logo

XIX asrning birinchi yarmi va o'rtalarida G'arbiy Ovro'po teatri romantizm teatri

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

91.5 KB
XIX asrning birinchi yarmi va o'rtalarida g'arbiy ovro'po teatri romantizm teatri Reja: 1. Fransuz teatri 2. Aleksandr Dyuma (1802-1870-y.) 3. Onori de Balzak (1799-1850-y.) 4. Sahna san'ati 5. Pyer Bokaj Ovro'po mamlakatlari va AQSH teatri XIX asrda o'z taraqqi-yotining yangi bosqichiga ko'tariladi. 1789—1794-yillar fransuz bur-jua inqilobi tufayli iqtisodiy- ijtimoiy sohada shunday o'zgarishlar ro'y berdiki, ular teatr san'atini tubdan yangilanishga olib keldi. Ovro'po teatrining faoliyat tarzi XIX asrda butkul boshqacha tusga kirdi: o'sha davr uchun xos erkin raqobat tarzi teatrlar tar-mog'ining mudom kengayishiga olib keldi. Ovro'po mamlakatlarida bo'lganidek, AQSHda ham markaz va viloyatlarda ko'pdan-ko'p shaxsiy teatrlar paydo bo'ldi. Ular ommaviy tomoshabinlarga mo'ljallangan imtiyozli teatrlar (Parijda xiyobon teatrlari, Lon-donda kichik teatrlar) dan farqlanib turardi. Demokratik doiralar mafkurasi ma'naviy hayotning boshqa sohalari qatori teatrga ham samarali ta'sir ko'rsata boshladi. XIX asrning birinchi yarmida ijodiyotda romantizm yetakchi badiiy yo'nalish bo'lib qoladi. Shakllanish bosqichi shu davrga oid tanqidiy realizm uslubi romantizm bilan baqamti yashab, XIX—XX asrlar bo'sag'asida drama va sahna san'atining asosiy badiiy yo'nalishiga aylanadi. Romantizm dunyoni anglash usuli, ijodiy uslub tarzida XVIII asrning oxiri — XIX asrning boshlarida umuminqilobiy ko'tarilish, ijtimoiy va milliy ozodlik harakatlari mahsuli sifatida shakllandi. Romantizm o'sha davrning bayrog'iga aylandi, bunga sabab bu san'at orqali davr olg'a surgan insonning shaxsiy erkinligi, xalqlar-ning mustaqillik uchun kurashish g'oyalari idrok etildi. Romantizm atamasi fransuzcha romantisme so'zidan olingan bo'lib, ishqiy munosabatlar bilan bog'liq voqea va yozishlarni anglatgan. Romantizm teatri — tabiatan shoirona kechmishga, lirik jo'shqinlikka asoslangan san'at; shu holat mazkur san'atda awal muqimlashib qolgan san'at qoidalariga zid tarzda «his-tuyg'u ustuvoriigi* bosh qoidaga aylanishini belgilab bergan. Romantiklar yangi tarixiy bosqichda klassitsizmga qarshi kurash ochib, bu oqimga xos aql-idrok ustuvorligi qoidasini yo'qqa chiqardilar. Ular voqelikni badiiy idrok etishda uni yaxshiligu yomonlik, ulug'vorligu tubanlik uyg'unligidan iborat rango-rang va o'zgaruvchan narsa tarzida ko'rsatish uchun kurashdilar. Romantiklar san'atni yangi marralarga olib chiqish omillarini xalq ijodidan topdilar. Xalq urf-odatlari, rivoyat va ertaklari, ommabop demokratik teatr turlari yangi ruhdagi drama turini yaratishda ularga bebaho xazina bo'lib xizmat qildi. Shuningdek, ular Uyg'onish davri san'ati, chunonchi, ispan va ingliz dramaturgiyasi va, ayniqsa, o'zlarining estetik ideal-lari ifodachisi tarzida qabul qilingan Shekspir ijodidan bahramand bo'ldilar. 1830-yillarga kelganda romantik qahramon sahnani butkul o'ziniki qilib oladi; e'tiborlisi shundaki, pyesa voqeasi qaysi davrda o'tishidan qat'i nazar, bu qahramon zo'rlik va haqsizlik olamiga qarshi kurashga kirgan o'tyurak, beorom «XIX asrning navqiron shunqori* tarzida namoyon bo'ladi. XIX asrning o'rtalariga kelganda tanqidiy realizm san'ati yetakchi o'rinni egallaydi. Tanqidiy realizm burjua jamiyatining ye-tilish jarayoni bilan bevosita bogiiqlikda shakllandi. Shu bois bu uslubning ilk namunalari Fransiya va Angliya mamlakatlarida paydo boidi. Fransuz teatri Fransiya XIX asr jahon teatr madaniyati tarixida alohida nufuzli o'ringa ega. Fransuz burjua inqilobi fransuz san'ati rivojiga alohida ta'sir ko'rsatdi. 1791-yili Ta'sis majlisi teatr haqida alohida dekret qabul qildi. Bunga ko'ra fransuz teatrlari orasida hukm surib kelgan imtiyozli va im-tiyozsiz teatr degan farqlash maqomlari bekor qilindi, kimki istasa, unga teatr ochish huquqi berildi. Shuning natijasida bir yil ichida Parijning o'zida o'n sakkizta yangi teatr ochildi. Klassitsizm an'analari boshqa mamlakatlarga qaraganda Fran-siyada chuqur ildiz otgan edi. Bu hoi g'oyaviy maslagidan qat'i nazar romantiklarni o'zaro birlashib, shu oqim aqidalariga qarshi kurashga da'vat etdi. XIX asrning o'rtalarida Balzakning realistik san'ati yuksak na-munalar bera boshlaydi. V. Gyugo, A. Dyuma (otasi), A. de Vini romantik dramalarining teatr amaliyoti bilan bog'liqligi 1820— 1830-yillar Fransiya teatr hayotining muhim yutuqlariga aylandi. VIKTOR GYUGO (1802-1885-y.) Viktor Gyugo romantik teatr olamida yirik nazariyotchi va dramaturg sifatida tanildi. V. Gyugoning allaqachon ona tilimizga ag'darilgan «Xo'rlanganlar», «Dengiz zahmatkashlari», «Kazetta», «Gavrosh» kabi asarlari adib hayotligi davridayoq unga katta shuhrat keltirgan, xalqlar orasida keng tarqalgan edi Gyugo Napoleon qo'shinida xizmat qilgan