logo

So’z birikmasining boshqa til birliklariga munosabati. So’z, so’z birikmasi, qo’shma so’z, turg’un birikma, gap

Yuklangan vaqt:

12.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.908203125 KB
So’z birikmasining boshqa til birliklariga munosabati. So’z, so’z birikmasi, qo’shma so’z, turg’un birikma, gap Reja: 1. So’z birikmasi haqida tushuncha 2. So’z birikmasi va so’z 3. So’z birikmasi va qo’shma so’z 4. So’z birikmasi va turg’un birikma 5. So’z birikmasi va gap 1 So’z birikmasi haqida tushuncha Tilning eng muhim ijtimoiy vazifasi fikrni aniq shakllantirish, uni tushunarli ifoda etish, insonlarga fikr almashinuv vositasi sifatida xizmat qilishdir. Biz muloqot qiladigan til turli birliklardan iborat bo’lib, ular tilda o’ziga xos muhim bir vazifalarni bajaradi. Lingvistik jihatdan tahlil qilinganda esa til birliklari alohida ajratilib, aniqlanadi hamda izohlanadi. Tildagi ma’lum bir qoidalar asosida so’zlarning o’zaro birikuvidan so’z birikmasi hamda gaplar hosil bo’ladi. Grammatikaning eng muhim bo’limlaridan biri bo’lgan sintaksisda so’z birikmalari, gaplarning qurilishi hamda ifoda xususiyatlari o’rganiladi. Sintaksis yunoncha “syntaxis” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, yopishtirish, bog’lash kabi ma’nolarni anglatadi. Sintaksis so’zlarning bir-biriga bog’lanishini va gaplarni o’rganganligi sababli asosan, quyidagi 2 bo’limga ajratiladi: 1) so’z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi. So’z birikmlarini hosil qilishda ham, gaplarda ham so’zlar ishtirok etadi. Ushbu maqola tilshunoslikda so’z va so’z birikmalarining lingvistik xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlangan. So’z va so’z birikmasi borasida tilshunos olimlar tomonidan turli fikrlar va qarashlar mavjud. Xususan, F. De. Sossyur so’z haqida shunday deydi: “So’z tushunchasi bizning tasavvurimizdagi konkret til birligi bilan teng emas... Tilning konkret birligini so’zdan qidirmaslik kerak.” 1 So’z — leksemaning nutqda muayyan shakl va vazifa bilan voqelangan ko’rinishi. O’z tovush qobig’iga ega bo’lgan, obyektiv narsa-hodisalar haqidagi tushunchani, ular o’rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatlarni ifodalay oladigan, turli grammatik maʼno va vazifalarda qo’llanadigan eng kichik nutq birligidir. So’z birikmasi — nutq va tafakkur jarayonida bir-biriga tobelanish yoki tenglik asosida birikkan, maʼno va grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, yaxlit, biroq qismlarga ajraladigan, tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq mustaqil maʼnoli so’zlar birikmasi.3 So’z predmet, voqea-hodisa va shu kabilarning sodda nomini ifodalasa, so’z birikmalari, odatda, ikki yoki undan ortiq so’zlardan tashkil topgan bo’lib, predmet, voqea-hodisa, turli jarayonlar va shu kabilarning murakkab nomini 2 bildiradi, ya’ni u butun, shu bilan birga bo’lingan tushuncha va tasavvurlarni ifodalaydi.4 Masalan: bayroq - oq bayroq, O’zbekiston Respublikasining bayrog’i; asar - ilmiy