logo

Mehnat ko’rsatkichlari tizimi, ularning ishlab chiqarish jamoalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilishdagi ahamiyati va o’rni

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

95.5 KB
Mehnat ko’rsatkichlari tizimi, ularning ishlab chiqarish jamoalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilishdagi ahamiyati va o’rni Reja: 1. Ishlab chiqarishni boshqarishning turli darajalarida mehnat ko’rsatkichlari tuzilishi 2. Ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini aniqlashda mehnat ko’rsatkichlarining ahamiyati 3. Mehnat ko’rsatkichlarini tahlil qilishning mohiyati, vazifasi va usullari 4. Kompleks ta h lil, operativ nazorat va ta h lil ishlarini tashkil qilishga qo’yiladigan talablar 1. Ishlab chiqarishni boshqarishning turli darajalarida mehnat ko’rsatkichlari tuzilishi Har bir ishlab chiqarish jamoasining ishiga doir mehnat ko’rsatkichlari bir - biri bilan o’zaro bog’liq ikki guruhga bo’linadi : direktiv (yo’l - yo’riq tarzidagi) ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish (korxona) ichidagi (hisob - kitob) ko’rsatkichlar. Birinchi guruhga kiruvchi ko’rsatkichlar nazorat raqamlari yoki uzoq muddatli normativlar tarzida davlat organlari tomonidan belgilanadi. Ayrim ko’rsatkichlar (masalan, mehnat unumdorligi) mutlaq miqdorda, boshqa ko’rsatkichlar (ish haqi jamg’armasi, moddiy rag’batlantirishning yagona jamg’armasi) normativlar tarzida belgilanadi. Direktiv ko’rsatkichlar ularni belgilagan tashkilot tomonidangina o’zgartirilishi mumkin. Lekin bu narsa ishlab chiqarish jamoalarining tashabbusini cheklab qo’ymaydi, chunki direktiv ko’rsatkichlar ular tomonidan oshirib ado ham etilishi mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish sohasidagi topshiriqlarni oshirib bajarish taqiqlanmaydi, balki qo’shimcha ravishda rag’batlantiriladi, shuningdek, ishlab chiqarish rejasini kam sonli x odimlar kuchi bilan bajarish ham rag’batlantirishga loyiq. Ishlab chiqarish ichki ko’rsatkichlari direktiv ko’rsatkichlardan kelib chiqqan holda hisoblash yo’li bilan aniqlanadi. Masalan, o’rtacha ish haqi miqdorini h odimlar soniga bo’lish bilan hisoblab chiqiladi. Ko’rsatkichlar rejalashtirilgan va hisobot ko’rsatkichlariga bo’linadi. Ular miqdorining bir - biridan farq qilishi sabablarini aniqlash iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichi mahsulot ishlab chiqarish hajmidir. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining indeksi (Mh) quyidagi formula bilan aniqlanadi:Му Хс Мщ   (1)  Bu yerda: Xs – xodimlar soni indeksi; Mu – mehnat unumdorligi indeksi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishga xodimlar sonini ko’paytirish hisobiga ham, mehnat unumdorligini oshirish hisobiga ham erishish mumkin. Birinchi yo’l ekstensiv rivojlanishni bildiradi. Unga faqat yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini ishga tushirish bilan erishish mumkin. Bu holda xodimlar soni indeksi quyidagicha hisoblanadi:Му Мщ Хс  ; Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish mehnat unumdorligini oshirish bilan ta’min etilishi lozim. U mavjud x odimlar sonini saqlab qolishni emas, balki qisqartirish imkonini ham beradi. Mehnat unumdorligini oshirishning zarur o’lchovi quyidagicha hisoblanadi: Хс Мщ Му  ; Mehnat unumdorligini oshirish mahsulot ishlab chiqarish reja topshiriqlarini baj a rishni mavjud x odimlar yoki kamroq x odimlar bilan ta’min etish imkoniyati ni beradi va unga quyidagi yo’llar bilan erishiladi:  texnikaviy, tashkiliy va shaxsiy (ijtimoiy) omillar hisobiga mahsulotga mehnat sarfini kamaytirish yo’li bilan;  mehnat potensialidan foydalanishni yaxshilash bilan. Ko’rsatib o’tilgan omillar guruhi tarkibi «Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi» kursida batafsil o’rganiladi, shu sababli, ularni sinchiklab qarab chiqishga zarurat yo’q. Faqat asosiy e’tiborni mehnat unumdorligi ko’rsatkichining korxona va birlashmalar ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlari bilan bog’liqligiga qaratmoqchimiz. Masalan, texnika bilan qayta qurollantirish(yangi texnika, texnologiyani joriy etish, qo’l ishlarini mexanizasiyalash va h.k.lar)ning mehnat