logo

Rangli metallurgiya neft va gaz sanoati va boshqa soxalarda yuqori haroratli jarayon va qurilmalar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

55.5 KB
www.arxiv.uz Rangli metallurgiya neft va gaz sanoati va boshqa soxalarda yuqori haroratli jarayon va qurilmalar Reja 1 Rudadan metalni ajratib olish jarayoni va ishlatiladigan qurilmalar 2 Neft – gaz sanoatida qayta ishlash qurilmalarida kechadigan o’tli jarayonlar 3 Qurilish materallarini ishlab chiqarishdagi yuqori harorotli jarayon va qurilmalar www.arxiv.uz Tayanch iboralar: Sanoat, metallurgiya, ruda, elektrolizlash, organik moddalar, koks gazi 1 Rudadan metalni ajratib olish jarayoni va ishlatiladigan qurilmalar Ma ’ lumki , o ’ rta maktab programmalarida metallurgiya sanoatining ishi va ki ’ rsatkichlari bilan qisqacha tanishtiriladi , ya ’ ni qora metallurgiya ( chuyan va pulat ishlab chiqarish ) va rangli metallurgiya ( mis , alyuminiy , magniy , titan va boshqalar ishlab chiqarish ) dagi texnologik protsesslar , qurilmalar haqida dastlabki tushunchalar berildi . Metallurgiya sanoati turli ximiyaviy birikmalardan iborat bo ’ lgan rudalardan turli metallarni ajratib olish va ularni turli keraksiz tabiiy jinslardan ( glinozyom , kremnozyom , ohak va boshqa jinslar ) tozalash protsessidan iboratdir . Rudalarning tarkibidan metallarni ajratib olishning bir necha usullari bor . Pirometallurgiya eng ko ’ p tarqalgan usul bo ’ lib , rudalarni suyuqlantirib , undan metallarni suyuq holda ajratib olishga asoslangandir . Bu usul, asosan, rux, mis, qalay, magniy va boshqa metallarni olishda ishlatiladi. 2. Gedrometallurgiya turli suyuqliklar,eritmalar yordamida rudalarni cho’ktirish yoki elektrolizlash orqali metallarni ajratib olishga asoslangan usuldir. Bu usul orqali boy va kambag’al rudalardan rux, mis hamda boshqa qimmatbaho metallarni ajratib olishda ishlatiladi. 3. Elektrometallurgiya. Bu usul rudalarni, metallarni eritish yoki elektr pechlarda tuzlarning eritmalardan metallarni elektroliz qilishdan iborat. Elektroliz, asosan,alyuminiy, magniy va toza mis olishda qo’llaniladi. Rudalarni elektropechlarda eritish esa faqat elektroenergiyaga boy va arzon bo’lgan mamlakatlargina mumkin bo’ladi. 4. Ximiyaviy metallurgiyada titan, vanadiy, tsirkoniy, niobiy kabi noyob elementlar qaytadan tiklanadi. Xozirgi zamonaviy metallurgiyada, asosan, dastlabki materiallarni tayyorlab eritishga katta e’tibor berilmoqda. Masalan, temir rudasi qoidaga ko’ra, avval boyitiladi, chunki domna pechida doimiy (oddiy) rudalarning o’rniga tarkibida yuqori protsentli temir va minimal chiqindilari mavjud bo’lgan rudalargina ishlatiladi. www.arxiv.uz 5. Poroshokli metallurgiya metodi esa ketma-ket takomillashadigan operatsiyalardan iborat bo’lib, turli poroshoklarni hosil qilish, ularni presslash va pishirishdan iborat. Bu usulda turli antifriktsion, qattiq qotishmalar va boshqalar hosil qiladi. Neft gaz – sanoatida qayta ishlash qurilmalarida kechadigan o’tli jarayonlar Metallurgiya sanoatida qizdiradigan, eritadigan pechlarda va qurilmalarga yoqilg’ilar yoqiladi. Hamma turdagi (ko’rinishdagi) foydalaniladigan yoqilg’ilar organiq moddalar hisoblanadi. Ularning sostavi, asosan, uglerod, vodorod, kislorod, azot va oltingugurt hamda yoqilg’i kuli hosil qiladigan va nam beruvchi mineral aralashmadan iborat bo’ladi. Eng