logo

IX-XII asrda musulmon uyg'onish davri. Sharq olimlarining dunyo ilmiy tafakkuri taraqqiyotiga qo'shgan hissasi

Yuklangan vaqt:

24.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

70 KB
IX-XII asrda musulmon uyg`onish davri. Sharq olimlarining dunyo ilmiy tafakkuri taraqqiyotiga qo`shgan hissasi Reja: 1.Islom-mintaqa xalqlari madaniy munosabatlari bog`lovchisi. 2.Ilmiy bilimlar rivojida Ma`mun Akademiyasining roli. 3.Sharq qomusiy olimlarining dunyo ilmiy tafakkuri taraqqiyotiga qo`shgan hissasi. 4.O`rta Osiyoda Sufizm tariqatining vujudga kelish sabablari.  1. Islom ( arab . Bo`ysunish, itoat etish, o`zini Alloh irodasiga topshirish) – jahonda keng tarqalgan uch dindan biri . Islom diniga e`tiqod qi luvchilar «muslim» (sadoqatli, ko`pligi «muslimun») deb ataladi. «muslim », «muslimun» so`zinig boshqa xalqlar orasida o`zgacha talaffuz etish ( mass, forslarda- musalmon, o`zbek- musulmon, qirg`iz va qozoqlarda-musurmon, Ukraina va Rossiyada- basurman ) natijasida bu dinga e`tiqod qiluvchilr turli nom bilan ataladi.Lekin bularning ichida musurmon nomi keng tarqalgan. Jahonda qariyb 1,2 mlrd kishi Islom dinig e`tiqod qiladi. Islom dini ilk O`rta asrda barcha musulmon mamlakatlari singari O`rta Osiyo xalqlari madaniyati, ma`naviyatining eng asosiy va nixoyatda muxim bo`lgan qismigagina emas, xislatiga ham aylanganligini yuqorida qayd qilib o`tdik. Islomning asosiy muqaddas manbai — Qur`on oyatlari va sur`alaridir, ularda asosiy diniy qonun-qoidalar, aqidalar bayon etilgan. Undan so`ng asosiy man bai Hadis — Muhammad payg`ambarning aytgan so`zlari, uning hayotiy faoliyati, ko`rsatmalari haqidagi rivoyatlar to`plamidir. Bu ikki asosiy manba muqaddas hisoblanib kalom va shariat shular asosida vujudga kelgan. Qur`on, hadis va bosh q a diniy manbalarni tal q in etish tafsir keng avj oldi. Bularning hammasi O`rta Osiyoda keng tarqaldi. Ularni shu bilan birga islom dinshunosligining muxim tarmog`i sifatida shakllantirish va rivojlantirishda Movarounnahr va Xurosonning dinshunos olimlari, mutafakkirlari ham katta hissa qo`shdilar, bu bilan ular butun musulmon olamida nom tarqatdilar. Umuman qadimgi madaniyatga ega bo`lgan O`rta Osiyoda islom dini va dinshunosligiga ma`naviy madaniyatning ifodasi axloqshunoslikning yunalishi sifatida munosabatda bo`lingan. Xususan IX asrda musulmon o`lkalarida xadisshunoslik, xadis to`plash, uni o`rganib tartibga solish, dinshunoslikning eng muhim sohalaridan hisoblangan. To`plangan hadislarning hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis (hadis to`plovchi) mashxur bo`ldi. Muhaddislar ichida eng obro`lisi va mashho`ri Imom Buxoriydir (809—870). U Buxoroda tug`ilib, shu yerda o`z davri ilmlarini, ayniqsa diniy bilimlarni har tomonlama o`rgangan. So`ng o`z bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, Bag`dod, Damashq, Hijoz, Kufa, Nishopu r kabi juda ko`p shaharlarga borgan. Bu shaharlarda u ko`p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, so`ng o`z Vataniga qaytib Samarqand yaqinida vafot etgan. Buxoriydan bizga juda katta meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid 20 ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma`lum. « Al-Jome` as-Sahih.», «At-tarix