unumdorligiga ta’sir ko’rsatishi ish o’rnidagi operasiyaga mehnat sarfini kamaytirish, brigadadagi mehnat jarayoniga, uchastka va sexdagi uzelga, korxona, birlashmadagi tayyor mahsulotga mehnat sarfini yoki bosh boshqarma, vazirlikdagi mahsulotning 1 so’miga xarajatni kamaytirish bilan aniqlanadi. Mehnat salohiyati dan foydalanish samaradorligini oshirish, avvalo, ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash, uning tarkibini ixchamlashtirish bilan ajralib turadi va zavodlarda, tarmoqlarda kooperasiya bilan ishlab chiqarishning bir maromdaligi jadal rivojlantirish, mehnatni sog’lomlashtirish tadbirlari bilan chambarchas bog’liqdir. Direktiv mehnat ko’rsatkichlari ham , ichki ishlab chiqarish mehnat ko’rsatkichlari ham faqat o’zaro bog’liq bo’lib qolmasdan, shu bilan birga ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining boshqa ko’rsatkichlari, shuningdek, jamoani ijtimoiy rivojlantirish ko’rsatkichlari bilan ham bog’liqdir. Shu sababli har bir ko’rsatkichni tahlil etish unga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’rganishni kompleks tarzda ta’minlaydigan bo’lishi lozim. Mana oddiy bir misol: buyumning texnologik sermehnatlilik darajasi 9 % pasaydi, biroq bu pasayishni ta’minlaydigan tadbir rejada mo’ljallanganidek, yanvarda emas, balki iyul oyida o’tkazildi. Demak, mahsulot bir tekisda ishlab chiqarilganda yillik mehnat xarajatining pasayishi 4,5 % ni tashkil etgan. Lekin ko’rilgan talofat hajmini aniqlashning o’zi yetarli emas, e ng asosiysi, uni keltirib chiqargan sabablarni aniqlash zarur. Bu sabablar asbob-uskunaning o’z vaqtida yetkazib berilmaganligi, to’liq emasligi, montaj, sozlash va hokazo ishlarning kechikib ketganligi oqibati bo’lishi mumkin. Mehnat ko’rsatkichlari monitoringi boshqaruvning barcha bo’g’inlarida olib borilishi kerak va barcha bo’g’inlarda quyidagi ko’rsatkichlar belgilovchi hisoblanadi: mehnat unumdorligi, x odimlar soni va rag’batlantirish fondlari hajmi. Bunda faqatgina tahlil ko’lamlari va chetga chiqish sabablarini tekshirishni detallashtirish darajalari farqlanadi. Masalan, boshqaruvning yuqori pog’onalarida ishchilar soni tahlili rejadagi va haqiqiy ishchilar soni o’rtasidagi farq , ishchilar sonining ishlab chiqarish hajmlariga mos kelishi, kadrlar qo’nimsizligi bilan chegaralanadi. Korxona va tashkilotlarda bu ko’rsatkichlar differensiasiyalashadi. Masalan, faqatgina x odimlarning umumiy soni emas, balki ularning bo’limlar bo’yicha taqsimlanishi ham ko’riladi. Agar bir bo’linmada rejadan ortiq, boshqasida esa kam x odim bo’lsa, bu nomutanosiblikning sabablari topiladi. Shu bilan birga kadrlar almashinuvi va qo’nimsizligi ham tahlil qilinadi. Bunda ularning faqat mutlaq ahamiyati emas, balki bu jarayonni keltirib chiqaruvchi sabablar ham aniqlanadi. Kadrlar almashinuvi yoshi, jinsi bo’yicha kelib chiqqan bo’lishi mumkin(harbiy xizmat, farzandli bo’lish munosabati bilan ta’tilga chiqish). Bu ko’rsatkichga korxonadagi ishlab chiqarish va mehnatdagi kamchiliklar, noqulay sharoitlar, x odimlar o’rtasidagi ijtimoiy muhit ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Iqtisodiy tahlil natijalari boshlang’ich ma’lumotlarning to’g’riligiga, to’liqligiga va sifatiga bog’liq bo’ladi. Boshqaruvning yuqori pog’onalarida statistik hisobotlar boshlang’ich ma’lumot hisoblanadi. Mavjud statistik h isobotlar tahlil talablariga to’liq javob bermaydi, chunki undagi ma’lumotlar raqamli ko’rsatkichlarga moslashgan. Raqamli ko’rsatkichlarning ijobiy dinamikasi ketidan quvish qo’shib yozishlar, hisobotlarni buzib ko’rsatishga olib keldi. Ma’lumotlar juda ko’pligiga qaramay, xarajatlarning olingan natijalarga mos kelishini to’g’ri baholashni, ishlab chiqarish salohiyatidan qoniqarsiz foydalanish sababini aniqlashning iloji bo’lmagan. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi va xalq xo’jaligiga yangi investisiyalarning kirib kelishi natijasida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari ortishi tufayli statistik hisobotlarning obyektivligini ta’minlash bo’yicha bir qancha ishlar qilinishi zarur. Korxona va tashkilotlarda mehnat ko’rsatkichlarining tahlili uchun boshlang’ich ma’lumotlar birmuncha keng. Bu yerda statistik ma’lumotlar bilan birga buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, operativ hisobotlar, ijtimoiy tashkilotlar, iqtisodiy - texnikaviy va ijtimoiy tadqiqot ma’lumotlaridan ham foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ish haqi fondi, moddiy rag’batlantirish fondi, o’rtacha ish h aqi tuzilmalari va rag’batlarning ba’zi ko’rsatkichlarga ta’sirini ochib beradi. Operativ hisobotlar mikro travmatizm sabablarini, ish vaqti yo’qotishlari va boshqalarni aniqlashda qo’llaniladi. Ijtimoiy tashkilotlar materiallari eng ko’p tarqalgan ziddiyatli vaziyatlarning sabablarini aniqlash va ba’zi chora-tadbirlarning bajarilmaganligi sabablari haqida ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Maxsus tadqiqotlar (xronometra j lar, ish kuni fotografiyasi, anketalash, so’rovlar o’tkazish va h.k.lar) uskunalardan foydalanish, ish vaqti, ishlovchilar salohiyati, ishlab chiqarish jarayonlarining tuzilishini aniqlashdagi masalalarni yoritish maqsadida o’tkaziladi. Olingan ma’lumotlar batafsil kompleks tahlil o’tkazish imkonini beradi. 2. Ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini aniqlashda mehnat ko’rsatkichlarining ahamiyati O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotiga qadam qo’yishi bilan mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishni yaxshilash asosiy vazifalardan biri bo’lib qoldi. Chunki ishlab chiqarishni qayta qurollatirish, eskirgan uskunalarni zamonaviy, jahon talablariga javob beradigan tovarlar ishlab chiqarish mumkin bo’lgan yangi uskunalarga almashtirish uchun korxona va tashkilotlar o’z imkoniyatlaridan foydalanib, ish ko’rishlari kerak. Bu vazifani hal etishda iqtisodiy tahlil, avvalo, mehnat ko’rsatkichlarini tahlil qilish ma’lum darajada rol o’ynaydi, chunki ishlab chiqarishning oddiy elementlari tizimida, ya’ni mehnat vositalari, mehnat ashyolari va jonli mehnat tizimida bu oxirgi vosita hal qiluvchi ahamiyatga eg a . Faqat jonli mehnatgina mehnat vositalari va ashyolarida buyumlashgan o’tmish mehnatni harakatga keltira oladi. Ma’lumki, mashinalar, mexanizmlar, apparatlar, agregatlar va boshqa asbob- uskunalarning ishlash samaradorligi ulardan vaqt va quvvat jihatidan foydalanish koeffisiyentlari bilan ajralib turadi. Vaqt ko’rsatkichining smenalik koeffisiyenti jismoniy birliklar orqali ifodalangan mashinalar parki hajmini ishlab turgan mashinalar soniga bo’lish bilan aniqlanadi. Keyingi yillarda bu ko’rsatkich doimiy ravishda pasayib ketmoqda. Umuman olganda, bir qator korxonalarda asbob- uskunalar bir smenada ishlagani sababli ishlab chiqarish hajmi va fonddan olinadigan samara pasaydi. Asbob-u s kunalarning ma’naviy eskirish darajasi jismoniy eskirish darajasidan o’zib ketdi, natijada texnikaviy rivojl a nishda orqada qolish ro’y berdi. D astgohlarning quvvati bo’yicha qo’llanilayotganiga to’xtalsak , ushbu ko’rsatkich tahlili va hisoboti a’lo darajada emas va olinayotgan hisobot ma’lumotlari ham juda shubhali . Shuning uchun bu ko’rsatkichni aniqlash Mehnat ko’rsatkichlari monitoringi jarayonida olib borilishi mumkin. Dastgohlarning almashuv-navbat ish koeffisiyenti kun davomida bajarilgan ishni ko’rsatadi. Lekin muayyan navbatda yuklatilgan ish vazifasini ko’rsatmaydi. Yuklatilgan ish vazifasini faqat smena vaqtini o’rganish orqali aniqlasa bo’ladi. Shunday qilib, dastgohchining ish kuni balansida ish vaqti 70-80 % ni tashkil etsa, smena jarayonida dastgoh tegishli vaqtning 20-30 % ida bo’sh turadi. Biroq operativ vaqt tuzilmasi tahlili shuni ko’rsatadiki, avtomat- mashina ning vaqt ulushi 50 % n i tashkil etadi, tezlashtirilgan kesishni qo’llayotgan ishchiniki esa atigi 10 %. Birinchi vaziyatda dastgoh vaqtning teng yarmidan kamroq ish bajaradi , i kkinchisida 1 soat kam . Natijada ishchi mehnati mashinada bo’la turib, qo’l mehnati ga aylanib qolmoqda. Shuning uchun amaliyotda dastgohni qo’llash vaqti hisobot ma’lumotlariga to’g’ri kelmaydi. Dastgohning to’la quvvati bo’yicha haqiqiy ishlatilishini nazariy va amaliyotdagi ishlab chiqarish bo’yicha bilish mumkin emas, chunki bu nday taqqoslashni dastgohlar qismlari bo’yicha olib borish mumkin . Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar ko’pincha loyiha ko’rsatkichlarini berkitishadi. Aniqroq ma’lumotlar dastgohning ish rejimi tahlili orqali bilinishi mumkin. Masalan, uzunasiga o’yuvchi dastgoh o’z quvvati bilan bir vaqtning o’zida 4 ta supporti bilan ishlashi mumkin, lekin u bittasida ishlamoqda. Ko’p funksiyali dastgohlar nafaqat kichik ishlab chiqarishda, balki seriyali ishlab chiqarishda ham kam qo’llaniladi. Dastgohlarning texnologik xaritalarida oqilona ish rejimi ko’pincha ko’rsatilmaydi , shu sababli ishchilar uni o’z xohishiga ko’ra o’rnatishadi. Odatda, bunday rejimlar oqilona ish rejimi ko’rsatkichidan pastroq bo’lganligi uchun ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi. Ishbay ish haqi tizimi ta’sirida ishchilar asoslanmagan yuqori ish rejimlarini qo’llaydilar, natijada dastgohlar tez eskiradi va ta’mirlash uchun qo’shimcha xarajat talab qiladi, ba’zan esa ular avariyaviy to’xtab qolishlari, ta’mirlashni talab etishiga, umuman, ishdan chiqishiga asosiy sabab bo’ladi. Mehnat ko’rsatkichlarini tahlil qilish texnik - texnologik salohiyatga yanada aniqroq baho berish, texnikadan foydalanishni yaxshilash zahiralarini aniqlashga imkon yaratadi. Mehnat ashyolaridan foydalanish darajasi mahsulot tannarxida va binobarin, ishlab chiqarishni rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va uy-joy qurilishi, moddiy rag’batlantirish fondlarining manbai bo’lgan foyda miqdorida aks etadi. Xom ashyo, materiallar, sotib olingan buyumlardan oqilona foydalanmaslik ularni saqlash, sarflash normalari, texnologiya chiqindilari hajmi bilangina emas, shuningdek, mehnat salohiyati ning sifati, ishlovchilar kasbi, malaka tarkibining ishlab chiqarish talablariga mos kelmasligi bilan ham bog’liqdir. Qayerdaki malaka oshirish va ilg’or ishlab chiqarish tajribasini yoyish masalalariga yetarli e’tibor berilmasa, o’sha joyda yaroqsiz (brak) mahsulot ishlab chiqarish darajasi yuqori bo’ladi, a’lo sifatli mahsulot miqdori kamayib ketadi. Buxgalteriya hisobi yaroqsiz mahsulot tufayli ko’rilgan zararning miqdorini to’liq aks ettira olmaydi, chunki u faqat uzil-kesil va tuzatib bo’lmaydigan yaroqsiz mahsulotni hisobga oladi. Tuzatilishi mumkin bo’lgan bunday mahsulot esa hisobga olinmaydi, chunki uni tuzatishga haq to’lanmaydi. Ishlab chiqarilgan yaroqsiz mahsulot hajmi faqat ish vaqtidan foydalanishning ish kunini suratga olish materiallari, fotoxronometraj kuzatishlari kabi turini tahlil qilish asosidagina aniqlanishi mumkin. Materiallardan oqilona foydalanish darajasi ishchilarning ish haqi jamg’armasidan foydalanish jarayonini tahlil qilish asosida aniqlanadi. Bunda texnologiyadan chetga chiqishda to’langan qo’shimcha haqlarning miqdori hisoblab chiqiladi. Ko’pincha bu to’lovlar material uchun qayta haq to’lash davomidagi qo’shimcha jarayonni qisqartirish, bir materialni boshqasiga almashtirish bilan bog’liq bo’lib, bu, ishlov berishda ko’p mehnat talab qilishi va qimmatga tushishi mumkin. Qo’shimcha haq naryadlari bo’yicha qirindiga aylangan metall miqdori aniqlanadi. Ish vaqtida foydalanish jarayonini tahlil etishda material va texnika bilan ta’minlashdagi uzilishlar, smena ichidagi bekor turib qolish sabablari aniqlanadi. Kooperasiya bo’yicha olinadigan material, asboblar, butlovchi buyumlarning yetishmasligi natijasida bekor turib qolishlar miqdorini ishlangan vaqtga qiyoslash mehnat unumdorligini oshirishga aynan shu sababga ko’ra erishilmaganini aniqlash imkonini beradi. Shaxsiy omil ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati barcha ko’rsatkichlariga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Masalan, mehnatni brigada usulida tashkil etish keng tarqalganligi, ayniqsa, kompleks brigadalarning faoliyat ko’rsatishi faqat ish vaqti unumsiz sarf bo’lishini qisqartiribgina qolmasdan, shu bilan birga smenada ishlab turganda topshirish hisobiga asbob-uskunalardan foydalanishni yaxshilash, ko’p stanokli ishlarni qo’shib bajarish, brigadaga biriktirilgan texnikaga aniq ta’mirlash- profilaktika xizmati ko’rsatish imkonini ham beradi. Texnikaning nuqsonsiz ishlab turishi uni ta’mirlashga sarflanadigan mablag’ining qisqarishiga, demak, mahsulot tannarxining ham kamayishiga olib keladi. Yuqorida k o’ rsatilgan barcha ma’lumotlar me hnat ko’rsatkichlariga tegishli bo’lib, xalq xo’jaligi, birlashmalar, korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini qo’llashga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida mehnat ko’rsatkichlarining chuqur tahlili vaqt talabi dir . 