logo

Yorug‘likning kombinatsion sochilish spektri. Molekula tо‘liq energiyasining tashkil etuvchilari Born -Opengeymer prinsipi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

408.5 KB
Yorug‘likning kombinatsion sochilish spektri. Molekula tо‘liq energiyasining tashkil etuvchilari Born - Opengeymer prinsipi Reja : 1. Yorug‘likning molekulyar sochilishi , Eynshteyn nazariyasi 1. Yorug‘likning kombinatsion sochilishi va uning mumtoz nazariyasi. 2. Molekula energiyasining tarkibiy qismlari. 3. Born - Oppengeymer prinsipi. Xulosa Muhitga tushgan yorug‘lik qaytish, sinish va yutilishdan tashqari sochiladi ham. Yorug‘lik maydoni ta’sirida tebranayotgan elektronlarning majburiy tebranishlari tufayli paydo bо‘ladigan ikkilamchi tо‘lqinlar yorug‘lik tо‘lqini olib kelayotgan energiyaning bir qismini chetga sochib yuboradi. Boshqacha qilib aytganda moddadan yorug‘lik tarqalayotganda yorug‘lik sochilishi kerak. Bunday hodisa yuz berishi uchun yorug‘lik tо‘lqinining о‘zgaruvchi maydoni ta’siri ostida tebrana oladigan elektronlarning bо‘lishi yetarlidir. Bunday elektronlar esa har qanday moddiy muhitda yetarli miqdorda bor. Agar muhit optik jihatdan bir jinsli bо‘lsa ya’ni uning sindirish kо‘rsatkichi nuqtadan nuqtaga о‘tilganda о‘zgarmasa u holda tо‘lqin frontida bir biridan  masofada joylashgan tengdosh hajmlarning ixtiyoriy ikkitasi chiqarayotgan ikkilamchi tо‘lqinlar bir birini sо‘ndiradi. Muhitning bir jinsli va ikkilamchi tо‘lqinlarning kogerent bо‘lishi yorug‘lik sochilmasligining zaruriy va yetarli shartidir. Xaqiqatda esa ideal bir jinsli muhitlar bо‘lmaydi. Real muhitlarda turli sababdan paydo bо‘lgan optik bir jinslimasliklar hamisha bо‘ladi bu esa yorug‘likning ba’zi hollarida juda intensiv, ba’zi hollarda juda zaif sochilishini bildiradi. Bir jinslimasliklar tufayli bо‘ladigan difraksiya yorug‘likning diffuziyasi yoki sochilishi deyiladi. Demak muhitning bir jinsliligini buzish uchun sindirish kо‘rsatkichini doimiyligini buzish kerak.Sindirish kо‘rsatkichi esa muhitning  dielektrik singdiruvchanligiga ,  n (1) munosabat orqali bog‘langan. Muxitning qutblanishi, ya’ni muhitning birlik hajmining tashqi E maydon ta’siri ostida oladigan elektr momenti Np P  ga teng, bu yerda N – birlik hajimdagi molekulalar soni, p – bu molekulalarning har birining elektr momenti. Bu moment kattaligi E p  tashqi elektr maydon kuchlanganligiga tо‘g‘ri proporsional, bunda  qutblanuvchanlik koeffisiyenti deb atalib, molekulaning tuzilishini xarakterlaydi. Birlik hajm uchun yozsak: ENP   (2) ya’ni E N E E D    4    (3) yoki    N 4 1  . (4) Sindirish kо‘rsatkichining о‘zgarmas bо‘lishi chiziqli о‘lchamlari tо‘lqin uzunligiga nisbatan uncha kichik bо‘lmagan teng hajmlar uchun N kо‘paytma muhitning turli joylarida bir xil bо‘lishini bildiradi. Agar optik jihatdan bir jinsli bо‘lgan muhit mutlaqo bir xil molekulalardan tashkil topgan (  о‘zgarmas) bо‘lsa, u holda N ham о‘zgarmas bо‘lishi, ya’ni muhitning zichligi hamma yerda bir xil bо‘lishi kerak; agar muhit har xil molekula yoki gruppalardan tashkil topgan bо‘lsa, u holda sindirish kо‘rsatkichini о‘zgarmaydigan qilish uchun N bilan  ni tegishlicha tanlab olish kerak. Masalan, benzol bilan uglerod sulfidning keraklicha qilib olingan aralashmasiga shisha parchalari botirilganda bu aralashma bir jinsli muhit bо‘ladi: shisha bilan suyuqlik orasidagi bо‘linish chegarasi sezilarli bо‘lmay qoladi. Kо‘zga kо‘rinadigan yorug‘lik tо‘lqinining uzunligiga nisbatan kichik bо‘lgan zarralarda yorug‘likning sochilishini laboratoriya sharoitida birinchi bо‘lib Tindal kuzatgan (1869 yil). Turli burchaklar hosil qilib sochilgan yorug‘lik dastlabki oq yorug‘likdan kо‘k bо‘lishi bilan farq qilishini tushayotgan yorug‘lik yо‘nalishiga nisbatan 2/  burchak hosil qilib sochilgan yorug‘lik tо‘liq yoki deyarli tо‘liq chiziqli qutblanishini ham Tindal payqagan. Tindal osmonning zangori bо‘lib kо‘rinishiga Quyosh yorug‘ligining yer atmosferasida chang zarralarida sochilishi sabab bо‘lsa kerak, deb taxmin qilgan. Kо‘p hollarda tabiiy ravishda paydo bо‘lgan optik bir jinslimasliklar tufayli yorug‘lik intensiv ravishda sochiladi. Optik bir jinslimasligi oshkor bо‘lgan muhitlar xira muhitlar deyiladi. Xira muhitlar jumlasiga tutun (gazdagi qattiq zarralar) yoki tuman (havodagi