logo

Меҳмонхоналарда савдо, маркетинг ва бошқа қурилмалари ва ундаги жараёнлар ҳақида

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

106 KB
Меҳмонхоналарда савдо, маркетинг ва бошқа қурилмалари ва ундаги жараёнлар ҳақида Режа : 1. Савдо совитиш прилавкалар, витриналар, прилавка-витрина 2. Савдо автоматларида ичимликлар тайёрлаш, қуйиш аппаратлари 3. Савдо автоматларининг салқинловчи, аралаштириувчи- кўпиртирувчи, изотермик цистернаси ва колонкалари 4. Меҳмонхоналарда савдо автоматлари уларнинг ишлаш фаолияти 5. Автоматлар газли сув тайёрлаш қурилмалари ва улардаги жараёнлар. 6. Меҳмонхона механизациялаштирилган қурилмалардан фойдаланиш 7. Меҳмонхоналарда автоматлаштирилган жараён ва қурилмалардан тўғри фойдаланиш. «Xizmatning sifati» tushunchasini talqin qilishga nisbatan har xil yondashuvlar mavjud. ISO 8402-94 «Sifatni boshqarish va ta’minlash. Lug‘at» xalqaro standartida berilgan ta’rif ayniqsa ko‘p qo‘llanadi: « Xizmatning sifati – xizmatning belgilangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ta’minlovchi xususiyatlari majmui». ISO 8402-94 xalqaro standartida «xizmat ko‘rsatish sifati» atamasi ham qabul qilingan bo‘lib, unga iste’molchining aniqlangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi xizmat ko‘rsatish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va shartlari majmui deb qaraladi. Xizmatning muayyan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ta’minlovchi eng muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:  ishonarlilik;  jonkuyarlik;  ishonchlilik;  tezkorlik;  kommunikativlik;  seriltifotlik. Ishonarlilik deganda xodimlarning va’da qilingan xizmatni aniq ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi. Sifatli xizmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish ishonarlilikni ta’minlashdan boshlanishi lozim. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kasbiy layoqati darajasining yuqoriligi ishonarlilikni ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xodimlarning layoqatsizligi natijasida mehmonxona obro‘siga yetgan puturni mehmonxona binosini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlashga sarflangan katta harajatlar ham, mijozga do‘stona va xushmuomala munosabat ham silliqlay olmaydi. Jonkuyarlik - mijozga yordam berish va zudlik bilan xizmat ko‘rsatishga tayyorlik. Xizmat ko‘rsatish vaqtida ko‘pincha favqulodda holatlar ro‘y beradi yoki mijozlar kutilmagan iltimoslar (masalan, nomerga oq royal yoki kattaroq karavot qo‘yish va h.k.) bilan murojaat etadi. Bunday hollarda korxonaning yuzaga kelgan muammoning oqilona yechimini topish qobiliyatiga baho beriladi. Xizmatlar, xususan, mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi korxonalar faoliyatining o‘ziga xosligi shundan iboratki, bu yerda doim favqulodda holatlar ro‘y bergan va ro‘y beraveradi. Shu bois bunday muammolarni hal qilish yo‘llarini oldindan rejalashtirish va o‘z ish prinsiplarini ishlab chiqish zarur. Bunday hollarda xodimlar sifatli ishlashlari, yuzaga kelgan muammolarga zudlik bilan e’tibor berishlari, har bir korxonaning talabchan va janjalkash mijozlar bilan ishlash prinsiplariga rioya qilishlari lozim (Pareto qoidasiga binoan, mijozlarning 20% muammolarning 80% ni vujudga keltirishini taxmin qilish mumkin). Mehmonxona korxonalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar nizoli vaziyatlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning aksariyati o‘zini himoya qilishga, muammoning yuzaga kelishiga sababchi emasligini isbotlashga harakat qilishini ko‘rsatadi. Bu holat xizmatchilar rahbariyat mijozlarning talablarini qondirish haqida g‘amxo‘rlik qilishni qo‘llab-quvvatlashiga ishonchi komil emasligidan dalolat beradi. Aks holda ular nizoni yanada kuchaytirish va o‘zining haqligini isbotlash o‘rniga eng avvalo muammoni hal qilishga harakat qilgan bo‘lardilar. Mijoz amalda doim ham haq bo‘lavermaydi. Biroq, mijozning haq emasligini isbotlash bilan mehmonxona hech qanday naf ko‘rmaydi. Aksincha, u mijozni yo‘qotadi, yangimijozni jalb qilish yanada og‘irlashadi va qimmatlashadi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xalqaro uyushmasi o‘tkazgan tadqiqotlar yangimijozni jalb qilish harajatlari eski mijozni saqlashdan besh baravar qimmatroq ekanligini