ko’p ishlatiladigan yoqilg’ilar, asosan, koks, mazo’t va tabiiy gazlar hisoblanadi. Koks. Uning issiqlik berish qobilyati 23520 kj/kg. Koks toshko’mirning alohida navi (kokslanuvchi ko’mir)-ni havo kirmaydigan maxsus pechlarda 950- 1000 °C gacha qizdirish (quruq haydash) yo’li bilan olinadi. Kokslanuvchi ko’mir quruq haydalganda uchuvchan moddalar chiqib ketadi va qolgan qismi qovushib, mustahkam hamda govak massaga, ya‘ni koksga aylanadi. Toshko’mirni koksga aylantirish protsessi 12-15 soat davom etadi. Kokslanuvchi toshko’mirning har bir tonnasidan 8000kg gacha koks va 350 m³ gacha yonuvchi gaz chiqadi. Koks, asosan, Donetsk, Kuznetsk, Qaraganda va Pechora konlaridan qaziladigan ko’mirlardan olinadi. Pistako’mir . Qattiq yoqilg’ining bu turi yog’ochli havo kirmaydigan joyda 350-500 °C gacha qizdirish (quruq haydash) orqali olinadi. Uning issiqlik berish qobilyati 31500 kj/kg ga yetadi. Pistako’mirdan oltingugurt va kul juda ham ajralib chiqqanligi uchun u yuqori sifatli chuyanlar olishda ishlatiladi . O’tin. Yoqilg’ining bu turi yangi qurilgan yoki remontdan chiqqan metallurgiya pechlarni ishga tushirish vaqtida to’tantirik sifatida ishlatiladi. www.arxiv.uz O’tinda oltingugurt deyarli bo’lmaydi. O’tin yoqilganda juda oz (0,5 % gacha) kul chiqadi. Havoda quritilgan (namligi 20-25 % bo’lgan) o’tinning issiqlik berish qobilyati 13500 kj/kg ga yetadi. Tabiiy gaz. Domna pechlarida koksning o’rnini qisman bosishi mumkin bo’lgan yoqilg’i bu tabiiy gazlardir. Tabiiy gaz koksga qaraganda ancha arzon bo’lib, koksni 10-15 % gacha tejash imkonini beradi, natijada chuyanning tannarxini birmuncha pasaytiradi. Flyus. Domna pechlarida bo’ladigan protsess uchun zarur mahsulotdir. Domna pechlarida chuyan suyuqlantirib olishda rudadagi ortiqcha jinslarni va yoqilg’i yonganda chiqadigan kulni birga suyuqlantirib, shlakka aylantirish uchun ishlatiladigan materiallar flyus deyiladi. Agar rudadagi keraksiz jinslarda kislotali (kislota haraktiridagi) oksidlar bo’lsa, flyus sifatida asos harakteridagi materiallardan ohaktosh (CaCO 3 ) dolomit (CaCO 3 MgCO 3 ) va boshqalardan, ortiqcha jinslarda asosiy (asos harakteridagi) oksidlar bo’lsa, kislota harakteridagi materiallardan, masalan, qumtuproq (SiO 3 ) va boshqalardan foydalaniladi. Domna pechiga solingan flyus rudadagi keraksiz jinslar, yoqilg’i kuli va oltingugurt bilan birikib, oson suyuqlanuvchan yengil jism hosil qiladi. Bu jism suyuq sirtiga yig’iladi. Ana shu jism shlak deyiladi. Flyus sifatida, odatda, marten pechlaridan chiqadigan asos harakteridagi shlak ham ishlatiladi, chunki unda ohak ancha ko’p bo’ladi va oxaktoshni tejashga imkon beradi. Bundan tashqari, marten shlagi tarkibidagi temir va marganetsdan ham foydalansa bo’ladi. Metallurgiya pechlari, shu jumladan, domna pechlari qurishda va ularni remont qilishda, kovsh va yuqori temperatura ta’sirida bo’ladigan boshqa moslamalar tayyorlashda o’tga chidamli materiallardan foydalaniladi, shuning uchun bunday materiallar bilan tanishish maqsadga muvofiqdir. Havo. Domna pechiga solingan yoqilg’ini yondirish uchun ko’p miqdorda havo berish zarur. Masalan , 1 t chuyan eritib olish uchun 1,8 t chamasi ruda , 0,2: 0,5 t flyus, 0,65-1,2 t koks sarf bo’lsa, uni yondirish uchun taxminan 4000m³ yoki 3,5 t havo sarf bo’ladi. Umuman pechga beriladigan havo og’irligi jihatidan pechga www.arxiv.uz solingan hamma materiallarga deyarli teng bo’ladi. Pechga havo 1000-1100°C gacha qizdirilgan holda, quvvati 1000 va undan ortiq ot kuchiga ega bo’lgan damlash mashinalari yordamida 2 atmosfera bosimi ostida beriladi. 