logo

Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari. Axborotlarni uzatish va qabul qilishning «qog’ozsiz texnologiyalari», modem aloqasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

80 KB
Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari. Axborotlarni uzatish va qabul qilishning «qog’ozsiz texnologiyalari», modem aloqasi Reja: 1 . Informatsion sistemalar taraqqiyoti bosqichlari 2. Kompyuter tarmoqlari 3. Kompyuterlarning lokal tarmoqlari va multimedia 4. "Mijoz-server" texnologiyasi Informatsion sistemalar taraqqiyoti bosqichlari Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o'rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqazo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tash-qari zarur axborotga o'z vaqtida ega bo'lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma xil axborotlarni tez va kerakli ko'rinishda qabul qilish yoki uzatishni talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kom-pyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasavvur qilish mushkul. Oddiy aviachiptalardan tortib, kosmosni tadqiq qilishgacha bo'lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi informatsion siste-malar mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda. Informatsion sistemalar - bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlash kabi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan sistemalardir Informatsion sistemalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim omillar: ortiqcha axborot hajmini qisqartirish, ishonchli axborot yo'qotilishining oldini olish, axborotdan foydalanish darajasini oshirish, termin va tushunchalarni standartlashtirish, infor-matsion jarayonlarni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish. Iqtisodiyotning turli sohalarida qayta ishlanadigan axborot hajmining oshib borayotganligi mazkur jarayonga zamonaviy vositalarni ilmiy asoslangan holda qo'llashni talab etadi. Informatsion sistemalar o'z taraqqiyotida quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1- bosqich (1960 yillar boshlari). Bu davrda informatsion sistemalar birinchi va ikkinchi avlod mashinalari asosida o'z informatsion massiviga ega bo'lgan alohida amaliy das-turlar majmui shaklida tashkil etilgan. Bu ham mashina xotirasida ma'lumotlarning bir necha bor takror ifodalanishiga olib keldi. Mazkur sistemalardagi amaliy dasturlarda ma'lumotlar har safar qayta tavsiflanib, ularni izlash va tartiblash usullari oddiy amallar ketma-ketligi shaklida ifodalanar edi. EHM xotirasida ma'lumotlarning o'zgartirilgan shaklidan tashqari ularning av-valgi ko'rinishlari ham saqlanar edi. Bu hol foydalanuvchi uchun yaratilgan dasturdagi ko'rsatmalarda har safar o'zgartirishlar kiritilishini talab etar edi. Bularning barchasi informatsion sistemalardan foydalanish samarasini pasaytirib, ularni yaratish uchun haddan tashqari ko'p mehnatni talab etar, bir xil ma'lumotlarning takrorlanishi ham mashina xotirasining samarasiz ishlatilishiga olib kelar edi. 2 - bosqich (1970 yillar o'rtalari). Bu davrda yaratilgan informatsion sistemalarda ma'lumotlar shunday jamlanar ediki, ulardan turli masalalarni hal qilishda foydalanish imkoni yaratildi. Bir guruhga mansub masalalar uchun umumiy bo'lgan funksiyalar ishlab chiqildiki, ular yordamida ma'lumotlarni izlash, tartiblash va masalada foydalanish uchun kerakli shaklga o'tkazish imkoniyati yaratildi. Ammo ko'p hollarda ma'lumotlar majmuilarini birlashtirish kerakli samarani bermadi, chunki bunda kerakli ma'lumotni izlash murakkablashib ketdi. Mazkur sistemalarning asosiy kamchiliklaridan biri shundaki, unda ham ma'lumotlarning tak-rorlanishi mavjud bo'lib, bu