logo

Tashki iqtisodiy faoliyat soxasiga chikish sharoitlarini tanlash metodologiyasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

83.5 KB
Tashki iktisodiy faoliyat soxasiga chikish sharoitlarini tanlash metodologiyasi Reja: 1.Tashki bozorda faoliyat soxasini tanlash 2. Kabul kiluvchi mamlakatni tanlash 3. Xorijiy sherikni tanlash «Eng maqbul qaror» masalasi 1 Tashki bozorda faoliyat soxasini tanlash Tashki bozorda faoliyat yuritish nuktai-nazaridan iktisodiyotning barcha tarmoklarini 2 guruxga: 1) aloxida milliy bozorlarga xizmat kursatuvchi kup millatli tarmoklar, bunda xar bir tarmok (ozik-ovkat sanoati, chakana savdo, sugurta) kabul kiluvchi mamlakatga karab uz xususiyatiga ega buladi va 2) butun jaxon bozorini xisobga olgan iste’molchi-davlatlarda talab xususiyatlarini minimal aks ettiruvchi global tarmoklar (fukaro aviatsiyasi, televideniye, yarim utkazuvchilar ishlab chikarish). Iktisodiyotning global tarmoklariga ixtisoslashgan xorijiy filiallarni boshkarish uchun xalkaro kompaniyalar dunyo kulamida rakobatbardoshlik darajasini tutib turish maksadida global strategiyani kullaydi. Bunday kompaniyalar xorijiy filiallarning butunjaxon tarmogiga ega, sayyoramizning turli kit’alarida resurslarga ega, eng past ishlab chikarish xarajatlariga ega davlatlarda korxonalar tashkil kiladilar va masshtab effektini keng kullaydilar. Ular uz tadkikot markazlarini bosh kompaniya asoslashgan davlatlarda emas, balki kupincha yaxshi sotish bozorlari joylashgan davlatlarda joylashtiradilar. Maxalliy va xorijiy rakobatchilar amal kilayotgan kabul kiluvchi mamlakatda shakllangan bozorda rakobatbardoshlik afzalliklariga ega bulish ancha kiyin, jiddiy tayyorgarliksiz esa – deyarli mumkin emas. Xalkaro kompaniyaning kabul kiluvchi mamlakatlarda eng samarali faoliyat soxasini aniklash uchun TMK izlanuvchi- iktisodchilari va marketologlari yangi xorijiy bozorga chikish xakidagi karor loyixasini tayyorlash jarayonida tovarlar va xizmatlar ishlab chikarish va jaxon bozoriga yetkazib berishda xalkaro kompaniya imkoniyatlarini tankidiy baxolaydilar va chet elda tadbirkorlik faoliyati sharoitlarini kuyidagi bir necha aspektlarda kurib chikadilar: 1. Rakobatchi korxonalar firma tuzilishi va stretegiyasi aspekti. Bu aspektda birinchi navbatda tanlab olingan faoliyat soxasida milliy korxonalar va faoliyat kursatayotgan xorijiy firmalarga nisbatan xalkaro kompaniyaning rakobatbardoshlik darajasini baxolash zarur. Bundan tashkari kabul kiluvchi mamlakatda ishlab chikarishni boshkarish va tashkil kilish uslubi TMK xorijiy filiali ega bulgan sharoitlarga javob berishini taxlil kilish muxim. Bunda maxalliy rakobatchi-firmalar kanday strategiya tanlashini, rakobatli kurashda ulardan uzish imkoniyati darajasini, xalkaro kompaniyaning muljallanayotgan faoliyat soxasi kabul kiluvchi mamlakat millati psixologiyasiga javob berishini aniklab olish zarur. 2. Xizmatlarni ishlab chikarish va kursatish sharoitlari aspekti. Bu yunalishdagi taxlil predmeti bulib kuyidagi omillar xizmat kiladi: iktisodiyotning kaysi tarmoklarida kabul kiluvchi mamlakatning nisbiy afzalliklari yakkolrok namoyon buladi, xalkaro kompaniyani kiziktiruvchi iktisodiyot soxalarida NIOKR uchun asos mavjudligi va nixoyat, kabul kiluvchi mamlakat xalk xujaligidagi zaif tomonlarning (kapital yetishmasligi, ilmiy-texnik soxada orkada kolish va b.) xorijiy sarmoyadorlar faoliyati bilan tuldirilishi mumkinligi. 3. Sotish sharoitlari. Ular milliy iste’molchilar tomonidan talablarning murakkablik darajasi va xususiyatlari, shuningdek kabul kiluvchi mamlakatda sotish kanallarining jaxon bozorida kabul kilingan kanallardan farklanishi bilan aniklanadi. Ichki talab rivojlanish tendensiyalari TMK xorijiy filiali maxsulot assortimentini shakllantirish yunalishlarini belgilaydi. Kardosh tarmoklar va yetkazib beruvchilar. Bu xolatda xalkaro kompaniyani kabul kiluvchi mamlakatda uning maxsulotini yirik iste’molchilari mavjudligi xakidagi axborot kiziktiradi. Ishlab chikarish xarajatlarini pasaytirish uchun u yerda loyixalashtirilayotgan korxonani xom ashyo materiallari bilan ta’minlovchi tarmoklarni rivojlantirish muxim axamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat soxasini tanlashda keyingi muxim omil bulib maxalliy firmalar – potensial yetkazib beruvchilarning texnik darajasi (sifatli yigma detallarni yetkazib berish imkoniyatiga egaligi) xisoblanadi. 