logo

Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat. ta`lim-tarbiya jarayonida psixodiagnostika metodikalaridan foydalinish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

81.5 KB
XALQ TA`LIMI TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMAT . TA`LIM-TARBIYA JARAYONIDA PSIXODIAGNOSTIKA METODIKALARIDAN FOYDALINISH REJA 1. Halq ta`limi tizimida psixologik xizmat, uning maqsadi va vazifalari. 2. Maktabda psixologik xizmatning tashkil qilinishi va psixologning o`qituvchi bilan hamkorligi. 3. Psixologiya fanining tadqiqot metodlari haqida tushuncha.  Maktabdagi psixologik xizmat respublika xalq ta`limi tizimidagi ixtisoslashtirilgan bo`lim bo`lib, uning asosiy vazifasi maktabdagi psixologik xizmat konstepstiyasi va psixologik xizmat to`g`risidagi nizomga binoan har bir bolaning psixik va shaxsiy tomondan to`ra rivojlanishiga yordam beradigan sharoitlarni ta`minlashdan iboratdir. Bunday sharoitlarni yaratmaslik o`quvchilarning yosh va individual imkoniyatlarini o`z vaqtida ishga solishga halaqit beradi va psixologik-pedagogik korrekstiya zarurligiga olib keladi. Maktabdagi psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo`nalishlarini quyidagicha ko`rsatish mumkin: a) psixologik oqartuv ishlari; b) psixoprofilaktika; v) psixodiagnostika; g) psixik rivojlanish va psixokorrekstiya; d) psixologik maslahat ; e) psixologik trening . a) Psixologik oqartuv ishlari -maktabning pedagogik jamoasini, o`quvchilarini va ota-onalarini psixologik bilimlarini egallashga jalb etishdan, o`quvchilar va ota-onalarning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli ma`ruzalarni uyushtirish lozimdir. b) Psixoprofilaktika -pedagog va ota-onalarda bolalarning har bir yosh davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirishga va bu bilimlarni bola shaxsining kamol topishi hamda aqliy taraqqiyotida izdan chiqishi mumkin bo`lgan har qanday imkoniyatlarning o`z vaqtida oldini olishga qaratilishi lozim. v) Psixodiagnostika -maktab yoshi davrida psixologik-pedagogik tomondan chuqur o`rganib, ularning yakka psixologik xususiyatlarini ko`rsatib, mashg`ulot, o`qish hamda xulq-atvoridagi nuqsonlarning sabablarini aniqlab berishga qaratilishi lozim. g) Psixik rivojlanish va psixokorrekstiya; d) Psixologik maslahat -ishlari o`qituvchilar, ota-onalar, o`quvchilarning shaxsiy ishlari, kasbi va shu kabi boshqa aniq hayotiy muammolariga yordam berishga qaratiladi. Maktabdagi psixologik xizmatning asosiy vazifalari-tadqiqot ishlari, amaliy ishlar va tashviqot ishlaridan iborat o`nta vazifadan tashkil topadi. e) Psixologik trening: Trening boshlanishidan avval trening qatnashuvchilari tomonidan o`zining chaqiruv (karton qog`ozcha)lari to`ldiriladi, ya`ni treningda foydalaniladigan ismini yozadi. Qatnashuvchi o`zini xohlagan ismini, do`stini yoki tanishlaridan birini ismini, taniqli siyosatchi yoki taniqli san`atkorimi, yoki bo`lmasa sizga yoqqan mashhur insonning ismimi, kim bo`lishidan qat`iy nazar tanlashda erkinlik mavjud. Ismi katta harflar bilan aniq qilib yoziladi, chaqiruvchi kiyimi ustiga to`g`nag`ich bilan shunday qistiriladiki, uni hamma ko`ra olishi va oson o`qiy olishi kerak. Shu paytdan