logo

Milliy iqtisodiyot taraqqiyotining yangi bosqichida soliq ma’murchiligi tizimini takomillashtirish

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

78.216796875 KB
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTET “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH ” KAFEDRASI “Soliqlar va soliqqa tortish” yoʻnalishi 4-bosqich SST-51 guruh talabasi Dadayev Isroil Ikrom o’g’li tomonidan “Soliq ma’murchiligi” fanidan MUSTAQIL ISHI Oʻqituvchi: Toshkent 1 Milliy iqtisodiyot taraqqiyotining yangi bosqichida soliq ma’murchiligi tizimini takomillashtirish yo’llari Reja: 1. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotining yangi bosqichida soliq ma’murchiligi tizimini takomillashtirish yo’llari. 2. Soliq ma’muriyatchiligida soliq targ’iboti va axborot-maslahat xizmatini rivoshlantirishning ahamiyati. 3. Soliq ma’murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi 2 1. Milliy iqtisodiyot taraqqiyotining yangi bosqichida soliq ma’murchiligi tizimini takomillashtirish yo’llari. Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o’tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rildi. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag’allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o’rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarildi. So’nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O’zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so’zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash maqsadida: 3 1. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo’nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o’rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o’rinlarda — Davlat dasturi) 1 va 2- ilovalarga muvofiq tasdiqlansin: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash; adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish. 2. Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug’lashga yo’naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo’yicha belgilangan vazifalar doirasida: a) 2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to’liq qamrab olinsin. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxo’jayev), Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: ijtimoiy himoya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ijtimoiy sug’urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug’urta jamg’armasini tashkil etish; 4 kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ijtimoiy shartnoma asosida taqdim etish; “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo’lgan shaxslar bo’yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bilan integratsiya qilish; b) Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatida birinchi — to’rtinchi sinf o’quvchilarini Davlat budjeti mablag’lari hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlash yo’lga qo’yilsin. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Sog’liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022-yil 1-apreldan boshlab birinchi — to’rtinchi sinf o’quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish bo’yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, loyihada ajratiladigan mablag’lar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo’yicha aniq mexanizmlar nazarda tutilsin; v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o’n barobaridan o’n ikki barobarigacha oshirilsin. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) uch oy muddatda O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuniga quyidagi o’zgartirishlar kiritilishini nazarda tutuvchi Qonun loyihasini kiritsin: ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida bo’lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo’shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6 yilga oshirish; bolalikdan nogironligi bo’lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya tayinlashda ish stajiga qo’shib hisoblash. 5 3. Mahallaning “faol” modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsadida 2022-yilda: mahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo’lga qo’yilsin; barcha darajadagi rahbarlar mahallaga tushib, o’z yo’nalishi bo’yicha muammolarni o’rganishi va ularga yechim topishi tartibi joriy etilib, mahalladagi ishlarning holati vazirlik, idora va hokimliklar faoliyatini baholashning bosh mezoni sifatida belgilansin; mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish va ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimi yaratilib, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko’rsatish, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali aloqalarni yo’lga qo’yish orqali mahallalarning xalq oldidagi nufuzi oshirilsin; mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining vakolatlari qayta ko’rib chiqilib, moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilsin; mahallalarning “o’sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimi samaradorligi oshirilsin; mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka ko’maklashish va o’qitish markazlari, tadbirkorlik obyektlari kabi infratuzilmani yaratish bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirilsin; mahallani joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash majlisida ko’rilishi majburiy bo’lgan masalalarni kiritishning samarali mexanizmlari yo’lga qo’yilsin; 6 fuqarolar tomonidan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildirish instituti joriy etilsin. Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi (M. Ubaydullayev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda keng jamoatchilik, shu jumladan mahalla tizimida ko’p yillik ish stajiga ega xodimlarni jalb qilgan holda mahalla faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi va yangilangan “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 4. Taraqqiyot strategiyasida ta’lim sifatini oshirish bo’yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda: a) 1-apreldan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so’mgacha bo’lgan to’lovlari daromad solig’idan ozod etilsin. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Davlat soliq qo’mitasi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga tegishli o’zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; b) o’rta ta’lim tizimini zamon talablariga moslashtirish maqsadida: umumiy o’rta ta’lim muassasalarida darsliklarni yangilash dasturini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 605 mlrd so’m ajratilsin; 141 mingta yangi o’quv o’rinlari yaratilsin va ularning soni 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazilsin. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi o’quv o’rinlarini yaratish va maktab o’quvchilarini kasb-hunarga o’qitish bo’yicha choralarni ko’rib borsin. 5. Taraqqiyot strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo’yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022-yilda: 7 a) hududlarda birlamchi tibbiy xizmatini “bir qadam” tamoyili asosida yo’lga qo’yib, 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika tashkil etilsin. Sog’liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda tegishli qurilish ishlarini 2022-yil yakuniga qadar yakunlash bo’yicha amaliy choralarni ko’rsin; b) Sog’liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda ikki oy muddatda xususiy tibbiyot tashkilotlarida Davlat budjeti hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolashga yo’llashning elektron axborot tizimi orqali ularga bepul tibbiy xizmatlarni ko’rsatish mexanizmi joriy qilinishini ta’minlasin. 6. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov) va Sog’liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar: 2022-yilda iqtidorli o’qituvchi va shifokorlarning ish haqlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshirish; xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda o’qituvchi va shifokorlarga malaka toifalarini berish tartibi tubdan qayta ko’rib chiqilishini ta’minlasin hamda malakani baholash uslubiyoti asosida adolatli va shaffof tizimni joriy etish bo’yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 7. Taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash bo’yicha belgilangan vazifalar doirasida: a) 2022-yilda yillik inflatsiya darajasini 9 foizgacha va 2023-yilda 5 foiz hamda fiskal taqchillikni 3 foizgacha pasaytirish choralari ko’rilib, keyinchalik inflatsiya va Davlat budjeti taqchilligi ushbu ko’rsatkichdan oshmasligi ta’minlab borilsin. Bunda, davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushi 60 foizgacha chiqarilsin. 8 2. Soliq ma’muriyatchiligida soliq targ’iboti va axborot- maslahat xizmatini rivoshlantirishning ahamiyati. Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan. Shu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni yig’ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq to’lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda, xususan: birinchidan, soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish holati soliq ma’muriyatchiligining shaffofligini, soliq solish masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda nazorat samaradorligini, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlamayapti. Soliq to’lovchilarning, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlarining ularga to’g’ridan to’g’ri muloqotsiz xizmat ko’rsatishni ta’minlaydigan “soliq to’lovchining shaxsiy kabineti”dan foydalanish manfaatdorligini oshirish bo’yicha faol ish tashkil etilmagan; ikkinchidan, soliq organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi soliq solish obyektlarini to’liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek soliq va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida yig’ish uchun mavjud resurslarni safarbar qilish imkonini bermayapti; uchinchidan, soliqqa oid huquqiy munosabatlarning ahvoli va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, soliq siyosatining o’rta muddatli va istiqbolli yo’nalishlarini ishlab chiqish, soliq solishning dolzarb muammolarini tadqiq etish, shuningdek budjetga soliq tushumlarini ishonchli prognozlashtirish faoliyati takomillashtirishni talab qilmoqda; 9 to’rtinchidan, soliq nazoratini tashkil qilish mexanizmlarining mukammal emasligi, shu jumladan soliq tekshiruvi obyektlarining zarur tahlilsiz belgilanishi soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni barvaqt profilaktika qilish samaradorligini pasaytirmoqda; beshinchidan, soliq nizolarini sudgacha hal etish – soliq apellatsiyasi instituti imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi soliq to’lovchilarning sud organlariga murojaatlari ko’payishiga olib kelmoqda; oltinchidan, soliq solish tizimining murakkabligi va bir xil soliq solish bazasiga ega soliqlarning yetarli darajada unifikatsiya qilinmaganligi, soliq qonunchiligining o’zgaruvchanligi soliq to’lovchilar tomonidan o’z soliq majburiyatlarini to’liq bajarish imkonini bermayapti; yettinchidan, soliq organlarining Davlat budjetiga tushumlar to’liqligini ta’minlash faoliyati ustidan tashqi nazorat mexanizmlarining mavjud emasligi soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig’iluvchanligini oshirish va soliq to’lovchilarni hisobga olish imkonini bermayapti; sakkizinchidan, soliq to’lovchilarning soliqlarni to’lash bo’yicha o’z konstitutsiyaviy burchini ixtiyoriy bajarishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan, ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni takomillashtirish talab etiladi; to’qqizinchidan, bozorlar va savdo komplekslari faoliyati ustidan samarali soliq nazorati o’rnatilmaganligi mahalliy budjetlarni to’ldirish uchun mavjud rezervlarni to’liq safarbar qilish, shuningdek naqd pul mablag’larining kafolatli qaytishini ta’minlamayapti; o’ninchidan, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni yig’ish ko’rsatkichlarini yaxshilash, korrupsiya ko’rinishlarini profilaktika qilish, shuningdek soliq organlarida xizmat qilishga halol va yuqori malakali kadrlarni jalb etish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag’batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. 2017 — 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha   Harakatlar strategiyasidagi   soliq solish tizimini 10 izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh etishning muhim yo’nalishlari hisoblansin: birinchidan, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va ilg’or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to’lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga to’g’ridan to’g’ri muloqotsiz elektron xizmat ko’rsatishga to’liq o’tish; ikkinchidan, soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazaning o’z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog’liq bo’lgan ishonchli axborotni o’z muddatida taqdim etish bo’yicha mas’uliyatini kuchaytirish; uchinchidan, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to’lovchilarga har tomonlama ko’maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to’lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish; to’rtinchidan, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish obyektlarini to’liq qamrab olishni ta’minlash va soliq solinadigan bazani kengaytirish bo’yicha samarali chora- tadbirlarni amalga oshirish; beshinchidan, faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama ko’maklashish, past rentabelli va zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog’lomlashtirish, o’zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo’l qo’ymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish; oltinchidan, soliq solish masalalarida, shu jumladan respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishning qo’shimcha zaxiralarini aniqlash orqali 11 moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish; yettinchidan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, soliq organlarini ma’naviy- axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlar bilan to’ldirish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o’tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish. 2. Belgilansinki, 2018-yil 1-yanvardan: soliq organlari va halol soliq to’lovchilar o’rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko’maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringi joriy etiladi; Oldingi   tahrirga   qarang. (2-bandning uchinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli   Farmoniga   asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son) vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to’qnash kelgan halol soliq to’lovchilar – xo’jalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq ta’tillari berilishi mumkin; o’tkazilgan kameral nazorat natijalari bo’yicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq to’lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etiladi; ortiqcha to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni qaytarish yoki hisobga olish soliq to’lovchi vakolatli organlarga murojaat etgan sanadan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi; davlat soliq xizmati organlariga kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xo’jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalarini 5 bank kunigacha bo’lgan muddatga vaqtinchalik to’xtatib turish vakolati beriladi; Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida soliq organlariga hisob- kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimida berilishini ta’minlaydigan 12 nazorat-kassa mashinalarini qo’llash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi, respublikaning qolgan hududlarida mazkur tizim bosqichma-bosqich kiritiladi; soliq tekshiruvi obyektlarini samarali tanlab olish uchun soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish, shuningdek soliq organlari tomonidan yuqori likvidli mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish hajmining doimiy hisobi va nazoratini amalga oshirish bo’yicha ixtisoslashtirilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi; davlat soliq xizmati organlari xo’jalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshiradi, natijasi bo’yicha soliq solinadigan bazani aniqlashtiradi. 