logo

O'zbeklarning moddiy madaniyati. Uy-joylari va ularning jihozlanishi. Do'ppining tarixi. Xalq teatri va milliy raqslar

Yuklangan vaqt:

25.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

64 KB
O`zbeklarning moddiy madaniyati. Uy-joylari va ularning jihozlanishi. Do`ppining tarixi. Xalq teatri va milliy raqslar Reja: 1. Milliy me`morchilik. 2. Uy-joy qurilishdagi o`ziga xoslik. 3. O`zbeklarning zamonaviy uysozligi. 4. O`zbek milliy do`ppilariga umumiy ta`rif. 5. Do`ppilarning tikilishi va amaliy bezatilishi. 6. O`zbekiston hududida raqs va teatr san`ati ilk namunalari. 7. O`zbek xalqi musiqa madaniyatida sozandalik va ijrochilik an`analari. 8. o`zbek teatr va raqs san`atining rivojida qadimiy musiqa asboblarining roli.  O`zbekistonning turli tabiiy-geografik sharoiti bu yerda har xil xalq me`morchilik maktablarini yuzaga keltirgan edi. hozirgacha saqlanib kelgan, asosan qurilish konstruksiyasi va uslubiy, tanirovkasi va bezaklari bilan ajralib turgan, mustaqil va o`ziga xos Farg`ona, Buxoro, Xiva va Shahrisabz me`morchiligi mashhur bo`lib kelgan. Masalan,Farg`ona vodiysida siyosiylik zona bo`lganligi asosan ikki qator qo`sh sinch uylar qurish, zilzila kam bo`ladigan Xivada esa qator sinchdan imorat solish odat bo`lgan. Yoki Farg`ona vodiysida yog`ingarchilik ko`p bo`lganligi uchun tom gurishda lombozning qalinligi 40 sm gacha kelsa, yog`ingarchilik kam bo`ladigan Xorazm vohasida lomboz 10-15 sm dan oshmagan. Uy-joy qurilishda o`zbeklarda ba`zi bir o`ziga xoslik saqlansa-da, umumiy yagona me`morchilik tipi keng tarqalgan. qadimiy uylarda odatda berk ko`cha va qo`shni tomoni derazasiz devor bilan hovlilardan iborat bo`lgan. Barcha turar joy va xo`jalik xonalarining oynalari ichki tomonga qaratilgan. Badavlat katta oilalarda hovli ikki qismga bolachaqa va ayollar uchun ichkari hamda erkaklar uchun mehmonxona tarzida hashamatli xonalarga bo`lingan. hunarmandlarda do`kon va shogirdlar yashaydigan xonalar ham tashqarida bo`lgan. o`rtacha oilalarda mehmonxona sifatida uyning bir hujrasi ajratilgan xona, kambag`allarda esa bo`lmagan. Ko`pchilik uy - joylarning planirovkasi oila a`zolarining soniga qarab bir necha uy (xona), dahliz va ayvondan iborat bo`lgan, xo`jalik xonalari, oshxona, hojatxona va molxona hovlida qurilgan. Zich aholi yashaydigan shaharlarda mehmonxona ikkinchi qavatda bolaxonada joylashgan. Masalan, Buxoroda ikki yoki uch qavatli uylar qurish odat bo`lgan. Toshkent va Buxoroda ayrim hovlilarning 80-90%, ba`zan hatto 100 foizi qurilish bilan band bo`lgan har bir metr joydan unumli foydalangan. Uy-joylarni qurishda ishlatiladigan an`anaviy asosiy material loy (paxsa), g`isht, guvala va yog`och (asosan terak va tol) bo`lgan. Pishgan g`ishtdan ilgari madrasa, hammom va katta boy hamda amaldorlarning uylari qurilgan. Ko`pchilik uylarda devorlar asosan somon aralash loydan suvoq qilingan, badavlat uylarning devorlari ganchdan naqsh bilan ishlangan. Asrimiz boshlarigacha uy-joylar poydevorsiz oddiy tekislangan yerga qurilgan, ba`zan tosh yoki bir-ikki qator pishgan g`isht to`shalgan yer tagi suvlari yaqin va tuzli sho`r yerlarda paxsa devoriga qamish yoki chipta to`shab devor ko`tarilgan. Buxoroda ba`zan uy ostiga yarim yerto`laga o`xshash omborsimon xona qurilgan. Odatda pol oddiy yer sathidan iborat bo`lib, uylari suvoqli, badavlat kishilar pishgan g`ishtdan polni to`shaganlar. Tomni gochustun va bolar bilan vassa hamda qamish yoki bo`yra to`shab loydan lomboz qilib bostirganlar. Tom