boshlab, treningda qatnashuvchilar trening davomida bir-birlariga shu ism bilan murojaat qiladilar. Qatnashuvchilar bir-birlari bilan tanishib olishlari uchun, rahbar yoki o`yinni olib boruvchi, trener, 3-5 daqiqa vaqt ajratishi lozim. Xalq ta`limi Vazirligi qoshidagi psixologik xizmat markazi psixologik xizmatini tashkil etish va boshqarishga muvofiqlashgan markaz tariqasida xizmat qiladi. bu markaz tarkibida psixologlar, pedagoglar va tibbiy xodimlardan iborat 3- 5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlar bo`lishi zarurdir. Viloyat xalq ta`limi boshqarmalari, Qoraqalpog`iston xalq ta`limi Vazirligi va Toshkent shahar xalq ta`limi boshqarmasi qoshidagi psixologik xizmat bo`limlari o`z hududlaridagi psixologik xizmatlarni tashkil etish va ularni nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Bu bo`limlar 2-3 kishilik xizmat xodimlariga ega bo`lishi kerak. Tuman, shahar xalq ta`limi qoshidagi psixologik xizmat xonalari tajriba almashish, o`z hududidagi psixologik xizmatlarni birlashtirish vazifalarini bajaradi. Bunday xonalar 2 kishilik xizmat xodimiga ega bo`lishi zarur. Bu tizimni amaliy ravishda joriy etish maktablaridagi ta`lim-tarbiya jarayonini tubdan takomillashtirish imkoniyatini beradi, bu esa mustaqil O`zbekiston Respublikasining xalq ta`limi haqidagi konstepstiyasi, yangi qonun, milliy maktablar haqidagi qonuni amalga oshirishni, yanada yaxshiroq ta`minlagan bo`lur edi. Kuzatish metodi : bu metod yordamida shaxs va jamoaning turli xil xayot va faoliyat sharoitida bolaning his-tuyg`usi, hatti-harakat va xulqini tashqi ifodasi o`rganiladi. Sinchiklab va har tomonlama kuzatish yo`li bilan to`plangan materiallarni analiz qilish orqali bevosita idrok etish mumkin bo`lmagan turli psixik komponentlar, tafakkur va tuyg`ular, munosabatlar va motilar aniqlanadi. Bular bola shaxsi va jamoa psixologiyasining rivojlanishiga oid bo`lgan xarakterli tendenstiyalarni bilib olishgi, ularni boshqarish yo`llarini belgilashga, bola shaxsida estetik, axloqiy va psixologik sifatlarni shakllantirishga yordam beradi. Kuzatishlar predmetlari psixikaning turli ko`rinishlari: psixik jarayonlar, psixik holatlar, shaxsning psixik xususiyatlari bo`lishi mumkin. Bu metod darsni psixologik analiz qilishda, o`quvchiga psixologik-pedagogik xarakteristika tuzish uchun asosiy materialini olishda yordam beradi. Kuzatish ma`lum dasturda olib borsagina samarali bo`ladi. Kuzatish hodisalarni yoppasiga kuzatish va tanlab kuzatish turlariga bo`linadi. Yoppasiga kuzatganda, ma`lum vaqt ichida hamma psixik jarayonlarning ifodalanishi qayd qilinadi (darsda, uy vazifasini bajarishda, biror to`garakda qatnashishda va hokazo). Tanlab kuzatganda, o`rganilayotgan maqsadga taaluqli narsalargina qayd qilinadi. Kuzatilganda hodisalarni yozib olish bilan bir qatorda, uni suratga olish, kinoga olish, ovozni yozib olishdan ham foydalaniladi. Yuqorida aytilganidek, o`rganilayotgan kishilarning xatti-harakatini tabiiy holda qayd qilish uchun kuzatilayotganlarga kuzatishni sezdirmaslik kerak. Kuzatish natijalarini aniq, ob`ektiv miqdor va sifat ko`rsatkichlarida ifodalab bo`lmaydi. hozirgi zamon psixologik tadqiqotlarda kuzatish