logo

Mezakson haqida tushuncha. Mielinsiz va mielin pardali nerv tolalari. Sinapslar tuzilishi. Makrogliya va mikrogliya. Nerv sistemasining evolyusion taraqqiyoti

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

55.5 KB
Mezakson haqida tushuncha. Mielinsiz va mielin pardali nerv tolalari. Sinapslar tuzilishi. Makrogliya va mikrogliya. Nerv sistemasining evolyusion taraqqiyoti REJA 1. Nerv hujayralari pardasining tuzilishi 2. Mielinsiz nerv tolalarining tuzilishi 3. Mienlinli nerv tolalarining tuzilishi 4. Harakat nerv uchlarining tuzilishi  Mielinsiz nerv tolalari ko’z, quloq hamda achchiq va chuchukni sezadigan organlar va vestibulyar apparatning nerv sistemasini tashkil etadi. ular ko’pgina vegetativ nerv sistemasida uchraydi. Bu nerv sistemasi yuksak darajada ixtisoslashgan bo’lib, organizmning tashqi muhit bilan moslashishini ta'minlaydi. Har bir nerv tolasi tarkibida 3-20 tagacha o’q silindr uchraydi. Ayrim vaqtlarda boshqa neyronning o’q silindri ham qo’shilib ketishi yoki ajralib boshqa neyronga o’tishi mumkin. Ularning bunday tuzilishiga kabelsimon o’q silindrlar deyiladi. Har bir o’q silindr tashqi tomondan Shvann hujay-ralaridan (sinonimlari-lemmosit, neyrolemmsit, olegodendrolemmosit, glial hujayralar) tashkil topgan yupqa parda bilan o’ralgan bo’ladi, mielin pardasi bo’lmaydi. Odatda Shvani hujayralarining o’q qismini ikki tomondan (membranalari uzilmasdan) asta o’rab o’z ichiga oladi. Bu fagositoz xususiyatiga ega bo’lgan hujayralarning mikroorganizmlarini ikki tomonidan o’rab qamrab olishga o’xshaydi. O’q hujayralari ikki yon tomonidan o’rab keluvchi Shvann hujayralari-ning uchlariga mezakson deyiladi. Nerv tolachasining tarkibidagi o’q silindrning soniga qarab mezakson ham bir nechta bo’lishi mumkin. Oddiy mikroskopda mielinsiz nerv tolachalari xuddi o’q silindrdan tashkil topgan tutamlarga o’xshaydi. Ularning ustini o’rab turuvchi lemmositlar ham yadrosi bilan yaxshi ko’rinadi. Faqat ularning chegaralari va mezaksonlari ko’rinmaydi. Mielinsiz tolalardan impuls ancha sekin-1 m/sek tezlik bilan o’tadi. Barcha nerv hujayrasi tolalarining uchi o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan strukturalar bilan tugallanadi. Bunga nerv oxirlari deyiladi. Bajaradigan vazifasi va morfologik tuzilishiga qarab nerv oxirlari uch xil bo’ladi: 1) harkat (effektor) nervi oxirlari; 2) sezuvchi nerv oxirlari (reseptorlar); 3) neyronlararo sinapslar. Effektor nerv uchlarini tashkil etuvchi neyronlarga orqa miya bilan bosh miya somatik neyronlarining harakat organlariga tutashgan uchlari kiradi. Ko’ndalang yo’lli muskul tolalaridagi harakat nervi uchlariga nerv-muskul (aksomuskul) sinapslari deyiladi. Aksomuskul sinapslari nerv tolasi uchida va muskul tolasida impulsni qabul qiluvchi o’ziga xos yuza, ya'ni qutb hosil qiladi. Nerv tolalari muskul tolalariga tutashishdan oldin mielin qavatini yo’qotadi, o’q silindr tarmoqlanib, so’ng sarkoplazma ichiga kiradi. Muskul tolalari ham shu erda o’zining ko’ndalang yo’lli tuzilishini yo’qotadi. Bu erda mitoxondriylar soni ko’p bo’ladi. Sarkoplazma bilan nerv uchlari o’rtasida kichik 50 A0 ga teng bo’shliq bo’lib, unga sinaps bo’shlii deyiladi. Bundan tashqari, muskul tolalari mayda qatlam hosil qilib, ikkilamchi sinaptik bo’shliqlar hosil qiladi. Tashqi va ichki ta'sirni, odatda sezuvchi nerv uchlari qabul