EHM ning tashqi va ichki xususiyatlariga katta talablar qo'ydi. Bundan tashqari ma'lumotlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik o'ta murakkab informatsion siste- malarni yaratishni talab etar edi. 3 - bosqich (1970 yillar oxiri - 1980 yillar boshlari). Bu davrda yaratilgan informat-sion sistemalar uchinchi avlod mashinalarining paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liq, chunki bu mashinalardagi xotira ma'lumotga bevosita murojaat qilish, ma'lumotlarni integrallashgan (mujassamlashgan) usulda yig'ish va saqlash xususiyatiga ega edi. Mazkur bosqichda yaratilgan informatsion sistemalarning muhim xususiyati shundaki, bir paytda bir necha foydalanu-vchi sistemadagi ma'lumotlarni o'z masalasi uchun qo'llashi mumkin edi. Bunga EHM opera-sion sistemasini rivojlantirish hisobiga erishildi. Endi amaliy dasturlar shakliga ma'lumotlarning xotirada qay ko'rinishda joylashganligi ta'sir ko'rsatmaydigan bo'ldi. 4 - bosqich (1980 yillardan keyingi davr). Bu davrda yaratilgan informatsion sistemalarning asosiy xususiyatlari shundaki, turli amaliy masalalarni hal qilishda ularni ma'lumotlar bilan ta'minlashni avtomatlashtirishdan iborat. EHM ning bir necha prosessorli, axborotlarni turli shaklda saqlash imkoniyatiga ega bo'lgan rusumlari hamda katta imkoniyatli aloqa vositalari yaratilganligi informatsion sistemalarni sifat jihatdan yangi shaklda yaratil-ishini ta'minlamoqda. Yuqorida sanab o'tilgan muammolar ma'lumotlar jamg'armasini yaratish bilan o'z yechimini topmoqda. Bunda saqlanayotgan informasiyaga birvarakay bir necha foydalanuvchi murojaat qilishini tashkil etish avvalgiday bevosita emas, balki axborotlar omborini boshqarish sistemalari (AOBS) orqali amalga oshirilmoqda. Hozirgi paytdagi aksariyat informatsion sistemalarni ishlatishda foydalanuvchi o'z amaliy dasturida ishlatiladigan ma'lumotlarni tavsiflay, tartiblay olishi hamda biror dasturlash tilini bilishi talab qilinadi. Kelajakda informatsion sistemalar uchun yaratiladigan ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalar foydalanuvchining amaliy dasturida ma'lumotlarning shakli va xotirada jismoniy, mantiqiy joylashuvidan hamda biror dasturlash tilidagi ko'rsatmalar grammatikasidan bog'liq bo'lmaydi. Bunday ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalari yaratishda ma'lumotlarning nafaqat jismoniy ko'rinishi, balki ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik informatsion munosabatlar orqali ifodalanishi talab etiladi. Aloqa vositalari, dasturli ta'minotning, kompyuter texnikasining yangi pog'onalarga ko'tarilisi informatsion sistemalarning yanada mukammallashgan shakillari yaratilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda yaratilayotgan va qo'llanilayotgan informatsion sistemalar avvalgi avlodlaridan ham texnik, ham dasturli, ham katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlay olishi bilan tubdan farq qiladi. Kompyuter tarmoqlari Hozirgi zamonda kompyuterlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan sohalarda kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo'lmaydi. Shaxsiy kompyuterga ega bo'lish, ixtiyoriy axborotni saqlash, ixtiyoriy algoritm bo'yicha bu axborotni qayta ishlash imkoniyati hamma uchun mavjud. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo'lmasin ish faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo'lgan barcha axborotni unga sig'dirib bo'lmaydi. Biror axborot zarur bo'lib qolgan vaqtda uni boshqa kompyuterdan disketa yordamida ko'chirib olinadi. Lekin qo'shimcha axborot zarur bo'lib turgan vaqtda disketa ko'tarib yurish ko'pchilik foydalanuvchilar uchun noqulay, albatta. Bunday noqulayliklardan qutilish uchun kompyuterlarni birlashtirish prinsipi taklif qilingan. Kompyuterlarni birlashtirish vazifasini ikki yo'nalishda bajarish mumkin. 