90-yillarda jaxon bozorlarida amal kilgan korxonalar kullagan xalkaro iktisodiy munosabatlarning asosiy shakllari va turlari uz ustunliklari va kamchiliklariga ega. Amerikalik iktisodchilar tomonidan taklif kilingan ularning klassifikatsiyasi 1- jadvalda berilgan. 1-jadval. Korxonalar tashki iktisodiy faoliyati asosiy shakllari va turlarining afzalliklari va kamchiliklari Korxonalar tashki iktisodiy faoliyati turi Tashki savdo Sotish bozorini kengay- tirish, milliy ishlab chikarishni ragbatlantirish Bojxona tusiklari sababli sotish xarajatlarini oshirish, valyuta paritetlariga bogliklik Litsenziyalar ayir- boshlash, franchayzing, yetkazib berishlar Kam sarmoyalar sababli tavakkalchiliklarning kiskarishi, muayyan turdagi faoliyatga tor ixtisoslashuv Litsenziyalar va subetkazib beruvchilar faoliyati ustidan nazorat uchun kichik imkoniyatlar Chet el korxonalar kurilishi, firmalar kushilishi Sarmoyador tomonidan tula nazorat, korxona joylashuv urnida aniklik Katta kapital kuyilmalar evaziga tavakkalchilik va kabul kiluvchi mamlakatda notijorat tavakkalchiliklari Стратегик альянслар NIOKRda kooperatsiya texnologiyalar ayirboshlashni kengaytirishda va kushma Kushma dasturlarni utka-zishni nazorat kilish kiyinchiliklari, karorlar kabul kilish muddatlarini uzaytirish, unikal korxonalar tashkil kilishda keng imkoniyatlar maxsulotga monopoliyani yukotish xavfi Bevosita xorijiy investitsiyalar Sotish bozorlarini kengay- tirish va axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish Xorijiy aktivlarni yukotish xavfi 2 Kabul kiluvchi mamlakatni tanlash Bosh kompaniya xorijiy tadbirkorlik uchun mamlakat tanlashga eng katta e’tibor beradi. Biror mamlakatda xorijiy filialni tashkil kilish xakida karor kabul kilishdan avval potensial kabul kiluvchi mamlakatlar sharoitlarini turtta asosiy aspektda: bozor, iktisodiy, maxalliy sharoitlar xususiyatlari va rakobatbardoshlik aspektlarida urganib chikiladi. Bozor aspektida kulay omillarga bozor xajmi, ishlab chikarishga muljallanayotgan maxsulotlarga yoki maxalliy bozorda takdim kilinishga muljallanayotgan xizmatlarga talab usishining yukori sur’atlari, yirik iste’molchilar mavjudligi, xorijiy sarmoyadorni kiziktirayotgan tovarlar va xizmatlar xayotiy sikli uzunligi, uning reklamasini maxalliy iste’molchilar tomonidan yaxshi kabul kilinishi, sotish tarmogini baynalmilallashtirish imkoniyati kabi omillar kiradi. Bozor aspektida xalkaro menejerning kabul kiluvchi mamlakatda ishlab chikarish va sotishga muljallanayotgan tovarlar va xizmatlar iste’molchilarini turmush tarzi, intilishlari, istaklari xususiyatlariga karab guruxlarga taksimlanishini bilishi foydali. Xaridorlik talabining mavsumiy tebranishlari va sarmoyalar yunalishlaridagi tendensiyalar xakidagi ma’lumotlar xam katta axamiyatga ega. Xalkaro menejer izlanishlarining predmeti bulib kabul kiluvchi mamlakatda sotish kanallari tuzilishi, ulgurji va chakana savdo xususiyatlari xisoblanadi. Iktisodiy jixatdan u yoki bu mamlakatni kabul kiluvchi sifatida tanlash xakidagi karor kabul kilishga xalkaro kulamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish natijasida ishlab chikarish va sotish xarajatlarini kiskartirish, manbalarning keng doirasidan ilmiy-texnik va tijorat axborotlarini olish imkoniyati; ishlab chikarilayotgan maxsulot birligiga NIOKR sarflarini kiskartirish kabi omillar ijobiy ta’sir kursatadi. Tadbirkorlik faoliyatining maxalliy sharoitlariga kabul kiluvchi mamlakat an’analari: bojxona tarifini, import va eksport kvotalarini, tovarlar va xizmatlar importi bilan boglik maxalliy me’yorlar va standartlar, tadbirlar, tovar belgisi va xizmat kursatish belgisini patentlash sharoitlarini uz ichiga olgan xolda konunchilik. Xalkaro menejer uchun kabul kiluvchi mamlakatda, ayniksa, uning xududida ishlab chikarishga va sotishga muljallangan tovarlar va xizmatlarga nisbatan tadbirkorlik faoliyatining urnatilgan tartibi xakidagi axborot muxim. Kabul