3 Qurilish materallarini ishlab chiqarishdagi yuqori harorotli jarayon va qurilmalar Turli pechlarni va issiqlik qurilmalarini qurishda har xil o’tga chidamli materiallar ishlatiladi. Bunday materiallar yuqorida ko’rsatilgan issiqlik agregatlarida bo’ladigan yuqori temperatura hamda fizik, fizik-ximiyaviy protsesslarga bardosh bera oladigan bo’lishi kerak. O’tga chidamli materiallar sanoatida g’ishtlar, turli fasonlar buyumlar va poroshoklar sifatida ishlatiladi. Ximiyaviy tarkibi jixatidan olganda, o’tga chidamli materiallar kislotali, yarim kislotali, asosiy (asos haraktiridagi) va neytral materiallarga bo’linadi. Kislotali materiallar jumlasiga dinas g’ishti, kvarts kukuni va kvarts qumi kiradi. Dinas g’ishti yanchilgani tabiiy kvartsdan tayyorlanadi, uning tarkibida 93- 95 % qum tuproq (SiO2) va 15 % Al2O3 bo’ladi. Dinasning o’tga chidamliligi 1600-1730°C ga teng, ya’ni u 1730°C gacha bo’lgan temperaturalar ta’siriga chidaydi. Dinas g’ishti 1730-1830 °C da eriydi. Kvarts kukuni va kvarts qumi domna pechlarining remontida ishlatiladi. Yarim kislotali materiallar kvartsli jinslardan: kvarts, qum, kvartset va boshqalardan tayyorlanadi. Bunday materiallarda, odatda, 70-80 % qumtuproq,30- 20 % gultuproq bo’ladi. O’tga chidamliligi 1700°C dan past. Uncha muhim bo’lmagan issiqlik agrigatlariga terish uchun dinas g’ishti o’rnida ishlatiladi. Vagranka va boshqa pechlarning ichki qismi yarim kislotali materiallardan ishlatiladi. Asosiy materiallar jumlasiga magnezit (MġCO 3 ), dolomit (CaCO 3 · MġCO 3 ) va xrom magnezit kiradi. www.arxiv.uz Magnezitning o’tga chidamliligi 2000-2200°C ga, dolamitniki esa 1900- 2000°C ga teng. xrom-magnezit g’ishtli xromli temirtosh (FeO · Cr 2 O 3 ), bilan magnezitdan tayyorlanadi. Uning o’tga chidamliligi 2000-2200°C ga baravar. Neytral materiallarga shamot bilan xromli temir tosh kiradi. Shamot, asosan, gultuproq (30-40 % Al 2 O 3 ) bilan qum tuproq (50-60 % SiO 2 ) dan iborat. Shamot g’ishtining o’tga chidamliligi uning tarkibidagi gultuproq miqdoriga bog’liq. Tarkibida 45-60 % gultuproq bo’lgan shamotning o’tga chidamliligi 1790 °C ga, tarkibida 75 % gultuproq bo’lgan shamotniki esa 2000°C ga yetadi. Uglerodli, o’tga chidamli materiallar 2050°C gacha issiqqa bordosh bera oladi. Ularning tarkibida 90 % gacha uglerod bo’ladi. Ulardan elektr yoy pechlari uchun ko’mir va grafit elektrodlar, metall eritiladigan tigellar, metall quyiladigan kovshlarning probkalari va hokazolar tayyorlanadi. Chuyan, asosan, domna pechlarida temir ro’dalaridan pirometallurgiya usulida olinadi. Binobarin, chuyan ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida turli temir rudalari, koks, flyus, havo va boshqa materiallardan foydalaniladi. Temir rudalari. Tarkibida chuyan ishlab chiqarish uchun arziydigan miqdorda temir bo’lgan tog’ jinslari temir rudalari deyiladi. Ruda tarkibidagi temir keraksiz jinslar bilan aralashgan oksidlar yoki tuzlar tarzida bo’ladi. Temirning xozirgi vaqtda keng ko’lamda ishlatiladigan rudalari bilan tanishib chiqamiz Qizil temirtosh qizil tusli ruda. Uning tarkibida temir Fe 2 O 3 