60-70- yillarda uzoqlashgan terminallar sistemasi tushunchasi paydo bo'ldi. Bu tushunchaning ma'nosi shundan iboratki, terminal displey va klaviaturadan iborat bo'lib, bir nechta terminal bitta yirik hisoblash mashinasiga ulangan bo'ladi. Bunda bir nechta foydalanuvchi bitta kom-pyuterdan bir vaqtning o'zida foydalanishlari imkoniyati yaratiladi. Bu terminallar hozirgi shaxsiy kompyuterlarning ajdodlari bo'lib, ularning bosh kompyuter bilan bog'lanish tex- nologiyasi 70-yillarning o'rtalarida paydo bo'lgan lokal tarmoqlarga asos bo'ldi. Bunday tarmoqlar o'z ishi uchun qo'shimcha qurilmalar talab qilsada (kengaytirish platasi, kabel), u kompyuterlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Bitta kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi mumkin. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilinib, yuqorida aytganimizdek, lokal tarmoqlar deb nomlanadi. Lokal tarmoqlarga misol tariqasida Local Area Networks, LANs, Ulan tarmoqlarini keltirish mumkin. XX asr oltmishinchi yillarining oxirida uzoq masofada joylashgan kompyuterlarni o'zaro ulash imkoniyatini beruvchi global tarmoqlar vujudga keldi. Bunday tarmoqlarda hattoki turli mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni o'zaro ulash mumkin bo'ladi. Lokal va global tarmoqlarning ishlashidagi o'zaro farqi shundaki, lokal tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarning o'zaro muloqati kompyuterlarning ishiga ta'sir qilmaydi, global tarmoqda esa boshqa kompyuterga murojaat qilish uchun bir nechta amallar ketma-ketligini bajarish kerak: tarmoqqa kirish, kerak kompyuterning koordinatlarini (tarmoq adresini) ko'rsatish, aloqa ulanishini kutish va h.k. Shunga qaramay, global tarmoqlar ko'p hajmdagi axborotlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bunday tarmoqlarga Usenet, Relsom, Fido, Palnet, Vitnet, GlasNet tarmoqlarini misol sifatida keltirish mumkin. Modem va elektron pochta. Global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Aloqa vositalari rivojlangan bugungi kunda bunga ehtiyoj ham yo'q. Telefon tarmoqlaridan foydalanib, kompyuterlarni global tarmoqlarga ulash uchun modem qurilmasi ishlatiladi. U katta bo'lmagan elektron qurilma bo'lib, kompyuter ichida yoki alohida joylashtirilgan bo'lishi mumkin. Kompyuterda ma'lumotlar raqamli signallar ko'rinishida saqlanadi, telefon tarmog'i orqali esa analog ko'rinishli signallari o'tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkaziladi va telefon tarmog'i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi kompyuterga ulangan modem analog signallarni sonli signalga o'tkazadi va kompyuterga beradi. Signalning raqamli ko'rinishidan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma modulyator deb ataladi. Signalning analog ko'rinishidan raqamli ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi. Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi va uning nomi yuqoridagi ikkita qurilmaning nomidan kelib chiqadi: Ma'lumotlarning bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatilish jarayoni quyidagi rasmda ko'rsatilgan: Tuzilish jihatidan modemlar ikki xil ko'rinishda bo'ladi: ichki va tashqi. Ichki modemlar plata ko'rinishida bo'lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadiganbo'lib, o'zining korpusiga ega va alohida qurilmadir. Hozirgi modemlarning ko'pchiligi faqatgina ma'lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma'lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun xizmat qiladi. Ba'zilari