kiluvchi mamlakat savdo palatasi va tijorat assotsiatsiyalarining xalkaro menejerni kiziktiruvchi tovarlar va xizmatlar bozorini erkinlashtirishga karatilgan tadbirlari xakidagi axborotni olish foydali. Bosh kompaniya mamlakatining kabul kiluvchi mamlakatdagi elchixonasi yoki savdo vakolatxonasining maxsulot realizatsiyasiga kumaklashish maksadida amalga oshirayotgan xatti-xarakatlari tugrisida xabardor bulishi muxim. Xalkaro kompaniya uchun kuyidagilar aloxida axamiyatga ega: - valyutani muvofiklashtirish tizimi; - mulkchilik xukuklari kafolatlari (xorijiy kompaniyalar mulki ekspropriatsiya kilinganda kompensatsiya mikdori va uni tulash shakli xakidagi masalani uz ichiga olgan xolda); - kabul kiluvchi mamlakat korxonalari bilan kelishmovchiliklarni xalkaro arbitrajda xal kilish imkoniyati; - bevosita xorijiy investitsiyalar uchun ochik tadbirkorlik faoliyati kategoriyalari va ularning kaysilari uchun aloxida imtiyozlar berilishi xakidagi anik konunchilik. Kabul kiluvchi mamlakatning investitsion iklimi kup darajada moliyaviy tizim axvolini aniklaydi. Xalkaro kompaniya xorijiy aktivlari kismati kabul kiluvchi mamlakatda xukumat barkarorsizligi, solik tizimining yaxshi yulga kuyilmaganligi, inflyatsiyani ushlab turuvchi yoki yukotuvchi kat’iy iktisodiy siyosat yuritilmasligi bilan boglik inflyatsiya jarayonlari evaziga yukotilishi mumkin. Xalkaro kompaniya xorijiy filiali inflyatsiya sharoitlarida ish xakining baxolar usishiga nisbatan yukorirok usishi va solik tizimining yomon tashkil kilinishi sababidan xam zarar kuradi. Shuning uchun odatda xorijiy korxonani tashkil kilish xakida karor kabul kilishdan oldin bosh kompaniya kelajakda kabul kiluvchi mamlakatda inflyatsiya darajasini xisobga oladi. Ishlab chikarish va sotish xarajatlari nuktai-nazardan xorijiy investor uchun transport va aloka vositalarining mavjudligi va foydalanish kiymati kabul kiluvchi mamlakat sharoitlariga kullanuvchi texnologiyalarni moslashtirish imkoniyati birinchi darajali axamiyatga ega. Bunda bosh kompaniya raxbariyati potensial rakiblar – kabul kiluvchi mamlakatda milliy firmalarning maxalliy xaridorlar extiyojlarini va maxalliy bozorning uziga xos xususiyatlarini yaxshirok bilishi kabi ustunliklariga egaligini e’tiborga oladi. Bundan tashkari milliy firmalarni maxalliy xukumat kullab-kuvvatlaydi, va nixoyat, iste’molchilarning vatanparvarlik sifatlari ular tomonida. U yoki bu mamlakatda tadbirkorlik faoliyati xakidagi karor kabul kilish oldidan bosh kompaniyaning maxalliy sharoitlar aspektidagi xarakatlari ketma-ketligi odatda kuyidagi tadbirlar zanjiridan iborat buladi: -kabul kiluvchi mamlakat bozori kattaligi va chegaralarini baxolash; -ishlab chikarishga muljallangan tovarlar (xizmatlar) sifatini rakobatchilar takdim kilayotgan shunday tovarlar va xizmatlar sifat kursatkichlari bilan takkoslash; -urganilayotgan bozorda va kabul kiluvchi mamlakat mintakasida sotishni tashkil kilish imkoniyatlarini urganish; -kabul kiluvchi davlat xaridorlari extiyojlari, konunlari va an’analari xususiyatlarini urganish; -shu bozorda xorijiy rakobatchilarning faoliyat tajribasi bilan tanishish; -kabul kiluvchi mamlakatda ishlab chikarishni tashkil kilishning bu mamlakatga eksportga nisbatan ustunliklarini baxolash. Bosh kompaniya ishlash sharoitlari ma’lum bulgan davlatlarga masalan ushbu davlatda bosh kompaniyaning sotish buyicha filiali amal kilayotgan bulsa kuprok e’tibor beradi. Kabul kiluvchi davlatda tadbirkorlik faoliyati sharoitlari xakidagi axborotning asosiy manbalariga kuyidagilarni kiritish mumkin: 1) kabul kiluvchi mamlakatning savdoga kumaklashish buyicha davlat tashkilotlari (kupincha bu korxonalarning faoliyati eksportni rivojlantirishga kumaklashishga karatilgan); 2) bosh kompaniya davlatida kabul kiluvchi mamlakat importer firmalarining vakolatxonalari bulib, ular kabul kiluvchi mamlakatda talabga ega tovarlar va xizmatlar xakida ma’lumotlar berishi mumkin (kabul kiluvchi mamlakatda bozorni uzlashtirgunga kadar ular bilan xech kanday shartnomalar imzolamaslik afzal); 3) bosh kompaniya davlatida kabul kiluvchi mamlakat elchixonasi yoki savdo vakolatxonasi, banklar bulimlari; 4) kabul kiluvchi