general oilasida tug'ilgan. Gyugoning dunyoqarashi 20-yillar fransuz inqilobiy mu-hiti ta'sirida shakllanadi. Adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ru-hida tarbiyalanganidan uning asarlari insonparvarlik g'oyasini ulug'lash bilan ajralib turadi. Gyugo, awalo, romantizm uslubining nazariyachisi sifatida tanildi. Uning ilk «Kromvel» (1827) romantik dramasida berilgan so'zboshi ushbu uslubning tub tamoyillarini asoslash bilan e'tibor topdi. U klassitsizmning san'atkorni ma'lum qoidalar doirasida cheklab qo'yishini keskin tanqid ostiga oldi. «Qoida ham yo'q, na-muna ham, - dedi u. — Drama tabiat aks etadigan ko'zgudir. Le-kin, agar bu shunchaki usti tekis, silliq oyna boisa, u borliqning rang-tusini emas, faqat bemavj surati aksini beradi, xolos. Drama shunday yig'iq ko'zguki, unda chaqin nurga, nur alangaga aylanishi kerak». «San'atkor voqealar olamidan go'zalini emas, balki o'sha voqealarga xosini tanlab oladi», deb ta'kidladi Gyugo klassitsizm aqidasiga shama qilib. «Kromvel» asarining so'z boshisida romantik bo'rtma (grotesk) nazariyasiga alohida o'rin ajratilgan. Bo'rtma muallif tomonidan kuchaytirish, qabartirish ma'nosidagina tushunilmaydi. Gyugo bo'rtmadan bir-biriga zid va bir-birini inkor qiluvchi holatlarni o'zaro uyg'unlashtirish vositasi sifatida ham foydalandiki, bu voqea ko'lamdorligini yana ham bo'rttirib ko'rsatishga imkon yaratdi. Hayot rang- barangligi buyuklik va pastkashlik, musibat va kulgi, go'zallik va xunuklik uyg'unligidan bunyodga keladi. Gyugo san'atda bo'rtma omilini mohirona qo'llagan eng namunali san'atkor deb Shekspirni tan oldi. «Bo'rtma har o'rinda o'zini o'zi ko'z-ko'z qiladi,— deydi V. Gyugo,— zero to'pori kimsa o'tli ehti-roslardan xoli bo'lmaganidek, ulug'vor zotlar ham pastkashlikka boradi, kulgili ahvolga tushish ham hech gap emas. Shu bois bu omil sahnada doimo o'zini ko'rsatib turadi: tragediyaga goh kulgi baxsh etsa, goh iztirob bag'ishlaydi. Dorifurushning Romeo bilan, uch alvastining Makbet bilan, go'rkovning Hamlet bilan antiqa uchrashib qolishlari ham shu bo'rtma vositachiligidandir*. Gyugo «Kromvel» asaridagi so'zboshida olg'a surilgan qoi-dalarga binoan badiiy namunalarni yaratishga chog'langan, lekin asarning dramatik tarqoqligi bunga imkon bermagan edi. Gyugoning keyingi «Marion Delorm* (1829) pyesasi roman-tizm tamoyillari tugal va mohirona namoyon bo'lgan drama tarzida dunyoga keldi. Mazkur asarda saroy aslzodalar jamiyatiga qarama-qarshi qo'yilgan «quyi tabaqa»dan chiqqan romantik qahramon siy-mosi qad ko'tardi. Pyesada nasl-nasabi betayin Didye degan yigit-ning Marion Delorm degan qizga bo'lgan muhabbati va qirollik tazyiqiga uchrab maxv boiishi haqida hikoya qilingan edi. Voqea 1638-yili Lyudovik XIII saroyida ro'y beradi. Asardagi kuchlar rasamati shundayki, qahramonlarning oiimidan o'zga chorasi yo'q. Didye va Marion Delorm halok bo'ladilar, lekin ularning ruhiy beg'uborligi, mardligi zulm va zo'rlikka qarshi ezgulik tantanasi tarzida namoyon bo'ladi. Muallif bosh vazir Reshilye obrazini yaratishda alohida ma-horat ko'rsatgan. U biron marta tomoshabin qarshisida ko'rinmaydi, ammo ichdan pishgan, ayyor, yovuz shaxs tarzida yaqqol namoyon bo'ladi. U asarning oxiridagina Marion Didyega nisbatan qoilanilgan o'lim jazosi bekor qilinishini iltijo qilib so'raganda, taxtiravon pardasi ortidan uning mash'umona «Yo'q, bekor qilinmaydi!» degan dahshatli ovozi eshitiladi. «Marion Delorm» asari XIX asr lirik she'riyatining ajoyib na-munasi sifatida tug'ilgan edi. Gyugoning jonli va shoirona tasviri Didye va Marion muhabbatjni tarannum etuvchi ko'tarinki sah-nalar bilan ajib uyg'unlik kasb etgan edi. «Ernani» (1830) Gyugoning sahna yuzini ko'rgan birinchi asari bo'ldi. Uni namunaviy romantik drama deyish mumkin. Unda erkin sevgi, insoniy qadr- qimmat, or-nomus tuyg'ulari ulug'langan. Pyesa- qahramonlari qonli intiqom jazavasiga tushadilar, chin sevgi yo'lida jonfidolik ko'rsatadilar; isyonkorlik ohangi asarning bosh qahramoni romantik qasoskor Ernani obrazi orqali ifodalangan. Ernanining qirol va o'rta asrcha qora kuchlar bilan to'qnashuvi asarni fojiona nihoyalanishiga olib keladi. Asosiy voqealar xabarchi-lar orqali ma'lum qilinuvchi klassitsistik tragediyaga zid ravishda Gyugo dramasida romantizm talablariga binoan barcha voqealar sahnaning o'zida sodir bo'ladi. Bu yerda klassitsizmga xos birlik qoidalariga ham rioya qilinmaydi; qahramonlarning shiddatli his-tuyg'ulari klassitsizm dramasining tantanavor jaranglovchi ohang-dor nazmiy ifodalaridan o'zining jonli va jo'shqinligi bilan ajralib turadi. «Ernani» dramasi 1830-yilning boshlarida «Komedi Fransez* teatrida sahnaga qo'yiladi. Spektakl «romantizm»ning yirik g'alabasiga aylandi. Gyugo ijodining demokratik ruhi uning «Shohona ishrat», (1832), «Ryui Blaz» (1838) asarlarida ayniqsa yaqqol namoyon bo'lgan. «Ryui Blaz» asarida