logo

O’quvchilarni oilada tarbiyalash. Tarbiyani tashkil qilishni sinfdan va maktabdan tashqari, jamoat tashkilotlarida, tibbiyot muassasalarida olib boriladigan ishlarni ahamiyati

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.5 KB
O’quvchilarni oilada tarbiyalash. Tarbiyani tashkil qilishni sinfdan va maktabdan tashqari, jamoat tashkilotlarida, tibbiyot muassasalarida olib boriladigan ishlarni ahamiyati Reja : 1.Oilada tarbiya va uning shaxs shakllanishida tutgan o’rni. 2. Sinfdan va maktabdan tashqarida tarbiya berish usullari. Biz juda ko’p tarbiya to’g’risida gapirdik, deyarlik barchasida bola tarbiyasi asosan oiladan boshlanadi va keyinchalik takomillashadi, mukammalashadi va rivojlanadi. -Oilaviy tarbiya bu ota- onalarning o’z xayotlari turmush tarzlari, bola shaxsida ilmiy dunyoqarash asoslari, ma’anviy axloqiy nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy ilmlarni shakllantirish maqsadida bolalarga sitsemali ta’sir ko’rsatish xisoblanadi. -Oila o’z xayoti jarayonida o’sib, yangilanib boradi. Bu jarayon turli xil ijtimoiy, iqtisodiy ma’naviy omillar ta’sirida kechadi bola tarbiyasida bu ham bola tarbiyasida muxim rol o’ynaydi.Oilaviy tarbiya jarayonida oilaning milliy xususiyatlariga ham e’’tibor berish kerak. Sababi milliy har xil udumlar, turmush tarzlari bola tarbiyasiga ta’sir e’tadi. -Bolalarni oilada ba’zi pedagogik omillar bor bo’larni e’’tiborga olmay bo’lmaydi. Ms: -Respublikaning iqtisodiy sharoiti. -iqlimi -tabiatnig o’ziga xos xususiyatlari. -dexqonchilik turlari. -oiladagi dexqonchilik turlari. Bo’lardan tashqari yana: -Demiografik xolatlar. -e’tnik. milliy shart sharoitlar, -axolining zichligi, tabiiy o’sishning yuqoriligi. -ko’p bolalik (bir sutkadan o’rtacha 1680 bola tug’iladi) -respublikaning ko’p millatligi. -xar xil millatlardan oilalar borligi va boshqalar. A.S. Makarenko ta’kidlaganidek “Qa’iy aytish mumikn, yolg’iz o’g’il yoi qiz tarbiyalash, bir necha bolani tarbiyalashga qraganda ancha qiyin.” Xatto agar moddiy jihatdan bir muncha qiynalgan taqdirda ham yolg’iz bola bilan kioyalanib qolish yaramaydi. -Agar oilada o’zaro hamkorlik, o’zaro yordam, bir-biriga ishonch xolati mavjud bo’lsa, bunday oilada rotsgo’y, samimiy, mexribon, xamisha uning yordamiga muxtojlarga tayyor inson kamol topadi. Kuzatishlarga qaraganda, yoshlardan kattaning xatti-xarakatlari, axloqiy fazilatlarga tanqidiy munosabatda bo’lish xissi kuchli bo’ladi. SHu jixatdan xam tinch-totuv yashaydiganlar oilasidan yaxshi ahloqiy xislatlari bilan: -xushmuomilalik. -odoblilik -kattalarga hurmat -kichiklarga g’amg’o’rlik va boshqa fazilatlari shakllanadi. Oila jamiyat hayotini olg’a suruvchi, yuksak bosqichlarga ko’taruvchi, kelajak avlodlarni tarbiyalab kamol toptiruvchi ma’sul g’oyat muhim boshlang’ich guruxdir. Oilada e’rkaqlar bilan ayollarning xuquqlari teng tarzda tarbiya ishlari olib brilishi tarbiyada muhim ahamiyat kashf e’tadi. Oilada bolalarning tarbiyasida ota-onaning savodxonligi, kitob o’qishlari va boshqalar muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda Respublikamizda tarbiyaga oid bilimlarni targ’ib qilish da quyidagi shakllarda foydalanish maqsadga muvofiq dir. -xalq universitetlaridan -ota-onalar universitetlaridan -ota-onalar faqo’ltetlaridan -ota-onalar lektoriysi, -seminarlar. Kurslar. -tarbiyaviy xuquqiy bilim maktablaridan -to’garaqlar va b. Bo’lardan tashqari -xalq pedagogika tajribalari -mehnat jamoalari -mehnat va urish faxriylari va boshqalar bilan uchrashuvlar yaxshi natija beradi. Maktablardagi