logo

Ilmiy tadqiqot ishlarida dala va ishlab chiqarish tajribalarini qo’yish. Dala tajribalarini o’tkazish uslubi asosida o’tkazishni o’rganish

Yuklangan vaqt:

22.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

491 KB
Ilmiy tadqiqot ishlarida dala va ishlab chiqarish tajribalarini qo’yish. Dala tajribalarini o’tkazish uslubi asosida o’tkazishni o’rganish Reja: 1. Dala tajribasini tashkil etish 2. Dala va ishlab chiqarish tajribalarini o’tkazish Dala va ishlab chiqarish tajribalari nafaqat dehqonchilikda, balki qishloq xo’jaligi ekinlari seleksiyasi va urug’chiligida ham turli masallalarni tadqiq etishda asosiy uslubiyatdir. Qishloq xo’jaligi seleksiyasi va urug’chiligida olib boriladigan dala va ishlab chiqarish tajribalarini yo’lga qo’yish, bu jarayondagi tadqiqotlar, kuzatishlar va boshqa amallarni o’tkazish quyida keltirilgan qo’llanmasining (1-rasm.) usullari, qoidalari va talablariga rioya qilinib amalga oshiriladi. 1-rasm. Ilmiy tadqiqot tajribalarini qo’yish uchun foydalaniladigan qo’llanma. Mashg’ulotning maqsadi. Mashg’ulotning maqsadi talabalarga dala va ishlab chiqarish tajribalarini “Dala tajribalarini o’tkazish uslubi” qo’llanmasi asosida o’tkazishni o’rgatishdan iborat. Mashg’ulot uchun kerakli o’quv qurollari. Talabalarning ma’ruza va amaliy darslar uchun foydalangan daftarlari, donli va don-dukkakli ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha o’quv qo’llanma, tajriba jurnali, tajriba maydoni xaritalari, kompasli ekkyer, 100 m yengil arqon, 2 m lik 4 dona rekalar, 100 dona 30 sm lik yog’och qoziqchalar, bolg’acha, dala daftari, ruchka, qalam, chizg’ich va o’chirgichlar. 1-ish. Dala tajribasini tashkil etish. Talabalar tomonidan dala tajribasini tashkil etishni o’rganishi oldidan tajriba vazifasi, uslubiy talablar va o’rganiladigan omillar turlarini o’zlashtirib olishlari shart. Buning uchun talabalar yuqoridagi qo’llanma bilan tanishadilar va o’zlarining daftarlariga kyerakli tushunchalarni ko’chirib oladi. Jumladan: Tajriba vazifasi – tadqiqot natijalaridan foydalanib, turli tabiiy va xo’jalik sharoitlarida ishlab chiqarishga joriy etish uchun o’rganilayotgan yangi usul, yangi nav va duragaylarga qiyosiy ilmiy-amaliy va iqtisodiy baho byerishdan iborat. Har bir dala tajribasi natijalarining ilmiy qiymati va joriy etishga loyiqligi ularni joylashtirish va olib borish sharoitlariga qo’yilgan ma’lum uslubiy talablarga qat’ian amal qilinganligiga bog’liq. Ya’ni tajriba uchun dala tanlash . Buning uchun tajriba o’tkazilishi rejalashtirilayotgan uchastka, ilmiy muassasa yoki xo’jalik yer maydonining tuproq xaritalari bilan tanishib chiqish talab etiladi. Bu tanlangan dala tuproqlarining muayyan hudud uchun xosligi (o’xshashligi) haqida aniq tasavvurga ega bo’lish dala tajribalari natijalarini shu tuproq turlariga xos boshqa hududlarga ham tavsiya qilish imkonini byeradi. Talabalar tajriba uchun ajratib olishgan uchastka tuprog’ining tarixini ham o’rganishlari kyerak. Chunki so’nggi 3 yillar davomida tanlangan yyerda bir xil ekin ekilgan bo’lishi uslubiy talablardan biri. Tabiiy holki har bir ekin turi vegetatsiyasi davrlarida bir xil agrotexnik tadbir bilan parvarishlanib, tuproqning meliorativ va agroximik holatlari ma’lum darajada turg’un bo’ladi. Tajriba maydoni fazoda va vaqtda o’zgarmaslik talabiga rioya etishi kyerak. Buning uchun tajriba uchastkasi chegaralari ma’lum bir ko’chmas nuqtadan yorug’lik tomonlariga nisbatan o’rinlari belgilanadi. Bu ma’lumot tajriba jurnalidagi tajriba uchastkasining masshtabli xaritasida qayd etiladi (chizma 1.). 