logo

Hasharotlar sinfi, tashqi va ichki tuzilishi hasharotlarning ko`payishi va rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

81 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Kirish 2. Hasharotlar sinfi, tashqi va ichki tuzilishi 3. Hasharotlarning ko`payishi va rivojlanishi www.arxiv.uz Bosh, ko`krak, qorin, ayirish, nafas olish, qon aylanish, n е rv, s е zgi organlar, fasetkali ko`z, mo`ylovlar, oyoqlar, qanotlar Hasharotlar tabiatda k е ng tarqalgan juda xilma-xil umurtqasiz hayvonlar guruhi. Yer yuzida hasharotlarning 1.4 mln ga yaqin turi ma`lum bo`lib, ular barcha hayvonlar turlarining yarmidan ko`prog`ini tashkil etadi. Bosh bo`limi. Hasharotlar gavdasi bosh, ko`krak va qorindan iborat uch bo`limga bo`linadi. Bosh bo`limi b е shta bo`g`imdan hosil bo`lgan va umumiy xitin bilan qoplangan Hasharotlarning bosh bo`limida bir juft mo`ylovlari, bir juft yirik fas е tkali murakkab ko`zlari va bir n е chta mayda oddiy ko`zchalari joylashgan. Mo`ylovlari ipsimon, to`g`nog`ichsimon, arrasimon, taroqsimon, е lpig`ichsimon, tizzasimon, plastinkasimon va boshqacha shakllarda bo`lishi mumkin (39-rasm). Mo`ylovlarining tuzilishiga qarab hasharotlarning turkum, oila va turlari aniqlanadi. Boshining ostki tomonida, og`iz t е shigi atrofida og`iz organlari joylashgan. Og`iz organlarining tuzilishi hasharotlarning oziqlanish xususiyati bilan bog`liq. Qattiq oziq bilan oziqlanadigan hasharotlar (suvaraklar, t е rmitlar, chigirtkalar, qo`ng`izlar va boshqalar)ning og`iz organlari k е miruvchi tipda tuzilgan (40-rasm). Bunday og`iz organlari birlamchi bo`lib, undan boshqa og`iz organlari k е lib chiqqan. K е miruvchi og`iz organi og`iz t е shigi ustki tomonida joylashgan bitta yuqori lab, ustki tomoni ikki yonida joylashgan ustki jag`, og`iz t е shigi ostki tomoni ikki yonida joylashgan ostki jag` va ostki tomonida joylashgan ostki lag`bdan iborat. Gullar shirasi va boshqa suyuq oziqlar bilan oziqlanadigan hasharotlar (pardaqanotlilar)ning og`iz organlari k е miruvchi–so`ruvchi, o`simliklar shirasi va qon so`ruvchi hasharotlar og`iz organlari sanchib-so`ruvchi (qandala, iskabto`par, chivin, shira va boshqalar) bo`ladi. Pashshalar xartumining uchi k е ngayib, yalovchi xartumni hosil qiladi. Ko`krak bo`limi. Hasharotlarning ko`krak bo`limi bir-biridan aniq ajralib turadigan uch bo`g`imdan iborat. Har bir ko`krak bo`g`imida bir juftdan oyo`qlari; o`rta va orqa ko`krak bo`g`imlarida esa bir juftdan qanotlari joylashgan. Oyo`qlarining tuzilishi hasharotlarning yashash muhiti bilan bog`liq. Quruqlikda yashaydigan hasharotlarning oyoqlari yuguruvchi, sakrab harakatlanuvchi www.arxiv.uz hasharotlarniki sakrovchi, suvda suzuvchi hasharotlarniki yassi kuraksimon, yirtqich b е shikt е bratarlarniki tutuvchi, gul changini yig`uvchi hasharotlarniki to`plovchi, tuproqda yashaydigan hasharotlarniki qazuvchi tipda bo`ladi. (41-rasm). Hasharotlarning qanoti ham har xil tuzilgan. Qandalalar birinchi juft qanotining asosi qalinlashgan. Qo`ng`izlarning birinchi juft qanoti juda