logo

Olmosh. Uning mustaqil so’zlar tizimida o’zida xos ishoraviy o’rni va vazifasi. Olmosh ma’noviy guruhlari, yasalish xususiyatlari

Yuklangan vaqt:

24.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

67.5 KB
Olmosh . Uning mustaqil so’zlar tizimida o’zida xos ishoraviy o’rni va vazifasi. Olmosh ma’noviy guruhlari, yasalish xususiyatlari Reja : 1.Olmosh – “bo’sh” ishora ma’noli so’zlar. 2.Olmosh lug’aviy ma’no guruhlari. 3.Olmoshning tuzilishiga ko’ra turlari. Olmosh, ”bosh” ishora ma`noli soz, zamir (yashirin ma`noli) sozlar, kishilik olmoslari, korsatish olmoshlari, ozlik olmoshlari, soroq olmoshlari, gumon olmoshlari, bolishsizlik olmoshlari, belgilash (jamlash) olmoshlari, kishilik olmoshlarida kochma ma`no, ot-olmoshlar, olmoshning tuzilishiga kora turlari, olmoshlarda shaxs manosi, olmoshlarda hurmat, miqdor, munosabat manolari, olmoshlarning morfologik tabiati, olmoshning sintaktik xususiyatlari, olmoshdan yasalgan turkumlar. Hammaga ma’lumki, so’zlar ma’noviy belgisiga ko’ra uch tipga bo’linadi: a) mustaqil ma’noli so’zlar (fe’l, ot, sifat, son); b) bo’sh - ishora ma’noli so’zlar (olmosh); v) yordamchi ma’noli so’zlar (ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, ko’makchi fe’llar). “Ishoraviylik” ramzi bilan ataluvchi olmoshlar boshqa leksemalardan ajralib turadi. O’zbek tilshunosligida olmoshlarning doirasi va vazifasi zo’rma-zo’rakilik bilan ancha cheklantirilib, “ot, sifat, son o’rnida qo’llanuvchi so’zlar” deb behad tor tushunilgan. Vaholanki, bu bilan olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l, ravish, taqlidiy so’z, undov gap va, hatto, matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan edi. Olmoshlar guruhiga men, sen, u, biz, siz, ular kabi shaxsga ishora quluvchi; kim, nima, bu, ana, mana, mana bu kabi predmetga ishora quluvchi leksemalar; qanday, bunday, shunday kabi belgiga; buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga; qachon kabi paytga; qayer kabi o’ringa; shunday bo’lmoq, qanday qilmoq kabi harakat-holatga ishora etuvchi leksemalar kiradi. Shuni aytib o’tish joizki, olmoshlar hamma vaqt ham qandaydir bir so’zni “almashtirib”, uning o’rnida kelavermaydi. Chunonchi: 1. Kim mehnat qilsa, u rohat ko’ radi. 2.Men kecha keldim. Sen buni bilasan. 3.Nima qilsam ham men o’ zim bilaman. 4.Hamma mehmonlar biznikida. 5.Barcha mushkulotlar oson bo’ldi kabi gaplarda kishilik, belgilash, o’zlik olmoshlari hech bir so’zni almashtirmagan. Arab tilshunosligida olmoshlar alohida so’z turkumiga ajratilmagan, balki har bir so’z turkumi ichida “yashirin ma’noli so’zlar” (zamirlar) sifatida alohida guruhlarga ajratilgan. Chunonchi, kitob, daftar, Abbos - ravshan ma’noli otlar bo’lsa, men, sen, kim - yashirin ma’noli otlar (zamir otlar) dir. Yoxud oq, qizil, chiroyli Ї ravshan ma’noli sifat hisoblansa , bunday, shunday kabilar “zamir sifatlar” dir. Olmoshlar shaxs, predmet, belgi yoki miqdorga xos bo’lgan umumiy (mavhum) ma’noni anglatadi. Olmosh bildiruvchi ma’no nutq jarayonida aniq yuzaga chiqadi. Ular otlar kabi kelishik, egalik, ko’plik qo’shimchalarini qabul qilib, morfologik jihatdan o’zgaradi va turli xususiyatlarni namoyon qiladi. Olmosh qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llansa, shu turkum bajargan sintaktik vazifani bajaradi: O’ qituvchi darsga kirdi. U o’quvchilar bilan salomlashdi. Olmoshlar o’zidan oldin aniqlovchi talab qilmaydi: Hamma xursand va shod. U kitobni o’qidi. Olmoshlar ifoda etadigan ishoraviy ma’nosiga ko’ra quyidagi ma’no guruhlariga bo’linadi: 1. Kishilik olmoshlari. 