mamlakatda bosh kompaniya davlati elchixonasining tijorat bulimi yoki savdo vakolatxonasi. Ular odatda eksportni rivojlantirishdan manfaatdor, ishlab chikilgan ma’lumotlar bazasiga ega va shuning uchun kabul kiluvchi mamlakat bozori xakidagi axborotni tez berishi va xatto potensial xaridorlar va importerlar bilan xam tanishtirishi mumkin; 5) bosh kompaniya joylashgan davlatning va kabul kiluvchi mamlakat savdo palatalari. Kabul kiluvchi davlatda rakobatbardoshlik omilini urganishda xalkaro kompaniya raxbariyati kerakli rakobatbardoshlik darajasiga kabul kiluvchi mamlakat bozorida uxshashi bulmagan antika tovarlar ishlab chikarish (xizmatlar kursatish) xisobiga erishish mumkinligini tushunadi. Rakobatli kurashda, shuningdek, rakobatchilar sifatidan ustun bulgan an’anaviy maxsulotlar ishlab chikarish yoki xizmat kursatish bilan xam omadga erishish mumkin. Nixoyat, rakobat darajasi antika yangi texnologiyalar kullanishiga asoslangan past ishlab chikarish xarajatlari evaziga past baxolar bilan ushlab turilishi mumkin. Kabul kiluvchi mamlakatda ishlab chikarish va sotishga muljallanayotgan tovarlar va xizmatlarning rakobatbardoshligini baxolashga uxshash tovarlar va xizmatlar bozoridagi asosiy rakobatchilar, bu bozor sektorlarining asosiy rakobatchilar urtasida taksimlanishi, rakobatchilarning kuchli va zaif tomonlari, ularning strategiyasi xususiyatlari, shuningdek kabul kiluvchi mamlakatda xalkaro kompaniya xorijiy filiali ixtisoslashgan tovarlar va xizmatlarga talab usishining kutilayotgan sur’atlari xakidagi ma’lumotlar yordam beradi. Yangi tovar yoki xizmatlar kabul kiluvchi davlat bozorida uz urnini topishi yoki ular yangi xususiyatlari bilan ajralib turishi kerakki, iste’molchilar ularni kurmaguncha ularning zaruriyati xakida bilmasligi zarur. Bu degani xalkaro menejerning kabul kiluvchi davlatda yangi yoki takomillashtirilgan konsepsiyaga asoslangan talabni yaratishiga tugri kelib koladi. Xususan u uz tovarlarining ajoyib iste’mol xususiyatlarini reklama kilishi mumkin. Tovarlar yoki xizmatlar sotilishini kengaytirish uchun xalkaro menejer kabul kiluvchi mamlakatning ommaviy axborot vositalarida bu tovarlar yoki xizmatlarni uning kompaniyasida ixtiro kilinishi va yaratilishining kup yillik tarixini bayon kilishi, ularning ishlab chikarishida kullanilayotgan yetakchi texnologiyalarni ta’kidlashi, uz tovarlari yoki xizmatlarining kupgina boshka tovarlardan foydali farklarini asoslashi mumkin. Bunda xalkaro menejer boshkarayotgan xorijiy filial imkoniyatlari va egiluvchanligini baxolashi zarur. U asosiy iste’molchilar buyurtmasini uning korxonasi kanday muddatlarda bajara olishini va kabul kiluvchi mamlakat sharoitlarida maxsulot ishlab chikarishning kanday xajmi real bulishini kat’iy bilishi kerak. Ishlab chikarilayotgan maxsulot sifatiga va uning shartnomada kursatilgan texnik-iktisodiy xarakteristikalarga muvofikligiga birinchi darajali e’tibor berilishi lozim. Kabul kiluvchi mamlakatlarda iste’molchilar odatda bozordagi xorijiy kelib chikkan yangi tovarlar yoki xizmatlarga shubxa bilan karaydilar va bu tovarlarda ularning iste’mol xususiyatlari uchun juda kichik va axamiyatsiz bulgan kamchilik va nomuvofikliklarni xam kechirmaydilar. Iste’molchilarni shuningdek tovarlarni shartnomalarda kursatilgan muddatlarda va kelishilgan mikdorlarda olishlari kiziktiradi. Xalkaro kompaniyalar uchun kabul kiluvchi mamlakat jozibadorligining asosiy omillariga bu davlat xukumatining chet el investitsiyalariga nisbatan anik shakllantirilgan munosabatini kiritish kerak. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, kabul kiluvchi mamlakat xukumatining xorijiy investitsiyalarga nisbatan siyosati chet ellik investorlar uchun kerakli makroiktisodiy iklim yaratilib, ular uchun muayyan foyda olish imkoniyati va foydaning bir kismini repatriatsiya kilish xukuki berilgan takdirdagina jozibali buladi. Kabul kiluvchi mamlakatga xorijiy investorlarni jalb kilishda milliy rejim prinsipi – ochik xukukiy tizim ayniksa kuchli stimul xisoblanadi. Uning doirasida xorijiy investorlar kabul kiluvchi mamlakat fukarolarining muayyan tadbirkorlik faoliyatiga taalukli koida va nizomlarga rioya kilsa, konunchilik tomonidan ta’kiklanmagan shunday tadbirkorlik faoliyati ruxsat etiladi. Kabul kiluvchi mamlakat Xukumati TMK Milliy tadkikot markazi 1. rasm. Ilmiy-texnik xamkorlik Kabul kiluvchi mamlakatning xorijiy investorlar uchun jozibadorligining asosiy omillaridan biri bulib, karzni tulash, foydani chet elga utkazish va kapitalni repatriatsiya kilish uchun ularning erkin konvertirlanadigan valyutaga ega bulish xisoblanadi. Bunda solik imtiyozlari shubxasiz xorijiy investorlarni jalb kiladi, birok xorijiy investitsiyalar ortidan kuvishda solik imtiyozlariga beriluvchanlik ayrim rivojlanayotgan davlatlarning achchik tajribasi kursatishicha kabul kiluvchi davlat iktisodiyotida nomutanosibliklarga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarning oldini olish uchun kabul kiluvchi davlatlar xukumatlariga “Milliy xujalikda nomutanosibliklarga olib keluvchi ortikcha imtiyozlardan kura, yukori bulmagan soliklar afzal” prinsipi buyicha kelishilgan solik mexanizmlari kiritishni BMT ekspertlari tavsiya kiladi. 2. Jadval. kabul kiluvchi davlat roliga da’vogar mamlakat afzalliklarini baxolash (namuna) Mezonlar Mezon baxosi (1 dan 10 ballgacha) Mezonning muximlik darajasi (1 dan 10 ballgacha) Ballar mikdori 1.Siyosiy barkarorlik 2.YAMM 3.Jon boshiga YAMM Iktisodiy usish istikbollari 5.Bozor xajmi 6.Xukumatning xorijiy investitsiyalarga munosabati 7.Foydalar repatriatsiyasi 8.Bojxona tariflari 9.Xususiy mulkni cheklash 10.Solik tizimi 11.Valyuta barkarorligi 12.Inflyatsiya sur’atlari 13.Ishchi kuchi kiymati 1Xom ashyo materiallari magvjudligi va kiymati Jami Oxirgi vaktda rivojlangan davlatlardan investorlarni TMK bilan kushma NIOKR utkazishga ilmiy potensialga ega davlatlar jalb kiladi. Bunday xollarda kabul kiluvchi davlat xukumatlari zaruriy resurslar va texnologiyalarga ega milliy tadkikot markazlarining TMK xorijiy filiallari bilan kushma ilmiy-texnik xamkorligi uchun kulay sharoitlar yaratib beruvchi siyosat utkazadilar. Bunday xamkorlik sxematik ravishda uchburchak shaklda tasvirlangan (1-rasm). Kator potensial kabul kiluvchi mamlakatlar imkoniyatlarini batafsil taxlil kilish natijasida xalkaro kompaniyalar iktisodchilari bu davlatlar buyicha ma’lumotlarni xar bir davlat afzalliklarini ballarda baxolab jadvallarga kiritadilar. Eng kup ballga ega bulgan davlat tanlanadi (2-jadval). 3. Xorijiy sherikni tanlash Chet elda tadbirkorlik faoliyati tajribasi kursatishicha, kabul kiluvchi mamlakatda bir-ikki yil ichida ishga oid alokalarni olib bormagan sherikni tanlash kerak emas. Xalkaro kompaniyalar odatda bu masalada shoshilmaydilar, chunki bunda yul kuyilgan xatolar kimmatga tushadi va kiyin bartaraf kilinadi. Bunda chet elda ishga oid sherikni tanlashda obyektiv standartlarni kullash tavsiya kilinadi. Potensial sherik xakidagi ma’lumotlarni kuyidagi tartibda guruxlashtirish tavsiya kilinadi: -oldingi ixtisoslashuv; -sotish dinamikasi, strategiyani uz ichiga olgan xolda kompaniya tugrisidagi ma’lumotlar; -rakobatbardoshlik darajasi (bozordagi ulush, talab, baxolar, talab istikbollari); -kompaniya resurslari – moliyaviy axvol, ishlatilayotgan texnologiya, inson kapitali, aktivlar, obru. Potensial sheriklarni baxolab, xalkaro kompaniya biznes strategiyasini eng yaxshi tarzda tushuna oluvchi, ishlab chikarish va sotish rejalariga rozi buluvchi, kabul kiluvchi mamlakat bozorida alokalarni ta’minlovchi va sotish xamda taksimlashning mos kanallarini takdim kiluvchi sheriklar tanlanadi. Sungra xamkorlik xakidagi muzokaralar boshlanadi, uning sheriklari sifatida tovarlar va xizmatlar ishlab chikaruvchilari, yirik savdo firmalari, kichik ixtisoslashgan savdo kompaniyalari va agentlik firmalari katnashishi mumkin. Potensial sherik oldiga uning imkoniyatlariga mos keluvchi anik va konkret xamkorlik maksadlari kuyilishi kerak. Uni kuyilgan masalalarning real ekanligiga ishontirish, kabul kiluvchi mamlakat bozorida ularni xal kilish yullarini bilishni va uzok muddatli asosda kerakli mexnat va moliyaviy resurslarni jalb kilish istagini kursatish muxim. Maxalliy ishlab chikarish kompaniyasi xalkaro korporatsiya maxsuloti maxalliy kompaniya assortimentini tuldirganda yoki