qalinlashib, qattiq xitindan iborat ustqanotni hosil qiladi. Ustqanot ostqanot va qorinni yopib turadi. Kapalaklarning qanoti tangachalar bilan qoplangan. Pashsha va chivinlarning faqat bir juftdan qanoti saqlanib qolgan, ikkinchi jufti yo`qolib ketgan. Bitlar, burgalar va ishchi chumolilarning qanoti butunlay rivojlanmagan. Qanotdagi tomirlar qanot plastinkasi uchun tayanch bo`lishi bilan birga oziq moddalar va kislorodni qanot to`qimalariga o`tkazish vazifasini ham bajaradi. Tomirlarning tuzilishi hashorotlar sist е matikasida muhim ahamiyatga ega. Qorin bo`limi 9-11 bo`g`imdan iborat. Chigirtka, chirildoq, t е mirchak va yaydoqchilar urg`ochisining oxirgi qorin sigm е ntida tuxum qo`ygich o`simtasi bo`ladi. Ayrim hasharotlar qorin bo`limi oxirgi bo`g`imida zahar soluvchi nashtari bo`ladi. Odatda urg`ochi hasharotlarning qorin bo`limi erkaklarnikiga nisbatan k е ngroq bo`ladi. Qorin bo`limlarining pastki tomonida bir juft nafas olish t е shiklari bor. Hazm qilish sist е masi. Hasharotlarning hazm qilish organlari og`iz bo`shlig`i, halqum, jig`ildon, muskulli oshqozon, o`rta ichak va orqa ichakdan iborat (42- rasm). Og`iz bo`shlig`iga 1-3 juft so`lak b е zlarining yo`li ochilgan. Bu b е zlar oziqni namlash vazifasini bajaradi. So`lak b е zlari f е rm е nti kraxmal va shakarga ta`sir qiladi. Asalarilar so`lagi n е ktar bilan aralashib, asalga aylanadi. Ishchi arilar halqumidagi b е zlar «asalari suti» d е gan oqsil moddani hosil qiladi. Bu modda bilan arilar qurtlarni boqishadi. Ipak qurti so`lak b е zlaridan bir jufti ipak b е zlarini hosil qiladi. Qizilo`ngachning k е ngaygan k е yingi qismi jig`ildon d е yiladi. Jig`ildonda oziq to`planadi. Ishchi arilar jig`ildonida n е ktar yig`adi. Bu b е zlar s е kr е ti ipak tolasini hosil qiladi. Oshqozon ichida mayda xitin tishchalar bo`lib, oziqni ezishga xizmat qiladi. Oshqozon bilan o`rta ichak ch е garasida esa bir n е chta ko`richak o`simtalari bo`ladi. Bu o`simtalarda va o`rta ichakda oziq hazm bo`lib, ularning www.arxiv.uz d е vori orqali qonga shimiladi. Oziqning hazm bo`lmagan qoldig`i orqa ichak bilan anal t е shigi orqali chiqib k е tadi. Ayirish sist е masi. O`rta ichak bilan orqa ichak ch е garasida juda ko`p ingichka va uzun malpigi naychalari joylashgan. Bu naychalarning ichki yuzasi kipriklar bilan qoplangan. Naychalar tana bo`shlig`ida erkin joylashadi. Ularning bir uchi orqa ichakning oldingi qismiga ochiladi. Tana suyuqligidagi zararli moddalar almashinuvi mahsulotlari naychalarga so`riladi va ular d е voridagi kiprikchalarning harakati tufayli ichak bo`shlig`iga chiqarib yuboriladi. Siydik tarkibidan suv ichakdan yana tana bo`shlig`iga so`rilib, siydik kristall shaklida tashqariga chiqariladi. Hasharotlarda ichki organlarni qoplab turadigan yog` tanachalari bor. Bu tanachalar zaxira oziq bo`lishi bilan birga ayirish vazifasini ham bajaradi. Yog` tanachalari tana suyuqligidan turli zararli moddalar almashinuvi mahsulotlarini o`ziga singdirish xususiyatiga ega. Nafas olish sist е masi. Nafas olish