logo

Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari. Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatishning tartib va qoidalari

Yuklangan vaqt:

06.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.7626953125 KB
Respublikada halokatlar tibbiy xizmatining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari. Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatishning tartib va qoidalari Reja: 1. Birinchi tibbiy yordam haqida umumiy ma`lumotlar 2. Jaroxatlanib hushdan ketganda birinchi yordam 3. Maneken-trenajyorlarda tajriba ishi Og’izdan-og’izga sun`iy nafas oldirish 4. Zararlanganda birinchn tibbiy yordam ko`rsatish 5. Singanda, bo`g’imlar chiqqanda, paylar cho`zilganda birinchi yordam ko`rsatish 6. Kuyganda birinchi yordam ko`rsatish 7. Qon ketganda birinchi yordam ko`rsatish 1. Birinchi tibbiy yordam haqida umumiy ma`lumotlar Inson o`zining hayotiy faoliyati davomida turli xil xavfli va zararli omillar ta`sirida ma`lum bir sabab bilan baxtsiz hodisalarga duch keladi. Xavfning turi va ta`sir darajasi yoki baxtsiz hodisaning sababiga bog’lik holda jarohatlanish turi va darajasi ham turlicha bo`lishi mumkin. Aksariyat hollarda jarohatlanish va shikastlanishlar to`satdan yuz beradi. SHuning uchun shikastlangan kishiga zudlik bilan dastlabki yordam ko`rsatish juda muhimdir. Buning uchun dastlabki yordamni ko`rsatayotgan kishining harakatlari tez, aniq, to`gri va o`ylab amalga oshirilmogi lozim. Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam (BTYO)- o`z-o`ziga va atrofdagilarga tibbiy yordam ko`rsatishdir. Fuqoralar birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning hamma usullarini mukammal bilishlari shart. Birinchi tibbiy yordam o`z vakgida va to`g’ri ko`rsatilishi lozim. U qanchalik tez va malakali oshirilsa, shuncha ko`p odam xayoti saqlab qolinadi. Jarohat -organizm teri va shilliq kavati butunligining buzilishi. Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam qon oqishini to`xtatish, ochik jaroxatlarni boglam bilan yopish, jaroxatlangan joyning ko`zgalmas holati ( immobilizatsiya)ni ta`minlab berishi lozim. Jaroxatlanganda birinchi tibbiy yordam quyidagilarni o`z ichiga oladi: 1 .Jarohatlanish manbasini va omilini aiiqlab, uning ta`sirini to`xtatish. 2.Jarohatlangan kishini nokulay xavfli sharoitdak ajratish, uning ahvolini aniqlash. Z.Darhol dastlabki yordamni ko`rsatish. 4.Eng yakin davolash maskaiiga olib borishni tashkil qilish. Har qanday sharoitda xam jarohatlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jaroxat ta`sirini kamaytirishda yoki jaroxatlangan kishining xayotini sakdab kolishda muxim rol’ o`ynaydi. SHu sababli, xar bir inson birimchi tibbiy yordam ko`rsatish usullarimi va koidalarini puxta bilishi zarur. 2. Birnnchi tibbin yordam ko`rsatish tartib-koidalarn Elektr tokidan jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish Ishlab chiqarishda, xalokatlarda yoki tabiiy ofat sodir bo`lganda ko`pincha odamlar tok urishi natijasida shikastlanishi mumkin. Bunday hol shikastlangan kishilar va kutkaruv ishlarini olib borayotganlar bilan xam yuz berishi mumkin. Elektr tokidan shikastlangan kishi organizmining ayrim joylarida umumiy yoki maxalliy o`zgarishlar yuz beradi: teri kuyishi, yumshok tuqimalarning kuyishi, asab tizimini ishdan