al-Kabir», «At-tarix as-sagir», «Al-Adab al-mufrad» kabi asarlar shular jumlasidandir. Buxoriyni butun musulmon olamiga mashxur qilgan asari to`rt jildli «Al-Jome` as-Sahih.» («Ishonchli t o`p lam») b o`lib , u « Sa h i h al- Buxoriy» nomi bilan h am ma`lumdir. Bu asar 160 qismdan iborat bo`lib, 3450 bobni o`z ichiga oladi. «Sahih» butun musulmon olamida keng tarqalgan, unga takliflar, sharxlar, tadqiqotlar yozilgan. Buxoriyning yaqin shogirdlaridan bo`lmish mashxur muhaddislardan biri Imom at-Termiziydir (824—892 ). U Termizga yaqin bir qishlog`ida tug`ilib, Sharqning juda ko`p shaharlarida bo`lib, o`z davrining diniy ilmlarini egallagan va o`z vatanida vafot etgan. At-Termiziy o`ndan ortiq diniy asarlar muallifidir. Termiziyning musulmon olamiga mashxur qilgan asari «Jome at-Termiziy» yoki «Sunan at- Termiziy»dir. O`rta Osiyolik olimlar hadisshunoslik bilan birga islom xuquqshunosligi — fiqf hamda Qur`onga tafsir yozish sohasida ham shuxrat qozonganlar. Masalan, O`rta Osiyodan chiqqan mashhur huquqshunoslardan B urxoniddin Marg`inoniy, Abu Lays Samarqandiylarni ko`rsatib o`tish zarur. Islomning asosiy manbai «Qur`on»ga tafsir (sharh izox;) yozish soxasida xam bu davrdagi O`rta Osiyolik olimlardan Xorazmda yashab ijod etgan Zamaxshariy, Faxriddin Roziy kabilar o`z asarlari bilan Islom din shunoslari orasida nom qozonganlar. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, bu davrda dinshuoslik, islom ilohiyotini urganish, kalom, fiqh, ilm-fan, ilmiy madaniyatning muhim sohalaridan hisoblangan va ilmlar tasnifi tizimida muhim o`rin egallagan. Shu sababdan bo`lsa kerak bu davrda qomusiy olim mutafakkirlar turli aniq bilimlar qatorida diniy bilimlar bilan ham mashg`ul bo`lganlar. Diniy bilimlarni O`rta asr ma`naviyati, madaniyati o`zining uzviy va tarkibiy qismi sifatida talqin etgan. Shuningdek, manbalarda islomni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan bilimlar shariat ilmlari deb nom olgan. 2. Ko`hna Xorazmning boy o`tmish tarixi ming yillarga borib taqaladi. Kishilik tsivilizatsiyasining ko`hna beshiklaridan bo`lgan Xorazmda azal-azaldan ilm-ma`rifat ham yuqori darajada taraqqiy etganligi ma`lum. Shu tabarruk zamin Prezidentimiz Islom Karimov ta`biri aytganda «dunyoga Muso al-Xorazmiy va Abu Rayx on Beruniy, Maxmud Zamaxshariy va Najmiddin Kubro, Paxlavon Maxmud va Ogahiy singari buyuk zotlarni bergan» Bundan ming yil avval shu muqaddas zaminda «Dorul xikma va ma`rif» yoki «Majlisi uloma» nomi bilan mashxur bo`lgan Sharqning qadimiy ilmiy markazini vujudga kelganligi Markaziy Osiyo xalqlari xayotida katta voqea bo`ldi. « Darul xikma va ma`rif» ning ilmiy faoliyati o`tgan asrda Yevropa va rus sharqshunos olimlaridan Eduard Zaxau, S.P.Tolstov, I.Yu.Krachkovskiy, P.G.Bulgakov , o`zbek olimlarndan akademik Yahyo G`ulomov, Ibrohim Mo`minov, Muzaffar Xayrullaev va Ashraf Ahmedovlar tomonidan chuqur o`rganildi. Ular shu ilmiy markazni xuddi Bog`dodda IX asrdagi «Bayt ul - xikma» («Xikmatlar uyi») kabi Sharqning o`z davridaga yirik ilm-ma`rifat dargohi - Fanlar akademiyasi bo`lganligini asoslab berdilar. XI asrda Xorazmshohlar poytaxti Gurganjda vujudga kelgan bu ilmiy markaz endilikda Xorazm Ma`mun akademiyasi nomi bilan mashxur. O`zbekiston Respubllkasi Prezidenti Islom Karimovning sa`y-harakati bilan YUNYESKO tashkilotining Bosh konferentsiya 2003 yil sentyabr-oktyabr oylarida bo`lib o`tgan o`zining 32 sessiyasida Xorazm Ma`mun akademiyasining 1000 yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi.  