ota-onalar majlisi muhim rol uynaydi.CHoraqlik baholar, ko’rgazmalar, badiiy chiqishlar va boshqalar tarbiyada muhim ahamiyati bor. Maktablarda to’ziladigan ota-onalar qo’mitasi, sinflardagi ota-onalar qo’mitasining ahamiyati juda katta. Sinf ota-onalar qo’mitasi raisi ____________ a’zo e’tib olinadi. Ularning soni 5-7 kishi va raisi hamda o’rinbosar bilan. Maktab oila jamoatchilik hamkorligini yo’lga qo’yishda sinf raxbarning tarbiyaviy faoliyatlari muhimdir. Sinf rahbarining ota-onalar bilan uyda, maktabda uchrashishlari tarbiyaga ta’sir ko’rsatadi. Sababi ko’pchilik bolaning tarbiyasiga oid maqsadlar uyda.hamkorlikda hal e’tiladi. Bola tarbiyasiga jamoatchilikning ta’siri to’g’risida. -choyxona suhbatlari -uchrashuvlar -mavsumiy bayramlar -sayillar -qovun sayli -tug’ilgan kunlar -qiz yig’inlar -kelin salomlar -sumalak sayli -har xil o’yinlar Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar. Sinfdan va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamolati bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Muammoni ijobiy hal e’tish uchun tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim: 1. Ulg’ayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat debtan olish o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy xuquqini e’’tiborda tutish lozim. 2. Milliylikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish. 3. pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish (bizda vrach va bemor bolalar o’rtasida) Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaqlar bir necha xilda bo’lishi mumkin. 1. Fan to’garaqlari 2. Moxir qo’llar to’garaqlari 3. Duradgorlik tugaraqlari 4. Sport to’garaqlari 5. Badiiy xavaskorlik to’garaqlari. Hozirgi kunda maktabdan tashqari tarbiya ishlari olib borishda: 1. Bolalar uylari 2. YOshlar saroylari 3. YOsh texnik saroylari 4. YOsh texniklar uylari 5. YOsh tabiatshunoslar uylari bo’lar hammasi maktab bilan birga ish olib borsalar tarbiyaning samarasi yaxshi bo’ladi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi. -darsdan tashqari ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish -ushbu ishlarni pedogogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish. -o’qituvchilarga, ota-onalarga, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish. -umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan e’ng muxim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish -jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin. 1) Tarbiyaviy ishlar soxasida e’rishagan yutuq va kamchiliklarni taxlil qilish 2)Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash. 1) Tarbiyaviy, ommoviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmunini shakl va usullarini aniqlash. 2) Ushbu ishlarni guruxlashtirish va boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. Ish usullari. 1)Og’zaki ish usuli 2)Amaliy ish olib borish usuli 3)Ko’rgazmali ish usullari -YUqoridagi ishlarni olib borishda tibbiy muassasa va xodimlar roli haqida gapirish kerak. -Diniy tarbiyaning moxiyati to’g’risida gapirish kerak. Qo’llanilgan adabiyotlar. 1. MunavvarovA.K. Pedagogika,Toshkent,”O’qituvchi”,1996,180-187b 2. TursunovI, Nishonaliev U. Pedagogika kursi, Darslik, Toshkent, ”O’qituvchi” , 1997,214-228 b. 3. G’aybo’llaev N va b.Pedagogika, Toshkent, 2000, 131-146b. 4. Baranov S.P. va b. Pedagogika,Toshkent,”O’qituvchi”, 1990,305-314b 5. Savin N.V.Pedagogika,Toshkent,”O’qituvchi”,1975,322-333b. 6. Babanskiy YU.K.va b. Pedagogika.Moskva, 1988,224-276 b 7. www.ziyonet.uz