logo

Muomala madaniyati, tanishish va tanishtirish etiketi. Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar va ularni bartaraf yetish yo’llari

Yuklangan vaqt:

21.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

124 KB
Muomala madaniyati, tanishish va tanishtirish etiketi. Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar va ularni bartaraf yetish yo’llari Reja: 1. Qo’l berib so’rashish qoidalari 2. Tanishuv va tanishtiruv qoidalari 3. Murojaat qilish etiketi 4. Suhbatlashish etiketi 5. Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar 6. Ziddiyatli vaziyatlardan o’zini tuta bilish qoidalari 7. Bahslashish etiketi Tayanch tushunchalar: Muomala madaniyati, ohang, ovoz, tanishish, tanishtirish, salomlashish, qo’l berib so’rashish, mulozamat, bahslashish etiketi, murojaat, telefonda suhbatlashish, avtojavob xizmati etiketi, global tarmoq etiketi. Donishmandlarning “Yuziga boqma, so’ziga boq” – degan hikmatlari ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli U inson madaniyati fikriy go’zalligini yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir – biriga bog’lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta – kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go’zal hayot kechirishida, jamiyat orasida o’z o’rnini topa olishida, boshqalarning hurmat extiromiga erishishda muomalaning o’rni kattadir. Insonning shirinso’zligi kishining tarbiyalangan- ligidan guvohlik bersa, so’zga boyligi, chechanligi, ma’nodorligi uning o’qimishli, bilimdonligini ko’rsatadi. Go’zal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq so’z, qo’pol muomala inson qalbini larzaga soladi. Shirin muomalada bo’lish ham katta san’at. Shirin so’z bilan kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. So’z, yuz va ko’z, tilning ko’rki hisoblanadi. Insonning boshqa inson bilan muloqotiga qarab, uning axloqiga ham baho beriladi. So’z orqali insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati orqali u kishining odobi, kelib chiqishi, naslu–nasabi, ota–onasi va ustozining bergan ta’lim tarbiyasi namoyon bo’ladi. Insonnning ichki dunyosi, shahsi, aqli va his–tuyg’ulari uning tashqi qiyofasi – ko’zlari, chehrasi, shuningdek qaddi-qomati va yurish-turishida to’la aks etadi. Insonning ichki dunyosi qanchalik mukammal bo’lsa, yurish–turishi ham shunchalik madaniyatli bo’ladi. Muomala madaniyatida so’z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bo’lsa ham suyakni tebratadi. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy axloqiy me’yoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon yetishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. Ayniqsa, bu axloqiy madaniyatda yaqqol ko’zga tashlanadi. Uni ko’proq namoyon qiladigan eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobidir. Bu borada mutasavvif olimlarimizdan Imom G’azzoliy bir qancha o’rinli fikrlarni bildiradilar: «Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Haq subhonahu va taolo ochiq yuzlilarni do’st tutar». Va yana aytibdurlar: «Hech bir yaxshi amal yo’qki, maxfiratga sabab bo’lmoqg’a ochiq chehralik va shirinzabonliqdan ziyoda». Uning fikricha shirinsuxanlik va bosiqlik odobli insonni odobsizdan ajratuvchi me’yordir. Zero, odobsizlik badxulqlikka, badxulqlik axloqsizlikka olib keladi. Yomon insonlarning yomonligi aynan muomaladan kelib chiqadi. Ya’ni yomonga yomonlik bilan qilingan muomala vaqtincha bo’lsa ham o’sha yomonning yo’lida yurishga chorlaydi. Donishmandlarning “Yuziga boqma, so’ziga boq” – degan hikmatlari ayni haqiqatdir. Til – inson tafakkuri mahsuli. U inson madaniyatining fikriy go’zalligini yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarini yuzaga chiqaruvchi vositadir. Muomala esa insonlarni bir – biriga bog’lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta- kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go’zal hayot kechirishida, jamiyat orasida o’z o’rnini topa olishida, boshqalar tomonidan hurmat ehtiromga eriShuvida muomalaning o’rni kattadir. Insonning shirinso’zligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so’zga boyligi, chechanligi, ma’nodorligi uning ziyoliligi, bilimdonligini ko’rsatadi. Go’zal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq so’z, qo’pol muomala inson qalbini larzaga soladi. “Muomala shahslararo munosabatning shunday ko’rinishiki, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan axloqiy, estetik, madaniy, siyosiy va ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, ta’sir o’tkazadilar va ta’sirlanadilar”. Etiket kengqamrovli tushuncha bo’lib, u ma’lum ma’noda, umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o’z ichiga oladi. Ulardan bizga odat bo’lib qolgan ko’rishish etiketidir. Salom berish kundalik hayotimizda eng ko’p qo’llaniladigan odat bo’lib, xushmuomalalikni talab qiladi. Salomlashish kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, muomala munosabatlarining avval boshi bo’lgani uchun uning bajarilishini ham alohida qoidalar bor. Salomlashganda aytiladigan so’zlarga « Assalomu aleykum», «salomatmisiz», «omonmisiz», «yaxshimisiz», «salomat bo’ling» deyiladi. Bu so’zlarda, insonlarning bir-biriga hurmat ehtiromi, xayriholik izhori bilan birga chuqur mazmun va mulohaza bor. Kundalik hayotimizda ishlatib turadigan “marhamat qiling”, “baraka toping”, “rahmat”, “behad minnatdorman”, “uzr”, “avf etasiz”, “kechiring” va shu kabi tushunchalar borki, ularning barchasi mulozamatni, insonlarga bo’lgan kamoli ehtiromni bildiradi. Shunga e’tibor berish kerakki, insonga qo’yiladigan talab bilan unga ko’rsatilayotgan iltifot bir-biri bilan bevosita bog’lanib ketganligidan ular orasiga chegara qo’yib bo’lmaydi. Masalan, birovning eshigini taqqillatib ruxsat so’rab kirish, boshqa insonni noqulay vaziyatga solib qo’yishni oldini oladi. Salomlashish insonning insonga bildirgan hurmati, odamlarning o’zaro muomala munosabatlarini boshlanishi, bir-biri bilan suhbatlashayotgan ikki dilning kalitidir. Salom berilganda sizga yoqimsiz qarab turgan inson ham alik oladi. Qo’l berib ko’rishayotgan vaqtda bir-birlarini qo’llarini qattiq siqib, qo’lini og’ritib yoki qo’lini uchinigina berib qo’yish o’ta odobsizlikka kiradi. Yoshlar o’zidan katta odamlar bilan ko’rishganlarida, albatta ikki qo’lini berib ko’rishadilar. Ayniqsa, yosh bolalarning katta yoshdagilarga qo’lini uzatib ko’rishishlari ham odobsizlik sanaladi. Kim birinchi bo’lib so’rashishi lozim? Buning ham etiketda o’ziga yarasha qoidalari mavjud: - yoshi kichiklar yoshi kattalarga; - erkaklar ayollarga; - xonaga kirgan inson u yerdagi barchaga umumiy; - zinadan chiqayotgan inson yuqori pag’onadagilarga; - agar ikki oila uchrashib qolsa, ayollar birinchi bo’lib so’rashishlari keyin esa erkaklar so’rashishlari lozim; - qanday jamoat joylarida fikr bildirilishidan qat’iy nazar, salomdan boshlash kerak; - yoshi va xizmat pog’onasi teng insonlar uchrashib qolganlarida birinchi bo’lib tarbiyali inson so’rashadi; - uyga kelgan mehmon eshikni ochgan insonga salom berishi, keyin uyning kattalari va boshqa mehmonlar bilan so’rashishi kerak; - uy egalari hamma o’tirganlar bilan bir xil so’rashishlari lozim. Ulardan kimgadir alohida munosabat bilan so’rashish odobsizlik hisoblanadi. - biror bir insonga yuzlanishdan avval salomlashish lozim. - kechga qolib kelgan inson jamoatga birinchi bo’lib salom beradi. Qo’l berib so’rashish qoidalari Qo’l berib salomlashish muloqot etiketining bir qismi sifatida shakllagan jarayondir. Qo’l berib so’rashish odatda erkaklarga xos xususiyat hisoblansada, hozirda u barcha yoshdagi va jinsdagi insonlar uchun ham birdan amal qilmoqda. Chunki, qo’l berib so’rashish orqali inson insonning kayfiyatini, sog’ligini, hatto fe’latvorini ham bilib olishi mumkin. Qo’l berib salomlashishning ushbu xususiyatlari ikkitomonlama muloqotning boshlanish belgisidir. Qo’l berib so’rashish asosan tanishish va tanishtirish marosimida, shartnoma va bitim imzolaganda, g’oliblik va mag’lublikni tan olganda, minnatdorchilik izhor etganda, tabriklaganda, hayrlashganda va hokazo holatlarda qo’llaniladi. Quyida e’tiboringizga havola qilinadigan tavsiyalar qo’l berib so’rashishning odobiga tegishlidir:  uzatilgan qo’l albatta muallaq qolmasligi kerak, bu – insonni yerga urish bilan barobar bo’lib qoladi.  