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o`zining 2004 yil 9 noyabrida ana shu tarixiy sanani 2005 yil oktyabrda keng nishonlash haqidagi tarixiy qarorini e`lon qildn. Bu tarixiy qaror o`zbek xalqining asriy orzularini ruyobga chiqardi, ularning quvonchiga quvonch bag`shladi. «Darul xikma» yoki «Majlisi uloma » nomi bilan atalgan bu ilm maskani bir gurux, olim, adib, shoirlarning tasodifiy yig`ini emas edi. Boshqacha aytganda u tasodifan vujudga kelmadi, aksincha o`zining mustahkam ma`naviy zaminiga ega edi. Ma`mun Akademiyasi avvalo ko`hna Xorazmning uzoq o`tmishdagi ilm- ma`rifat ildizlari bilan bevosita aloqador, shuningdek u ilk o`rta asr Uyg`onish davri madaniy yuksalishining qonuniy natijasi bo`ldi. Zero ko`hna Xorazmda ayniqsa, falakiyot (astronomiya), riyoziyot (matematika) va boshqa ilmlarga bo`lgan qiziqish ancha erta vujudga kelgan. Ma`lumki IX-XIII asr boshlari Sharq xalqlari tarixida Sharq Uyg`onish davri yoki «Islom Renessansi» nomi bilan mashho`rdir. Bu davr ilgari xalifalik tarkibiga kirgan Yaqin Sharq, O`rta Osiyo, Xorazm, Xuroson, Eron, shimoliy Hindiston va ularga qo`shni bo`lgan mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ilm-ma`rifiy sohalarda yuksak taraqqiyotga erishilganligi bilan ajraladi. IX asrga kelib poytaxt Bag`dodda tabiiy va gumanitar fanlar bilan shug`ullangan Sharqning bir gurux mashhur olimlari, mutafakkirlari va tarjimonlari faoliyat ko`rsatib, ular o`zlarining bebaho asarlari bilan dunyo fani taraqqiyotiga o`lkan hissa qo`shdilar. IX asrda Bag`dodda faoliyat ko`rsatgan «Bayt ul-xikma.» Sharqning to`ng`ich akademiyalaridan sanalib, mazkur ilmiy dargohda ijod qilgan olimlarning aksar ko`pi, jumladan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al- Farg`oniy, Ahmad al-Marvaziy, Abbos al-Javhariy va boshqalar Mavarounnahr va Xorazm zaminidan yetishib chiqqan taniqli allomalar va mutafakkirlar edi. Ular tomonidan yaratilgan bebaho asarlar va ilmiy kashfiyotlar keyinchalik Xorazm Ma`mun akademiyasi olimlar jamoasining nazariy va amaliy ilmlar sohasida erishgan yutuqlari uchun ma`naviy asos bo`lgan edi.  Beruniy, Abu Nasr ibn Iroq, Ibn Sinolar o`z tadqiqotlarida Bag`doddagi «Bayt ul-hikma» olimlari, Hindiston va antik Yunon olimlari va mutafakkirlari asarlaridan keng foydalanganliklarini mamnuniyat bilan qayd etadilar. Xususan Aristotel, Ptolomey, Yevklid, Gippokrat, Galen, Pifagor kabi qadimgi Yunon mutafakkirlarining nomlari xurmat bilan tilga olinadi. Darhaqiqat, eldoshimiz Muhammad al-Xorazmiy (783-850) «Bayt ul- xikma» ning yetakchi olimi,- ilmiy rahbari, fanda -yangi yunalish va maktab yaratgan allomalaridan edi. U astronomiya, matematika, geografiya, tarix va boshqa fanlar sohasida o`nlab asarlar meros qoldirgan. Uning «Al - jabr val- muqobola » kitobi jahonda birinchi bo`lib algebra faniga asos bo`lgan asarlardandir. Olim matematika fanida o`nlik pozitsion hisoblash sistemasini yaratdi. Shu asosda u