logo

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar asosida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar xisobi yaratilishi

Yuklangan vaqt:

13.10.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

146.5 KB
Mavzu: Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar asosida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar xisobi yaratilishi Reja: 1. Asosiy vositalar to’g’risida tushuncha 2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar tarkibi 3. Asosiy vositalar kirimining hisobi 4. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning buxgalteriya hisobi 1 . Asosiy vositalar to’g’risida tushuncha 5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish maqsadida yoxud xo’jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va ijtimoiy - ma d aniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko’rsatish uchun katta ahamiyatga ega. 5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar: a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch bo’lsa; b) aktivning qiymati aniq baholangan bo’lsa, aktiv sifatida tan olinadi. Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos kelishini belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona kelgusida olingan aktivga ega bo’lish, foydalanish va boshqarish bilan bog’liq barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obyektga ega bo’lish bilan bog’liq barcha tavakkallikni o’z zimmasiga olishni bildirali. Ushbu iqtisodiy foydani olishning yetarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda ko’rishi va o’z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi bo’yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va tavakkalchilik butunlay korxonaga o’tgandagina mavjud bo’ladi. Ungacha aktivni sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo’qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish opera iiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi. Shu bilan birga, agar aktiv xo’jalik subyektining o’z kuchi bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin. 5 - BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan: a) bir yildan ko’proq xizmat muddati; b) O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan ko’proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uch u n. Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam mi qd orini belgilash huquqiga ega. Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarni ng hisobi uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilashda xo’jalik subyekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona ko’lami hamda korxonaning xo’jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi mumkin. Shu 5-BHMSda xizmat muldash va qiymatidan qat’iy nazar qu y idagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo’yilgan: a) maxsus asmavzu va qurilmalar; b ) maxsus va sani t ar kiyim, maxsus poyabzal; va yo t ar joy buyumlari; I) kansel a r i ya buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq - dasturxonlari;) qurilish bo’yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga kiritila d igan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo’lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari. Shuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida markazlashgan rejali iqtisodiyot shartsharoitidan farqli o’laroq, asosiy vositalarning yangi obektlari paydo bo’ladi va hisobga olinadi. Ularga qono’n hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan yer uchastkasi ham kiradi. Yuqorida ko’rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstro’ktiv jihozlangan o’sko’nalari bo’lgan obyekt inventar obyekti, deb e’tirof etiladi. Masalan, ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong’indan saqlash, ventilyatsion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar bino bilan birga bir inventar ob y ekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat pechlari, odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Malum ishni bajarishga mo’ljallangan va o’zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan predmetlarning alohida kompleksi ham o’z navbatida invetar obekti bo’lishi mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar kompleksi deganda kompleksga kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o’z vazifasini kompleks tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo’lgan bitta yoki turli vazifaga ega bo’lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq bitta asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti bo’lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obekti sifatida e’tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan -misolga qaytsak, faraz qilaylik, foydali xizmat muddati 40 yilga m o’ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega bo’lgan korxonada foydali xizmat muddati yetkazib beruvchi tomonidan kafolatlangan va 25 yilni tashkil etadigan zamonaviy yong’indan saqlash tizimi montaj qilindi. Mazkur holatda binoning yong’indan saqlash tizimi asosiy vositalarning alohida inventar obyekti sifatida hisobga olinishi kerak. 