har yili samon loy bilan suvab turilgan, yomg`ir yoki somon tarnov o`rnatilgan. Tashqi ko`rinish oddiygina va eshiklariga o`yma naqsh berilgan, dahliz va ayvonlari ixcham va peshtokli bo`lgan. Buxoro va Xivada hovli eshiklari jez yoki temirdan yasalgan. Bolg`a yoki halqasimon baldoq osilgan. Eski tipdagi uylarning xonalari va oynalari ayvonga chiqqan darchalar yer sathi ichkariga , darchalar tashqariga osilgan. Deraza yoki eshikning yuqori qismiga yorug` tushadigan piroman (tobazan) qo`yilgan, unga yog`och yoki ganjdan yasalgan panjara o`rnatilgan. Uyga kiradigan joyda eshik oldida to`g`ri burchakli peshtok (poychak) bo`lib, poyabzal yechib qo`yilgan.Eshik oldidagi burchakda suv tashlaydigan (oqizadigan) maxsus joy (obrez, adan, tashnov) joylashgan bo`lib, unga Buxoro va Samarqandda marmar tosh Xivada maxsus sopol buyum o`rnatilgan. o`zbek uylarida qadimdan mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan ayvon muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Uning tarkibiy qismi sifatida ayvonda yoki hovlida g`isht yoki loydan supa qurilgan. Ayvon va supa ba`zan butun xonalar qatoriga uzunasiga yoki bir qismiga baland qilib joylashgan. Toshkent, Buxoro va Xiva hovlilarida iqlimga qarab yozgi xonalar shimolga qaratilgan, baland qilib qurilgan va ancha boy bezatilgan, oldida janub tomonga qaratilgan qishqi uylar joylashgan. Xorazm hovlilarining yana bir xususiyati shundaki, ichki ayvon shimol tomondan baland qilib ko`tarilib, aksi tomon tom sathida bo`lib, yoz paytlari tabiiy ventilyatsiya (shamol partish) vazifasini bajargan. hozirgacha ko`pgina Xorazm uylarida keng va baland ayvon (dolon) qurilgan, ayrim joylarda qishloq hovlilari oldida tevaragi g`ujum (sodda) daraxti ekilgan sipoli hovuz mavjud. Mazkur me`morchilik tipi jazirama issiqdan saqlanadigan fayzli joy hisoblangan. Mahalliy uylarda turar joylarni chiroyli qilib bezash va jihozlash qadimdan odat bo`lib kelgan. Juda keng tarqalgan ikki qatorli sinch uylarning devori bo`ylab to`g`ri burchakli yoki peshtok (gumbaz) shaklida bir necha taxmon (takcha)lar o`rnatilgan bo`lib, ularda har xil uy-ro`zg`or buyumlari, idish tovoq va ko`rpa to`shaklar joylashtirilgan. Boylarning uyi nihoyatda nozik va jimjimador naqshlar bilan bezatilgan, ganj tokchalar va taxmonlar qimmat baho idishlar va boshqa buyumlar bilan to`ldirilgan. Marg`ilon va qo`qonda bunday taxmonlar yarim gumbaz shaklida osma bezaklar bilan bezatilgan. Buxoroda devorlar dastavval ganch bilan suvalib, o`yma naqshlar bilan rangli gullar yasalgan, Farg`ona va Toshkentda esa, askincha, devorlar tekis, shipga odat bo`lgan. o`ymakorlik va rang li bo`yoqlar bilan rasm solish Buxoro, Samarqand va Toshkentda keng tarqalgan. Eshik, darvoza va ustunlarga o`yma naqshlar berish Xorazmda keng tarqalgan. Uyni isitishda ko`p joylarda sandal ishlatilgan. Sandalning tagiga ko`mir yoqilib, ustiga katta ko`rpa to`shalgan va sandal tevaragiga oila a`zolar umumiy ko`rpaga yopinib yotganlar va o`ralib o`tirganlar. Farg`ona vodiysida sandaldan tashqari kamin tipidagi o`choq va unda qishda ovqat tayyorlangan. Xorazmda odamga yaqin joyda murish o`choq qurilgan, uni to`rt burchak yoki tuxumsimon yassi shaklda kichkina maydonchaga uchoqdan cho`g` tortib uyni isitganlar . hozirgi o`zbek uylari markazlashgan isitish uskunalari , vodoprovod va gaz bilan ta`minlangan. Shahar va qishloq uylarining ko`pchiligi sanuzel va kanalizatsiyaga ega. Xonalarning ichki tomonini zebu - ziynatlashga katta e`tibor berilgan. An`anaviy