logo

Синтаксис ва пунктуацияни укитишнинг муаммоли жихатлари. Узбек тилида гап турлари

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

101 KB
www.arxiv.uz Синтаксис ва пунктуацияни ўқитишнинг муаммоли жиҳатлари. Ўзбек тилида гап турлари Режа: 1. Синтаксис грамматиканинг бир қисми сифатида. 2. Синтактик бирликлар (сўз бирикмаси, синтагма, гап). 3. Синтактик муносабатни ифодалаш воситалари. 4. Пунктуациянинг аҳамияти. 5. Тил оилалари ва гуруҳлари (ўзбек ва рус тиллари). 6. Қисқа қиёсий таҳлил. www.arxiv.uz Abdulhamid Cho ’ lpon Andijon shahrida mayda savdogar oilasida tug ’ ildi . Uning otasi o’qimishli bo’lib, adabiyotni sevar va o’zi ham she’r yozar edi. Yosh Abdulhamidning ma’naviy kamoli tez o’sdi. Bunga oiladagi muhit ham sabab bo’ldi. U shaxsning xalq va jamiyat oldidagi mas’uliyatini erta tushundi. Otasi o’z o’g’lining mulla bo’lishini istar edi. Lekin Abdulhamid otasining orzu-istaklariga bo’ysunmay, Toshkentga qochib keldi. Bu yerda «Sadoi Turkiston» gazetasi tevaragiga jipslashgan Hamza, Abdulla Avloniy, Mirmuhsin Shermuhamedov, Tavallo, Xislat va boshqa ma'rifatparvar shoir va yozuvchilar bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qiladi. Cho’lpon Andijonda rus-tuzem maktabini tugatgan edi. Shu boisdan u rus tilini mukammal bilgan va bemalol tarjimonlik bilan shug’ullana olgan. U boshlang’ich maktabda o’qib yurgan chog’laridayoq rus va boshqa chet el adabiyoti vakillarining asarlari bilan tanishib borgan. Bo’lajak shoir Andijon va Toshkent madrasalarida ham tahsil ko’rgan bo’lib, arab, fors, turk tillari va a dabiyotini puxta o’rgangan. Toshkent ma’rifatparvarlarining “Jamiyati xayriyasi” Cho’lponni Ufadagi mashhur “Oliya” madrasasiga o’qishga yuboradi. Cho’lponning 1914-1917-yillarda yozgan asarlarida ocharchilik yillari fojiasi, xalqning ayanchli ahvoli va chorasiz taqdiri o’z ifodasini topgan. O’zbek xalqini jahon badiiy tafakkuri yutuqlari bilan tanishtirishda, badiiy tarjimachiligimiz taraqqiyotida Cho’lponning xizmati salmoqli. U Shekspir, Molyer, Pushkin, Turgenev kabi adiblarning yirik asarlarini o’zbek tiliga o’girgan. Cho’lpon ijodi, ayniqsa, 30-yillarda sermahsul bo’ldi. U ijtimoiy hayotning dolzarb muammolariga bag’ishlangan o’nlab hikoyalarni yaratdi. O’zbek teatrlari Cho’lponning sahna asarlari – «O’rtoq Qarshiboyev», «Hujum» pyesalarini sahnalashtirdi. Adib «Kecha va kunduz» dilogiyasining ikkinchi qismi («Kunduz») ustida qizg’in ish olib bordi. Ming afsuslar bo’lsinkim, Cho’lpon ham yangi o’zbek madaniyati tarkib topib, yuksalayotgan bir paytda adabiyotimizning peshqadam vakillari – Abdulla www.arxiv.uz Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir, Elbek, Botular qatorida shaxsga sig’inish davrining qurboni bo’ldi (258 so’z). Murabbiy Abdulla Avloniy 1879-yili Toshkentning Mergancha mahallasida tug’ilgan. Yoshligi Mirobodda kechdi. «Temiryo'l markazi» bekatida joylashgan bozorning shundoqqina orqasida sapyorlar ko'chasi bor. Bu ko'chada, asosan, rus temiryo'l ishchilari istiqomat qilganlar. A.Avloniy shular orasida o'sib-ulg'aydi. Ming- minglab kishilar singari, Abdullaning ham turmushi og'ir edi. Shu sababli madrasani tugata olmadi. 