voqea XVII asrda Ispaniyada ro'y beradi. Unda malay Ryui Blazning ayyor va riyokor xojasi qi-rolichadan qasos olish payiga tushadi. Shu maqsadda Ryui Blazga sayoq bir qarindoshi — don Sezar de Bazan nomini berib, uning qirolicha o'ynashiga aylanishiga erishadi. Ryui Blaz qirolichaning jazmaniga aylanib, saroydagi eng nufuzli shaxs darajasiga chiqadi. Hukmdorlik sharafiga faqat shu soxta don Sezar de Bazan loyiq boiib chiqadi. Malay ko'ngli pok inson edi, oilaviy kengashda yurtni xonavayron qilgan saroy a'yonlarini fosh etuvchi so'z aytadi, so'ng o'zi zahar ichib nobud bo'ladi; uning nomi ham, qirolicha bilan ishqiy munosabatlar ham sirligicha qoladi. Pyesada lirik nafosat va shoirona ruh siyosiy hajv bilan uyg'un tarzda namoyon bo'lgan. Pyesada hech vaqosi qolmagan mayxo'r, sayoq zodagon don Sezar obrazini kiritish bilan Gyugo unda bi-rinchi bor romantizmning fojeiy hangomabop ohanglanii o'zaro uyg'unlashtirish usulidan foydalandi. O'zbek sahnasiga Gyugo Respublika yosh tomoshabinlar teatrida qo'yilgan «Gavrosh» asari bilan kirib kelgan. 1972-yili uning «Qirolning dil xushi* («Shohona ishrat»ning E. Vohidov tomonidan ilk tarjimasi shunday nomlangan) asari Andijon teatrida (rej. R. Hamidov), so'ng televideniyada sahnalashtirildi. Tribule rolini Andijonda A. Ibrohimov televideniyada H. Umarov ijro et-ganlar. ALEKSANDR DYUMA OTA (1802-1870-y.) Aleksandr Dyuma (Ota-Dyuma) romantik drama turining qaror topishida V. Gyugo bilan hamfikrlikda ijod qilgan bo'lib, u o'zbek kitobxonlari va tomoshabinlariga mushketyorlar haqidagi trilogiya, «Graf Monte-Kristo» romani kabi sarguzasht adabiyot-ning mumtoz namunalari bilan tanish bo'lgan yirik adib va drama-turgdir. XIX asrning 20—30 yillari u romantiklar harakatining faol ishtirokchisiga aylanadi. Dyumaning adabiy merosida dramaturgiya e'tiborli o'rin tutadi. U oltmish oltita pyesa muallifi bo'lib, ularning ko'pchiligini 30-40 yillari yozgan. «Odeon». teatrida sahnalashtirilgan «Genrix III va uning aaroyi» (1829) asari unga adabiy va teatr shuhrati keltirgan birinchi pyesasi bo'ldi. Bu muvaffaqiyat uning keyingi «Antoni» (831), «Ajal minoras» (1832), «Kin yoki Daho va sayoqlik» (1836) pyesalari bilan yanada mustahkamlanadi. Dyuma pyesalari romantik drama turining ajoyib na-munalaridir. Ularda kundalik tamballarcha zerikarli turmush tar-ziga zid o'laroq, o'tli ehtiroslar, xalovatsiz olishuvlar og'ushida ya-shovchi jo'shqin qalbli qahramonlar haqida hikoya qilingan. Dyuma pesalarida Gyugo asarlaridagidek isyonkorlik cho'g'i yo'q. Lekin «Genrix III», «Ajal minorasi* asarlarida muallif feodal olamning daxshatli ko'rinishlarini tasvir etib, qirol va hukmdor zo-dagonlar doirasining jinoyatkorona kirdikorlarini fosh etgan. Zamonaviy mavzudagi asarlar («Antoni», «Kin»)da esa yovuzlik va beboshlikka qarshi kurasli ochgan yo'qsil qahramonlarning fojiona qismatlari ifodalangan. Dyuma ham boshqa romantik dramaturglar kabi o'z asarlarida xazin, mungli lavhalarga keng o'rin ajratgan: o'lim, jazo sab-nalarida jismoniy azoblanish holatlari tez-tez uchraydi. Dyuma «Tarixiy teatr* deb ataluvchi teatr tashkil etib, uning ilk pardasini 1847-yili «Qirolicha Margo» spektakli bilan ochadi. Teatr uzoq yashamagan bo'lsa-da (1849-yili yopilgan), lekin u Parijning hiyobon teatrlari orasida nufuzli o'rin tutib keldi. Zamonasining ardoqli qalamkashi, serzavq qalb sohibi Aleksandr Ota-Dyuma asarlari O'zbekistonda ham keng ma'lum. Uning «Uch mushketyor», «Graf Monte-Kristo» kabi romanlari o'zbek tiliga tarjima qilinib, ki-tobxonlar orasida keng shuhrat qozongan. «Qora lola» romoni bo'yi-cha videofilm, (rejissor M. Yunusov) yaratilgan, «Ajal minorasi» dramasi teatr san'ati institutida awal diplom spektakli (rejissor — B. Nazarov), so'ng Xamza nomli akademik. drama teatrida 1972-yili B.Yo'ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan. ONORI DE BALZAK (1799-1850-y.) Onori de Balzak o'z asarlarini ilm-fanning aniq qonunlariga qiyosan yaratgan sohibi qalamdir. U kishilarning o'y va intilish-larini «ijtimoiy hodisa» ma'nosida anglab, yozuvchining vazifasi ijtimoiy muhit, jamiyatning axloqiy tarzini tasvirlashdan iborat, deb hisobladi. Balzak fransuz teatriga tanqidiy munosabatda bo'ldi. U romantik drama va melodramani hayotiy haqiqatdan uzoq pyesalar tarzida qoraladi. Balzak teatr va dramaturgiyaga o'z romanlarida aks etgan tanqidiy realizmni olib kirishga harakat qildi. Uning dramaturgiyadagi faoliyati 1830-yillarning oxirida avj oldi. «Oila sabog'i*, «Votren» (1839), «Kinola orzulari* (1841), «Ishbilarmon» (1844), «0'gay ona» (1848) Balzakning romanlari kabi burjua jamiyati manzarasini keng ifoda etuvchi dramalar tarzida yaratildi. Balzakning dramaturg sifatidagi eng sara asarlaridan biri «Ishbilarmon» komediyasi bo'ldi. U zamonaviy hulq-atvor haqidagi haqqoniy va yorqin hajviy komediya tarzida dunyoga kelgan edi. Unda