suyuqlik tomchilari, masalan, suv tomchilari) kiradi. Bu hollarning hammasida xira muhit yorug‘likni birmuncha kо‘p sochib yuboradi, bu hodisa odatda Tindal hodisasi deyiladi. Zarralarining о‘lchami tо‘lqin uzunligiga nisbatan kichik bо‘lgan xira muhitlarda yorug‘likning sochilishini о‘rganish natijasida Tindal va undan keyingi tadqiqotchilar tajribada kashf etgan va nazariy jihatdan Reley asoslab bergan ba’zi umumiy qonuniyatlar topildi. Bu qonuniyatlar tо‘g‘risida quyidagi tajribada tasavvur hosil qilish mumkin. Tо‘g‘ri burchakli kyuveta tо‘la suvga bir necha tomchi sut tomizib suv xiralashtiriladida, unga intensiv yorug‘lik dastasi yuboriladi. Suvda yorug‘lik dastasining izi aniq kо‘rinib turadi. Yon tomonidan turib A yо‘nalishda kuzatganda 1 -rasm. Xira mu hitlarda yorug‘lik sochilishini kuzatish sxemasi. sochilgan yorug‘lik S manbadan kelayotgan yorug‘likka qaraganda zangoriroq bо‘ladi, qalinligi etarlicha bо‘lgan kyuveta orqali V yо‘nalishda о‘tib uzun tо‘lqinli nurlarga boyigan yorug‘lik qizg‘ish bо‘ladi. Sochilgan yorug‘likni dastlabki dastaga nisbatan 90 0 burchak ostida N qutblovchi orqali kuzatganda S dan kelayotgan dastlabki yorug‘lik tabiiy yorug‘lik bо‘lsa ham sochilgan yorug‘lik chiziqli qutblangan ekanligi kо‘rinadi. Turli yо‘nalishlar bо‘ylab sochilgan yorug‘likning intensivligi taqsimotini kо‘rsatuvchi grafik sochilish indikatrisasi deyiladi. Tushayotgan yorug‘lik tabiiy yorug‘lik bо‘lganda sochilish indikatrisasi 2- rasm.  ga nisbatan kichik bо‘lgan zarralar uchun sochilish indikatrisasi. 2-rasmda kо‘rsatilgandek bо‘lib, 2 cos 1~  I bilan ifodalanadi. Fazoviy indikatrisa egri chiziqni (2-rasm) VV о‘qqa nisbatan aylantirib hosil qilinadi. Reley о‘lchamlari tushayotgan yorug‘lik tо‘lqin uzunligiga nisbatan kichik bо‘lgan sferik zarralarda sochilgan yorug‘likning intensivligini hisoblab, (1899 yil) dastlabki yorug‘likning tabiiy yorug‘lik bо‘lgan holda sochilgan yorug‘likning intensivligi quyidagiga teng bо‘lishini topdi.            2 00 24 2 '2 02 0 cos1 29         L VN II (5) N - sochib yuboruvchi hajmdagi zarralar soni, 'V - va 0 - zarraning hajmi va dielektrik singdiruvchanligi,   - zarra muallaq holda yurgan muhitning dielektrik singdiruvchanligi,  - sochilish burchagi, 0I - tushayotgan yorug‘likning intensivligi, L - sochib yuboruvchi hajmdan kuzatish nuqtasigacha bо‘lgan masofa Releyning (1) formulasi yuqorida aytib о‘tilgan qonuniyatlarni tavsiflaydi. Sochilgan yorug‘likning intensivligi tо‘lqin uzunligining tо‘rtinchi darajasiga teskari proporsional ekan, 4 1 ~  I bu qonuniyat о‘lchab topilgan natijalarga muvofiq keladi va osmonning zangori bо‘lish sababini izohlab beradi. 4 1 ~  I qonun Reley qonuni deyiladi . Biroq osmonning zangori bо‘lishiga atmosferada chang borligining aloqasi yо‘q ekan, biz buni keyinroq kо‘rsatamiz. (1) dan sochilgan yorug‘likning intensivligi sochib yuboruvchi zarra hajmining kvadratiga yoki sferik zarra radiusining oltinchi darajasiga proporsional ekanligi ham kelib chiqadi. Reley formulasida muhitning optik jihatdan bir jinslimasligining о‘lchovi bо‘la oladigan    2 0 2 0 /       kо‘paytuvchi bor. Agar 0   bо‘lsa, muhit bir jinsli bо‘lib qolib, yorug‘lik ham sochilmay qо‘yadi ( I=0 ) . Optik jihatdan bir jinslimaslikning bunday о‘lchovi faqat mayda zarralargagina tegishli bо‘lib qolmay, balki boshqa hollarda ham optik bir jinslimaslikning xarakteristikasi bо‘la oladi. Agar yorug‘likni sochib yuboruvchi zarralarning о‘lchamlari tо‘lqin uzunligi bilan taqqoslasa bо‘ladigan bо‘lsa, u holda yorug‘lik sochilishining biz muhokama qilgan qonuniyatlari yaramay qoladi; kolloid eritmalarda kо‘pincha shunday bо‘ladi. Bunday yirikroq zarralarda sochilgan yorug‘likning tо‘lqin uzunligiga bog‘lanishi kamroq sezilarli bо‘ladi, ya’ni sochilgan yorug‘lik zarralar mayda bо‘lgan holdagidan kamroq zangori bо‘ladi. Sochilgan yorug‘lik faqat qisman qutblangan bо‘ladi, bunda qutblanish darajasi zarralarning о‘lchami va shakliga bog‘liq bо‘ladi. Sochilgan yorug‘lik intensivligining burchaklar bо‘yicha taqsimoti ham murakkablashadi: sochilish diogrammasi AA chiziqqa nisbatan (2-rasm) simmetrik bо‘lmay zarralarning о‘lchami, shakli va tabiatiga hamda atrofdagi muhitga qarab juda murakkab kо‘rinishda bо‘ladi, faqat dastlabki dasta yо‘nalishiga nisbatan