hattoki telefon tarmog'iga ulangan javob beruvchi avtomat qurilma vazifasini ham o'tashi mumkin, ya'ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini uzatishi yoki bunday signallarni qabul qilib xotiraga fayl ko'rinishida yozib qo'yishi mumkin. Har qanday global tarmoqning asosiy qismi elektron pochta hisoblanadi. Elektron pochtasiz har qanday global tarmoq o'z mohiyatini yo'qotadi. Ishlash prinsipiga ko'ra elektron pochta oddiy "qog'ozli" pochtani eslatadi. Xatni biror odamgayetkazish uchun uning manzili va unga yaqin joylashgan pochta nomerini bilish kifoya. Manzilga yetish uchun xat bir nechta pochta bo'limlaridan o'tadi. Elektron pochtaning ham, qog'ozli pochtaning ham afzalliklaridan biri - xatni o'zingizga ma'qul bo'lgan vaqtda yuborishingiz mumkin, qabul qilib oluvchi esa o'ziga ma'qul bo'lgan vaqtda xatni olishi va o'qishi mumkin. Elektron pochta xizmatidan hozirgi vaqtda juda ko'p sohalarda foydalaniladi. Masalan, jamg'arma banklarida bir hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga pul o'tkazish elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon tez bajarilganligi bois, samaralidir. Hozirgi vaqtda elektron pochtani dunyoning ixtiyoriy nuqtasiga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo'lgan SprintMail, MCI Mail, AT&T Mail va h.k. aloqa xizmatlari mavjud. Kompyuterlarning lokal tarmoqlari va multimedia Hozirgacha alohida olingan kompyuter imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdik. Bir kompyuter avtonom holda masalalarni hal qilish, ma'lumotlar omboridan kerakli axborotni olish va undan foydalanishni bemalol uddalay oladi. Ammo kompyuterlar o'rtasida ma'lumotlar tashqi axborot tashuvchilar (disketlar, SD - disklar va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. Bir necha alohida kompyuterlarni birlashtirib, lokal kompyuter tarmog'ini (LKT) yaratish mumkin. Mazkur tarmoq ikki va undan ortiq kompyuterlarning ichki resurslari (xotira, ma'lumotlar, amaliy dasturlar va boshqalar) dan, tashqi qurilmalar (printer, diskyurituvchi va boshqalar) dan birgalikda foydalanish imkonini beradi. Xo'sh, ishni bu kabi tashkil etishning qanday afzalliklari bor? Birinchidan, ma'lumotlardan birgalikda foydalanish shunday sistemalar yaratish imkonini beradiki, ularda ko'riladigan masalalarni alohida kompyuterda bajarish umuman mumkin emas yoki samarasiz bo'ladi. Masalan, siz bilan avvalgi boblarda tanishgan ma'lumotlar omboridagi mahsulotlarni hisobga olish misolini ko'raylik. Mazkur ma'lumotlardan kamida uch guruh xodimlar: ombordagi ashyolarni hisobga oluvchilar, ularni sotuvchilar va rahbarlar foydalanadilar. Mazkur xodimlarning ayrimlari ashyolarni hisobga olish kitobini yuritsa, ayrimlari moliyaviy hujjatlarni tayyorlaydilar, uchinchilari esa ashyolarni boshqarish (xarid qilish, sotish uchun mijoz topish ) bilan shug'ullanadilar. Agar biz bu masalani alohida-alohida kompyuterlarda hal qilganimizda edi, mavjud ma'lumotlarning nusxasini har bir kompyuterda saqlash va u o'zgarganda, disketalar yordamida ma'lumotlarning barcha kompyuterlardagi variantini o'zgartirishimiz kerak bo'lar edi. Ombordagi ashyolar soni hamda nomi tez o'zgarib turishini inobatga olsak, har safar ma'lumotlar omborining o'zgargan ko'rinishini har bir kompyuterda yangilab turish samarasiz ish bo'lgan bo'lur edi. Ikkinchidan, lokal kompyuter tarmog'idan foydalanish turli texnik vositalarga ketadi- gan xarajatlarni keskin kamaytiradi. Faraz qiling, bir korxonada o'nta xodim kompyuterdan foydalanib, o'z masalalarini hal qiladi. Ular uchun o'nta kompyuter va o'nta printer bo'lishi kerak. Bir tipdagi murakkab masalalarniyechayotgan bu kompyuterlar uchun