1-chizma. Tajriba maydonining namunaviy xaritasi. Talabalar o’z daftarlariga tajriba jurnalidagi namunaviy tajriba uchastkasi xaritasiga o’xshash masshtabli xaritasini chizishadilar. Tajriba xaritasidagi maydon tajriba yillarida takroriy va qat’iyan fazoviy o’z o’rniga joylashtirilishi shart. Tajriba maydoni sug’oriladigan sharoitda maydon kengligiga bog’liq holda ma’lum egrilikka (tekislikka) yetkazilishi talab etiladi. Tajribada o’rganilayotgan o’simliklar bo’laklar, variantlar va yaruslar bo’yicha bir xil sug’orish sharoitida parvarishlanishi kyerak. O’rganiladigan o’simliklar shakllari, navlar, duragaylar yoki mutantlar tanlanganida ularning o’ziga xos morfologik, xo’jalik belgilari sofligi talab etiladi. Bu holat talabalar o’z daftarlariga tajriba jurnalidagi namunaviy tajriba uchastkasi xaritasiga o’xshash masshtabli xaritasini chizishadilar. Tajriba xaritasidagi maydon tajriba yillarida takroriy va qat’iyan fazoviy o’z o’rniga joylashtirilishi shart. Tajriba maydoni sug’oriladigan sharoitda maydon kengligiga bog’liq holda ma’lum egrilikka (tekislikka) yetkazilishi talab etiladi. Tajribada o’rganilayotgan o’simliklar bo’laklar, variantlar va yaruslar bo’yicha bir xil sug’orish sharoitida parvarishlanishi kyerak. O’rganiladigan o’simliklar shakllari, navlar, duragaylar yoki mutantlar tanlanganida ularning o’ziga xos morfologik, xo’jalik belgilari sofligi talab etiladi. Talabalar o’z daftarlariga tajriba jurnalidagi namunaviy tajriba uchastkasi xaritasiga o’xshash masshtabli xaritasini chizishadilar. Tajriba xaritasidagi maydon tajriba yillarida, takroriy va qat’iyan fazoviy o’z o’rniga joylashtirilishi shart. Tajriba maydoni sug’oriladigan sharoitda maydon kengligiga bog’liq holda ma’lum egrilikka (tekislikka) yetkazilishi talab etiladi. Tajribada o’rganilayotgan o’simliklar bo’laklar, variantlar va yaruslar bo’yicha bir xil sug’orish sharoitida parvarishlanishi kyerak. O’rganiladigan o’simliklar shakllari, navlar, duragaylar yoki mutantlar tanlanganida ularning o’ziga xos morfologik, xo’jalik belgilari sofligi talab etiladi. Bu holat tajriba aniqligiga yerishish uchun katta imkoniyat byeradi. O’rganilayotgan omillar tajriba variantlarida bir xil omil qoidasi ga rioya qilinishi talab etiladi. Ya’ni har bir tajriba varianti takrorlari bo’yicha bir xil omil (o’simliklar qalinligi, o’g’it me’yori, qator kengligi va hakozalar) sharoitida parvarishlanadi. Tajriba maydonida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan fenologik kuzatuvlar, xosilni hisoblash va yig’ib olish hamma variantlar bo’yicha bir kunning o’zida amalga oshirilishi ta’minlanishi kyerak. Aks holda variantlar o’simliklarining o’zaro taqqoslanishlarida tashkiliy va uslubiy talab buzilishiga yo’l qo’yiladi. Natijada tajriba variantlari o’simliklari orasidagi farqlar kamayib, tajriba natijasining ishonchsizligi ortadi. Tajriba variantlari bo’yicha kuzatuv o’simliklari uchun bir xil sonli tanlam namuna o’simliklari