asar, badiiy asar. So’z birikmalari ikki yoki undan ortiq so’zlarning analitik yo’l bilan birikuvidan hosil bo’luvchi sintaktik butunlikdir. So’z ham, so’z birikmalari ham tilda juda muhim bo’lgan birliklar hisoblanadi. Avvalo, so’z va so’z birikmalarining bir-biriga o’xshash jihatlarini ko’rib chiqamiz:  Har qanday tilning asosini so’zlar tashkil qiladi, biroq, har bir so’z aniq bir ma’no ifodalagani bilan bu til emas, til bo’lishi uchun so’zlar bir-biri bilan munosabatga kirishib, tugal ma’no ifodalab, gap shakllanishi kerak. Gap o’z – o’zidan hosil bo’lmaydi, avvalo, so’zlar birikib, so’z birikmalari hosil bo’ladi va ulardan gap shakllanadi. So’zlar ham, so’z birikmalari ham nutqda, gapda ishtirok etadi va olimlarning fikricha, bu jihatdan ular bir-biriga o’xshashdir.  So’zlar tilda nominativ vosita bo’lib, odatda, biror predmet, voqea-hodisa, turli jarayonlar, belgilarni ifodalash uchun xizmat qiladi. So’z birikmalari ham tilda xuddi shunday vazifalarni bajaruvchi nominativ vositalardir.6 Lekin so’z birikmalari ikki yoki undan ortiq, asosan, mustaqil so’zlardan tashkil topib, biror yagona, aniq tushunchalarni ifodalaydi. Ba’zan so’z birikmasining vazifasini bittagina so’z, ba’zan esa, aksincha, bitta so’zning vazifasini so’z birikmasi ham bajarishi mumkin. Shunga ko’ra, so’z birikmalari ham so’z singari nominativ vazifani bajarishi mumkin. Masalan: Xorazm viloyatining mehnatkashlari ko’p yillar davomida sholining yangi navini yaratishga harakat qildilar. Ular yaqinda davlatga mehnatlari natijasi bo’lgan yangi navni taqdim qildilar. Ushbu gapning egasi birinchi gapda – Xorazm viloyatining mehnatkashlari - so’z birikmasi orqali ifodalangan. Ikkinchi gapda esa ega bitta so’z bilan ya’ni ular so’zi bilan ifodalangan. Keltirilgan so’z birikmasi ham, so’z ham gapda bir xil ma’no hamda bir xil vazifada qo’llangan. Ammo, farqli jihati, birinchi gapda ega sifatida uchta so’zdan iborat bo’lgan so’z birikmasi ishlatilgan va u murakkab, yanada aniq bo’lgan tushunchani ifodalayapti. So’z birikmasi tarkibidagi barcha so’zlar so’zlar o’z leksik ma’nolariga ega bo’lgan mustaqil so’zlar ekanligi sababli, 3 ularning har biri ma’lum bir tushunchalarni ifodalab kelgan. Keyingi gapda esa so’z birikmasining vazifasini bitta so’zning o’zi bajarib kelgan va bu so’z gapda umumiy tushunchani bildirgan, so’z birikmasi esa undan ko’ra aniqroq bo’lgan tushunchani ifodalagan. So’z birikmasi va so’z Nominativ vazifalariga ko’ra so’z va so’z birikmalari o’xshash bo’lgani bilan, ularni bir xil deyish xato. Boisi, so’z va so’z birikmalari leksik, grammatik xususiyatlariga, tuzilishiga ko’ra bir-biridan tubdan farq qiladi va ta’kidlanganidek, so’z umumiy ma’no ifodalasa, so’z birikmasi leksik ma’no tashuvchi bir nechta so’zlarning birikuvidan tashkil topib, so’zga nisbatan yanada aniq, tor va yaxlit ma’noni bildirib keladi, u butunligicha murakkab tushunchani ifodalaydi hamda uning tarkibidagi so’zlar esa murakkab tushunchaning elementlarini ifodalaydi: to’qimachilik korxonasi, shahar hokimiyati. Ko’rinib turibdiki, so’z birikmasiga tushunchalar yig’indisidan tashkil topgan bir butun, murakkab tushunchani ifodalovchi sintaktik birlik sifatida qarash mumkin. So’z birikmalarida tushuncha ancha aniq va ravshan bo’ladi: G’o’nan - uch yashar ot; Olqor - yovvoyi tog’ echkisi. So’z birikmasi va qo’shma so’z  So’z birikmalari so’zlar singari nominativ vazifalarni bajarishi tufayli so’zlar kabi gap tarkibida ham, gapdan tashqarida ham qo’llanilishi mumkin. Gapdan tashqarida so’z birikmalari asosan, sarlavhalar, gazeta va jurnallarning nomlari, kitoblarning nomlari, tashkilotlar nomlarida ishlatilishi mumkin. Masalan: vodiy qiyofasi, shonli sana (sarlavha); “Sharq yulduzi” (jurnal nomi); “O’tkan kunlar” (asar nomi); Milliy tiklanish partiyasi (tashkilot).  So’zlar singari so’z birikmalarida ham modallik, shaxs, zamon kategoriyalari, predikativlik xususiyatlari yo’q. Bular faqat gapga xos xususiyatlar bo’lib, agar so’z birikmasi predikativlikka ega bo’lsa, unda u endi so’z birikmasi emas, gap hisoblanadi. 4  So’zlar leksik, grammatik xususiyatlariga ko’ra, so’z turkumlariga ajratilib, tasniflanadi. So’z birikmalari kamida ikkita so’zdan iborat bo’lib, ulardan biri hokim (bosh) so’z, ikkinchisi esa tobe (ergash) so’zdir. Hokim so’z so’z birikmasining asosi bo’lib, hokim so’z qaysi so’z turkumi bilan ifodalanganligiga ko’ra so’z birikmalari ham otli birikmalar, fe’lli birikmalar kabi tasniflanadi. Ko’rinadiki, so’z birikmalarining tasniflanishi so’zlarga, ularning leksik, grammatik xususiyatlariga bog’liq. Bu ham so’z va so’z birikmalari orasida bog’liqlik, yaqinlik borligini anglatadi. So’z bo’lmasa, so’z birikmasi ham mavjud bo’lmaydi.  So’zlar o’z shaklini o’zgartirish xususiyatiga ega ya’ni ular turlanadi, tuslanadi. Bu xususiyatlar so’z birikmalarida ham yuz beradi. Bu holatni asosan, hokim so’z tarkibida ko’proq kuzatishimiz mumkin: uy - uylar, uyim, uying, uyi, uyimiz; mening uyim, sening uying, uning uyi, bizning uyimiz, sizning uyingiz; ishga bordim, ishdan qaytdik.  So’zlar to’liqsiz gap bo’la olgani kabi, so’z birikmalari ham to’liqsiz gap bo’lib kelishi mumkin: Gulni kimga terding? – Onamga. (so’z bilan) Barcha hujjatlar qachon tayyor bo’ladi? - Bir haftadan keyin... (so’z birikmasi bilan).  Shuningdek, so’zlar ham, so’z birikmalari ham gapda undalma, kirish so’z, nominative gap, atov gap, ajratilgan bo’lak vazifasida kela oladi: U bir qator asarlarni - ilmiy, badiiy, she’riy – zavq bilan o’qir edi. Ayolning ro’parasidagi stolda bir kishi, chiroyli kiyingan, sochlari oqargan, nimadir yozib o’tirardi. Yuqorida so’z va so’z birikmasining o’xshash xususiyatlarini ko’rib chiqdik, endi esa ularning farqli jihatlarni haqida to’xtalib o’tsak, so’z umumiy tushunchani ifodalagan holda tilda doim tayyor holatda mavjud bo’ladi. Chunki so’z tarixiy kategoriya bo’lib, u til tarixiy taraqqiyotining muayyan davrida paydo bo’ladi, ma’lum ma’no bilan bog’lanib, tilda shu ma’noni ifodalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Shu sababdan ham har bir tilda o’z so’zlari - lug’at boyligi bo’ladi. So’z birikmalarida esa bu kabi xususiyat yo’q, ular tilda tayyor holda mavjud bo’lmaydi. So’z birikmalari nutq jarayonida so’zlovchining o’z fikrini aniq va tushunarli yetkazib berishga bo’lgan talabiga ko’ra kamida ikkita leksik ma’noga 5 ega bo’lgan so’zlardan tuziladi va ma’noni aniqlashtirib, chegaralab ifodalashga yordam beradi. So’zlar bitta leksik ma’noni ifodalab, biror predmet, voqea-hodisa yoki belgining nomini atab keladi, so’z birikmalari esa ikki yoki undan ortiq so’zlardan tashkil topib, so’zlarning ma’nosini alohida, aniq ko’rsatib kelishdan tashqari, ularning o’zaro aloqasini ham namoyon qiladi: Madinaning ruchkasi so’z birikmasida shu ikki predmetning nomini atashdan tashqari, ularning bir-biriga munosabati, ya’ni ruchkaning kimga (Madinaga) qarashliligi ham ifodalangan. Shuningdek, so’zlar tovush yoki tovushlar yig’indisidan tashkil topadi, so’z birikmalari esa ikki va undan ortiq so’zlarning birikishidan hosil bo’ladi. Bundan tashqari, so’z ma’lum bir tilning o’z grammatikasiga xos bo’lgan qoidalarga ko’ra shakllangan, ham morfologik, ham sintaktik, ham semantik jihatdan butunlikka ega bo’lgan, boshqa mayda qismlarga bo’linmaydigan, o’zi tegishli bo’lgan tilning asosiy til birligi hisoblanadi. So’z birikmalari esa bunday butunlikka ega emas. So’z birikmalari asosan, kamida ikki mustaqil so’zlarning erkin birikuvidan hosil bo’ladi va ularni yana qaytadan bo’laklarga ajratish, bo’lib yuborish, boshqa mos so’zlar bilan almashtirish mumkin. Yana bitta farqli tomoni, grammatik jihatdan so’z morfologik birlik, so’z birikmasi esa sintaktik birlik hisoblanadi. So’zlar doim ikkita ma’no - leksik ma’no va grammatik ma’no, so’z birikmalari esa bitta ma’no - leksik ma’no ifodalaydi. Shuningdek, tarkibiy va tuzilishi jihatidan ham so’zlar morfologik, so’z birikmalari esa sintaktik elementlardan tashkil topadi. Shu tufayli ham so’zlar morfologik belgilarga, so’z birikmalari esa sintaktik belgilarga ega bo’ladi. So’z variantlari faqat so’zlarga xos xususiyat hisoblanadi (uy – bino ma’nosida, uy – turar joy ma’nosida qo’llanilishi), so’z birikmalarida bunday variantlar bo’lmaydi. Ko’p ma’nolilik ya’ni polisemiya, omonimiya xususiyati ham faqat so’zlarga xosdir. Bu xususiyatlar so’z birikmalarida bo’lmaydi, chunki ular oldindan mavjud bo’lmaydi va fikrni aniq yetkazish talabi bilan nutq jarayonidagina yuzaga keladi. Shuni ham aytish kerakki, so’z birikmalari tarkibida so’zlar polisemiya, omonimiya xususiyatlarini yo’qotadi va faqat bitta aniq ma’nonigina ifodalab keladi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, umumlashtiradigan bo’lsak, so’z birikmasi – ikki va undan ortiq mustaqil so’zning 6 tobe grammatik aloqa (bitishuv, moslashuv, boshqaruv) asosida birikishi natijasida hosil bo’lgan, ikki qismdan — hokim va tobe qismdan iborat bo’lgan, borlikdagi narsa va hodisalarni