usulda polga chita yoki bo`yra to`shalib uning ustiga kigiz , palos yoki gilam yoyilgan. Ko`p joylarda devor bo`ylab ko`rpa to`shalgan va ovqat vaqtida va mehmon kelgan ( odatda mehmon uchun yangi ko`rpa to`shalgan) o`rtaga dasturxon yoyilgan. Toshkent va Buxoroda dasturxonni xontaxtaga yoyganlar. Ko`rpachalar eshik ro`parasidagi maxsus taxmonda yoki sandiq ustiga taxlangan. Yostiq bolishlar chiroyli qilib kashtalangan va qurama qilib tikilgan, ko`rpa yostiqlar ba`zan naqshli so`zanlar bilan yopib qo`yilgan. Choynak - piyola va boshqa: chinni , mis va billur idishlar maxsus taxmon yoki tokcha, reza tokcha, kosamon va hokazolar did bilan joylashtirilgan. Pastki katta tokchalarda nafis sandiq va qutichalar, idish-tovoqlar, patnis, qumg`on tuncha va samovar qo`yilgan. Ayrim badavlat uylarda tokcha va taxmonlar nozik o`yma rangli naqshlar bilan bezatilgan ko`p uylarda kiyim - kechaklar va boshqa buyumlar devorlarga qadalgan qoziqchaga yoki maxsus tortilgan ipga osib qo`yilgan hozirgi davrda an`anaviy jihozlanish zamonaviy mebel (garniturlar)ga o`tkazilib, ular ko`p qavatli va alohida uylarda hamda yuksak did bilan joylashtirilgan stenka va tokchalarga qo`yiladigan buyumlarning turlari nihoyatda boy va rang barang . Ayniqa hozirgi kelin - kuyovlar uyi chet el import garniturlari, xilma-xil idishlar va uy-ro`zg`or buyumlari qimmat baho gilam choyshab va yopinchoqlar noyob rasmlar va xaykalchalar bilan jihozlangan. Odat bo`yicha uyning to`ri mehmonniki yoki oila boshlig`i (eng keksa odam yoki uy egasi)niki. o`zbeklarda hozirgacha mehmondorchilik an`anasi nihoyatda mustahkam saqlanib kelganligi tufayli deyarli barcha uylarda mehmonxona yuksak did bilan bezatilib doimo toza turadi. Uyda eng yaxshi xonalar ham mehmonxona sifatida ajralib turadi. Ilgari ko`chmanchi yoki yarim ko`chmanchi hisoblangan o`zbeklarda qishloqlarga joylashib uy qurish asosan o`tgan asrlardan boshlangan (karlik, barlos va hokazo).Yaqin davrlargacha qishqi maydon qurishga uylardan tashqari o`tov yoki kapan saqlanib kelgan. Ba`zilar, masalan, tog`li sovuq joyda yashayotgan shu sababli etnik guruhlar ilgaridan mustahkam qurilgan uylar bo`lgan. Ammo ulardagi o`tovlar o`ziga xosligi bilan ajralib turgan. Masalan, o`zbeklarning turk qabilalarida lochig yoki kapa deb nomlangan o`tov yarim shar shaklida bo`lib, yoysimon sinch qovurg`alari bilan kubba (gumbaz)si yaxlit holda yerga tikilgan. Dashti qipchoq o`zbeklari o`tovi (uy,qora) ayrim panjarali devor (keragi)lar o`zaro bog`lanib, yuqori sferik shakldagi tomi uzun yog`och(uk) lar bilan berkitilgan. Ikkala o`tovni ham keragailar bog`langan qamishdan to`qilgan bo`yra va kigiz bilan yopganlar, dashti qipchoqliklarda maxsus to`qilgan kamar (ba`zan gilam shaklida bod boshkur) bilan o`rab bog`laganlar. o`tov o`rtasida gulxan yoqilib isitilgan, yuqoriga tuynuk qo`yilgan. Gulxan yoqiladigan joyga temir sopoldan uchoq qilib qozon osilgan. qattiq sovuqlarda gulxan yoqilib bo`lgach, yuqoridagi so`ri kigiz bilan bekitilgan. Yozgi jazirama issiq paytlarda, aksincha mo`rining ham, keragolar o`ralgan kigizning ham pastki tomoni shabada kirishi uchun ochib qo`yilgan. o`tovni jihozlashda asosan jundan ishlangan turli xalta, to`rva, gilam, har xil yog`och va temir buyumlar, sandiq, oyoq ostiga palos, kigiz, echki va qo`y terisidan ishlov berib tayyorlangan po`stak va xokazolar ishlatilgan. o`tovda ham eng hurmatli kishi-uy egasi yoki mehmon to`rga o`tkazilgan. o`tovga kirishdagi chap tomon erkaklarniki, , o`ng