ikki qo’l bilan qo’lni siqib so’rashish haddan tashqari xursand holatda, minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi.  ikki qo’l berib so’rashish paytida albatta so’z bilan ifodalanadi, bunda minnatdorchilik so’zlari va boshqa iliq so’zlar qo’llash mumkin.  qo’l berib so’rashish tez va qisqa bo’lishi lozim.  qo’l berib so’rashish davomida ozgina egilib qo’yish, so’rashayotgan insonga nisbatan hurmatni belgilaydi.  ostonada, stol ustidan qo’l berib so’rashish xunuk ko’rinadi.  tanishini ko’rib qolgan taqdirda ham binoning boshidan bu boshiga qo’lni cho’zib kelish insonni kulgili holatga solib qo’yadi.  ayol kishi bilan uchrashib qolganda, ayol birinchi bo’lib qo’l uzatmaguncha erkak qo’l uzatmaydi.  ayol kishini qo’lini ko’p ushlab turish mumkin emas, bu uni noqulay vaziyatga solib qo’yishi mumkin. Salomlashganda jargon, ko’cha so’zlarini, buzib talaffuz etiladigan “privetik”, “salyutik”, “chao”, “poka” kabi so’zlarni ishlatmaslik maqsadga muvofiq. Odatda, ro’paradan keluvchi kishiga u yetib kelguncha, ya’ni orada -4 qadam qolgach salom beriladi. Sizga mutlaqo tanish bo’lmagan kishi salom bersa, albatta “alik” olish va uning yanglishganligini sezdirmaslik kerak. Bunday holatda yelka qisish yoki hayron bo’lib qarash odobsizlik hisoblanadi. Umuman, o’zbekchilikda salomlashishni o’zi hamsuhbatingizning sizga bo’lgan munosabatini shakllantiradi. G’arb odatiga ko’ra yoshi katta ayollar bilan ko’rishayotganda o’rnidan turib, tavoze’ bilan boshni silkitib salomlashiladi. Bizda esa bu nafaqat katta yoshlilar, balki umuman xotin-qizlarga nisbatan ham qo’llaniladi. Zero, har bir qiz yoki ayol o’sha xonadon egasining nomusi hisoblanadi. Bu bilan erkak boshqa bir erkakni oriyati va hurmatini o’z joyiga qo’yayotgan hamda boshqalardan ham o’ziga nisbatan shuni talab qilayotgan bo’ladi. Agar ayollar qurshovida bo’lsangiz, unda umumiy ravishda bir marta salomlashib qo’yiladi. Etiketni buzilishi ko’rishuvning shovqinli tarzi hisoblanadi. Odamlar oldida hozir bo’lishingiz bilan salomlashuvingiz u darajada o’zingizga qaratadigan tarzda bo’lmasligi lozim. Salomlashuv, tanishuv yoki suhbatdoshlik uchun eng qulay madaniyatli usuli hisoblanadi. Tanishuv va tanishtiruv qoidalari Odob qoidalari (oddiy xavfsizlik nuqtai nazardan ham) notanish odamlar bilan ko’chada, transportda, restoran, teatr hamda boshqa jamoat joylarida tanishishni taqozo etmaydi. Bir tarafdan, o’zingizni notanish odamga bog’lashga harakat qilish odobsizlikdir. U siz bilan muloqot qilishni istamayotgan bo’lishi mumkin. Boshqa tarafdan, birinchi uchragan odam bilan tanishuv, layoqatsizlik, ba’zida esa xavflidir ham! Xudo biladi u odam kim bo’lib chiqadi. Unda qanday tanishish lozim? Odob qoidalariga binoan, turmush mezonlari bo’yicha ham, tanishuv uchun o’rtada ikki taraf uchun ham tanish bo’lgan vositachi orqali ro’y beradi. Siz unga tanishishni istagan odam bilan ko’rishish uchun murojaat qilishingiz mumkin. Tanishtirganlaridan so’ng, uning bunga javoban ta’siridan uning qanchalik siz bilan aloqa qilishni istashini bilib olish mumkin. Agar uning sovuqqonligini his qilsangiz, davomiy aloqani ta’kidlashga urinmagan ma’qul. Tanishtirish yangi uchrashgan kishi bilan gaplashish huquqini beradi. Odatda, tanishtirish uchun vositachi kerak bo’ladi. Umumiy tanishshunday vositachi bo’la oladi. Tanishtirish yoki tanishish tanishuvchilarning yoshiga, jinsiga va tanishtirish joyiga bog’liq bo’ladi. Qayerda va qachon tanishish zarur? Birinchi navbatda, sharoitga qarab kelgusida tez-tez uchrashib turishga to’g’ri keladigan shahs bilan tanishiladi yoki tanishtirish iltimos qilinadi. Asosiy qoidalari quyidagicha so’zlar bilan ifodalanadi: «Sizni tanishtirsam...», «Tanishtirishga izn bersangiz...», «Gulnora, tanishing..." Tanishtiruvchi kishi har ikkala tamonning ism, familiyalarini mulozamatlik bilan ochiq-oydin aytib ularni tanishtiradi. Bu yerdagi asosiy qoida: yosh kishi – katta yoshdagi kishiga, erkak – ayolga, xodim – rahbarga tanishtiriladi. Tanishtiruvchi kishi avvalo yosh kishining, keyin kattaning, avval erkakning keyin ayolning, avval xodimning, so’ngra rahbarning ismi va familiyasi aytiladi. Yoshlarni katta yoshdagi insonga tanishtirishda, odatda savolomuz murojaat qilinadi; M: Ustoz, magistr Abdullayevni siz bilan tanishtirishga ruxsat bersangiz?, yoki Hurmatli rektor iqtidorli talaba Komilovni sizga tanishtirmoqchi edim? Bu hollarda tanishtirilayotgan kishi ustoz hamda rektorning ismini aytmaydi. Erkak kishini ayol kishiga tanishtiradilar. Yoshiga qarab yoshlarni kattalarga tanishtiriladi. Hamma vaqt ham, beistisno, erkak kishi ayolga tanishtiriladimi? Yo’q, hamma vaqt Shunday qilinmaydi. Eri o’z rafiqasini yor-do’stiga tanitishi o’z xohishiga bog’liq: “Do’stim Sardor, tanishing – bu mening rafiqam” qabilida. Odatda, yaqin qarindoshlarning ismlari avval, tanish-bilishlarning ismlari esa keyin aytiladi. Oila a’zolarini tanitganda ularning ismlari aytilmaydi. Masalan, «turmush o’rtog’im», «opam», «singlim» yoki «ukam» deyiladi. Uy bekasi mehmonlarni kutib olar ekan, ularni bir-birlari bilan tanishtiradi, uy bekasi o’rniga uning sohibi tanishtirsa ham bo’ladi. Kechroq kelgan mehmonlarni vaqtliroq kelganlarga tanishtiradilar. Agar mehmonlar ketma-ket kirib kelishsa-yu, siz ularni tanishtirishga ulgurmasangiz, unda yordamchi sifatida yaqinroq qarindoshingiz yoki do’stingizni chaqiring. Mehmonni uyga taklif qilgach, avval u yerda o’tirganlarga kelgan mehmonning ismini tanishtiriladi, so’ng bir chekkadan boshqalarning ismlarini aytib tanishtirib chiqiladi. Mehmonlar unchalik ko’p bo’lmagan taqdirda, alohida tanishtiriladi. Erkaklar o’rinlaridan turib tanishadilar. Ayollar joylarida o’tiraveradilar, ammo katta mavqega ega bo’lgan yoki yoshi kattalarni tanishtirishsa, o’rinlaridan turishlari mumkin. Agar turli yoshdagi ikki ayol tanishayotgan bo’lsalar, yoshi katta ayolga: «Ruxsatingiz bilan sizga falonchini tanishtirsam» – deb yoshroq ayolni ismi- sharifini aytib, keyin yoshi kattaroq ayolni tanishtirish mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, ayni paytda yosh va mavqe muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu tarzda ayol kishiga erkak kishini, xodimni rahbarga tanishtiradilar. Agar ham mavqe jihatdan, ham yosh jihatdan o’zaro teng bo’lgan odamlarni tanishtirganingizda, birinchi bo’lib, ulardan o’zingizga yaqinroq bo’lgan kishini tanishtirasiz. Agar mashhur odamni bir paytni o’zida ko’pchilikka tanishtiradigan bo’lsangiz, uning ismi-sharifini keltirib o’tmasa ham bo’ladi. Yaqinlaringiz, tanishingiz yoki do’stingizni tanishtirayotganda ismiga qo’shib, ma’lumotlarni aniqlashtirishingiz ham mumkin: «Do’stim Akmal – xirurg, bu esa Begzod – kursdoshim». Tanishtirayotganda ularning ismlarini aniq va tushunarli tarzda ayting. «bu kishi Valijon – mashhur akter Mahkamning akasi» degan aniqliklarning umuman keragi yo’q. Odamlarning ismlarini yaxshi yodda tuta olishiga ishonchi bo’lmagan