yo`li (bilan o`zidagi psixik) tabiiy eksperiment metodi bilan birlashib ketmoqda. Psixologiyada o`z-o`zini kuzatish metodidan ham foydalanishadi. Tadqiqotchi o`z-o`zini kuzatish (metodidan ham foydalaniladi) yo`li bilan o`zidagi psixik hodisalarni tekshiradi. O`z-o`zini kuzatish metodida kishining ko`rgan va eshitgani, xis qilayotgani, nimaga qiziqayotgani, nimani xohlayotgani va boshqalar haqida og`zaki gapirib berish formasidan foydalanish mumkin. O`z-o`zini kuzatish metodidan odamning psixik xususiyatlarini o`rganish maqsadida qilinadigan suhbatning tarkibiy qismi sifatida foydalaniladi. EKSPERIMENT METODI : Bu metod boshqa fanlardagi kabi, psixologiyada ham asosiy metod bo`lib hisoblanadi. Tadqiqotchi eksperimentini qo`llash natijasida o`ziga zarur bo`lgan psixik jarayonni ataylab vujudga keltirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Psixik jarayonlar tashqi stimullarning ko`p sonli xususiyatlari bilan aniqlanadi. Ma`lum qonuniyatni aniqlab olish uchun bir emas, bir qancha tekshiriluvchilar bilan eksperiment o`tkazish kerak. Agar tekshiriluvchilar oz bo`lsa, eksperiment natijalari ishonchli bo`lmaydi. Bundan tashqari. Eksperimentni tashkil qilishda tekshiriluvchilarni tanlash muhim ahamiyat egadir. Tekshiriluvchilarni tanlashda eng oldin ularning yoshini, psixologik xususiyatlarini va eksperiment natijalariga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan tomoni o`quvchining ilgari shu eksperimentda qatnashgan yoki qatnashmaganligini hisobga olish zarur. Eksperiment o`tkazganda, tekshiruvchi tajriba bayonini tuzishi kerak. Bayonnomada tekshiriluvchi haqida umumiy ma`lumot, eksperimentni boshlash va tamomlash vaqti, eksperimentning nomi, eksperiment ma`lumotlari, eksperiment vaqtida tekshiriluvchining holati, tekshiruvchining qo`shimcha ogohlantirishi, tekshiruvchining familiyasi aks ettirilishi kerak. Yuqorida bayon qilingan tarzda o`tkaziladigan eksperiment laboratoriya eksperimenti bo`ladi. Laboratoriya eksperimenti ba`zi kamchiliklardan xoli emasdir. Bu kamchiliklar asosan tekshiriluvchiga tabiiy sharoitdan farq qiladigan laboratoriya-xonaning, priborlarning, tajriba o`tkazuvchining g`ayri tabiiy ta`sir ko`rsatishidir. Laboratoriyada o`tkaziladigan eksperimentning kamchiligi yana shundaki, xamma psixik jarayonlarning ifodalanishini laboratoriya eksperimenti sharoitida modellashtirib bo`lmaydi. Bunday holat shaxsning turli xususiyatlariga, ayniqsa, xarakter xususiyatlariga taalluqlidir. Laboratoriya eksperimentining kamchiliklari tabiiy eksperiment yordami bilan bartaraf qilinadi. Tabiiy laboratoriya eksperimentidan tajribalarning tabiiy sharoitda o`tkazilishi bilan farq qiladi (o`yin, dars, mehnat faoliyati va hokazo). Tabiiy eksperimentning asosiy tomoni tekshiriluvchilarga beriladigan vazifalardir. Vazifalar faoliyat samaralarini o`rganish va kuzatish jarayonida xal qilinadigan taxminiy o`rganish natijasida paydo bo`ladi. Har holda, chegaralangan bo`lsa ham, laboratoriya eksperimentida texnika vositalari ham qo`llaniladi. Tabiiy eksperimentning alohida ko`rinishi psixologik-pedagogik eksperimentdir. Bu metodning eng asosiy xususiyati tekshiruvchiga maxsus tayyorlangan