simmetrik bо‘ladi. Bu murakkabroq qonuniyatlar yirik zarrali xira muhitlarda yorug‘likning sochilishini nazariy tomondan talqin etishni juda qiyinlashtiradi. Shunga qaramasdan bunday hollar ancha katta qiziqish uyg‘otadi, chunki ular odatda kо‘p ximiyaviy reaksiyalarning maxsuli bо‘lgan kolloid eritmalar va xira muhitlarni tadqiq etishda yuz beradi. Shuning uchun bunday о‘lchash ishlari kolloid ximiya, analitik ximiya va biologiyada keng qо‘llanilib, tadqiq etishning nefelometrik metodlarining mavzui hisoblanadi. Osmonning zangori bо‘lib kо‘rinishiga yorug‘likning chang zarralarida sochilishi sabab bо‘ladigandek kо‘rinar edi, biroq tajribalar bunday emasligini kо‘rsatdi, chunki chang bо‘lmagan toza atmosferada (baland tog‘lardagi observatoriyalarda) osmon yanada tо‘q, zangori bо‘lib kо‘rinadi va uning yorug‘ligi qutblanadi. Keyingi nazariy va eksperimental tadqiqotlar bu hodisalarning hammasiga yorug‘likning havoda molekulyar sochilishi sabab bо‘lishini kо‘rsatdi. Yorug‘likning molekulyar sochilishi Biz yuqorida aytgan ma’noda xira deb atash mumkin bо‘lmaydigan muhitlar bilan ish kо‘riladigan hollar, ya’ni muhit aralashma yoki boshqa jinslardan yaxshilab tozalangan suyuqlik (yoki gaz) dan iborat bо‘lgan hollar ancha katta qiziqish uyg‘otadi. Bunday muhitlarda yorug‘lik sochiladi, optik jihatdan bir jinslimaslik paydo bо‘lishiga olib keladigan fizik sabab bor (L.I. Mandelshtam, 1907 yil)  Ideal toza muhitlarda optik bir jinsmaslik yuzaga kelishining fizik sababi birdaniga topilgani yо‘q. Juda muhim bо‘lgan bir xususiy holda bir jinsllilikni buzilishiga olib keladigan sababini M.Smoluxovskiy (1908 yil) kо‘rsatib berdi. Gaz yoki suyuqlikning kritik temperaturasida yorug‘lik intensiv ravishda sochilishi (kritik opalessensiya) kо‘pdan beri ma’lum edi. Smoluxovskiy kritik temperaturada muhitning siqiluvchanligi juda katta ekanligiga diqqat qildi (kritik nuqtada nazariy tomondan TpV      ifoda cheksizlikka intiladi). Bunday sharoitlarda kichikroq hajmlarda о‘rtacha zichlikdan sezilarli chetlanishlar paydo bо‘lishi mumkin, chunki siqiluvchanlikning katta bо‘lishi issiqlik harakati kichik hajmlardan zichlikning sezilarli variasiyalarini (zichlik fluktasiyalari) yuzaga keltirishga qodir ekanligini bildiradi. Optik bir jinslilikning buning oqibatida bо‘ladigan buzilishi yorug‘likning kо‘p sochilishiga sabab bо‘ladi. Smoluxovskiy kritik opalessensiya hodisasini izohlab berib, shu bilan yorug‘likning umuman sochilishiga olib keladigan bir jinslilikning buzilish sababini qayerdan izlash kerakligiga kо‘rsatma berdi, u quyidagicha: muhit molekulalarining issiqlik harakati statistik xarakterda bо‘lgani tufayli muhitda zichlik fluktuasiyalari paydo bо‘ladi, bu fluktuasiyalar ayniqsa kritik nuqta sohasida katta bо‘ladi. Zichlikning fluktuasiyasi sindirish kо‘rsatkichining n fluktuasiyasiga yoki dielektrik singdiruvchanlikning  fluktuasiyasiga ) ( 2n   sabab bо‘ladi, bu esa aslida optik bir jinslimaslikdan iborat. Kritik nuqtadan uzoqda fluktuasiyalar kritik nuqta sohasidagidek uncha katta bо‘lmasada har qalay bо‘ladi va toza moddada yorug‘lik о‘sha fluktuasiyalar tufayli sochiladi. Eynshteyn nazariyasi 1910 yilda Eynshteyn yorug‘likning kritik nuqtadan uzoqda molekulyar sochilishining miqdoriy nazariyasini yaratdi: bu nazariya dielektrik singdiruvchanlikning  fluktuasiyalari tufayli muhitda optik bir jinslimaslik paydo bо‘lish g‘oyasiga asoslanadi. Bu holda sochilgan yorug‘likning intensivligi fluktuasiyalar tufayli paydo bо‘lgan optik bir jinslimaslik bilan aniqlanadi.Sochilgan yorug‘likning intensivligi  ning ishorasiga bog‘liq bо‘lmagani uchun intensivlik   2  ga proporsional bо‘ladi. Oddiy elektrodinamik hisob intensivlikning quyidagicha bо‘lishini kо‘rsatadi:        2 2 * 2 4 2 0 cos 1 2    V V L I I . (6) Bunda V * - fluktuasiya yuz bergan hajm bо‘lib, yorug‘lik tо‘lqinining uzunligiga nisbatan kichik, lekin ichida molekulalar kо‘p. Boshqa belgilar (2)chi formuladagidek olingan. Endi yorug‘likning molekulyar sochilishida optik bir jinslimaslikning о‘lchovi   2  miqdor bо‘ladi. Agar  fluktuasiyalar zichlik va temperatura yoki p bosim va S entropiyadan iborat faqat ikki erkli termodinamik о‘zgaruvchi bilan aniqlanadi deb hisoblasak, u holda       ,; 222 2 S Sp pS Sp p p SP