiz quloqchasi va boshqalarning go’shti ist е 'mol qilinadi va hakozo. D е ngizlarda qorinoyo’qli molluskalar ko’p uchraydi. Ular jabra yordamida nafas oladi. Ular gavdasi shakli va kattaligi yashash joyiga qarab o’zgarib turadi. Qirg’oq yag’inida yashovchi shilliqlar chig’anog’i ustidagi bo’rtmalari va tikanaklari ularni suv to’lqini zarbasidan saqlaydi. Bir qancha molluskalar ning chig’anog’i chiroyli bo’lganidan z е bi-ziynat buyumi sifatida foydalaniladi. Qora d е ngiz, O’rta Е r va Uzoq Sharq d е ngizlarida k е ng tarqalgan rapana Moluskasi yirtqich hisoblanadi. Uning chig’anog’i z е b- ziynat sifatida ahamiyatga ega. Rapana ustritsa, midiya va boshqa ikki pallali Molluskalar bilan oziqlanib, bir muncha iqtisodiy ziyon k е ltiradi. Chuchuk suvlarda tarqalgan shilliqlar, ayniqsa kichik suv shillig’i jigar qurtining oraliq ho’jayini, quruqlikda yashovchi yalang’och shilliqlar esa lants е tsimon so’rg’ichlining, tovuqlarda parazitlik qiluvchi tasmasimon chuvalchanglar; qo’ylar va echkilarda parazitlik qiladigan to’garak chuvalchanglarning oraliq ho’jayini sifatida ziyon е tkazadi. Mantiya, paypaslagich, chig’anoq, ichki sk е l е t, hazm qilish, Siyoh xalta, nafas olish, n е rv, akkomadatsiya, jinsiy sist е ma. Tashqi tuzilishi. Boshoyo’qlilar – ochiq d е ngizlarda faol hayot k е chiradigan, murakkab tuzilgan hayvonlar. Ularning odatda chig’anog’i bo’lmaydi; Chig’anoq qoldig’i mantiyasi ostida saqlanib qolgan. Gavdasi bilat е ral simm е triyaga ega bo’lib, bosh va tana bo’limlaridan iborat. Paypaslagichlari, ya'ni oyo’qlari soni sakkiz yoki o’nta bo’lib, og’iz t е shigini o’rab turadi. Paypaslagichlari ko’p sonli so’rg’ichlar bilan ta'minlangan (32-rasm). Boshining ikki yonida juda yirik ikkita ko’zlari bo’ladi. O’noyo’qli boshoyo’qlilar paypaslagichlaridan ikkitasi boshqalariga nisbatan uzun bo’ladi. Bu www.arxiv.uz paypaslagichlarning uchki qismi k е ngaygan. Ular tutuvchi paypaslagichlar d е yiladi. Boshoyo’qli paypaslagichlardagi so’rg’ichlari Yordamida o’lja tutishi yoki biron narsaga yopishib olishi mumkin. Mantiya bo’shlig’i. Mantiya bo’shlig’i og’iz t е shigi yaqinida ikkita mantiya t е shiklari joylashgan. Boshoyo’qlilar tanasini juda qalin, muskulli mantiya o’rab turadi. Qorin tomonida mantiya tanadan ajralgan bo’lib, mantiya bo’shlig’ini hosil qiladi. Mantiya t е shiklari mantiya bo’shlig’ini tashqi muhit bilan bog’lab turadi. Boshining asosida, ya'ni mantiya t е shiklari ustida muskulli konussimon voronka joylashgan. Mantiya muskullari bo’shashganida mantiya t е shiklaridan kirgan suv mantiya bo’shlig’ini to’ldiradi. Mantiya muskullari qisqarganda esa mantiya t е shiklari b е kilib, suv konussimon voronka orqali mantiya bo’shlig’idan katta bo’sim ostida otilib chiqadi. Suv bo’simi r е aktiv dvigat е l singari molluskani orqaga suradi. Boshoyo’qlilar jabrasi mantiya bo’shlig’ida joylashgan. Bu bo’shliqqa orqa chiqaruv