maxalliy ishlab chikarish kompaniyasi uz faoliyat doirasini boyitmokchi bulganida TMK bilan xamkorlik kilishga kizikadi. Bu xolda TMK xorijiy filial menejeri maxalliy kompaniyaning sotish tizimiga va uning TMK xorijiy filiali maxsulotini sotishdan manfaatdorligiga e’tibor karatishi kerak. Shu bilan birga TMK xorijiy filiali menejeri e’tiboridan maxalliy firma maxsuloti va TMK filiali maxsuloti urtasida ularning birgalikdagi faoliyatining ma’lum boskichida rakobat vujudga kelish imkoniyati chetda kolmasligi kerak. Maxalliy kompaniyaning TMK xorijiy filiali bilan xamkorlikka kizikishini saklab kolish uchun oxirgisi texnologik darajada doim ustunlikka ega bulishi maksadga muvofik. Shu bilan birga shunday xodisalar xam ma’lumki, bunda maxalliy sherik TMK xorijiy filialiga kabul kiluvchi mamlakat sharoitlariga moslashtirilgan uz texnologiyasi va uskunalarini berib, shu bilan maxalliy bozorda TMK xorijiy filial obrusini oshishiga va uning texnik darajasi kutarilishiga yordam beradi. Bundan tashkari, maxalliy ishlab chikarish kompaniyasi TMK xorijiy filiali maxsuloti iste’molchilariga sotuvdan keyingi malakali xizmat kursatish, shuningdek kabul kiluvchi mamlakatda xaridorlar extiyojlari xususiyatlaridan xabardor tajribali sotuvchilar bilan yordam berishi mumkin. Yirik savdo firmalari kabul kiluvchi mamlakatda TMK xorijiy filiali sherigi sifatida ma’lum afzalliklarga ega. Ular kuprok keng turlanuvchi tovarlar va xizmatlar assortimenti – xomashyo materiallari, neft maxsulotlari, kishlok xujalik maxsulotlari, shuningdek mashina va uskunalar bilan ish kuradilar. Kabul kiluvchi mamlakatda maxalliy yirik savdo firmalari bilan xamkorlik tavakkalchiligiga eng avvalo ularning TMK xorijiy filial maxsulotiga kizikish darajasi va xorijiy korporatsiya maxsulotiga talab susaygan xolda, ularning xamkorlik kilishdan kutilmagan voz kechish imkoniyati kiradi. Bunday kutilmagan xavfning oldini olish uchun sherik sifatida tor ixtisoslashgan, iste’molchilar bilan vositachilarsiz tugridan-tugri boglangan savdo firmasini tanlash kerak. Eng kup ixtisoslashgan savdo kompaniyalari shuningdek tashki bozorda xam ancha faol xarakat kiladi. Ular turli tovarlarning mayda partiyalari yoki cheklangan nomenklaturadagi maxsulotlarning yirik partiyalarini sotish bilan shugullanishni afzal kuradilar. Bu firmalar odatda bozorning konkret sektoriga ixtisoslashadi va shu sababli maxsus tovarlar sotish uchun kerakli bilimlar va keng alokalarga ega buladi. Bunday kompaniyalar bilan kushma faoliyat tavakkalchiliklariga xamkorlikning ma’lum boskichida ularning TMK xorijiy filiali maxsuloti bilan rakobatlashayotgan tovarni afzal kurish imkoniyati, TMK xorijiy filiali maxsulotini sotish uchun ularda malakali xodimlarning yetishmasligi va xamkorlikka intilishlarining ularning real imkoniyatlariga mos kelmasligi kiradi. Bir necha kompaniyalarni tanishtiruvchi maxalliy agentlar bilan birgalikda ishlash TMK xorijiy filiali maxsulotining shu agent xizmatidan foydalanuvchi boshka firmalar tovarlari va xizmatlari bilan shu kompaniyalar doirasida yashirin rakobat kilishi xavfini uz ichiga oladi. Biron-bir agentni xorijiy sherik sifatida tanlashdan oldin uning sof vijdonligi, umumiy bilimi, xarakatchanligi va muayyan tovarlar va xizmatlar assortimenti bilan ishlash tajribasi mavjudligiga ishonch xosil kilish zarur. Potensial sheriklarni tugri baxolash uchun, ularning kaysilari kuprok maxalliy ma’muriyat va xukumat doiralarining kumagi va xurmatiga egaligi, shuningdek ular xalkaro kompaniyaning kabul kiluvchi mamlakatdagi strategiyasini tushuna oladimi, kabul kiluvchi mamlakat bozoriga xalkaro kompaniya chikarayotgan tovarlar va xizmatlar assortimentiga rozi bula oladimi, xalkaro kompaniya xorijiy filialiga maxalliy bozorda ishonchli ishga doir alokalarni ta’minlay oladimi, uz sotish tizimini taklif kila oladimi degan masalalarni aniklab olish zarur. Mulokotga yaxshi kirishuvchan sherik bilan xamkorlik kilish maksadga muvofik, bu yangi bozorni uzlashtirish bilan boglik asabiyliklarni yumshatadi. Birok mulokotga kirishuvchanlik – asosiy narsa emas. Ba’zan kuprok rasmiy mulokot kiluvchi maxalliy kompaniya maxalliy bozor bilan mustaxkam