3. Mehnat ko’rsatkichlarini tahlil qilishning mohiyati, vazifasi va usullari Boshqaruvga doir har bir qaro r dan oldin ilgari qabul qilingan qarorlarning samaradorligiga baho berish ishlari ado etilishi lozim. Boshqacha aytganda, iqtisodiy tahlil iqtisodiy tadqiqotlarning alohida bir turi, iqtisodiy-xo’jalik faoliyati va boshqaruvga doir qarorlar samaradorligini tekshirish vositalaridan biridir. «Tahlil» atamasining ma’nosi bir butunni tarkibiy qismlarga ajratishni anglatadi. Bundan maqsad ularning o’zaro aloqalarini, o’zaro ta’sir etish kuchini ochib berish, ulardan har birining zarurlik darajasini aniqlashdan iborat. Agar tadqiq qilish sintezni, ya’ni sifat jihatidan yangi belgilarga ega bo’lgan bir butun narsaga ega bo’lish uchun (ajratilgan elementlarni) turli kombinasiyalarga birlashtirishni o’z ichiga olmasa, bunday tarkibiy qismlarga ajratish kam naf keltiradi. Binobarin, ayrim elementlarga ajratish va ularning yanada ixcham yangi kombinasiyasini olish jarayonlarining buzilmas birligi iqtisodiy tahlil mazmunini tashkil etadi. Mehnat ko’rsatkichlarini tahlil qilish jarayonida mehnatdan foydalanishga baho beriladi va uni yaxshilash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mehnat ko’rsatkichlarini tahlil qilishga doir asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:  mahsulotga sarflanadigan mehnat hajmini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish sohasidagi reja-topshiriqlarning asoslanganligini chuqur tekshirish;  rejalashtirilgan mehnat ko’rsatkichlariga ularning muvozanatli va bog’liqligi nuqtai nazaridan baho berish, shuningdek, ularning moddiy va mehnat resurslari bilan ta’min etilganligiga baho berish:  mehnat rejasida belgilangan topshiriqlarning bajarilishini tekshirish va erishilgan natijalarning rejadan chetga chiqish sabablarini aniqlash:  tashkiliy-texnik tadbirlar samaradorligi to’g’ri hisoblanganligini, uning mehnat normalarida aks etganligini va haqiqatda erishilgan samaradorlikning hisob-kitob samaradorligidan chetga chiqish sabablarini aniqlash;  mehnatni tashkil etishning ahvoli va uning darajasiga baho berish, bunda albatta, ish vaqtidan foydalanish ko’rsatkichlarini ajratib ko’rsatish, qo’l mehnati, birinchi navbatda, jismoniy mehnat qisqarganligini qayd qilish, ish o’rinlari attestasiya qilinganligi, mehnatni tashkil etishning brigada shakliga baho berish ;  mehnat ko’rsatkichlarini yaxshilashning foydalanilmagan zahiralarini aniqlash, ular hajmining ishlab chiqarish hajmiga va mahsulot tannarxi kamayishiga ta’sir ko’rsatishini aniqlash;  ishlab chiqarishning shaxsiy omildan foydalanishini yaxshilash sohasidagi ishlar samaradorligiga baho berish, mehnat potensiali hajmi va tarkibini, mehnatni rag’batlantirish va sog’lomlashtirish tizimini, jamoadagi psixologik vaziyatni tahlil etish;  jadal, joriy va istiqbolni ko’zlab rejalashtirish va boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish uchun zarur materiallar to’plash;  mehnat ko’rsatkichlarining barcha turlari (direktiv va ishlab chiqarish ichidagi) bo’yicha reja topshiriqlarini ko’p variantli hisob - kitoblar negizida asoslab berish, iqtisodiy va ijtimoiy mezonlar bo’yicha eng yaxshi variantlarni tanlab olish. Shunday qilib, mehnat ko’rsatkichlarini tahlil qilishning asosiy vazifasi brigadadan tortib birlashma va tarmoqqacha bo’lgan jamoalarda ishlab chiqarish- xo’jalik faoliyatini rejalashtirishning asoslanganlik darajasini oshirishdan, uni boshqarishni takomillashtirishdan iborat. Tashkiliy ishlar vazifalari va yo’nalishlarining ana shunday keng ko’lamli ekanligi ularni amalga oshirishning turli-tuman usul va uslublaridan foydalanishni nazarda tutadi. Iqtisodiy tahlil usullarini yorituvchi iqtisodiy adabiyotlarda tahlil qilish usullari va uslublarini chegaralash masalasi, odatda, yetarli darajada bayon