14-15 yoshlarida mardikorlik qilib kun kechirishga majbur bo'ldi. Mustaqil o'qidi. Arab, fors, rus tillarini o'rgandi. She'r mashq qildi. Podsho xalqqa ozodlik bermasligini tushunib yetdi. U do'stlari bilan yashirin uyushma tuzarkan, birinchi navbatda qilinadigan eng zarur ish – xalqning ko'zini ochish, degan xulosaga keldi. Abdulla Avloniy o'z ishini maktab ochishdan boshladi. Gazeta chiqardi, darsliklar yozdi. Kitoblar bostirdi. Teatr ishlarini yo'lga qo'ydi. O'zi pyesalar yozdi. Havaskorlarni yig'ib, tomoshalar ko'rsatdi. Abdulla Avloniy bu xizmatlari bilan o'zbek ma'rifatchiligiga juda katta hissa qo'shdi. Yangi zamonaviy o'qitishni ilmiy-amaliy asoslab berdi. Avloniy bolalar uchun ham asarlar yozgan. Avval bolalar uning «Birinchi muallim» kitobidan harf tanidilar. «Ikkinchi muallim»dagi she'r va hikoyalardan o'qishni o'rgandilar. 1909-1917-yillarda bosilgan she'riy to'plamlari maktablarda o'qish kitoblari vazifasini bajargan. Ayniqsa, uning odob va axloq haqidagi «Turkiy Guliston» asari bugungi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas (213 so'z). Uzuk voqeasi Abu Ali ibn Sinoning onasi chaqaloqligida cho’miltirayotganida qimmatbaho uzugini yo’qotib qo’yibdi. U uzugini ko’p qidiribdi. Lekin hech qayerdan topa olmabdi. Keyin uni kanizak olgan, deb gumon qilib, bechora www.arxiv.uz kanizakni rosa kaltaklashibdi. Kanizakni urishayotganida, Abu Ali yig’lay boshlabdi. Kaltaklashdan to’xtashsa, chaqaloq ham yig’idan to’xtabdi. Hamma bundan ajablanib, uzukni yo’qoldiga chiqarishibdi. Ibn Sino tilga kirganida, birinchi aytgan gapi shu bo’libdi: - Sizlar o’sha vaqtda kanizakni nohaq urgan edinglar. Onam meni cho’miltirayotganida, uzuk ham suv bilan birga kir o’raga tushib ketgan, mening tilim chiqmaganidan sizlarga aytolmagan edim. Kanizakni urganlaringda yig’lab, to’xtaganlaringda yig’idan to’xtaganimning sababi shu edi. Shundan keyin o’rani kavlashgan ekan, uzuk topilibdi. Bu voqeani eshitgan-bilganlar Ibn Sinoning zehniga qoyil qolishgan ekan (118 so’z). (“Olisdagi yulduzlar” kitobidan). Jannat qushi Men bir joyda o'tirolmayman. Shoxdan shoxga, daraxtdan daraxtga sakrab uchib yurishni yaxshi ko'raman. Faqat issiq paytlardagina soya joyda dam olaman. Meni «chet-chet» degan ovozimdan tanib olishingiz oson. Chotqol tizmalarida, Toshkent viloyatidagi Xumson, Oqtosh, Burchmulla atroflarida yashayman. Namangan tog'larida, Farg'ona vodiysida ham meni uchratishingiz mumkin. Bahorning aprel, may oylarida O'zbekistonga uchib kelaman. Avgustning oxirlari - sentabrning boshlarida qishlash uchun Hindiztonga uchib ketaman. Uchratgan bolsangiz kerak, juda chiroyli qushman. 