ko‘rsatdi. Texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha tadqiqot dasturlari instituti o‘tkazgan boshqa bir tadqiqot esa o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlardan norozi bo‘lgan mijozlarning 91% bu korxonaga boshqa hech qachon murojaat etmasligidan va ularning har biri o‘z muammolari haqida boshqa mijozlarning kamida to‘qqiztasi bilan o‘rtoqlashishidan dalolat beradi. Biroq, qilgan shikoyatlari qanoatlantirilgan taqdirda, bunday mijozlarning 54-70% o‘zlarini «xafa qilgan» korxona xizmatlaridan yana foydalanadi. Agar mijozlar yuzaga kelgan muammolar juda tez hal qilinganligini ko‘rsalar, bu raqam 95% yetadi. Ishonchlilik – xodimlarning o‘ziga nisbatan ishonch uyg‘ota olish qobiliyati. O‘zaro ishonch munosabatlari yuzaga kelishi uchun iste’molchilar ko‘proq ishonadigan tashqi belgilarga e’tibor berish juda muhimdir. Mehmonxona xolli, nomerlari, restoranining yaxshi tashkil etilgan intereri, xonalar, yo‘laklarning tozaligi, seriltifot xizmatchilarning orasta ko‘rinishi – bularning barchasi xizmat ko‘rsatish sifatining tashqi mezonlari bo‘lib, mijozlar muayyan korxonada hamma narsa joyidaligi va unga ishonish mumkinligi haqida shularga qarab xulosa chiqaradi. Tezkorlik – xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan aloqa bog‘lashning osonligi. Misol uchun, agar mehmon nomerga choparni chaqirgan bo‘lsa, u bir necha soat ichida emas, balki sanoqli daqiqalarda yetib kelishi lozim. Kommunikativlik – mijozlarga zarur axborotni o‘z vaqtida va ularning qo‘shimcha talabisiz taqdim etish hisobiga xodimlar bilan mijozlar o‘rtasida anglashilmovchiliklar chiqishini istisno qiladigan xizmat ko‘rsatishni ta’minlash. Seriltifotlik – mijozga alohida e’tibor berish va unga individual xizmat ko‘rsatish. Har bir mijozning o‘z muayyan ehtiyojlari bo‘ladi. Mijoz korxonaga sodiq qolishini ta’minlash uchun xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida muayyan mijoz korxona uchun alohida ahamiyatga ega ekanligi, uning individual ehtiyojlari hisobga olinishini ko‘rsatish lozim. Xizmatlar sifatini ko‘rib chiqishda «talabga javob beradi – javob bermaydi», «talab darajasidan yuqori – past», «yaxshi – yomon», «talabni qondiradi - qondirmaydi» kabi nostandart ta’riflar ko‘p qo‘llaniladi. Misol uchun: «Mahalliy mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatishning sifati xalqaro standartlar talabiga javob bermaydi», «Do‘stlik» mehmonxonasida xizmat ko‘rsatish darajasi uch yulduzli mehmonxonadagi xizmat ko‘rsatish darajasidan past», «Kichik shaharlardagi mehmonxonalarda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini «qoniqarsiz» deb baholash mumkin». Xizmatlar sifatiga nisbatan nostandart atamalarning keng tarqalganligi o‘rinlidir, chunki bu mehmondo‘stlik korxonalari faoliyati sifat xususiyatlarining rang-barangligini ko‘rsatish imkonini beradi. 1. Xizmatning sifati iste’molchi nuqtai nazaridan Xizmatlar bozorida sifat deganda mo‘ljal qilingan iste’molchi nimani tushunishi mehmondo‘stlik korxonalari uchun muhim ahamiyatga ega, ya’ni «sifat» tushunchasini muhokama qilishda iste’molchining shaxsiyati diqqat markazida turadi. Xizmatning sifatiga baho berishda iste’molchi o‘ziga berilgan narsani o‘zi olishni xohlagan narsaga solishtiradi. Muayyan xizmatga berilgan baho iste’molchining shunday xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarga murojaat etish tajribasiga, xizmat haqidagi bilimlariga, shaxsiy xohish-istaklariga hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonaning imijiga bog‘liq bo‘ladi. Foydalaniluvchi xizmat tanlab qabul qilish, moslashish va taassurotlarni kuchaytirish effektlariga bo‘ysunadi. Tanlab qabul qilish ayni bir xizmatni turli iste’molchilar har xil qabul qilishini anglatadi. Bu iste’molchilar fe’l-atvori, qiziqishlari, shaxsiy fazilatlari, bilimlari, shuningdek xizmatdan foydalanish holati bilan belgilanadi. Xizmatning sifatini qabul qilishning vaziyatga doir xususiyatlariga xizmat ko‘rsatilgan vaqt (masalan, barcha tafsilotlarni shoshilinchda payqamaslik, xotirjam vaziyatda esa yaxshilab ko‘rib olish mumkin), muayyan sharoit (masalan, yomon ob-havoda kurort mehmonxonalarida dam olayotgan mijozlar nomerdagi mebel va jihozlarga diqqat bilan e’tibor bera boshlaydilar, ularda ovqatlanish sifatiga qiziqish ortadi