2.Ko’rsatish olmoshlari. 3.O’zlik olmoshlari. 4.Belgilash olmoshlari. 5.So’roq olmoshlari. 6.Gumon olmoshlari. 7.Bo’lishsizlik olmoshlari. 1. Kishilik olmoshlari shaxs olmoshlari deb ham yuritiladi, chunki shaxsga ishora qilib keladi. Shaxs olmoshlarining qo’llanishida ayrim xususiyatlar bor. Shaxslar o’z ma’nosidan tashqari ko’chgan holda qo’llanishi mumkin. Chinonchi; 1. ” Biz” II shaxs ko’plikdagi “ siz” olmoshi o’rnida qo’llanadi : Qani endi biz ishga tushaylik. Bundan tashviq ma’nosi anglashilib turadi. 2. Ko’plikni ifodalovchi olmoshlar birlik uchun qo’llanadi: Bu ishni biz uddaladik. Ushbu gapda “men” o’rnida ishlatilgan “biz ” maqtanish ma’nosini ifoda etyapti. 3. ” Men” o’rnida “ biz ” olmoshi ishlatilib kamtarinlikni ifodalashi mumkin: Biz bu maqolada yechimini kutayotgan muammoni olib chiqdik. 4.” Sen” o’rnida “siz” olmoshi ishlatilib hurmat ma’nosini ifodalaydi: Siz bugun darsda faol ishtirok etdingiz . 5.” Siz” olmoshi, ko’pincha, birlik sonda hurmat ma’nosida qo’llanilganligi sababli ikkinchi shaxs ko’plik sonda “ sizlar” shakli ishlatilishi mumkin: Sizlar kelajagimiz . 6.Kishilik olmoshlariga -lar qo’shilganda turli xil ma’nolar voqelanadi: - Senlarga aytyapman (kamsitish ma’nosi). -Sizlarda insof bormi? (ko’plik ma’nosi). II.Ko’rsatish ma’nosini anglatuvchi olmoshlar ( bu, shu, mana, ana, u, o’sha, hov va boshqalar) shaxs, predmet, belgini alohida ko’rsatish, ta’kid ma’nolari uchun xizmat qiladi. Ular ifodalovchi (ishoraviy) nom ham turlicha: -shaxs yoki predmetga ishora qiladi: - Siz o’shami? (A.Qodiriy). -belgiga ishora qiladi: Menda ham shunaqa kitoblar bor. -vaqtga ishora qiladi: Shu-shu Fotima kelmay qoldi. -o’ringa ishora qiladi: Siz-unda, biz-bunda. III. O’zlik olmoshi . Bu olmosh turi ta’kid, tegishlilik ma’nosini anglatadi: Mening o’zim bilaman . O’xshatish ma’nosi ham matndagi o’z so’zi orqali ifodalanadi: Onasining o’zi . Umumiylik, noaniqlik kabi ma’nolar: - O’zim. ( shunchaki) turdagi gaplarda ro’yobga chiqadi. IV. So’roq olmoshlari shaxs, predmet, belgi, harakatni aniqlash maqsadida ishlatiladi. Ular quyidagilarga bo’linadi: -shaxsga nisbatan qo’llanuvchi olmoshlar ( kim, kimlar ); -voqea-hodisa, predmetlarga nisbatan qo’llanuvchi olmoshlar ( nima, nimalar); -belgini aniqlashga qaratilgan olmoshlar ( qanday, qanaq a); -sabab va maqsadni aniqlashga qaratilgan olmoshlar ( nega, nima uchun, nechuk); -miqdorga nisbatan ishlatiluvchi olmoshlar ( necha, qancha ); -harakat-holatga nisbatan qo’llanuvchi olmoshlar (nima qildi, nima bo’ldi); -o’rin ma’nosini ifodalovchi so’roqlar ( qani, qayerda) ; -payt ma’nosini ifodalovchi so’roqlar ( qachon, qachonga). Bunday olmoshlar faqat so’rash ma’nolarini yuzaga chiqarmaydi, ma’noni bo’rttirish ( kimki, nimaki ); ritorik so’roq ma’nolarini ( Men sizga nima dedim? !); taajjub ma’nosini (Buning nimasi yomon?!) ifoda etadi. V.Belgilash olmoshlari. “Har ” so’zi belgilash olmoshi bo’lib, ko’pincha, so’roq olmoshlari bilan birikib keladi va qo’shma belgilash olmoshlari yasaydi. Jamlik ifodalovchi olmoshlar predmet, shaxs, belgiga nisbatan yig’indini, to’dani ifodalaydi: hamma, yalpi, har kim, barcha, bari, butun. VI. Gumon olmoshlari muayyan predmet, shaxs, belgi yoki harakat xususida o’ta mavhum tushunchani bildiradi. So’roq