tanishtiruvchilar «Tanishing, marhamat janob ...» bunda siz ismni egasiga aytishiga qo’yib berasiz. Bunday usulni qo’llash mumkin. Agar endigina yig’ilgan jamoatga yangi odam qo’shilsa, uning ismini baralla ovozda aytib tanishtirsa ham bo’ladi, qolganlar o’zlarini tanishtiradilar. Jamoat transportida yonidia sherik bilan ketayotgan vaqtda transportga tanishingiz chiqib qolsa, agarda bir-ikkita so’z aytib uzoqlashsa, tanishtirish shart emas, ammo agar suhbat umumiy xususiyat kasb eta boshlasa, uni do’stingiz bilan tanishtirganingiz ma’qul. Oila a’zolaringizdan biri ishxonangizga ishga kirdi. Hamkasabalarga uni tanishtirasizmi? Agar sizda u bilan sof kasbiy munosabatlar bo’ladigan bo’lsa, shart emas. Ishxonada . Yangi xodimni jamoaga rahbar tanishtiradi. Eski xodimlar yangi kasbdoshlarni ishning jarayoni bilan tanishtiradilar va o’zlarini to xodim «joylashib» olguncha sharoit yaratishga harakat qiladilar. Ba’zi bir xodimlar o’rtasidagi barcha og’ir munosabatlar, hamda o’zaro arazlar haqida yangi xodimga «yetkazish» shart emas. Bir jamoa munosabatining shakli ularning o’zaro do’stona layoqati hamda oldindan mavjud rusmlarni ushlash darajasiga bog’liq. Ammo har qanday holatda ham do’stingiz familiyasini aytib murojaat qilishingiz noto’g’ri. Ish vaqtida xizmatga doir vazifalarni bajarayotganda o’zingizni idorangiz nomidan tanitasiz, shunga ko’ra hamma vaqt ham ism, familiyani aytish shart emas. Dam olish maskanidagi hayot tanishishning nisbatan oddiyroq shaklini taqozo etadi. «Kitobingizni ko’rsam maylimi?» deb boshlangan murojaatning o’zi yaqin munosabatga asos bo’la oladi. Bunday holatda qo’shni stol va hamxonaningizga o’zingizni tanishtirishingiz maqsadga muvofiq. Umumiy tanishuv hamda do’stona kayfiyatni paydo qilishda ba’zi oromgohlarda bo’lgani kabi «tanishuv kechalari» o’tkazish yaxshi qo’l keladi. O’zaro tengdoshlar – qizlar va bolalarning tanishuvida ismning o’zi yetarli. Mana sizni tanishtirishdi. O’zingizni endi qanday tutasiz? Agar sizni tanishtirayotgan kishi ismi-sharifingizni aytgan bo’lsa, ko’rishish uchun qo’lingizni uzatayotib, buni qaytarishingiz shart emas. Birinchi bo’lib tanishishga taklifni qabul qilgan odam uzatadi, ya’ni ayol kishi erkak kishiga, katta – kichikka, rahbar – xodimga. Tanishtirilgan Shahs to unga javoban ko’rishishga qo’l uzatmagunga qadar qo’l uzatmaydi. 18 yoshgacha bo’lgan qizlar kattalar ko’rishayotganda turib ko’rishadilar. Uy bekasi yoshi va jinsidan qat’i nazar o’rnidan turib ko’rishishi lozim. Agar taklif qilinganlardan biri kechikib kelsa, mezbon birvarakay uni hamma bilan tanishtiradi va joyga o’tkazadi. Kechikib kelgan odamning o’zi keyinroq stol atrofdagilar bilan tanishib olishi mumkin. Ko’chada sizga notanish ayol bilan ketayotgan tanishingizni ko’rib qolgan paytda, ayolga qarab bosh bilan ta’zim qilib, bir chetga o’tasiz, ko’rishishni esa tanishingizga qo’yib bering – kerak bo’lsa uning o’zi sizni tanishtiradi. O’zini boshqalarga tanitish ham bir san’atdir. Bunday vositachisiz tanishish qiyinroq bo’lib, juda odob saqlashni talab qiladi. Odobli kishi istagan vaqtda o’zini tanita oladi. Tanishi uchun yo’l ochib beradigan vositalar juda ko’p. Tanishish mulozamat bilan eshik ochish, tushirib yuborilgan narsani olib berish va Shu kabilardan boshlanishi mumkin. Shuning o’zi gaplashib kyetishga va keyinchalik tanishishga sabab bo’ladi. Ismi-shariflar haqida gap ketadigan bo’lsa, bu borada yaxshi xotiraga ega bo’lish odamni vaziyatdan olib chiqib ketadi. Bir ko’p yillardan so’ng biz tezda yodga olgan ismning egasi xursand bo’ladi. Ammo begona ismlar tezda xotiradan uchib ketadigan vaziyatlar juda ko’p. Bunday holatda nuqsonni bildirmaslikka harakat qiling. Ammo agar siz bu vaziyatdan chiqish yo’lini topa olmasangiz: «Uzr yodimdan ko’tarilibdi» deb tan olishga to’g’ri keladi. Bu vaziyatdan hazil yoki ishonchlilik orqali chiqib kyetish mumkin. Yomon xotirada qayta tanishishga to’g’ri keladi. Bunda «Biz tanishmiz» degan javobni eshitmaslik uchun o’z ismi- sharifini aytib so’rashmagan ma’qul. Boshqa tarafdan, bizni tanimay hayron bo’layotgan yaqinimizga quvonch va ehtiros bilan tashlanar ekanmiz: «meni taniyapsizmi? » deb uni qiynamaganimiz ma’qul. Bundan u noqulay bo’lishi mumkin. Ammo «biz falon joyda tanishgandik» degan ma’noda so’z orasida silliq qilib eslatib ketganimiz durust. Bu uni kim bilan gaplashayotgani haqida eslashga yordam beradi. Ishxonada ham ayol ayolligini yo’qotmaydi. Odobli erkak ayol kishiga joy beradi va turli xil achchiq hamda qo’pol so’zlardan o’zini tiyadi. Ammo barcha mulozamat turlari asosiy narsaga – ishni borishiga xalaqit bermaslik lozimdir. Erkak ishlayotgan bo’lsa, ayol uchun o’rnidan turib paltosini olib berishi shart emas. Ammo garderobda birga bo’lib qolishsa, kiyishga yordam berishi shart. Ayol kishi ham o’z o’rnida, agar ishxonada erkak kishi o’zini og’irroq tutsa, shikoyat qilmasligi, erkak kishi ishlab o’tirgan bo’lsa, faqat ayol turgani uchun o’rnidan turishni talab qilmasligi lozim. Ayollar! Ish sharoitida o’z ayollik latofatingizni suiste’mol qilmang. Ish muammolarini ko’z yoshi bilan hal qilishga intilmang. Va yana bir maslahat. Ish stolni chiroyli sumkalar, shlyapa va atir-upalar chiroyli ko’rsatmaydi. Ular uchun boshqa joyni topgan ma’qul. Telefon go’shagini ko’tarayotib «Bu kim? » deb qiziqmang. Buni faqat kotiba muloyimlik bilish imkoniyatiga ega. «Kim so’rayapti? » deb so’rash mumkin. Ayni paytda telefon suhbatlariga doir bir narsani aytib o’tiz joiz. Imkon qadar ishxonada telefonda kamroq va qisqaroq so’zlashish lozim. Ammo agar iloji bo’lmasa, buni yarim ovozda ham qisqaroq shaklda olib borish mumkin. Ishxonadagilarni yo’qotilgan kalit yoki tikuvchi bilan bo’lgan uchrashuvga doir masalalar bilan boshlarini qotirmang. Ishxonadagi alohida jamoa o’rtasida xodimlar tug’ilgan kunlarini nishonlash rusmga aylanib qolgan. Rusm bo’lgani o’z-o’zidan yaxshi, ayyom qanchalik tor doirada bo’lsa, shuncha yaxshi. Tabriklar qabul qilayotgan ayyom sababchisi o’rnidan turadi. Bunga javoban oddiy o’tirishni taklif qilish mumkin: kofe, shirinlik. Haddan ziyod mehmondorchilikka berilmaslik ma’qul. Ish sharoitida bu noqulayliklarni tug’diradi va keyingi tug’ilgan kun egasini «qiynab» qo’yishi mumkin. Aynan mana shunday vaziyatlar chiroyli rusmlarni falokatga aylantiradi. Agar sovg’a sifatida shirinlik olgan bo’lsangiz, atrofdagilarni u bilan mehmon qiling. Rahbarning tug’ilgan kunini mavjud muassasining rusmiga qarab nishonlanadi. Rahbarni tabriklashning eng mos shakli – uning ish stoliga gullarni qo’ymoqdir. Lekin baribir xodimlar rahbarga sovg’a qilishni istasalar, unda eng yaxshisi – o’rtame’yona, qimmat bo’lmagan, masalan, shirinliklar, kamyob mevalar, kuldon yoki stol uchun mayda-chuyda narsalar, albom, kitoblar sovg’a qilish mumkin. Yaxshi tashkillashgan, kirishimli jamoalarda karmon, portfel yoki qo’lqop ham hadya qilish mumkin. Muassasa rahbari ayniqsa, yoshroq bo’lsa, yoshi ulug’ xodimlar va ayollar bilan birinchi bo’lib ko’rishadi. Bo’limga kirib kelgan rahbar birinchi bo’lib so’rashadi. Bu qoidada istisno jihatlar mavjud emas. Xodimlar javob beradi, ammo o’rinlaridan turmaydilar. O’zining xonasida rahbar oldiga bir masala bo’yicha kelgan ayol xodim uchun o’rnidan turmaydi. Suhbat uzoqqa cho’zilgan taqdirda, rahbar xodimga o’tirishni taklif qilishi mumkin. O’zini boshqalarga tanitish. Vositachisiz tanishish qiyinroq bo’lib, odob nuqtai nazardan noziklikni talab qiladi. Tarbiyali kishi istalgan vaqtda o’zini tanita oladi. Tanishish uchun yo’l ochib beradigan vositalar juda ko’p. Tanishish mulozamat bilan eshik ochish, tushirib yuborilgan