formula bilan ifodalaniladigan oksid tarzida bo’ladi. Qizil temirtosh meniral gematit deb ataladi. Rudadagi temir miqdori 55-60 % ni tashqil etadi. Qizil temirtosh temir rudalarining eng yaxshilaridan biri, tarkibida oltingugurt va fosfor kam, undan temir oson qaytariladi. Qizil temirtoshning yirik zapaslari Kursk magnit anomaliyasi rayonida ham bor. Magnitli temirtosh. Bu ruda qoramtir tusda bo’lib, magnitlik xossasiga ega, uning tarkibi temir Fe 2 O 4 formula bilan ifodalanadigan oksid tarzidadir. Magnitli temirtosh minerali magnetit deb ataladi. Bu rudada temirning miqdori boshqa rudalardagiga qaraganda ko’proq bo’lib, 45-70 % ni tashqil etadi. Magnetit temirning boshqa rudalariga qaraganda zich bo’lganligi uchun undan temir ancha www.arxiv.uz qiyin qaytariladi. Magnitli temirtosh konlari, asosan, Uralda Magnitnaya, Visokaya va Blagodat tog’larida. Uning zapaslari Qozog’istonning Kustanay oblastida ham uchraydi. Qo’ng’ir temirtosh. Bu ruda sarg’ish qo’ng’ir rangda bo’lib, uning tarkibi temir mFe 2 O 3 nH 2 O ko’rinishidagi umumiy formula bilan ifodalaniladigan oksidlar tarzidadir. Qo’ng’ir temirtoshda 35 dan 60 % gacha temir bo’ladi. Unda oltingugurt bilan fosfor miqdori temirning boshqa rudalaridagiga qaraganda ko’proq. Bu rudadan temir oson qaytariladi. Qo’ng’ir temirtosh konlari Uralda, Kerch yarim orolida, Kola yarim orolida, To’la oblastida, Qozog’istonda va boshqa joylardadir. Shpatli temirtosh. Sarg’ish ko’l rang tusli ruda. Unda temir FeCO 3 formula bilan ifodalanadigan karbonat tarzida bo’ladi. Shpatli temirtosh konlari Uralda (3 lastous konlari), Kirov oblasti va boshqa joylardadir. Chuyan metallurgiyasida yuqorida tilga olingan rudalardan tashqari, kompleks rudalardan ham foydalaniladi. Kompleks rudalarda esa temir bilan bir qatorda xrom, nikel, titan, vanadiy va ba’zi boshqa metallar ham bo’ladi. Kompleks rudalar jumlasiga temir-marganetsli, temir-xromli, temir-xrom-nikelli, temir- vanadiy-titanli rudalar kiradi. Temir-marganetsli rudalar tarkibida, temirdan tashqari,20 % gacha marganets ham bo’ladi.Temir-marganetsli rudalar koni, asosan, Qozog’istondadir. Temir-xromli rudalar na pechlarida ferroxrom (temir bilan xrom qotishmasi) suyuqlantirib olish uchun ishlatiladi. Xromit konlari Ural va Qozog’istondadir. Temir-xrom-nekilli (xrom-nekilli) rudalar. Bunday rudalar jumlasida tarkibiga temirdan tashqari ozroq miqdori xrom va nekill ham bo’lgan rudalar kiradi. SSSR da xrom-nekilli rudalar koni ko’p, ularning eng asosiysi Orsk- Xalilovsk konidan chiqadigan rudalar-qung’ir temirtosh tipidagi rudalar bo’lib, ularda 35-48 % temir, 1,3-1,5 % xrom va 0,3-0,5 % nekil bor. www.arxiv.uz Temir-vanadiy-titanli (tetan-magnetitlar) rudalarda 42-48 % temir, 0,3-0,4 % vanadiy, 2,7-7,8 % titan bo’ladi. Titan-magnitit konlari, asosan, Uraldadir. Suyuqlantirib olinadigan chuyan tarkibida marganets miqdorini oshirish, shuningdek, maxsus chuyan, ferromarganets (temir bilan marganets kotishmasi) ishlab chiqarishda marganets rudalaridan foydalaniladi Marganets rudalari yumshok, sochuluvchan va gigroskopik bo’lib, ularda marganets miqdori 28 % dan 40 % gacha yetadi. Tarkibida marganets miqdorining ko’pligi jixatidan olganda, Kavkazdagi Chiatura koni muxim ahamiyatga ega, bu kondan chikadigan ruda tarkibida 52 % gacha marganets bo’ladi. Marganets rudalari koni Ukrainada (Nikopolskda), Sibirda ( Achinsk shaxri yonida) Ural va Qozog’istonda ham bor. Kondan qazib olingan rudani domna pechiga solishdan oldin unga tegishli ishlov beriladi, ya’ni ruda suyuqlantirishga tayyorlanadi. Rudani suyuqlantirishga tayyorlash, asosan, maydalash, g’alvirdan o’tkazish, yuvish, elektromagnit yordamida boyitish, qizdirish, aglomeratlash operatsiyalaridan iborat. Rudani maydalash. Domna pechiga yirik va zich bo’laklardan iborat ruda solinsa, temirning qaytarilish protsessi susayadi va pechning unumi pasayib ketadi. Shu sababli yirik bo’laklardan iborat ruda maxsus mashinalarda maydalanib, uning bo’laklari ma’lum o’lchamga keltiriladi. Rudani ga’lvirdan o’tkazish. Maydalangan ruda maxsus g’alvirdan o’tkazilib, ma’lum o’lchamli bo’laklarga ajratiladi, ya’ni saralanadi. Bunda ruda keraksiz jinslardan ham ma’lum darajada tozalanadi. Bu maqsadda turli konstruktsiyadagi g’alvirdan foydalaniladi. Rudani yuvish. Agar ruda tarkibida keraksiz jinslar ko’p bo’lsa, bunday ruda yuviladi, natijada ruda temirga boyitilgan bo’ladi. Rudani elektromagnit yordamida boyitish. Bu usul rudaning magnitlik hossasiga asosslangan. Boyitilishi (tozalanishi) kerak bo’lgan ruda www.arxiv.uz elektromagnitli separatordan o’tkaziladi. Elektromagnitli separatorning sxemasi 18-rasmda tasvirlangan. Sxemada ko’rinib turibdiki, ikkita shkivga uzluksiz lenta o’tkazilgan, shkivlardan birining ichiga esa elektromagnitning o’rnatilgan,maydalangan ruda elektromagnitning ta’sir zonasiga kelganda rudaning temirli qismi lentaga tortiladi, bekorchi jinslar esa inertsiya kuchi ta’sirida uzoqroqqa borib tushadi. Lentaga tortilgan ruda elektromagnitning ta’sir zonasidan chiqqach, maxsus yashikka to’qiladi. Boyitishning bu usuli ruda tarkibidagi temir miqdorini, 5 % dan 15 % gacha oshirish imkonini beradi. Rudani qizdirish. Rudalarni kristallizatsiya suvidan, qisman oltingugurtdan va boshqa uchuvchan moddalardan tozalash uchun ular ma’lum temperaturagacha qizdiriladi. Qizdirish temperaturasi rudaning turiga bog’liq bo’ladi. Rudani qizdirish uchun har xil konstruktsiyadagi pechlardan foydalaniladi. Ruda qizdirilganda uning g’ovakligi ortadi, bunday rudadan esa metall oson qaytariladi. Rudani aglomeratlash. Kondan qazib olingan ruda ba’zan mayda bo’ladi, uni tashish va boyitishda u yanada maydalanaladi, bunday rudadan esa domna pechida suyuqlantirib chuyan olish juda qiyin bo’ladi. Shuning uchun mayda rudalar maxsus mashinalarga yiriqroq bo’laklarga aylantiriladi ( aglomeratlanadi ). Xozirgi zamon domna pechlari faqat flyuslangan aglomerat bilan ishlaydi, natijada pechlarning unumi 20 % gacha oshadi, koks sarfi esa 10-15 % kamayadi. Flyuslangan aglomerat hosil qilish uchun mayda ruda, flyus va boshqa materiallar saralanadi va maydalanadi, ruda ximiyaviy tarkibi jixatidan o’rtalanadi (tarkibidagi temir miqdori baravarlashtiriladi) va boyitiladi. Shundan keyin, aralashma qattiq qizdiriladi, natajada g’ovak massali aglomerat hosil bo’ladi. Agromeratlash mashinalarining ish unumi so’tkasiga 2000 t ga yetadi. Domna pechlarida chuyan ishlab chiqarishda ruda bilan bir qatorda, yoqilg’i va flyus ham zarur bo’ladi. www.arxiv.uz Adabiyotlar: 1. Щукин А.П. “промышленные печи и газовые хозяиство заводов” М., 1973 г. 2. Алимбоев А.У. Саноат ва иситиш qозонхоналари. Ташкент. Типография ТашГТУ, 1998-130с.