S                                  bu yerda S p   , - bosim va entropiyaning fluktuasion о‘zgarishlari, hosilalardagi indekslar differensial olayotganda qanday miqdor о‘zgartirilmay turishini kо‘rsatadi. Bu yerda p va S fluktuasiyalar statistik jihatdan mustaqil ekanligi va demak, 0    S p ekanligi e’tiborga olingan. Fluktuasiyalar nazariyasi  2 p va   2 S miqdorlarni moddaning termodinamik xarakteristikalari orqali ifodalashga va (160.1) munosabatni   .cos11 2 22222 240                                P PS S C kT TkT L V II (7) kо‘rinishda tasvirlashga imkon beradi, bu yerda  - muhitning zichligi ( g/sm 3 ), T - absolyut temperatura, S  - adibatik siqiluvchanlik,  - issiqlikdan kengayish koeffisiyenti, S p – 1 g moddaning о‘zgarmas bosim sharoitidagi issiqlik sig‘im, V- yorug‘likni sochib yuborayotgan hajm. (5) formulada katta qavs ichidagi birinchi had zichlikning adiabatik fluktuasiyalari (bosim fluktuasiyalari) tufayli sochilgan yorug‘lik intensivligini bildiradi, ikkinchi had esa zichlikning izobarik fluktuasiyalari (entropiya fluktuasiyalari) tufayli sochilgan yorug‘lik intensivligini bildiradi. Quyidagi taqribiy tenglikni yozish mumkin: . 1 2 2 2 T p S T                                   Agar mashhur p S T c T     2   termodinamik munosabatdan foydalansak bu yerda  T izotermik siqiluvchanlik formulasi  . cos 1 2 2 2 2 4 0                  kT L V I I T T (8) kо‘rinishga keladi; bu formulani birinchi bо‘lib Eynshteyn topgan va shuning uchun u Eynshteyn formulasi deyiladi. (6) va ( 7 ) formulalardan Releyning 4 1 ~  I qonuni kelib chiqadi. Shunday qilib, osmonning zangori bо‘lishiga va botishida quyoshning qizil bо‘lib kо‘rinishiga yorug‘likning molekulyar sochilishi sabab bо‘ladi. Yorug‘likning kombinasion sochilishi Reley sochilishida sochilgan yorug‘lik chastotasi tushuvchi yorug‘lik chastotasiga mos keladi. Sochilishning bunday turining birinchi bо‘lib Reley aniqlagani uchun bunday sochilish Reley sochilish deb yuritiladi. Bu sochilish kogerent tarzda yuz beradi. Shu sababli ham Reley sochilishi-yorug‘likning kogerent sochilishidir (3-rasm, a). Biroq sinchiklab о‘tkazilgan tekshirishning kо‘rsatishicha ( Raman, G.S.Landsberg va L.I. Mandelshtam, 1928 yil), sochilgan yorug‘lik spektrida tushayotgan yorug‘likni xarakterlaydigan chiziqlardan tashqari qо‘shimcha chiziqlar (yо‘ldoshlar) borligi, bular tushayotgan yorug‘likning har bir chizig‘i yonida turishi ma’lum bо‘ldi (3-rasm). Yо‘ldoshlar tushayotgan yorug‘likning har qanday spektral chizig‘i yonida kelgani uchun, bu yо‘ldoshlarni qanday sharoitda payqash mumkin, degan savol tug‘iladi. Yо‘ldoshlar kо‘rinadigan bо‘lishi uchun tushayotgan yorug‘lik spektri tutash spektr bо‘lmay, balki alohida chiziqlar (monoxromatik chiziqlar) tо‘plamidan iborat bо‘lishi kerak. Bu hodisaning quyidagi qonunlari tajribadan topilgan. 1) Y о ‘ldoshlar tushayotgan yorug‘likning har bir chizig‘i yonida b о ‘ladi. 1) Uyg‘otuvchi ( tushayotgan ) yorug‘lik spektral chizig‘ining 0v chastotasi bilan yо‘ldoshlardan har bir chiz iqlarning '" ," ,' v v v … chastotalari orasidagi v farq sochuvchi modda uchun xarakterli bо‘lib, uning molekulalarining xususiy tebranishlari chastotalariga  iv teng: ,... ''' , '' , ' 3 0 3 2 0 2 1 0 1 i i i v v v v v v v v v v v v             2) Yо‘ldoshlar uy g‘ otuvchi chizi q dan ikki tomonda simmetrik yotuvchi chizi q larning ikki sistemasidan iborat, (3-rasm) ya’ni .0 0 v v v r      Bu yerda rv chastota uyg‘otuvchi chastotalardan uzunroq tо‘lqinli tomonda joylashgan yо‘ldoshlarning chastotalarini,  v chastota esa uyg‘otuvchi chastotalardan ikkinchi tomonda yotgan yо‘ldoshlarning chastotalarini bildiradi. Spektrning qizil qismiga yaqin joylashgan va shuning uchun «qizil» yо‘ldoshlar deb ataladigan birinchi yо‘ldoshlar «binafsha» yо‘ldoshlardan ancha intensivdir (3-rasm) 4) Temperatura kо‘tarilganda «binafsha» yо‘ldoshlarning intensivligi tez ortadi. Kombinasion sochilishni birinchi bо‘lib G.S.Landsberg va L.I. Mandelshtamlar hamda Hind olimlari Bu Raman va Krishnanlar kashf etishgan. Xind olimlari Nobel mukofotiga sazovor bо‘lishgan. Yorug‘likni kombinasion sochilishining mumtoz nazariyasi Kombinasion sochilish hodisasi klassik nazariya nuqtai nazaridan quyidagicha tushuntiriladi. Ushbu hodisada y о ‘ldoshlarning paydo b о ‘lish sabablari