o`qitish va tarbiyaning ta`siri natijasidir. Oldin shaxsning ma`lum xususiyatlarining psixik jarayonlar tomonidan rivojlantirishning darajasi qayd qilinadi. So`ngra o`rganilgan shaxs xususiyatini o`zgartiradigan, ularga tarbiyaviy ta`sir qiladigan o`qitish jarayoni amalga oshiriladi. Pedagogik eksperimentning oxirgi bosqichi shaxs xususiyatining yangi darajasini aniqlashdir (diagnostik eksperiment). Shunday qilib, psixologik- pedagogik eksperiment o`tkazish, o`qitish va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlarida sodir bo`ladigan o`zgarishlarni aniqlash imkoniyatini beradi. Xulosa qilib shuni aytish kerakka, psixologik-pedagogik eksperimentning mohiyati o`quvchilarni shaxsan hamda bevosita o`qitish va tarbiyalash jarayonida tekshirish predmeti bo`lgan psixik xususiyati aktiv tarkib toptirish jarayonida o`rganishdan iboratdir. SUHBAT METODI : Suhbat metodi psixologiyada yordamchi metod hisoblansa ham, uning ahamiyati kattadir. Suhbat metodi yordami bilan boshqa metodlar vositasida chiqarilgan xulosalarni chuqurroq bilish va aniqlab olish uchun turli bosqichlarda, tekshirishning boshida masalani aniqlab olish va uni oydinlashtirish uchun ishlatiladi. Suhbat metodi savol-javob formasida o`tkaziladi. Bunda tekshiruvchi savol beradi, tekshiriluvchi esa javob beradi. Savolning mazmuni tekshirishning konkret vazifalariga qarab belgilanadi. Suhbatga tayyorlanishda savollarni ifodalashga alohida diqqat qilish kerak. Agar tekshiriluvchi bilan yaxshi munosabat o`rnata olmasa, o`quvchidan ishonchli axborot ololmasligi mumkin. Suhbat shaxsining individual xususiyatlarini o`rganishda keng qo`llaniladi. Suhbat metodi o`qitish va tarbiyalashning psixologik asoslarini tekshirganda, qiziqishlari va mayillarini, ideallarini, esda qoldirish xususiyatlarini va hayolini, shuningdek, qobiliyatini o`rganishda qo`llaniladi. ANKETA METODI : Bu metod, suhbat metodiga o`xshash, psixologiyadan yordamchi metod hisoblanadi. Lekin ba`zi paytlarda juda qimmatli natijalar beradi. Masalan, bu metodni kuzatish bilan birga qo`llanilganda muhim materiallar olish mumkin. Odatda anketa savollariga yozma ravishda javob berishni ifodalovchi metoddir. O`quvchi savollarga shaxsan yoki pochta orqali javob berish mumkin. Bu metoddan foydalanganda, savollar mazmunini aniq ifodalash va to`g`ri ta`riflash katta ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, anketani to`g`ri to`ldirish uchun zarur tushuntirishlar berilishi, to`plangan materiallarni son va sifat jihatidan sinchiklab o`rganish, bu materiallarni statistik ishlar muhimdir. Anketa metodining ijobiy tomonini o`z hajmiga ko`ra ko`p materiallar olish mumkinligi va shu asosda chiqarilgan xulosalarning to`g`riligidadir. Bu metodning asosiy kamchiligi olingan javoblarni real borlik bilan va javob beruvchining xatti- harakati bilan bog`liqligini aniqlashning mumkin emasligidir. MATEMATIK-STATISTIK METOD : Keyingi yillarda psixologiyada olingan materiallar matematik-statistik miqdoriy analiz qilish metodidan foydalanish qo`llanilmoqda. Bu metod psixologiyadan matematik-apparatni qo`llashni taqozo qiladi. Matematik apparatni qo`llash deganda, birinchi marta qabul qilingan