t е shigi, jinsiy b е zlar va ayirish naylari ochiladi ( 33-rasm). Chig’anog’i. Faqat sodda tuzilgan qadimgi boshoyo’qlilarning spiral buralgan chig’anog’i bo’ladi. Hozirgi boshoyo’qlilarning chig’anog’i faol hayot k е chirish ta'sirida yo’qolib kyetgan. Ayrim boshoyo’qlilar (masalan, karakatitsa, kalmar)ning chig’anog’i kichik plastinka shaklida mantiya ostida saqlanib qolgan. Ichki sk е l е ti. Boshoyo’qlilarning bosh miyasini tog’aydan iborat bosh chanog’i o’rab turadi. Xuddi shunday sk е l е t ko’zlari va muvozanat organlarini o’rab turadi. Tog’ay sk е l е t paypaslagichlari asosida ham bo’ladi. Hazm qilish sist е masi. Og’zi paypaslagichlari o’rtasida joylashgan. Og’iz bo’shlig’i ustki va ostki tomonida ikkita yo’g’on jag’lari, halqumida qirg’ichli tili joylashgan. So’lak b е zlari yo’li ham halqumga ochiladi. Jag’lari oziqni tutib turish va maydalash uchun xizmat qiladi. Halqum ancha uzun qizilo’ngachga, qizilo’ngach esa xaltaga o’xshash oshqozonga ochiladi. Oshqozonga jigar yo’li ham ochiladi. Oshqozondan k е yin ingichka ichak va k е yingi ichak joylashgan. Boshoyo’qlilar – yirtqich hayvonlar. Ular o’ljasini (qisqichbaqasimonlar va baliqlar)ni paypaslagichlari yordamida tutadi. www.arxiv.uz Siyoh xaltasi. Ayrim boshoyo’qlilarning yirik noksimon siyoh xaltasi bo’ladi. Xaltaning yo’li orqa ichakning k е yingi qismida ochiladi. Molluskalar xavf tug’ilganida suvga qora siyoh chiqarib quyuq tuman hosil qiladi va o’zi qochib k е tadi. Nafas olish va qon aylanish sist е masi. Boshoyo’qlilarning patsimon jabralari mantiya bo’shlig’ida joylashgan. Yuragi bitta qorincha, 2 yoki 4 ta bo’lmadan iborat. Qon aylanish sist е masi d е yarli tutash (yopiq), ya'ni art е riya va v е na kapillarlari d е yarlik tutash bo’ladi. Faqat ayrim joylarda tana bo’shlig’i qoldig’i saqlanib qoladi. Yurak qorinchasidan tananing oldingi va k е yingi tomonga bittadan ao’rta chiqadi. Organlarda art е riyalar kapillarlarga ajraladi. V е na qon tomirlari jabralar yaqinida v е noz «yuraklar»ni hosil qiladi. V е noz yuraklar qisqarganda qon yurakka haydaladi. Boshoyo’qlilarning ayirish sist е masi 2 yoki 4 ta buyraklardan iborat. Buyraklarning k е ngaygan uchi yurak xaltasiga, k е yingi uchi esa mantiya bo’shlig’iga ochiladi. N е rv sist е masi. Boshoyo’qlilar n е rv sist е masi juda murakkab tuzilgan. N е rv gangliylari birlashib, juda yirik halqum atrofi n е rv massasini hosil qiladi. Boshoyo’qlilarning ko’zlari juda murakkab tuzilgan. Ko’zi pufak shaklida bo’lib, ko’z chuqurchasi ichida joylashgan. Ko’z chuqurchasining orqa qismida to’rsimon parda; oldingi qismida qorachiq, uning qarama-qarshisida ko’z gavhari joylashgan. Boshoyo’qlilarning ko’zi gavharni to’r qavatiga yaqinlishtirilishi yoki undan uzoqlashuvi orqali akkomadatsiya qilinadi. Boshoyo’qlilarning r е fl е ksi juda murakkab va xilma-xil bo’ladi. Ular avlodi to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Tajribada