alokalarga ega bulishi, samaralirok va malakali ish yuritishi xamda xalkaro kompaniya talablariga kuprok mos kelishi mumkin. Kabul kiluvchi mamlakatlik sheriklar odatda xalkaro kompaniya bilan kushma faoliyatini extiyotkorlik bilan, ya’ni maxalliy bozorga birinchi ikki yil davomida pastrok baxolarda kam turdagi maxsulotni chikarish bilan boshlashni ma’kul topadi. Bu davr mobaynida shunday muammolar vujudga kelishi mumkinki, ular evaziga xalkaro kompaniya bilan xamkorlik amalga oshmasligi mumkin. Shu bilan birga xalkaro kompaniya maxalliy bozorni yaxshi biladigan sherik takliflariga e’tibor bilan karashi kerak. Xususan, maxalliy sherik kabul kiluvchi mamlakat bozoriga chikarilayotgan tovarlar assortimentini uzgartirishni yoki kadoklashni bezash va uramda tovarlar birligi mikdorini maxalliy iste’molchilar didiga mos xolda uzgartirishni asossiz bulmagan tarzda taklif kilishi mumkin. Xalkaro kompaniya raxbariyati utish davridagi mamlakatlarda bozor xujaligi tizimi sharoitlarida faoliyat yuritishda katta tajribaga ega bulmagan sheriklarni tanlash xususiyatlarini urganishga aloxida e’tibor beradi. SHeriklarni (xususan, MDX mamlakatlarida) tanlash buyicha chop etilgan tavsiyanomalar obzori sobik SSSR respublikalarida sherik tanlayotgan xalkaro kompaniyalarning “10 koida”sini ajratishga imkon beradi: 1) sherik xakidagi tasavvurga asoslanmasdan uni tekshirish. Uning biznes-rejasini urganish; 2) sobik SSSR korxonalari xodimlarining psixologiyasi va maxalliy an’analarini xurmat kilish; 3) xamkorlikni minimal xajmli bitimlardan boshlash; 4) kelishuvni imzolashdan avval, sherik bilan ishonchli telekommunikatsiya alokasi urnatilganligiga ishonch xosil kilish; 5) sherik firmalar javobgar xodimlarining familiyalari va real vakolatlarini anik bilish; 6) MDX mamlakatlarida tashki savdo va xorijiy investitsiyalar xakidagi konunchilikdan xabardor bulish; 7) ichki baxolar kanday shakllanishini va ularni boshka mamlakatlardan rakobatchi firmalar takliflari bilan solishtirishni bilish; 8) maxsulot sifatini aniklovchi GOSTlar me’yorlarini bilish, chunki MDX mamlakatlari korxonalari xodimlari shu me’yorlarni ma’kul kuradi; 9) sherik bilan ishonchli aloka urnatilganligiga ishonch xosil kilish; 10) soat farklanishlarini xisobga olish. «Eng maqbul qaror» masalasi Charter kompaniyasining zavodi uchun joy tanlash masalasi birinchi karashda juda oddiy kurinadi: fakatgina potensial xududlarni kurib chiqib, ishchi kuchining joylashuvi, transport tizimining rivojlanish darajasi, nisbatan arzon narxdagi elektr energiyasining mavjudligi, maxalliy va davlat mikyosidagi solik konunchiligi tugrisida tasavvur xosil kilishning o‘zi yetarli. Tanlangan xudud kompaniyaning aksiyadorlariga investitsiyadan eng katta foyda keltiradigan xudud bulishi kerak. Turtta xudud oxirgi tanlov uchun kurib chikildi. Shunga karamay, Charter kompaniyasining menejerlari xolatni chukurrok urgangani sari boshka savollar paydo bula boshladi. Shu masalalardan biri ishchi kuchi bilan boglik edi. Kompaniyaning mavjud filiallarida ishchilarning yangi yoki boshka filiallarga utishi borasida juda qattiq intizom mavjud edi. Shunga karamay, menejerlar kancha ishchilar transfer xukuklaridan foydalanishlarini bilishmas va sanoqli odamlargina buni bajara olishlarini bilishar edi. Bu yana bir savolni o‘rtaga tashladi: zavodni ishchi kuchlari ko‘p bo‘lgan shahardami yoki ishchi kuchi kamrok bulgan shaxarchada joylashtirish kerakmi? Agar zavodni shaxarda joylashtirsa, shaxardan tashkarida yashaydigan ishchilar kelib ketishi kiyinlashadi. Bu esa maxalliy liderlar bilan kelishmovchiliklar keltirib chikarishi mumkin. Boshka tarafdan, ishchi kuchi kam kichikrok shaxarchani tanlash kompaniya uchun istiqbolda zavod ishchilar shtabini kengaytirishi kerak bulib kolganda muammolar tugdirishi mumkin. Boshka muammo tashki muxitni ifloslantirish bilan boglik. Bittasidan tashkari xamma tanlangan xududlarda ekologiya konunchiligi talabchanligi yukori bulib chikdi. Ekologiya konunchiligi yumshokrok bulgan shtatda joylashish kompaniya uchun rakobatchilari oldida kiska muddatli ustunlik beradi, chunki ishlab chikarish ancha arzonga tushadi. Kompaniyaning