2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar tarkibi 5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo’yicha baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritilali. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki sotib olish uchun ketgan barcha sarfharajatlar qiymati, deganda, jumladan, to’langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa har qanday sarfharajatlar tushuniladi. Yana shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo’shimcha qiymat soligi va aksiya solig’i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, yani umumiy tartibda soliq to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko’rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi. Хo’jalik yurituvchi subektlar amaliyetida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari quyidagilar: obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olish; kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obyektning oldi-berdisi; tasischi tomonidan ustav kapitaliga qo’shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan o’tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarsa kapital kiritmalar; Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obyektlarini aniqlash. 5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo’yicha qurilish- montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni yetkazib beruvchilarga to’langan summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog’liq ro’yxatga olish yig’imi, davlat bojlari va shunga kabi boshqa to’lovlar; bojxona bojlari va yig’imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog’liq soliqlar va yig’imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’lanadigan summa; asosiy vositalarning obektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug’urta qilish bo’yicha harajatlar; asosiy vositalarning sotib olishdagi vositachilarga to’lanadigan haq; asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash, ishga tushirishga to’lanadigan harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa harajatlar; 5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shiladi. Agar xo’jalik yurituvchi subekt asosiy vosita bilan bog’liq sarflarni to’lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli kredit olish bo’lsa, mazkur maqsadli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar obyektning ishga tushirilishi xo’jalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning ishga tushirilayotgan obyekti qiymatiga kiritilishi kerak. Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga topshirilgan bo’lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to’xtatiladi, asosiy vositalar obyekti foydalanishga berilgandan keyin o’tkazilgan foizli xarajatlar esa xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlar (9610 - «Foiz ko’rinishidagi xarajatlar" hisobvarag’i)ga kiritiladi. Korxonaning o’z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy vositalarning ushbu obyektlarini ishga tushirish bo’yicha aniq sarflar summasidan tashkil topadi. Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valutasiga sotib olinsa, u holda ularning dastlabki qiymati barcha to’lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivni yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan sanaladi O’zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha summani chet el valutasining qiymatiga hisoblash yo’li bilan milliy valuta (so’mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari, moddiy- tovar zaxiralarini sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi. Yuqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati odatda ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Quyida asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning boshlang’ich qiymati shakllanishi, yani uni tan olish uchun maqbul asoslar keltirilgan. Asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab ularning boshlang’ich qiym atini tan olish № Asosiy vositalariing kelib tushish manbai Boshlang’nch kiymatni baxolash uchun asos 1 Т ekin (sovg ’ a qilish shartnomasi buyicha) Joriy kiyma t , to’langan va qoplanib berilmaydigan soliqlar (yigimlar) xamda aktivni yetkazib kelib, montaj kilish, o’rnatish, ishga tushirish bo’yicha xarajatlar va uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan har qanday boshqa xarajatlarni hisobga olgan xolda 2 Тayyor maxsulotlar tarkibidan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Malkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 sonli qarori bilan tasdiqlangan **Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofik aniqlanadigan ishlab chnkarish tannarx i 3 Тovar-moddiy zaxiralari (tayyor maxsulotlardan tashqari) tarkibidan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirliga tomonidan 