3. Davlat soliq xizmati organlarining shtatlar sonini qisqartirish hisobidan cheklangan shtat soni 41 nafardan iborat bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasida O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning to’liqligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilsin, unga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin: soliq solish tizimi, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini tahlil qilish va baholash asosida budjet daromadlarini ko’paytirish zaxiralarini aniqlash va ularning safarbar etilishini ta’minlash; soliqlar turlari va hududlar kesimida soliq va bojxona to’lovlarining yig’iluvchanlik darajasini tizimli tahlil qilish, uning tarmoq va hududlar kesimida pasayishiga ta’sir etuvchi omillar va ularning oqibatlarini aniqlash; hududlarning o’ziga xos xususiyatlari va soliq to’lash salohiyatini hisobga olgan holda Davlat budjeti daromadlari prognoz ko’rsatkichlarining xolisligi va asosliligini baholash; soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazani to’liq qamrab olish ustidan qat’iy nazorat o’rnatish, manzilli yo’nalishlar va nazorat dasturlarini, shu jumladan soliq va boshqa moliya organlarining axborot tizimlari ma’lumotlarini tahlil va monitoring qilish asosida shakllantirish; 13 davlat organlari va tashkilotlarining soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazalarining ishonchliligini baholash; daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig’iluvchanligi va soliq to’lovchilar hisobining to’liqligini ta’minlashda moliya va soliq organlarining mas’uliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama ko’maklashish choralarini ko’rish. 4. Davlat soliq xizmati organlari faoliyati va soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o’rinlarda Dastur deb yuritiladi)   1-ilovaga   muvofiq tasdiqlansin. Dasturda ko’rsatilgan vazirlik va idoralar rahbarlari unda nazarda tutilgan tadbirlarning o’z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo’yilsin. Oldingi   tahrirga   qarang. (5-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF- 5620-sonli   Farmoniga   asosan o’z kuchini yo’qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son) Oldingi   tahrirga   qarang. (6-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF- 5620-sonli   Farmoniga   asosan o’z kuchini yo’qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son) Oldingi   tahrirga   qarang. (7-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF- 5620-sonli   Farmoniga   asosan o’z kuchini yo’qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son) Oldingi   tahrirga   qarang. (8-band O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF- 5620-sonli   Farmoniga   asosan o’z kuchini yo’qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son) 14 9. Soliq qonunchiligi va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo’yicha Ishchi komissiya   2-ilovaga   muvofiq tarkibda tuzilsin. Ishchi komissiya (J.Qo’chqorov) Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Dasturda belgilangan muddatlarda kiritsin: soliq ma’muriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi hamda metodologiyasini tubdan takomillashtirishni; xo’jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning soliq yukini yanada kamaytirishni; xo’jalik yurituvchi subyektlarni “yirik soliq to’lovchilar” toifasiga kiritish mezonlarini belgilashni; bir xil soliq solish obyektlariga ega bo’lgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni birlashtirishni; soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo’llash uchun qo’shimcha mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etishni va ushbu miqdor oshgan korxonaga, kichik tadbirkorlik subyekti maqomini saqlab qolgan holda, qo’shimcha soliq majburiyatlarini belgilashni; borish qiyin bo’lgan va tog’li tumanlarda faoliyatini amalga oshiradigan, shuningdek dehqon bozorlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini optimallashtirishni; alkogolli mahsulotlar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlarni chakana sotish huquqi uchun yig’imning hududlar bo’yicha tabaqalashtirilgan stavkalarini; halol, shu jumladan ish o’rinlarini va mehnatga haq to’lash fondini legallashtiradigan soliq to’lovchilarni rag’batlantirish choralarini joriy etishni; Internet tarmog’ida savdo va xizmatlar ko’rsatish sohasida soliq nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etishni; davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag’batlantirish mexanizmlarini takomillashtirishni; 15 O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Soliq akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirishni. 10. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-yanvariga qadar: soliq to’lovchilarga davlat soliq xizmati organlarining barcha davlat xizmatlaridan, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron foydalanish imkoniyatini ta’minlasin; soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq nazoratini takomillashtirish maqsadida soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga taqdim etiladigan axborotning mazmunini tanqidiy qayta ko’rib chiqsin; barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, shu jumladan “Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasi, statistika, adliya, prokuratura organlari, sudlar, “O’zbekenergo” AJ va “O’ztransgaz” AK korxonalarining soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin; tadbirkorlik subyektlarini elektron raqamli imzo bilan to’liq ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin. 11. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat soliq qo’mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat organlarining soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi ishonchliligini auditdan o’tkazsin. 12. 2018-yil 1-yanvardan boshlab davlat soliq xizmati organlari xodimlariga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 31- oktabrdagi 312-son   qarorining   amal qilishi tatbiq etilsin. 13. 2021-yil 1-yanvarga qadar O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Dasturni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro’yxat bo’yicha olib kiriladigan uskuna, dasturiy va moddiy- texnik vositalar bojxona to’lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvlari uchun yig’imlardan tashqari) to’lashdan ozod etilsin. 16 14. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, Hisob palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: ikki hafta muddatda O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari va Hisob palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha tashkiliy chora- tadbirlarni nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini; bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida takliflar kiritsin. 15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari V.A. Golishev va O.B. Murodov zimmasiga yuklansin. 17 3. Soliq ma’murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida” 2020-yil 30- oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Soliq xavfini boshqarish va yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq to’lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash tartibi to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilsin. 3. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlari 4-ilovaga muvofiq o’z kuchini yo’qotgan deb topilsin. 4. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi: soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligini ko’rsatuvchi faktlarni aniqlash va soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralarni qo’llash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni kuchaytirishga qaratilgan o’z vaqtida choralarni ko’rsin; bir oy muddatda O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko’zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan “Soliq hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqishni va joriy etilishini ta’minlasin; O’zbekiston Milliy axborot agentligi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritib borsin; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 18 5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha o’rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo’chqorov, O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin. 1 Ushbu Nizom soliq organlarida soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to’lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo’yicha toifalash tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi: aniqlangan soliq xavfi — “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi (keyingi o’rinlarda — Dastur) orqali aniqlanadigan soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari; potensial soliq xavfi — aniqlanmagan, biroq uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud bo’lgan soliq xavfi; Oldingi   tahrirga   qarang. soliq majburiyati — soliq to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari bilan soliq to’lovchilarga yuklangan soliq va yig’imlarni to’g’ri hisoblab chiqarish hamda o’z vaqtida to’lash majburiyati; soliq to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari bilan soliq agentlari tomonidan soliqlarni to’g’ri hisoblab chiqarish, soliq to’lovchilardan ushlab qolish va o’z vaqtida o’tkazish majburiyati; (2-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) soliq to’lovchilarni segmentlash — soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to’liq bajarmaslik xavf darajasiga qarab soliq to’lovchilarni muayyan toifalarga ajratish; soliq xavfi — budjet tizimiga soliq va yig’imlar (keyingi o’rinlarda — soliqlar) to’lanmasligi yoki to’liq