4 tadan 5 tagacha tuxum qo'yaman va bola ochaman. Shuning uchun bo'lsa kerak, odamlar meni ovlashga ishqiboz. Mening yosh do'stlarim! O'zbekiston bog'laridan ketishimga yo'l qo'ymang. Menga g'amxo'rlik qiling! (96 so'z) Qulupnay Qulupnay – ra'noguldoshlarga mansub ko'p yillik o'simlik. O'simlik qisqa ildizpoyali, popuk ildizchalariga ega. Barglari uch yaproqchaga bo'lingan bo'lib, www.arxiv.uz uzun bandiga o'rnashgan. Ko'p yillik o'simlik poyachalarida mayda barglari va yerda yoyilib o'sishi uchun xizmat qiladigan bachki poyachalari ham bo'ladi. Yer bag'irlab yotgan poyachalarning bo'g'imlaridan yangi novdalar va ildizlar o'sib chiqadi. Mevasi may-iyun oylarida pishadi. Qulupnayning mevasi naviga qarab 3- 80 g gacha bo'lishi mumkin. Qulupnayning katta mevali navlari Amerika qit'asidagi Chili hamda Virjiniya navlari – turlaridan tabiiy chatishish natijasida hosil bo'lgan deb taxmin qilinadi. Qulupnay dastlab Gollandiyadan 1720- yilda keltirildi va tezda butun Yevropa mamlakatlariga tarqaldi. Rossiyada XVIII asrning oxirlaridan yetishtirila boshlandi. Qulupnay mevalari oziq-ovqat mahsuloti, totli rezavor bo'lishi bilan bir qatorda xastaliklarni davolashda ham foydalaniladi. Xalq tabobatida qulupnay mevalari terlatuvchi, bezgak xurujiga qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Shuningdek, buyrak kasalliklarida, buyrakda tosh bo'lganida, jigar kasalliklarida, o't yo'lining yallig'lanishida, taloq kasalligida, oshqozon-ichak yo’lining yallig'lanishi bilan bog'liq kasalliklarda iste'mol qilish lozim ko'riladi. Tabiblarning fikriga qaraganda, qulupnay buyrakdagi toshlarni yemirish qobiliyatiga ega bo'lish bilan birga, tanada tosh hosil bo'lishiga yo'l qo'ymaydigan tabiiy omillardan hisoblanadi. Qulupnay mevalaridan turli shirinliklar: murabbo, sharbat, orombaxsh ichimliklar tayyorlanadi, qandolatchilikda keng ishlatiladi (176 so'z). (M.Nabiyev. “Sabzavot, rezavor mevalar, ziravorlar hosiyati” kitobidan) Yaxshidan bog' qoladi Ko'klam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda yolg'iz o'tiraverib zerikib ketibdi-da, ancha vaqtdan beri Mir Alisherdan darak bo'lmadi, borib holidan habar olib kelay, deb do'sti yashaydigan mahallaga yo'l olibdi. www.arxiv.uz Borib qarasa, Mir Alisher yeng shimarib, bog'ida ishlayotgam emish. Buni ko'rgan S ulton Husayn otidan tushib, do'sti bilan so'rashgach: - Hormang, do'stim! Nega shoirlar majlisida ko'rinmay qoldingiz desam, bog'bonlikni pesha qilibsiz-da! – debdi. Mir Alisher ham belbog'i bilan peshonasidagi terini artar ekan: - Ko'klam kelsa, ko'chat ek, degan ekan mashoyixlar. Shu bog'dagi qurigan olmalarni qo'porib tashlab, o'rniga 3-4 tup yong'oq ekyapman,- deb javob beribdi. - Ey do'stim-ey, qarigan chog'ingizda bog' qilishning sizga nima keragi bor, axir? Siz bilan men yoshimizni yashab, oshimizni oshab bo’lgan bo’lsak, bu yong’oqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon mevasidan yeysiz? Umringizning oxirida mana shu bog’dagi mevalarning boriga qanoat qilib, soya- salqinda tinchgina g’azal bitib o’tiravermaysizmi? - Do’stim, yaxshidan bog’ qoladi, degan naqlni eshitganmisiz? Men bu ko’chatlarni o’zim uchun emas, mana shu mahallamiz ko’chalarini changitib yurgan bolalar, balkim ularning bolalari uchun ekyapman. Bir kun kelib, balkim ularning har biri azim daraxt bo’lib hosil bera boshlasa, odamlar uning mevasidan tatib ko’rishganda, “Bu bog’ Alisherdan qolgan!” - deyishsa, shuning