va h.k.) kiradi. Sifatni qabul qilish xizmatdan foydalanish chog‘ida kutilgan natijaga moslashishi mumkin. Agar qabul qilingan sifat kutilgan natija doirasidan biroz chetga chiqsa, foydalanuvchi uni o‘z mo‘ljaliga moslashtiradi. Biroq, qabul qilingan xizmat kutilgan natijaga mutlaqo mos kelmasa, kontrast effekti vujudga keladi: kutilgan natijaning kattaligi kontrast effektini kuchaytiradi. Foydalanuvchi birovning – xizmat yoki uning tarkibiy qismlari bilan tanish bo‘lgan do‘stlari, hamkasblari, qo‘shnilari tajribasidan foydalanishga harakat qilgan hollarda taassurotlarning muttasil kuchayishi sodir bo‘ladi. Natijada ijobiy taassurotlar mustahkamlanadi, salbiy taassurotlar esa siqib chiqariladi yoki buning teskarisi sodir bo‘ladi. Foydalanuvchining xizmat sifatini qabul qilishining yuqorida tavsiflangan modeli mazkur tushunchaga quyidagi uch tarkibiy qism birligi deb qarash imkonini beradi:  asosiy sifat;  talab etilgan sifat;  xohlangan sifat. Asosiy sifat – xizmatning foydalanuvchi bo‘lishi shart deb hisoblagan xossalari yig‘indisi. Mijoz mazkur sifatning mavjudligiga umid qilib, ishlab chiqaruvchi bilan ularni muhokama qilishni lozim topmaydi. Mehmonxona korxonasi xizmatlari uchun asosiy sifatlarga quyidagilar misol bo‘lishi mumkin:  mehmonxonaga joylashishda toza choyshab, yostiq jildi va sochiqlarning mavjudligi;  mehmonxona nomerining har kuni tozalanishi;  televizor hamda nomerda mavjud boshqa apparaturaning buzilmay ishlash kafolati;  mehmon bilan yakuniy hisob-kitobda xato qilmaslik va h.k. Xizmatning asosiy sifatini ta’minlash korxonadan bu yo‘nalishda muttasil ish olib borish va harajatlar qilishni taqozo etishi mumkin. Xizmatning asosiy sifatiga lozim darajada e’tibor bermaslik korxona obro‘siga putur yetishi va mijozlar yo‘qolishiga olib keladi. Talab etilgan (kutilgan) sifat – xizmatning texnik va funksional xususiyatlari yig‘indisi. Ular xizmat ishlab chiqaruvchining rejasiga qay darajada muvofiqligini ko‘rsatadi. Odatda ishlab chiqaruvchi xizmatning talab etilgan xossalarini reklama qiladi va kafolatlaydi. Mehmonxona xizmatlarining talab etilgan texnik xossalariga quyidagilar misol bo‘ladi: nomerlarda kommunal sharoit (vanna, dush, hojatxona), konditsionerlar, konferens-zallar, muzokara xonalari va h.k.ning mavjudligi. Mezmonxona xizmatlarining talab etilgan funksional xossalariga quyidagilar kiradi: nomerlarda va qavatlarda uzzukun xizmat ko‘rsatilishi, yangigazeta va jurnallar har kuni yetkazib berilishi va h.k. Xohlangan sifat – iste’molchi xizmatning mavjudligi haqida faqat orzu qilishi mumkin bo‘lgan sifati. Sifatning xohlangan ko‘rsatkichlari xususiyati shundaki, ularni iste’molchi o‘zi o‘ylab topmasligi kerak. Iste’molchi, qoida tariqasida, mazkur sifat ko‘rsatkichlarini talab qilmaydi, ammo o‘ziga taklif etilgan xizmat tarkibida ularning mavjudligini yuksak baholaydi. Xohlangan sifatli mehmonxona xizmatlariga quyidagilar misol bo‘ladi: nomerlarda yo‘ldoshli va kabelli televideniyening mavjudligi; mijozga mehmonxonadan xotira sifatida fen, zont, pardoz anjomlari va h.k.ni taklif qilish; kechki ovqatga bepul shampan vinosi taqdim etish va sh.k. Agar xohlangan sifatni o‘z ichiga olgan xizmat yaxshi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u mijozning o‘ziga ko‘rsatilgan xizmatlardan qoniqish darajasini oshirishi, ishlab chiqaruvchi uchun bozor sektorini yanada kengaytirishi mumkin. Mijozlarning ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan amerikalik olimlar Kedott va Terjen taklif qilgan xizmat ko‘rsatish elementlari tipologiyasi diqqatga sazovordir. Mijozlar xizmatlarni harid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadigan ehtiyojlarni o‘rganish natijasida, ushbu olimlar xizmat ko‘rsatish elementlarining to‘rt guruhini ajratdilar:  kritik elementlar;  neytral elementlar;  qanoatlantiruvchi elementlar;  ixlosni qoldiruvchi elementlar. Kritik elementlar mehmondo‘stlik sanoatining mohiyatini tashkil etadi. Ular iste’molchining xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardir. Mazkur elementlar birinchi navbatda mavjud bo‘lishi kerak, chunki ular iste’molchilar uchun zarur standartlar minimumiga asoslanadi. Agar korxonalar raqobat kurashi sharoitida yashab qolishni istasalar, ular aynan mana shu xizmat ko‘rsatish