qilinmaydi. Masalan, zarur ko’rsatkichlarni hisoblash usullari va uslublari aralashtirilib yuborilgan, ayrim usullar, uslublar, deb ataladi. O’quv kurslarini o’rganish jarayonida talabalar usul (metod) va uslub (priyem) tushunchalari bilan tanishadilar. Usul, umuman olganda, muayyan ishni bajarish uslubini bildiradi. U turli yo’llar va zarur texnik vositalar majmuini o’z ichiga oladi. Mehnat ko’rsatkichlarini tahlil qilishga tatbiq etganda, usul deganda, korxona tomonidan qo’yilgan maqsadga erishish sohasidagi faoliyatga baho berish yo’li tushuniladi. Bunda muayyan tashkiliy-texnikaviy sharoitdagi mazkur mehnat potensiali mavjud bo’ladi. Obyektiv baho deb da’vo qiluvchi har qanday baho nima yaxshi va nima yomon, degan subyektiv tasavvurga emas, balki qat’iy qayd etilgan etalonga tayanishi lozim. Etalon sifatida nima qabul qilinishiga qarab ikki usul - qiyosiy va taqqoslash usullari qo’llaniladi. Birinchi holda etalon sifatida reja ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Haqiqiy va rejalashtirilgan ko’rsatkichlarni qiyoslash nisbat va manfiy chetga chiqishlarning miqdorini aniqlash imkonini beradi. Bunda tahlil vazifasiga manfiy chetga chiqishlarning sabablarini aniqlash va ana shu salbiy holatlarni tugatish tadbirlarini ishlab chiqish kiradi. Rejaning asoslanganligi tekshirilmaydi (u etalon sifatida qabul qilingan), lekin musbat chetga chiqishlarning mavjudligi unda rejalashtirish chog’ida imkoniyatlar mavjudligi hisobga olinmaganligidan dalolat beradi. Erishilgan natijadan rejalashtirishda haqiqiy ko’rsatkichlar muayyan oshirish bilan kelgusi yil rejasiga kiritilgan. Shunday qilib, tahlil qilishning qiyosiy usuli jamoaning mehnat potensialidan qay darajada to’liq foydalanilgan, degan savolga javob bermaydi. Bir majmuali ishlab chiqarish korxonalari, o’rta majmuali yoki hisob ko’rsatkichlari eng oliy guruh ko’rsatkichlari bo’lib, qiyosiy usulda qo’llaniladi. Ko’pincha bu tahlil usulini iqtisodiy adabiyotlarda korxonalararo yoki xo’jaliklararo usul, deyiladi va xato qilib, taqqos deyiladi. Taqqos miqdoriy tomonini ta’minlaydi, ya’ni, past, baland, ko’p-kam va boshqalar. Qiyos esa muayyan sifat xususiyatlari bo’yicha, miqdoriy parametrlar bahosini ko’rsatadi. Shunday qilib, bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi ikkita korxonaning qiyosi yo’q, chunki, ularning tashqi kooperasiya darajasi bir xil emas. Bu ko’rsatkichlarning to’g’ri qiyosini ta’minlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga kooperirlangan to’g’rilash lozim. Shunga ko’ra, A korxonasining kooperasiyalashgan yetkazib berishlari V korxonadagiga qaraganda ko’p bo’lsa, u holda bir xil mahsulot ishlab chiqarishda ish hajmi birinchi korxonadagidan ko’proq bo’ladi. Ko’payish hajmi T r.p quyidagi formula bilan aniqlanadi:100 Ка 100 Кб Ка .п.р.Т     Bu yerda: Ka va Kb – A va V korxonalarning kooperasiyalashgan yetkazib berishlari salmog’i. Korxonalararo usuli ham aniq emas, chunki qiyosiy tahlilni korxonalar va fan bilan shug’ullanuvchi birlashmalarda ham qo’llash mumkin. Bu tahlilning qo’llanishi korxonalar bir xil xususiyatga, ishlab chiqarishga, texnik va energiya ta’minoti ko’rsatkichlari vaziyatida qo’llanishi, hatto, se x va korxonalarning bir xil yoki turli majmualar bo’yicha ish ini qiyos lash mumkin , lekin ko’rsatkichlar doirasi cheklangan bo’lishi lozim. Murakkab ko’rsatkichlar k o’pincha yirik korxonalarga tegishli bo’l adi . Qiyoslash bo’yicha korxonalar uch guruhga bo’lingan: bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi, o’xshash mahsulot va har xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar . H ar bir guruhning o’zi 2 ta kichik guruhga bo’linadi: turi va o’lchovi bo’yicha o’xshash; turi bo’yicha o’xshash, lekin o’lchovi bo’yicha turlicha. Taqqoslash usuli bilan tahlil qilish quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi: taqqoslanadigan mazkur guruhdagi har bir korxona (birlashma)ning reja topshiriqlari asoslanganligi va jiddiyligiga baho berish; turli korxonalar va ularning bo’linmalari faoliyatiga doir misollar asosida uzoq muddatli rejalashtirish asosini tashkil etadigan va uzoq vaqt amal qiladigan ilg’or texnik- iqtisodiy