olmoshlari bilan qo’shilib keladigan alla – va – dir ushbu olmoshlarga noaniqlik ma’nosini kiritadi. VII. Bo’lishsizlik olmoshlari ma’no jihatdan tasdiqqa nisbatan zidlikni bildiradi va hech so’zi bilan hosil bo’ladi. Bu olmoshlar gapni (fikrni) inkorga aylantiradi: hech nima, hech kim, hech qachon, hech mahal … Qadimgi tilimizda ham, hozir ham ba’zan juda ko’tarinki, tantanavor nutqda kamtarinlik uchun, manmanlik qilmaslik uchun “men” kishilik olmoshi o’rnida kamina, faqir, banda so’zlari qo’llaniladi. Bular tilshunosligimizda ot-olmoshlar nomini olgan. Olmoshlar nutqimizni o’rinsiz takrorlardan tozalashning, fikrni ixcham bayon qilishning muhim vositasidir. Ular gapda turli sintaktik vazifalarda kela oladi: Mening o’zim bu yukni ko’tara olmas edim. Vazifamiz Ї shu. Qanday kishi xor bo’lur? Bahor keldi seni so’roqlab. Olmoshlarning tuzilishiga ko’ra turlarini quyidagi jadvalda berish mumkin: Olmosh Sh a k l l ar Sodda Qo’shma Juft - u-bu Takroriy Tub Yasama 1. Kishilik men, sen meniki,bularga - - 2. Ko’rsatish bu, shu bular, shunisi ana bu, mana u o’sha-o’sha, shu- shu 3. O’zlik o’z o’zim,o’zlari - - o’z-o’zini 4. So’roq kim, nima? kimga, nimalar? nima uchun, nima maqsadda? - --- kim-kim, nima- nima? 5. Jamlovchi hamma, bari hammamiz har kim, har nima barcha-barcha, butun-butun 6. Bo’lishsiz-lik hech - hech kim, hech nima - 7. Gumon - birov, kimdir allakim, alla nima - Biz yuqoridagi jadvalda olmoshning “yasama” shaklini berishda tilshunos olim G`. Zikrillayevning fikrlariga tayanib, lug`aviy shakl qo`shimchalarini inobatga oldik. Olmoshlarda shaxs , hurmat , miqdor , munosabat ma ’ nolarining mujassamligi va ularning nutqda rang - barang usulda voqelanishi , namoyon bo ’ lishi tilshunosligimizda aniqlangan . Masalan ; kishilik olmoshlaridan men , biz so ’ zlovchi shaxsni , sen , siz tinglovchi shaxsni , u , ular o ’ zga shaxsni bildiradi . Miqdor ma ’ nosining ifodalanishi jihatidan men , sen birlikni ; biz , sizlar , senlar , bizlar ko ’ plikni ; siz , ular birlikka ham , ko ’ plikka ham betaraf ma ’ noni anglatadi . Hurmat ma ’ nosi II va III shaxs olmoshlariga xos . Munosabat ma ’ nosi kishilik olmoshlarining kelishik qo ’ shimchalarini olib o ’ zgarishida yuzaga chiqadi . Kishilik olmoshlariga egalik ma ’ nosi ham xos . Ushbu olmoshlar qaratgich kelishigida egalik ma ’ nosini bildiradi : bizning universitet . O ’ zbek tilida egalik ma ’ nosi kishilik olmoshiga – niki qo ’ shimchasini qo ’ shish bilan ham ifodalanadi : meniki , bizniki , seniki kabi . Yuqoridagi ma’nolarning ifodalanish tarzini boshqa LMGlarda ham kuzatish mumkin. Аdabiyotlar: 1. Менглиев Б . Морфологик воситаларнинг маъновий хусусиятлари ва синтактик имкониятлари . Диссертация автореферати . Тошкент -1995. 2. Неъматов Ҳ . Тажалли тасаввуф билиш назарияси ва тилшуносликда синтаксисни ўрганиш масалалари . «Ўзбек тили ва адабиёти», 1993 йил, 2- сон. 3. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. Тошкент, «Ўқитувчи», 1993 йил. 4. Қурбонова М. Шакл-вазифавий талқинда субстанциаллик омили. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1998 йил, 5-сон. 5. Қурбонова М. Шакл-вазифавий тадқиқ усулларига доир. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1998 йил, 5-сон. 6. Қурбонова М. Лисоний тизимда «Оралиқ учинчи» нинг мутлақлиги. «Ўзбек тили ва адабиёти», 1999 йил, 6-сон. 7. Қурбонова М. Ҳозирги замон ўзбек тили. Тошкент, 2002 йил.