tomon xotinlarniki hisoblangan. o`zbeklarning saroy qabila-larida hozirgacha hovli ichida o`tovni uchratish mumkin. Uni ba`zan hovli oldidagi bog`da yoki poliz o`rtasida ham tiklaganlar. Ilgari kambag`al oilalar, ayniqsa ko`chmanchi o`zbeklar uy qurish yoki o`tov tiklash imkoniyatiga ega bo`lmay oddiy kapanlarda istoqomat qilganlar. o`zbek oilalari ko`pincha odat bo`yicha asli ochiq havoda hovlida vaqt o`tkazadilar. hovliga erta bahordan chiqiladi. Bu yerda asosan tok yoki daraxt soyasida yog`ochdan yasalgan, loydan yasalgan supada o`tiradi. hozirgi paytda uy-joylarning muhim jihozlaridan dazmol, televizor, sovutgich kabilar deyarli hamma oilalarda uchraydi. qishloq hovlilarida, shahardagi ayrim shaxsiy uylarda alohida oshxona, molxona va tandir mavjud. Barcha oilalarda gilam,palos, kigiz, so`zan va choyshab, kashtali parda va turli rasmlar hamda bezaklar xonalarga alohida husn bag`ishlaydi. Ayniqsa yoki kelin- kuyovlarga mo`ljallangan xonalar milliy tarzda xilma-xil kashtalangan dekarativ buyumlar qavat - qavat ko`rpacha, to`shak va idishlar bilan bezatiladi. Ko`p shahar va qishloq uylarida uy egalari fotosurat, tabiat manzarasi chizilgan rasmlari yanada uyga husn bag`ishlaydi. Qadimgi davrlarda bosh kiyimga qarab o`zbeklarning etnik va lokal guruhlari bilan farq qilingan. Erkaklar boshiga asosan turli xildagi do`ppi (do`ppi, taqyo) kiygan, ayollar esa ko`pincha rang -barang ro`mol yopingan. Do`ppining dastavval tagini va gardishi (kizagi) ni ayrim holda tikib kashtalaganlar va mayda kavalab qo`shib tikkanlar. Odatda, do`ppiga nozik gul qadab tikiladi, ayrim ayollarning do`ppisiga mayda munchoq, marjonlar. Xorazmliklarda jiyak va popuk taqiladi. Ilgari konus shaklidagi do`ppilar Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda tarqalgan, endi esa Shahrisabzda saqlangan. Biroz yapaloq yassi shaklda ichiga o`rab qog`oz bilan mayda qaviq qilingan do`ppilar asosan Farg`ona vodiysida ma`lum. Ayniqsa «Bodom» yoki «qalampir» chaqish oq ipak ip bilan tagi qora matolarga kashtalangan Chust do`ppisi nafaqat vodiyda, balki Chustdan tashqarida ham mashhur. Tagi kashta qilinib, rang -barang gul shaklidagi Xo`jand- o`rtatepa do`ppilari butun o`zbekitonga tarqalgan. Erkaklar kiyishi uchun qalpoq-kulox 4 bo`lak uch burchak matodan gardishsiz tikilgan. Konus shaklidagi baland kuloxni ilgari qalandorlar kiygan, tuxum shaklidagi chakkasi bir oz yumaloq kuloxni Buxoroda kishilar kiyganlar. Bunday bosh kiyim o`rta asrlar minatyuralarida ko`p uchraydi. Asli kuloxni ruhoniylar va dindor kishilar ko`proq kiyganlar. Kuloxga o`xshash teridan tikilgan qishqi telpak Samarqand va Buxoroda uchraydi. Farg`ona vodiysida va Toshkent viloyatida telpak duxoba yoki movutdan tikilgan tepasi tulki yoki safsar mo`ynasi, qo`y terisidan tikilgan. Telpak bichimida kiygizdan tikilgan qo`lpoqni asosan dashtda yashovchi aholi kiygan. qo`lqopning 2 chetida kesigi (kiyik joyi) va soyabon uchun keng himoyasi bo`lgan. Odatda qalpoq oq kiygizdan, himoyasining chekkasi esa qora chitdan tikilgan. Xorazm o`zbeklarining ayollari ipakdan tikilgan doirasimon shakldagi gulli taxyo (do`ppi) ga ipdan yoki qush patidan popuk o`rnatganlar, tangalar osganlar. Taxyo ustidan odatda ro`mol yopilgan. Bu yerda ro`mol turlari ko`p bo`lgan: mahalliy ustalar to`qilgan oq taqana va ipak ro`mol (chitkor gul bosgan, jundan to`qilgan naqshli sergul ro`mol, chetdan keltirilgan Boku ro`moli, Parang Fransuz yoki Ovro`pa ro`moli va hokazolar). Erkaklarning qadimdan