qo`shish, ayirish, ko`paytirish, va bo`lish amaliyotining qulay va oson yo`llarini kashf etib, Sharq va Yevropani hisoblash tizimiga o`rgatdi. Beruniyning guvohlik berishicha 1X-X asrlarda O`rta Osiyoning bir qator shaharlarida Buxoro, Samarqand, Marv, Kat va Gurganjda ko`plab nodir qo`lyozma asarlarni o`ziga jamlagan o`nlab kutubxonalar yuzaga kelgan bo`lib, ular o`z davrining nufuzli madaniyat markazlari sanalgan, Marvda masjid qoshidagi qadimgi kutubxonada 12 mingdan ortiq turli fanlarga doir kitoblar bo`lgan. Shuningdek Beruniy O`rta Osiyoning yuqoridagi kabi shaharlarida bunyod etilgan rasadxonalarda olimlar muntazam ravishda astronomik kuzatishlar olib borganliklari haqida ma`lumot beradi. Muxtasar qilib aytganda 1X-XIII asrlarda Sharqda yuz bergan madaniy uyg`onish butun O`rta Osiyo, Xorazm, Eron, Xuroson , arab mamlakatlari Xindiston xatto qadimgi Yunoniston va Italiyaning yuksak ilmiy-madaniy merosiga borib taqalganligi ma`lum. Xorazm Ma`mun akademiyasi ancha shu boy ilmiy merosdan ijodiy foydalandi, ular yaratgan ilmiy g`oyalarni o`z tadqiqotlari va kashfiyotlari bilan yanada boyitib eng yuksak pog`onaga ko`tarishga muvaffaq bo`ldilar.  1X-XIII asrlarda Movarounnaxrda xususan Xorazmda yuz bergan madaniy yuksalish haqida so`z borganda yana bir muhim faktori katta rol uynaganligini ham hisobga olish lozim. Darhaqiqat mazkur yuksalish butun O`rta Osiyo va ko`hna Xorazm zaminida uzoq o`tmishda yaratilgan ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy ildiz bilan bevosita bog`liq. 3. O`rta asr madaniyati shu darajada yuksaklikka ko`tarilganki, dunyoviy ilmlar, turli aniq fanlarning yutuqlari, natijalari uning mazmunini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan, turli sohalarda ijod etilib, katta yutuqlar qo`lga kiritilgan. O`rta Osiyoda dinshunoslikning o`ta rivoj topgan asri IX asr bo`lsa, XII asr ilm-fan taraqqiyotining cho`qqisi bo`ldi. O`sha davrdagi ilmning hajmi, miqyosi, kengligi ayrim mualliflar asarida uchrovchi ilmlar tasnifida yaqqol namoyon bo`ldi. O`z davrining qator qomusiy ahllari — Forobiy, Ibn Sino kabilar bu masalaga katta e`tibor berdilar, ayrim mualliflar esa unga maxsus asarlar bagishladilar. IX—XII asrlar davomida O`rta Osiyo xalqlari dunyo madaniyatiga ilm- fanning turli soxalari bo`yicha, xususan, arab yoki traditsion an`anaviy ilmlar, ya`ni asosan gumanitar ilmlar sohasida ham, noarab, noan`anaviy ilmlar, ya`ni falsafiy ilmlar, tabiatshunoslik ilmlari sohasida ham juda ulkan hissa qo`shdilar. Bu davrda yashab ijod etgan O`rta Osiyolik buyuk olimlarning ijodi, faoliyati, asarlari O`rta asr ilm-fani rivojida nixoyatda muxim o`rin tutadi. O`rta Osiyodan chiqqan Xorazmiy, Farg`oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy singari olimlarning nomi butun Sharq va Ovro`po O`rta asrida nihoyatda xurmat bilan tilga olinadi. Xorazmiy O`rta asr Sharqida birinchi bo`lib tarix yozganlardan biridir. Uning «Kitob at-tarix» asari dan ayrim parchalar saqlanib qolgan. Bulardan tashqari yana u astrologiyaga oid, kalendar tuzish, vaqtni o`lchash, soat haqida ham risolalar yozgan, lekin ularning ko`pchiligi bizga qadar yetib kelmagan.  