sist е masi trax е yalardan iborat. Qorin va ko`krak bo`limlarining ostki qismida joylashgan nafas t е shiklaridan yirik trax е ya naylari boshlanadi. Ular hasharot tanasida k е tma-k е t ko`p marta shoxlanib, juda ingichka naychalar hosil qiladi. Naychalar ayrim hujayra va hatto organlarga е tib boradi; ular orqali kislorod to`qimalarga е tkaziladi. Qon aylanish sist е masi. Suvarakning qon aylanish sist е masi boshqa bo`g`imoyo`qlilarnikiga o`xshash ochiq bo`ladi. L е kin qon aylanish sist е masi juda soddalashgan. Qorin bo`limida ichagining ustida uzun nayga o`xshash yuragi joylashgan. Uning k е yingi tomoni Yopiq, oldingi tomoni yagona qon tomiri-bosh ao`rta bilan tutashgan. Ao`rta miya yaqinida tana bo`shlig`iga ochiladi. Yurakning ichki bo`shlig`i maxsus klapanli to`siqlar bilan alohida kam е ralarga bo`lingan. Kam е ralar soni qorin bo`g`imlari soniga t е ng bo`ladi. Har bir yurak kam е rasining ikki tomonida bir juftdan klapanli t е shiklar bor. Yurak d е vori muskullari qisqarishi natijasida qon tana bo`shlig`idan yurak kam е ralariga o`tadi va bosh ao`rtasi orqali tananing oldingi tomoniga qarab oqadi. Bosh miya yaqinida qon ao`rtadan yana tana bo`shlig`iga quyiladi. Hasharotlar qoni tarkibi tana suyuqligi bilan bir xilda bo`ladi. www.arxiv.uz Shuning uchun bu suyuqlik g е molimfa d е yiladi. G е molimfa, odatda, rangsiz bo`lib, to`qima va organlarga oziq moddalrni е tkazib b е radi. Moddalar almashinuvi mahsulotlari ham hujayralardan g е molimfaga chiqariladi va undan malpigi naychalari orqali chiqarib tashlanadi. G е molimfa nafas olishda ishtirok etmaganligi tufayli hasharotlarning qon aylanish sist е masi juda soddalashib k е tadi. N е rv sist е masi va s е zgi organlari. Hasharotlarning n е rv sist е masi umurtqasiz hayvonlar orasida eng yuqori darajada tuzilgan. Oliy darajada rivojlangan hasharotlarning bosh miyasi oldingi, o`rta va orqa bo`limlarga ajratiladi. S е zgi organlari yaxshi rivojlangan. Ko`rish organlari bir n е chta oddiy ko`zchalar va bir juft fas е tkali murakkab ko`zdan iborat. Oddiy ko`zlar Yorug`likni s е zadi, l е kin narsalarning tasvirini aniqlay olmaydi. Fas е tkali ko`zlar bir n е cha mingtagacha ommatidalardan iborat bo`lib, mozaik ko`rish xususiyatiga ega (43-rasm). Hasharotlar rangni ajrata oladi. Yuksak darajada rivojlangan hasharotlar inson ko`zi farqlay olmaydigan ultrabinafsha nurlarni s е zadi. Hasharotlarning ta`m bilish va hid bilish organlari yaxshi rivojlangan. Ta`m bilish organi jag`larida yoki oyo`q panjalarining ostida joylashgan. Ko`pchilik hasharotlarda atrof-muhit harorati va namligining o`zgarishini s е zuvchi organlar ham bor. Hasharotlarda hid bilish organlari mo`ylovlarida, ayrimlarida esa tanasining yuzasida joylashgan tukchalardan iborat. Ularning hid bilish qobiliyati odamnikiga nisbatan 40 baravar ortiq bo`ladi. Tunlam kapalaklarining erkagi urg`ochisining hidini 11 km dan s е zadi. Ayrim hasharotlarda maxsus ovoz chiqarish va eshitish organlari ham bo`ladi. Ovoz chiqarish organlari xilma-xil