chiqishi, nafas olishningto`xtab qolishi va shu kabilar. Insonlarni kuchlakish ostidagi mashina, mexanizm va qurilmalarning tok o`tkazuvchi qismlariga tegishi muskulni ixtiyorsiz ravishda qisqarishiga olib keladi va bu holatdan jaroxatlangan shaxsning o`zi chiqa olmaydi. Bunday holatda birinchi navbatda elektr qurilmasini tok manbasidan ajratish talab etiladi. Agar elektr shkaflari uzokda joylashgan bo`lsa elektr simini quruk yogoch dastali bolta yoki boshqa jixoz bilan qirqish mumkin. Kuchlanish 1000 Vgacha bo`lgan elektr toki ta`siridan qutqarishda quruq taxta, arqon, yogoch kaltak, rezina, dielektrik qo`lqop yoki tok o`tkazmaydigan boshka materiallardan, kuchlanish 1000B dan ortiq bo`lsa maxsus shtanga va ombirlardan foydalanish zarur. Qutkarayotgan kishi ham albatta elektrlik qo`lkop va rezina poyabzal kiyib olishi kerak. Elektr toki ajratilgach jarohatlangan shaxsni kulay va yumshoq o`rindikga yotqizish va pul’s urishini, nafas olishini, ko`z korachig’i holatini tekshirish xamda bir vaqtda vrachga xabar berish zarur. Jaroxatlangan kishi hushsiz yoki xushida bo`lishi, lekin pul’s urishi va nafas olishi mavjud bo`lishi mumkin. Agar pul’s urishi va nafas olishi mavjud bo`lib, u xushsiz bo`lsa kiyimlarini echish, toza havo kirishini ta`minlash, yuziga suv purkash va tanasini isitish kerak. Jaroxatlangan shaxs hushsiz bo`lib, pul’s urishi va nafas olishi sezilmasa unga sun`iy nafas berish va yuragini uqalash kerak. 2. Jaroxatlanib hushdan ketganda birinchi yordam Hushdan ketish deganda bosh miya tomirlarining qiska muddatli spazmi natijasida yuz beradigan hushning kisqa muddatga yo`qolishi tushuniladi. To`satdan xushdan ketishda teri va shillik pardalarning keskits okarishi, nafas olishning qiyinlashishi (sekiilashishi), tomir urishining sustlashishi kuzatiladi. Birinchi navbatda xushdan ketish sababini bartaraf qilish lozim. SHikastlangan kishi boshini pastga, osklarini esa balandroq qilib yotkiziladi. Bemorga novshadil spirt xidlatiladi. Ogir hollarda sun`iy nafas oldiriladi. Novshadil spirt o`rniga ovqatga ko`shiladigan sirka yoki kesilgan piyozni xidlatish xam mumkin. Yuqorida keltirilgandk, jaroxatlanishlar asoratida inson orgaiizmi eng og’ir ahvolga tushib qolishi mumkin. Bunday holatlarda nafasining va ba`zan yurak faoliyatining ham to`xtashi kuzatiladi, lekin hayot xali so`nmagan va xayot faoliyatini to`la tiklash imkoniyati bo`ladi. Biroz muddatdan keyin (5-6 minut) klinik o`lim biologik o`limga o`tishi mumkin. Ana shu muddatda shikastlangan kishiga zudlik bilan yordam berish (tiriltirish) shu ishni amalga oshiruvchi odamdan tajriba, tez va puxta ishlashni talab qiladigan murakkab va hal qiluvchi jarayondir. Birinchi navbatda bu jarayonda nafas va yurakning to`xtagan yoki to`xtamaganligi aniqdanadi. So`ngra nafas oldirish va yurak faoliyatini tiklash ishlari amalga oshiriladi. Naf a sning tuxt a shi. Nafas tovush boylamlarining spazmi, nafas yo`llariga begona narsalarning tiqilib kolishi, tilning xalqumga kelib qolishi va shu kabilar oqibatida o`pkaga havo tushishi qiyinlashuvidan ruy bsradi. Nafas olishi to`xtagan odamni dastlabki 5 daqiqa davomidagina xayotga kaytarish mumkin. Nafas oldirish usuli bemor bo`lgan sharoitlar va nafas olishning to`xtash sababiga ko`ra tanlanadi. Sil’vest usuli. Bemor chalqancha