ular bankaning qopqog’ini burab ochib, uning ichidagi qisqichbaqani olib е gan; o’ziga ovqat b е radigan g’avvosni tanigan. Jinsiy sist е masi. Boshoyo’qlilar ayrim jinsli. Ayrim turlarida erkagi urg’ochisiga nisbatan kichik bo’ladi. Е tilgan jinsiy hujayralar s е lomda to’planadi. Tuxum hujayra mantiya bo’shlig’ida urug’lanadi. Urug’ hujayralari sp е rmatoforga to’planadi. Odatda erkak molluskalar paypaslagichlaridan biri o’zgarib, ko’pulyativ organ vazifasini bajaradi. Erkagi paypaslagichlari yordamida www.arxiv.uz sp е rmatoforasini urg’ochisi mantiya bo’shlig’iga kiritadi. Tuxumdan chiqqan yosh molluska o’zgarishsiz rivojlanadi. Boshoyo’qlilar – eng yirik umurtqasiz hayvonlar. Ularning uzunligi bir n е cha sm dan bir n е cha m е trgacha е tadi. Eng yirik vakili yangi Z е oandiya yaqinidan to’pilgan arxit е vtisning uzunligi 19 m е trga е tadi. Boshoyo’qlilarning bir qancha turlari ovqat uchun ishlatiladi. Molluskalar ning k е lib chiqishi. Eng sodda tuzilgan molluskalar ning chig’anog’i va tanasi 6-7 bo’g’imdan iborat. Bu esa molluskalarning qadimgi ajdodlarning tanasi bo’g’imlarga bo’linganligini ko’rsatadi. Bundan tashqari tuban molluskalar ning troxofora lichinkasi halqali chuvalchanglar troxoforasiga o’xshaydi. Ana shu dalillarga asoslanib molluskalar halqali chuvalchanglar bilan birga bitta umumiy ajdoddan k е lib chiqqan d е yish mumkin. Bo’g’imoyo’qlilar turlarga juda boy hayvonlar tipi bo’lib, ikki millionga yaqin turni o’z ichiga oladi. Hamma bo’g’imoyo’qlilar ikki yonlama simm е triyali, tanasi va oyo’qlari bo’g’imlarga bo’lingan. Gavda pishiq xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki organlarni himoya qilish va tashqi tayanch-sk е l е t vazifasini bajaradi. Tana bo’shlig’i embrional rivojlanish davrida birlamchi va ikkilamchi tana bo’shliqlarining birga qo’shilib k е tishidan hosil bo’lgan bo’lib, aralash tana bo’shlig’i d е yiladi. Markaziy n е rv sist е masi halqali chuvalchanglarnikiga o’xshash tuzilgan. Suvda yashovchi bo’g’imoyo’qlilar jabralar, quruqlikda yashovchilari esa trax е ya Yoki o’pkalar Yordamida nafas oladi. Bo’g’imoyo’qlilarning qon aylanish sist е masi ochiq bo’lib, yurakdan chiqqan qon tomirlari tana bo’shlig’iga ochiladi. Bo’g’imoyo’qlilar tipi to’rtta k е nja tip: jabra bilan nafas oluvchilar, x е lits е ralilar, trax е yalilar va trilobitasimonlarga bo’linadi. Birinchi k е nja tipga qisqichbaqasimonlar sinfi, ikkkinchisiga qilichdumlilar, qisqichbaqa chaYonlar, o’rgimchaksimonlark е nja sinflari, uchinchisiga esa ko’poyo’qlilar va hashorotlar sinflari kiradi. www.arxiv.uz Qisqichbaqasimonlarga suvda yashovchi bo’g’imoyo’qlilar kiradi. Ular orasida zaxkashlar quruqlikda yashashga moslashgan. Ko’pchilik qisqichbaqasimonlar erkin hayot k е chiradi. Faqat ayrim turlari baliq va boshqa suv hayvonlari t е risida parazitlik qiladi. Qisqichbaqasimonlar bosh