o'zi menga har qanday ne'matdan lazzatliroqdur, - deb javob beribdi. Bu gaplarni eshitgan Sulton Husayn Mir Alisherning saxovatiga qoyil qolib, unga bir hamyon to'la tilla chiqarib beribdi. Mir Alisher tillaga qarab turib: - Ana ko'rdingizmi, do'stim! Ekayotgan ko'chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi, - deya kulib qo'yibdi. Sulton Husayn Mir Alisherning hozirjavobligiga yana bir bor qoyil qolgan ekan (238 so'z). (“El desa Navoiyni” kitobidan) Suv M.Zokirov www.arxiv.uz Suv tabiatning bebaho ehsonidir. Uning o'ziga xos xususiyatlari ko'p. Shulardan biri, suvning o'z-o'zini tozalashi bo'lib, bu qiyosi yo'q tabiiy xossadir. Lekin hamma narsaning ham chegarasi bo'lganidek, suvning bu xossasining ham chegarasi yo'q emas. Yer yuzida aholi soni tinimsiz o'sib bormoqda, turli zavodlar, korxonalar ko'plab qurilmoqda. Ularning kundalik faoliyati suvga salbiy ta'sir ko'rsatib, uni zaharlamoqda. Bir paytlar shahardagi barcha oqar suvlarni ichish, ularda tandirdan uzilgan yangi uzilgan issiq nonni oqizoq qilib yeyish mumkin edi. Hozir-chi? Hozir bunday qilib bo'lmaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, keyingi yillar davomida, olimlarning fikricha, suvlarni ifloslanishdan saqlash va iflos bo'lganlarini tozalashning yangidan-yangi usullarini o'ylab topish bilan ish bitmaydi. Qolaversa, uni o'ta darajada tozalab yuborish ham zarar, bunda suvdagi foydali moddalar qirilib ketishi mumkin va bu ahvol kutilmagan ijobiy natijalarga erishishga qarshilik qiladi. Suvning sifati undagi tirik organizmlar miqdoriga ham bog'liq. Ular suv tarkibiga doimo ijobiy va muhim ta'sir ko'rsatadilar. O'simliklar dunyosi karbon gazini yutib, insonlarga kislorod chiqarib berganidek, suv ko'katlari (suv organizmlari) suvdagi o'zga qo'shimchalarni yutadi va suvlarni toza bo'lishiga yordam ko'rsatadi (164 so'z). JIYDA Jiyda - tez o’sadigan serhosil daraxt. Jiyda daraxti jiyda gullilar oilasidandir. Jiyda Amudaryo va Sirdaryo bo'ylaridagi to'qaylarda ko'plab o'sadi. Dalalarimizda, bog'larimizda, yirik-yirik shirali non jiydalar, qandak jiydalar ko'p. Sermeva, mayda, shirasi kamroq xashaki jiydalar ham bor. Jiyda bahorda xushbo'y sariq, pushti gulkosalarini yozib, yoqimli hid taratadi. Ko'p hasharotlarni, asalarilarni o'ziga tortadi. Jiydaning mevasi yoz bo'yi o'sadi va kuzga borib sarg'ayib, qizarib pishadi. Jiyda mevasini yig'ishda shox-shabbalarni, kurtaklarni nobud qilmaslik lozim. Aks holda kelgusi yil hosiliga zarar yetadi. www.arxiv.uz Jiyda - foydali meva, uni odamlar juda qadim zamonlardan buyon iste'mol qilib kelganlar. Jiydaning tarkibida tana uchun zarur qand moddasi juda ko'p. Qurama, Chotqol, Nurota, Hisor, Zarafshon tog'larining bo'sh yotgan suvli joylarida jiydazorlar barpo etish foydalidir. Sho'r tuproqli to'qayzor joylarga ham jiyda ekib, mo'l hosil olish mumkin. Masalan, Xorazm viloyatida, Qoraqalpog'istonning zaxkash tumanlarida jiyda juda yaxshi rivojlanadi. Buxoro, Andijon viloyatlarining sug'oriladigan tumanlarida ariq bo'ylariga, yo'l yoqalariga, tomorqalarga ham jiyda daraxti eksa bo'ladi (147 so'z). (Gazetadan) Маълумки, ўзбек тили олтой тиллар оиласининг туркий тиллар гуруҳига мансуб бўлиб, агглютинатив тил саналади. Яъни ўзбек тилида ҳар бир лексик ёки грамматик маънони ифодалаш учун алоҳида қўшимчалар мавжуд. Масалан, ўқи-ўқув-ўқувчи-ўқувчилар-ўқувчиларга ва ҳ.