logo

Transport-ekspeditsion xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari realligining auditi va ular bo‘yicha biznes reja bajarilishining tahlili

Yuklangan vaqt:

16.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

433.5 KB
Transport-ekspeditsion xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari realligining auditi va ular bo‘yicha biznes reja bajarilishining tahlili Reja: 1. Transport-ekspeditsion xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlarda daromadlar realligi auditi va ular bo‘yicha biznes reja bajarilishining tahlili 2. Transport-ekspeditsion xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlar xarajatlari realligi auditi va ular bo‘yicha biznes reja bajarilishining tahlili Transport-ekspeditsion xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlarda daromadlar realligi auditi va ular bo‘yicha biznes reja bajarilishining tahlili Transport-ekpeditsion xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib daromad hisoblanadi. Auditorlarning muhim vazifasi bo‘lib korxona tomonidan hisobot yilida olingan daromadlar hisobini to‘g‘ri yuritilganligini, ularni “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”da real aks ettirilganligini tekshirish hisoblanadi. Shuningdek, hozirgi paytda korporativ boshqaruv tizimiga qo‘yilayotgan talablardan kelib chiqib, auditorlik tekshiruvlarida transport-ekspeditsion xizmatlar bo‘yicha biznes rejasini bajarilish darajasiga baho berish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Daromadlar realligini tekshirish “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”da ko‘rsatilgan daromadlar turlari summalarini aniqlashdan boshlanadi. Bunday daromadlar bo‘lib, odatda, sotishdan olingan sof tushum, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, shuningdek moliyaviy faoliyatga daromadlar va favqulotdagi foyda hisoblanadi. Ushbu daromad turlari bo‘yicha summalar realligi quyidagi ketma-ketlikda tekshiriladi (rasmga qarang). Korxona olgan daromadlari realligini tekshirish uchun ular hisobi uchun mo‘ljallangan 9000 “Sotishdan olingan daromadlar”, 9300 “Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar”, 9500 “Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar” schyotlari tizimida ochilgan schyotlar kesimida oyma-oy berilgan yozuvlardagi summalar guvohlik beruvchi hujjatlar asosida maxsus auditorlik ish hujjati sifatida rasmiylashtiriladigan reyestrlarda terib chiqilishi maqsadga muvofiq. Bizningcha, bu reyestrni transport-ekspeditsion xizmatlardan olinadigan daromad turlari bo‘yicha quyidagi shaklda tuzish foydadan xoli bo‘lmaydi (jadvalga qarang). jadval Korxonaning hisobot yilida olgan daromadlari reyestri Schyot № 9031,9032,9033 Ой Буюртмачи Ҳужжат Хизмат м иқд ор и Тариф Сумма № Сана Январь Жами Февраль Йил бўйича жами Yuqoridagi shaklda tuzilgan auditorlik ish hujjatidagi jamlama ma’lumotni transport-ekspeditsion xizmatlardan olingan daromad turlari bo‘yicha Bosh kitobda ochilgan schyotlar hamda “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”dagi tegishli daromad moddalari ma’lumotlari bilan taqqoslash asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisob va hisobotda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri aks ettirilganligni aniqlashga imkon beradi. “Samarqand-Tola” MCHJda “Javlon audit servis”va “Komil -ishonch” auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari materiallarini o‘rganish ushbu korxonada transport-ekspeditsion xizmatlardan olingan daromadlarni hisob va hisobotda real aks ettirilganligini ko‘rsatdi. Ushbu auditorlik tekshiruvlari bilan realligi tasdiqlangan materiallar asosida biz “Samarqand-Tola” MCHJda 2014-2016 yillarda transport-ekspeditsion xizmatlardan hamda boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar tarkibini tahlil qilib chiqdik (15-jadvalga qarang). Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, MCHJning daromadlarida asosiy hissa transport- ekspeditsion xizmatlarga to‘g‘ri keladi. Biroq, oxirgi uch yilda bu xizmatlardan olingan daromadlar anchagina qisqargan va ularning jami daromaddagi ulushi darajasi 97,43 %dan 61,44 %gacha pasaygan. Bu MCHJda asosan transport- ekspeditsion xizmatlar hajmini paxta sotish hajmini qisqarishi evaziga yuz bergan. Chunonchi, MCHJ orqali transport-ekspeditsiya xizmatlari ko‘rsatilgan paxta sotish hajmi oxirgi uch yilda 35965,1 tonnadan 31050 tonnagacha tushgan. 