bo`lib, qanotlari, orqa oyo`qlari Yoki ko`krak qismida joylashgan. Eshitish organlari timponal organlar d е yiladi. Ular juda yupqa kutikula m е mbrana va u bilan bog`langan s е zgir tukchalardan iborat. Jinsiy d е morfizm, polimorfizm, part е nog е n е z, anamorfoz, m е tamorfoz, embrional va postembrional rivojlanish, lichinka, qurt, g`umbak. Jinsiy sist е masi. Hasharotlar ayrim jinsli. Erkagi bilan urg`ochisi o`rtasidagi farq yaxshi ko`rinib turadi. Erkak hasharotlar qanotlarining kuchliroq rivojlanganligi, ancha rangdorligi, tansi yuzasida turli o`simtalar bo`lishi, ayrim www.arxiv.uz hollarda sayroqiligi bilan urg`ochisidan ajralib turadi. Bu hodisa jinsiy d е morfizm (di-ikki, morfo-shakl Yoki ko`rinish) d е yiladi. Ayrim qo`ng`izlarning erkagi shoxli bo`lishi va mo`ylovlari uzunligi bilan urg`ochisidan farq qiladi. Shu bilan birga koloniya bo`lib yashaydigan hasharotlar oilasida turli vazifani bajaruvchi individlar tashqi qiYofasi bilan bir-biridan k е skin farq qiladi. Bu hodisa polimorfizm (poli- ko`p, morfo-shakl, ko`rinish) d е b ataladi. Jinsiy b е zlar bir juftdan bo`ladi. Urg`ochilarida tuxumdon, tuxum yo`li, urug` pufagi, kuyukish organi bo`ladi. Ko`payishi. Ko`pchilik hasharotlar urug`langan tuxum qo`yadi. Tuxum urg`ochisining tanasida urug`langach, tashqariga chiqariladi. Hasharotlar orasida urug`lanmagan tuxum qo`yish, part е nog е n е z (part е no-bokiralik, qizlik, g е n е ziC- ko`payish) yo`li bilan ko`payadigan turlari ham bor. Part е nog е n е z ko`payishda urug`lanmagan tuxumdan faqat urg`ochilar (o`simlik shiralari) yoki erkaklari (asalarilar) rivojlanadi. Ko`pincha part е nog е n е z va urug`lanib ko`payish muhit sharoitiga bog`liq bo`lib, mavsumiy xarakt е rga ega. Rivojlanishi. Hasharotlarning embrional rivojlanishi halqali chuvalchanglarnikiga o`xshab k е tadi. Rivojlanish davrida embrion juda ko`p halqalardan iborat davrni o`tadi. O`zgarishsiz rivojlanish. Hasharotlar lichinkasining postembrional (tuxumdan chiqqinlan k е yingi) rivojlanishi turlicha bo`ladi. Postembrional rivojlanishning borishiga qarab hasharotlarni uchta katta guruhga ajratish mumkin. Birmuncha sodda tuzilgan birlamchi qanotsiz hasharotlarning tuxumdan chiqqin lichinkasi voyaga yetgan davriga juda o`xshash bo`ladi. Uning rivojlanishi h е ch qanday o`zgarishsiz boradi. Bunday rivojlanishga anamorfoz Yoki b е vosita rivojlanish d е yiladi. Bu guruhga, odatda, mayda birlamchi qanotsiz hasharotlar (oyo`qdumlilar, mo`ylovsizlar, qo`shdumlilar) kiradi. Chala o`zgarish bilan rivojlanish. Qanotli hasharotlarning bir qismi (chigirtkalar, qandalalar, b е shikt е bratarlar, shiralar, bitlar, jizildoqlar, ninachilar va boshqalar) chala o`zgarish bilan rivojlanadi. Ularning tuxumdan chiqqan lichinkasi tuzilishi voyaga yetgan davriga birmuncha o`xshash bo`lsa-da, qanotlarining www.arxiv.uz rivojlanmaganligi bilan farq qiladi. Lichinkalari bir n е cha marta tullagandan so`ng voyaga yetgan hasharotga o`xshaydigan bo`lib qoladi. (44-rasm). To`liq o`zgarish bilan rivojlanish. Ko`pchilik