к. Рус тили эса ҳинд- европа тиллар оиласининг славян тиллар гуруҳига тегишли бўлиб, флектив тил ҳисобланади. Рус тилида бир қўшимча бир нечта маънони ифода этиши мумкин. Масалан, “приехала“ сўзида –а қўшимчаси женский род, бирликни англатади. Қуйидаги жадвалда ўзбек ва рус тилларининг грамматик тизимидаги тафовутлар кўрсатилган. ўзбек тили Рус тили 1. Фонетик тизим: 6 та унли, 23 та ундош o’, q, g’, h; 6 та унли, 25 та ундош, ь, ъ; ы , ц , щ; 2. Сўз таркиби: форс-тожик тилидан ўзлашган олд қўшимчалар: бе-, но-, сер-, ба-; -лар қўшимчаси кўпликни ва префикс, суффикс, кўплик қўшимчаси мавжуд www.arxiv.uz ҳурматни билдиради 3. Морфология: от, сифат, сон, олмош, равиш, феъл; боҚловчи, кўмакчи, юклама, ундов сўзлар, тақлид сўзлар , модал сўзлар ; род категорияси йўқ, вид категорияси тўла шаклланмаган; Существительное, прилагательное , числительное, местоимение, наречие, глагол, категория состояния (знобит, моросит); союз, предлог, частица, звукоподражания, междометия, модальные слова; р од ва вид категориялари мавжуд; мураккаб сон мавжуд эмас: беш юз, эллик, икки юз; пятьсот, пятьдесят, двести; сифат - ўзгармас сўз туркуми; сифатнинг орттирма даражаси морфологик усулда ҳосил қилинмайди: энг кучли, Қоят бахтиёр (синтактик усул); сифат род ва число бўйича ўзгаради, турланади; сильнейший, красивейший, крепчайший (морфологик усул); самый большой (синтактик усул) чама сон морфологик усулда ясалади: бештача, минглаб, мингларча; -тача қўшимчасининг маъноси приблизительно, около, где-то сўзлари ёрдамида ифодаланади; олмошлар: кишилик, кўрсатиш, сўроқ, белгилаш, ўзлик, бўлишсизлик, гумон; олмошларнинг тусланиши: менман, сизсиз; -ники қўшимчаси тегишлиликни билдиради: меники, бизники; местоимения: личные, указательные, притяжательные , вопросительные, определительные, возвратные, отрицательные, олмошлар тусланмайди ; притяжательный олмошга қисман мос келади; феъл нисбатлари: аниқ, ўзлик , мажҳуллик, орттирма , биргалик ; феъл майллари: аниқлик , буйруқ- истак, шарт; залог: действительный, страда - тельный, возвратный; наклонения: изъявительное, сослагательное, повелительное; кўмакчи (послелог); предлог; 4. Синтаксис: кесим гапнинг охирида туради Кесим эгадан кейин туради www.arxiv.uz Синтаксис грамматиканинг бир қисми бўлиб, у сўз бирикмаси ва гапни текширади, унинг асоси гап ҳақидаги таълимотдир: гап қуриш, сўзларни бириктириш қоидалари, гапнинг структураси, функцияси, қўлланиши, гапларнинг ўзаро муносабати ва бошқалар. Синтаксис тилшуносликнинг бошқа бўлимлари билан узвий боҚлиқдир. Масалан, морфологияда сўзларнинг структураси ўрганилса, синтаксисда уларнинг алоқаси, боҚланиши, бирикиш йўллари ва воситалари текширилади; Сўз лексик бирлик сифатида лексикада ҳам ўрганилади, бироқ унинг ҳақиқий маъноси гапда аниқлашади. Шу билан бирга, гапни