normativlar ishlab chiqish hamda asoslab berish; boshqaruvning brigadadan to vazirlikkacha bo’lgan turli tashkiliy darajalarida mehnat potensialidan oqilona foydalanishni aniqlash; ishlab chiqarishning texnika bilan ta’min etilish darajasini oshirish, texnologiyani takomillashtirish va turmush darajasini yaxshilashning ijtimoiy oqibatlariga baho berish. Tahlil usullarini boshlan g’ ich ma’lumotlar ustida ishlash usullari bilan almashtirish kerak emas,chunki oxirgisi universal xarakterda bo’lib,tahlilning ham umumiy, ham tabiiy jarayonlarida qo’llaniladi. Boshlang’ich ma’lumotlar ustida ishlash usullarga quyidagilar kiradi:  guruhlash – turli omillarga bo g’ liq hodisa-jarayonlarni tasniflash va ularni bir xil tasnif belgilari bo’yicha guruhlash;  balansli bog’lanishlar – mavjud yoki normativ resurslarga (buxgalteriya balansi, ish vaqti balansi va bosh.) xarajatlarning muvofiqligini aniqlash maqsadida o’zaro bog’liq ko’rsatkichlarni qiyoslash;  bog’liqliklarni topish – korreksiya, matematik modellar, dinamik qatorlar, empirik formulalar va h.k.lar;  zanjirli o’rin almashtirishlar-har bitta qo’shiluvchining o’rnini ketma-ket reja, haqiqat, hisobot o’lchovlar bilan ushbu ko’rsatkich tasir qiluvchi alohida olingan omillarni aniqlash. Iqtisodiy adabiyotlarda va amaliy faoliyatda tahlilning turli usullarini ajratib ko’rsatishadi – nisbatan yirik bo’lmagan doiradagi h aqiqatdagi ko’rsatkichlarni rejadagilar bilan tahlil qilish va barcha ko’rsatkichlar bo’yicha kompleks tahlil o’tkazish. Tahlillar o’tkazilish davri bo’yicha – kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yarim yillik va yillik natijalari bo’yicha bo’lishi mumkin. Tematik tahlil alo h ida guru h ga kiritiladi. U faoliyatning bir yo’nalishini ba h olash bilan bo g’ liq. Tematik ta h lil jarayonida chetga chiqish o’lchovi aniqlanadi, rejaning asosliligi tekshiriladi, chetga chiqishlar va yo’qotishlar sabablari topiladi. Kompleks tahlil o’tkazilayotganda tematik ta h lil materiallaridan foydalanish mehnat si g’ imini kamaytiradi. 4. Kompleks ta h lil, operativ nazorat va ta h lil ishlarini tashkil qilishga qo’yiladigan talablar Kompleks tahlilni, odatda, natijaviy tahlil deb ataydilar. Bunda tugallangan davr nazarda tutilmay, balki barcha mehnat salo h iyatini tashkil qiluvchilar va uni o’zgartirishi mumkin bo’lgan turli sharoitlar, talablar va omillarga asoslangan jamoa faoliyatiga natijaviy ba h o berish nazarda tutiladi. Natijaviy ta h lil quyidagi vazifalarni maqsad qilib qo’yadi:  mehnat salohiyatining sifati va o’lchovini to’la aniqlash hamda uning mazkur korxona imkoniyatlariga hajmi, tuzilmasi va sifati bo’yicha mos kelishi. Mehnat salohiyati o’lchovi jamoaning ish vaqti jamg’armasi yi g’ indisi bilan tavsiflanadi. Tuzilmasi – ishlab chiqarish personalining sexlar va xizmatlardagi nisbati bilan, sifati – umuman, korxona bo’yicha yoki ishlarning turlari bo’yicha turli razryaddagi ishlar va ishchilarning mavjudligi bilan tavsiflanadi;  mehnat salohiyatidan foydalanish darajasi va oqilonaligini ba h olash, undan kam yoki samarasiz foydalanilganlik sabablarini aniqlash, jonli me h natning to’ g’ ri yoki yashirin sarflari qiymat o’lchovini topish hamda ish vaqti jam g’ armasi yi g’ indisining potensial o’lchovidan chetlashish sabablarini aniqlash;  quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish vaqtidan oqilona foydalanilmaganlik va yo’qotishlar sabablarini guruhlash: tabiiy-iqlim (isitishga vaqt sarflash, iqlim tufayli ishni to’xtatish, tabiiy ofatlar oqibatlaridan keyingi ishlar); tashqi sabablar(yetkazib berish shartnomalarining buzilishi, xom ashyo texnik tasnifining buzilishi va h.k.lar); ishlab chiqarish sabablari(texnik, tashkiliy-ijtimoiy) va mamuriy-maishiy (sudlarga, harbiy komissariatlarga chaqirish, farzandlar kasalligi va boshqalar). Bunday guruhlash zarurdir, chunki h ar bir guruh bo’yicha yo’qotishlar sabablarining oldini olish turlicha bo’ladi;  har bir guru h bo’yicha yo’qotishlarning oldini olish samarasini ba h olash, joriy va istiqboldagi zahiralarni aniqlash hamda ulardan foydalanishni mos ravishda bo’limlarga topshirish (yuklash). Aniqlangan manfiy chetlanishlarni