elementlarini taklif qilish uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishlari lozim. Mehmonxona nomerlari, jamoat joylarining tozaligi, xavfsizlik, sog‘lom ovqat mana shunday elementlar jumlasidan. Mazkur minimal standartlarga erishilgan-erishilmaganligiga qarab mijozlarda ijobiy yoki salbiy munosabat uyg‘otganligi uchun ushbu elementlar kritik elementlar deb ataladi. Mehmondo‘stlik sanoati korxonalarida mazkur elementlarning mavjud emasligi faqat favqulodda hollarda o‘rinli deb topilishi mumkin. Neytral elementlar korxona faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi. Mazkur elementlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uniformasining rangi, bino intererining tuzilishi, avtomobillar turar joyining joylashishini kiritish mumkin. Bu elementlar mijozlarning xizmatlardan qanoatlanganlik darajasiga kam ta’sir ko‘rsatadi, shu bois boshqaruv faoliyatida ularga katta e’tibor berish shart emas. Agar ko‘rsatilgan xizmatlar sifati kutilganidan ham ziyoda bo‘lsa, qanoatlantiruvchi elementlar mijozlarda yaxshi taassurotlar qoldirishi mumkin. Ammo mijozning bu umidi oqlangan bo‘lmasa ham salbiy taassurot qolmaydi. Mehmonxonada tunda xizmatlar ko‘rsatish, banketlar chog‘ida direktor nomidan bepul ichimliklar taqdim etish, restoranlarda ayollarga ma’muriyat nomidan gullar berish mana shunday elementlarga kiradi. Tabiiyki, mazkur elementlar korxonaga shu sohadagi boshqa korxonalardan ajralib turish imkonini beradi. Bepul ovqat, gul yoki shokoladdan hech kim bosh tortmaydi. Xuddi shuningdek, bunday «syurpriz»lar bo‘lmagan taqdirda, hech kim bundan shikoyat ham qilmaydi. To‘g‘ri bajarilmagan va mijozning salbiy munosabatiga sabab bo‘lgan elementlar ixlosni qoldiruvchi elementlar hisoblanadi. Biroq, barcha elementlar to‘g‘ri bajarilgan taqdirda, mijozlarda hech qanday norozilik tug‘ilmasligi mumkin. Bunday elementlarga noto‘g‘ri tanlangan yoki tashkil etilgan, mehmonlarni uzoqqa borishga majbur qiluvchi mashinalar turar joyi, keng tarqalgan kredit kartochkalari bo‘yicha haq to‘lashning rad etilishi, xodimlarning iltifotsizligi, kuldonlarning iflosligi va h.k. kiradi. 2. Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish tizimi Xizmat ko‘rsatish sifatining modeli. Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish amaliyotida besh bosqichli yoki konseptual model nomi bilan mashhur bo‘lgan xizmat ko‘rsatish sifati modeli keng qo‘llaniladi (10.5-rasm). U mijoz umidining oqlanishi nuqtai nazaridan xizmat ko‘rsatish sifatini belgilaydi. Model mualliflarining so‘zlariga qaraganda, mijoz nimaga umid qilishini va mijozning umidlarini mehmonxona qanday qilib oqlashi mumkinligini bilish xizmat ko‘rsatish jarayonining birinchi bosqichidir. ISTE’MOLCHI Jamoatchilik fikri Shaxsiy ehtiyojlar Oldingi tajriba Kutilgan xizmat ko‘rsatish 5-bosqich qabul qilingan xizmat ko‘rsatish 4-bosqich Xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan dastlabki va pirovard aloqalar Mijoz bilan tashqi aloqa 3-bosqich Mijozlarning talablaridan xabardorlikni xizmat  ko‘rsatish sifatiga o‘tkazish 2-bosqich 1-bosqich Iste’molchi umidlarining rahbariyat tomonidan qabul qilinishi MARKETING BO‘YICHA MUTAXASSIS 10.5-rasm. Mehmonxonada xizmatlar ko‘rsatish sifatining konseptual modeli Birinchi bosqich: Iste’molchining umidlari va mehmonxona rahbariyatining munosabati. Bu bosqichda mehmonxona rahbariyati o‘z mijozlari nimani xohlashini tushunmaydi. U o‘z mijozlarining ehtiyojlarini bilmaydi. Aksariyat mehmonxonalar bozor talabini aniqlash uchun tadqiqotlar o‘tkazadi, biroq keyin rahbariyat firmaning ichki muammolariga chalg‘ib, mijozlarning talablari o‘zgarishini yoddan chiqaradi. Agar mijoz xizmatning muayyan xossasi o‘zgartirilishini xohlasa-yu, u o‘zgartirilmasa, marketing-miks butun bozor uchun o‘z jozibadorligini yo‘qotadi va mijozning umidvorlik darajasi ortadi. Agar korxona marketing sohasida ish olib bormasa, mijoz uning xizmatlari haqida hech narsa bilmasligi mumkin. Menejerlar puxta o‘ylab ish tutishlari va mehmonlar bilan gaplashganda teskari aloqaga kirishishlari lozim. Buning uchun marketing axborot tizimlaridan ham foydalanish zarur. Misol uchun, qabul qilish va joylashtirish xizmatining rahbari mehmonlarni 15 minut ichida qabul qilish tizimini ishlab chiqdi. Biroq, mehmonlar