qiladi, ularni fanda reseptorlar deyish rasm bo’lgan. Binobarin, reseptorlar sezuvchi nerv uchlari bo’lib, ta'sirni qabul qilish va uni impulsga aylantirish, markaz tomon uzatib berish xususiyatiga ega. Hamma reseptorlar ikkita katta guruhga bo’linadi: 1) eksteroreseptorlar-ta'sirni tashqi muhitdan qabul qiladigan reseptorlar; 2) interoreseptorlar-ta'sirni organlarning ichki qismidan qabul qila-digan reseptorlar. Bundan tashqari, ta'sirni qabul qilish xarakteriga qarab, yana bir necha xil reseptorlar (termoreseptorlar), baroreseptorlar (bosimni sezadigan), xemoreseptorlar (kimyoviy ta'sirni sezadigar), mexanoreseptorlar (mexanik ta'sirni sezadigan) va hoka-zo. Oriqni sezuvchi reseptorlar ham shular jumlasiga kiradi. Ular oriqni sezib, alohida ingichka mielinsiz nerv tolalari orqali impulsni MNS ga uzatadi. Sezuvchi nerv uchlari morfologik tuzilishiga ko’ra ikkita guruhga bo’linadi: 1) erkin sezuvchi nerv uchlari. Bunda o’q silindr nerv uchlarining tarmoqlari bevosita innervasiya qilishi kerak bo’lgan to’qima hujayralari orasida yotadi (masalan, Markel hujayralari, quyiga qarang); 2) erkin bo’lmagan sezuvchi nerv uchlari. Bunga nerv tolalarining hamma komponentlari, ya'ni o’q silindr tarmoqlari, ta'sirni qabul qilishga moslashgan gliya va epiteliy hujayralari kiradi. Erkin bo’lmagan nerv uchlari, bundan tashqari, biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsula bilan o’ralgan-o’ralmaganligiga qarab ham ikkiga bo’linadi: 1) kapsulaga o’ralgan nerv uchlari. Bunda nerv uchlari biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsulaga o’ralgan bo’ladi; 2) kapsulaga o’ralmagan nerv uchlari-kapsulasi bo’lmaydi. Yuqorida barcha nerv uchlari o’ziga xos fiziologik xususiyati va morfologik tuzilishiga ko’ra bir-biridan farq qiladi, deb aytib o’tgan edik. Shulardan ayrim nerv uchlari bilan tanishib chiqamiz. Neyrogliyalar nerv to’qimalaridagi yordamchi struktura elementlari qatoriga kiradi. Ular nerv to’qimalarida tayanch, chegaralab turish, gomeostatik, himoya va trofik vazifalarni bajaradi. Organizmning embrional rivojlanishi davrida neyrogliyalar ektodermadan rivojlanadi. Neyrogliya ikkiga bo’linadi: makrogliya-gliositlar va mikrogliya-glial makrofaglar. O’z navbatida makrogliyalar bir necha xilga bo’li-nadi: ependimogliya, astrositgliya, multipotensialgliya va oligoden-drogliyalar. 1. Astrositgliya (astrositlar) nerv to’qimasida ko’p bo’ladi va o’ziga xos tayanch vazifasini bajaradi. O’zi mayda bo’lishiga qaramay, talaygina o’simta chiqaradi. Ular asosan ikki xil: protoplazmatik (plazmatik) va tolali (fibroz) astrositlar bo’ladi. Protoplazmatik (plazmatik) astrositlar asosan markaziy nerv sistemasining kulrang moddasi tarkibida bo’ladi. Hujayra tanasi yumaloq bo’lgan yadro joylashgan astrosit tanasidan har tomonga ko’plab yo’on, bo’yiga kalta o’simtalar chiqadi. Sitoplazmasi boshqa hujayra-larnikiga nisbatan tiniq, fibrillalari kam. Elektron mikroskop yordamida tekshirishlar sitoplazmasida protofibrillalar tutamlari borligini ko’rsatdi. Unda donador endoplazmatik to’r kam rivojlangan, lekn mitoxondriy nisbatan kam. Hujayra kiritmalaridan glikogen topilgan. Protoplazmatik astrositlar asosan chegaralab turish va trofik vazifalarni bajaradi. Tolali (fibroz) astrositlar asosan markaziy nerv sistemasining oq moddasi tarkibida uchraydi. O’zidan uzun va kalta o’simtalar