Hindistonda vujudga kelgan o`nlik sistemasi Xo razmiy asari tufayli musulmon Sharqi va Ovro`poga ma`lum bo`ldi. Uning « Ziji» asari qadimgi yunon va hind astronomiyasi erishgan yutuqlar asosida yaratilib, u O`rta asrda bu sohadagi tadqiqotlarni boshlab berdi. Xorazmiyning zamondoshlaridan biri mashxur ast ronom Abul Abbos Farg`oniydir (860 yillar o`rtasida vafot etgan). U ham O`rta Osiyodan bo`lib, xalifalik markazi Bag`dodda xizmat qildi, musulmon Sharqida falakiyot ilmiga asos soldi. Uning jug`rofiya, falakiyotga oid asarlari ma`lum bo`lib, uni dunyoga mashxur qilgan «Javomi ilm an-nujum val xarakat as-samo-viya» kitobidir. Bu asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, tezda butun Ovro`poda mashxur bo`lib ketdi. Algorezm kabi uning lotincha nomi « alfraganus» ham o`sha davrdagi juda ko`p manbalarda uchraydi. Farg`oniyning bu asarida juda ko`p pa muhim jug`rofiy ma`lumotlar ham keltiriladi. Shuning uchun ham uning nomi juda ko`p manbalarda O`rta Osiyolik mashxur astronom va geograf sifatida tilga olinadi. Kurinadiki, bu davrda qomusiy olimlar bilan birga ma`lum ilmlar darajasi yoki konkret ilm soxasi bilan shug`ullanib, unda muxim natijalarni qo`lga kiritgan bir qator olimlar ham faol ish olib borganlar. XIII asrda O`rta Osiyoning turli shaxarlarida ilm bilan mashg`ul bo`lgan olimlarni sanab o`tish mumkin. Xakim Termiziy, Ismoil Jurjoniy, Charminiy, Sam`oniy, Zamaxshariy, Narshaxiy, Balxiy, Masixiy, ibn Iroq, Faxriddin Roziy, Muhammad Buxoriy, Abduraxmon Marvoziy kabi ko`plab olimlar shular jumlasidandir. Ismoil Jurjoniy -Ibn Sinodan so`ng tibbiyot sohasida fors tilida ko`p jildli asar yozib, zamonasining atoqli olimi bo`lib tanildi. Umar Xayyom (1048—1131 ) uzining fors tilidagi o`tkir she`rlari bilan o`z davri madaniy xayotida yorqin iz qoldirgan faylasuf olimdir. U o`z falsafiy risolalarida Forobiy va Ibn Sino ta`limotlarini davom ettirdi, riyoziyot, falakiyot, fizika ilmiga oid asarlar yozib Xorazmiy, Beruniy g`oyalarini rivojlantirdi, kuzatishlari asosida yangicha aniq kalendar ishlab chiqdi. U tabiat xaqidagi turli etnografik materiallarni o`z ichiga olgan, fors tilida yozilgan «Navro`znoma » asarining ham muallifidir. Umar Xayyom o`zining fors tilidagi chuqur falsafiy mazmunga ega bo`lgan, xurfikrlilikni targ`ib etuvchi she`rlari bilan O`rta Osiyoga, butun Sharqda mashhur bo`ldi. Uning ruboiylari shoirlar ijodiga katta ta`sir ko`rsatdi. Umar az-Zamaxshariy (1075—1144) Xorazmning Zamaxshar qishlog`idan bo`lib, asosan gumanitar ilmlar soxasida qudrat qozongan, bir necha yil Iroq va Arabistonda bo`lgan. Zamaxshariy o`uzining arab adabiyotiga oid «Asos ul- baloga» («Suzga ustalik asoslari»), «Samim ul-arabiya» («Arab tilining magzi »), «Muqaddimat ul-adab» («Nafis adabiyotga mukaddima»), «Maqomat» kabi» asarlari bilan filologlar ichida mashxur bo`ldi. Zamaxshariyning buyuk xizmatlaridan yana biri uning «Asmou ul-avdiya va- l jibol» («Vodiy va tog` ismlari») jug`rofiy lug`atidir. Unda Arabiston, Suriya, Misr, Iroq, Eron, Xindiston, Ispaniya, O`rta Osiyodagi jug`rofiy nomlar izoxi beriladi. Bu esa asarning ilmiy axamiyati bexisob ekanligini ko`rsatadi. Bu davrda gumanitar ilmlar ichida-tarixshunoslik keng rivoj topdi. Bizga qadar O`rta asrda arab va fors tillarida yozilgan musulmon Sharqining turli o`lkalari, jumladan O`rta Osiyo va Xurosonning tarixi, madaniy boyligi, aloqalariga bag`ishlangan ko`plab asarlar yetib keldi. Ular orasida O`rta Osiyodan chiqqan tarixshunoslarning asarlari salmogli o`rin egallaydi. Bu qo`lyozma asarlar turli mamlakatlar fondlarida, jumladan O`zbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida ham saqlanadi. 