narsani olib berish va shu kabilardan boshlanishi mumkin. Shuning o’zi gaplashib kyetishga va keyinchalik tanishishga sabab bo’ladi. Ko’chada ketayotib, do’konda, transportda yoki muassasada biror kishini tez-tez uchratib tursangiz, hatto u bilan ikki og’iz gaplashgan bo’lsangiz, zarurat bo’lsa, unga o’zingizni bemalol tanishtirish mumkin. Lekin unda tanishish istagi yo’qligini sezsangiz, tanishish shart emas. Agar tanishishni istamagan inson bilan tanishtirishsa, buni bildirmagan ma’qul. Shunday vaziyatda ham sipolikni qo’ldan bermay, muloyim muomalada bo’lish maqsadga muvofiq. Murojaat qilish etiketi Murojaat qilish – insondan ko’p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya ko’rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida murojaat qilish har – xil kechib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdosh bilan o’zaro munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so’zlar nafaqat unga bo’lgan hurmat, balki maqsadga muvofiqlikda ham qo’llanadi. Murojaat qilib aytilayotgan so’zlar nafaqat hurmat belgisi, balki, maqsadga erishish vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka Shahsga yoki jamoaga yo’naltirilgan bo’ladi. Biroq barcha murojaatlar axloq me’yorlariga bo’ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin. Insoniy munosabatlarda aytilayotgan so’zlar faqat axloqiy me’yorlarga tayanadi. Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do’stu-birodar, mansabdor shahs va xodim o’rtasidagi munosabatlarda qo’llaniladigan so’zlar turlicha bo’lishini anglatadi... Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan munosabat turi bo’lib, ular og’zaki yoki yozma ko’rinishga ega. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo’linadi: ular – rasmiy, ishonchli, intim va egasiz. Rasmiy murojaatlarda «xonimlar va janoblar» deb jamoatga murojaat qilinadi. Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, harbiy va huquq tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi. M: Yakka Shahsga nisbatan janob Toxirov deb murojaat qilish mumkin. Agar familiya ishlatilmasa janob direktor, direktor xonim deb murojaat qilish maqsadga muvofiq. O’rtoq Abdullayev, o’rtoq general, ya’ni “o’rtoq” so’zi harbiylar qo’llaydilar. Elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan “Janobi oliylari” deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab gaplashiladi. Rahbarning qo’l ostidagi barcha kishilar bilan bo’lgan munosabatida ham, 9 yoshdan yuqori bo’lgan maktab o’quvchilardan tortib, talabalar bilan bo’lgan munosabatda ham, notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi. Ishonchli munosabatlarda yaqin insonlar, qarindosh urug’, hamqishloq, vatanishlarga qilinadigan munosabatlarga aytiladi. Bunday munosabatlarda «Sen» deb faqat oilada yoki yaqin munosabatlarda murojaat qilish mumkin. «Amaki», «xola», «tog’a», «opoqi», «kelinoyi» va boshqa qarindoshlar o’rtasida shevadan kelib chiqqan holda murojaat qilish mumkin . «Yaxshi yigit» yoki «yaxshi qiz» degan so’zlar yoshlarga qarata qo’llaniladi. Jamoat joylarida kasbi kor daraja hamda yoshga qarab shofyor, doktor, o’quvchilar, talabalar, yo’lovchilar, qizlar, yigitlar, bolalar kabi nomlarni ishlatish mumkin. Intim, ya’ni yaqin munosabatlarda «azizim, jonim, begim, oyim, yulduzim» kabi murojaatlarni uchratamiz. Egasiz murojaatlar munosabatda – “Kechirasiz falonchi ko’cha qayerda?”, “Aytib berolmaysizmi soat necha bo’ldi?”, “Ruxsat bersangiz kirsam” va boshqalar. Intim murojaatlarda shahsga nisbatan chiroyli, yoqimli, erkalash ma’nosidagi so’zlardan foydalangan holda murojaat etiladi: “Azizim”, “Mehribonim”, “Jonim”, “Begim” kabi so’zlardan o’rinda va samarali foydalanish zarur. Murojaatning bu turi insonning didli va farosatli ekanligini ham belgilaydi. Biroq ushbu so’zlarni bemavrid ishlatish insonni bachkanalikka olib keladi. Ayniqsa, «jonim” so’zini barchaga nisbatan ishlatish aslo mumkin emas, bu so’z faqatgina nikohdan o’tgan, hayotini birbiri bilan bog’lagan kimsalarga nisbatan ishlatilsa maqsadga muvofiq. Nomsiz murojaatlarda shahsni kim ekanligini yaqindan bilish katta ahamiyatga ega emas. Bunday murojaat qisqa mazmunda bo’lib, biror noma’lum ob’yekt yoki sub’yektni aniqlash, u haqda muayyan ma’lumot olish uchun qo’llaniladi. Masalan, “Kechirasiz, Olmazor ko’chasini ko’rsatib yuborsangiz?” “Hurmatli yo’lovchilar yo’l haqini o’z vaqtida to’lashni unutmang” “Doktor bolamni ko’rib qo’ysangiz, issig’i tushmayapti “singari murojaatlarda Shahsning aniq ismi ko’rsatilmasada, u haqdagi ma’lumotlar va aytiladigan fikrlar tushunarli bo’ladi. Aslini olganda, O’zbekistonda murojaatning aniq bir shakli yo’q. Ko’p holatlarda har bir joyning o’zidan kelib chiqib, shevaga hamda urf-odatga asoslangan holda murojaat qilinadi. Yangi tanishgan odam bilan munosabatda tushunmovchilikdan saqlanish uchun tashrifnoma juda qulaydir. Chet mamlakatlarda tashrifnoma juda keng qo’llaniladi. Ularning raqamlari hamda o’lchamlari qat’iy qoida bilan cheklanmagan. Inson o’z tashrifnomasini tutqazar ekan, kelajakda shahsiy hamda ish bilan bog’liq aloqani qo’llab-quvvatlayotganini bildiradi. Suhbatlashish etiketi Etiket bo’yicha muomala qilishni bilish – avvalambor suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. Suhbatlashish muomala madaniyatini shakllantirishning muhim vositalaridan biri sanaladi. Har qanday suhbat avvalo ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbatlashish orqali insonlar birbirlari bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar, birbirlarini tushunib boradilar, shu bilan birga muomala madaniyatlaridagi ayrim bo’shliqlarni to’ldiradilar. Suhbatdoshni gapini bo’lmasdan uni oxirigacha tinglay olish muhim xususiyat kasb etadi. Zero, diqqat va sabr-toqat bilan eshita olish qobiliyati suhbatdoshga nisbatan hamdardlik, layoqatlilik, xayrixohlikni ko’rsatadi. Lekin bu qobiliyat faqatgina tug’ma xususiyat kasb etmaydi – har bir inson uni o’zida hamda farzandlarining tarbiyasida mujassam etib, takomillashtirish mumkin. Bunda axloqiy tarbiya – axloqiy me’yorlar katta ahamiyat kasb etadi. Suhbat olib borish mahoratini o’rganish mumkin, buning uchun qadimgi notiqlar kabi sizga zarur bo’lgan bilimlarni egallash lozim. Ammo bu degani do’stona uchrashuvlarni notiqlik san’ati bo’yicha musobaqaga aylantirish shart emas. Barcha holat va narsalarga yuzaki qaraydigan jamiyatga bir oz hazil va yengillik bilan ishonchli so’zlash – bu iste’dodli odamlar ham tan beradigan qobiliyatdir. Har kimga ham aqlli gaplarni osonlik bilan yetkazish qobiliyati berilmaydi. Suhbat san’atida sergaplikka yo’l qo’ymay mashq qilish lozim, hamsuhbat ruhiyatini hisobga olish kerak va bu yetarli darajadagi tajribani talab qiladigan faoliyatdir. Avvalambor biz o’zimizning «men» lashimizdan qochishimiz lozim. O’z shahsiyligini berkitib, o’zgalarning qiziqishiga e’tibor bermoq – bu har bir suhbatning asosiy afzalligidir. Yaxshi ohang suhbatdoshiga ko’ngilsiz yoki uni tushkunlikka tushiradigan suhbatlardan qochishni talab qiladi. Jamoatga yoqish uchun suhbatdoshingizga yaqin bo’lgan va uni ko’proq qiziqtiradigan suhbat mavzularini tanlashingiz lozim. Jamiyatning yoqimsiz a’zolariga doimo hamma narsadan noliyveradigan va ayb qidiraveradigan odamlar kiradi. Ammo, muloqot qilish me’yori va tajribasiga ega haqiqiy tarbiyali inson hamisha o’z talabalari darajasida kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag’ri kengdir. Agar jamoat sizga notanish bo’lsa, suhbatda mavjud odamlar borasida gaplashmagingiz ma’qul, avval ularning o’zaro munosabatlarini kuzatib, shu asosda biron bir narsa deyish mumkin. So’z bu o’zingizga qarshi qurolga aylanuvchi kuchdir. Yaqin kishini ayblashdan oldin, o’ylab ko’rgan ma’qul. Hasadgo’ylik eng yomon illat. U barcha axloqiy xususiyatlarni yo’qqa chiqaradi. Mardlik yoki ochiqlik bahonasida ko’rolmaslik hissini ochiqchasiga ko’rsatishni odat qilgan kishiga bo’lgan munosabat hech qachon ijobiy o’zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarni yomonlashishiga olib keladi. Bundan hech kim yaxshi natijaga erishmaydi. Atrofdagilar uchun notanish bo’lgan tilda biror bir odam bilan suhbatlashish madaniyatsizlikdir. Suhbatdagi har bir so’z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo’lmog’i lozim. Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biror-bir so’zni qaytarish uchun gapingizni bo’lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo’lgan qiziqishini yo’qotadi, deganini anglatadi. Bunda nutq o’ta baland ohangda bo’lmasligi lozim, aks holda o’zni noqulay ahvolga solib qo’yish mumkin. Sizning suhbatingizga uchinchi suhbatdosh qo’shilsa-yu, mavzu esa o’ta nozik xususiyat kasb etsa, o’zingizni iltifotli va xushmuomali jihatdan ko’rsatganingiz ma’qul. Jamoatda barcha narsalar haqida gap ketadi, savollar chuqurlashib ketilmaydi, bir narsani har taraflama ko’rib chiqilmaydi, balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki emas. Boshqalar bilan gaplashish istagi borligini yoki suhbat zerikali ekanligini ko’rsatmaaslik, suhbat chog’ida atrofga alanglab, qo’lga tushgan biron narsani o’ynab, yoki soatga qarayverish suhbatdoshni jig’iybiron qilib qo’yish mumkin. Suhbat chog’ida o’zini ko’klarga ko’tarib, o’z faoliyati, izlanishlari, mulki o’z tanishlari doirasi bilan yoki kimnidir ismini ro’kach qilish bilan maqtanish va yaxshi emas – bunday tushunchalar suhbatdosh aqlini qanchalik tor ekanligi haqida guvohlik beradi. Munozara qilinayotgan muammolar doirasi keng bo’lishi mumkin, biroq nima bo’lganda ham o’zingizni ishonchli his qiladigan, o’zingizga mos bo’lgan mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir. Suhbatdoshni sog’liqdan nolish bilan ob  havo haqidagi so’zlar bilan charchatish ham etiketga to’gri kelmaydi. Suhbat haqiqatan ham qiziqarliroq bo’lish uchun barcha qobiliyat va imkoniyatlarni yordamga chaqirish lozim. Shu jihatdan ham suhbatlashish etiketi bir necha qoidalarni taqozo etadi:  Suhbatdoshingizga og’ir botadigan, xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib qo’yadigan, gapirishni xohlamaydigan mavzu bo’yicha suhbatlashish vaziyatni og’irlashtiradi.  Suhbatdoshingizga o’zingizga ta’rif-tavsif berishdan, o’z muammo va yutuqlar haqidagi ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat chog’ida o’z “men” ini markaziy joyga qo’ymaslik lozim. Bunda axloqning kamtarinlik va bosiqlik me’yorlari qo’l keladi.  O’z fikrini uqtirishdan avval, noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun suhbatdoshning ijtimoiy kelib chiqishi, shahs sifatida, aytilayotgan masala yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi.  Suhbatdosh hurmat qilishga , hatto uni fikrini noto ’ g ’ ri deb hisoblaganda ham oxirigicha eshitish bilan shahsning so ’ z erkinligini ta ’ minlashga intilish lozim .  Boshqa insonlarini g ’ iybat qilishdan , ularning shahsiy hayoti , muammosi haqida suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi .  Har qanday suhbat birinchi navbatda ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbat jamoat joylarida yoki ko’chada bo’lsa, boshqalarni o’ziga jalb qilmagan holda, ovoz past ohangda gaplashish lozim. Tez yoki haddan tashqari cho’zilib gapirish ham ma’lumotni o’zlashtirishga xalaqit beradi.  Kam muomala qilinadigan, yaxshi tanimaydigan insonlar bilan muloqotda bo’lishda barchaga tushunarli yengil mavzu tanlanib olinadi. M: Futbol, seriallar, qo’shiqlar, teleko’rsatuvlar v.x.k . Hech qachon oilaviy muammolar, shahsiy hayotdagi kelishmovchiliklar, o’zi tushunmagan va ma’lumotga ega bo’lmagan tor mutaxassislikka oid mavzular haqida gaplashish nojoiz.  Barcha xursand holatda suhbatlashayotgan vaqtda, kayfiyatni tushuruvchi, qo’rqinchli voqealar, ko’ngilsiz holatlar haqida gapirish boshqalarni kayfiyatini tushirib yuboradi.  Bemorni ko’rgani borganda o’lim haqida, uning kasal tarixi, mayda-chuyda jihatlari haqida gapirish yaxshi emas. Uning o’rniga yolg’on bo’lsa ham ko’rinishini yaxshiligi, albatta, yaxshi bo’lib kyetishi mumkinligi haqida suhbat qurish lozim.  Dasturxon atrofida ishtahani bo’g’uvchi mavzular haqida gapirilmaydi. Ovqatni yomonlash, kamchilik axtarish yomon odat. Aksincha, uni tayyorlagan insonni ko’nglini ko’tarish lozim.  Tarbiyali va madaniyatli inson tanishi haqida umumiy fikr bildirayotganda yolg’on ishlatmaydi, uni g’iybat qilmaydi. Bir inson haqida (hatto u yomon inson bo’lganda ham) fikr bildirayotgan paytda to’satdan kirib qolgan mavzu «qahramoniga», ko’pchilik ta’sirida miyg’ida kulib, sinchkov nigoh bilan piching hamda qochiriqlar qilish ba’zida betga aytilgan haqiqatdan ham kuchliroq dilga ozor beradi. Suhbatlashish jarayoni nafaqat suhbatlashish balki, tinglash holatiga ham bog’liq. Tinglash faqat eshitib o’tirishi kerak degani emas. Yaxshi suhbatdosh hamsuhbat fikrini mantiqiy tugatgandan so’ng, o’z fikrini to’liq bayon qilib beruvchi insonga aytiladi. Juda ham kerak bo’lib qolgan vaqtda uzr so’rab, M: Kechirasiz, menimcha shu fikringiz...., yoki Fikringizni bo’lganim uchun uzr so’rayman, menimcha... degantushunchalarni qo’llagan ma’qul. Bu vaqtda ushbu tushunchalarning egasi suhbatdoshiga so’zlashga imkoniyat berishi lozim. Bunda dunyoqarash ham katta ahamiyat kasb etadi. Insonning dunyoqarashi haqida gap ketganda, albatta yoshlar bilan kattalar o’rtasida tushunmovchiliklar bo’ladi. Shunday paytlarda yoshlar o’zlarini fikrlarini yoqlamasdan xo’p deb, mavzuni boshqa yoqqa burib yuborishlari kattalarni dilini og’ritib qo’yishdan asraydi. Muomalada gapning ohangi har–xil bo’lishi mumkin bular: takabburlik bilan, sovuq, o’ziga qaratgan holda, achchiq-tirziq tarzdagi ohanglar. Bir xil ya’ni monotonli gapirish ham boshqalar nazdida zerikarli bo’lib, qiziqarli ma’lumotni ham xazm qilish qiyin bo’ladi. Muomala madaniyatining yana asosiy tavsifnomasi shundan iboratki, bu insonning manerasi, ya’ni hatti–harakatining ohang bilan uyg’unligi. Bularga qomatni turishi, qo’l harakati, yuzdagi imolalar kirib ketadi. Hayotimizni ko’p qismini bizga notanish bo’lgan odamlar bilan birga – ko’chakuy, transport, turli xil jamoat joylarida o’tkazamiz. Nafaqat o’zimizning kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda o’zimizni qanday tutishimizga bog’liqdir. Uydan ko’chaga chiqayotganingizda kerakli bo’lgan narsalarni: hujjatlar, dastro’molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur bo’lgan mayda-chuyda narsalarni o’zingiz bilan olganingizga ishonch hosil qilishingiz ma’qul. Kiyim bosh, oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq o’zimizga razm solib, so’ng tashqariga chiqishimiz kayfiyatni ko’tarib, uyda tashqarida o’zimizga bo’lgan ishonchni yanada kuchaytiradi. Ko’chada o’zini tutishning eng asosiy qoidasi – bu atrofdagilarning o’zini noqulay va noxush sezishiga sabab bo’lmasligidir. Davrada erkak kishi ayol kishi bilan yumshoq munosabatda bo’lishi shart, ammo oshirib yubormasligi lozim. Haddan ziyod mulozamatlarga vaqtliroq va bosiqroq javob bermoq lozim. Bunday vaziyatlarda «Kechirasiz, hazillarga unchalik xushim yo’q», «Qaytaryapsiz», «Ko’rsatuvni oxirigacha ko’rib olmaymizmi? »a – taxminan Shu asnoda javob bergan ma’qul. Gapirayotganda munozaraga berilmasdan, aniq, baland bo’lmagan ohangda, xotirjamlikni ushlab turmoq zarur. Mulozamatga «rahmat» deb qisqacha javob beriladi. Odatda, o’zini haddan tashqari erkin, aqlli qilib ko’rsatishga intilgan va diqqat markazida bo’lishini istagida qattiq uringanlar, aksincha, noqulay vaziyatga tushib qoladilar. Bunday odamlarga, boshqalarning ismi  sharifiga, bo’yiga, millati va turar joyiga, sochining rangi, ma’lumoti va avtomobil halokatiga doir hazillar qilish mumkin emasligini hamisha yodda tutishlari kerak. O’xshamagan mutoyiba hazilga, dilxiralikka qanday javob berish kerak? Omadsiz bunday tarzdagi ifodadan so’ng, jim bo’lib qolishdek hech qanday holat kuchli ta’sirga ega emas. Keyin kimdir biron boshqa mavzuda gap boshlagani yaxshi. Agar «o’tkir fikrli» shahsning tinglovchilarni g’ashiga tegishida davom yetishi to’xtamasa, unda uy egasi unga qarab: «Bugun sen negadir o’zingdamassan» deb to’xtatishi lozim. Odamlarni o’ziga kelmasdan avval hazillarga ko’mib tashlash kerakmas. Hazil joyida bo’lgani yaxshi. Hozirjavob hazilning ma’nosiga yetib borishda so’zlovchining qattiq kulgusi xalaqit beradi. Davrada achchiq so’zlarni suiste’mol qilmagan ma’qul. O’zini aqlli deb biladigan bunday odamlar davrada «qurbon» topib olib, uni mazax ostiga olish maqsadida turli savollar yoki vaziyatlarga solishga intilishi o’zini axmoq qilib ko’rsatishdan o’zga narsani bermaydi. Bunda tinglovchilar gapirayotgan odamning aybini qidirishga ko’proq e’tibor beradilar. Erix Fromm ta’limotida bunday odamlarning ruhiyatida sadizm – zolimlik borligini – «zulm qilyapmanmi demak mavjudman» degan shior yashaydigan kishilarga nisbat beradi. Agarda bunday odamlarning harakati tashqaridan juda xunuk ko’rinishini, mazlumni emas, o’zini butun bir tuban xususiyatlarini ko’rsatayotganini va undagi o’ta omilikni tashqariga chiqarayotganini bilganida edi hech qachon bunday harakatlarni qilmagan bo’lar edi. Zigmund Froyd jamoada o’zini bunday salbiy tutayotgan shahs hatti- harakatlari aslida hasadgo’ylikdan ekanligi, bunga guvoh bo’layotgan jamoat ham aksariyat holatda bunga to’sqinlik qilmasa-da, ushbu shahs to’g’risida xuddi shu xulosaga kelishini ta’kidlagan. Bu bilan Froyd jamoada inson o’zini erkinroq tutadi, va badxulqlik bilan bo’lgan barcha harakatlardan tiyilishi qiyin bo’ladi, degan xulosaga keladi. Tahliliy ruhshunoslik asoschisi Karl Gustav Yung esa jamoada ushbu ruhiy holatni arxetiplar bilan bog’lab, unga «trikster» degan nomni beradi. «Trikster u bu odamlar tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy onglanmaganlikning tuban ruh – obrazidir». Demak, jamoatda boshqalar ta’siridan o’z salbiy illatlariga erk berish xavfi kuchliroq ekan, inson bunday paytda o’zini yo’qotmasligi, axloqiy masalalarda mustaqil fikrga ega bo’lishi kerakligini unutmasligi lozim ekan. Suhbat olib borish jarayonida tashvishlari bilan band, ma’nosiz nigohlarni ko’rsatmaslikka harakat qilgan ma’qul. Suhbatdoshga qiziqish bilan, uning so’zlarini tushunayotganini bildirish uchun ba’zi-ba’zida savol berish yoki aniqliklar kiritib turish zarur. Agar hikoyani eshitgan bo’lsangiz, hikoyani o’rtasiga kelganda birdan gapni bo’lishdan ko’ra darhol «Ha, aytib bergan edingiz» qabilida gapirib qo’ygan ma’qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval eshitgan bo’lsa ham, so’zlayotgan odamni bo’lmaydi. Tasodifan eshitib qolgan narsalarga chuqur sho’ng’ib ketib, munozara qilinmaydi. Bunda axloqiy tarbiyaning ba’zi vositalarini yoki unga yaqin yo’llarni tanlash qo’l keladi. “Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shahslarni qamrab oladi”. Zero, zamonaviy ruhshunoslik insonning jamiyat va borliq bilan bo’lgan turli munosabatlarini nafaqat yo’lga qo’yadi, balki uni mustahkamlaydi ham. Misol uchun, ruhiy tahlil falsafasi asoschisi Froyd ta’limotga ko’ra, madaniy ijod bilan birgalikda badiiy ijod jamiyat faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning ular o’rnini bosadigan ijobiy hodisalarga aylanish orqali, (sublimatsiya) ya’ni, tubanlikdan ulug’vorlikka o’tish natijasida vujudga keladi. Ijodkor jamiyatdagi muammolarning yechimini san’at asarlari orqali obrazli tarzda jamiyatning o’ziga taqdim yetish bilan topishga intiladi. Ammo shunisi muammoliki, barchaga ham iste’dod va daholik berilavermaydi. Shu jihatdan ham ruhiy tahlil bu masalaning yechimni ikki yo’l bilan hal qilishni taklif etdi. Ilmiy tadqiqotlar natijasi insonning axloqiy munosabatlarida estetik faoliyatning muhim ekanligini ta’kidlay boshladi. Zotan, san’at asarini idrok yetish insonda ijodiylik va hozirjavoblik qobiliyatini o’stiradi. Muomala etiketida hozirjavoblik juda katta o’ringa ega. Aksariyat hollarda insonlar davraga kirib kelgan kishini sergakligi va hozirjavobligiga juda katta e’tibor beradilar. Ayniqsa, etiketda ko’rishish va so’rashish jarayoni o’zaro kuzatuvchanlik bilan amalga oshiriladi. Agar ulardan biri bu borada “soddalik” qilsa, odamlar orasida buni bildirishning har qanday yo’lidan foydalanishga intilishni ko’rish mumkin. Buning ruhiy-axloqiy jihati shundaki, o’z vaqtida berilmagan “javob” yoki “soddalik” boshqarilishga loyiq kishi sanalishi, boshqalar oldida “kulgi” bo’lish xavfi bir tomondan jamiyat qo’ygan etiket qoidalarini o’z vaqtida amalga oshirishga intiltirsa, ikkinchi tomondan o’ng’aysizlikni engish uchun hozirjavoblikni qo’llash orqali badiiy ijodiylikka intiltiradi. Bu borada Froyd «Hozirjavoblik va uning onglanmaganlikka munosabati» asarida hozirjavoblikning vujudga kelishi va uning qabul qilinishdagi ruhiy holatlar talqinini berish bilan birga Froyd kulgililikka ham alohida to’xtalib, uning boshqa turlarini, ular orasidagi o’zaro farqlarni tushuntirishga harakat qiladi. Davradagi odam boshqaga murojaat qilganda yoki munosabatga kirishganda, beixtiyor suhbatdoshiga so’zlayotgan so’zlaridan birining unli yoki undosh harflarini almashtirib yuborish orqali kulgulilikni vujudga keltiradi. Agar bu so’z o’yini atayin, ongli tarzda amalga oshirilgan taqdirda ham so’zlovchi ijodiy jarayondagi ijodkor kabi onglanmaganlikka keng yo’l qo’yib beradi. Zero, bu jarayon san’atkorona mahoratni talab qiladi. Muallif so’zlardagi unli va undosh, so’zlarga qo’shiladigan qo’shimchalarni o’zgartirish bilan juda chiroyli tarzda o’z maqsadi yo’lida foydalanarkan, bir jihatdan so’zlovchining ruhiyatidagi ziddiyatlarni kulgulilik orqali o’zini dovdir qilib yoki bilmasdan gapirib yuborgan qilib ko’rsatish bilan tashqariga, suhbatdoshiga zimdan uyushtirilgan hujum sifatida amalga oshiradi. Ikkinchi jihatdan esa, dilini og’ritmagan holda, ochiqdan- ochiq kurashlarsiz, kulgulilik orqali suhbatdoshini «silliqlik» bilan «haqiqatga» yetkazib qo’yadi. Bunday jarayon muomala etiketida to’satdan paydo bo’lishi mumkin bo’lgan qo’pol munosabatlarni oldini oladi. Biroq ortiqcha hajviya, hozirjavoblik doimo to’g’ri kelavermasligini unutmaslik lozim. Shirinsuxanlik ham katta san’at. Shirin so’z bilan kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. Unda yuz ifodasi tilning ko’rki hisoblanadi. Muomala madaniyatida so’z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bo’lsa ham “suyakka tegishi” mumkin. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy axloqiy me’yoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon yetishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati – muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois, muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuxanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. Muomala odobining yana biri bu – insoniy nigoh . Ma’lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo’l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so’zga aylanmagan hissiyoti, talablari o’z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo’l siltab kyetishi yoki fikrini bo’lib, qo’pol muomalada bo’lishi madaniyatsizlikni anglatadi. Suhbatdoshni fikrini noto’g’ri deb bilgan taqdirda ham tarbiyali va kamtar inson “Menimcha adashdingiz?” “Uzr, men boshqa fikrdaman”, “Kechirasiz, men sizning fikringizga qo’shilmayman” degan tushunchalar bilan murojaat qiladi. Hech qachon “umuman noto’g’ri”, “bu to’g’rida hech narsani tushunmaysiz”, “bu narsani yosh bola ham biladi” degan tushunchalarni ishlatish mumkin emas. Gapirayotgan insonni fikrini bo’lib, “Bo’lishi mumkin emas”, “O’zingiz ishonasizmi? ” tarzidagi tushunchalar bilan chalg’itish ham odobsizlik sanaladi. Xushmuomalalik va xushfe’llilikning mug’ombirlikdan va qalbaki tortinchoqlikdan kelib chiqmasligi, samimiy, tabiiy va beg’araz, har qanday mug’ombirlik va soxta tortinchoqlikdan xoli bo’lishi kerak. Hamma davrlarda suhbat, muloqot inson muomalasining asosini tashkil qilgan. Suhbat – bu insonlar o’rtasidagi fikrlar almanishuvi bo’lib, u aqllilik va chiroyli so’zlashdan ibora bo’la olmaydi. Ba’zi insonlar qanday qilib gap boshlashni bilishmaydi, gapirganda o’zlarini yo’qotib qo’yadilar. Juda ko’p keraksiz so’zlarni, ishlatadilar. Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz nutqidan mamnun emasmiz. Chunki ularning nutqi umuman yo’q hisob, gaplari faqat jargon va xunuk so’zlardan iborat. Agar suhbatdoshingizning nutqi jargon so’zlar bilan to’lib, toshgan bo’lsa, o’zi qiynalib poyma-poy gapirsa, talaffuzi yaxshi bo’lmasa, ohangi quloqqa yoqmasa, eng mazmundor suhbat ham o’z qimmatini yo’qotadi. Hamma vaqt aniq-ravshan, hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat qilish kerak. Hovliqib aytilgan so’zni tushunish qiyin bo’ladi, juda cho’zib, sekin gapirish esa kishining sabr-kosasini to’lib toshiradi. Talaffuz etilgan har bir so’z, bo’g’in va ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk odat. O’z ona tilini hurmat qilgan inson uni buzilishiga yo’l qo’ymaydi. Horijiy so’zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni to’g’ri talaffuz eta oladigan kishi, zarurat bo’lsa, ularni o’z nutqida ishlatishi mumkin. Ovoz, ohang . Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so’z boyligi va so’zning grammatik qurilishi etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim rol o’ynaydi. So’zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks ettiradi. So’zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma’lum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali yoki tarbiyasizligini ko’rsatadi. Yurish-turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, so’zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta so’z yoki iboraning o’zi qanday qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil ta’sir yetishi mumkin. Ko’pincha aytilgan so’z emas, balki haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og’ir yoki yengil kayfiyat uyg’otasiz. Ifodalanayotgan so’zlarning ma’nosi umuman tinglovchilarga hech qanday ta’sir bermaydi. U suhbatdoshingizning javob berish imkoniyatini yaxshilash darjasida bo’lsa bas. Haqiqiy ma’lumot so’z ohangizdadir. Asosiy xavf shundaki na siz va na sizning suhbatdoshingiz nishonga teguvchi bu bevosita ifodalanuvchi ma’lumotni onglangan tarzda ham onglanmagan tarzda ham tahlil qila olmaysiz. Har bir zamonaviy inson o’z ohangini o’zgartirish imkoniga ega. Avvalambor, haqqoniy eslashga harakat qiladigan bo’lsangiz, qachondir siz o’z ohangizga nisbatan maqtovlar eshitganmisiz yo’qmi buni bilib olasiz. Agar ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil bo’lsa, unda ovozingizni tasmaga yozib olib, uni eshitib ko’ring. Birinchi eshitishdayoq ko’pchilik o’z ohangini hayrat bilan tanib qolishadi. Yoqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz – odatda nafis ohangdir, baland ham, past ham, tez ham sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz boshqalarga yoqmasa, hayotingizdagi tutgan o’rningizga ohangni mos kelmaganidan bo’lishi mumkin. Ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz. Boshqa nutqdagi qusurlar ham to’g’irlansa bo’ladi. Ammo chiroyli nutq uchun faqat ohangning nafisligi etmaydi. Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada go’zallashtiradi. Zero, quruq so’zlardan iborat chiroyli nutq odamlarda sizga nisbatan bo’lgan kinoyani uyg’otadi. Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy «Ichindagi ichindadir» nomli asarida «So’z – idrok qilishda so’zga muhtoj bo’lganlar uchundir. So’zsiz idrok etganning so’zga qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani uchun ko’klarning, erning hammasi so’zdir. Hafif bir sasni eshitganga baqirib-chaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham Qur’ondagi «Bo’l» (Uning amri bo’l demak edi edi. U hamon bo’ldi) so’zidan bino bo’lgandir» , - degan fikrni bildirib ketadi. Shunday ekan, so’zlarni mazmun bilan boyitish ham muhimdir. Chiroyli nutq egasi o’z nutqi bilan bir necha marotabagina odamlarni o’ziga jalb qilishi mumkin. Lekin mazmunsiz chiroyli so’zlar odamlarni me’dasiga tegadi. Ish, martaba, kechinmalar va kayfiyatning yomonligi, betoblik atrofdagilar bilan qo’pol muomalada bo’lish huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham muloyimlik, bosiq ohang bilan va Shu qatori bir vaqtda ishga doir qat’iyyatlik bilan berish mumkin. Buyruq ohangidan faqat bajarilishi shart va majbur bo’lgan soxalarda ya’ni harbiylar foydalanishi mumkin. Muomalada yuzaga keladigan ziddiyatlar Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat. Shunga ko’ra, ziddiyatlarning ko’rinishi ham har xil bo’lib, ular narsa-hodisalarning harakati va rivojlanishida turlicha ahamiyat kasb etadi. Ziddiyatlar ichki, tashqi, asosiy, asosiy bo’lmagan kabi ko’rinishlarga bo’linadi. Jumladan, ichki ziddiyatlar – narsa va hodisalardagi ichki jarayonlarning ifodasi, harakatlanishning manbai hamda rivojlanishning asosiy sababidir. Tashqi ziddiyat - narsa va hodisalar o’rtasidagi munosabatlarning ifodasi hisoblanadi. Jamiyat rivojlanishining mazmuni va mohiyati ham asosan ichki ziddiyatlarning xal qilinishi bilan belgilanadi. Biroq, rivojlanishda tashqi ziddiyatlarning ishtiroki kamroq bo’ladi, degan fikrga bormaslik kerak. Zero, globallaShuv va integratsiya jarayonlarida tashqi ziddiyatlarning ham o’z o’rni bor. Narsa-hodisalarning mohiyatini, holatini, kelib chiqish va rivojlanish qonuniyatlarini belgilovchi ziddiyatlar esa asosiy ziddiyatlar deb ataladi. Muomala madaniyatida ziddiyatlar anglashilmovchilik, bir-birini tushunmaslik hamda o’zaro manfaatlar to’qnaShuvi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarning xususityalariga qarab tavsiflash mumkin. R.L. Krichevskiy o’zining «Agar siz rahbarsiz” kitobida ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni 3 ta guruhga bo’ladi: • Birinchi guruh – mehnat jarayonidagi ziddiyatlar. • Ikkinchi guruh – insonlararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari, ya’ni impatiya va antipatiya, madaniy-etnik xilma-xillik, rahbar hatti-harakatlari, psixologik moslasha olmaslik va hokazo. • Uchinchi guruh – jamoa a’zolarining o’ziga xosligi. Masalan, o’zini boshqara olmaslik, ehtiroslarga berilish, tajovuz, do’q-po’pisa, haqoratlash-so’kinish, munosabatga kirisha olmaslik. Ziddiyatlar ma’muriy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari uchun ahamiyati hal yetish yo’llariga ko’ra farqlanadi, umumiy ma’noda konstruktiv va destruktiv ziddiyatlarga ajraladi. Konstruktiv ziddiyatlarga tashkilotning hayotiy muammolarini hamda ularni hal yetish orqali samarali taraqqiyotga olib chiqish xos. Destruktiv