dan iborat bo’lib, ular raqamli yorliqlar bilan belgilanishi shart. Dala daftarlaridagi fenologik kuzatuvlar ma’lumotlari faqat tanlangan kuzatuv o’simliklaridan yig’ilib boriladi. Talabalar bugungi kunda o’z echimini kutayotgan donli ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi muammolarini o’zaro tahlil qilishadi. Ular kichik ishchi guruhlari (3-4 kishidan iborat) yoki yakka holda muammolardan birini tajribada o’rganish uchun o’zlariga ajratib olishadi. Dala tajribasi uchun mavzu, tajriba variantlari va omillarini tanlaydilar. Talabalar daftarlariga tajriba maydonining chizma shaklini tashkil qilishadi. Bunda ular namunaviy tajriba jurnalidagi tajriba maydonlari masshtabli chizma xaritalaridan namunalar sifatida foydalanishadi (1-chizma.). Univyersitet tajriba uchastkasidagi kafedraga qarashli tajriba maydonining ma’lum bir qismini o’z tajribalarining chizma xaritasi uchun rejalashtirishsa maqsadga muofiqroq bo’ladi. Maydon qismining masshtabli, fazoviy xaritasi uslubiy qo’llanmalar (Dospexov B.A. va boshqalar) asosida tarkibiy qismlarga ajratiladi. Xaritani dala daftarining birinchi varaqlariga joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bir necha yarusli tajriba maydonida variantlar takrori yoki ma’lum bir paykalcha yarusning yoki hatto qaysi yarusning qay yyeridan joylashganligini xarita yorqin ko’rsata oladi. Topshiriq 1. Chizilgan tajriba maydoni xaritalarining yuqoridagi talablarga mosligini tahlil qilish. 2-ish . Dala va ishlab chiqarish tajribalarini o’tkazish. Talabalar dala sharoitida tajriba o’tkazishni boshlashlari oldidan olimlar tomonidan donli o’simliklarda o’tkazilayotgan tajribalardagi uslubiy-tashkiliy ishlari bilan tegishli uslubiy qo’llanmalar yordamida tanishishlari kyerak. Masalan, o’simlikshunoslik kafedrasi olimlarining 50 ta bug’doy navlarini o’rganish uchun univyersitet tajriba uchastkasida amalga oshirgan ilmiy tadqiqot natijalari bilan tanishadilar (2-rasm). Yetarlicha bilim va ko’nikmaga ega bo’lgan talabalar dala tajribani tashkil etish uchun kyerakli anjomlar bilan kafedra tajriba uchastkasiga chiqishib, tajriba o’tkazishga kirishadi. Masshtabli xaritalariga asoslanib talabalar tajriba maydonidan o’ziga yoki kichik guruh uchun kyerakli tajriba yyer maydonini ajratib olishga yerishadi. Ishchi qurollar yordamida maydonning ko’chmas nuqtaga nisbatan chegaralari belgilanadi. Himoya yo’laklari, yaruslar, takrorlar va paykalchalar joylashish tartiblari xaritaga asosan amalga oshiriladi. Masalan tajriba uchun tanlangan “Davlat reestriga yangi kiritilgan bug’doy navlarining xosildorligini o’rganish” mavzusining ilmiy tadqiqoti amalga oshirilsin. Tajriba 5 ta nav variantdan iborat, urug’likni maxsus don seyalkasida 4.5 mln me’yorida ekish rejalangan. Bo’lakcha kengligi 3,6 m bo’lib, uzunligi 13,9 metr bo’lsa, har bir variant maydoni 50 m 2 ni tashkil etadi. Tajribada variantlarni o’rganish 3ta takrorda rejalashtirilgan. Variantlar bir yarusda joylashtirilishi uchun quyidagicha yyer maydonini talab etadi. Tajribadagi variantlar soni 5 ta, takrorlari 3 ta bo’lgani uchun: 5 x 3 = 15 bo’lakcha ajratilishi kyerak. Bo’lakchalar egallaydigan umumiy yer kengligi 15 x 3,6 = 54,0 m ni tashkil etadi. Ikkita chetki himoya yo’laklari (2,5 m + 2,5 