qimmatbaho xotira qurilmasi ham ishlatiladi. Undan tashqari doimo yangilanadigan ma'lumot omborini har bir kompyuterdagi nusxasini saqlash, biridan ikkinchisiga o'tkazish uchun kerak bo'lgan tashqi axborot tashuvchi vositalardan anchagina ishlatish va, demak, xarid qilish kerak bo'ladi. Lokal kompyuter tarmog'i bu masalani qanday hal qiladi? Kompyuterlardan biri tarmoqdagi asosiy kompyuter etib tanlanadi. Uni fayllar serveri yoki, oddiy qilib, server deb nomlaymiz. qolganlari esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan yoki o'zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar. Ishchi stansiyalar avvalgidek avtonom kompyuter vazifasini ham bajaraveradi: u operasion sistemasining hamda ma'lumotlar fayllarini xotirasida saqlaydi. Ammo butun tarmoqning ishini tarmoq operasion sistemasi boshqaradi. Uning aksariyat qismi fayl serverda saqlanadi, ayrim elementlari esa ishchi stansiyalarida ham mavjud bo'ladi. Tarmoqqa bir yoki bir necha printer va boshqa qurilmalarni ulash mumkin. Tarmoq operasion sistemasi tarmoqning resurslarini ishlatishda ayrim amallarni cheklashi mumkin. Bu hol informatsion sistemasidagi axborotlar va ma'lumotlarning to'kisligini saqlash imkonini beradi. Tarmoqda ishlaydigan dasturlar avtonom kompyuterlar uchun foydalanadigan dasturlar kabi tuziladi. Ammo mazkur dastur ma'lumotlar bazasini o'zgartirishni nazarda tutsa, boshqa foydalanuvchilar ma'lumotlarni o'zgartirishni cheklashi kerak bo'ladi, chunki ma'lumotlarga bir vaqtda bir necha foydalanuvchi murojaat qiladi va uni o'z masalasiga moslashtirib, o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ishchi stansiyalardan tarmoqdagi printerga bosmaga chiqarish uchun uzatilgan xujjatlar navbatma-navbat chop etiladi. Lokal kompyuter tarmog'i ishini mutaxassislar - ma'murlar boshqaradi. Tarmoqda ishlashda foydalanuvchi o'zining avtonom kompyuteri xotirasidan tashqari qo'shimcha xotiralardan foydalanishi imkoniyatiga ega bo'ladi. Biror ishchi stansiyasiga ma'lumot ko'payishi uchun serverdagi biror diretoriyaga fayl ko'rinishida yozishyetarli. Lokal kompyuter tarmog'i ni hududiy va xalqaro tarmoqlardan farqlash lozim. Lokal kompyuter tarmog'i alohida olingan joyda tashkil etilib, unda kompyuterlar o'zaro va tarmoq platalari bilan bog'lanadi. Hududiy yoki xalqaro tarmoqlarda kompyuterlar esa telefon, radio va hatto sun'iy yo'ldoshlar orqali axborot almashinadilar. Multimedia. "Multimedia" so'zini o'zbek tiliga o'girganimizda "ko'p muhit" degan ma'noni anglatadi. Multimedia - maxsus texnologiya bo'lib, u kompyuter texnik vositalari va dasturli ta'minoti yordamida rasmlar va matndan iborat axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish imkonini beradi. Multimedia uchun dasturlar, texnik vositalar ishlab chiqish mustaqil yo'nalish bo'lib, undan foydalanuvchi tasavvurida multimedia texnalogiyasini multimedia axborotlaridan bevosita foydalana olish imkonini beradigan apparatli vositalar; multimedia axborotlarini ish-lata oladigan dasturlar va multimedia axborotlarini tashuvchi texnik vositalar tashkil etadi. Kompyuterni multimedialik deb hisoblash uchun u ma'lum bir texnik vositalar va dasturlarni o'z ichiga olmog'i lozim. Bugungi kunda multimedia dasturlari bozorini o'rganish bo'yicha Xalqaro Kengash tuzilgan bo'lib, uning ko'rsatmasi bo'yicha multimedia va uning dasturlari normal ishlashi uchun kompyuter kamida quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim: - rusumi 486DX va ishlash chastotasi 25 MGs ; - tezkor xotirasi 4 Mb va doimiy xotirasi 160 Mb; - monitor ekrani 640 x 480 pikselli va 65536 xil rangni ko'rsata oladigan; - tovush platasi va ovoz kuchaytirgichlar; - kompakt