logo

Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish. Avtomagistrallarda harakatlanish. Turarjoy dahalarida harakatlanish. Tik nishablik va balandlikda harakatlanish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

987.5 KB
Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish. Avtomagistrallarda harakatlanish. Turarjoy dahalarida harakatlanish. Tik nishablik va balandlikda harakatlanish Reja : 1. Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish. 2. Avtomagistrallarda harakatlanish. 3. Turarjoy dahalarida harakatlanish. 4. Tik nishablik va balandlikda harakatlanish Tayanch iboralar. Temir yo‘l kesishmalariga kirish to‘xtash taqiqlangan holatlar. Temir yo‘l kesishmasida majburiy to‘xtash. Avtomagistrallarda taqiqlangan holatlar. Turar joy dahalarida taqiqlangan holatlar. Tik nishablik va tik balandlikda harakatlanishdagi talablar. Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish bobi 5 bandni o‘z ichiga oladi: 1-band. Temir yo‘l kesishmalarida poezd (lokomotiv, drezina) larning imtiyozini; 2-band. Temir yo‘l kesishmalariga yaqinlashayotgan haydovchiga majburiyat yuklaydi, haydovchi barcha yo‘l belgi va chiziqlariga, svetafor va navbatchi ishoralariga, shlagbaum holatiga, yaqinlashib kelayotgan poezd yo‘qligiga ishonch hosil qilishi shart; 3-band. Temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlangan holatlarni, ya’ni quyidagi xonalarda temir yo‘l kesishmasiga kirish taqiqlanadi:  Svetofor ishorasidan qat’iy nazar shlagbaum yopiq bo‘lganda;  Shlagbaumdan qat’iy nazar svetaforning taqiqlovchi ishorasida;  Navbatchini taqiqlovchi ishorasida.  Agar ko‘rinish chegarasidagi masofada kesishmagan poezd yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa;  Kesishmadan keyin hosil bo‘ladigan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to‘xtashga majbur bo‘lsa. Bundan tashqari:  Kesishma oldida turgan transport vositalarining qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqib aylanib o‘tishi;  Shlagbaumni o‘zboshimchalik bilan ochish;  Kesishma orqali zanjirli qishloq xo‘jalik, yo‘l qurilishi mashinalari va mexanizmlarini yurib o‘tishi;  Temir yo‘l boshlig‘ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 km/soatdan kam bo‘lgan transport vositasini olib o‘tish taqiqlanadi. 4-band. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlanganda to‘xtash joyini belgilaydi, ya’ni haydovchi to‘xtash chizig‘i 2.5 raqamli belgisi yoki svetafor oldida, ular bo‘lmaganda shlagbaumgacha kamida 5m, shlagbaum bo‘lmaganda esa birinchi temir yo‘l iziga kamida 10m qolganda to‘xtashi kerak. 5-band. Temir yo‘l kesishmasida majburan to‘xtab qolgan haydovchiga majburiyat yuklaydi, ya’ni majburan to‘xtab qolgan haydovchi darhol odamlarni tushirishi va kesishmani bo‘shatish choralarini ko‘rishi zarur. Bo‘shatishni iloji bo‘lmasa, ikki tomonga 1000 metrdan odam yuborishi, (agar 1 kishi bo‘lsa yo‘l yaxshi qo‘rinmaydigan tomonga), o‘zi transport vositasi yonida qolishi va umumiy xatar borligi ishorasini berishi zarur. Poezd ko‘ringanda to‘xtash ishorasini berib u tomonga yugurishi kerak.  To‘xtash ishorasi - qo‘lni gir aylantirish.  Umumiy xatar 1 ta uzun va 3 ta qisqa tovush ishorasi orqali beriladi. 18. Avtomagistrallarda harakatlanish bobi o‘z ichiga 2 bandni oladi: 1-band. Avtomagistrallarda taqiqlangan harakatlar, ya’ni, avtomagistrallarda piyodalar, uy hayvonlari, ot aravalar, velosipedchilar, mopedlar, traktorlar va o‘zi yurar mashina va mexanizmlar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositalari harakatlanishi.  Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5t dan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi bo‘laklardan boshqa bo‘lakda harakatlanishni taqiqlaydi.  5.15 va 6.11 belgilar bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonlaridan boshqa joylarda to‘xtash.  Ajratuvchi bo‘lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilab olish.  Orqaga harakatlanish.  Transport vositasini boshqarishni o‘rgatish. 2-band. Qatnov qismida majburiy to‘xtash haydovchiga majburiyat yuklaydi. Ya’ni qatnov qismini tezroq bo‘shatish chorasini ko‘rish zarur. 19. Turarjoy dahalarida harakatlanish bobi 5 bandni o‘z ichiga oladi: 1- band. Turarjoy dahalarida piyodaning imtiyozlari; 2- band. Turarjoy dahalarida taqiqlangan harakatlari, ya’ni:  Transport vositasini boshqarish mashg‘ulotlarini o‘tkazish;  Motor ishlab turgan holda to‘xtash;  Ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5t dan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarning maxsus ajratilgan joyidan tashqarida to‘xtatish. 3-band. Turarjoy dahalarida atrof muhitni himoyalaydi, inshoat, qurilma va o‘simliklarni shikastlantirmaslik kerak. 4-band. Turarjoy dahalaridan chiqishda haydovchiga majburiyat yuklaydi, ya’ni haydovchi turarjoy dahalaridan chiqishda boshqa harakat qatnashchilariga yo‘l berishi kerak. 5-band. Ushbu bo‘limdagi talablar xavfli xududlarga ham tegishli ekanligini izohlaydi. 20. Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish bobi 3 ta bandni o‘z ichiga oladi: 1- band. Harakatlanish navbatini; 2- band. Tormoz tizimi ishlamay qolganda transport vositalarini kirishi shart bo‘lgan joylarni; 3- band. Ushbu joylarda uzatma yoki ilashish muftasini ajratib nishablikka harakatlanish taqiqlanishini izohlaydi.  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. «Yo‘l harakati qoidalari». Toshkent – 2001 y. 2. «Yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari». Toshkent – 2001 y. 3. Q.X.Azizov. «Yo‘llarda xavfsiz harakatlanish asoslari». Toshkent – 2005 y. 4. N.F.Muhitdinov, G.K.Nurmuhamedov, R.N.Dimetov «Yo‘l harakati qoidalariga sharhlar». Toshkent - 2005 y.