kiyadigan bosh kiyimi chugirma bir necha turda qo`y terisidan tikilgan, qorako`l terisidan tikilgan sherozi popok va kulochin paydo bo`lgan. Butun O`zbekistonda salla o`rash ayniqsa bayramlarda ilgaridan shartli odat bo`lib kelgan. Ammo Farg`onaning ayrim tumanlarida va Xorazmda bayram bo`lsa-da, ba`zi kishilar salla o`rniga do`ppi yoki telpak kiygan, xolos. Sallani do`ppi yoki quloq ustidan o`raganlar, rangi va o`rash uslubi bilan bir oz farq qilgan. hozir salla o`rash kam tarqalgan, uni asosan qariyalar va dindor kishilar ko`pincha marakalarda va diniy bayramlarda o`rab chiqadilar. Ayollarning qadimiy an`anaviy bosh kiyimi gardishi baland yumshoq kulta (kiygich) hozir butunlay kiyilmaydi. Kultaning eski turida tepasi ochiq bo`lib, soch o`rami chiqarilgan, yoki qizlarning kiygichida tepasi yopiq bo`lgan. Salla o`rash o`zbek ayollarining qadimiy bosh kiyimi hisoblangan. XIX àñð îõèðègà kåëèá Ñàìàðqand, Toshkent va Andijonda bu odat qolib ketgan. hozirgacha ba`zi o`zbeklarda salla o`ragan ayollarni qisman uchratish mumkin. Ayol sallasi o`zaro bir oz farq qilingan. Ko`pchilik ayollar uni o`ziga xos shakldagi maxsus bosh kiyim-lachak ustidan kiyilgan. Samarqandliklar lachakni uzunroq qilib o`rab ko`krak va orqa tomonini bekitib turgan. Toshkentliklarda ham xuddi shu bichimda lachak kiyilgan. Samarqandliklar lachakni uzunroq matodan bir oz boshqacha shaklda tikkanlar. Janubiy Xorazm o`zbeklari salla shaklida aylantirib, bir uchini ko`kragiga tashlaganlar. Odatda ilgari uydan tashqariga chiqilsa, ayollar salla ustidan mirsak yoki uchburchak ro`mol shaklida oq yoki qizil ip matodan tikilgan charchi yopinib chiqqanlar. Eski odatga binoan sallani ayol birinchi farzand ko`rgandan so`ng o`ray boshlagan. Keyingi vaqtlarda ona birinchi nabira ko`rgach, salla o`rash odati paydo bo`lgan salla o`rash maxsus irimlar bilan qadimiy davrlardan kiyilganligi to`g`risida tarixiy ma`lumotlar mavjud. o`zbek lachagiga o`xshash bosh kiyim kishilik nomi bilan qozoq va qoraqalpoqlarda ham ma`lum. Ayollarning ko`pchiligi keyinchalik an`anaviy bosh kiyimidan voz kechib, har xil rangdagi va turli materialdan to`qilgan ro`mol yopina boshladilar. Ro`mol o`rash yoki yopinish ham turlicha, qulayligiga qarab o`raganlar. Faslga qarab katta rangli ko`p gulli ipak jun yoki to`qilgan tivit ro`mol o`rash odatda hozirgacha saqlangan. hozirgi davrdagi qizlar zamonaviy turmaklashga o`tganlar. o`zbek do`ppilari: Iroqi gargul (Toshkent). Tagduzi. Iroqi qurbaqa nusxa. Yo`rmaduzi (Samarqand). 5-6 Munchoq gulli (Andijon) Iroqi (Shahrisabz). 8-9 Boysun do`ppilari. 10 Iroqi sanama (Shahrisabz). 11-12 Boysun do`ppilari. o`zbek do`ppilari: 1-3 Marg`ilon To`ytepa do`ppilari. «Oshpar» nusxa (Samarqand), Buxoro zarduzi do`ppilari. «Toj» nusxa. «qahramon» nusxa. «Paxta» nusxa. «Paxta gulli» nusxa. Zamindo`z. «Xurshid» nusxa. Zamindo`zi. «Kandakori» nusxa. (XIX asr oxiri XX asrning birinchi yarmida tayyorlangan O`zbekiston Davlat san`at muzeyi va amaliy san`at muzeyi). Ma`naviy va madaniyatda muhim o`rnini egallagan o`zbek xalqining teatr va musiqa san`ati uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Respublikamizda o`tkazilgan arxeologik tadqiqotlar uzoq ajdodlarimiz yuqori darajadagi musiqa san`atiga ega ekanligini isbotlab berdi. Rasmlarda tasvirlangan fleyta, naysimon asbob, nay, arfa, lotna, shox doira kabi musiqa asboblarining mavjudligi bu yerda mazkur san`at rivojlanganligining yorqin dalilidir. Buyuk mutafakkur