bartaraf etish uchun operativ qarorlar qabul qilish maqsadida operativ ta h lil jarayonidan foydalanib, reja ko’rsatkichlarining bajarilishi nazorat qilinadi. Operativ tahlilga taalluqli ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: me h nat unumdorligi, ishlovchilar soni va tarkibi, ish haqi jamg’armasi va uning o’rtacha o’lchami, smena normalarini bajarmayotgan ishchilar salmo g’ i, jismoniy va qo’l me h natini qisqartirish tadbirlarini amalga oshirish muddati. Qiyoslash operativ tahlilning asosiy usuli hisoblanadi va unda reja ko’rsatkichlari etalon sifatida qabul qilinadi. Operativ tahlilning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:  haqiqiy ko’rsatkichlarni rejadagi ko’rsatkichlar bilan solishtirish va chetlashishlarni aniqlash;  chetga chiqishlar sabablarini topish;  manfiy chetga chiqishlar oldini olish maksadida boshqaruv qarorlarini qabul qilish;  mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash. Tahliliy ishlarni olib borganda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Birinchi o’rinda bu – ta h lil o’tkazishning muntazamligi. U zarur ma’lumotlar yi g’ ilib borishini taminlaydi, k o’ proq etibor talab qiladigan ko’rsatkicharni topish imkonini beradi. Asosiy talablardan yana biri xo’jalik faoliyatining barcha yunalishlari buyicha tahlilni bir vaqtda o’ tkazish: texnik, tashkiliy, hisob-moliyaviy, boshqaruv, ijtimoiy rivojlanish b o’ yicha. Bu y o’ nalishlarning barchasi bir-biri bilan o’zaro bo g’ liq va bir-biriga tasir qiladi. Shuning uchun turli vaqtlarda o’tkazilgan tahlil ma’lumotlarini qayta-qayta ishlashga t o’g’ ri keladi. Boshlang’ich ma’lumotlar sifatiga eng qattiq talablar qo’yiladi. Bu ma’lumotlar statistik va operativ hisobotlarda, buxgalteriya hisoboti va h.k.larda bo’ladi. Afsuski, bu ma’lumotlarni ko’pincha oydinlashtirish kerak. Yana bir asosiy talab – bu, ta h lil o’tkazuvchi mutaxassislarni tanlashdir.Bunday mutaxassis keng ixtisosli iqtisodchi bo’lishi zarur va u ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligini yaxshi bilishi, materiallarni yig’ish ishlarini yaxshi tashkil q ilishi, ularni tekshirish va baholashni bilishi kerak. Ta h liliy ishlarni tashkil q ilish q uyidagi bos q ichlardan iborat bo’ladi: rejalashtirish; materiallarni yi g’ ish; ularni tekshirish va ustida ishlash; k o’ rsatkichlarni ta h lil qilish va natijalarni umumlashtirish; ani q langan zahiralardan foydalanish bo’yicha takliflarni tayyorlash va asoslash. Xulosa Ishlab chiqarish jamoasining ishiga doir mehnat ko’rsatkichlari bir-biri bilan o’zaro bog’liq ikki guruhga bo’linadi : direktiv (yo’l - yo’riq tarzidagi) ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish (korxona) ichidagi (hisob - kitob) ko’rsatkichlar. Iqtisodiy tahlil, avvalo, mehnat ko’rsatkichlarini tahlil qilishda ma’lum darajada rol o’ynaydi, chunki ishlab chiqarishning oddiy elementlari tizimida, ya’ni mehnat vositalari, mehnat ashyolari va jonli mehnat tizimida bu oxirgi vosita hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Me hnat ko’rsatkichlarini tahlil qilishning asosiy vazifasi brigadadan tortib birlashma va tarmoqqacha bo’lgan jamoalarda ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini rejalashtirishning asoslanganligini oshirishdan, uni boshqarishni takomillashtirishdan iboratdir. E talon sifatida nima qabul qilinishiga qarab mavjud ikki usul – qiyosiy va taqqoslash usullari qo’llanadi. Asosiy adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonuni «Mehnat» gazetasi – T., 1993, 1 oktyabr. 2. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti. Darslik (nazariya va amaliyot) – T.: “Mehnat”, 2004. -672b. 3. Abdurahmonov Q.X. va boshq. Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi – Darslik. -T.: O’qituvchi, 2001. 4. Bulanova V.S. i dr Ro’nok truda. Uchebnik. Izatelstvo:   Ekzamen,   2004. - 342c. 5. Volgin N.A. Ro’nok truda. Izdatelstvo:   Ekzamen,   2003. 6. Dobroxotova Ye.N., Lavrikova M.Yu., Mavrin S.P. i dr. Kurs rossiyskogo trudovogo prava: T. 2: Ro’nok truda i obespecheniye zanyatosti (pravovo’ye voproso’) (pod red. Mavrina S.P., Pashkova A.S., Xoxlova Ye.B.) Izdatelstvo:   M: Yurist’,   2001. -560s.