yorug‘lik t о ‘lqinini sochuvchi muhit molekulasi atomlarining past chastotali tebranishlari bilan modulyasiyalanishi orqali tushuntirish mumkin. Molekulaning qutublanishi, umuman qaraganda uni tashkil qilgan atomlarning joylashishiga bog‘liq. Atomlar tebranganda qutublanish  0 - о‘rtacha qiymat atrofida shu tebranishdi buni quyidagicha izohlash mumkin:  t F t   0  Ushbu tebranishlarning chastotasi 10 12 -10 13 gs bо‘lib, elektromagnit tо‘lqin shkalasining infraqizil spektri sohasiga tо‘g‘ri keladi. Boshqacha aytganda, kattalaikni о‘zgarishi tushayotgan yorug‘likning   гц15 10 elektr maydonning tebranishiga nisbatan sekinroq о‘zgaradi. Shu sababga kо‘ra ham tushayotgan yorug‘lik tо‘lqining monoxromatik maydonida molekulaning dipol momentini о‘zgarishi     t E t F E t p    cos0 0    qonun bо‘yicha rо‘y beradi, ya’ni ampilitudasi modulyatsiyalangan tebranishdan iborat bо‘ladi. Bu yerda t Е Е  cos0  -yorug‘lik tо‘lqinining о‘zgaruchan elektr maydoni, YE 0 yorug‘lik tо‘lqini elektr maydoni kuchlanganligini amplitudasi, v  2  - tushayotgan yorug‘likning burchak chastotasi,  - molekulaning qutublanuvchanligi, faqat uning tuzilishi va xossasiga bog‘liq bо‘lgan doimiy. Bu jarayonda sochilgan yorug‘lik maydon kuchlanganligining tebranishi ham modulyatsiyalanadi. Bu tebranishlarning eltuvchi chastotasi tushayotgan yorug‘lik tо‘lqining chastotasi  ga teng, modulyatsiya esa i  - chastotalarda (sochuvchi modda molekulasidagi atomlarning tebranish chastotasi) yuz beradi. Amplitudasi modulyatsiyalangan bunday tebranishlarning spektri  - chastotali eltuvchi chastota bilan bir qatorda i   , chastotaga ega bо‘lgan kombinasion tebranishlar hosil bо‘ladi. Boshqa sо‘z bilan aytganda sochilgan yorug‘likning spektri shu molekula haqida axborot beradi. Bu spektrni о‘rganish va taxlil etish orqali molekula strukturasi va tuzilishini bilishga muvaffaq bо‘lamiz. Klassik elektrodinamika qonuniga binoan, v  2  chastotada tebranayotgan dipol intensivligi 20 2 2 4 4 3 16 E c v Iv    ga teng b о ‘lgan monoxromatik nur chiqaradi. сonst   hol uchun, ya’ni sochuvchi muhit molekulasining qutublanuvchanligi о‘zgaruvchan bо‘lsa u holda molekulaning dipol momenti ham vaqt bо‘yicha о‘zgaradi. Umuman, molekula qutublanuvchanligi yadro tebranishini dipol tebranishlarida ishtirok etishi sababi bilan ham о‘zgarib turishi kerak. Elektronlar bilan yadroni о‘zaro bog‘langanligi sababli majburiy  chastotada tebranayotgan elektronlar yadroning ham tebranishini yuzaga keltiradi. Biroq yadroning massasi elektronning massasiga nisbatan nihoyatda katta (1836 marta) bо‘lgani uchun yadroning tebranishi juda ham kuchsiz bо‘ladi. Bu esa molekulaning qutblanishini о‘zgarishiga olib keladi. Natijada sochilgan yorug‘likni chastotasi о‘zgaradi va siljish nokogerent bо‘lib qoladi. Shunday qilib, klassik elektrodinamika sochilgan yorug‘lik spektrida siljimagan chiziqning (  ) har ikki tomonida  i masofaga simmetrik siljigan chiziqlar – yо‘ldoshlarni paydo bо‘lishini tо‘g‘ri tushuntirib beradi va ularning intensivligi     20 4 4 0 2 4 20 4 4 , 2 4 3 4 3 4, E v v C E v C I i A S R As        formula bilan hisoblanadi. Bunda A S Rv , - P aman chastotasi ( stoks va antistoks chiziqlari uchun ). Mumtoz elektrodinamika nuqtai nazaridan stoks va antistoks chiziqlarining intensivligi teng ekanligi kelib chiqadi. Eksperiment natijalaridan yaxshi bilamizki, ushbu chiziqlarning (yо‘ldoshlarning) intensivligi teng emas, jumladan qizil yо‘ldoshlar-stoks chiziqlarining intensivligi binafsha yо‘ldoshlarning intensivligidan yuqori ekanligini kо‘rsatadi. fizika qizil va binafsha yо‘ldoshlarning intensivliklari orasidagi ushbu miqdoriy farqni tushuntirib bera olmadi. Yorug‘likning kombinasion sochilishdagi intensivliklarning miqdoriy muammosini faqat kvant tasavvurlari asosida tо‘g‘ri tushuntirish mumkin. Yorug‘likni kombinasion sochilishini kvant nazariyasi Yorug‘lik kvantlari tо‘g‘risidagi soddalashtirilgan tasavvurdan foydalanib, kombinasion sochilish hodisasining mohiyatini anglab yetish mumkin. Kvant tasavvurlariga asosan, 0v chastotali yorug‘lik ma’lum bir ulushlar (kvantlar) tarzida tarqalib, bularning miqdori 0 hv ga teng bu yerda 34 10 62,6   h J  c - Plank taklif etgan universal doimiydir. Shuning uchun о‘zida 0v chastotali tebranishlar