boyish vasvasasiga tushgan qahramonlar o'z maqsadiga eri-shish yo'lida eng jirkanch usullarni qo'llashdan ham tortinmydilar; kishi ta'magirmi, jinoyatchimi yoki nufuzli ishbilarmonmi, buning farqi yo'q; gap uddaburonlikda, naf keltirish-keltirmaslikda; murosasiz olishuv jangida savdogarlar, turli darajali birja uddabu-ronlari, cho'ntagida hech vaqosi yo'q singan kiborlar, puldor qay-liqlari hamyoniga ishongan po'rim yigitlar, hatto fursatini topib, egalari sirini chayqovga soluvchi malaylar ishtirok etadi. Pyesadagi asosiy kimsa ishbilarmon Merkade aqlliligi, irodasi-ning mustahkamligi va odamshavandaligi bilan ajralib turadi. Shu xususiyatlari tufayli u eng og'ir vaziyatlardan ham osongina chiqa oladi. Qarzlarini ololmagan kishilar uni qamatmoqchi bo'ladilar, lekin shu on ular o'zlari bilmagan holda uning aqli, aniq hisob-kitoblaridan hayratga tushib, hatto uning nayranglarida ishtirok etishga rozi bo'lib qoladilar. Markade — xomxayollik ko'chasiga kirmay, har ishdan manfaat ko'rishga ustasi farang shaxs. U o'z zamoni hamjihatlik zamoni bo'lmay, o'zaro raqobatda manfaat ko'rish zamoni ekanini yaxshi biladi. «Himmat, o'zaro hamdardlik adoyi tamom bo'ldi, ularni pul siqib chiqardi. Endi birgina manfaat degan narsa qoldi, zero endi oila degan gap yo'q, ayrim shaxslar bor, xolos»— deydi u. Insoniylik rishtasi uzilgan jamiyatda or-nomus, hatto halollik degan tushunchalarning ma'nosi qolmaydi. Besh franklik tangani ko'rsatib, Merkade shunday xitob qiladi. «Ana o'sha hozirgi or-nomus degani. Xaridorni molingiz ohak emas, shakar ekaniga ishontira oling; boy bo'lsangiz deputat ham, vazir ham bo'la olasiz*. Balzak insoniy fe'l-atvorlami ijtimoiy faoliyat tarzida qurib, zamonaviy «ishbilarmonlar» jamiyatning «muayyan qismi» ekanini tahlil etib berdi. Uning dramaturgiyasiga xos realizmning kuchi shundadir. Balzakning dramaturglik faoliyati «0'gay ona» asari bilan ya-kun topdi. Bu asarga mavzu bo'lgan voqea Napoleon qo'shinida xizmat qilgan sobiq general, fabrikachi de Granshan xonadonida 1829-yili sodir bo'ladi. Grafning xotini Gertruda uning birinchi xotinidan tug'ilgan qizi Polina va fabrika boshqaruvchisi, kam-bag'allashib qolgan graf Ferdinand de Markandal pyesaning asosiy ishtirokchilaridir. Oila oldida bir muammo ko'ndalang turib qoladi: gap shundaki, Ferdinand va Polina bir-birlarini Romeo va Julyetta misol qattiq sevardilar. General de Granshan murosasiz banapart-chi bo'lib, burbonlar tarafida xizmat qilgan Markandalning ashaddiy dushmani bo'lib kelgan. Shu bois Ferdinand o'z otasi nomini yashirgan holda yuradi. Ferdinand bilan Polinaning sevgisi Gertru- daning ham qarshiligiga duch keladi. Gertruda generalga tur-mushga chiqishdan awal Ferdinandning o'ynashi bo'lgan. Gertruda generalga turmushga chiqib, o'z «qiliqlari»ni davom etti-rish maqsadida Ferdinandni fabrikaga chaqirib oladi. Ferdinand bilan Polinaning yaqinligidan rashk o'tida yongan Gertruda har ikki yoshning o'limiga sabab bo'ladi. Balzak «0'gay ona» asarida ham «voqealaming umumiy aso ■ sini» topish, his-kechinma va voqealarning tub mohiyatini ochish qoidalariga sodiq qoldi. Undagi musibatli voqealar, zodagonlarning kambag'allashuvi, manfaat yuzasidan nikohga kirish, siyosiy raqo-batchilarning olishuvi — bularning bari ijtimoiy hayot nobopligi-ning oqibatidir. «0'gay ona» asari 1848-yili «Tarixiy teatr»da sahnaga qo'yiladi. Bu asar Balzakning boshqa pyesalari orasida eng katta muvaffaqiyat qozongan asar bo'lib chiqdi. Balzak voqelikdagi qarama-qarshiliklar murakkabligini ochishga qaratilgan yangi realistik ijtimoiy drama turini yaratishga juda katta hissa qo'shdi. Sahna san'ati 1791-yilgi dekretdan so'ng Parijda teatrlar soni tez ko'payib boradi. Lekin «Komedi Fransez* teatri, awalgidek, bosh teatr bo'lib qolaveradi. Teatr jamoasining bir qismi burjua inqilobini qabul qilgan holda, ikkinchi qismi monarxiya tarafdori bo'lib qoladi. Shenyening «Karl IX* asari qo'yilgach, ayniqsa, ikki guruh orasida kurash qizib ketadi. Karl IX rolini o'ynagan Talma bilan keksa aktyorlardan Node o'zaro mushtlashadilar. Truppa «qora» va «qizil» degan ikki guruhga bo'linib ketadi. Talma dekretdan foy-dalanib o'z tarafdorlari bilan teatrni tark etadilar va o'zlari «Res-publika teatri* degan nom ostida teatr tashkil etadilar. FRANSUA JOZEF TALMA (1763-1826-y.) Fransua Jozef Talma ulug' fransuz burjua inqilobi davrida ijod qilgan eng afoqli fransuz aktyoridir. Talmaning bolalik va o'smirlik yillari Londonda kechgan. U Shekspir ijodi bilan shu yerda tani-shadi va bir umr unga e'tiqod qo'yib ijod qiladi. Talma mo'jizakor aktyorgina bo'lib qolmay, ayni chog'da u teatr san'atining islohchisi sifatida ham namoyon bo'ldi. Uning g'oyaviy-estetik qarashlari ma'rifatparvarlik teatrining tamoyil va tajribalari ta'sirida shaklangan edi. Talmaning bolalik va o'smirlik yillari Londonda kechadi. U Shekspir