aniq, yaxlit ma’noda ifodalab keluvchi sintaktik tuzilma, nutq birligidir: kitobni o’qimoq, oydin kecha, oliy maʼlumot (oliy— tobe qism, maʼlumot — hokim qism). So’z birikmalari ham tarkibidagi so’zlar soniga qarab sodda va murakkab so’z birikmalariga bo’linadi. So’z birikmasining so’zdan farqli va o’xshash jihatlari haqida batafsil to’xtalib o’tdik, ammo, shu o’rinda so’z birikmasining qo’shma so’z, ibora va gapdan farqi haqida ham aytib o’tish muhimdir . Sayfullayeva R, Mengliyev B va b. muallifligidagi “Hozirgi o&#39;zbek adabiy tili” da so’z va so ‘z birikmasi haqida bunday deyilgan: So’z bir tushunchani ifodalaydi. SBda esa birdan ortiq tushuncha munosabatga kirishgan holda voqelanadi. So’z asosida leksema va morfema hamda ularning birikuv qonuniyati yotsa, SBga Ieksemalar birikuvini tartibga soIuvchi LSQ asos bo&#39;Iadi. Aytilganidek, so’zda tushuncha, ma&#39;no keng va mavhum bo&#39;ladi. So’z birikmasida esa bu kenglik va mavhumlik bir qadar barham topgan bo&#39;ladi. Masalan, qiZiq kitob birikmasida kitobning bir belgisi namoyon bo&#39;lgan. Shu jihatdan u muayyanlik kasb etgan. Ammo bu muayyanlik nisbiy va biryoqlama. Chunki uning badiiy yoki ilmiyligi hali mavhum va noaniq. QiZiq badiiy kitob birikmasida bu belgi ham muayyanlik kasb etadi. So’z birikmasida so’z boshqa so’zni o&#39;ziga biriktirib kengayishi bilan ma&#39;noviy jihatdan torayib boradi. Demak, shakliy kengayish ma&#39;noviy torayishni keltirib chiqarsa (so’z birikmasida), shakliy torlik (so’zda) ma&#39;noviy kenglik bilan munosib. SBda ma&#39;nolar o&#39;zaro munosabatga kirishar ekan, bunda ular yaxlitlanib, bir «vujud)) ga aylanib ketmaydi. Bir-biriga qancha yaqinlashmasin, baribir o&#39;z mustaqilliklarini saqlab qoladi. Masalan, toza havo birikmasida bir ma&#39;no ikkinchisiga muayyanlik kiritish uchun xizmat qiladi, Iekin, baribir, bunda ikki tushuncha mavjud. Ikki tushuncha orasidagi munosabat ma&#39;Ium bir me&#39;yor chizig&#39;idan o&#39;tsa, ular yaxlit tushunchaga aylanadi va bir butun holda yangi ma&#39;no anglatadi. Masalan, be/bog&#39; so’zi dastlab be/ning bog&#39;i birikuvi shaklida bo&#39;lib, 7 bunda ikki tushuncha munosabati (hokim-tobeligi) mavjud. Biroq bu ularning yaxlitlanishi darajasiga etmagan. (Belbog~ so’zida esa munosabatning me&#39;yor chizig&#39;idan keyingi holatiga duch kelamiz. So’zlarning alohida ko&#39;rinishi bo&#39;lgan qo&#39;shma so’zlar aslida so’z birikmalari uzvlarining yaxlitlanishi - so’z birikmasining ma&#39;noviy taraqqiyoti mahsuli. SB a&#39;zolari orasidagi bog&#39;lanish, ya&#39;ni tobelanish uch xiI: bitishuv, moslashuv, boshqaruv. Bu aloqa turining o&#39;ziga xos xususiyati va farqi a&#39;zolarni biriktiruvchi ko&#39;rsatkich yoki boshqa vositadan kelib chiqadi. Masalan, tez yurmoq, qalamni olmoq, kitobning varag&#39;i birikmalarida tobe so’zning qaysi shaklda kelishi ko&#39;pincha, uning hokim so’ziga (qalamni olmoq) bog&#39;liq bo&#39;lsa, ba&#39;zan har ikkala a&#39;zo bir-birining qanday shaklda