logo

Son. Uning UGMsi, lug’aviy shakllari. Sonning lugaviy ma’no guruhlari. Numerativ (o’lchov) so’zlar. Sonning sintaktik vazifalari

Yuklangan vaqt:

24.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51 KB
Son. Uning UGMsi, lug’aviy shakllari. Sonning lugaviy ma’no guruhlari. Numerativ (o’lchov) so’zlar. Sonning sintaktik vazifalari Reja: 1.Sonning asosiy xususiyatlari. 2.Son lmglari. 3.O’lchov so’zlar va ularning ma’no jihatdan tasnifi. Son, sonnig UGMsi, sodda son, takror son, sanoq son, chama son, jamlovchi son, kasr con, dona son, taqsim son, tartib son, hisob (numerativ) so`zlar, sonning gapdagi vazifasi, sonlarda ma`no torayishi, sondan yasalgan turkumlar Son predmetlarning sanog’ini, tartibini ko’rsatuvchi so’z turkumidir. Sonlar otlar bilan birga qo’llanilib, bir necha predmetlarning yig’indisini, aniq miqdorini bildiradi. Shu jihatdan aniq miqdor bildiruvchi bu so’zlar predmetlarning noaniq miqdorini ifodalovchi ko’p, mo’l, oz kabi sifatlardan farqlanib turadi. Ushbu sifatlar raqam bilan ifodalanmaydi. Son noaniq miqdorni bildirganda ham raqam bilan yozilishi mumkin: uch-to’rt kun (3-4 kun). Sonlar tuzilishiga ko’ra to’rt asosiy guruhga bo’linadi: 1. Sodda sonlar. 2.Qo’shma sonlar. 3. Juft sonlar. 4.Takror sonlar. Sodda sonlar tub so’z holida bo’ladi: bir, ikki, uchtadan, mingtacha. O’zbek tilida sodda sonlar ichida ayrimlarining ma’nodoshlari mavjud. Masalan, bir o’rnida yakka, yagona, yolg’iz; ikki so’zi o’rnida qo’sh, juft so’zlari qo’llanadi. Qo’shma sonlar ikki yoki undan ortiq o’zakdan tuziladi: o’n bir, ikki yuz qirq besh. Juft sonlar har xil o’zakni juftlash ( beshta- oltita ), takror sonlar bir xil o’zakni takrorlash ( o’nta-o’nta ) orqali hosil qilinadi. O’zbek tilida son quyidagi xususiyatlarga ega: 1.Ma’noviy jihatdan miqdorni nomlaydi. 2.Sintaktik jihatdan cheklanmagan muchalanuvchilikka ega. 3.Morfologik jihatdan o’zgaradi. 4.Sondan boshqa turkumdagi so’zlarni hosil qilish mumkin: ikkilanmoq, mingoyoq va sh.k. 5.Sonning o’ziga xos lug’aviy shakllari mavjud: bitta, o’ntacha, uchov, ikkitadan, beshinchi. 6.Son narsa miqdorini turli tomondan aniqlash uchun sanoq bilduruvchi so’zlar– numerativlar (o’lchovlar) bilan qo’llanadi: bir siqim tuproq, bir qop un, ikki gektar, besh tonna kabi. Sonlar sanoq, dona, chama, kasr, jamlovchi, tartib, taqsim sonlar kabi ma’noviy guruhlarga bo’linadi. Sanoq sonlar son (miqdor) nomlarini, narsa- buyumlarning son-sanog’ini ifodalab keladi. Sonnig bu turi boshqa so’zlarga bog’lanmagan holda, mustaqil ravishda qo’llana oladi. Sanoq sonlar ichida “bir” so’zi gapda xilma-xil ma’noni ifodalab, turli vazifada keladi: 1.Predmetning aniq miqdorini ifodalaydi: Buloq boshida bir katta chinor o’sardi (Ertakdan). Bu o’rinda “bir” so’ziga yolg’iz, yagona so’zlari ma’nodosh bo’lishi mumkin. 2.Noaniqlik ma’nosini ifodalaydi: Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda (H.Olimjon). Bu ma’noda “bir” so’ziga qandaydir, kimdir, nimadir kabi gumon bilduruvchi so’zlar ma’nodosh bo’ladi. 3.Chegaralov ma’nosini ifodalaydi: Sinf majlisiga bir Zaynabgina kelmadi. 4.Sifatlovchi aniqlovchilar oldida kelib, ma’noni kuchaytirish uchun qo’llanadi: Bir jozibali, bir yoqimli kuy chalindi (Oybek). 