dramaturgiyasi bilan shu yerda tanishadi va butun ijodiy umrini bu daho dramaturg xotira-siga imon keltirib o'tkazadi. Talma Fransiyaga qaytgach, bir mud-dat Qirollik deklamatsiya va ashula maktabida taxsil ko'radi, 1787-yili «Komedi Fransez* teatriga qabul kilinadi. U mazkur teatrda ma'rifatparvarlik klassitsizmi yo'nalishida ijod qilgan aktyorlardan Leken, Kleron va Dyumenilning islohchilik ishlarini davom etti-radi. Talma Ulug' fransuz inqilobi bo'sag'asida tug'ilgan inqilobiy klassitsizm uslubiga g'oyatda munosib aktyor bo'lib, u o'z san'ati bilan klassitsizm ning ushbu bosqichini qaror toptirdi. Shenyening «Karl IX» tragediyasining sahnalashtirilishi o'z ahamiyati jihatidan zo'r siyosiy voqea bo'lib, unda aktyor o'ta zulmkor qirol obrazini yaratgan edi (1789). Talma san'atinning ijtimoiy adabiyoti mustabid hukmdor obrazini yaratish bilangina belgilanmas edi. Vatan ozodligi yo'lida jasorat ko'rsatishga qodir respublikachi vatan fidoyilari, ibratli fuqarolarni tarbiyalash ham muxim vazifa qilib qo'yilgan edi. Aktyor tomonidan yaratilgan zolim hukmdorlarga qarshi bosh ko'tarib chiqqan qadimgi Rim qahramonlaridan respublikachi plebey sarkarda Mariy (Arnoning «Mariy Min-turna»da asaridan, 1791), sobitqadam vatanparvar Mutsiy Stsevolla (Lyuis de Lansivalning «Mutsiy Stsevolla* asaridan, 1793) kabilar shunday qahramonlardan edi Talma fransuz sahnasida klassitsizm uslubining yetuk ifodachisi bo'lgani holda ayni paytda uni ko'p yangi ijodiy tamoyillar bilan boyitdi. Sahnaviy haqiqatga, tabiiylikka moyillik uni qahramonlar ichki olamiga xos serqirralikni teran namoyon etishga olib keladi. U Karl IX rolini o'ynar ekan, uni faqat mustabid qirol tarzida ko'rsatishdek bir yoqlamalikka yo'l qo'ymaydi. Aktyor qahramon-ning qalbiga, uning nozik dil kechinmalariga nazar tashlaydi, nati-jada, u shafqatsiz va dilozor qirolgina emas, ayni paytda inson sifatida dardli olami bilan ham namoyon bo'ladi. Tashqi ifodaning ichki holatga monandligi Talma ijodi uchun muhim qoidalardan hisoblangan. U o'zining o'tmishdoshi — ustozi deb hisoblagan Lekenning bu boradagi izlanishlarini davom ettirib, Muhammad, Karl IX, Brut, Edip, Hamlet singari rollarni o'ynarkan, grim yordamida bu shaxslarning asl qiyofasini gavdalan-tirishga harakat qiladi. Talma fransuz sahnasida birinchi bo'lib an-tik libosda chiqdiki, bu favqulodda yangiligi bilan qoloq sahnadoshlari orasida shov-shuvli ig'volarga sabab bo'ldi. Talmaning sahnaviy haqiqat borasidgi yutuqlari uni deklamat-siya usulini isloh qilishga olib keladi. U so'z— muomalada shunday rango-rang tuslanish va hayoriy jilodorlikka erishdiki, bu usulning zo'raki qiroatga asoslangan klassik va'z usulidan ustunligi yaqqol namoyon bo'ldi. Talma o'z qahramonlarini kuchii ehtiros va qalb og'riqlari orqali ko'rsatish bilan jo'shqin histuyg'u qudratini tasdiq etdi, oqibat natijada, klassitsizmning dasturiy shartlaridan surat-namo, namoyishkorona tasvir usulining qalb tug'yoni bilan yo'g'rilgan, ifodaviy teran omillar bilan almashuviga olib keldi. Talma ijodining aynan shu fazilatlari uning yangi romantik ijro-chilik yo'nalishining to'ng'ich vakili ekanini ko'rsatardi. Shekspir asarlari fransuz sahnasida Dyusening mumtozona tar-jimasida ma'nosi susaytirilgan holda qo'yilishiga qaramay, Talma ularda dramaturgning insonparvarlik g'oyalarini namoyon eta oldi. Talma Shekspir misolida namunaviy dramaturgni topgan edi. Shekspir qahramonlari ichki olamining boyligi, kechinmalarining shiddatkorligi Talmani o'ziga maftun etgan edi. PYER BOKAJ (1799 - 1862-y.) Pyer Bokej kambag'al ishchi oilasida tavallud topgan. Uning mashaqqatli yoshligi to'quvchilik fabrikasida o'tgan. Bu muhtojlik yillari uning xotirasida bir umr muhrlanib qolgan. Xat-savodi chiqishi bilan Bokaj Shekspir asarlari mutolaasiga beriladi, sahnaga chiqish ezgu niyati bilan yashaydi. U Parijga yayov kelib Parij konservatoriyasiga kirish imtihonlarini topshiradi. Uning bir yo-qdan kelishgan tik qaddi-qomati, qahramonlik rollariga monand o'tli shijoati va ikkinchi yodan Parij konservatoriyasidek mo'tabar dargoh, nufuziga erish tuyuluvchi faqirona kiyimlari imtihon hay'ati a'zolarida hayrat va ajablanish hislarini uyg'otmay qol-masdi. Bokaj konservatoriyaga qabul qilinsa-da, kamharjligi tufayli o'qishni uzoq davom ettirolmaydi, u xiyobon teatrlari aktyoriga aylanadi. Bokaj qanday rol o'ynamasin, unda inson baxtiga rahna soluvchi zulm-zo'rlikning har qanday ko'rinishiga qarshi ayovsiz kurash olib boruvchi qahramon qiyofasini yaratishga harakat qiladi. Uning qahramonlari — Gyugoning «Marion Delorm* asaridagi Didyemi, Pianing «Ango» pyesasidagi Fransisk I ni fosh etgan An-gomi yoki Antyening «Jahongashta ayol» melodramasidagi xalq qasoskori Qariyami, bularning hammsi ham murosasiz adolat ku-rashchilari tarzida namoyon bo'lganlar. Bokaj fransuz sahnasida birinchi bo'lib adolat va