logo

Avtomobilning xarakatlanish tenglamasi. Tenglamani yechish usullari. Avtomobilning tezlanishi

Yuklangan vaqt:

14.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

204.5966796875 KB
Avtomobilning xarakatlanish tenglamasi. Tenglamani yechish usullari. Avtomobilning tezlanishi Reja. 1. Avtomobilning harakatining differentsial tenglamasi. 2. Inertsiya kuchi. 3. Tortish va quvvat balansi grafigi. . 1. Avtomobilning harakatining differentsial tenglamasi. Avtomobil harakatining umumiy tenglamasi harakatlantiruvchi R t va qarshilik ko’rsatuvchi P f , P  , P w , P ja kuchlarni bir-biri bilan bog’laydi. Avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlarni yo’l tekisligidagi soyalarini ixchamlashtirilsa quyidagi tenglama hosil bo’ladi: P Т − Р f − Р  − Р W − Р j а = 0 yoki Р Т = Р f + Р  + Р W + Р j а Avtomobil quyidagi maromlarda harakatlanadi: tortish kuchi ta’sirida qarshiliklarni yengib harakatlanish; tortish kuchi bo’lmaganda salt harakatlanish; tormozlash kuchi ta’sir etgandagi harakatlanish. Harakat davomida avtomobil dinamikasini quyi-dagi o’lchamlar aniqlaydi: - maksimal tezlik - V amax ; - maksimal tezlikdagi avtomobilni dinamik omili - D a.vmax ; - maksimal tezlikda yo’lning umumiy qarshilik koeffitsienti -  vmax ; - birinchi tezlikda yurganda yo’lning umumiy qarshilik koeffitsienti -  max . Umumiy tenglamaga kiruvchi kuchlarni tezlik bilan bog’lovchi aniq funktsional bog’lanishlar mavjud emasligi sababli uni yechishda quyidagi grafik usullardan foydalaniladi: - kuchlar muvozanati va uning grafigi yordamida. - quvvatlar muvozanati va uning grafigi yordamida. - dinamik omil va dinamik pasport grafiklari yordamida. - avtomobilning kuchlar va quvvatlar muvozanati. Avtomobilning harakat tenglamasi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: Р Т − Р f − Р  − Р W − Р j а = 0 yoki Р Т = Р f + Р  + Р W + Р j а Bu tenglama avtomobilning kuchlar yoki tortish muvozanati tenglamasi deb ataladi, u grafik usulda 21.1-rasmda ko’rsatilgandek yechiladi. Rasmdagi grafikda P f = f (  a ), Р  = f (  а ) va Р W = f (  а ) funktsiyalar chizig’i aks ettirilgan.  21.1-rasm. Kuchlar muvozanati tenglamasi va uni yechilishi. Hosil bo’lgan egri chiziqlarni grafik usulda qo’shilsa, Р f + Р  + Р W egri chizig’i hosil bo’ladi. Jami qarshiliklarning yig’indisi R T chizig’i bilan kesishgan A nuqtasi avtomobilning o’zgarmas maksimal tezlik bilan shu qarshiliklarni yengib yurishi uchun zarur bo’lgan avtomobilning tortish kuchining qiymatini ko’rsatadi. Tortish kuchi R T chizig’i bilan Р f + P  + Р W chiziqlar orasidagi masofa R ja ordinata bo’lib, u tortish kuchining sarflanmagan qismi bo’lib, u avtomobilga tezlanish berish uchun sarflanadi. R w kuch grafigi bilan abtsissa o’qi orasidagi masofa masshtabda R w ni qiymatini, R w grafigi bilan R f orasidagi ordinata masshtabda R f kuchini, R  chizig’i bilan abtsissa o’qi orasidagi ordinata masshtabda R w kuchini qiymatini beradi. Bu usul bilan yo’l sharoitiga qarab avtomobilni harakat tezligini aniqlanadi va bu tezlik orqali yuk va yo’lovchilarni tashish ishini rejalashtiriladi. 2. Inertsiya kuchi. 2 .1 .Avtomobilning tezlanishiga bo’lgan qarshilik (inertsiya kuchi). Avtomobil ikki xil massadan iborat; ilgarilama harakatlanuvchi kuzov, kabina, yuk va aylanib harakatlanuvchi g’ildirak, tirsakli val, maxovik, shesternya, vallar. SHuning uchun, avtomobil yo’lda o’zgaruvchan harakat qilayotganda uning inertsiya  Oldingi g’ildirakdagi reaktsiya kamayadi, orqa g’ildirakdagisi esa yo’lning og’ish burchagi  , avtomobil tezlanishi va qarshilik kuchlarining oshishi bilan ko’payadi. Og’irlik kuchining oldingi va orqa o’qlarga tushgan og’irliklari G 1 va G 2 ga nisbatan necha marta kattaligini og’irlikni taqsimlanish koeffitsientlari orqali quyidagicha aniqlanadi: R 1 R 2 т 1 = ; (5.7) т 2 = . (5.8) G 1 G 2 Bu koeffitsientlarning qiymatlari quyidagicha: oldingi o’q uchun...... m 1 = 0,55-0,7; orqa o’q uchun............ m 2 = 1,2-1,35. 3. Aylanib harakatlanuvchi massalar inertsiya kuchini hisobga oluvchi koeffitsient, tenglamani yechish usullari Aylanib harakatlanuvchi massalar koeffitsienti. Har bir uzatma uchun quyidagicha aniqlanadi:  айл = 1,04 + 0,04 U у 2 . к (5.9) 21.3-rasm. Avtomobillarning tezlanish tavsifi bu yerda U u.k uzatmalar qutisining uzatish soni. Dinamik D a omil har bir uzatmaning 8-10 tezlik qiymati uchun aniqlanganligi sababli, har bir uzatma uchun tezlanishning ham shuncha qiymatini aniqlanadi 21.3-rasm. Tezlanish o’lchamlariga tezlik vaqt va yo’l kiradi. Avtomobilning tezligi, yurgan yo’li va vaqtining maxsus mexanizmlar yordamida aniqlanadi. 3.Tortish va quvvat balansi grafigi. Quvvatlar balansi (4.10) tenglamasining grafik usulda yechish uchun avtomobilni biror uzatmada harakatlanayotgan holi uchun ko’rib chiqamiz. Dvigatelning tashqi tezlik tavsifnomasi grafigidan foydalanib N e grafigini chizamiz, agar N e qiymatdan kuch uzatmadagi qarshiliklarni yengishga sarflangan quvvat N ku ni ayrilsa, ya’ni N e − N ky = N T bo’lsa yetakchi g’ildirakdagi quvvat N T kelib chiqadi. Yuqoridagi tenglamaning o’ng tomonidagi quvvatlar grafikda N e = f ( V a ) N T = N e  ky = f ( V a ) , N f = f ( V a ) , N a = f ( V a ) , N w = f ( V a ) chiziqlar bilan ifodalanadi. N f , N  va N w grafiklarni chizishda f = const ya’ni o’zgarmas deb faraz qilinadi. SHuning uchun bu chiziqlar to’g’ri chiziqlardan iborat bo’ladi (21.4-rasm). 21.4-rasm. Avtomobilning quvvatlar muvozanati va uni yechilishi. Grafikdagi N e –dvigatelning samaradorli quvvati, kVt, N T – avtomobilning yetakchi g’ildiragidagi tortish quvvati, kVt. Avtomobilning har bir tezligida dvigatel quvvatinig taqsimlanishining aniq tasavvur qilish uchun quvvat muvozanati tenglamasini grafik usulda yechamiz. Dvigatelning quvvati N e va barcha qarshiliklarni yengish uchun sarf bo’layotgan quvvatlarni avtomobilning ihtiyoriy uzatmasidagi tezligini dvigatel tirsakli valining aylanishlar soni bilan bog’lash maqsadida rasmdagi abtsissa o’qiga ikkita ko’rsatkich (tezlik V  , aylanishlar soni n)ni joylashtiriladi. Ordinata o’qiga esa, quvvatlar qiymatini joylashtiriladi. Ihtiyoriy V  1 tezlikdan yuqoriga tik chiziq chizib quvvat chiziqlari bilan kesishgan nuqtani aniqlaymiz. Grafikdan ko’rinib turibdiki, yetakchi g’ildirakga keltirilgan quvvat bilan shamol kuchini yengishga sarflangan quvvatlar ayirmasi quvvatning sarflanmagan qismi bo’ladi, va u N s bilan belgilanadi. Quvvatning sarflanmagan qismi yo’lning qarshiligini yengib avtomobil tezlanishini oshirish uchun sarflanadi. N T bilan N  chiziqlarning kesishgan A nuqtasida avtomobil eng katta tezlikka ega bo’ladi. Grafikdan foydalanib yetakchi g’ildirakka keltirilgan quvvat N T = N e  Vt va yo’l qarshiliklarini yengish uchun sarflangan quvvat N  = N f + N  + N W , kVt aniqlanadi. Kesishgan nuqtalardan foydalanib quvvatlar muvozanatidagi quvvatlarning qiymatini, avtomobilning istalgan tezligi V a1 yoki tirsakli valning istalgan aylanishlar soni uchun quyidagicha aniqalanadi: N e − N T = N ку ; N  − N a = N W N T − N W = N с ; N  − N f = N э va N f = N f A nuqtadan o’ng tomondagi tezlik har doim sekinlashadi, chunki, yo’l qarshiligi yetakchi g’ildirakka keltirilgan tortish quvvatidan katta bo’ladi ya’ni: N   N T A nuqtadan chap tomondagi barcha tezliklarda sarflanmaydigan ortiqcha quvvat mavjud bo’lib, tortish uchun sarflangan quvvat yo’l qarshiligini yengish chun sarflangan quvvatdan katta bo’ladi ya’ni: N T  N   Bu quvvat avtomobilga tezlanish berishga intiladi. SHuning uchun sarflanmagan ortiqcha quvvat ( N s )dan avtomobilni quvib harakatlanishi uchun foydalaniladi.