5.Takroriy shaklda fe’lga bog’lanib, harakatning belgisini ifodalaydi: O’ktam kabinetda o’ tirganlarga bir-bir qarab chiqdi. Chama sonlar predmetning noaniq miqdorini, taxminiy hisobini ifodalaydi. Quyidagi lig’aviy shakl qo’shimchalari orqali hosil qilinadi: -sanoq songa –lab affiksini qo’shish bilan: Respublikamizda yuzlab litseylar ochildi. -son o’zaklariga -tacha (ta+cha) affiksining qo’shilishidan: Bu affiks “bitta” dan boshqa barcha sanoq sonlarga qo’shiladi: ikkitacha, beshtacha. -cha affiksi orqali. Bu qo’shimcha sanoq son bilan qo’llangan hisob so’zlarga qo’shiladi: uch oycha, bir yilcha, o’ n kilometrcha va sh.k. -larcha qo’shimchasi orqali. Ushbu qo’shimcha ko’pincha o’n, yuz, ming kabi yirik miqdor ifodalovchi sonlarga qo’shilib keladi: yuzlarcha, minglarcha. –lar +da (-dan,-ga) qolipi orqali ham taxminiy miqdor hosil qilinadi: Uning yoshi o’ttiz beshlarda edi. Film soat o’ nlarda beriladi. -sonlarni juftlash orqali. Keyingi uch-to’rt kun ichida bu mish-mish g’ovlab ketdi (A.Qahhor). Chama sonlar gap tarkibida qo’llanilganda vaqt ma’nosi (o’n kuncha), masofa ma’nosi (uch-to’rt qadam), og’irlik ma’nosi (uch-to’rt kilogramm), kishi yoshining taxminiy miqdori (oltmishlarga borib qolgan), ko’plik, ortiqlik (yuzlarcha odam) ma’nolari voqelanadi. Jamlovchi son jamlash, birgalik ma’nolarini ifoda etadi. Quyidagicha hosil qilinadi: –ov qo’shimchasi bilan: ikkov, yettov. Bu xil jamlovchi sonlar ikkidan yettigacha sanoq sonlardan yasaladi. ov+lon: Oltovlon ola bo’lsa, og’zidagin oldirar. -ov+lab; ov+la+shib: ikkovlab, oltovlashib, to’rtovlashib kabi. -ala affiksini sanoq songa qo’shish orqali. Jamlovchi sonning bu turi ikkidan beshgacha sanoq sonlardan yasaladi: Ikkala qiz chiqdi ariq bo’yiga. Jamlovchi son yasovchi ovlon qo’shimchasi ko’pincha qadimiy xalq so’zlashuv tili uchun xosdir. Tarixiy kelib chiqishiga ko’ra jamlovchi son shakli bo’lgan birov so’zi hozirgi tilimizda olmosh turkimi tarkibiga o’tgan. Kasr sonlar butunning qismini ifodalash uchun ishlatiladi: uchdan bir ), o’ ndan ikki ). Yarim, yorti, chorak, nimchorak, qoq, teng so’zlaridan ham kasr sonni ifodalashda foydalaniladi: yarim Ї butunning yarmi,chorak Ї to’rtdan bir bo’lak, nimchorak Ї sakkizdan bir qismi kabi. Qoq, teng so’zlari ma’noni kuchaytirish uchun qo’llaniladi: nonning teng yarmi, daftarning qoq o’ rtasi. Dona son predmetlarni donalab ko’rsatish uchun qo’llaniladi: -ta affiksi predmetlarni donalab ko’rsatish uchun qo’llanadigan, hisob so’zlari (numerativlar) o’rnini bosa oladigan shakldir: uch dona kitob- uchta kitob, oltita talaba- olti nafar talaba, uchta o’ rik- uch tup o’ rik -ta qo’shimchasi ajratib (donalab) sanalishi mumkin bo’lgan jonli va jonsiz narsa-hodisa nomlarining barchasi bilan birikib kela oladi: 30 ta o’ quvchi, 5 ta kitob, 28 ta qoramol, 25 ta nihol, 5 ta do’st va sh.k. Taqsim sonlar narsalarning taqsimlangan miqdor ma’nosini anglatish uchun qo’llanadi va -tadan lug’aviy shakl hosil quluvchi qo’shimcha orqali hosil qilinadi: beshtadan, o’ntadan. Tartib sonlar narsa-buyumning tartib belgisini ifodalaydi. Tartib son yasovchi -nchi (-inchi) qo’shimchasi qo’shma sanoq sonlarda faqat oxirgi songa qo’shiladi: bir ming to’qqiz yuz oltmish yettinchi yil kabi. Tartib sonlardan ”birinchi” tartib soni o’z ma’nodoshlariga ega: birinchi bahor-ilk bahor- dastlabki bahor kabi. Tartib sonlar arab raqamlari bilan yozilganda -nchi (-inchi) qo’shimchalari o’rnida chiziqcha