1998 yil 27 avgustdagi 44 son bilan tasdiqlangan va O’zbeknston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 28 avgustda 486 raqam bilan ro’yxatdan o’tkazilgan 4son BHMS "Тovar- moddiy zaxiralar"ga muvofiq aniqlanadngan balans kiymati 4 Qonun xujjatlarida belgnlangan tartibda ayirboshlash bo’yicha olish Ayirboshlashda berilgan asosiy vositalar obyektinnng qoldik kiymati 5 Qonun xujjatlarida belgilangan tartibda qo’shimcha pul to’lash Ayirboshlashda berilgan asosiy vositalarning obyektini qoldik kiymatini ayirboshlash paytida berilgan (olingan) pul mablaglari yoki uning yuli bilan ayirboshlash bo’yicha olish ekvivalentlariga ko’paygan (kamaygan) summasi 6 Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni pulsiz vositalar bilan bajarish (to’lash)ni nazarda tutadigan shartmomalar buyicha olish Korxona tomonidan bsrilgan yoki berilishi lozim bo’lgan boyliklar qiymatn yoxud shunga o’xshash asosiy vositalar obyektini tesh holatlarda sotib olinadigan qiymati 3. Asosiy vositalar kirimining hisobi Korxonalarga asosiy vositalar turli manbalardan kirim qilinadi. Asosiy vositalarni kirim qilish jarayonida turli xarajatlar sarflanadi va ularning boshlang’ich qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olinadi. Ushbu muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilish jarayonini misollarda ko’rib o’tamiz. Misol. "Sitroniks" AJ 2006 yil 10 martda italiyalik xorijiy sherik bilan umumiy qiymati 2500000 yevro bo’lgan to’qimachilik uskunasini sotib olish bo’yicha shartnoma tuzdi. Yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, sotib oluvchi uskuna qiymatining 50 foizni yetkazib beruvchining akkreditiv hisob varag’iga oldindan o’tkazishi kerak. AJ 2006 yil 15 martda yetkazib beruvchining bankida akkreditiv hisob varag’ini ochdi. Akkreditiv hisobvarag’i ochilgan sanada yevroning O’zbekist’on Respublikasi Markaziy banki tomonidan so’mga nisbatan belgilangan kursi bo’yicha (keyinchalik so’mga nisbatan 1 yevroning kursi deb yuritiladi) 1 yevro 1440 so’mni tashkil etdi. Akkreditiv hisobvarag’ini ochish bilan bog’liq xarajatlar o’tkaziladigan valuta summasining 0,2 foizini, akkreditiv o’tkazish uchun bank haqi o’tkazilgan summaning 1,2 foizini, kontraktni tayyorlash uchun yuridik firma 200 yevroni, kontraktni ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq garflar kontrakt summasining 0,05 foizini tashkil etdi. Bunlan tashqari, milliy valutani yevroga konvertatsiya qilishda konvertatsiya qilingan chet el valutasi summasining 0,2 foiz miqdorida komission haq to’landi. 2006 yil 18 martda uskuna k o’llandi. Uskunani tashish (transportda tashish, jo’natish, ortishtushirish ishlari, yetkazib berish) da xavfsizlikni taminlash, fransport uchun to’lov va boshqalar bo’yicha sarflar 250.000 yevroni tashkil etdi. 2006 yil 25 martda invoysda ko’rsatilgan qiymatdan 5 foizni tashkil etadigan bojxona to’loviga muvofiq yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etildi. Yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan so’mga nisbatan o’rnatilgan yevro kursi 1 yevro uchun 1470 so’mni tashkil etli. Хorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan uskunani o’rnatish. Montaj qilish, sinash va ishga tushirish, sozlash ishlari bo’yicha sarflar 100000 yevroni tashkil etdi. Bu xususda ular 2006 yil 10 aprelda hisob-kitob taqdim etishdi (bu sanada kurs bo’yicha 1 yevro 1472 so’mni tashkil etdi). Uskuna 2006 yil 1 2 aprelda ishga tushiriddi. Ishlab chiqarish uskunasini sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar "Sitroniks" AJ buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 2006 yil 15 martda yetkazib beruvchi bankida akkreditiv hisob varag’ini ochishni aks ettirish: Dt 25510 - «Akkreditivlar" - 1800000 m. so’m; Kt 5210 - «Mamlakatlar o’rtasidagi valuta hisoblari" schyoti - 1800000 m. so’m. 1800000 m. so’m = (1 250000 yevro x 1440 so’m 1800000 m. so’m); Sotib olingan asosiy vositalarning to’lovi bilan bog’liq sarflar summasiga: Dt 9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" - 34200 m. so’m; Kt 5210 - «Mamlakatlar o’rtasidagi valuta hisoblari" schyoti - 34200 m. so’m. (23750 yevro x 1440 so’m = 34200 m. so’m). Sarflar summasining hisob-kitobi quyidagi ko’rinishga ega: Akkreditiv hisobvarag’ini ochish bilan bogliq xarajatlar 1250000 yevro x 02 foiz yevro; Akkreditiv o’tkazish uchun bank haqi 1250000 yevro x 1, 2 foiz - 15000 yevro; Kotraktni tayyorlash uchun to’lov 200 yevro; Kontraktni ro ’ yxatdan o ’ tkazish va yopish bo ’ yicha sarflar 250 0000 yevro x 0,05 foiz - 1250 yevro; Chet el valutasining konvertatsiyasi bo’yicha xarajatlar 250 0000 yevro x 0,5 foiz - 5000 yevro; Jami 23750 yevro. 