haqiqat yo'lida kurasha- kurasha fojionona o'limga mahkum etilgan dili so'niq, jafokash romantik qahramonlar siymosini yaratdi. Dyumaning «Antion» asarida yaratilgan (1831) sevgi o'tida telbalarcha azob chekuvchi Antoni shunday qahramonlarning to'ng'ichi bo'ldi. Aktyor o'yinida romantizmga xos bo'rtma his-ehtiroslar keskin tarzda qah- qahadan ingroq-xo'ngrashga, shodlikdan beiloj iztirobga ko'chib, o'zaro almashinib, insoniy kechinmalar ko'lamining yana ham kengayishiga olib kelgan edi. Bokaj ijodining isyonkorona ruhi adolat tantanasiga ishonib, o'zi qo'liga qurol bilan ishtirok etgan 184-yilgi inqilobdan keyin yanada avjga kiradi. Inqilobdan qutilgan orzu-umidlar puchga chiqqan, «Odeon» teatrining rahbari sifatida sahnani rasmiy davlat mafkurasiga qarshi minbarga aylantirish harakat qiladi. Tabiiyki, siyosiy xatarli teat rahbari hokimiyatga qarshi targ'ibotchi tarzida ayblanib tez orada ishdan bo'shatiladi. Bokaj ijodi yirik iste'dod sohibining erk hissi, qalb tug'yonlari ifodasi boigani holda u o'sha davr fikri erkparvar kishilarning bay-rog'iga aylanadi. MARI DORVAL (1798-1849-y.) Fransiyaning buyuk aktrisasi Man Dorval nomi shoirona nazo-kat, joziba va kechinma qudratining timsoli bo'lib qolgan. U to-moshabinni larzaga solish sir- sehrini egallagan sahna sohibasi edi. Ko'rinishdan unchalik ko'zga tashlanmaydigan aktrisa «Komedi Fransez* teatrining boshqa hushqomat aktrisalariga o'xshamas edi. Kichik jussali, xipcha, yuz ko'rinishida mutanosiblik uncha ham sezilmaydigan, ovozi bir oz xirillab chiquvchi Mari Dorval, Gyugoning ta"biri bilan aytganda, «go'zallikdan yuqori* bo'lib, uning jozibasiga tan bermay iloji yo'q edi. Aktrisaning maftunkor-ligi uning his-tyg'ularining favqulodda o'tkir ta'sirchanligi, china-kam extiros bilan yo'g'rilgan ovoz tuslanishi, turish holati va qo'l ishoralarining betakrorligi bilan izohlanardi. Uning iste'dodi doira-sida insoniy uqubat, sevgi-sadoqat va qahr-g'azab tuyg'ularini ifodalashda shakl va omillarning cheki yo'qdek edi. Zo'rlik va no-haqlikka qarshi ko'tariluvchi ruhiy shijoatning zaifalik malohatiga mushtarak kelishi Dorval iste'dodining ayricha belgisi edi. Dorvalning ota-onasi aktyor bo'lishgan, u bolalikdan teatrda katta bo'lib, erta sahnaga chiqadi. 1818-yili Parijga kelib konservatoriyaga o'qishga kiradi, lekin tez orada uni tashlab ketadi. Dorvalning o'ziga xos alohidaligi konservatoriya ta'limiga mos tushmaydi. Dorval hayotining tasnifchisi uning konservatoriya quchog'ida o'tgan davrini shunday ta'riflagan: «Ana, o'sha tabiat va o'z qalbidan saboq olib san'atga yo'l olgan noziknihol qiz konservatoriya professorlari qarshisida turardi. Ko'ngil izmi bilan yurgan, turgan qizga endi qadam tashlash, tabassum qilish, nafas olish nazariyasi, ya'ni qahr-g'azab, uyat, dahshat, qo'rquv, quvonch kabi andozaga kirib qolgan an'anaviy ehtiros mezonlari tizimini o'zlashtirish mashaqqati turardi; qaysi extiros qaysi she'rning qayerida tugashi haqida so'z borardi. Dorval eng nufuzli «Port-Sen-Marten» xiyobon teatri artistiga aylanadi. Unga shon-shuhrat keltirgan janr xazin drama (melodrama) bo'ldi. Dyukanjning «0'ttiz yil yoxud Qimorbozning hayoti* (1827) xazin dramasidagi Amaliya uning birinchi dovrug'li roli edi. Spektaklda Dorval xazin dramaga xos o'gitnamo, obraz qambarligi doirasida chinakam insoniylik qadriyatini topa bilish va uni jo'shqin his-kechinmalar orqali tomoshabinga yetkazish layo-qatini namoyish etadi. Aktrisa oilani kafangado qilgan qimorboz eri Jorj Jermoni dastidan jigar-bag'ri kuysa-da, zorlanmay, g'am-alam o'tida yonuvchi, shiikasta qalb, oriyatli, andishali ayol obrazina yaratadi. U sahnada o'n olti yoshlik chog'ida paydo bo'lib, pyesa oxirida 46 yoshga yetganida ham, muallif izohicha, uning «baxtsizlikdan holi tang qiyofasida beozorlik va toleiga tobelik hissi ko'rinib turardi*. Dorval muallifga zid ravishda Amaliyaning Jorjga emas, balki bolalarga nisbatan mehrmuhabbatiga urg'u bergan edi. Aktrisa mazkur asarda ilk bor o'zining sevimli onalik mavzuyini birinchi o'ringa olib chiqadi. Uchinchi parda Dorval uchun asosiy sahnaga aylanadi. G'amalamdan ozib, qarib ketgan, sochlari to'zg'in Amaliya-Dorval ochlikdan toliqib, jon talvasasiga tush-gan bolasi atrofida nima qilarini bilmay azob chekib depsinar edi. Kuya-kuya adoyi-tamom bo'lgan mushtipar ona musibatining haqqoniy ifodalanishi tomoshabinlarni xayratga soldi va melodramaning fojia darajasiga chiqishiga olib keldi. Dorval 1831-yili Dyumaning «Antoni» romantik dramasida Adel D' Erve rolini uynaydi. Asarda ikki oshiq-ma'shuqaning ahd-paymonlari zo'rlik toshiga urilib, barbod bo'lishi hikoya qilingan. Adel — Dorval ulkan va beg'ubor sevgi timsoliga aylangan edi. Oxirgi pardada u baxtiqaro sevgilisi hanjari bilan chavoqlanib yiqilar ekan, dahshatli holatdan larzaga tushgan tomoshabin xaya- jonini bosolmay serrayganicha qotib