m.) bilan 59,0 m. Hisobli maydonning yuqori va pastki qismidan kultivator uchun 10 m himoya yo’laklari kyerak. Sug’orish va tashlanma ariqlar uchun 2 metr, kuzatuv yo’lagi uchun esa 1 m ajratilsa, tajriba maydonining umumiy uzunligi: 13,9 + 10 + 1 + 2 = 26,9 m ni tashkil etadi. Umuman rejalashtirilgan mavzu tajribasi 0,86 (59,0 + 26,9) gektar yer ajratilishini talab etib, shundan tajriba variantlarining o’simliklari 0,70 (54,0 +13,9) gektarni egallagan bo’ladi. Arqon, yog’och rekalar va qoziqchalar yordamida bo’lakchalar, yarus chegaralari belgilanadi. Kompasli ekkyer yordamida tajriba maydoni chegaradosh biror ko’chmas nuqtaga nisbatan yorug’lik tomonlariga nisbatan davriy, doimiy joyi o’rnatiladi (chizma 1). 2- rasm . O ’ simlikshunoslik kafedrasi tajriba maydoni , 2017 y . Talabalar variantlarni yarusda joylashtirishida seleksiya , urug ’ chilik va davlat nav sinovlari bilan bog ’ liq tajribalarda keng qo ’ llaniladigan standart tartibi qobul qilinadi . Ekish tugatilib, yarus, takrorlar va bo’lakchalar tartib raqamli qoziqchalar bilan belgilanadi. Qoziqchalar raqamlari, tartibi bilan o’z vaqtida dala daftaridagi jadvalning tegishli ustunchalariga ko’chiriladi. Dala daftaridagi ma’lumot yig’ish jadvallari bug’doy o’simligining rivojlanish fazalari tartibiga monand holda shakllantiriladi. Ya’ni: ekish muddati, unib chiqishi, uchinchi bargining paydo bo’lishi, tuplanish, naychalash, boshoqlash, sut, mum va to’liq pishish, xosilni yig’ib tyerib olish muddati. O’simlik rivojlanishi fenologik kuzatuvini boshlash odatda 5-10 % va tugatilishi 50-75 % o’simlikda kuzatilganda qayd etiladi. Agrotexnik tadbirlar univyersitet tajriba uchastkasida donli ekinlar agrotexnikasi uchun qabul qilingan holatida olib boriladi. Fenologik kuzatuvlar uchun har bir variantning hisobli maydonidan ajratilgan 100 donalik raqamli yorliqlar bog’langan o’simliklarida amalga oshiriladi. Dala daftarlaridagi fenologik kuzatuvlar jadvallarining bajarilish muddatlari ustunchasiga quyidagi sanalar rejalashtirilib yozib qo’yiladi: o’simlik bo’yi va barglar sonlariga 1-mart; o’simliklar bo’yi, bo’g’inlar soni va bo’g’in oralig’iga 1aprel; o’simliklar bo’yi, bo’g’inlar soni, bo’g’in oralig’i va boshoq uzunligiga 1may; boshoq uzunligi, boshoqdagi boshoqchalar soni, boshoqdagi doni sonlariga 1-iyun. Tajriba fenologik kuzatuvlardan yig’ilgan ma’lumotlar asosida tajriba variantlaridagi o’simliklarning asosiy poyalari balandligi, o’simliklar poya bo’g’inlari, barglar soni, boshoqdagi donlar soni, tuplanuvchanliklari aniqlanadi. Tajriba variantlarida don xosilini aniqlash uchun xosil yig’im terimi boshlanishidan bir necha kun oldin variantlar bo’lakchalari diqqat bilan tekshiriladi. Bo’lakchalar chegaralari ajratilib, o’simliklar holati o’rganiladi. O’simliklarning zararlanganligi, ko’chat qalinligining talabga javob byera olgan holatidagi bo’lakchalarda xosilni hisoblash amalga oshiriladi. Xosildorlikni aniqlashda bahorgi, kuzgi bug’doy va bajarishda oddiy, murakkab lekin o’ta aniqlikka yerishish maqsadlari uchun bir qancha proporsiya va tenglamalardan foydalaniladi. Talabalar tomonidan tanlangan yuqoridagi mavzu tajribasida xosildorlikni aniqlash uchun qo’l keladigan proporsiyadan foydalanamiz. Bunda xosildorlik har bir