gipotezani tasdiqlash imkoniyatini beradigan, hosil qilingan xulosalarning inobatda ekanligiga ishonch tug`diradigan turli statistik usullarni qo`llash va ehtimollik nazariyasi qoidalarini qo`llashni tushunamiz. Shuni esda tutish kerakki, o`qitish va tarbiyalashning psixologik vazifalarini hal qilishda yuqoridagi metodlardan birgalikda foydalanishgandagina to`liq va ishonchli natijaga erishish mumkindir. Hozirgi vaqtda pedagogik-psixologiyaning aniq ilmiy tekshirish vazifasiga ega bo`lgan sohalari bor. Bularga, birinchi navbatda, maktabda predmetlarni o`qitishning psixologik asoslarini kiritish mumkin. Masalan: o`qitishning psixologik asoslaridan quyidagilarni ajratish mumkin; 1. Ona-tilini o`qitishning psixologiyasi . Pedagogik psixologiyaning bu bo`limi ona tilidan bilim, iqtidor, malakalar hosil qilishning eng samarali usullarini topish masalalarini hal qiladi. Bu soha va yozish o`qitishga o`rgatishning orfografiya va grammatika o`rganishning psixologik asoslari masalalari ham kiradi. 2. Chet tili o`qitishning psixologiyasi. Bu bilim chet tilidan og`zaki gapirishga, yozma nutqqa, o`qishga o`rganish va tarjima qilish masalalarini o`z ichiga oladi. Bundan tashqari, bu bo`limning vazifasiga chet tilini o`qitish jarayonida o`quvchilarning individual ongini o`rganish va shu asosda tushunchalar sistemasini tuzish, bu sistemalar yordami bilan o`qituvchi chet tilini o`qitish jarayonini anglab olishi zarur bo`lgan psixologik masalalarini o`rganish ham kiradi. Chet tilini o`rganishning psixologik asosini o`rganish, chet tili darslarining materiallarini o`zlashtirishni osonlashtirishni va fikr almashtirish quroli, kommunikativ aloqa quroli bo`lgan tilni yaxshiroq tushunish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari test metodi, egzaklar metodi, geografik metodi, sostiometrik metodi, tematik proektiv metodi kabi metodlar mavjud, lekin psixologiyada asosan ko`pincha kuzatish va tajriba metodidan foydalaniladi. Suhbat va anketa metodi, ularga qo`shimcha ravishda psixologik test metodlaridan foydalaniladi. ADABIYoTLAR. 1. Karimov A. I. Yuksak ma`naviyat –engilmas kuch T. “Manaviyat”, 2008 y. 2. “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat to`g`risida”gi muvaqqat Nizom –Toshkent, 2002 yil 1 avgust 3. O`zbekston Respublikasining “qadrlar tayyorlash milliy dasturida” gi qonuni. T., 1997. 4. Karimov. I.A. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., O`zbekiston. 1997. 5. Asadov Y.M, Burxanov Yu. Olti yoshli bolalarning maktabga psixologik moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o`rganish bo`yicha tavsiyalar “Ma`rifat”, 2001 yil 1 dekabr 6. Abdurasulov.R. Maktabda psixologik xizmat. - Jizzax. 1999y 7. Xurvalieva T. Maktabda psixologik xizmatni tashkil etish.-A.Avloniy nomidagi XTHQTMOMI, 2006y 8. Davletshin. M. Psixologiyadan asosiy tushunchalar.-T., 1997. 9. Umumiy psixologiya. Petrovskiy A.V. tahriri ostida.-T., 1992. 10. Umumiy psixologiya, Dastur.-T., 1999. 11. Umumiy psixologiya. M.G.Davletshin., S.M.To`ychieva.-T., 2002. 12. O`qituvchilarga psixologik yordam beruvchi o`yin va mashqlar. Matmuratova. N.B. (o`quv.met.qo`l. T., 2006.) 13. G`oziev.E./ Psixologiya. 1994.