logo

San`at tarixiga muqaddima. Tasviry san`atning tur va janrlari. San`atning tarbiyaviy ahamiyati. Tasvir va ifoda vositalari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.5 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. San`atning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati. 2. Tasviriy san`atning tur va janrlari haqida. www.arxiv.uz San`at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo`ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go`zallik hissi ortdi, voqelikdagi go`zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o`zgarishlar sodir bo`ldi; aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san`at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san`at va san`atkorlar shu davrda paydo bo`ldi. San`at esa o`zining o`ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ`ib etuvchi kuchli g`oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste`dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go`zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, hulq va odatlari, yutuq va mag`lubiyatlari ularning asarlarida o`z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo`lgan ana shunday san`at hayot go`zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da`vat etdi. Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo`lib qolmay, balki o`zida inson aql-zakovati, hayot to`g`risidagi fikr- o`ylarini aks ettiruvchi ko`zgu hamdir. Jahon san`ati tarixini o`rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o`tmish odamlarning his-tuyg`u, hayotiy tajribalarini o`rganish g`oyaviy-istetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so`zsiz, kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Tasviriy san`at turlariga rangtasvir, arxitektura, grafika, haykaltaroshlik kiradi. Rangtasvir tasviriy san`atning eng muhim turlaridan bo`lib, maxsus polotnolarga, devorlarga ishlanadi. Tasviriy san`at asarlarida ifodalangan maqsad va mazmunni ochib berishda rang muhim o`rin egallaydi. Rangtasvir asarlari xususiyatiga ko`ra dasgohli mahobatli monumental, dekorativ, mo`jaz, turlarga bo`linadi. www.arxiv.uz Monumental rangtasvir me`morchilik bilan bog`liq bo`lib, ular uylarning devorlarini, shiftlarini bezashda qo`llaniladi. Katta hajmda uzoqdan ko`rishga mo`ljallanganligi uchun bular yaxlitlashtirilgan holda ishlanadi, ranglar ham shartli ravishda olinadi. Mo`jaz san`at asarlari turli mamlakatlarda shu jumladan O`zbekiston hududida juda ham qadim zamondan taraqqiy etib, qadimiy qo`lyozmalarga ishlangan. Chunonchi, Alisher Navoiyning “Xamsa” asarlariga ishlangan rasmlar bunga misol bo`la oladi. Dastgohli rangtasvir asarlari keng tarqalgan bo`lib, maxsus matolar, karton, yog`och, romkaga tortilgan mato-xolst va shu kabilarga ishlanadi. Dastgohli rangtasvir moybo`yoq, guash, suvbo`yoq, tempera buyoqlarida maxsus dastgoh (molbert)larga o`rnatilib ishlanadi. Grafika - lotincha “grafo” so`zidan olingan bo`lib, “yozaman”, “chizaman” degan ma`noni anglatadi. Tasviriy san`atning bu turiga oddiy va rangli qalamda ko`mir, pastel, sangina, suvbuyoq, guash va tushda ishlangan bezaklar, turli plakatlar, hajviy rasmlar va haqazolar kiradi. Haykaltaroshlik - tasviriy san`at turlaridan biri. U lotincha “skulpo” so`zidan olinib, qattiq materiallarga “qirqish, kesish, o`yish, taroshlash” orqali ishlov berish ma`nosini anglatadi. Tasviriy san`atning turlari. Portret - rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo`lib, kishilarning tashqi va ichki kechinmalarini tasvir orqali ochib beradi. Portret janrida ishlangan tasviriy san`at asarlari bizga musavvir yashagan davrni, madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi. Avtoportret - portret janrining ko`rinishlaridan biri bo`lib, musavvir o`zining tashqi qiyofasini o`zi tasvirlaydi. Manzara - janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko`rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqealar emas, balki musavvirning ichki www.arxiv.uz kechinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog`u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo`lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar. Manzara janrida musavvirlardan O`.Tansiqboyevning “O`zbekistonda mart”, “Jonajon o`lka”, “Mening qo`shig`im”, N.Kashinaning “Tog`da bahor”, Z.Inog`omovaning “Arpa o`rimi”, “Choyga”, R.Temurovning “Bibixonimda bahor”, “Ulug`bek madrasasi” asarlari mualliflarga shuhrat keltirdi. Natyurmort - fransuzcha so`z bo`lib, “jonsiz tabiat” degan ma`noni anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni o`rab turgan atrof muhitdagi narsalar, turmushda qo`llaniladigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gullar, meva va boshqalarni tasvirlaydi. U o`z asarida tevarak-atrofdagi narsalarni tasvirlash orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro`y berayotganligini ham ko`rsata oladi. Taniqli ijodkor musavvirlardan R.Axmedov, L.Salimjonova, G`.Abdurahmonov va boshqalar natyurmort janrida barakali ijod qilmoqdalar. Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz uzoq o`tmishda bo`lib o`tgan voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz. Tarixiy janrning ko`rinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir. Botal janr - “botal” fransuzcha so`z bo`lib, “jang”, “urush” ma`nosini bildiradi. U jang manzaralarini o`zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy yurishlar manzarasi asosiy o`rinni egallaydi. Botalist - rassomlarning asarlarida jangchi obrazi, uning qahramonligi, mardligi, jasorati hamda o`z ona Vataniga bo`lgan cheksiz muhabbati ifodalanadi. Leonardo da Vinchi, M.B.Grekov, G.K.Savitskiy, A.A.Deyneka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday musavvirlardandir. Taniqli ijodkor M.Nabiyevning “Spitamen qo`zg`oloni”, musavvir R.Rizamuhammedovning “Muqanna qo`zg`oloni”, musavvir T.Sodiqovning “To`marisning qasosi” nomli asarlari bunga yorqin misol bo`la oladi. www.arxiv.uz Animalistik - janr o`zgacha tasviry san`at turidir. U lotincha “anima”, “hayvonot olami” degan ma`noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot dunyosiga zo`r qiziqish, sevgi va mahorat bilan yondoshadi. Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamiyatga ega bo`lgan. O`sha davrda ular g`orlarining devorlariga kiyik, qo`tos, mamontlarning suratlarini chizganlar. Qadimga Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar tuzishda hamda monumental kompozitsiyalar yaratishda asosiy hisoblangan. XVI asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvirlar Leonardo da Vinchi va A.Dyurerlar ishladilar. Keksa haykaltarosh va grafik musavvir V.A.Vatagin o`zining asarlarida to`rt oyoqli do`stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi. Maishiy janr: tasviriy san`atda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik hayotini, turli voqealarni o`zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlari - Piter de Xox, Ostade, Sten, Terborx, Vermer kabilar ijodida namoyon bo`ladi. Realist rassomlardan P.Fedotov, V.Perov, V.Maksimov, V.Makovskiy, K.Savitskiy, I.Repin kabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta hissa qo`shdilar. O`zbek rassomlaridan R.Axmedov, M.Saidov, Z.Inog`omov, R.Choriyev, G`.Abdurahmonovlar ham shu janrning yetuk vakillari hisoblanadilar. Mashg`ulot rahbari o`quvchilarga nazariy bilim berish jarayonida mazmuniy to`liq ochib berishi uchun jonli nutq orqali so`zlash bilan birga musavvirlar asarlaridan surat- lavhalar, adabiyotlar, kino va diafilmlar va slaydalardan unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.