2006 iil 18 mart buxgalteriya o’tkazish talab e tilmaydi; 2006 yil 25 martda a) uskuna xarid qiymati summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 3675000 m. so’m; Kt 6010 - "Yetkazib beruvchi va vositachilarga to’lov hisobi" schyoti - 3675 000 m. so’m. 2500 000 yevro x 1470 so’m = 3675 000 m. so’m; b) uskunani tashish bo’yicha sarflar summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 367   500 m. so’m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 367500 m. so’m. (250 000 yevro x 1470 = 367 500 m. so’m). v) uskuna bo’yicha bojxona to’lovlari summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 183750 m. so’m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 183750 m. so’m (2500 000 yevro x 5 fo i z - 125 000 yevro x 1470 so’m =183750 m. so’m) 2006 yil 10 aprel o’rnatish, montaj qilish, sinov va ishga tushirish - sozlash ishlari xarajati summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 147 200 m. so’m Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 147 200 m. so’m. (100 000 yevro x 1472 so’m = 147200 m. so’m). 2006 y il 2 aprel usku n ani foydalanishga t opshirishni aks ettirish: Dt 0130 - "Mashina va u s kunalar ” - 4373 450 m. so’m, Kt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti - 4373 450 m. so’m. Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati bo’lib, korxona ta’sischilari tomonidan kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan bo’lsa. Masalan, "Хususiy korxona to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq, mulkdor xususiy korxon^ning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi. Shuningdek "Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga muvofiq, jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qo’shiladigan pulsiz hissalarning puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi. Korxonaning o’z kuchi bilan qurilgan, shuningdek pulrat shartnomasi bo’yicha qurilgan asosiy vositalar 0100 -"Asosiy vosigalarni hisobga oluvchi schyotlar"larning tegishli schyotlari debetiga, 0810 -"Тugallanmagan qurilish" schyotining krediti bo’yicha kirim qilib olinadi. Тasischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga kiritilgan asosiy vositalarning kirim qilib olinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyogning (0100) debeti va 4610- "Тasischilarning ustav kapitaliga ulushlari buyicha qarzi" schyotining krediti bo’yicha aks ettiriladi. Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirimi, 8530 - "Тekinga olingan mulk" schyot bilan bog’lanishida, asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotning (0100) debeti bo’yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarni hisobga olish (0100) schyoti bo’yicha aks ettiriladi. Biroq soliqqa tortish maqsadida tekinga olingan asosiy vositalarning summasi daromad (foyda) solig’ini hisoblaganda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. Shu bilan birga "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 33-moddasi, jamiyatni ta’sis etish chog’ida aksiyaga to’lanadigan haq sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq chiqarilishini belgilab beradi. Agar jamiyatning shu yo’sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko’pni tashkil etsa, jamiyat aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol- mulkning puldagi bahosini mustaqil baholovchi chiqarishi kerak. Misol. "Oniks"AJ 2006 yil 10 yanvarda "Sapfir" kompaniyasidan tosh jinslarini qayta ishlash bo’yicha ishlab chiqarish uskunasini sotib oldi, Shartnomaga muvofiq uskunaning qiymati 10800 m. so’mni, shu jumladan QQS 1800 m. so’mni tashkil etadi. Shartnoma shartlariga ko’ra "Oniks" AJ xarid uchun 2006 yil 7 yanvarda uskuna qiymatidan 30 foiz miqdorida bo’nak to’lovini amalga oshirdi. Uskunani sotib olishda "Oniks" AJ mazkur uskunaning texnik va boshqa tavsiflarini baholagan "Avtomatika" injiniring kompaniyasi xizmatidan foydalandi va shartnomaga muvofiq xizmat qiymati 600 m. so’mni tashkil etdi. Aktivdan maqsadli foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bog’liq boshqa sarflar quyidagilarni tashkil etdi: yukni yuklashtushirish ishlari 80 m. so’m; avtomobil transportida yetkazib berish xarajatlari 500 m. so’m; uskunalarni yetkazib berishga ma’sul AJ ekspeditorining xizmat safari xarajatlari 100 m. so’m; uskunani yetkazib berish bo’yicha xavfsizlikni taminlash bo’yicha xarajatlar 50,4 m. so’m; ixtisoslashgan montaj kompaniyasining uskunani o’rnatish va montaj qilish qiymati 200 m. so’m; uskunani sinovdan o’tkazishda foydalanilgan materiallarning qiymati 65,6 m. so’m va uskunani ishga tushirish va sozlash bilan bog’liq boshqa sarflar 135,0 m. so’m, 2006 yil 5 yanvarda uskuna ishlatishga berildi va asosiy vositalarni qabul qilish berish haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirildi. Yuqorida ko’rsatilgan operaaiyalar "Oniks" AJ buxgalteriya hisobida aks ettirilishi tartibini ko’rib chiqamiz: 2006 yil 7 yanvar uskunani yetkazib beruvchiga bo’nak to’langanining ifodasi: Dt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va pulratchilarga bo’naklar" – 3244000, Kt 5110 - hisob -kigob schyoti- 3240000. 