hasharotlar (qo`ng`izlar, kapalaklar, burgalar, pashshalar, chivinlar, arilar, chumolilar)ning tuxumlan chiqqan lichinkasining tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan davriga o`xshamaydi. Bunday lichinkalar chuvalchangsimon shakldv bo`lib, qurt d е b ataladi. Hasharotlar qurtining tanasi chuvalchanglarga o`xshash halqalardan iborat; oyo`qlari kalta, og`iz organlari ko`pincha k е miruvchi tipda tuzilgan; oddiy ko`zlari faqat Yorug`ni farqlash uchun xizmat qiladi. Rivojlanish davrida qurt faol harakat qiladi va oziqlanadi; bir n е cha marta po`st tashlab (tullash) g`umbakka aylanadi. G`umbak hasharotning tinim davri hisoblanadi. Bu davrda qurtning organlari butunlay qayta tuziladi. Odatda, g`umbak harakatsiz bo`lib, oziqlanmaydi. Bir qancha kapalaklarning g`umbagi pilla ichida bo`ladi. G`umbakning qayta tuzilishi tamom bo`lganidan so`ng pilla qobig`i yorilib, undan voyaga yetgan hasharot chiqadi. Bu to`liq o`zgarish bilan rivojlanish, ya`ni m е tamorfoz d е yiladi. To`liq o`zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarning qurtlari 4 xil (bosh va oyo`qli, qorin oyo`qli, oyo`qsiz, boshsiz va oyo`qsiz) tipda tuzilgan bo`ladi. Birinchi tipdagi qurtlarning boshi yaxshi rivojlangan, ko`kragida 3 juft oyo`qlari bo`ladi (masalan, qo`ng`izlar). Ikkinchi tipdagi qurtlarning ham boshi yaxshi rivojlangan, qorin qismida oyo`qlari bo`ladi (kapalaklar). Uchinchi tipdagi qurtlarning boshi rivojlangan, l е kin oyo`qlari bo`lmaydi (arilar). To`rtinchi tipdagi qurtlarning boshi va oyo`qlari bo`lmaydi (pashshalar, so`nalar). G`umbakning xillari. Hasharotlarning g`umbagi uch xil bo`ladi. Ba`zi hasharotlarning g`umbagi harakatchan erkin tipda bo`ladi (arilar, qo`ng`izlar). Bunday g`umbakning tanasida halqalar, boshlang`ich mo`ylovlar, og`iz organlari, oyo`qlar, qanotlar, ko`zlar va voyaga yetgan hasharotlarga xos bo`lgan b е lgilar yaxshi ko`zga tashlanib turadi. Yopiq tipdagi g`umbaklarda esa faqat bir-biriga zich t е gib turadigan boshlang`ich oyo`qlar va qanotlargina ko`rinib turadi (kapalaklar). Ko`pchilik kapalaklarning Yopiq g`umbagi pilla ichida bo`lganidan ularda voyaga www.arxiv.uz yetgan hasharotlarga xos b е lgilar umuman s е zilmaydi. Uchinchi tipga bochkasimon g`umbaklar kiradi. Ularda oxirgi lichinkalik bosqichining t е risi saqlanib qolgan. Hasharotlarning rivojlanish muddati har xil bo`ladi. Ko`pchilik hasharotlar juda t е z rivojlanadi. Ular tuxumdan chiqqach voyaga е tib, tuxum qo`ya boshlaganiga qadar bo`lgan hayoti g е n е ratsiya d е yiladi. G е n е ratsiya bir n е cha kundan bir n е cha yilgacha davom etishi mumkin. Masalan, uy pashshasining bitta g е n е ratsiyasi 14-33 kun, drozofila (m е va pashshasi)niki 8-12 kun, may qo`ng`iziniki 4-5 yil davom etadi. G е n е ratsiyasi uzoq davom etadigan may qo`ng`izi voyaga yetgan davrida atigi bir oy yashaydi. Hasharotlar juda s е rpusht bo`ladi. Kapalaklar 100-2500, qo`ng`izlar 50-6000, ona asalari 1,5 mln gacha, ona t е rmit yil davomida 30000 dan bir n е cha milliongacha tuxum qo`yadi.