olimlar Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abduraxmon Jomiy kabi siymolarning musiqa sohasiga oid asarlari ham yaratilganligi o`rta Osiyo shu jumladan O`zbekistonning eng qadimiy musiqali elatlaridan ekanligini tasdiqlaydi. Arxeologik va etnografik tadqiqotlar O`zbekistonda raqs va teatr san`ati ilk namunalari ibtidoiy jamiyatda paydo bo`lganligini isbotlaydi. S.P. Tolstov kashf qilgan neolit davriga oid Xorazmdagi kalta minorliklar madaniyati manzilgohida jamoa maydonida ibtidoiy raqslar va teatrlashtirilgan marosimlar o`tkazilgan deb faraz qilinadi. Surxondaryo va Zarafshon vodiylarida topilgan minglab qadimiy rasmlarda Xivaga kelgan rus ofitseri N.Muravyov o`z tassurotlarini yozib qoldirgan. Xorazm xonandalarini qo`shni davlatlarga ham taklif etishgan. qo`qon xoni Umar xon o`z poytaxtiga xivalik mashhur xonanda va sozanda Xudoyberdi ustozini, Madalixon esa taniqli xonandalardan Solixbek va Mo`minbeklarni qo`qonga oldiradi. Xiva xoni Muhammad xon saroyida masxaraboz sozanda va chuyandalar ko`p bo`lganligini sayyoh A. Vamberiga ham xabar beradi. 1870 yilda Xivaga asir tushib 2 yil yashagan Ilya Ilichkov bozor maydonlarida, shahar tashqarisida sayl va bayramlarda juda ko`p sozanda, raqqosalar ishtirokida tomoshalar tashkil qilganligining guvohi ekanligini yozib qoldirgan. Bunday ahvol Buxoro amirligi qo`qon xonliigida namoyon bo`lgan. Bu yerda ham doimo xalq o`yinlari sahnalashtirilgan askiyabozlik va qo`g`irchoq teatr va masxrabozlik san`ati namoyish qilingan. o`zbek xalq teatri o`tgan asrda asosan 2 xilda namoyon bo`lgan: masxaraboz va qiziqchilar va qo`g`irchoq teatri. Birinchi jarayonlardan: kichik satirik mazmundagi sahnalarni bajaruvchi masxaraboz-qiziqchilar, repertuarlarini boyitganlar. 1939 yili A. Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatri. 1943 yili Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri va boshqa yangi teatr san`ati markazlari paydo bo`ldi. Ularning sahnalarida nihoyatda keng repertuarlar jahonda va ayniqsa Yevropa va Sharq klassiklari yaratgan ajoyib asarlari qo`yilgan va o`zbek teatr san`atini yuksak darajaga ko`targan edi. o`zbek xalqining musiqa madaniyatida qadimdan professional sozandalik an`anasi sozlangan. hozirgi paytda keng tarqalgan xalq ashulalaridan tashqari, ancha keng tarqalgan xalq ashulalaridan, zo`r mahorat talab qilinadigan qo`shiqlar ko`p bo`lgan. Sozandachilik san`ati og`zaki yo`l bilan avloddan-avlodga o`tib kelgan xalq kuylarini, she`r va raqslarni ustozning shogirdiga yetkazish orqali namoyon bo`ladi. Professional sozandalar asosan shaharlarda joylashgan. Ularning ko`pchiligi ashulalarni asosan kuychan va did bilan, ajoyib ovozi va musiqa asboblarini zo`r mahorat bilan chalib ijro etib kelganlar. XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida xalq ijrochilaridan buxorolik sozanda ashulachi ota Buvajon tuk-tuk bilan Yemirdi masxaraboz kabi san`atkorlar butun Xiva xonligida tanilgan. o`zbek teatr va raqs san`atida qadimiy musiqa asboblarining roli nihoyatda katta. o`zbek xalqi juda ko`p va xilma-xil musiqa asboblarini yoritib ajoyib kuylarni bastalagan iste`dodli san`at ustalariga ega bo`lgan. hozirgi musiqa asboblarini 3 guruhga bo`lish mumkin. Birinchi guruh- torli kamancha bilan chalinadigan g`ichchak, qo`biz sato chertib chalinadigan torli dutor, tanbur, do`mbira, rubob va urib chalinadigan torli changdan ishlagan nay, surnay, qushnay, balaban va misdan yasalgan karnay kiradi. Uchinchi guruh- urib chalinadigan asboblar-doira, nog`ora, safoyil,qayroq