oradan 10 minut o‘tmasidan bezovta bo‘la boshladilar. Mijozlar bilan gaplashgach, menejer ular uchun kutishning kritik vaqti 15 minutni emas, balki 10 minutni tashkil etishini tushundi. Ikkinchi bosqich: Xizmat ko‘rsatish sifati xususiyatining rahbariyat tomonidan qabul qilinishi. Menejerlar o‘z mijozlari nimani xohlashlarini biladilar, biroq ularni qanoatlantirish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirishga qodir bo‘lmaydilar yoki bunday qilishni istamaydilar. Buning bir necha sabablari mavjud:  xizmat ko‘rsatish sifatiga lozim darajada e’tibor bermaslik;  sifatni ta’minlash imkoniyatini yaxshi tushunmaslik;  vazifaning mu vofiq tarzda standartlashtirilmaganligi;  maqsadning yo‘qligi. Ayrim mehmonxonalar tez daromad olishga harakat qiladilar va o‘z xodimlariga yoki mehmonxonani jihozlashga mablag‘ joylashtirishni istamaydilar. Bunda muqarrar tarzda xizmat ko‘rsatishning sifati bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Aylanma kapitalni yetarli darajada ta’minlashdan bosh tortgan mehmonxonalarning rahbarlari 2-bosqichda xatoga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Masalan, xizmat ko‘rsatishni tashkil etish chog‘ida choyshablar, sochiqlar, xalatlar va h.k.ning taqchilligi yuzaga kelishi mumkin. Bu holat ortiqcha muammolar tug‘diradi, xizmat ko‘rsatishdan olingan ijobiy taassurotni kamaytiradi, mehmonxona xizmatchilarining mijoz oldidagi ma’naviy mas’uliyatini susaytiradi. Ba’zan mehmonxona korxonalarning rahbarlari ayni sharoitda mavjud muammoni hal qilishning iloji yo‘q deb o‘ylaydilar. Misol uchun, mehmonxonalar xizmatidan foydalanuvchi ishbilarmon odamlarning aksariyati undan nonushtadan keyin jo‘nab ketishni xohlaydilar. Mehmonxona rahbarlari har kuni ertalab restorandagi uzun navbat bilan bog‘liq vaziyatni ko‘radilar, lekin muammoni hal qilishga urinmaydilar, chunki bu qizg‘in paytda yordam uchun qo‘shimcha xizmatchilar yollashni xohlamaydilar. Nihoyat, maqsadlar mehmonxona xodimlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Rahbariyat qo‘l ostidagi xodimlar ishining natijalariga lozim darajada baho berish, ular bilan muttasil aloqa qilish va yaxshi ishlagan xodimlarni rag‘batlantirish yo‘li bilan ularni qo‘llab-quvvatlashlari kerak. Uchinchi bosqich: Xizmat ko‘rsatish sifatining rahbariyat tomonidan qabul qilinishi. Mazkur bosqich rahbariyat mijozlarning ehtiyojlarini va ularga xizmat ko‘rsatish sifati darajasini tushungan, ammo xizmatchilar bunday darajada xizmat ko‘rsatishga qodir bo‘lmagan yoki buni istamagan holda yuzaga keladi. To‘rtinchi bosqich: Xizmatlar ko‘rsatish va majburiyatlar. Ushbu bosqich mehmonxona o‘z imkoniyati darajasidan ortiq narsalarni va’da qilganida yuzaga keladi. Misol uchun, reklama broshyurasida mehmonxona nomerlari derazasidan dengiz manzarasi ko‘rinishi haqida ma’lumot berilgan edi. Biroq, amalda derazadan faqat shahar manzarasi ko‘rinadi, dengiz esa uzoqda, ufq chizig‘ida ko‘zga tashlanadi. Marketing bo‘yicha mutaxassislar va’da qilgan xizmatlarini amalda ko‘rsata olishlariga ishonch hosil qilishlari kerak. Beshinchi bosqich: Kutilgan xizmat ko‘rsatish sifati va amalda ko‘rsatilgan xizmatga munosabat. Bu bosqich oldingi bosqichlardan bevosita kelib chiqadi. Kutilgan sifat mijoz mehmonxonada olishni umid qilgan sifatdir. Ko‘rsatilgan xizmat deganda mijoz amalda olgan sifat tushuniladi. Agar mehmon o‘zi kutganidan kamroq olgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan xizmatlardan qanoatlanmaydi va boshqa hech qachon bu mehmonxonaga qadam bosmaydi. Xizmat ko‘rsatish sifatini tahlil qilishning besh bosqichli modeli mehmondo‘stlik sanoatida sifatli xizmat ko‘rsatilishini lozim darajada tushunish imkonini beradi. Uni o‘rganish orqali biz sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning potensial muammolarini tushunib yetishimiz mumkin. Bu bizga ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishning har bir bosqichida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday muammolarni hal qilishga yordam beradi. Sifatni boshqarish tizimi. Xizmatlar sifatini boshqarish tizimini 10.6-rasmda ifodalangan sxemadan ko‘rish mumkin. Sifatni boshqarish mehmonxona korxonasida xizmatlar tashkil etilishi va ko‘rsatilishini nazorat qiluvchi boshqarish tizimlari bo‘lishini nazarda