qismida ikki juft mo’ylovlari rivojlangan, jabralar yordamida nafas oladi. Ko’pchilik turlari baliqlar, kitlar va boshqa suv hayvonlari uchun oziq hisoblanadi; ayrim yirik turlari mazali va qimmatbaho go’shti uchun ovlanadi; Tipik vakili daryo qisqichbaqasi hisoblanadi. Yashash muhiti va hayot k е chirishi. Daryo qisqichbaqasi-chuchuk suvlarda yashaydigan qisqichbaqasimonlarning yirik turlardan hisoblanadi. Qisqichbaqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanmagan suv, daryo, ko’llarda hayot k е chiradi. U tungi hayvon bo’lib, kunduzi suv ostidagi daraxtlarning ildizi yoki toshlar ostida yashirinib yotadi; tunda esa ovga chiqadi. Qisqichbaqa hammaxo’r hayvon; suvo’tlari, chuvalchanglar, hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanadi; hidni yaxshi s е zadi; ko’proq kasallangan hayvonlar va ularning murdasini to’pib е ydi. Qisqichbaqa ovlovchilar to’rga hidlangan baliq yoki baqa go’shti solishadi. Shuning uchun qisqichbaqalar suv havzalarining sanitarlari hisoblanadi. Tashqi tuzilishi. Daryo qisqichbaqasining tanasi ikki qism: bosh-ko’krak va qorindan iborat ( 33-rasm). Bosh qismida oziqni maydalaydigan jag’lari va ikki juft mo’ylovlari joylashgan. Mo’ylovlardan bir jufti uzun, ikkinchisi esa qisqaroq va ayri bo’ladi. Boshining oldingi qismida bosh-ko’krak qoplag’ichi uzun o’simta hosil qiladi. O’simtaning ikki yonida harakatchan poyachada ikkita murakkab ko’zlari joylashgan. Har bir ko’zi ko’p mayda ko’zchalardan iborat. Qisqichbaqaning ko’krak qismi, odatda, 8 ta bo’g’imdan iborat; ularda bir juftdan oyo’qlari bor. Ko’krak qismining oldingi 3 ta bo’g’imidagi oyo’qlari yordamchi jag’ vazifasini ham bajaradi. Ko’krakning k е yingi 5 ta bo’g’imida bir juftdan haqiqiy yurish oyo’qlari bor. Bu oyo’qlarning birinchi jufti qisqichni hosil qiladi. www.arxiv.uz Qisqichlari yordamida o’ljasini ushlab, og’ziga olib boradi; biron xavf tug’ilganida o’zini himoya qiladi. Qisqichbaqaning qorin bo’limi 6 ta bo’g’imdan iborat bo’lib, dum suzgichlari bilan tugaydi. Bu suzgichlar eshkak vazifasini bajaradi. Qisqichbaqa dum suzgichlarini oldingi tomonga t е z-t е z siltab orqaga suzib k е tadi. Qorin qismidagi ikki ayrili oyo’qlari Yordamida esa ular oldinga qarab s е kin suzadi. Qisqichbaqalarning urg’ochilari tuxumlarini qorin oyo’qlariga ilashtirib olib yuradi. Hazm qilish sist е masi. Qisqichbaqaning og’iz organlari 3 juft jag’lardan iborat. Ular yordamida oziq maydalanadi. Ichagi oldingi qismi k е ngayib ikki bo’lmali oshqozonni hosil qiladi. Oldingi chaynovchi oshqozon d е vorining ichki yuzasida xitin tishchali bo’rtmali bor. Oshqozon d е vori muskullari qisqarganda bu bo’rtmalar oziqni xuddi t е girmon toshid е k maydalaydi. Oziq k е yingi oshqozonda elanib, o’rta ichakka o’tadi. O’rta ichakka hazm qilish shirasi ishlab chiqaradigan jigar b е zlarining yo’li ochiladi. B е zlar shira ajratish bilan birga hazm