logo

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari. Metrologiya, standartlashtirisha sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi v

Yuklangan vaqt:

04.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

110 KB
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi Reja: 1. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari. 2. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi 3. Sifatning virtual sxemasi Metrologiya fan sifatida o`lchashlar, ularga bog`liq va tegishli bo`lgan qator masalalarni o`z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo`lib, o`lchash, o`lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo`lsak, metrologiya - o`lchashlar haqidagi fan. Inson aql-idroki, zakovati bilan o`rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo`nalishini olmaylik, albatta o`lchashlarga, ularning turli usullariga, o`zaro bog`lanishlariga duch kelamiz. Bu o`lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o`lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo`nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo`lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog`liq. Inson qo`li etgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o`lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o`rganilgan, izlangan hamda ko`zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo`lgan birorta yo`nalish yo`q. Shuning uchun ham metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslarini bilish, uni o`z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo`llash texnika va texnologiya soxalaridagi bakalavriat yo`nalishlari bitiruvchilari uchun muhim omillardan biri bo`lib hisoblanadi. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fani texnika, menejment va marketing sohalari yo`nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o`tilishi lozim bo`lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo`yicha zarur va etarli bo`lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishni o`rganishdan maqsad: xalq xo`jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog`liq bo`lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bo`yicha masalalar bilan shug`ullanish, hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish bo`yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo`lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko`satkichi) bo`lishi kerak. Agarda har bir inson o`z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda ish ko`rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bo`ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko`taradi. Quyida sifatning virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan. Bu sxemani chuqur o ` rganib va tahlil qilib , quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin : - Mahsulot sifati, kishilar hayotining ravnaqi, uning sifati (yashash darajasi) oldindan yaratilgan sifat fundamenti (poydevori) ga bog`liqdir; - Sifatning yuqori darajasi bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan chambarchas bog`liqdir; - Ilmiy texnikaviy yuksalish esa sifatning asosiy uch belgisi bo`lgan – standartlashtirish, metrologiya va setifikatlashtirish rivojini ta’minlab beradi; - Sifatning uch asosiy belgisiga dunyoda mavjud bo`lgan va faoliyat ko`rsatayotgan standartlashtirish bo`yicha xalqaro tashkilotlar: Xalqaro – standartlashtirish tashkiloti (ISO), Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM), Xalqaro savdo tashkiloti (VTO) o`zining ijobiy ta’sirini o`tkazadi va o`tkazib kelmoqda. Shuning uchun ham ushbu fanni uch qismda (metrologiya, standartlashtirish sertifikatlashtirish) o`rganish natijasida talabalar metrologiya bo`yicha asosiy qoidalarni, talablar va me’yorlarni, standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayonnomalari va me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo`llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqish va uning raqobatbardoshligini ta’minlashda o`ta muhim masalalardan biri sanaladi. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning rivojlanish tarixi XX asrning ikkinchi yarmida xalq xo`jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg`or ilmiy yutuqlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bo`lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Ba’zan esa, bizga, korxona yoki laboratoriyaga etib kelguncha ularning qanchalik murakkab, notekis yo`llardan o`tganligini ko`z oldimizga keltirmasdan, fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. Yuqoridagilarning hammasi to`la ma’noda zamonaviy axborotli o`lchash texnikalariga ham tegishlidir. O`lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O`lchashlarga bo`lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, er maydonlarining yuzalarini, jismlarning o`lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o`zining sezgisi va tajribasi asosida o`lchay boshlagan. Eng qadimgi o`lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o`lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon’ - bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to`rttasining kengligi; fut - oyoq tagining uzunligi; pyad’ - yozilgan bosh va ko`rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar. Asrlar o`ta bizga etib kelgan ba’zi o`lchov birliklari xozirda xam ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda “loviya doni”, “no`xotcha” ma’nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o`lchov birligi sifatida ishlatilgan -KARAT: dorishunoslikda og`irlik birligi qilib qo`llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida “bug`doy doni” ma’nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar. Ba’zi bir tabiiy o`lchovlar ham uzoq o`tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, hamma erda ishlatiladigan vaqt o`lchovlaridir. Munajjimlarning ko`p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik erning o`z o`qi atrofida to`la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bo`lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o`lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig`iga teng bo`lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bo`lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bo`lgan “mina suv” oqib ketgan. Keyinchalik mina o`zgarib, biz o`rganib qolgan minutga aylandi. Vaqtlar o`tishi bilan suv soatlari o`z o`rnini qum soatlariga, ular ham vaqti kelib mayatnikli mexanizmlarga bo`shatib berdilar. Insoniyat taraqqiyoti rivojlanishining ilk davrlaridanoq “moddiy” o`lchashlar va o`lchov birliklarining katta ahamiyatini tushunib bilganlar. Fan va texnikaning rivojlanishi har xil fizikaviy kattaliklarning o`lchamlarini muayyan o`lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat jarayoni va rivojlanishi davomida o`lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya yuzaga keldi. Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi o`lchash vositalari va usullarini mukammallashtirishni talab eta boshladi. O`lchashlar nazariyasi hamda vositalarining rivojini aniqlab bergan texnika yutuqlarining uchta asosiy bosqichini ajratib ko`rsatish mumkin: - ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va stanoklarga biriktirilgan o`lchash vositalarining yaratilishini talab qiluvchi texnologik bosqich (manufaktura va mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi); - ishlab chiqarish jarayonlarini kuchaytirish sharoitida foydalanilayotgan o`lchash vositalarining aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishni talab qiluvchi energetik bosqich (bug` energiyasini ishlatish, ichki yonuv dvigatellarining yuzaga kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish); - zamonaviy fan yutuqlarining barchasini o`lchash vositalarining tarkibiga kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog`lash va uni bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylantirish) bosqichi. Bu bosqichning alohida xususiyatlaridan biri ob’ektlar va jarayonlar holatini muayyan parametrlar yordamida umumiy baholovchi o`lchash tizimlarini yaratish bo`lib, olingan natijalarni bevosita texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir. Amaliyot juda keng ko`lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymatini, ko`pincha juda tez (sekundning milliarddan bir ulushlarida), yuqori aniqliqda (xatolik o`lchanayotgan qiymatning 10 % idan kichik) va nafaqat inson sezgi organlari to`g`ri ilg`ay olmaydigan, balki hayot uchun sharoit bo`lmagan holatlarda ham aniqlashni talab qiladi. Shu kunlarda fanga yuzdan ortiq har xil fizikaviy kattaliklar ma’lum bo`lib, ularning 70 dan ortig`ini o`lchash mumkin. Hozirgi kunlarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli ilgari o`lchab bo`lmaydi deb hisoblangan kattaliklarni o`lchash va baholash imkoni yaratilmoqda. Masalan Sankt Peterburg aloqa instituti olimlari hidni o`lchash borasida birmuncha yutuqlarni qo`lga kiritganlar. Bu xususda buyuk italiyalik olim Galileo Galileyning quyidagi so`zlarini eslab o`tish o`rinli bo`ladi: - “O`lchash mumkin bo`lganini o`lchang, mumkin bo`lmaganiga esa imkon yarating”. Kondensatorning elektr sig`imi, nurlanish oqimi, erigan metallning temperaturasi va atomning magnit maydoni kuchlanganligi kabi kattaliklarni maxsus texnikaviy vositalar - o`lchash o`zgartkichlari, asboblari va tizimlaridan foydalanmasdan o`lchashni amalga oshirish mumkin emas. Bularning hammasi ongimizga, hayotimizga shunchalik singib ketganki, aksariyat hollarda biz ularning atrofimizda mavjud ekanligini sezmaymiz. Hamma joyda: uy-ro`zg`or va ishlab chiqarishda, dalada va kasalxonada, avtomobilda va ilmiy laboratoriyada ular bizning beg`araz va tengsiz yordamchilarimizdir. O`lchash texnikasi ehtimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy yo`nalishlar bilan birgalikda informasion-o`lchash, ya’ni o`zida asosiy informasiya olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o`lchash, nazorat qilish, hisoblash, tashxis, umumlashtirish va tasvirlarni aniqlash) texnikasining rivojiga asos bo`ldi. Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, quyidagi muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin. - 1791 yilda metr etaloni Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Er meridiani uzunligining 1x10 -7 bo`lagiga teng qilib olinganligi); - 1875 yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyani qabul qilinishi (bu esa mavjud metrik sistemaning takomillashtirishga qaratilgan bo`lib, metr o`lchov birligiga asos soladi); - 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleev tomonidan o`lchov va og`irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi; - 1931 yilda Leningrad shaxrida o`lchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.M. Mendeleev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil topishi; - 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimining SI (SU) qabul qilinishi. Bu tizim bo`yicha 1 metr vakumda to`lqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi (Kriptonni etalon metri); - 1983 yilda metrni qabul qilishda yorug`likning vakumda 1/299792458 sekunda o`tgan yo`liga teng qilib qabul qilinishi; - 1993 yilda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O`zbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikasiya markazi (O`zdavstandart) tashkil etildi; - 2002 yilda O`zbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikasiya markazi O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (“O`zstandart”) agentligiga aylantirildi. Bugungi kunda ham olimlarimiz o`lchash nazariyasi va texnikasi rivoji ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Аdаbiyotlаr : 1. Kаrimоv I.А. O`zbеkistоn - bоzоr munоsаbаtlаrigа o`tishning o`zigа xоs yo`li. T. O`zbеkistоn, 1994 y. 2. Kаrimоv I.А. O`zbеkistоn iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirish yo`lidа. T. O`zbеkistоn, 1996 y. 3. Mеtrоlоgiya hаqidа. O`zbеkistоn Rеspublikаsi qоnuni. 1993 yil. 4. Stаndаrtlаshtirish hаqidа. O`zbеkistоn Rеspublikаsi qоnuni. 1993 yil. 5. Mаhsulоt vа xizmаtlаrni sеrtifikаtlаsh hаqidа. O`zbеkistоn Rеspublikаsi qоnuni. 1993 yil. 6. Ismаtullаеv P.R., Mа`rufоv E.А., Аbdullаеv А.X. Mеtrоlоgiya bo`yichа izоhli lug`аt. Tоshkеnt, 1993 y. 7. Ismаtullаеv P.R., To`xtаmurоdоv Z.T. Sifаt vа sеrtifikаt. Kоnstruktоr IChB. 1994 y. 8. Ismаtullаеv P.R., To`xtаmurоdоv Z.T., Аbdullаеv А.X. Stаndаrtlаshtirish, mеtrоlоgiya vа sеrtifikаtlаshtirishgа muqаddimа. Kоnstruktоr IChB. 1995 y. 9. Крылова А.Н. Осnовы метролоgии, стаnдартиzаsии и сертифиkаsии. М. : Аuдит, 1998 g, ЮНИТИ. 10. O`zРСТ 8.010-93. Метролоgия. Атамалар ва таърифлар.