tutadi. Axborot vositalari Reklama prospektlari Brifinglar Har chorakda o‘tkaziladigan xodimlarning majlislari Ish sifatining ko‘rsatkichlari Xizmatchilar O‘qitib-o‘rgatish Har bir mijozga xizmat ko‘rsatish Jamoaning bahamjihatligi Sotuvlar Xizmatlar Tirishqoqlik Kasbiy mahorat Professionalizm va noprofessionalizm Ishga ijodiy yondashishni o‘rganish Murakkab vaziyatdan chiqa olish Sifatli xizmat ko‘rsatish menejmenti E’tirof etish va rag‘batlantirish Yilning eng yaxshi xizmatchisi Yilning eng yaxshi mehmonxonasi Nomoddiy rag‘batlantirish Mukofotlar Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar vakolatlarini belgilash Ish sifati bo‘yicha guruhlar tuzish Xodimlarning vazifalarini belgilash Mehmonlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish Ishdagi kamchiliklarning oldini olish va bartaraf etish Mijozning Bozorni tadqiq qilish istaklarini bajarish Mehmonlarning fikr-mulohazalari Sifat Mijoz qanoatlanishi lozim Xizmatlar to‘plamini kengaytirish Yangixizmatlar joriy etish Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq kamchiliklarni bartaraf etish Mavjud xizmatlarning sifatini oshirish E’tirof etish va rag‘batlantirish Yangiva doimiy mijozlarning ehtiyojlarini qondirish Doimiy mijozlarga oid ma’lumotlar bazasi Menejment Nazoratsiz xizmat ko‘rsatilishini tashkil etish Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga namuna tarzida tashabbusni rag‘batlantirish Umumiy madaniy saviyasini oshirish Tashabbuskor xodimlarni rag‘batlantirish Xizmat bo‘yicha ko‘tarilish imkoniyati Ishga xalaqit beruvchi to‘siqlarni bartaraf etish rasm. Mehmonxonada sifatni boshqarishning konseptual modeli Birinchi tizim xodimlarni tanlab olish va ularni o‘qitib-o‘rgatish bilan shug‘ullanadi. Mehmonxonalar xodimlarni o‘qitib-o‘rgatishga katta mablag‘lar sarflaydi. Xodimlarning kasbiy layoqati xizmatlar sifatini boshqarishda juda muhim ahamiyatga ega. Mehmonxona ma’muriyati xodimlar yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur malaka va bilimga ega bo‘lishlari haqida muttasil qayg‘urishi kerak. Ikkinchi tizim – xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimi. Mehmonxona korxonalarining omilkor rahbarlari iste’molchining mehmonxonaga munosabati xodimlarning kayfiyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq deb hisoblaydilar. Ular ichki marketing faoliyatini olib boradilar va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantiradilar. Xizmatlarning rahbarlari xodimlarning o‘z ishidan qanoatlanish darajasini muttasil kuzatib borishlari kerak. Agar mehmonxona rahbariyati xodimlarga hayotiy muammolarini hal qilishga yordam bersa, ularning o‘z ishidan qanoatlanganlik darajasi oshadi. Uchinchi tizim – mehmonxonada sifat ustidan nazorat va xizmatlar ko‘rsatish jarayonini standartlashtirish tizimi. Odatda mehmonxona ma’muriyati xizmatlar ko‘rsatish taomillari ro‘yxatini sxema ko‘rinishida ishlab chiqadi. Biroq, ortiqcha standartlashtirish ko‘rsatiladigan xizmatni qashshoqlashtirishini nazarda tutish kerak. Xizmatni konveyerga qo‘yishga yoki harajatlarni kamaytirishga bo‘lgan urinishlar mehmonxonaning rentabelligini qisqa muddatga oshirishi mumkin. Ayni vaqtda, bunday harakatlar mehmonxonaning uzoq muddatli istiqbolda yangixizmatlarni o‘z faoliyatiga joriy etish, shuningdek xizmatlar ko‘rsatishning yuqori darajasini saqlab qolish, mijozlarning o‘zgaruvchi talablari va istaklariga moslashish qobiliyatini susaytiradi. To‘rtinchi tizim – mehnat unumdorligini nazorat qilish tizimi. Mehmonxona rahbariyati kam harajatlar bilan mehnat unumdorligini oshirishga harakat qilishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun odatda quyidagi usullar qo‘llanadi:  Xodimlarning kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirish.  Sifatga ziyon yetkazmasdan, ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini ko‘paytirish.  Xizmatlar ishlab chiqarish texnik ta’minotini yaxshilash.  Xizmat ko‘rsatishda inson mehnati harajatlarini kamaytiruvchi yangiishlovlar va ixtirolarni amalga joriy etish.  Xizmat ko‘rsatishni tabaqalashtirish – mijoz umid qiluvchi asosiy xizmatlar to‘plamiga ikkilamchi (qo‘shimcha) xizmatlar to‘plamini ishlab chiqish.  Mijozlarni o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga da’vat etish (restoranda shved stoli).  