4. Movarounnaxr, Xurosonda mug`ullar hukmronlik qilganda va Temuriylar davlatining vujudga kelishiga qadar bo`lgan davr (XIV asrning ) din va islom dini ta`limotia asosida musulmon Sharqida keng tarqala boshlagan tasavvuf ta`limotining kuchayishi, keng yoyilishi bilan harakterlanadi. Tasavvuf islom asosida shakllangan diniy-falsafiy oqim bo`lib, unda qadimgi yunon ta`limoti-neoplatonizm,iudaizm, xristianlik, zardo`shtiylik, ayniqsa buddizmning ta`siri seziladi. Uning asosida asketizm, ya`ni bu dunyo lazzatlaridan voz kechish asosida Ollohga yetish, uni bilish, u bilan birlashish yulini qidirish yetadi. So`fizm Qur`on va shariat talab etgan diniy aqidalarni, talablarni albatta bajarish, so`zsiz o`zini xudoning quli deb bilish, ma`lum diniy qoidalarga o`z shaxsiyatini shubhasiz bo`ysundirishni qabul etmaydi, shaxsiy erkinlik, o`z xoxishi bilan tozalanib Ollohga ruxiy ma`naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi. Tasavvufda ruxni kamolotga va uning so`nggi maqsadi—Ollohga erishuv yo`llari 4 bosqichdan iboratdir: Birinchi bosqich- shariat Ikkinchi bosqich- tariqat Uchinchi bosqich- ma`rifat Turtinchi bosqich- haqiqatdir. So`fizm tarafdorlari dastlab moddiy boylikka ega bulish va unga intilishni qoralab, xaqiqiy boylik ma`naviy ruxiy boylikda deb xisoblaganlar. Tasavvufning ijtimoiy bazasi, bu - shaxar xunarmandlari, mayda savdogarlar bo`lib, IX—X asrlardayoq, Iroq , Eronda bu ta`limotning yirik vakillari vu judga kelgan. Xalloj (859—922), Bistamiy (IX asr), Junaydiy (vafoti 910) shular jumlasidandir. Tasavvufning nazariy va amaliy tomonlari bor. Amaliy tomoni bevosita Ollohga erishuv jarayonidir. Bu yulda so`fiylik qoidasini bajargan xolda juda ko`pchilik tasavvufga ishonganlar, mashg`ul bo`lganlar. So`fizm nazariyotchilari o`z davrining bilimini puxta egallagan, ilmlardan xabardor bilimdon mutafakkir kishilar bo`lganlar. Bulardan Abdul Xamid G`azzoliy (1058—1116), Suxravardi (1155— 1191), Ibn Arabiy (1165—1240) kabilarni korsatish mumkin. Ular so`fizmning nazariy ma salalari bo`yicha qator risolalar yaratganlar. Tasavvuf ta`limotini rivojlantirishda movarounnaxrlik va xurosonlik yirik sufiylik ta`limotchilarining xizmati katta bo`lgan. Lekin bu yerda mustaqil sufiylik maktablari XI—XII asrlardagina vujudga kela boshlagan. Masalan, so`fizm ta`limotini ishlab chiqishda IX asrda Termizda tug`ilib o`sgan Xakim Termiziyning 80 ga yaqin risolalari muxim rol o`ynadi. U Termizd a tug`ilib, shu yerda vafot etdi, lekin o`z ta`limotini Makka, asosan Balx va Nishopurda turganida targ`ib etdi va juda ko`p muridlar orttirdi. O`rta Osiyo muzofotida birinchi vujudga kelgan yirik so`fiylik oqimi yassaviylikdir. Bu oqimga Axmad Yassaviy (1105—1165) asos solgan. Yassaviy Yassi (Turkiston) shaxrida ruxoniy oilasida tug`ilgan. Uning otasi Ibroxim Yassi Sayram shaxrida uzoq yil shayxlik qilga va ko`p muridlarga ega bo`lgan. Yassaviy