chiqarib, to’rsimon tuzilishga o’xshab turadi. uzun o’simtalarning uchi bir oz kengayib kapilyar tomirlarga, kalta o’simtalari esa bosh miyaning yumshoq pardasiga borib tutashadi, shu erda u hujayra membranasi bilan chegaralab turish vazifasini o’taydi. Elektron mikroskopda tekshirib, unda protofibrilla tutamlari bilan mikronaychalar borligi aniqlandi. Endoplazmatik to’r deyarli uchramaydi, mitoxondriy ham kam uchraydi. Umuman unda hujayra organoidlari kam rivojlangan bo’ladi. 2. Ependimogliya (ependimositlar) kubsimon, bir qator joylashgan hujayralardir. Asosan orqa miya kanali va bosh miya kanalchalarining ichki yuzasini xuddi epiteliy to’qimasiga o’xshab qoplab turadi. hujayraning apikal qismida mayda kiprikchalar bo’lib, ular muttasil tebranib turadi va shu bilan orqa hamda bosh miya bo’shliidagi suyuqliklarni siljitib turadi. uning bazal qismidan ham bir nechta uzun o’simta chiqib, miyaning oq va kulrang qismlaridagi nerv hujayra-larining o’simtalari bilan tutashadi. Ba'zi hujayralar tarkibida sekretor pufakchalar topilgan, ular sekretini orqa miya suyuqligiga chiqarib beradi. Hujayraning sitoplazmasi markazida joylashgan yadro atrofida yirik mitoxondriylar, yosh tomchilari va pigment donachalari uchraydi. 3. Oligodendrogliya (olegodendrositlar) boshqa gliya hujayra-lariga nisbatan ko’p uchraydi. Markaziy nerv va periferik nerv sitemasida nerv hujayralari bilan o’simtalarining ustini qoplab turadi. bendan tashqari, ular nerv uchlarida ham bo’lib, impulslarni qabul qilish va uzatishda aktiv ishtirok etadi. Oligodendrogliyalarni elektron mikroskopda o’rganish shuni ko’rsatdiki, ularning tuzilishi nerv hujayralari tuzilishiga o’xshasa-da, lekin tarkibidla neyrofilamentlar yo’q ekan. Hujayra tanasi yumaloq, undan bir nechta kalta o’simtalar chiqadi. Olegodendrositlar nerv va hujayra tolalari ustini xuddi Shvann hujayralariga (lemmositlarga) o’xshab o’rab turishda ishtirok etadi. Nerv hujayralarining regenerasiyasi va degenerasiyasi jarayonida ishtirok etadi. ma'lum bo’lishicha, bu gliya hujayralari qon tomirlar bilan bevosita aloqada bo’lib oziq moddalarni qayta ishlab nerv hujayralariga uzatadi. 4. Multipotensial gliya mayda hujayra bo’lib, o’zidan talaygina o’simtalar chiqaradi. Uning boshqa gliya hujayralaridan farqi shundaki, bu hujayra yuksak darajada tabaqalanish va o’ta ko’payish xususiyatiga ega. Ayrim vaqtlarda u astrosit va olegodentrosit hujayralariga aylanadi. Bunday hollarda ularning sitoplazmasi qismida shu hujayralarga xos mikronaychalar, glikogen, neytrofilamentlar, mikrostruktura elementlari paydo bo’ladi. Ba'zan esa multipotensial gliya makrofaglarga ham aylana oladi. Gistoximiyaviy usul bilan tekshirishlar ularda nordon fosfat aktiv bo’lishini, lizosomalar ko’p ekanligini ko’rsatadi. Bu o’rinda shuni aytib o’tish kerakki, multipotensial hujayra katta organizmda kam tabaqalanadigan neyrogliya hujayralari qato-riga kiradi. Ular nerv to’qimada regenerasiya hamda himoya vazifalarini bajarishda ishtirok etadi. Mikrogliyalar (glial makrofaglar). Organizmning embrional rivojlanishi davrida mezenxima hujayralaridan hosil bo’ladi. Ular nerv to’qimasi tarkibida ko’p tarqalgan bo’lib, qon tomirlar atrofida fagositoz vazifasini bajaradi. Ko’pgina o’simtalari yordamida ko’chib yurish xususiyatiga ega, yadrosi yumaloq, xromatin moddasi ko’p. Ko’chib yurganida