2006 yil 10 yanvar a) yetkazib beruvchilarga to’langan, uskunaning qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish» - 10.800.000; Kt «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lash schyotlari" – 10800000. b) uskunani mol yetkazib beruvchilarga berilgan bo’naklarning qoldig’ini yopish; Dt "Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lash schyoti" -3240000; Kt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar" schyoti – 3240000. v) uskunaning texnika ishlari va boshqa tavsiyalarini baholash summasiga; Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 600000, Kt "Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lash schyoti" - 600000. g) uskunalarni yetkazib berish, yukni ortish-tushirish yetkazib berishda xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha, sarflar summasiga, shuningdek uni o’rnatish va montaj qilish ishlari qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" - 830400, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti - 830400. d) uskunani korxonaga yetkazib berishga vakil bo’lgan ekspeditorning xizmat safari xarajatlari summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 100000, Kt 4220 - «Хizmat safariga berilgan bo’naklar" yoki 6970 - «Hisobdor shaxslarga qarz" schyotlari - 100000; e) uskuna sinovi paytida foylalanilgan materiallar qiymati, shuningdek korxona kuchi bilan amalga oshirilgan ishga tushirish, sozlash ishlari bo’yicha sarf summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti – 200600, Kt 1000-«Materiallar», 6710 «Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob- kitob», 6500 «Sug’urta va davlat maqsadli fondiga to’lash bo’yicha qarzlar hisobi» va 6900 «Boshqa majburiyatlar» schyotlari- 200600. 2006 yil 15 yanvar sotib olingan uskunani ishlatishga berishni aks ettirish: Dt 0130 - «Mashina va uskunalar" schyoti – 12531000, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti 12531000. Kreditdan foydalanish uchun foizlar to’lash harajatlari qarz kapitali xisobiga to’liq yoki qisman to’lab sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilmaydi. Faraz qilaylik, "Oniks" AJ 2006 yil 15 yanvarda uskuna sotib olish bo’yicha kreditorlik qarzining qolgan qismini to’lash uchun Depozit bankdan har oyda foizlarni yillik 36 foiz stavka bo’yicha to’lash bo’yicha uch yil muddatga kredit oldi. Bunda kredit bo’yicha to’lanadigan foizlar "Oniks" AJ buxgalteriya hisobida 2006 ychl 31 yanvarda quyidagi tarzda akg ettiriladi: Dt 9610 - «Foiz ko’rinishdagi xarajatlar" schyoti- 126760, Kt 6920 - «O’tkazilgan foizlar" schyoti- 126760. 4 . Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning buxgalteriya hisobi Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi sub y ektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo’li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko’rinishida muntazam taqsimlanali. Bu yerda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summasi tushuniladi. 5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko’rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. Shuni nazarda tutish kerakki, asosiy vositalar obyekti bo’yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’la qoplanguncha yoki u balansdan chitsarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning obyektlari bo’yicha eskirish hisoblanishi mazkur obyekt qabul qilingan oydan keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo’lsa, unga mos ravishda mazkur obyekt bo’yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to’liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to’xtatiladi. Asosiy vositalar obyektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi to’xtatilmaydi, qonunchilikda o’rnatilgan tartibda ularni konservatsiyaga o’tkazish hollaridan hamda obyektning foydalanishi to’liq to’xtatilgan sharoitda ularning qo’shimcha qurilishi, qo’shimcha jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan tashqari. Asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. 21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obyektlari bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to’plash yo’li bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi. 1 [13][15] Хo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi: a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt 2310 - «Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar" schyoti, Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan, ma’muriy maqsalda, malaniymarifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt «Davr xarajatlari» schyoti, Kt «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. 