bo&#39;lishini belgilab qo&#39;yadi (kitobning varag&#39;i). Bitishuvda birikkan so’zlarning o&#39;zaro aloqasi, asosan, tartib va ohang bilan belgilanadi. Bitishuv aloqasida morfologik ko&#39;rsatkich bo&#39;lmasa-da, tartib muhim vosita sifatida namoyon bo&#39;ladi. Bunda tobe so’z ushbu mavqeda kelish uchun shakliy jahatdan o&#39;zgarmaydi. Zero, tobe a&#39;zo sifatida namoyon bo&#39;layotgan so’z ma&#39;noviy va vazifaviy jihatdan bunga xoslangan bo&#39;ladi. MisolIar: qiZil gul, oq qog’oz. Ba&#39;zan ot turkumidagi so’zIar ham hech qanday vositasiz tobe vazifada kela oIadi: oltin soat, tosh yo </ kabi. Bunda ular mohiyatan tobe a&#39;zolik doimiy belgisi bo&#39;Igan sifat, son, ravish turkumiga yaqinlashadi. Bu hodisa nutqiy bo&#39;Jib, oltin, tosh leksemasining lisoniy mohiyati bilan beIgilanmagan. Quyidagi so’zlar bitishuv yo&#39;li bilan bog&#39;langan: 1) ravish +fe&#39;l: 0 <z-o <Zidan gapirmoq; ;1 I. 2) sifat+fe&#39;l: yaxshi so &#39;zlamoq; 3) son+ot: 0 &#39;nta qalam, sakkiz daftar; 4) ot+ot: kumush qoshiq, chang yo&#39;l; 5) olmosh+ot: hamma odam, qanday kitob. 8 Ayrim manbalarda tobe so’z vazifasida ravishdosh (shoshilib gapirdl) , sifatdosh (0&#39;qigan bola) yuzaga chiqqan birikuv ham bitishuvli birikma sifatida qaraladi. Vaholanki, bu erda ravishdosh ko&#39;rsatkichi [-ib] fe&#39;lni fe&#39;lga (shoshilib gapirdi) , sifatdosh shakli [-gan] fe&#39;lni otga (0 &#39;qigan bola) bog&#39;lash uchun xizmat qiIadi. Shuningdek, bulaming morfologiyada lug&#39;aviy-sintaktik shakl sifatida qaralishi ham ular hosiI qilgan birikuvni bitishuvli emas, balki boshqaruvli birikuv sifatida baholashni taqozo etadi. Bitishuvda a&#39;zolaming hokim-tobelik holati, asosan, tartib va joylashuv omili asosida belgilanadi: (tobe a&#39;zo + hokim a&#39;zo), ya&#39;ni tobe so’z oldin, hokim so’z keyin keladi hamda a&#39;zolar orasiga boshqa so’zni kiritib bo&#39;lmaydi, (kumush qoshiq birikmasini kumush o &#39;nta qoshiq deb o&#39;zgartirib bo&#39;lmaydi). Ba&#39;zan bitishuvda ham tartib ikkinchi o&#39;ringa tushib qolgandek tuyuladi: Majlis bo&#39;ladi - Majlis kechqurun bo&#39;ladi. Lekin bunda majlis so’zi fe&#39;lga bitishuv asosida emas, balki bosh kelishikda bog&#39;lanayotganligini sedan chiqarmaslik lozim. Demak, bitishuv aloqasida tartib va ohang muhim rol o&#39;ynaydi. Bunda tobelik tartib va joylashuvdan, so’zning grammatik xususiyati va ma&#39;nosidan anglashilishi ayon bo&#39;lib turadi. Kelishik affiksi o&#39;z ma&#39;nolarini yo&#39;qotgan tezda kelmoq, 0 &#39;zo &#39;zidan raqsga tushib ketmoq, birdan gapinnoq birikuvini ham bitishuv aloqasi sifatida qaramoq lozim. Chunki kelishik qo&#39;shimchasi bu SBda o&#39;z tizimidan ajralib, so’z tarkibida «qotib qolgan». Bular - kelishik qo&#39;shimchasini olgan holda ravishga ko&#39;chganso’z. So’z birikmasi va gap Boshqaruv aloqasi bir tomonlama shakllangan SBIar tarkibida amal qiladi. Faqat tobe a&#39;zolari birikish uchun tobelovchi qo&#39;shimcha olgan SB boshqaruv