Buxoroda mashxur mutaassif (sufiy ) Yusuf …….. an sufiylikning asoslarini urganadi, uning ulimidan so`ng o`rniga xalifa bulib qoladi so`ng o`z yurti Turkistonga qaytadi . Yassaviy ta`limoti turkiy tilda yozilgan uning « Devoni xikmat » asarida bayon etilgan bo`lib, u ko`chmanchi va utroq turkiy xalqlar o`rtasida sufiylik talimotini targib etishda muxim axamiyat kasb etgan. Yassaviy goyalari O`rta Osiyoning turli shaxarlarida uning shogirdlari tomonidan keng targ`ib qilindi. Shulardan biri Sulaymon Boqirgoniy bo`lib (vafoti 1192 yilda), u o`zining turkiy tilda yozilgan « Boqirgon», «Oxir zamon » asarlarida asosan so`fizm, yassaviylikni targ`b qilgan. O`rta Osiyoda shakllangan eng yirik sufiylik oqimlaridan yana biri kubraviyadir — unga Xorazmda XIII asrning boshlarida Najmiddin Kubro (1145 — 1221) asos solgan va sungroq u O`rta va Yaqin Sharqning boshqa o`lkalariga ham keng tarqalgan. Xivada tug`lib sufiylik ta`limotini Misr, Tabriz, Xamadon shaxarlarida egallagan. Ko`hna Urganchda o`z ta`limotini rivojlantirib, shu yerda yangi sufiylik oqimiga asos solgan. Mug`ullar xujumi davrida o`z muridlari bilan shahar himoyasida faol ishtirok etib qurbon bo`lgan. Kubro bilishning maxsus yulini rivojlantirib, su fizm rivojiga katta hissa qo`shgan. U o`zining qator-risolalarida Kubraviya birodarligi (orden)ning qoidalarini ishlab chiqqan. Bu qoidalar sufiylikning ham nazariy, ham amaliy masalalarini o`z ichiga oladi. Kubraviya oqimi O`rta Osiyo, Afg`oniston, Shimoliy Xindiston, Eron shaharlarida tarqaldi va mayda sufiylik oqimlarining vujudga kelishiga sababchi bo`ldi. Bu oqimlar Xindistonning Dehli, Bixar shaxarlarining madaniy hayotiga muhim ta`sir ko`rsatdi. Butun musulmon Sharqida eng keng tarqalgan yirik sufiylik oqimi «naqshbandiylik» ham O`rta Osiyoda shakllandi . Naqshbandiylik ta`limotining boshlang`ich kurtaklari buxorolik mashxur tasavvufchilar" Yusuf Xamadoniy (XII) hamda Abdulxoliq Gijduvoniy (XII— XIII asr) ta `limotlarida olg`a surildi. Lekin bu shakllanayotgan yangi sufiylik oqimi Baxovuddin Naqshband (1318— 1389 ) tomonidan qiyomiga yetkazildi va uning nomi bilan ma`lum bo`ldi. Bahovuddin Naqshband Buxoroga yaqin …… Gijduvon qshlog`da hunarmand oilasida tug`lib o`sdi, Su fiylik ta`limotini asosan Buxoroda, O`rta Osiyo shaharlarida Sayid Amir Kuloliy, Orif Diggironi,-simshayx va Xalil otalardan o`rgandi. O`z ta`limotida yassaviylik va G`ijduvoniy - ta`limotlarining ayrim tomonlarini birlashtirdi. O`rta Osiyoda turli sufiylik oqimlarining ta`siri XIX asrlarta kadar davom etganini kuramiz. So`fizm musulmon mamlakatlari hayotida muhim ijtimoiy-mafkuraviy va madaniy rol o`ynadi. U badiiy adabiyot, falsafa, musika, maorif, ta`lim-tarbiyaga katta ta`sir ko`rsatdi, turli mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida shubxasiz so`nmas iz qoldirdi. Adabiyotlar: 1. Karimov I.A.Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch. T.”Ma`naviyat”. 2008. 2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T. 1999. 3. Moziydan taralgan ziyo. Imom Al-Buxoriy. T. 1998. 4. Sa`dullaev A, Sotliqov A. Xorazm Ma`mun Akademiyasi. Urganch . 2005. 5. Sulaymonova F. Sharq va G`arb. T. 1997. Xayrullaev M. O`rta Osiyoda Ilk uyg`onish davri madaniyati. T. 1994