va qoshiqlardan iborat. har xil musiqa asboblariga o`ynaydigan sozandalar o`ziga xos ansambllarni tashkil qilgan. Ularning ko`pchiligi ayrim xonandalar bilan birga to`y va sayillarda jo`r bo`lib chiqqanlar. Xorazmda o`tgan asr oxirlaridan boshlab garmon ishlatila boshlagan. Bu asbobni asosan xalifalar ishlatgan hozir esa akardion, gitara, balalayka va elektron musiqa asboblari ham ansamblning tarkibiy qismiga aylangan. Jalol Nosirov va tanburchi ota g`iyos Abdulg`ani, samarqandliklardan sozanda va dutorchi Xo`ja Abdulaziz Rasulov va xonanda Levi Doboxonov, xorazmlik tanburchi Matyusuf Xorrotov va xonanda Xudoyberdi qurbonov, Abdulla balabanchi va Boboxon balabanchilar, marg`ilonlik sozanda Berkinboy Fayziyev, tosh-kentlik xonanda mulla To`ychi Tomuhammedov va boshqalar xalq orasida juda katta obro`ga ega bo`ldilar. Eng xarakterli professional musiqa janrlaridan og`zaki ijro qilinib, ba`zan dutor va tanburlar bilan jo`r qilinib kelgan maqom kuyi hisoblanadi. Sozandaning iste`dodi va mahorati mana shu vokal kuyini ijro etilishiga qarab baholangan. Chunki bunday murakkab katta kuyni ijro etish uchun zo`r san`at talab qilinadi. Bizgacha yetib kelgan ashula matnlaridan ma`lumki ilk to`la maqom XVI-asrga oid Buxoro «Shoshmaqomidir». Maqomlar ancha takomil-lashgan. U kuyi, murakkab shakliy va jiddiy tuzilgan ritmi bilan boshqa ashula va kuylardan ajralib turadi. Uning asosiy mazmuni lirik sevgi va didaktik she`rlardan bo`lib odatda eng mashhur shoirlar yaratgan asarlardan bastalangan. Masalan, hozirgacha eng sevimli maqomlar Umar Xayyom, Jomiy, Rumiy, Navoiy kabi klassik shoirlarning g`azal va she`rlari asosida kuyga solingan. Amir xonlik va bek hukmdorlari saroyida maxsus ashulachilar ansambli saqlangan. Ayrim ijodkor sozandalar xatto saroyda devonlik xizmatini ado etib ansamblda ishtirok etganlar. o`sha vaqtda ijod qilgan Igor Palvon, Niyoz Muhammad Mirzaboshi Komil Xorazmiy birinchi bo`lib «Xorazm tanbur notasi» ni yozib ilmiy asoslab bergan. Uning o`g`li Mirzo ham otasi kabi shoir bastakor bo`lib yetishadi. Mirzo «Safo» va « Ufoviy» kabi ajoyib kuy bastalab «Shosh-maqom»ning rost maqomiga qo`shadi. g`azal boyitilishi uni musiqaga solib kuylash ashula va raqs bilan bog`liq san`at turlarini yaratishda katta xizmat ko`rsatgan Komil Xorazmiy, Safo Mug`anniy Ollaberganov, Muhammad Yusuf, Muhammad Yoqub o`g`li Chopar, Ismoil Ponayevlar bilan bir qatorda Muhammad Yoqub dorchi, Avaz dorchi, Yoqub pozachi, Abduraxmonbek kabi bastakorlar maqomchi ashulachilar, mashhur o`yinchi raqqosalar o`zga joylarda ham nom chiqarganlar. Xalq orasida, to`y tomoshalarda va sayillarda o`z san`atini namoyish qilgan masxarabozlardan xivalik Xudoybergan ko`r bilan Matchon ko`r, sahnalashtirilgan chiqishlarni bajaruvchi yirik vakillardan ya`ni, askiyaboz, dorboz, muallakchi, nayrangboz, yog`ochoyoq va musiqachilar qurilmasidan iborat bo`lgan. Ikkinchi xili qo`g`irchoq teatri yoki qo`g`irchoq o`yini hamda qo`l qo`g`irchog`idan tashkil topgan. Barcha xalq teatri san`atkorlari masxarabozlar, qiziqchilar, qo`g`irchoq o`yinlari, sozandalar bir uyushmaga birikkanlar. Bir uyushma «mehtorlik» yoki «perxonan sozanda» deb nomlangan va o`zining risolasiga ega bo`lgan, uning boshida maxsus saqlangan oqsoqol – mehtarboshi turgan. Ularning risolasida ayrim san`at turlarini kelib chiqishi to`g`risidagi afsona va rivoyatlar,sanatkorning xulqi atvori va ayrim kasb korlari bayon etilgan. Xalq teatri aktyorlarining chiqishlari har xil vaziyatda