qoladi. Dorval o'sha yili Gyugoning, «Marion Delorm* dramasida Marion rolini o'ynaydi. Dorval she'riy asarlarni odatda, ancha qi-yinchilik bilan o'zlashtirgan, negaki uning she'riyatni o'ziga sing-dirishi qiyin kechardi. Shu bois sevgiga sodiq, fidoyi Marion roli ustidagi ish unga ayniqsa qadrli edi. Dorval ijodi uchun an'anaviy mavzu bo'lgan sevgi orqali ifoda etiluvchi poklanish mavzusi Marionda ham o'ziga xos jo'shqin kechinmali tarzda namoyon bo'ldi. 1835-yili Dorval «Komedi Fransez* teatrida o'zi uchun maxsus yozilgan Vinining «Chatterton». asarida Kitti Bell rolini o'ynaydi. Kitti-Dorval xudbin, riyokor, daval kishilar orasida begona, o'z yog'ida o'zi qovrilgan g'aribu benavo yolg'iz ayol; yakka-yagona quvonchi — uning bolalari. Aktrisa betayanch, tortinchoq, ushoq mushtipar bu juvonning malohati va jo'shqin onalik mehr- shafqatini ajib shoirona qalb tug'yonlari orqali namoyon etgan edi. Uning nozik harakatlari, kichik gavdasi, o'ychan katta-katta moviy ko'zlari, mayin va siniq ovozida boshdan kechirgan musibatli hayot qissasi aks etib turardi. Aynan Kitti Bellga o'xshash bebaxt, so'qqabosh shoir Chatterton paydo bo'lib qoladi. Ular yordam qo'lini cho'zish bahonasida o'zlari bilmagan holda bir-birlarini sevib qolishadi; bu shunday, sevgiki, ularni bitta o'limgina undan xalos, qilishi mumkin. Dorval so'nggi pardada ayniqsa yaxshi o'ynagan edi. U fojia sahnasini antiqa bir tarzda kursatish maqsadida sahnaga narvon qo'yib berishlarini so'raydi. Chatterton zahar ichadi, uning o'limi aniq: ular dillarini o'rtagan sevgi izhorini bayon etishar, so'ng Chatterton «Kittini itarib yuborib, tebranib-depsinib yuqoriga, xonasiga ko'tariladi; dahshatdan hushini yo'qotayozgan Kitti uning ortidan ko'tarila boshlaydi, yiqiladi, nar-vonga yopishadi, tirmashadi, yurolmay, changak bo'lib, bexos keskin harakat qiladi, oyoqlari ko'ylagiga ilashib, chekkalab qo'llari olg'a intilgancha yuqoriga siljiydi, jon-jahdi bilan eshikni o'ziga tortadi, eshik ochilganda uning ko'zi jon talvasasida yotgan Chattertonga tushadi, ko'kni qoplagudek dahshatli hayqiriq eshiti-ladi. Umrida biror marta ovoziga zeb bermagan bu beozor xudojo'y ayolning dabdurustdan ko'tarilgan xayqirig'i uning o'limdan boshqa iloji qolmagan so'nggi hayqiriq ekani o'z-o'zidan ayon edi*. Dorval yaratgan obrazlar turlicha bo'lib, ularning hammasini yovuz kuchlar bilan to'qnashuv orqali insoniylik va beg'ubor sevgi-sadoqat hislarini tasdiqlash g'oyasi birlashtirib turadi. U sahnada bir paytning o'zida oddiy, to'pori va mardona, mungli va ulug'vor, kuchli va kuchsiz bo'la olar va hamisha o'z insoniyligi bilan to- moshabinlarini o'ziga mudom maftun eta olardi. EREDERIK LEMETR (1800-1876-y.) 1791-yilgi dekretdan so'ng Parijning Tampl degan xiyobonida o'nlab teatrlar paydo bo'ladi. «Port — Sen Marten*, «Ambigiya — komik*, «Gette* ular orasida eng yiriklari bo'lib, keng demokratik ommaga xizmat qiluvchi «quyi qatlam* teatrlari hisoblanardi. Ayniqsa, «Port — Sen Marten* teatri V. Gyugo, A. Dyuma kabi dramaturglarning erkparvarlik ruhidagi asarlarini shovshuvli mu-vaffaqiyat bilan ko'rsatib, Piyer Bokaj, Mari Dorval va Fredrik Lemetrdek yirik san'atkorlarni yetishtirib berdi. Lemetr san'ati biron-bir janr doirasida cheklanib qolgan emas. U hayotning barcha qirralarini, ya'ni fojiali va kulgili jihatlarini ham, noxushligi-yu sarxushligini ham ko'rsatishga intildi. U yaratgan obrazlar cheki yo'q darajada turlicha: ular orasida bo'rtma komik bezori Rober Makerdan tortib Ryui Blaz, Kin, Jorj Jermoni kabi shoirona romantik qahramonlargacha, dilpora Jan otadan tortib fojeiy Hamletgacha bo'lgan turli-tuman obrazlar uchraydi. Lemetr san'ati voqelikni haqqoniy aks ettirishi bilan ko'zga tashlandi. Bu san'at hayot, jamiyatni bilish, inson sajiyasi, u yashab turgan shart-sharoitga bog'liq ekanini anglash, idrok etish zaminida dunyoga keldi. Lemetr san'atining o'ziga xosligi obrazni ijtimoiy umumlashtirishda namoyon bo'ldi. Bu umumlashtirish shundayki, goho u timsoliy ifoda darajasiga ko'tariladi va bunday qahramonlar nomi turdosh otlarga aylanadi. Bo'rtma (grotesk) ifoda omili Lemetr ijodida keng qo'llanilgan bo'lib, san'atkor bu tushunchani kulgi — hangoma bilan fojeiylik, yuksaklik bilan tubanlik kabi bir-biriga zid holatlarni o'zaro uyg'unlashtirish ma'nosidagina emas, awalo, insoniy sajiya — fe'l-atvor va hayotiy voqelikning ichki mohiyatini ochish vositasi tarzida qo'lladi. Bo'rtma usulini bunday qo'llash aktyorning romantik yo'nalish doirasidan chiqib, tanqidiy realizmga yaqinlashuviga olib keldi. Lemetrning dunyoqarash va ijodiy uslubi shakllangan murak-kab davrda romantizm bilan realizmning o'zaro qo'shiluvi ma'qul ko'rilmagan. Lemetr ijodida har ikkala yo'nalish mushtaraklik kasb etdi; romantizm yo'nalishiga xos mavhumlik va hissiy jo'shqinlikda yuz beruvchi bo'shliqlarni aktyor ijtimoiy, maishiy turmush