16-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, transport- ekspeditsion xizmatlardan olinadigan daromadlar bo‘yicha biznes reja 2016 yilda 62 % ga bajarilgan, chunonchi paxta tolasini yuklash xizmatlari bo‘yicha u 60 % ga, paxta tolasini saqlash xizmatlari bo‘yicha esa atigi 34 % ga bajarilgan. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, “Samarqand-Tola” MCHJning asosiy faoliyati hisoblangan transport-ekspeditsion xizmatlari taqdiri asosan paxta eksportiga va uning ichki xaridorlarga sotish hajmiga bog‘liq. Ushbu xizmatlar hajmini kamayishi, tabiiy ravishda, uning faoliyati samaradorligiga salbiy ta’sir etmasdan qolmaydi. Fikrimizcha, qimmat turadigan saqlash, tushirish va yuklash vositalariga ega bo‘lgan ushbu korxonaning transport-ekspeditsion xizmatlarini qamrovini faqat paxta tolasi bilan cheklash kelgusida ham korxona faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shu bois, ushbu xizmatlar qamrovini boshqa soha subyektlariga ko‘rsatish orqali ham uni daromadlarini oshirish mumkin, deb hisoblaymiz. Transport-ekspeditsion xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlar xarajatlari realligi auditi va ular bo‘yicha biznes reja bajarilishining tahlili Transport-ekpeditsion xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyati samaradorligi ular tomonidan qilinayotgan xarajatlarga bevosita bog‘liq. Shu bois ham auditorlarning muhim vazifasi bo‘lib nafaqat korxona tomonidan hisobot yilida qilingan xarajatlar hisobini to‘g‘ri yuritilganligini, ularni “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”da real aks ettirilganligini tekshirish, balki har bir xarajatning maqsadga muvofiqligi va uni samara berishiga baho berish ham hisoblanadi. Xarajat realligini tekshirish xuddi daromadlar singari “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”da ko‘rsatilgan xarajatlar turlari summalarini aniqlashdan boshlanishi lozim. Bunday xarajatlar bo‘lib, odatda, sotish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar, favqulotdagi zararlar hamda soliq to‘lovlari xarajatlari hisoblanadi. Ushbu xarajatlar turlari bo‘yicha summalar realligi quyidagi ketma-ketlikda tekshirilishi maqsadga muvofiqdir (rasmga qarang). Korxona lar xarajatlari realligini tekshirish uchun ular hisobi uchun mo‘ljallangan 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”, 2510 “umumishlab chiqarish”, 9100 “Sotish tannarxi”, 9400 “Davr xarajatlari”, 9600 “Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar” schyotlari kesimida oyma-oy xarajat moddalari bo‘yicha tizimlab chiqish lozim. Bizningcha, ushbu auditorlik ish hujjatlarini barcha xarajatlar schyotlari bo‘yicha quyidagi shaklda tuzish foydadan xoli bo‘lmaydi (jadvalga qarang). jadval Korxonaning hisobot yilidagi xarajatlari Schyot № ____ Ойлар Кор. счёт Ойлар Жами йил бўйича1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 Январь Февраль ... Жами йил бўйича Yuqoridagi shaklda tuzilgan auditorlik ish hujjatidagi jamlama ma’lumotlarni xarajat turlari bo‘yicha Bosh kitobda ochilgan schyotlar hamda “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”dagi tegishli xarajat moddalari ma’lumotlari bilan taqqoslash ularni hisob va hisobotda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri aks ettirilganligni aniqlashga imkon beradi. “Samarqand-Tola” MCHJda “Javlon audit servis”va “Komil -ishonch” auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari materiallarini o‘rganish ushbu korxonada xarajatlarini hisob va hisobotda real aks ettirilganligini ko‘rsatdi. Ushbu auditorlik tekshiruvlarida realligi tasdiqlangan materiallar asosida biz “Samarqand-Tola” MCHJda 2014-2016 yillardagi xarajatlari dinamikasi va tarkibini tahlil qilib chiqdik (jadvalga qarang). 18-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, MCHJda jami xarajatlar oxirgi uch yilda 22%ga oshgan, eng katta oshish (67 %)transport-ekspeditsion xizmatlar tannarxi bo‘yicha yuz bergan, YAST bo‘yicha xarajatlar 11 %ga, moliyaviy faoliyat xarajatlari esa 17 % ko‘paygan. Davr xarajatlari 20 %ga kamaygan. MCHJning jami xarajatlarida asosiy hissa transport-ekspeditsion xizmatlar tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlarga to‘g‘ri keladi. Chunonchi, oxirgi uch yilda ushbu xarajatlarning jami xarajatlardagi ulushi 45,5 %dan 62 %gacha ko‘tarilgan. Transport-ekspeditsion xizmatlar tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar ulushini nimalar evaziga