lazerli disklardan multimedia informasiyasini o'qiy oladigan qurilma. Multimedia informasiyasini saqlash va tashish uchun maxsus vositalar - kompakt disklar (CD - Compact Disk) ishlatiladi. CD lar xotirasi kamida 650 Mb bo'lib, uni o'qiydigan qurilma CD-ROM (Compact Disk Read-Only Memory) yozishga mo'ljallangan qurilmani CD-RW deb yuritiladi va tashqi xotiradagi informasiyani ichki xotira (doimiy yoki vaqtincha) ga kiritish uchun ishlatiladi. CD-ROM larda ma'lumotlarni o'qib olish tezligi unda diskni aylantiradigan qurilmaga bog'liq bo'lib, bugungi kunda belgilangan minimum xususiyatlardan 4, 6, 24, 48, ...,128 marta tez ishlaydigan qurilmalar mavjud. Shunga ko'ra, 4 marta (belgilanishi 4 x CD (Quadro)), 6 marta (6 x CD), 24 marta (24 x CD) va h.k. tez ishlovchi CD-ROM deb yuriti-ladi. CD lar o'z vazifasiga ko'ra disketalar, magnit tasmalariga o'xshaydi, ammo undan informasiyani o'qib olish tezligi yuqoriligi bilan farq qiladi.Ular shaklan uy magnitofonida ishlatiladigan CD ga o'xshaydi, ammo birini ikkinchisi bilan almashtirib bo'lmaydi. CD larni ba'zan "lazerli disklar" deb ham ataydilar va ularga axborotni maxsus ishlab chiqarish sharoitidagina yozish mumkin bo'lib, ularni kompyuterlarda ishlatishda guyo vinchester yoki disketa bilan ishlayotgandek ishlanaveradi, faqat unga biror nom berilishi lozim. Bu sayt orqali Respublika ta'lim markazi to'g'risidagi axborotlarni va metodikaga oid yaratilayotgan yangilik bilan tanishib borish mumkin. Keyingi vaqtlarda WWW - serverlarni yirik relyasion informatsion tizimlar bilan bog'lash imkoniyati yaratilmoqda. Bu hol server bilan bog'langan kompyuterlar yordamida dunyodagi yirik informatsion manbalarga kirish va uyerdagi ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatini bermoqda. Internet global tarmog'i bilan oxirgi paytlarda keng tarqalgan kiberfazo, virtual xaqqoniylik kabi tushunchalar ham bevosita bog'langan. Mazkur tushunchalarning muhim xususiyati shundan iboratki, ularga biror fan tushunchalari yordamida aniq bir ta'rif berish mumkin emas - ular badiiy obraz bo'lib, ilmiy tushunchalar hisoblanmaydilar. Dunyodagi barcha aloqa vositalari bilan bog'langan kompyuter tizimlari, ulardagi axborot, ma'lumot majmuasi va oqimlarining to'plamiga kibernetik fazo (kiberfazo) deb ataladi. Virtual xaqqoniylik deganda, mavjud kompyuter texnologiyalari yordamida ekranda real ob'ektlar va jarayonlarning ( odamlar, musiqa asboblari, badiiy asarlar, samolyotlar va boshqalar) obrazini yaratishni tushunamiz. Mazkur shakllar ob'ekt yoki jarayonlarning fotosurati emas-ularning belgilangan ko'rsatma va buyruqlar yordamida xarakatga keltirish-bir holatdan boshqa holatga o'tkazish mumkin, ular bilan haqiqiy ob'ektlar kabi "muomala" qilishimiz mumkin. Masalan, pianino shaklida biror musiqa ijro etishimiz; kimyoviy uskunalar yordamida kimyoviy reaksiyalar o'tkazish mumkin. Shunday qilib, hayotimizga kirib kelayotgan kiberfazo va vertual xaqqoniylik tushunchalari bizni dunyoning barcha informatsion manbalaridagi axborot, ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratmoqda. "Mijoz-server" texnologiyasi Biz yuqorida kompyuter texnologiyasining ko'p jabhalarini o'rgandik. Go'yo bizga boshqa imkoniyatlar kerak emasdek. Haqiqatdan ham dastlab cho'tda yoki arifmometrda hisoblaganimizda, mashinkada materiallarni chop etganimizda, ulardan ko'nglimiz to'q edi. Keyin DOS Norton Commander bilan kompyuterlar hayotimizga kirib keldi. Ammo biz shu darajada to'xtab qolmadik- biz Windowsni yaratdik. Alohida (individual) kompyuterning o'zi endi bizga kamlik qilib qoldi. Biz tarmoqli informatsion tizim yaratish yo'lidamiz. Bu kabi tizimni uchta