yo&#39;li bilan bog&#39;langan deyiladi. Bunda hokim so’z tobe so’zning qanday shaklda bo&#39;lishini boshqaradi. Masalan, kitobni 0 &#39;qimoq birikmasida tobe so’zning tushum kelishigi shaklida kelishi 0 &#39;qimoq fe&#39;lining o&#39;timliligi bilan belgilangan. Agar bu fe&#39;l o&#39;timsiz fe&#39;lga aylantirilsa, (o&#39;qild,) tobe so’zdagi tushum kelishigi shakli o&#39;z- o&#39;zidan g&#39;oyib bo&#39;ladi: kitobni o &#39;qimoq-kitob 0 &#39;qildi. Boshqaruv aloqasida tobe 9 so’zni har xii turkumd&#34;gi so’z boshqarishi mumkin. Misollar: uyga bormoq (fe&#39;Ui boshqaruv), mendan katta (sifat boshqaruvi), tovushdan tez (ravishli boshqaruv), o&#39;qishda birinchi (son boshqaruvi), aytgan bola (otli boshqaruv). Boshqaruv uni amalga oshirayotgan vositaga bog&#39;liq ravishda kelishikli boshqaruv, ko&#39;makchili boshqaruv, ravishdoshli boshqaruv, sifatdoshli boshqaruv kabi turga ajraladi. Moslashuv SBning ikki tomonlama grammatik shakllangan turi bo&#39;lib, bunda tobe a&#39;zo hokim a&#39;zoga muvofiq egalik shaklini, hokim a&#39;zo tobe a&#39;zoga muvofiq ravishda qaratqich yoki bosh kelishik shaklini oladi. Masalan, ukamning daftari, sizning uyingiz, Fuzuliy g&#39;azali kabi. Moslashuv atamasi har ikkala a&#39;zo bir-birini taqozo qiluvchi morfologik vositaga egaligini anglatadi. Moslashuv aloqasida tobe a&#39;zo qaratuvchi, hokim a&#39;zo qaralmish deb yuritiladi. Moslashuv aloqasida tobe a&#39;zo (Fuzuliy g&#39;azalt) [0] shaklli bo&#39;lganligi kabi, hokim a&#39;zo ham ko&#39;rsatkichsiz qo&#39;llanishi mumkin: sizning uyingiz - sizning uy, bizning kitobimiz - bizning kitob kabi. Bu siz va biz olmoshi hamda [-ngiz] va [ -miz] ko&#39;rsatkichining tarixiy genetik bog&#39;lanishi bilan izohlanadi. Zero, ularning kitobi birikmasini ularning kitob tarzida qo&#39;llab bo&#39;lmaydi. Qo’shma so’z leksik birlik bo’lib, maʼno anglatadi. Qismlari orasida grammatik aloqa yo’qolgan va bitta so’z urg’usiga ega bo’ladi. So’z birikmasi esa tushuncha anglatadi hamda qismlari orasidagi grammatik aloqa sezilib turadi. Har bir so’z o’z mustaqil urg’usiga ega bo’ladi. Qo’shma so’zlarning ko’pchiligi tarixan so’z birikmalari asosida yuzaga kelgan bo’lib, yaxlitlanib ketgan, shu tufayli ham ayrim so’z birikmasi va qo’shma so’z omonim bo’lishi mumkin: oqqush - oq qush. Ibora turg’un birikma bo’lib, ma’no jihatidan bir so’zga t е ng, ajralmas holatga k е lib qolgan birlikdir. Uning tarkibidagi so’zlarni hokim yoki tob е qismlarga ajratib bo’lmaydi: tosh yo’l (so’z birikmasi) – oq yo’l (ibora). Sayfullayeva R, Mengliyev B va b. muallifligidagi “Hozirgi o&#39;zbek adabiy tili”da so’z va turg’un birikma haqida bunday deyilgan: SB a&#39;zolari tobe munosabatli mustaqil so’z bo&#39;lsa, ibora ham mustaqil so’zlar birikuvidan tashkil 10 topsa-da, orasidagi sintaktik aloqa so&#39;ngan, bu so’zlar o&#39;zaro yaxlitlanib, ibora o&#39;zida tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi belgilarni tashiydigan lisoniy birlik qatoridan