ziddiyatlar salbiy, vayronkor natijalarga olib keladi. Shuningdek, ayrim hollarda bu vaziyat janjallarga va tashkilot faoliyatining susayishiga olib keladi. Ziddiyatli vaziyatlardan o’zini tuta bilish qoidalari Rahbar ziddiyatlarni nafaqat ish sohasi, balki shahsiy emotsional sohada ham ishlata olishi zarur. Xo’sh, ziddiyatli shahs bilan ishlash jarayonida o’zini qanday tutish lozim: • Birinchidan - bunday odamlarda ichki o’tkinchi kechinmalar bilan bog’liq ehtiyojlar mavjud bo’lib, ular Shu orqali ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, tajovuzkor o’zining tajovuzi orqali qo’rqoqligini yashirishi mumkin. • Ikkinchidan - o’z hissiyotlarini jilovlab, boshqaning hissiyotlarini ro’yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishi kerak. • Uchinchidan - bunday odamlarning qilayotgan harakatlarini jiddiy qabul qilmaslik. • To’rtinchidan - ziddiyatli holatlarda muvofiq keluvchi usulni tanlash uchun bunday usullar qaysi toifa odamlarga mos kelishini ajrata olishingiz zarur. Robert Bremson tarbiyasi qiyin odamlar bilan muomala qilishning bir necha turlarini ajratib ko’rsatadi: Tajovuzko r - agar so’ziga quloq solishmasa, kishilarga tojovuz qiluvchi qo’pol va shallaqilar. Shikoyatchi – qandaydir g’oyani o’zlashtirib olgan holda boshqalarni katta gunohda ayblovchi, biroq ushbu muammoni yechish uchun biror ish qilmaydigan kishi. “Darg’azab bolakay” – bu toifa kishilar tabiatan o’zlarining to’g’ri yoki noto’g’ri fikrlarini o’tkazishga hamda jarayonni to’laligicha qo’l ostida tutib turishga intiladilar. Maksimalist – garchand zarurati bo’lmasada, biror-bir ishni ortga sudramaydigan kishi. Indamas (pismiq) – barcha alamlarini ichiga yutib yuradigan, biroq payti kelganda birdan portlaydigan odam. “Sirli qasoskor” (ishkallar) – biror-bir nayraglar yordamida noqulayliklarni yuza keltiruvchi, “noto’g’ri qilingan ish uchun o’zini alolat o’rnatuvchi” deb hisoblaydigan kishi. Ikkiyuzlamachi yoki “Yolg’onchi g’amxo’r” – o’zini sizga yaxshilik qilayotgan kabi ko’rsatadi, biroq qalbida boshqalarga nisbatan adovat, ko’rolmaslik mavjud bo’lgan odam. “Surunkali ayblovchi” – doimiy ravishda o’zgalarning aybini qidiradigan (tirnoq orasidan kir qidiradigan), o’zini doimo haq deb hisoblaydigan shahs. Hayotda uchraydigan bu kabi odamlarning toifalari talaygina. Shu munosabat bilan ziddiyatli holatlarda yoki tarbiyasi qiyin odamlar bilan muomala qilganingizda siz nafaqat do’stlik degan tushunchaning ma’nosini anglaysiz, balki muomalaning yuksak sifatlarini ham o’zlashtirib borasiz. Dialektikaning ahamiyati aynan mana shu jarayonda namoyon bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, ziddiyatlar insonlararo muomala madaniyatida tez-tez hissiyotli holatlarni yuzaga keltiradi va ayni paytda munosabatlarni chigallashtirishga hamda murakkablashtirishga olib keladi. Ziddiyatli holatlarni yuzaga kelganda uning oldini olish uchun quyidagilarni tavsiya yetish mumkin: 1. Ziddiyatli holatlarda insonning hatti-harakatini aql emas, balki hissiyotlar boshqarishini unutmang. Zero, aql yon bergan paytda inson o’zining so’zi va hatti- harakatiga javob bera olmaydi. 2. Muomalaning ko’plab muqobil usullaridan foydalaning, suhbatdoshingizni “jerkib” tashlamang, o’zingizga “Men ham yanglishishim mumkinku!?” degan savolni bering. 3. Ziddiyatning mohiyatini to’laqonli tushunishga harakat qiling va «Mabodo ziddiyat hal etilmasachi?” degan xavotirdan yiroq bo’ling. 4. Agar suhbatdoshingiz qattiq hayajonda yoki g’azablanayotgan bo’lsa, uni «sovutishga” intiling, zinxor undan baland kelishga urinmang: o’zingiz jim bo’lingda, undan buni talab qilmang. 5. Suhbatdoshingizga o’zini sizning o’rningizga quyib ko’rishini so’rang, ya’ni «Agar siz mening o’rnimda bo’lganingizda qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz?” degan savolni berib ko’ring. 6. Qilgan xizmatingizni haddan ziyod maqtayvermang va minnat qilmang. 7. Ziddiyatni yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan hamkoringizni hadeb ayblayvermang. 8. Har qanday holatda ham o’zaro munosabatni saqlab qolishga harakat qiling. O’ylaymizki, ushbu maslahatlar sizning kelgusi faoliyatingiz uchun zarur bo’ladi. Bahslashish etiketi Bahsning asosiy qoidasi Shundan iboratki, hatto juda qulay vaziyatlarda ham odamlarni fikrini o’zgartirish juda qiyin masaladir. Agar o’z qarashlaringizni boshqa birovga o’tkazishni istasangiz, uning fikrini hurmat qiling. Hech qachon odamga uning nohaqligini aytmang. Xato qilish ehtimolini o’zingizda bo’lishiga ham e’tibor bering. Bu barcha turdagi bahslarga yakun yasaydi. Bu suhbatdoshni o’zi ham siz kabi nohaq bo’lishini tan olishiga imkon beradi. Bahsni tug’dirmaydigan Shunday tushunchalar ham mavjudki, ularni diqqat bilan eshitishga undaydi. Masalan: «Sizni dilingizdan o’tayotgan fikrlarga qarshi emasman, balki men ham xuddi shunday qilgan bo’lar edim». Bahs paytida «Janjal bilan biron narsaga erishib bo’lmaydi» degan iborani eslashga harakat qilish lozim. Eng yaxshi natijaga eriShuvning yo’llaridan biri bu – bahsdan qochishdir. Bahsdan qizishib o’z g’ururini erga urishni istamay, nohaqligini bilib turib ham tan olmaslik mumkin ekanligi ehtimoli bor. Bunga nisbatan o’z fikrini aytib qo’yishning o’zi etarli. Balki bir oz vaqt o’tib, hech qanday bosimning ta’sirisiz ham u to’g’ri xulosaga kelishi mumkin. O’zining haqligini qaysarlik bilan isbotlash yoki bahslashish – ma’lum ma’noda zo’ravonlik ham hisoblanadi, oqibatda, yagona kelishuvga olib kelmasligi mumkin. Anglashilmovchilikni madaniyat, munosabat, tavoze’lik va muloyimli aniqlik va sovuqqonlik hamda boshqani tushunishga harakat qilish orqali bartaraf qilish mumkin. Bahs asosli va ishonchli bo’lishi lozim. Bahsda asosan raqibni «chaqib» xafa qilish emas, balki undan qochishga harakat qilish shart. Bahsda keltirilgan asoslar mutlaqo to’g’ri bo’lishi lozim. Kasbiy munozara doimo asoslar zanjirini talab qiladi. Tadqiqotchilarning gaplariga qaraganda, mantiqdan bexabar kishilarga nisbatan mantiqiy isbotlarning keltirish usullaridan boxabar kishilarni jamoatda bahsdan muvaffaqiyatli chiqib kyetishlariga imkoniyat darajasi balandroq bo’lar ekan. Kasbga doir bahsda o’zni tutish uslubi doimo muloyimlik kasb yetishi zarur. Bosiq va mulozamatli odam doimo g’olib keladi. So’zamollik va diqqatli jimlik bilan almashishi lozim. Jizzakilik va asabiylashishga o’rin yo’q. Individual bahsda asosiysi – asos, mantiq va dalillardir. Imo-ishoralar va hayqirishlarni qabul qilish mumkin emas. Cho’zilib ketadigan bahslarda har ikkala taraf o’zining axloqi haqida o’ylab ko’rishi lozim. Har holda gap bunday bahslarda singan kosa ustida ketmaydi. Janjallarga sababchi bo’ladigan odamlar o’zi haqida o’ylab ko’radigan bo’lsa, odatda «asablari hech narsaga yaramasligiga amin bo’ladi» . Lekin bu degan sof vijdon bilan ochiqchasiga urishaverish kerak degani emas. Bunday odamlarga «nima uchun men doimo asabiylashaman? » degan savolni o’ziga bermoqlikka da’vat etamiz. Ko’p holatlarda asabiylashishning asl sababini anglab yetgandan so’ng hayot o’z yo’liga tushadi. Harakat qilib ko’rsa arziydi. A dabiyotlar: 1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - T., Ma’naviyat, 2008. 2. A. Sher. Axloqshunoslik. Darslik. - T., O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 3. Бородкин Ф.М. Внимание конфликт! - Новосибирск. 1989. 4. Jaloliddin Rumiy. Ichindagi ichindadir. Yangi asr avlodi, - T., 2003. 5. Кричевский Р.Л. Если вы - руководитель. - Москва: Дело, 1993. 6. Максимов А. Искусство общения или ремесло общения. - М., 2006. 7. Фрейд З. Остроумые и его отношение к бессознательному.  Минск. Попурри, 1999.