qo’yiladi, rim raqamlari bilan yozilganda esa hech qanday belgi qo’yilmaydi: 20-uy, 6-sinf, 25-dekabr, 2000-yil, 6-bo’lim, IV sinf, XXI asr, II bob kabi. Bayramlarni ifodalovchi sanalar harf bilan yozilganda Sakkizinchi mart, Birinchi sentabr; arab raqamlari bilan yozilganda 8-Mart, 1-Sentabr, 21- Mart shakliga ega bo’ladi. Yuqoridagi dona sonni hosil qiluvchi - ta, tartib sonni hosil qiluvchi -nchi (-inchi), taqsim sonni hosil qiluvchi -tadan, jamlovchi sonni hosil qiluvchi –ov(–ovlon), -ala, chama sonni hosil qiluvchi -larcha, -lab, -cha kabi qo’shimchalar lug’aviy shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar sirasiga kiradi. Hisob so’zlar predmet, narsa, buyumning sonini, hajmini, o’lchovini bildiradi. Hisob (o’lchov) so’zlar otga bog’lanib, quyidagi qolipni hosil qiladi: [sanoq son+hajm, ko’lam, vazn, vaqt… ma’noli otlar+sanaladigan (o’lchanadigan) buyum nomi]. Narsaning miqdorini aniqlashda quyudagi o’lchov so’zlar ishlatiladi: 1. Predmetni donalab hisoblash uchun ishlatiladigan o ’ lchov so ’ zlar : o ’ n dona kitob , ikki bosh qoramol , bir tup olcha , ikki nafar askar . 2. Butunning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan o ’ lchov so ’ zlar : bir burda non , uch varaq xat , ikki og ’ iz so ’ z , ikki karch qovun , bir chimdim choy . 3. To’da ma’noli o’lchov so’zlar: bir gala qush, bir dasta gul, bir to’da bolalar. To’dani ifodalashda ko’pincha “bir” sanoq soni ishlatiladi. 4. Og’irlikni ifodalovchi so’zlar: qadoq, tup, botmon, kilogramm, sentner, tonna… Predmetlarning joylashgan idish yoki narsalari hisobi bilan o’lchash o’zbek tilida juda ko’p uchraydigan hodisadir: bir piyola asal, ikki qop un, bir tog’ora somsa, bir lagan osh, ikki mashina don kabi. 5. Narsaning uzunligi va masofani ifodalovchi o’lchov so’zlar: kilometr, santimetr, tanob, chaqirim, qadam, qarich. 6. Qiymatni bildiruvchi hisob so’zlar: so’m, tiyin, tanga, chaqa. 7. Vaqt o’lchovi uchun ishlatiladigan so’zlar: minut, soat, kun, oy, yil, asr, daqiqa, hafta kabi. Bunday qatorlarni yana davom ettirish mumkin. Shular ichida aniq miqdorni ifodalovchi so’zlar sifatida gramm, santimetr, tonna, kilogramm, kilometr, amper, volt o’lchov birliklari qabul qilingan. Sonlar ot bilan birga kelib, ularning aniqlovchisi bo’lib keladi. Ba’zan ot oldidan kelib sifat bilan birga aniqlovchi vazifasini bajaradi: yigirmata ilmiy asar. Sonlar kelishik, son, egalik kabi kategoriya shakllari bilan o’zgarib, to’ldiruvchi, ega, hol sintaktik vazifalarida keladi. Аdabiyotlar: 1. Менглиев Б . Морфологик воситаларнинг маъновий хусусиятлари ва синтактик имкониятлари . Диссертация автореферати . Тошкент -1995. 2. Неъматов Ҳ . Тажалли тасаввуф билиш назарияси ва тилшуносликда синтаксисни ўрганиш масалалари . «Ўзбек тили ва адабиёти», 1993 йил, 2- сон. 3. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. Тошкент, «Ўқитувчи», 1993 йил. 4. Қурбонова М. Шакл-вазифавий талқинда субстанциаллик омили. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1998 йил, 5-сон. 5. Қурбонова М. Шакл-вазифавий тадқиқ усулларига доир. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1998 йил, 5-сон. 6. Қурбонова М. Лисоний тизимда «Оралиқ учинчи» нинг мутлақлиги. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1999 йил, 6-сон. 7. Қурбонова М. Ҳозирги замон ўзбек тили. Тошкент, 2002 йил.