Mehnat unumdorligining o‘sishiga turtki beruvchi yangitexnologiyalarni qo‘llash. Beshinchi tizim – shikoyat va takliflarni tahlil qilish, mijozlarni o‘rganish, raqiblarning xizmatlari sifatini o‘z xizmatlari sifatiga solishtirish tizimi yordamida mijozlarning ko‘rsatilgan xizmatlardan qanoatlanganlik darajasini nazorat qilish. Mijozlarning shikoyatlaridan raqiblar oldida muayyan ustunlikka erishish manbai sifatida foydalanuvchi mehmonxonalar mazkur ustunlikni boy bermaslik uchun shikoyatlarga ishlov berishning oqilona mexanizmini yaratadilar. Shikoyatlar ishni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatadi, norozi mijozni qanoatlantirish imkonini beradi. O‘tkazilgan tadqiqotlar namunali mehmonxona strategik rejalashtirish tizimining mavjudligi, rahbariyatning xizmatlar sifatini oshirishga intilishi, xizmat ko‘rsatish standartlarining yuqoriligi, xizmatlar ko‘rsatilishi ustidan nazorat tizimi, iste’molchilarning shikoyatlarini qondirish tizimining mavjudligi bilan tavsiflanishini ko‘rsatdi. Bunda xodimlarga va haridorlarning qanoatlanganlik darajasiga alohida e’tibor beriladi. 3. Mehmonxonada xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish dasturini ishlab chiqish Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish dasturi mehmonxonaning barcha bo‘limlari faoliyatini o‘z ichiga oladi. Korxonada sifatni yalpi boshqarishning mufassal taomilini tavsiflash mazkur dasturning vazifasiga kirmaydi. Biroq, mehmonxonada xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun, ishlab chiqiladigan dastur 10 asosiy prinsipni o‘z ichiga olishi lozim. 1. Oqilona rahbarlik. Mehmonxona rahbariyati korxonaning vazifalari va uning kelgusida rivojlanishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Ammo shuning o‘zi kifoya emas. Rahbarlar bu tasavvurni qo‘l ostidagi xodimlarga yetkazishlari va ularni bunga ishontira olishlari ham kerak. Yaxshi rahbarlar xizmatchilarni ishontirish orqali sifatli xizmat ko‘rsatishga erishishni asosiy maqsad deb biladilar. 2. Mehmonxonaning barcha bo‘limlariga marketing yondashuvini joriy etish. Marketing konsepsiyasi uni butun tashkilotga to‘la joriy etishni nazarda tutadi. Mehmonxonada mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha marketing funksiyalarini bajarish faqat marketing bo‘limi xodimlarining vazifasi emasligini doim yodda tutish zarur. Mazkur bo‘limdan tashqari, marketing unsurlari mehmonxonadagi har bir bo‘lim ishida mavjud bo‘lishi kerak. 3. Mijozlarning talab va ehtiyojlarini tushunish. Mijozlar sifatni juda yaxshi his qiladilar. Yuqori sifatli xizmat ko‘rsatadigan mehmonxona bozor o‘zidan nimani talab qilishini yaxshi biladi. Mehmonxona taklif qiluvchi xizmat muayyan bozorga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. 4. Mehmonxona biznesining maqsadlari va vazifalarini tushunish. Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish butun mehmonxona jamoasi uyushqoqlik bilan , bahamjihat ishlashini taqozo etadi. O‘z ishi butun jamoa faoliyatining natijasiga ta’sir ko‘rsatishini har bir bo‘lim xizmatchilari yaxshi tushunishlari kerak. Ayrim mehmonxonalarda xodimlarga chaparasta xizmat ko‘rsatish o‘rgatiladi, ya’ni xodim har xil ishlarni bajaradi. Bu xodimga turdosh kasblarni o‘zlashtirish va boshqa ixtisosliklar bo‘yicha ishlarning mohiyatini tushunib yetish imkonini beradi. 5. Ishda asosiy tashkiliy prinsiplarni qo‘llash. Mehmonxona ishi yaxshi rejalashtirilishi va oqilona boshqarilishi lozim. Bu ish boshqarish konsepsiyasining loyihasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Boshqarish shunday tashkil etilishi kerakki, mehmonxonada xizmat ko‘rsatish mijoz o‘zi tanlagan mehmonxona segmentida muayyan naf ko‘rishini ta’minlasin. Bunda mehmonxona xodimlarini boshqaruv axboroti bilan ta’minlovchi tizimlar tashkil etilishi lozim. Mazkur tizimlar xodimlarni yollash va ularni o‘qitib-o‘rgatish, xizmatlarni harid qilish taomillari, boshqaruv axboroti tizimi, nomerlarni bronlashtirish tizimi, mehmonxona uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish tizimi, sifatni nazorat qilish, ta’minot tizimlarini o‘z ichiga oladi. Sifatli xizmat ko‘rsatish ta’minlanuvchi mehmonxonalarda operatsion jarayonlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘ladi. 6. Erkinlik omillari. To‘rt va besh yulduzli mehmonxonalarda ko‘proq mijozga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatiladi. Xodimlar mijozga uning talab va ehtiyojlariga muvofiq tarzda xizmat ko‘rsatishlari uchun o‘z harakatlarida muayyan darajada erkinlikka ega bo‘lishlari kerak. Ularni qat’iy yo‘riqnomalar va qoidalarga bog‘lab qo‘yish yaramaydi. Bo‘limlarning rahbarlari xodimlar mijozga lozim darajada xizmat ko‘rsatishiga xalaqit beradigan har xil qoidalar va yo‘riqnomalar tarzidagi to‘siqlarni o‘rnatish o‘rniga, xodimlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishlari va ularning ishini qo‘llab-quvvatlashlari kerak. 