5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya summasi quyidagi usullardan birini qo’llash yo’li bilan hisoblanishi mumkin: 1) amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash; 1 2) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli); 3) ikki karrali amortizatsiya meeri bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli; 4) yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul). Amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya bir tekisda va teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul bo’yicha amortizatsiya qilish meyorining miqdori foydali xizmat muddatining davomiyligiga bog’liq bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi summasi amortizatsiyalanadigan qiymatini obyekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga bo’lish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi. Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulila amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi: Masalan: Kompyuterning boshlang’ich qiymati 1100000 so’m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so’m, foydali xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya meyori amortizatsiyalanadigan qiymatning 20 % ni yoki 200000 so’m ((1100000-100000)/5=200000) so’mni tashkil etadi. Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chitsarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obyektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. Mazkur usul bo’yicha har yillik amortizatsiya summasini hisoblab chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o’tilgan tonnakilometr miqdori va shunga o’xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin. Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko’rsatkichi hamda asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang’ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy vositalar obyektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat) larning taxminiy baholangan hajmiga bo’lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi. Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan- texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko’rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishi amortizatsiyani tezlashtirish yo’li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli va yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul). Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo’yicha amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya meyori ikki karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq qiymatiga ko’paytirilali. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan tugatish qiymati boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatilan chegirib tashlanmaydi. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obyektining hisobot yili boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obyektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan holda aniqlanadi. Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Mos holatda, to’g’ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya meyori 20 % (100% / 5) ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya meyori 40 % (2 x 20%) ga teng bo’ladi. Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi. jadval Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari Amort i zatsiya ajratmalari davri Boshlan g’ ich ( q ayta tiklash) q i ymat Amortizatsiyan i ng yillik summasi Тo’plangan amortizatsiya Қолдиқ q i ymati 1 - yil oxiri 1 100 000 40% x 1100000= 440000 440 000 660 000 2 - yil oxiri 1 100 000 40% x 660000= 264 000 704 000 396 000 3 - yil oxiri 1 100000 40% x 396000=158 400 862 400 237 600 4 - yil oxiri 1 100000 40% x 237600=95 040 957440 142 560 5 - yil oxiri 1 100 000 (40%x 142560=57024 «nazorat maqsadida") 1000000 - 57440= 42560 1000 000 100 000 Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul) ga muvofiq, har bir yil uchun amortizatsiya me’yori amortizatsiya muldatining oxirigacha qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush, amortizatsiya ajratmalari tugashigacha qolgan to’liq yillar raqami (soni)ni amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig’indisiga bo’lish orqali aniqlanali. Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul) da yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obеktining tugatish qiymati chеgirib tashlangan boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati hamda maxrajida ob'еktning foydali xizmat muddati yillari yig’indisi va suratida obеktning foydali xizmat muddati oxirigacha qolayotgan yil soni (raqami) bo’lgan nisbatdan kеlib chiqib aniqlanadi. Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig’indisi 15 (kumulyativ son) ni tashkil etadi. jadval Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari Amortizatsiya Amortizatsnya Amortizatsiyaning yillik Тo’plangan ajratmalari davri kilingan kiymat summasi amortizatsiya 1 - yil oxiri 1000 000 (5/15x1000000)= 333333,3 333333,3 2 - yil oxiri 1 000 000 (4/15x1000000)= 266666,7 600000,0 3 - yil oxiri 1 000 000 (3/15x1000000)= 200000,0 800000,5 4 - yil oxiri 1000 000 (2/15x1000000)= 133333,3 933333,3 5 - yil oxiri 1000 000 (1/15x1000000)= 66666,7 1000000,0 Keyinchalik har bir kasrni 1000000 so ’ mga teng bo ’ lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga ko ’ paytirish yo ’ li bilan har yilgi amortizatsiya summasi aniqlanadi : yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15. Soliq solish maqsadida , O ’ zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning boshlang ’ ich ( qayta tiklash ) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik amortizatsiya meyori belgilangan bo ’ lib , ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi . Masalan : kompyuterning boshlang ’ ich qiymati 1100000 so ’ m , uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq ( tugatish ) qiymati 100000 so ’ m , xizmat muddati 5 yil , O ’ zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bo ’ yicha yillik amortizatsiya meyori amortizatsiyalanadigan qiymatdan 20 % ni yoki 200000 so ’ m ((1100000-100000)/5=200000 so ’ m ) ni tashkil etadi . Hisobot yili davomida , qo ’ llanilayotgan amortizatsiya hisoblashning usulidan qatiy nazar ( ishlab chiqarish usuli bundan mustasno ), asosiy vositalar obyektlari bo ’ yicha amortizatsiya ajratmasi har oyda , yillik summaning 1/12 miqdorida hisoblanib boriladi . Mavsumiy xarakterli ishlab chiqarishga ega korxonalarda foydalanilayotgan asosiy vositalar bo ’ yicha yillik amortizatsiya ajratmalari summasi bir tekisda , korxona tomonidan hisobot yilida asosiy vositalardan foydalanish mobaynida , hisoblab boriladi . Asosiy vositalarning turli guruhlariga nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli usullarining qo ’ llanilishiga yo ’ l qo ’ yilali . Bunda, asosiy vositalarning bir toifadagi obyektlari faqatgina bir usul qo’llaniladi. Foydalanilayotgan amortizatsiya hisoblash usuli majburiy tartibda korxonaning hisob siyosatila aks ettirilishi kerak. Kalendar yil davomida hisob siyosatini o’zgartirish mumkin emas. Х o’jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini quyidagi hollarda o’zgartirishga yo’l qo’yiladi: subekt qayta tashkil etilganda; mulk egalari almashganda; O’zbekiston Respublikasi qonunlarida yoki O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy tizimda o’zgarishlar bo’lganda; buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda. Agar asosiy vositalardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy manfaatlarda muhim o’zgarish sodir bo’lsa, u holda amortizatsiya hisoblash usuli o’zgarayotgan tendeniiyani to’la aks ettira oladigan tartibda o’zgartirilishi mumkin, qachonki kelib chiqqan bunday holat amortizatsiya usulining o’zgarishini oqlasa. Bunday o’zgartirish albatta hisob siyosatida aks ettirilishi kerak. Bunda, moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida ushbu o’zgarishning sabablarini va ularning iqtisoliy samarasini ochib berish zarur bo’ladi. Foydali xizmat muddati korxona tomonidan aktivning foydalanilishi kutalayotgan vaqt davri yoki korxona tomonidan ushbu aktivni ishlatishdan kutilayotgan mahsulot (ish va xizmatlar) miqdori. Asosiy vositalarning foydali xizmat muddati, korxona tomonidan asosiy vositalarning holatini yaxshilash maqsadida va shuningdek foydali xizmat muddatini oshirilishiga yoki texnologik o’zgartirishlar hisobiga ushbu muddatni qisqartirilishiga olib keladigan amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, qayta ko’rib chiqilishi mumkin. Т ugatish qiymati kutilayotgan foydali xizmat muldati oxirida asosiy vositalarni tugatishda olinadigan aktivlarning taxminiy baholangan summasidan asosiy vositaning chiqib ketishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni ayirib tashlash natijasidagi qiymatdir. Asosiy vositalarning amortizatsiyalanidigan qiymatini hisoblashda tugatish qiymati muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Т ugatish qiymatining miqdori jiddiy summani tashkil etmaydigan bo’lsa, bunday holatda, amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblashda u hisobga olinmasligi mumkin. Agar tugatish qiymati muhim summani tashkil etsa, bunday holda, u asosiy vositalar sotib olingan sanada yoki qayta baholangan sanada belgilanishi shart. Т ugatish qiymati asosiy vositalarning xizmat muddati oxirida tugatish bilan bog’liq kutilayotgan xarajatlar summasiga kamaytirilishi kerak.  X ulosa Хo’jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish ulardagi mavjud asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan samarali foydalanish hamda ularga sarflanadigan xarajatlar, shuningdek, eskirish summalarini xarajat obyekti bo’yicha to’g’ri taqsimlash mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishidir. Jumladan, moliyaviy natijalarning ham shakllanishiga obyektiv yondashishga olib keladi. Тavsiya etilayotgan adabiyotlar 1. Каримов А ва бошқалар . Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. «Шарқ» НMAKИТ. Т. 2004, -591 бет . 2.Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -М.: Финансы и статистика, 2004 3.Гусева Г.Н. Шеина Г.Н. Основы бух. Учёта: теория, практика, тесты. Учебное пособие - М.: Финансы и статистика, 2004