bо‘layotgan atom 0 hv energiya zahirasiga ega bо‘ladi. Bu energiyani atom о‘shanday chastotali yorug‘lik tarzida chiqarishi mumkin. Bu nuqtai nazardan yorug‘likning molekulalarda sochilishini yorug‘lik kvantlarining (ya’ni fotonlarning) molekulalar bilan tо‘qnashishi deb qarash mumkin, bu tо‘qnashish natijasida fotonlar uchish yо‘nalishini о‘zgartiradi, ya’ni chetga sochiladi. Fotonlar bilan molekulalar о‘rtasidagi tо‘qnashishlar elastik bо‘lishi ham, no elastik bо‘lmasligi ham mumkin. Tо‘qnashish elastik tо‘qnashish bо‘lgan holda molekulaning energiyasi va fotonning 0v chastotasi о‘zgarmaydi, bu hol Reley sochilishiga mos keladi (3-rasm). Releycha sochilish paytida sochilgan yorug‘lik kvantlarining chastotasi muhitga tushayotgan yorug‘lik kvantlarining chastotalariga mos keladi. Shuning uchun ham Releycha sochilishga elastik sochilish ham deyiladi. Tо‘qnashish elastik bо‘lmagan holda fotonning energiyasi i hv tebranma kvant miqdorida ortadi yoki kamayadi. Agar yorug‘lik tebranish holatida bо‘lmagan molekula bilan о‘zaro ta’sir qilishsa, yorug‘lik molekulaga energiyasining tegishli qismini berib, ihv hv hv   0 ' yoki  =  0 -  i tenglamaga muvofiq ravishda kichik chastotali nurga (qizil yо‘ldosh, Stoks chizig‘iga) aylanadi, bu yerda 0v uyg‘otuvchi yorug‘lik chastotasi, iv molekula tebranishlarining chastotasi. Agar yorug‘lik tebranish holatida turgan molekulaga, ya’ni i hv - energiyaga ega bо‘lgan molekulaga ta’sir qilsa, u holda yorug‘lik molekuladan bu energiyani tortib olib, i hv hv hv   0 ' yoki iv v v   0 ' tenglamaga muvofiq ravishda katta chastotali nurga (binafsha yо‘ldosh, antistoks chizig‘iga) aylanadi. Buni 3-rasmdan osongina tushinish mumkin. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib kombinasion sochilishga quydagicha ta’rif berish mumkin: Sochilgan yorug‘likning chastotasi tushayotgan yorug‘likning chastotasi 0v bilan molekulalar ichida bо‘ladigan tebranishlar chastotasining iv kombinasiyasidan tarkib topadi. Shuning uchun bu sochilish kombinasion sochilish deb ataladi. 3 - rasm. U yg‘otuvchi manbaning ( a) va kombinasion sochilish spektrining (b) sxematik kо‘rinishi. (E 0 , E 1 .... energetik holatlar). Tebranish holatida bо‘lgan molekulalar soni uyg‘otilmagan molekulalar sonidan ancha kam bо‘ladi, shuning uchun binafsha yо‘ldoshning intensivligi qizil yо‘ldosh intensivligidan beqiyos darajada kam bо‘lishi kerak; tajribada ham xuddi shunday bо‘ladi. Temperatura kо‘tarilgan sari uyg‘otilgan molekulalar soni tez kо‘payadi, shunga yarasha binafsha yо‘ldoshlarning intensivligi tez ortishi kerak; bu ham tajribada tasdiklanmoqda. Stoks va antistoks chiziqlarining intensivligi temperaturaga bog‘liq. Misol uchun stoks chiziqlarining ikki xil temperaturada intensivliklarining qiymati quyidagi nisbatda bо‘ladi:                1 2 21 1 1 KT hKT h T T e e I I   . Stoks chiziqlarining intensivligi temperaturaga teskari proporsional bо‘lar di . A ntistoks chiziqlariniki esa temperaturaga tо‘g‘ri proporsional bо‘ladi: 21 21 KT hKT h T T e e I I     . Stoks va antistoks chiziqlarining intensivliklari nisbati 4 00          теб теб сас v v v v I I , bundan k о ‘rinadiki chastotaning t о ‘rtinchi darajasiga proporsional ekan. Haqiqatda, v chastotali kombinasion chiziqning intensivligi molekulaning bu chastotaga mos keladigan tebranishlar qilishida molekulaning  qutblanuvchanligi naqadar kо‘p о‘zgarishi bilan aniqlanadi. Qutblanuvchanlikning о‘zgarishi bilan elektr momentining о‘zgarishi turli xil tebranishlarda turlicha ifodalanishi mumkin. Ba’zi tebranishlar infraqizil spektrida, aktiv bо‘lsa, boshqasi kombinasion sochilish spektrida aktiv bо‘ladi. Masalan: 2 СО molekulasida atomlar tebranganda (4-rasm, b) ularning joylashishi shunday о‘zgaradiki, bunda molekulaning qutblanuvchanligi kо‘p о‘zgarib, uning elektr momenti о‘zgarmaydi, chunki kislorodning bir xil ishorali zaryadlangan ikki atomi (0) tebranish vaqtida uglerod zaryadidan ikki tarafga simmetrik joylashganicha qolaveradi. 