yuz berganligini aniqlash maqsadida biz ularning tarkibini ham tahlil qildik (jadvalga qarang ). jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin. Birinchidan, tannarxni oshishi asosan 2016 yilda tovar nobudgarchiligi, yong‘in xavfsizligi, unga ketgan material xarajatlari, pochta va aloqa xarajatlarini oshgani evaziga yuz bergan. Ikkinchidan, transport-ekspeditsion xizmatlar tannarxida temir yo‘l xizmatlari hamda omborlar va ttransport vositalari amortizatsiyasi xarajatlari ulushi eng katta hisoblanadi. O‘tgan uch yilda temir yo‘l xizmatlari xarajatlarning jami tannarxdagi ulushi qariyb 2 barabarga, amortizatsiya xarajatlarining ulushi esa qariyb 40 %ga pasaygan. Korxonada transport-ekspeditsion xizmatlar tannarxini oshib ketishi sabablarini o‘rganish maqsadida biz uning xarajatlari bo‘yicha 2016 yil uchun tuzilgan biznes reja ko‘rsatkichlari bajarilishini ham tahlil etdik (jadvalga qarang). 20-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, transport- ekspeditsion xizmatlarni ko‘rsatuvchi “Samarqand-Tola” MCHJda xarajatlar bo‘yicha 2016 yil uchun tuzilgan biznes reja 100 % ga bajarilgan. Biroq, xarajatlar bo‘yicha tuzilgan biznes reja tarkibi, uning ijrosidan mazkur rejani yetarlicha asosli tuzilmaganligini, shuningdek unda ayrim xarajatlar bo‘yicha korxonada ham ijobiy, ham salbiy holatlarni ifodalovchi situatsiyalar yuz berganligini ko‘rish mumkin. Chunonchi, tannarxga kiritilgan 22 xarajat moddalaridan 15 tasi bo‘yicha reja ko‘rsatkichi bajarilmagan, atigi 1 ta modda (temir yo‘l ijarasi) bo‘yichareja aniq belgilangan va u 100 %ga ijro etilgan. Biznes rejaning qolgan 6 moddasi bo‘yicha rejadan ortiq xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan. Aynan ushbu moddalarga doir qo‘shimcha xarajatlar korxonada transport-ekspeditsion xizmatlar tannarxini oshishiga sabab bo‘lgan. Xuddi shuningdek holatni davr xarajatlari bo‘yicha ham ko‘rish mumkin. Chunonchi, ma’muriy boshqaruv xarajatlari bo‘yicha 13 ta moddadan 7 tasi bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari bajarilmagan, qolgan 6 ta modda bo‘yicha rejadan ortiq xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan. Aynan ushbu moddalarga doir qo‘shimcha xarajatlar korxonada davr xarajatlarini qariyb 46 million so‘mga yoki 10 %ga oshishiga sabab bo‘lgan. 20-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, MCHJda moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar rejalashtirilmagan. Amalda, ular 2135 ming so‘mni tashkil etgan. Bu ham korxona umumiy xarajatlarini oshishiga sabab bo‘lgan. Korxona biznes rejasida YAST daromadlar rejasidan kelib chiqib 114866 ming so‘m miqdorida belgilangan. Amalda bu ko‘rsatkich 111417 ming so‘m miqdorida yoki 89,76 % qilib bajarilgan. Bunga sabab korxonada barcha xizmat turlaridan olinadigan daromad bo‘yicha biznes rejani korxonada o‘rtacha 62 %ga ijro etilganidir. Fikrimizcha, transport-ekspeditsion xizmatlarni ko‘rsatuvchi subyektlar xarajatlarini yuqorida izohi keltirilgan tartiblarda auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish hamda tahlil qilish ular samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar: 1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. - Т: “Ўзбекистон”, 2012 (кейинги ўзгартиришлар ва қўшимчалар билан). 2. Ўзбекистон Республикаси Солик кодекси. 25.12.2007 й. ЎРҚ-136- сон Қонуни билан тасдиқланган) 3. Ўзбекистон Республикаси қонуни “Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”, 2016 йил 13 апрель 4. Ўзбекистон Республикаси қонуни “Аудиторлик фаолияти тўғрисида”, 2000, 25 май 5. « 2017 - 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси» Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёевнинг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида» 4947-сон фармони билан тасдиқланган. 6. “2016-2020 йилларда хизматлар соҳасини ривожлантириш дастури тўғрисида”. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил 26 февралдаги 55-сонли қарори. 7. «Ишлаб чикарилган ва сотиладиган пахта толаси учун ҳисоб- китоб қилиш механизмини такомиллаштириш тўғрисида». Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2003 йил 3 июндаги 240- сонли қарори 8. “Маҳсулот (иш, хизмат)ларни ишлаб чиқариш ва сотиш ҳаражатлари таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакиллантириш тартиби тўғрисида Низомни тасдиқлаш тўғрисида”.Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1999 5 февралдаги 54-сон қарори