bo’lakchaning 3 ta joyidagi 1 m 2 maydonidan olingan don xosiliga nisbatan aniqlanadi. Ya’ni: bo’lakchadan olingan don xosili namunalar bo’yicha; 1-namunada 650 g, 2-namunada 640 g, 3-namunada 660 g ni tashkil etsin. Namunalardan o’rtacha xosil 650 g ni tashkil etadi. Natija: 1 m 2 – 650 g 10 000 m 2 - 6 500 000 g = 6 500 kg yoki gektariga 65 sentnyerdan. Dala tajribasidagi barcha nav variantlari xosildorligi, hamda nazorat nav variantiga nisbatan xosili yig’ilgan xosil ma’lumotlaridan quyidagi jadvaldan foydalanib ko’rsatiladi (jadval 1.). Jadval 1. Variantlarning takrorlar bo’yicha va nazoratga nisbatan don xosildorligi. Variantlar Takrorlar bo’yicha xosildorlik, s\ga. O’rtacha xosil, s\ga Nazoratdan farqi, s\ga.I II III 1 (nazorat) 60,3 58,5 57,5 58,8 - 2 56,5 58,6 55,4 56,8 -2,0 3 65,0 67,2 63,4 65,2 +6,4 4 58,2 59,3 57,6 58,4 -0,4 5 55,2 54,3 53,5 54,3 -4,5 Talabalar jadval ma’lumotlari natijalariga asoslanib, dala tajribasida davlat reestriga kiritilgan 5 ta bug’doy navlarining xosildorligi haqida ma’lum xulosa qila oladi. Ya’ni dala tajribasida o’rganilgan navlar o’zlarining xosildorliklari bo’yicha bir biridan har xil ahamiyatda farqlanishdilar. Nazoratga nisbatan eng yuqori xosildorlikni (+6,4 s\ga) 3 chi nav ko’rsatsa, eng past xosildorlikni (-4,5 s\ga) 5 chi nav namoyon etdi. Nazorat bilan bir xil xosildorlik imkoniyati 4 chi navga taalluqli bo’ldi. Tajribalarni tashkil etish va o’tkazish uslubiyatlariga qaralganda ishlab chiqarish tajribalarini o’tkazish birmuncha oddiyroq. Seleksiya va urug’chilik bilan bog’liq ishlab chiqarish tajribasida dala tajribalarida nazoratga nisbatan eng yaxshi ko’rsatgichlarni ko’rsatgan bitta nav o’rganiladi. Xo’jalikda ekib kelinayotgan nav nazorat vazifasini o’taydi. Tajriba uchun yyer tanlashda xo’jalik, tuman yoki viloyat miqyosida tuproq va meliorativ holatlarining o’ziga xosligi e’tiborga olinadi. Chunki natija yuqoridagi yerlar sharoiti uchun joriy qilinishi ko’zda tutiladi. Urug’liq miqdori va iqdisodiy masalalarga bog’liq holda ishlab chiqarish maydoni kengligi 2-4 gektarlargacha maydonlarni tashkil etadi. Ishlab chiqarish tajribasida navning texnikaga xosligi, yertapisharligi, xosilddorligi va mahsulot sifati o’rganilib natija xo’jalikda ekib kelinayotgan nav ko’rsatgichlari bilan taqqoslanadi. Adabiyotlar : 1. Абдукаримов Д.Т. Донли экинлар селекцияси ва уруғчилиги. Тошкент 2010й. 402 б. 2. Абдукадиров Д.Т. Қишлоқ хўжалиги экинлари селекцияси ва уруғчилиги. Тошкент 2002 й. 275 бет. 3. Азизов Б.М. Кузги буғдой дон сифатини оширишнинг муҳим омиллари. Ж.Ўзбекистон аграр фани ҳабарномаси. 3 (69)-сони, 2017й. 4. Азизов Б.М., Исроилов И.А., Худойкулов Ж.В. Ўсимликшуносликда илмий тадқиқот ишлари. Дарслик. Тошкент 2014. 265 б. 5. Азизов Қ.Қ., Ашуров К.К. Қанд жўхорининг янги навларини яратишда селекцияни тутган ўрни “ЎЗБЕКИСТОН ПАХТАЧИЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ” номли Республика илмий тўплами 2014 йил (I-ҚИСМ) 128 ва 130 бетлари 6. Ан Хе Сунг, Азизов К.К., Еденбаев Д., Бобоев Фю Г., Тахирбаева Д.У. Тритикале етиштириш қўлланмаси. Ташкент. 2017. 22 б. 7. Виноградов Б.И., Атабаева Х.Н., Дементьева А.А. Ўсимликшунослик. “Мехнат” матбуоти. 1987. 166 б. 8. Дала тажрибаларини ўтказиш услубиятлари. Тошкент 2007. 149 б.