bo`lib turgan. Ba`zan oilaviy marosimlar, og`ir sharoitga to`g`ri kelgan. Odatda bu chiqishlarga ko`p tomoshabinlar to`plangan. Ayniqsa qiziqchi teatrida ijro etiladigan improvizatsiya o`tkir satirali syujetga ega bo`lib, xasis boy, sudxo`r qozi va boshqa mansabdorlar ustidan achchiq kulgi bilan tomoshabinlarni juda mamnun qilgan. Aktyorlar hukumron sinflarni tasvirlaganda ularning tilamchirligi, xasisligi va boshqa illatlarni dadil fosh qilganlar. Masalan «hasan husan» nomli pyesada qizg`anchiq boy, bir molni ikki marta pullashga harakat qilgan aldamchi savdogar obrazi tasvirlangan. qo`g`irchoq teatri namoyish qilgan pyesalarning ham ko`pchiligi mazkur mazmunda bo`lgan. Masalan bir necha variantda ijro etilgan «kachal polvon» shunday o`tkir syujetlardandir. Bu pyesada har xil improvizatsiya qilish, ijro jarayonida qo`shib o`tkir diologlar kiritish imkoniga ega bo`lgan. Ammo mahalliy hukmron sinf vakillarini quvg`in qilganlar. Ayrim aktyorlar satirik chiqishlari uchun taqiblanib shavqatsiz jazolanganlar. Albatta xalq o`zlarining sevimli aktyorlarini himoya qilgan, ularning saflarini iste`dodli yoshlar bilan to`ldirganlar. Keyingi yarim asrdan ortiq davr ichida xalq teatrlari paydo bo`ldi. Masxaraboz— qiziqchilar, dorbozchilar milliy sirkning yaratilishida, qo`g`irchoq o`yinlar, ashulachi va raqqosalar ya`ni dramatik teatrlar paydo bo`lishida katta hissa qo`shdilar. Dastlab Toshkentda keyin quqon, Farg`ona, Andijon, Xiva. Urganch va boshqa shaharlarda professional teatrlar paydo bo`la boshlagan edi. Ular nafaqat milliy mavzuda, balki jahon klassik asarlari bilan o`z tosh davrida ishlagan ajdodlarimizning maxsus niqoblangan ovchilik marosimlarini bajarayotganligini tasvirlaganligi ham xalq teatrlari va raqslari tarixi nihoyatda qadimiy ekanligini ko`rsatadi. Shunisi qizikki, ayrim tadqiqotchilarning «Xorazm lazgi»siniStrabon va Predot tasvirlagan qadimgi masjidlarning marosimlarida kechasi gulxan yoqib qo`shiq aytib raqs tushganligini, uni hozircha Xorazm to`ylarida qish kunlarida o`t yoqib ijro etiladigan ashulaga jo`r bo`lib lazgi va boshqa raqslarga qiyos qilishganligini mantiqiy asosli desa bo`ladi. Etnograf To`ra qilichevning fikricha «Lazgi» o`yini ibtidoiy jamiyatidagi xorazmliklarning qahramonlik xarakterini saqlab qolishi juda ko`p ibtidoiy qabilalarda o`tkaziladigan zafar tantanalaridagi harbiy raqslarni eslatadi. o`zbeklarning ommaviy teatrlashtirilgan sayillarida ayniqsa Navro`z kabi yirik xalq bayramlarida o`tkaziladigan tantanalarda xalq ijodining barcha namunalari keng namoyish qilingan. Tadqiqotchilarning fikricha xalqning eng sevimli bayrami Navro`z bo`lgan. o`tgan asrda Xorazmda xalq teatri va ashula, raqslar taraqqiy etganligini bu yerga kelgan sayyoh va harbiylar ham tasdiqlaydi. Masalan, XIX asr hozirgi sozanda va ashulachilar hamda raqqosalar shaxsiy tarzda emas, balki maxsus musiqa maktablarida konservatoriyada ta`lim olib zamonaviy xonanda va raqqosalar bo`lib yetishmoqda. An`anaviy kuy va raqslar zamonaviy orkestr va ansambllarda, televideniya va radio, kino va teatr sohalarida, ashula, raqs san`ati jahon madaniyatiga o`zining salmoqli hissasini qo`shmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.Jabborov «o`zbek xalq etnografiyasi» 2. Ostraulov N.A. «Sarti» T-1908 3. Etnografiya M-1992 4. «O`zbek ensiklopediya» si T-1997 5. M. Rustamov. o`zbek xalq etnografiyasi I-IV jild. Toshkent-1991 6. O`zbekiston ensiklopediyasi 16-4 sonlar 7. T. Xo`jayev qadimgi Toshkent aholisi T-1993