tafsilot-lari va dalolatlari bilan to'ldirib, obrazlarning mantiqiy izchil, yanada ta'sirchan va hayajonli bo'lib chiqishiga erishdi. V. Antyening «Adre karvonsaroyi» melodramasidagi Rober Maker roli Lemetrning eng dovruq'li rollaridan biri bo'ldi. Mazkur obrazni u ikki xil tahrirda yaratgan. Birinchi bor uni 1823-yili ma-zaxomuz tarzda yaratib, melodrama tabiatini butkul o'zgartirishga muvaffaq bo'ladi. Melodrama badiha, hazil- mutoyiba, qochirim-larga boy, shukuhi baland spektakl bo'lib chiqdi. Ikkinchi tahrirda aktyor asarni «Rober Maker* deb atab (o'zi hammualliflik qilib) Robeberni aksionerlik jamiyatining raisi, yulduzni benarvon uradi-gan moliyachiga aylantiradi. O'z «xunari»ni olamaro yoyish uchun Rober havo sharida uchib ketadi. Aktyor Dyukanjning «0'ttiz yil yoxud Qimorbozning hayoti* (1827) asarida o'zining eng fojiaviy romantik qahramonlaridan biri Jorj Jermoni obrazini yaratadi. Aktyor Jermoni misolida pul vasva-sasida insonning qay darajada axloqiy tubanlikka tushishini ko'rsatdi. Jorj o'ttiz yillik hayoti davomida kelajakka ishonuvchan yosh, navqiron yigitdan jinoyatga qo'l uragn musofirni (o'g'li bo'lib chiqadi) o'ldirib, ruhan so'niq, holdan toygan qariyaga aylanadi. Aktyor qimorda yutishning zavq-shavqi-yu yutqizishning mash'umona alam-iztiroblarini qahramonning ichki ruhiy kechin-malari natijasi sifatida ko'rsatadiki, bu melodrama tusining o'zgarishiga olib keladi. Lemetr Gyugoning «Ryui Blaz» (1838) asarida o'zining eng shoirona jo'shqin obrazlaridan birini yaratgan. Ryui Blaz xalq iste'dodi, qudrati va musibatining timsoliy ifodasiga aylandi; u xalq qasoskori, xalq ezgu niyatini mujassam etuvchi shoir va ayni chog'da majnunona oshiq tarzida gavdalanadi. Viktor Gyugo Lemetr o'ynagan shu roldan olgan taassurotini: u «Leken bilan Garrikning, Edmund Kinning shiddati va Talmaning hissiy qudratini o'zaro singdirgan holda Ryui Blaz obrazi orqali qad ko'tardi», deya ta'kidlagan edi. Bu fikr Frederik Lemetrning butun ijodiga taalluqli xususiyat haqida aytilgan edi, deyilsa ham bo'ladi. ELIZA RASHEL (1821-1858-y.) Fransuz teatrining 30—40-yillar repertuari haqida so'z ochib, Gertsen shunday yozgan edi: «Qariya Kornel bilan qariya Rasim navqiron Rashel orqali o'z davri qadriyatlaridan darak berib, goh-goh ko'zga tashlanib turadi». Gertsen Rashelning bu davr fransuz teatrida tutgan o'rnini shu, zaylda aniq va lo'nda qilib ta'rif etgan edi. Buyuk aktrisa Eliza Rashelning xizmati shunda ediki, u sah-nada mumtoz tragediyani qaytadan jonlantirib berdi. Aktrisa o'z zamoni ruhi bilan Kornel va Rasinga yoshlik shukuhini baxsh etdi, qudratli his-shijoati bilan ular tragediyalarining mumtozona shakli mukammalligini borligicha namoyon qilib berdi. Rashel, Kamilla (Kornelning «Goratsiy» asari), Fedra (Rasin-ning «Fedra» asari), Gofoliya (Rasinning «Gofoliya» asari) rol-larida o'z qahramonlarining murakkab fojiali olamini ruhan haqqoniy ochish bilan tomoshabinlarni larzaga soldi. Aktrisa qah-ramonlarida aks etmish adolatsizlikka qarshi kurash shukuhi, yuk-sak insoniylik, oliyjanoblik tuyg'ulari ularga alohida ko'lamdorlik fazilatlarini baxsh etdi. Aktrisa hissiy qudratining tomoshabinga ta'sir kuchi, uning o'ziga xos betakrorligi Gertsenning qaydlarida yaqqol ifodalangan: «U xusndor emas, bo'yi past, ozg'in, xolsiz; lekin his-ehtiroslarga to'la zarbli, keskin ifodali omillar oldida unga bo'y na kerak, chiroy na hojat? Uning o'yini xayratlanarli; u sah-nada ekan, nimaiki bo'lmasin undan uzilolmaysiz, bu zaifa, ush-shoq, jonzot sizin o'ziga rom qilib oladi. Tomosha paytida uning ta'siriga tushmagan odamni men hurmat qilolmagan bo'lardim. Bu g'ururli do'rdaygan lablar, bu dilni yondiruvchi ko'z qarashlar, bu vujudini qoplab olgan ehtiros va qahr alamlari inson zotini befarq qoldirmas! Ovozi xayratlanarli! U bolani erkal boshini silashga, sevgi so'zini shivirlab, dushmanni bo'g'izlashga qodir ovozdir*. Rashelning ulug'vor san'ati erkparvarlik g'oyalari bilan bog'liq edi. Uning san'ati omma orasida favqulodda katta obro'-e'tibor topganligi bejiz emas. 1848-yildan keyin Rashel ijodining qahramonlik shukuhi susaya boradi, san'atkor faoliyatida ijodiy tanglik boshlanadi. 1850-yillarda uning mahorati ham awalgi cho'g'ini yo'qotadi. Adabiyotlar: 1. Xrestomatiya po istorii zapadno yevropeyskogo teatra. T. 1-2 /sost S. Mokulskiy / M., 1953, 1955 gg. 2. Anikst A. Tvorchestvo SHekspira M., 1963. 3. Boyadjiyev G. Vechno prekrasniy teatr epoxi Vozrojdeniya. L., 1973. 4. Boyadjiyev G. Ot Sofokla do Brexta za 40 teatralnix vecherov. M. 1967. 5. Y. Kagarlitskiy. Teatr na veka. M. 1987. 6. Bartoshevich A. SHekspir na angliyskoy ssene. M., 1985. 7. Znngerman V. Ocherki istorii drami 20 v. M., 1979. 8. Busheva S. Polveka Italyanskogo teatra L., 1978. 9. Surnna T. Stanislavskiy i Brext M 1975. 10. Gitelman L.I. Iz istorii fransuzskoy rejissuri. L., 1976.