4-rasm. SO 2 molekulasida atomlar tebranishining xillari. a – atomlarning dastlabki vaziyati; b – qutblanuvchanlikni о‘zgartiradigan tebranish; v - elektr momentini о‘zgartiradigan tebranishi. Boshqacha tebranishda (4-rasm, v ) qutblanuvchanlik о‘zgarmaydi, chunki kislorod atomlaridan biri uglerodga yaqinlashganda ikkinchisi uzoqlashadi va aksincha; biroq bu tebranishlarda molekulaning elektr momenti о‘zgaradi. Shuning uchun birinchi tur tebranishda (4-rasm, b) kombinasion sochilish chizig‘i paydo bо‘ladi, bu chiziqning chastotasini kombinasion sochilish spektridan aniqlash mumkin; ikkinchi tur tebranishda (4-rasm, v ) chastotani infraqizil yutilish polosasining vaziyatiga qarab topish mumkin. Kombinasion sochilish metodi moddaning molekulyar tuzilishini tadqiq etishning muhim metodi hisoblanadi. Molekula tebranishlarining xususiy chastotalari bu usul yordamida osongina aniqlanadi; bu usul molekula simmetriyasining xarakteri, molekulalar ichida ta’sir qiladigan kuchlarning kattaligi va umuman molekulyar dinamikaning о‘ziga xos tomonlari tо‘g‘risida fikr yuritishga imkon beradi. Kо‘p hollarda bu usul infraqizil yutilish metodi bilan birga qо‘shib о‘rganilib, molekulani tо‘liq tadqiq etish imkonini beradi. Kombinasion sochilish spektrlari molekulalar uchun shunchalik xarakterlidirki, bu spektrlar yordamida murakkab molekulyar aralashmalarni, ayniqsa ximiyaviy yо‘l bilan analiz qilish qiyin yoki hatto analiz qilib bо‘lmaydigan organik molekulalar aralashmalarini analiz qilish mumkin. Masalan: uglevodo-rodlarning juda murakkab aralashmasi bо‘lgan benzinlarning tarkibi kombinasion sochilish metodi yordamida samarali ravishda analiz qilinadi. Yuqorida gap dastlabki nurlanishning muhit molekulalari bilan о‘zaro ta’sir qilishda paydo bо‘ladigan kombinasion sochilish tо‘g‘risida bordi. Yorug‘likni atom yoki ionlar sochib yuborganda ham shunga о‘xshash hodisa yuz beradi. Masalaning mohiyatiga tushunib yetish uchun atom holidagi gazlarda yorug‘likning yutilishi va dispersiyasini о‘rganish natijalarini esga olish kerak bо‘ladi. Atomni ossillyatorlar tо‘plami deb qarash mumkin; bu ossillyatorlarning xususiy chastotalari atomning ixtiyoriy ikki kvant holatidagi energiyalari ayirmasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun atomlar bilan molekulalar о‘rtasidagi farq faqat ossillyatorlar tabiatida bо‘ladi: molekula bо‘lgan holda ossillyatorlar yadrolar harakatini tavsiflaydi, atomlar holida esa ossillyatorlar elektronlar harakatini tavsiflaydi. Bu о‘xshashlikni nazarda tutib, yuqorida yuritilgan mulohazalarni klassik modulyasion manzara nuqtai nazaridan ham soddalashtirilgan kvant sxema nuqtai nazaridan ham endi atomlarga nisbatan takrorlash mumkin. Fotonlarning elastik bо‘lmagan sochilishi ularning atomlar bilan qiladigan о‘zaro ta’siriga asoslanib nazariy ravishda oldindan aytilgan edi (A.Smekal 1923 yil). Biroq bu hodisa tajribada molekulyar kombinasion sochilishdan ancha keyin topildi. Ionlarning kombinasion sochish hodisasi 1963 yilda, atomlarning kombinasion sochilish hodisasi 1967 yilda topildi. Yorug‘likning kombinasion sochilishi hodisasini klassik fizika doirasida turib tushuntirib berish mumkin, lekin uning kvant talqini yorug‘likni kvant tabiatini mohiyatan tasdiqlaydi. Molekulalar strukturasini, ichki molekulalar va malekulalar aro kuchlarini о‘rganishda, murakkab aralashmalarni taxlil qilish va u yoki bu birikmalarni endentifikasiyalash (ajratish) da kombinasion sochilish usuli muxim anjomdir. Faraz qilamizki 2 atomli molekula berilgan b о ‘lsin. Molekulada asosan uch xil –xarakat b о ‘ladi. 1. Molekula atomlaridagi elektronlarning 1 stasionar holatdan 2 chi stasionar holatga о ‘tishi. 2. Molekula atomlarining tebranma harakati. 3. Molekula yaxlit holatda x, u, z о ‘qlari atrofida aylanishi mumkin. Bu harakatlarning sodir b о ‘lishi uchun har xil mi q dorda energiya kerak. Shuning uchun ham harakat tufayli hosil b о ‘lgan spektrlar k о ‘rinishi jihatidan uch xil b о ‘ladi. 1 -rasm 1. Chiziqli spektrlar; 2. Y о‘ l - y о‘ l spektrlar ; 3. Yalpi spektrlar; Molekulalar y о ‘l -y о ‘l spektrni beradi. Agar biz ajrata olish qobiliyati nihoyatda katta b о ‘lgan optik asboblar yordamida spektrlarning ultrabinafsha va k о ‘rish sohasining aniqroq tekshirsak, bu sohalarda elektron y о ‘l -y о ‘l spektrlarni borligini k о ‘ramiz. Xuddi shunday spektrlarning yaqin infraqizil sohasini tekshirsak tebranma spektrlarni k о ‘ramiz. Molekulaning aylanishi tufayli hosil b о ‘lgan spektrlar uzoq infraqizil sohada joylashgan. Shunday qilib molekulaning tо‘liq energiyasi ayl teb el T E E E E    iborat bo‘ladi. olekuladagi harakatlar mustaqil bo‘lsada ma’lum darajada ular bir-biroviga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham to‘liq energiya ayl teb aylel tebel ayl teb el T W W W E E E E . . .       