asosiy elementlar: - texnik vositalar; - tarmoq operasion sistemasi; - amaliy dasturlar majmui   tashkil yetadi. Texnik vositalar majmuini serverlar, mijozning ishchi stansiyalari, kommutasion aloqa vositalari tashkil etadi. Tarmoq operasion sistemasi tarmoqdagi axborotlar majmuidan barcha ishchi stansiyalari - mijoz kompyuterlari tomonidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Amaliy dasturlar, avvalgi mavzularimizda tanishgani-mizdek, foydalanuvchining masalasiniyechish uchun xizmat qiladi. Xo'sh, bu o'rinda qanday muammo bor? Mavjud axborot sistemalari turg'un ishlamayapti. Gap shundaki, foydalanuvchi kompyuteridagi dastur avtonom bo'lib, unga ma'lumotlar serverdan to'liq informatsion fayl sifatida o'qib olinadi. Ammo foydalanuvchi dasturi uchun shu ma'lumotlarning bir qismigina kerak xolos. Undan tashqari, turli dasturlar serverdan ma'lumotlarni faqat o'zi o'zgartira olishi ko'rinishida o'rnatilgan bo'lib, mazkur dasturlar o'zlaridagi ko'rsatma, buyruqlar asosida ma'lumotlarni o'zlariga kerakli ko'rinishga o'zgartiradilar. Demak, bir axborot bir necha foydalanuvchilar tomonidan o'zgartirilishi mumkin. Bu esa axborotlarning ob'ektiv bo'lishini ta'minlamaydi. Umuman olganda, bu juda dolzarb masala. Lokal tarmoqni eng zamonaviy texnika va texnologiya asosida yaratish, unda eng tajribali dasturchilarni ishlatish mumkin. Lekin yuqoridagidek holat bo'lsa, informatsion tizimning ishonchliligi susayib, butun sistemaning ishdan chiqishi hali vujudga kelishi mumkin. Mazkur holdan chiqishning uslubi yaqinda yaratilgan bo'lib, u "mijoz - server" deb nomlanadi. Uning asosiy g'oyasi shundan iboratki, serverning va mijoz kompyuteridagi dasturning ma'suliyati ajratildi - endi mijoz kompyuteridagi amaliy dastur serverdagi dasturdan farqli o'laroq axborot va ma'lumotlar tizimini o'zgartira olmaydi. U server tomonidan berilgan natijaviy axborotni kerakli ko'rinishga o'tkazish uchungina xizmat qiladi. "Mijoz - server" texnologiyasi ma'lum talablarga javob beruvchi dasturlar majmuini yaratishni taqazo etadi. Bu talablar quyidagilardan iborat: - ishonchlilik, ma'lumotlarning to'liqligi va xavfsizligi; - dasturlar va ma'lumotlar omborini o'zgartirmasdan texnik vositalari almashtirish imkoniyati; - o'rnatish va foydalanishning soddaligi; - turli amaliy dasturlarni qo'llashning soddaligi; - ma'lumotlar omboriga murojaat qilish va undagi axborotlardan foydalanishda qulaylik; - informatsion sistemaning "ochiq"ligi, ya'ni avvalgi xarajatlarni saqlagan holda ularn-ing vazifalarini kengaytirish imkoniyati. "Mijoj - server" texnologiyasi bugungi kunda informatsion sistemalarni yaratishdagi asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Albatta bunda boshlovchilar uchun soddalashtirilgan amaliy dasturlar ishlab chiqish masalasi ham muhimdir. Amerikaning Centura Software kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan SQL Windows Solo dasturi relyasion ma'lumotlar ombori bilan ishlaydi va foydalanuvchi uchun sodda. Tarmoqda ishlashga mo'ljallangan mazkur dasturda "sichqoncha" manipulyatoridan foydalanib, turli dasturlar yaratish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar : 1. Umumiy o’rta ta’limning davlat standarti va o’quv dasturi. 5 maxsus son. Т oshkent, «Sharq», 1999 yil 2. Т ayloqov.N va boshqalar. «Informatika va ХТ asoslari». 1-2 qismlar, Т oshkent, «O’qituvchi». 2002 yil 3. Abduqodirov va boshqalar. «Informatika va ХТ asoslari» . 8-9 sinflar uchun. Т oshkent, «O’qituvchi»,1996 . 4. B.Boltayev va bosh. – «Informatika darsliklari» Т oshkent-1997 5. «Informatika va ХТ asoslari» elektron darsligi. 8-9 sinflar uchun 2006 y 6.www.Ziyonet.uz 7. www.NUR.uz