joy olgan. Ibora tashkil etuvchilari (zohiriy) jihatidan SBga o&#39;xshasa-da, mohiyatan leksemaga yaqinlashadi. Zero, tarvuzi qo&#39;lfig&#39;idan tushdi iborasi bilan bo ~~hashmoq so’zining ma&#39;noviy mohiyati yaqin. Leksema kabi ibora ham yaxlit holda yashaydi. So’z birikmasi esa vaqtincha va o&#39;zgaruvchan. So’z birikmasini tashkil etgan so’zlar nutqda o&#39;z mustaqil ma&#39;nolari bilan qatnashgani holda ibora tarkibidagi so’zlar o&#39;zlarining xos ma&#39;nosidan uzoqlashgan (tarvuzi qo&#39;ltig&#39;idan tushdi iborasida tarvuz, qo &#39;/tiq, tushmoq so’zlari o&#39;zlarining xos ma&#39;nolariga ega emas). So’z birikmasi ham, gap ham grammatik birlik hisoblanadi, lekin so’z birikmasi tushuncha, gap tasdiq yoki inkor hukmni ifodalaydi. So’z birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega bo’lmaydi, fikr ifodalamaydi, predikativlikka ega emas, shu xususiyati bilan sintaktik birlik bo’lmish gapdan farqlanadi. So’z birikmasi atash ohangi bilan aytiladi: katta ko’cha. Gap kesimlik qo’shimchalari bilan shakllangan ya’ni gap predikativlik xususiyatiga ega bo’ladi: vazifani bajarish - so’z birikmasi; Vazifani bajardi. – gap; chiroyli gul (so’z birikmasi) - gul chiroyli (dir) (gap). Gap bitta so’zdan ham iborat bo’lishi mumkin, so’z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi: Bahor (gap). Atrof yam- yashil libosga (so’z birikmasi) burkangan. Ushbu xususiyatlari bilan gap va so’z birikmasi o’zaro farqlanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, so’z birikmalari qo’llanilish holatlari, vazifalari hamda shu kabi bir qator xususiyatlariga ko’ra so’zlar bilan o’xshash bo’lsada, so’z birikmasi va so’z butunlay bir-biridan farq qiluvchi, boshqa-boshqa tushunchalar bo’lib, har birining o’z o’rni, vazifasi mavjud. Demak, so’zlarning butun shakllanganligi va butun ma’nolilik xususiyati ularning so’z birikmalaridan tubdan farq qilishini ko’rsatuvchi asosiy belgilar hisoblanadi. So’z birikmasi so’zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin so’z 11 leksik hodisa, so’z birikmasi esa grammatik hodisa bo’lib, so’z - maʼno ifodalaydi, so’z birikmasi esa tushuncha ifodalaydi. So’z ma’noni umumiy tarzda ifodalasa, so’z birikmasi ma’noni ajratib, aniqlab ifodalaydi. Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. M.N. Muminova, M.A. Maksumova «Kasbiy etika va etiket», uslubiy qo’llanma, T.,2006. 2. I. A. Karimov «Istiqlol va ma’naviyat» T.,1994. 3. I. A. Karimov «O’zbekiston buyuk kelajak sari» T.,1998. 4. N. E. Muhammadiyev «Kasb etikasi va estetik madaniyati»- Toshkent,1998 y. 5. M. Abdullayev, E. Xakimov «Vvedeniye v etiku»-Namangan, 1998. 6. Abdulla SHer «Axloqshunoslik» Ma’ruzalar matni, Toshkent, 2000 7. V.G. Fedsov «Kultura servisa» Uchebno-prakticheskoye posobiye - M., «PRIOR», 2001. 8. A.A. Avloniy «Turkiy guliston yohud ahloq», T. 1992. 9. Y. Y. Petrunin, V.K. Borisov «Etika biznesa» M., «Delo»,2000. 10. S. S. Gulomov «Tadbirkorlik va kichik biznes» - T., «Shark», 2002. 12