yotkiziladi. Bemorning bilak kafti ustidan ushlanib, kuch bilan yuqoriga ko`tariladi, so`ngra ko`llarni kukrak kafasiga zushiriladi va u kattiq bosiladi. Minutga 14-15 marta shunday harakat qilinadi. SHollusuli. Qovurga yonlarini qo`llar bilan yon tomonga cho`ziladi, so`ngra qisiladi. Ogizdan og’izga yoki og’izdan burunga havo puflash usuli sun`iy nafas oldirishning eng ta`sirchan oddiy usullaridan hisoblanadi. Sun`iy nafas "og’izdan og’izga" yoki "og’izdan burunga" berilishi mumkin. Bu usullar boshka usullarga nisbatan samarali usul hisoblanadi. Unda jarohatlangan shaxsning o`pkasiga boshqa usullarga nisbatan 4 barobar ko`p xavo yuboriladi. Sun`iy nafas berishdan oldin jaroxatlangan shaxs elka tomoni bilan yotqizilishi, undagi siqib turgai kiyimlar, galstuk, sharf va shu kabilar echilishi, og’iz ko`piklardan tozalanishi kerak. Agar og’iz kattiq yopik bo`lsa (tishlashib qolgan bo`lsa), ikkala ko`lning to`rt barmogini jaroxatlangan shaxsning boshi orkasiga qo`yib, ikkala bosh barmok bilan og’zini ochish kerak. Keyin chukur nafas olib, og’izni og’izga ko`yib, jaroqatlangan shaxsning burnini kisib kuchli havo puflash kerak. Xavo puflashda marli g rumolcha yoki maxsus nafas olish trubkasidan foydalanish mumkin. Sun`iy nafas berish chastotasi minutiga 10-12 marta bo`lishi kerak. Yurak faoliyatining to`xtatishi. YUrak faoliyatining to`xtashiga yo`l qo`ymaslik uchun sun`iy nafas oldirish bilan birga yurakni bevosita yopiq ukalanishi zarur. Yurak urishining to`xtash belgilari: * Ko`z qorachig’ining kengayishi. * Uyqu arteriyasida pulsning yo`qligi. * Nafas olishmnng to`xtashi * Refleksning mavjud emasligi Yuqoridagi holatlar ko`zatilganda quyidagi tartibda xarakat qilish lozim: 1. Jabrlanuvchi chalqanchasiga qattiq yuzaga yotqiziladi. 2. Biror kiyimi dumaloqlanib bo`yni tagaga qo`yiladi. 3. Boshini orkaga egib, og’zi yopiladi. 4. "Og’izdan-og’izga" yoki "og’izdan-burunga" usulida sun’iy nafas bsriladi. 5. YUrak bilvosita uqlanadi. Agar jaroxatlangan shaxsning ko`z korachig’i kengaygan va pul’s urishi sezilmasa, kon aylamishini tiklash maksadida sun`iy nafas berish bilan bir vaqtda yurak uqalanishi lozim. Uqalashda o`ng qo`lning kafti jarohatlangan shaxsiing ko`kragiga qo`yiladi va tez-tez (minugiga 60 marta)bosiladi. Tananing pastki qismlari joylashgan vena qon tomirlaridagi qonni yurakka kelishini tezlatish maqsadida oyoqni 0,5 m gacha yuqoriga ko`tarib qo`yish mumkin. Agar bu yordamlarni bir kishi bajarayotgai bo`lsa, 2-3 marta sun`iy nafas bergach, 10-12 marta yurakni tashqi uqalash tavsiya etiladi. Jaroxatlangan shaxsning o`ziga kelganini nafas olishini tiklanishi, rangini qizarishi ko`z qorachig’ini qisqarishi kabi belgilardan bilib olish mumkin.Buni tekshirish uchun massajni 2-3 sek to`xtatib turish mumkin. Agar jaroxatlangan shaxsda o`ziga kelish holatlari kuzatilmasa, sun`iy nafas berish va yurakni uqalashni vrach kelgunga qadar davom ettirish kerak. 