шакллантиришда оҳанг муҳим аҳамиятга эга, бунда синтаксиснинг фонетик тизимга боҚлиқлиги намоён бўлади. Синтаксис атамаси, грамматика атамасининг ўзи каби, икки маънода қўлланади: тилнинг синтактик қурилиши ва тилнинг грамматик қурилиши ҳақидаги фаннинг – грамматиканинг бир қисми. Нутқда, гапда сўзлар маълум грамматик қоидалар асосида бир-бири билан боҚланган бўлади. Икки ёки ундан ортиқ мустақил сўздан тузилиб, бир грамматик бутунлик, семантик яхлитлик ташкил қилган ҳар бир комплекс сўз бирикмаси саналади. Гап тузилишида синтагма ҳам ажратилади. Ўар бир синтагма бир ҳаво чиқариш билан – бир нафас кучи билан айтилади, сўнг орада қисқа пауза бўлиб, бошқа синтагма бошланади. Демак, синтагма икки пауза орасидаги нутқий элементдир. У энг содда синтактик парчадир. Синтагма бир неча сўзли бўла олганидек, бир сўзли ҳам бўла олади. Синтагма тобеланиш асосида тузилади: унда бир сўз етакчи, бошқалари шунга тобе бўлади. Синтагманинг грамматик структураси аниқловчи+аниқланмиш (кенг маънода) шаклида бўлади. Масалан, Пахтазордан қувноқ теримчиларнинг ашулалари эшитилиб турибди гапида қувноқ теримчиларнинг ашулалари синтагмасида: ашулалар www.arxiv.uz – етакчи элемент: ҳоким, теримчиларнинг – тобе элемент: аниқловчи, қувноқ – тобе элемент: теримчилар сўзининг аниқловчиси; демак, теримчилар бўлаги – нисбий элемент: а) ўзидан кейинги элементга тобе: унинг аниқловчиси, б) ўзидан олдинги элементга ҳоким: унинг аниқланмиши. Синтагмаларга бўлишнинг ўзгариши одатда грамматик ҳолатнинг ҳам, фикрнинг ҳам бошқалигини кўрсатади: бир гап, ўрнига қараб, турлича синтагмалана олади. Масалан: Бу машиначи Каримнинг отаси (бу ўринда керакли тиниш белгиси қўйилмай кўрсатилган, у белги қандай синтагмаланишга қараб қўйилади). 1. Бу машиначи – Каримнинг отаси (отаси – машиначи). 2. Бу – машиначи Каримнинг отаси (Каримнинг ўзи машиначи). Синтагмадан фарқли, сўз бирикмасида икки ва ундан ортиқ сўз иштирок этади. Масалан, Ўз қушлари жанубдан тезгина учиб келдилар гапида шундай бирикмалар бор: ёз қушлари, жанубдан учиб келмоқ, тезгина учиб келмоқ. Сўз бирикмаси номинатив функцияни – аташ функциясини бажаради, бу жиҳатдан у гапдан кўра сўзга яқин туради. Сўз бирикмаси, ўз таркибидаги ҳоким элементнинг қайси сўз туркумига киришига қараб, бир қанча кўринишларга эга бўлади: отли бирикма (бунда ҳоким сўз от ёки от ўрнида қўлланган сўз; тобе сўз от , сифат , сифатдош , сон , олмош , равиш , феълнинг ноаниқ шакли , тақлидлар бўлиши мумкин); феълли бирикма; равишли бирикма. Сўз бирикмаси тузилиши жиҳатидан икки турга бўлинади: содда бирикмалар , қўшма бирикмалар. Сўз бирикмасининг элементлари орасидаги боҚланиш – тобеланиш уч хил: мослашув , бошқарув , битишув. Қаратқич билан қаралмиш мослашув йўли билан боҚланади: шахс ва сонда мослашади: боланинг дафтари , бизнинг уйимиз , мактаб ҳовлиси ва ш.к. Мослашув ҳаракат , белги ё предметнинг қайси предметга тегишли эканлигини кўрсатади. Бошқарув да бир сўз бошқа сўзнинг талаби билан ўз шаклини ўзгартиради: тобе сўз ҳоким сўзга қараб маълум шаклни олади. Масалан: www.arxiv.uz мактабга бормоқ , уйдан келмоқ. Бошқарувчилик ролини феъллар (равишдош , сифатдош , феълнинг ноаниқ шакли) бажара олганидек , баъзан сифатлар , равишлар ҳам бажаради; шунга кўра , бошқарув , асосан , иккига бўлинади: 1. Феъл бошқаруви: Каримга мукофот берилди; Бу перо пўлатдан ясалган. 