to’lanmasligiga olib kelishi mumkin bo’lgan, soliq to’lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to’liq bajarmaslik ehtimoli; 19 soliq xavfi darajasi — xavfning yuzaga kelish ehtimoliga va uning bo’lishi mumkin bo’lgan oqibatlariga bog’liq tarzda aniqlanadigan xavfning holati; soliq xavfi darajasi mezonlari — soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to’liq bajarmaslik xavfini baholash va keyinchalik soliq to’lovchilarni (soliq agentlarini) xavf darajasiga qarab toifalarga ajratish imkonini beruvchi mezonlar majmui; Oldingi   tahrirga   qarang. soliq xavfi tahlili — soliq organlarida mavjud bo’lgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va soliq to’g’risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish; soliq xavfini baholash — xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda soliq to’g’risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borish; soliq xavfini boshqarish — xavfning oldini olish, bartaraf etish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qo’llanilish samaradorligini baholash, shuningdek, soliq to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari bajarilishi ustidan nazorat qilish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, soliq organlarida mavjud axborot uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta ko’rib chiqilishini nazarda tutuvchi tizim. (2-bandning to’qqizinchi — o’n birinchi xatboshilari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 3. Quyidagilar soliq organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo’llash maqsadlari hisoblanadi: yuqori xavfga ega bo’lgan sohalarga e’tiborni jamlash va soliq organlari tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash; soliq solish sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash imkoniyatlarini oshirish; faoliyati bo’yicha soliq xavfi past deb aniqlangan soliq to’lovchilarga (soliq agentlariga) (keyingi o’rinlarda — soliq to’lovchilar) nisbatan soliq nazoratini minimallashtirish; 20 soliqqa oid huquqbuzarliklarni, shuningdek, soliq tekshiruvlarini o’tkazishga tanlab olinadigan soliq to’lovchilarni inson omilisiz avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot orqali aniqlash imkoniyatlarini yanada kengaytirish; soliq xavfi darajasidan kelib chiqib soliq to’lovchilarga nisbatan soliq tekshiruvlari shakllarini belgilash. 4. Soliq xavfini boshqarish tizimi strategiyasi va taktikasini, axborot yig’ish va uni qayta ishlash, soliq xavfini tahlil qilish va baholash, soliq xavfini boshqarishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi (keyingi o’rinlarda — Davlat soliq qo’mitasi) tomonidan belgilanadi. 21 2-bob. Soliq xavfini tahlil qilish tartibi 5. Soliq xavfini tahlil qilish va natijalarini baholash dasturiy mahsulotni qo’llash orqali amalga oshiriladi. 6. Soliq xavfini tahlil qilish maqsadida ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan manbalardan olingan ma’lumotlar asosida quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: xarajatlar va daromadlar miqdori, ularning dinamikasi, soliq majburiyatlari o’z vaqtida bajarilishi, joriy soliq davrida hisoblangan soliqlarning avvalgi soliq davrlarida hisoblangan soliqlar miqdoriga muvofiqligi (kamayishi, ko’payishi); davlat organlari va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlardagi ko’rsatkichlarning soliq to’lovchilarning soliq va moliyaviy hisobotlaridagi ko’rsatkichlariga muvofiqligi; Oldingi   tahrirga   qarang. foydalanilgan soliq imtiyozlarining soliq to’g’risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi; (6-bandning to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) sof foydaning sof tushumga (tovarlar va xizmatlar realizatsiya qilishda olingan daromad aksiz va qo’shilgan qiymat solig’isiz hisoblangan summa) nisbati sifatida aniqlanadigan rentabellik ko’rsatkichi hamda sof foydaning xarajatlarga nisbati kabi rentabellik ko’rsatkichi. 7. Soliq xavfi quyidagi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi: soliq to’lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlar, shuningdek, soliq to’lovchilarning shaxsiy kartochkalarida aks ettirilgan ma’lumotlar; O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (keyingi o’rinlarda — Soliq kodeksi), O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoni hamda “O’zbekiston 22 Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2012-yil 30- oktabrdagi PQ-1843-son qaroriga asosan davlat organlari, muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlar; xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari tomonidan o’zaro axborot almashish borasida tuzilgan bitimlar doirasida taqdim etilgan ma’lumotlar; ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar; o’tkazilgan soliq tekshiruvlari materiallaridagi ma’lumotlar; sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo’yicha aniqlangan ma’lumotlar (hukm, qaror, ajrim, hal qiluv qarori va boshqa hujjatlar); soliqqa oid huquqbuzarlik faktlari to’g’risida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari; statistika organlaridan olingan ma’lumotlar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar. 23