3. Maneken-trenajyorlarda tajriba ishi Og’izdan-og’izga sun`iy nafas oldirish -maneken chalkancha yotkiziladi, qo`krak qafasini ochish uchun kiyimlari echilib, sun`iy nafas oldirishga tayyorlanadi. Maneken boshini yonboshlatib, og’iz bo`sh.chig’i begona narsalardan tozalanadi: -nafas yo`lini to`g’irlash maqsadida maneken boshi tagiga bir ko`lni va pssxonasiga ikkinchi ko`lni ko`yib iloji borncha boshi orqa tomonga egiladi: -maneken og’izga doka ko`yilib, og’iz bilan kuchli havo (nafas) yuboriladi: -nafas yuborish xar 5-6 sekundda bir marta yoki bir minutda 10-12 marta amalga oshirilishi zarur: -xar gal havo yuborilganidan so`ng nafas qayta chikishi uchun maneken og’zi va burni bushatiladi. Yurakni tashqi uqalash - maneken ko`li yoki bo`yindan pul’s urishi, ko`krak xarakatidan nafas olayotgani va ko`z qorachig’ining holati tekshirilib. yurakni massaj qilish zaruriyati aniqlanadi; -ko`krak qafasi tugagan joydan ikki barmoq enlikda pastga bir ko`l kaft bilan uning ustiga ikkinchi qo`l to`g’ri burchak ostida ustma -yst qo`yiladi: -tez harakat bilan kukrak qismining past tomoni 3-4 s.m.ga 0.5 sek dapomida bosiladi. agar xarakat to`g’ri amalga oshirilgan bo`lsa yashil chiroq yonadi: -agar ko`krak kafasi kuchli ya`ni noto`gri bosilsa qizil chiroq yonadi: -ko`krak kafasini bosish yurak urishi ritmiga to`g’ri kslishi kerak; -agap dastlabki yordamni ikki kishi berayotgan bo`lsa biri sun`iy nafas oldiradi. ikkinchisi yurakni massaj qiladi: -dastlabki yordamni bir kishi amalga oshirsa 2-3 marta sun’iy nafas oldirilgach 10-12 marta kukrak qafasi bosiladi. 4. Zararlanganda birinchn tibbiy yordam ko`rsatish Zaharli kimyoviy moddalar kishi organizmiga nafas olish yo`llari, teri va ogiz orqali ta`sir etishi mumkin. Zaxarlanishning tashqi belgilari kimyoviy moddalarning zaharlilik xususiyatiga bog’liq Ko`pincha zaxarlanishda oshqozoi og’rishi, qayd qilish, muskullarni ixtiyorsiz qiskarishi, bosh og’rig’i, umumiy kamdarmonlik, xushdan ketish kabi holatlar kuzatiladi. Zaxarlanganda birinchi navbatda zaxarli moddalar ta`sirini bartaraf etish, jaroxatlangan shaxsni siqib turgan kiyimlarini echish, toza xavoga olib chikish va vrachga xabar berish lozim. Agar zaxarli modda ogiz orqali oshqozonga tushgan bo`lsa kaliy permanganat ("margantsovka")ning iliq suvdagi kuchsiz eritmasidan bir necha stakan ichirish va kayd qildirish (2-3 marta) kerak. YOki 1-2 osh qoshiq suyuk magneziyni bir stakan suvga solib ichirish kerak. Qorinda kattik ogriq bo`lsa isitkich ("grelka") ko`yish kerak. Agar zaharln modda teriga tushsa, uni yumshoq material bilan artib tozalab, suv bilan yuvib, ichimlik sodasining 2% li eritmasi yordamida ishlov berish kerak. Zaxarli gazlar masalan uglerod oksidi, atsetilin, benzin bug’i va boshqalar kishi organizmiga nafas olish yo`llari orqali ta`sir etsa bosh og’rig’i, quloqda shovqin, bosh aylanishi, qayd qilish, ko`ngil aynishi, nafas olish og’irlashishi, ko`z qorachig’i kengayishi, hushdan ketish hollari yuz berishi mumkin. Bunday vaqtlarda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, kislorodli yostiqdan kislorod berish kerak. Nafas olishi sezilmaganda esa sun`iy nafas berish zarur. Zaharlangan shaxsda kuchli yutal kuzatilsa novshadil spirt hidlatish, ichimlik sodasi ko`shilgan sut, achchiq shirin choy berish, agar iloji bo`lsa ko`krakga "gorchichnik" qo`yish kerak. Agar zaxarli modda ko`zga tushsa bir stakan suvga bir choy koshiq soda solib ko`zni yuvish lozim. 