2. Сифат-равиш бошқаруви: асал қанддан ширин. Отдан баланд , итдан паст (топишмоқ). Бошқарув , асосан , ҳаракат билан объект муносабатини ифодалайди. Бошқарув воситасиз ёки воситали бўлиши мумкин. Битишув йўли билан бириккан сўзларнинг грамматик ўзгариши бир- бирига боҚлиқ бўлмайди. Уларнинг ўзаро алоқаси тартиб ва интонация орқали ифодаланади. Битишувчи бирикмалар: 1) равиш+феъл. Масалан: Маърузачи секин сўзлади; 2) равишдош+феъл. Масалан: Қуёш қизариб чиқди; 3) сифат (сифатловчилар: равиш, олмош, сон, сифатдош ва б.)+от (сифатланмиш). Масалан: мовий байроқ, бу бино, кўп китоб каби. Битишувда элементларнинг ҳоким-тобелик ҳолати, асосан, тартиб орқали белгиланади (тобе элемент+ҳоким элемент). Масалан, У тез юрди гапидаги битишув муносабатида, одатда, тобе сўзни ҳоким сўздан ажратиб бўлмайди (орага у сўзини киритиб бўлмайди). Демак, бу битишувда тартиб бош ролни ўйнайди. Баъзан битишувда ҳам тартиб иккинчи ўринга тушиб қолиши мумкин. Масалан: Мажлис кечқурун бўлади. Кечқурун мажлис бўлади . Демак, битишув муносабатида тартиб ва интонация катта роль ўйнайди. Бунда тобелик тартибдан, грамматик хусусиятдан , маънодан билиниб туради. Гап фикр билдириш , хабар бериш вазифасини бажарадиган , турли ҳис- туйҚуларни ифодалайдиган бир сўз ёки бир неча сўзлар йиҚиндиси , нутқнинг грамматик жиҳатдан шаклланган , нисбий интонацион ҳам www.arxiv.uz мазмунан тугалликка эга бўлган бирлигидир. Масалан: Ой. Нозик жимжитлик. Салқин шамолларгина қизнинг сочлари билан ўйнашарди (О). Бунда учта гап бор. Гапдаги сўзлар бир-бири билан ўзаро боҚланган бўлади , уларнинг ҳар бири гапда бирор грамматик функцияни – гап бўлаги вазифасини бажариб келади. Гап бўлаклари иккига – бош бўлаклар (эга, кесим) ва иккинчи даражали бўлаклар ( тўлдирувчи , аниқловчи , ҳол) га бўлинади. Гаплар турли мезонлар асосида турлича таснифланади. 1. Сўзловчининг мақсадига кўра гаплар 3 хил бўлади: дарак гап , сўроқ гап , буйруқ гап. 2. Ўис-ҳаяжоннинг мавжудлигига кўра: ҳис-ҳаяжон гап , ҳис-ҳаяжонсиз гап. 3. Тузилишига кўра: содда гап (содда гап; уюшиқ бўлаклар, кириш конструкциялар, ажратилган бўлаклар билан мураккаблашган содда гап) , қўшма гап (боҚланган, эргашган, боҚловчисиз, аралаш турдаги қўшма гап). 4. Составига кўра: бир бош бўлакли (бир составли) гап , икки бош бўлакли (икки составли) гап. 5. Тўлиқлиги , ёйиқлигига кўра: тўлиқ гап , тўлиқсиз гап; йиҚиқ гап , ёйиқ гап. 6. Гапнинг субъекти бор-йўқлигига кўра: кўчирма гап, ўзлаштирма гап. Бир составли гаплар:  Шахси аниқ гаплар  Шахси ноаниқ гаплар  Шахссиз гаплар  Атов (номинатив) гаплар Гапдаги сўзларнинг ўзаро синтактик муносабати турли-туман воситалар орқали шаклланади. 1. Сўз ўзгартирувчи аффикслар - келишик , эгалик , шахс-сон аффикслари сўзларнинг ўзаро боҚланишида энг фаол восита ҳисобланади. 