Tajribalar va nazariy hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki ekan lar bo teng E mol kj E mol kj E E E E mol kj ayl teb el ayl kl el ' / 50 5 / 500 / 5,0 05,0        Ko‘rsatish mumkinki,          N e el ayl N e el teb m m v v m m v vm е , m n - elektron va yadroning massasi. Bundan     el ayl el teb     001,0 0001,0 1,0 01,0     Elektron spektrlar 10000 sm -1 va yuqorida yotadi. Tebranma spektrlar 100 dan 10000 sm -1 ga (1  100) mkm, aylanma spektrlar 100 sm -1 pastda (   100 mkm). Har bir elektron spektrlar о‘zining tebranma va aylanma spektrlariga eg a. Har bir tebranma spektr о‘zining aylanma spektriga ega. Quyidagi rasmda kо‘rish mumkin (2-rasm). Molekulalarning energiyalari kvantlangan, ya’ni elektron о‘tishlar tebranma spektrlar va aylanma spektrlarini alohida sathda kо‘rsatishimiz mumkin (3-rasm). Yutilish spektrining aylanma, tebranma-aylanma va tebranma-aylanma- elektron spektrlarining hosil bо‘lish chizmasi keltirilgan. Rasmda k о ‘rsatilgan о ‘tishlar tufayli hosil b о ‘lgan spektrlarning chastotasini      ael teb el ayl teb el aylj aylj tebv tebv el el hv hv hv E E E E E E E E E E E hv               '' ' '' ' 1 2 1 2 kо‘rinishda yozish mumkin. Agar  Е el =  Е teb =0 bо‘lsa, u vaqtda faqatgina aylanma spektrlar hosil bо‘ladi. Spektrning kо‘rinishi ancha soddalashadi. Bu vaqtda faqat aylanma holat oralig‘ida о‘tishlar bо‘ladi (1-hol) 0  elE bo’lsa (2 –hol) 0 ,0 ,0    ayl teb el E E E bo’lsa (3-hol) (2-rasm) 3-holda spektrlar ultrabinafshadan boshlab uzoq infraqizil oblastda yotadi. Umuman spektrlarni amalda о ‘rganishda yutilish va chiqarish spektrlari bir tomondan esa kombinasion sochilish spektrlari deb klassifikasiya qilish ancha qulaylikka ega. Aslini olganda elektron- tebranma-aylanma spektrlarini ham infraqizil yutilish va kombinasion sochilish usullari bilan о ‘rganish mumkin. Ammo tebranma aylanma spektrlar (infraqizil yutilish paytida) infraqizil va mikro t о ‘lqin sohasida joylashgan. Tebranma-aylanma kombinasion sochilish spektrlari esa k о ‘rish sohasida joylashadi. Kombinasion sochilish metodi bilan elektron spektrlarni о ‘rganib b о ‘lmaydi. Umuman spektrlarni о ‘rganishda nazariy va amaliy hisoblashlar parallel ravishda olib boriladi. Elektronning holatini klassik mexanik nuqtai nazaridan garmonik tebranishdan iborat debe el el m K v 2 1  К el - tebranma holatga bog‘liq bo‘lgan kvazi elastik kattalik. Xuddi shunday ifodani yadrolarning tebranishi uchun ham yozish mumkin. M K v teb teb 2 1  К teb - yadrolarning tebranishi tufayli hosil bo‘ladigan elastik kuchlarni harakterlaydi. Keltirilgan massa molekula uchun М 1 va М 2 yadrolarning massasi. Bu ifodalardan 700 1 20 1     el ayl el teb e teb el teb E E E E M m el E v v Agar elektron harakatlar energiyasini 1 ga teng desak еl Е teb Е аylЕ M m j M m j e e    - ma’lum parametrlar Aylanma tebranma va elektron energiyalarning kvantomexanik bahosini birinchi Bor bilan Oppengeymerlar topgan. Ular energiya operator Н ni bo‘ladi va energiya uchun 4 4 2 2 0 E E E E      ekanligini topadi. Shu ifodadagi Е 0 elektron harakatlar energiyasini harakterlaydi. Е 2 – tebranma, Е 4 – aylanma, qolgan yuqori hadlari esa aralash ta’sirlar energiyasini harakterlaydi. ADABIYOTLAR 1. М.А.Еляшевич.Атомная и молекулярная спектроскопиЙ.М.1962 г. 2. Г.Герцсберг. Спектри и строение двухатомних молекул.М.1949 г. 3. Г.Герцсберг. Колебателние и врашателние спектри многоатомних молекул. М.1979 г. 4. Г.Г.Маер.Электронние спектри многоатомних молекул. Л.1969 г. 5. В.М.Чулановский. Введение молекулярного спектралного анализа. М-Л. 1951 г. 6. Г.Л. Бахшиев. «Спектроскопия межмолекулярних взаимодейст- вий. Л. 1972 г. 7. Пементал ДЖ. Мак-Клеллон. Водородная связ М. 1954 г. 8. И.Брандмюллер. И.Мозер. Введение спектралной КРС М., 1964 г. 9. М.В.Волкенштейн Строение и физические свойство молекул. М- Л 1955. 10. Н.Г. Бахшиев Введение молекулярную спектроскопию Л ., 1987 г . 11. Б . Т .Q о ‘yliyev «Tabiatning fizik xossalari bitmas-tuganmasdir. 2005 y. 12. B.T. Qо‘ yliyev . Optika . Toshkent 2009.