5. Singanda, bo`g’imlar chiqqanda, paylar cho`zilganda birinchi yordam ko`rsatish Sinish, chiqish yoki pay cho`zilishi singan joyning notabiiy holda egilishi, bo`g’imning shishishi va og’riq paydo bo`lishi orqali bilinadi. Bunday hollarda birinchi navbatda shikastlangan kishiga tinchlik berish va shikastlangan joyga sovuq bosish kerak. Singan yoki chiqqan qo`l oyoqlarga taxtakach fanyoki karton ko`yib bog’lash tavsiya etiladi. Taxtakach ko`yishda uning bir uchi tos suyagidan yuqori bo`lishi, ikkiichi uchi esa oyoq tovonida bo`lishi kerak. Qovurg’a suyagi singanda yo`talganda, nafas olganda va xarakatlanganda og’riq paydo bo`ladi. Bunday vaqtda ko`krak nafas chiqarish vaqtida bint bilan kattik qilib bog’lab qo`yiladi. Lat egan joyga sovuklik ko`yib keyin artish, yod surtish yoki issik kompress qo`yish taqiqlanadi. CHunki bular og’riqni kuchaytiradi. Pay cho`zilganda ham lat eyishidagidek yordamlar ko`rsatiladi. Boshning lat eyishi natijasida miya chayqalishi, bosh suyagining sinishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Miya chayqalgan hollarda ko`pincha bosh og’rig’i, nafas siqilishi va ko`ngil aynish holatlari xam uchraydi. Bosh suyakning singanini kuloklar va og’izdan qon ketishi orqali bilish mumkin. Bu holatlarda jabrlanuvchi hushsiz holatda bo`ladi. Vrach kelishiga qadar lat sgan joyga sovuq, ya`ni muz ko`yib sovuq holatda ushlash kerak. 6. Kuyganda birinchi yordam ko`rsatish Kuyish termik, kimyoviy va elektrik bo`lishi mumkin. Ular og’irlik darajasiga ko`ra 4 darajaga bo`linadi: 1-darajali kuyishda teri qizarib, shishadi; 2- darajali kuyishda suv pufaklari hosil bo`ladi; 3-darajali kuyishda teri jonsiz, ya`ni sezish qobiliyatini yo`qotgan holda bo`ladi; 4-darajali kuyishda –teri qorayadi, muskullar va suyak shikastlamadi, kurib qoladi. Termik va elektrik kuyishda kuygan joyga qo`l tegizish, maz, yog, ichimlik sodasi surtish, yopishib qolgan kiyim parchasini yulib olish, hosil bo`lgan pufaklarni yorish mumkii emas. Birinchi darajali kuyishda kuygan joyni sterillangap bog’ich bilap bog’lash kerak. Tana og’ir kuyganda kuygan kishini toza choyshab bilan o`rash, choy ichirish va vrach kelguncha tinchlik berish kerak. Agar kuygan kishining pul’s urishi sekinlashsa 15-20 tomchi valer’yanka ichirish kerak. Kuygan yuzni sterillangan marli bilan yopib qo`yish kerak. Ko`z kuyganda 1 stakan suvga 1 choy koshiq bor kislotasi solib, sovuq holda ko`zga bosish kerak. Kimyoviy kuyish oqibati ko`pincha kuydiruvchi kimyoviy moddani ta`sir etish vaqtiga bog’liq bo`ladi. Shu sababli bunday kuyganga birinchi yordam ko`rsatishda dastlab ushbu modda kontsentratsiyasini va ta`sirini susaytirish lozim. Buning uchun kislota yoki ishqor ta`sir etgan joy 15-20 minug toza suvda yuvilishi kerak. Agar kuyish kislota ta`sirida bo`lsa bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlnk sodasi, ishqor ta`sirida bo`lsa bir stakan suvga bir choy qoshik bor kislotasi solingan eritma bilan bog’ich namlanib bog’lanishi kerak. 7. Qon ketganda birinchi yordam ko`rsatish Jaroxatlanib yaralangan joyni ifloslanishi, yarani suv bilan yuvish, maz surtish, yaradan qonning qotganlarini olib tashlash va unga tuproq, qum qo`yish mumkin emas. Birinchi yordam ko`rsatuvchi shaxs dastlab ko`lni tozalab yuvishi yoki barmoklarini yod bilan artishi kerak. Yaraga material qo`yishda unga dastlab yod tomizish lozim. YAraga qo`yiladigan materialdagi yod o`rni yaradan katta bo`lishi kerak. YArani bog’lashdan oldin uning atrofini tozalash va yara atrofiga