2 . Ўрдамчи сўзлар (кўмакчи , боҚловчи , боҚлама). www.arxiv.uz 3. Сўз тартиби – сўзларнинг ўзаро синтактик муносабатга киришувини таъминловчи воситалардан бири. Масалан , ойдин кеча , яхши бола каби бирикмалар таркибидаги сўзларнинг ўрни алмаштирилса , маъно бутунлай ўзгариб кетади: ойдин кеча – сифатловчили бирикма; Кеча ойдин – предикатив бирикма. ўзбек тилида одатдаги тартибга кўра эга гап бошида, кесим гап охирида келади: Топшириқ (эга) шундай эди (кесим). Ўйиқ содда гапда иккинчи даражали бўлаклар эга ва кесимга боҚланади. Эгага боҚланган гап бўлаклари эга составини ва кесимга боҚланган гап бўлаклари кесим составини ташкил этади: Икки нафар оқсоч аёл /судра-судра қилиб эски паранжига ўралган келинни олиб чиқдилар //(С.Н.). Баъзан гап бўлаклари одатдаги ўринларини алмаштирадилар. Бу ҳодиса инверсия дейилади. Инверсия турли услубий талабларга кўра содир бўлади: Мени кутгил ва мен қайтарман, Фақат кутгил жуда интизор. Кутгил ёмҚир зериктирганда, Мени кутгил ёққанида қор. (К.Симонов) Сўз тартибининг ўзгариши грамматик ҳолатни ўзгартириши ҳам мумкин. Бунда қуйидаги ҳолат кўзга ташланади:  Эга ва кесимнинг ўрни ўзаро алмашса, эга кесимга, кесим эса эгага айланади: Етти кун (эга) – бир ҳафта (кесим). – Бир ҳафта (эга) – етти кун (кесим).  Сифатловчи ва сифатланмишнинг ўрни ўзаро алмашса, сифатланмиш эгага, сифатловчи кесимга, яъни сўз бирикмаси гапга айланади: Баланд тоҚ. – ТоҚ баланд.  Қаратқич-қаралмишда белгисиз қаратқичнинг ўрни қаралмиш билан ўзаро алмашса, қаратқич эгага, қаралмиш кесимга айланади: Дала чеккаси. – Чеккаси – дала. www.arxiv.uz 4. Интонация синтактик алоқанинг турини , сўз бирикмасининг хусусиятини кўрсатади: Бу китоб... Бу – китоб; Кўп қаватли/бино. Кўп/ қаватли бино. Айрим ўринларда сўзларни боҚлаш вазифасини интонациянинг ўзигина бажаради. БоҚланиш бошқа йўл билан , масалан , аффикслар билан бўлганда , интонация ёрдамчи ролни бажаради. Қиёсланг: У келди, мен кетдим (санаш: У келди ва мен кетдим) – У келди – мен кетдим (сабаб: У келгани учун мен кетдим) – У келди – мен кетдим (Бир вақтда бажарилган ҳаракат: У келиши биланоқ мен кетдим). Пунктуация тилшуносликнинг бир бўлими бўлиб , у тиниш белгиларининг ишлатилиш хусусиятларини ўрганади. Тиниш белгиларининг аҳамияти юқорида келтирилган мисоллардан ҳам аниқланди : Бу – машиначи Каримнинг отаси; Бу машинча – Каримнинг отаси ва ҳ.к. Пунктуацияга оид қоидалар К.Назаровнинг рисоласида тўлиқ баён этилган (адабиётлар рўйхатига қаранг). Фойдаланилган адабиётлар: 1. ўзбек тили грамматикаси. 1-китоб. - Т.,1975. 2. А.ў.ўуломов , М.А.Асқарова. Ўозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т.: ўқитувчи , 1965. 3. Х.Абдураҳмонов , А.Рафиев , Д.Шодмонқулова. ўзбек тилининг амалий грамматикаси. – Т.: ўқитувчи , 1992. www.arxiv.uz 4. Т.Зиёдова. ўқувчиларни мустақил фикрлашга ўргатиш. – Т.: ўқитувчи , 2001. 5. Т.Зиёдова , М.Шамсиева. Ўозирги ўзбек адабий тили услубияти. – Т. , 2003. 6. Т.Зиёдова. Ўозирги ўзбек адабий тилини ўрганишда коммуникатив жадваллардан фойдаланиш. – Т.: Халқ мероси , 2002. 7. К.Назаров. ўзбек тили ва адабиётидан баҳо меъёри. – Т.: ўқитувчи, 1990. 8. www.Ziyonet.uz