hujayra shakli o’zgaradi. Nerv to’qimalarining rivojlanishi. Nerv to’qimalari organizmning embrional rivojlanishi davrida ektodermadan hosil bo’ladi, ya'ni dastlabki davrda ektodermaning dorzal qismida kam tabaqalangan, ko’payish xususiyatiga ega hujayralardan nerv plastinkalari hosil bo’ladi. Nerv plastinkalarining chetlari asta- sekin yo’onlashib borib nerv naychasiga aylanadi. Silindr shaklidagi hujayralar ko’payishi natijasida nerv naychasi qalinlashib uch qavatga bo’linadi: ichki- ependima qavati, o’rta-mantiya qavati (yoki yopqich qavat), tashqi-chekka vual qavati. Bu qavat asosan oldingi qavat hujayralarining o’simtalaridan tarkib topadi. Ikkinchi va uchinchi qavatlar birinchi qavatni tashkil etuvchi hujayralarning ko’payishi va boshqa joyga ko’chishi natijasida hosil bo’ladi. Bu qavatlar hujayralaridan neyroblast, spoigioblast hujayralari va neyroblast o’simtalari paydo bo’ladi. Neyronlar hosil bo’lishida dastlab nerv sistemasining o’zagi deb atalmish neyroblastlar hosil bo’ladi. Neyroblastlarning o’simtalari esa bir tomonga yo’nalib (o’sib) markaziy nerv sistemasi bilan periferiknerv sistemasi o’rtasida impuls o’tkazuvchi «yo’l» ga aylanadi. Neyrogliya hujayralari paydo bo’lishida esa oldin spongioblastlardan ependima hujayralari, so’ng oligodendrositlar hosil bo’ladi. Oligodendrositlar bo’lsa, nerv naychasi tashqarisiga chiquvchi aksonlar tutamiga qo’shiladi. Keyin yalanoch qolgan aksonlar asta-sekin nerv tolalariga aylanadi va hokazo. Nerv to’qimalarining regenerasiyasi. Nerv to’qimalari regenerasiyasi haqida shuni aytish mumkinki, masalan, nerv tolasi shikastlansa, shikastlangan joyidan buyoi degenerasiyaga uchraydi, ya'ni ajrab qolgan o’simta kesigi yo’onlashib va ingichkalashib 2-5 kun deganda yorilib bo’lakchalarga bo’linib ketadi. Keyinchalik ko’p o’tmay, bu bo’lakchalar multipotensial gliyalar, leykositlar va astrositlar ishtirokida fagositoz qilinadi va so’rilib ketadi. Qavat-qavat bo’lib turgan mielin qoldiqlarini esa yuqoridagi hujayralar qaimrab oladi. Natijada ular sitoplazmasida ko’plab qavatma-qavat mielinli tanachalar paydo bo’ladi. Neyronning shikastlangan joyidan buyoidagi kesik o’simta emirilayotganda multipotensial glial hujayralar bilan astrositlar nobud bo’lmaydi, aksincha, zo’r berib mitotik bo’lina boshlaydi. Nerv tolalarining qoldiini hazm qilib bo’lgach, uzun tasma hosil qiladi. Nariroq borib esa mana shu lemmosit tasmalaridan o’simtalar chiqadi, ulardan esa keyinchalik neyron tanasi bilan bolanadigan oraliq o’simtalar hosil bo’ladi. Shikastlangan nerv tolasi o’rnida shu usulda yangi tolalar hosil bo’ladi. Ammol markaziy nerv sistemasining shikastlangan joyida bunday mitotik bo’linish yuzbermaydi. ADABIYOTLAR 1 . Qodirov E.Q. Gistologiya. Toshkent. «O’qituvchi». 1994 y. 2. Zufarov K.A. Gistologiya. Toshkent. «Medisina». 1991 y. 3. Zavarzin A.A. Osnova sravnitelnoy gistologii. Uchebnoe posobie. Leningrad. LGU. 1985 g. 4 . Kuznesov S.L., Mushkambarov N.N., Goryachkina V.L., Atlas po gistologii, sitologii i embrionologii. "Medisinaskoe informativnoe agentstvo». Moskva 2002 g. 5. Алимов Д . А . Гистология ва эмбриология . «Ўқитувчи» - 1966. 6. Антипчук Ю.П. Гистология с основами эмбриологии. М. Просвешение, 1983. 7. Афанасьев Ю.И. Гистология. М. «Медицина», 1989. 8. Бадалхўжаев Гистологиядан амалий машғулотлар. (ўқув қўлланма), Андижон-2006.