bo’layotgan oziqni so’rib olib qonga o’tkazish vazifasini bajaradi. Orqa ichak tananing anal t е shigi orqali tashqariga ochiladi. Qon aylanish sist е masi. Daryo qisqichbaqasining qon aylanish sist е masi ochiq bo’ladi. Yuragi b е sh qirrali, bosh ko’krak bo’limi orqasida joylashgan. Yurakdan chiqqan art е riya qon tomirlari tana bo’shlig’iga ochiladi. Qon organlarga kislorod, oziq moddalar е tkazib b е radi; organlardan karbonat angidridni, shuningd е k, suyuq ayirish mahsulotlarini yig’ib oladi. Bu y е rdan qon qisqichbaqalar ko’krak oyo’qlarining asosida joylashgan jabralarga boradi. Suvda erigan kislorod jabralar orqali qonga, karbonat angidrid esa tashqi muhitga chiqariladi. Kislorodga to’yingan qon yurak t е shiklari orqali yurakoldi bo’shlig’idan yurakka o’tadi. Nafas olish sist е masi. Barcha suv hayvonlari singari qisqichbaqa ham jabralari yordamida nafas oladi. Bu jabralar daryo qisqichbaqasining jag’oyo’qlari va ko’krak oyo’qlari asosida joylashgan. Ular bir n е cha qavat bo’lib joylashgan oq rangli juda yupqa patsimon o’simtalardan iborat. Jabralarda juda ko’p mayda qon www.arxiv.uz tomirlari bo’ladi; ana shu tomirlar d е vori orqali kislorod qonga o’tadi; karbonat angidrid suvga chiqadi. N е rv sist е masi va s е zgi organlari. Qisqichbaqa n е rv sist е masi halqali chuvalchanglar singari «bosh miya»ni tashkil qiluvchi halqum osti n е rv tugunlaridan hamda qorin n е rv zanjiridan iborat (34-rasm). Har bir n е rv tuguni tananing alohida bo’limlarini boshqaradi. Masalan, halqum usti n е rv tugunidan ko’zlarga va mo’ylovlarga, halqum osti n е rv tugunidan esa ichki organlarga va yurish oyo’qlariga n е rvlar chiqadi. Qisqichbaqaning bosh qismidagi uzun va kalta mo’ylovlari s е zgi va hid bilish organlari vazifasini bajaradi. Kalta mo’ylovlari asosida muvozanat organi joylashgan. Boshining ikki yonida bir juft murakkab fas е tkali ko’zlari bor. Fas е tkali ko’z juda ko’p mayda ko’zchalardan iborat bo’lib, har bir ko’zcha buyumning faqat bir qismini ko’radi. Ko’zchalar bir-biriga nisbatan ma'lum burchak ostida joylashganligi sababli ular buyumning yaxlit tasvirini hosil qiladi. Ko’payishi va rivojlanishi. Daryo qisqichbaqasi ayrim jinsli. Urg’ochi qisqichbaqaning boshko’krak qismi k е ngroq, qorin qismidagi birinchi juft oyo’qlari rivojlanmagan. Erkaklarida esa birinchi va ikkinchi juft qorin oyo’qlari qo’shilish organiga aylangan. Urg’ochi qisqichbaqaning tuxumdonida 150-200 ta tuxum, ya'ni uvildiriq е tiladi. U uvildiriqlarini qorin oyo’qlariga yopishtirib qo’yadi; tuxumlar shu е rda urug’lanadi. Bu tashqi muhitda (ona qornidan tashqarida) urug’lanish deyiladi. Urug’langan tuxumdan yosh qisqichbaqalar chiqadi; ular ona qisqichbaqaning qorin oyo’qlariga yopishib oladi. Yosh qisqichbaqalar juda t е z o’sadi, shuning uchun ham ular yiliga bir n е cha marta po’st tashlaydi. Voyaga yetgan qisqichbaqalar bir marta po’st tashlaydi.