jamoatchilik bilan ishlash bulimi boshligi bunday karorga kat’iy karshilik kursatdi. Buni u kompaniyaning jamoatchilik oldida yomon nom kozonishi va atrof muxitni ifloslantirishga karshi kurashuvchi guruxlar kompaniya maxsulotlariga karshi kampaniya boshlab yuborishlari mumkinligi bilan tushuntirdi. Charter kompaniyasi uzining keyingi zavodini joylashtirishda ba’zi kichik guruxlar tomonidan bosimga olindi. Kompaniyaning xech bir zavodi bunday xududda joylashmagan edi. Yaxshi tanilgan Amerika-Meksika guruxi janubiy Texasda joylashtirishni talab kilayotgan bir paytda, kora tanliklar guruxi zavodni shaxar ichida joylashtirishga undayotgan edi. Kompaniya menejerlari Inson xukuklari aktiga kura kamchiliklar orasidan birini tanlash zarurligini tushunishardi. Shuning uchun kompaniyaning ishchilarni ish joyini uzgartirish tugrisidagi nizomi va Inson xukuklari akti orasida kelishmovchilik mavjud edi. Fikrlarni xar tomonlama urganib chikib, kompaniya prezidenti «bu yerda yengil karor yuk» degan fikrga keldi. Yakkol ijobiy yoki salbiy tomoni bilan ajralib turmaydigan turtta xudud muxokama ostida edi. Oxirida xar bir xudud salbiy yoki ijobiy tomonlari bilan bir-biriga solishtirishga karor kilindi. Bu kuyidagicha kurinishda buldi: Xududlar ijobiy tomonlar salbiy tomonlar 1. «A» xudud arzon elektr energiyasi; yaxshi transport tizimi; ishchi kuchining mavjudligi; yaxshi solik muxiti Ekologiya konunlari; maxalliy axolining kam ishga olinishi sababli noroziligi; 2.«V» xudud Maxalliy ishchilarning ko‘pchilikni tashkil qilishi; yaxshi transport tizimi; yaxshi soliq muxiti qimmat elektr energiyasi; ekologiya qonunchiligi; kompaniya nizomi va ishchilar tengligi orasidagi nizo 3. «S» xudud Arzon elektr energiyasi; yaxshi transport tizimi; Ekologiya qonunlari; kichik ishchi kuchi bozori; noqulay soliq tizimi «D» xudud Arzon elektr energiyasi; yengil ekologik qonunchilik; soliq tizimi Transport tizimi; kompaniya nizomi va ishchilar tengligi orasidagi nizo; Topshiriq: Hududlarni eng katta foyda keltirish mezoni bo‘yicha ketma-ket joylashtiring. 2. O‘z fikringizni asoslab bering. Xulosalar 1. Rakobatchi korxonalar firma tuzilishi va strategiyasi aspekti. Bunda maxalliy rakobatchi-firmalar kanday strategiya tanlashini, rakobatli kurashda ulardan uzish imkoniyati darajasini, xalkaro kompaniyaning muljallanayotgan faoliyat soxasi kabul kiluvchi mamlakat millati psixologiyasiga javob berishini aniklab olish zarur. 2. Xizmatlarni ishlab chikarish va kursatish sharoitlari aspekti. Bu yunalishdagi taxlil predmeti bulib kuyidagi omillar xizmat kiladi: iktisodiyotning kaysi tarmoklarida kabul kiluvchi mamlakatning nisbiy afzalliklari yakkolrok namoyon buladi, xalkaro kompaniyani kiziktiruvchi iktisodiyot soxalarida NIOKR uchun asos mavjudligi va nixoyat, kabul kiluvchi mamlakat xalk xujaligidagi zaif tomonlarning (kapital yetishmasligi, ilmiy-texnik soxada orkada kolish va b.) xorijiy sarmoyadorlar faoliyati bilan tuldirilishi mumkinligi. 3. Sotish sharoitlari. Ular milliy iste’molchilar tomonidan talablarning murakkablik darajasi va xususiyatlari, shuningdek kabul kiluvchi mamlakatda sotish kanallarining jaxon bozorida kabul kilingan kanallardan farklanishi bilan aniklanadi. Kardosh tarmoklar va yetkazib beruvchilar. Bu xolatda xalkaro kompaniyani kabul kiluvchi mamlakatda uning maxsulotini yirik iste’molchilari mavjudligi xakidagi axborot kiziktiradi. Ishlab chikarish xarajatlarini pasaytirish uchun u yerda loyixalashtirilayotgan korxonani xom ashyo materiallari bilan ta’minlovchi tarmoklarni rivojlantirish muxim axamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat soxasini tanlashda keyingi muxim omil bulib maxalliy firmalar – potensial yetkazib beruvchilarning texnik darajasi (sifatli yigma detallarni yetkazib berish imkoniyatiga egaligi) xisoblanadi. 5.Bosh kompaniya xorijiy tadbirkorlik uchun mamlakat tanlashga eng katta e’tibor beradi. Biror mamlakatda xorijiy filialni tashkil kilish xakida karor kabul kilishdan avval potensial kabul kiluvchi mamlakatlar sharoitlarini turtta asosiy aspektda: bozor, iktisodiy, maxalliy sharoitlar xususiyatlari va rakobatbardoshlik aspektlarida urganib chikiladi.