7. Tegishli texnologiyadan foydalanish. Texnologiyadan marketing muhitining o‘zgarishini nazorat qilish, operatsion tizimlarga yordam berish, mijozlarning ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish va ular bilan aloqa qilish usullarini takomillashtirish uchun foydalanilishi lozim. Misol uchun, «mehmon tarixi» kompyuter kichik tizimi mijozga sifatli xizmat ko‘rsatishga monelik qilishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash uchun o‘ziga xos ogohlantirish tizimi bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa bir tizim - PMS (binoni boshqarish tizimi) esa nomerlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni profilaktik ta’mirlash sikllari haqida axborot beradi. 8. Kadrlarni oqilona boshqarish. Rahbariyat faoliyati – mehmonxona jamoasi bilan aloqa qilishning birdan-bir yo‘li. Har qanday rahbar o‘zining muayyan vaziyatga munosabatini qo‘l ostidagi xodimlari kuzatib turishlari va uning xulq- atvorini o‘rganishlarini yaxshi tushunishi kerak. Agar mehmonxona direktori yerga tushib ketgan qog‘ozni ko‘tarib olsa, xizmatchilar ham shunday qiladi. Xodimlar bahamjihat ishlashining muhimligini qayd etuvchi menejer ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashi va jamoaning ishonchiga umid qilishi mumkin. 9. Standartlar o‘rnatish, ishning bajarilishiga baho berish va stimullar tizimini joriy etish. Xizmat ko‘rsatish standartlari va maqsadlarini belgilash, so‘ngra bunga boshqaruvchilar va xizmatchilarni o‘rgatish xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashning eng muhim usulidir. Mazkur standartlar uzluksiz oshirib borilishi, ularga rioya qiluvchi xizmatchilar esa rag‘batlantirilishi lozim. Sifatni boshqarish dasturi mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini va xodimning mehnati bu standartlarga qay darajada muvofiqligini baholash metodlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga olishi kerak. Xodimlar bilan munosabatlarni shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, ma’muriyat ularning ishiga baho berib tursin. 10. Mehnat natijalariga qarab xizmatchilar bilan teskari aloqa. Mehmonxona ishining natijalari haqida xizmatchilarga ma’lumot berib turilishi lozim. Mehmonxona xodimlari mijozlar nimani yoqtirishi va nimani xush ko‘rmasligini bilishlari kerak. Ular shuningdek qaysi ish sohalari yaxshilanayotgani va qaysilarida o‘zgarish bo‘lmayotgani haqida ham tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Mehmonxonalarda sifatni yaxshilash dasturlarini o‘rganish natijalar hamma yerda ham bir xil emasligini ko‘rsatdi. Bir qancha mehmonxonalarda sifatni oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ijobiy natija bergan, mazkur mehmonxona korxonalarining rentabelligi oshgan. Ammo, ayrim mehmonxonalarda sifat dasturlari ish bermagan. Buning asosiy sabablari quyidagilar bilan bog‘liq:  sifat muammosiga qiziqishning yo‘qolganligi, boshqaruvning oliy va o‘rta bo‘g‘ini xodimlarida mas’uliyat hissining yetishmasligi;  sifat uchun javobgar shaxsning yo‘qligi;  mehmonxona egasining almashishi. Adabiyotlar: 1. Уокер Д.Р. Введение в гостеприимство. Учебное пособие. -М., 2002 г. 2. Чудновский А.Д. Туризм и гостиничное хозяйство. Учебник. -М., 2000. 3. Филлиповский Е.Е., Шмарова Л.В. Экономика и организация гостиничного хозяйства. - М.: ФиС, 2005 4. Сенин В.С., Денисенко А.В Гостиничнўй бизнес: классификация гостиниц и других средств размешения: Учебное пособие. - М.: ФиС, 2004. 5. Папирян Г.А., Менеджмент в индустрии гостеприимства. М.: 2000 7. Лесник А.Л., Мацицкий И.П., Чернмшев А.В. Организация и управление гостиничньш бизнесом. Учебник - М.: «Интер Универсап», 2000