yod surtish zarur. Qon ketishini bog’lab to`xtatish mumkin. Agar qon kuchli ketsa kon oqayotgan joyni ta`minlovchi tomirlarni jgut (maxsus bog’ich yoki tasma) bilan bog’lash lozim. Jgut bog’langan joyda pul’s urishi mavjud bo`lsa, u noto`gri bog’langan xisoblanadi. Bunday holda jgutni echib olib, qaytadan kattikrok qilib bog’lash kerak. Jgut bog’lashdan oldin bog’lanadigan joy yumshok materiallar bilan o`ralishi lozim. Bog’langan jgut 2 soatdai ortiq turmasligi zarur. Jgut bog’langandan so`ng 1 soat o`ttach, uni 10-15 minut sekin bo`shatish kerak. Bunday holda yaraga kon keladigan arteriya qon tomirini barmoq bilan bosib turish lozim. Ichki qon ketish juda xavfli hisobla nadi. Uning belgilari: pul’sningsekinlashuvi, kamdarmonlik, bosh aylanishi, rang oqarishi, kuchli suvsash, xushsiz bo`lib kolish. Bunda dastlab. jaroxatlangan kishiga to`liq tinchlik bsrish va jaroxatlangan joyga sovuqlik qo`yish kerak. Suv berish mumkin emas. Agar burundan kuchli qon ketsa, boshni sekin orqaga o`girib qansharga sovuq bosish va burunga vodorod peroksidning 3% li eritmasida namlangan paxta yoki marli tikish lozim. Issiq yoki quyosh va sovuq ypganda birinchi tibbiy yordam Issiq yoki quyosh urishi natijasida ko`qqisdan kamdarmonlik, bosh og’rig’i, qayd qilish holatlari kuzatiladi. Buning uchun dastlab jaroxatlangan kishini toza havoli soya joyga olib borish, siqib turgan barcha kiyim-boshlarni echish, boshga va ko`krakga sovuq ko`yib bog’lash, nashatir spirt xidlatish va 15-20 tomchi valer’yanka ichurish tavsiya etiladi. Agar nafas olish va pul’s urishi sezilmasa, sun`iy nafas berish va yurakni massaj qilish lozim. Badan muzlash holatlari . Bu hollarda birinchi navbatda qon yurish yo`llari katga zarar ko`radi, shuning uchunbirinchi o`rinda qon yurishini ta`minlash kerak. Buning uchun muzlagan joy quruq mato yoki rumolcha yordamida qatgiq ishkalanadi. SHuni ta`kidlash kerakki, bunday holda qor bilan ishqalash man etiladi. Keyin issiq narsa bilan bog’lab qo`yish kerak. Muzlab qolgan barmoqlar yoki oyoqdarni xona haroratidagi iliq suvga solish, keyin esa sovuk egan joyni spirt yoki odekalon surtib bog’lab qo`yish mumkin. Agar muzlagan joyda pufakchalar hosil bo`lsa ishqalash man etiladi va bemor darhol kasalxonaga joylashtirilishi lozim. Nazorat savollari 1. Vrachgacha birinchi tibbiy yordam deganda nimani tushunasiz? 2. elektr tokidan jaryuhatlanganda qanday tartibda birinchi yordam beriladi? 3. Zaharlanganda qanday tartibda birinchi yordam beriladi? 4. Singanda bo`g’imlar chiqqanda, paylar cho`zilgandachi? 5. Kuyish necha darajaga bo`linadi, kuyganda qanday birinchi yordam beriladi? 6. Qon ketganda qanday taptibda yordam beriladi? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: "O’zbekiston", 2008. 2. “Mehnat Kodeksi”. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami. – T.: 2005 y., 37-38 - son. 3. “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. –T.: 2002 y., 1-son. 4. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risidagi Nizom. Vazirlar Mahkamasining qarori № 286, 06.06.1997, –T.: 1997. 5. “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug’urtasi to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008 y., 37-38-son. 6. “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, – T.: 2009 y., 16-son.