logo

Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

187.5 KB
Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli Reja: 1. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar 2. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi 3. Avtonom xarajatlar multiplikatori 1. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo’lgan yo’qotishlarning oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko’p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalarning o’zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir. Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar miqdorini o’z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va investitsiyalar miqdorining o’zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi. Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallagan xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdagi kutilmagan o’zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi. Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi : E=S+ I +G+Xn ko’rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste’mol funktsiyasi (S= a+b x (U-T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xn miqdorda yuqoriga surilgan bo’ladi. Keltirilgan Xn -sof eksport bo’lib, uning funktsiyasi esa quyidagi ko’rinishga ega: Xn = g – m’Y Bu erda :g – avtonom sof eksport; m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad. Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o’zgarish miqdorini bunga sabab bo’lgan daromadlardagi o’zgarish miqdoriga bo’lib topiladi. m’ = Δ M / Δ Y Bu erda: Δ M - importga xarajatlarning o’zgarishi; Δ Y - daromadlarning o’zgarishi. Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste’molchilar va investorlar ham milliy ham import mahsulotlarga bo’lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo’lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o’zgarishiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o’zgarishi bilan sof eksport (Xn) o’rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko’rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o’zgarishiga bog’liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to’lig’icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo’shiladi, ya’ni avtonom xarajatlar (a + I + G +Xn) yig’indiga teng deb olinadi. 2. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar birbiriga teng bo’lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o’tadi. Quyida keltirilgan 16-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo’lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo’ladi. Shuningdek, bu erda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o’zaro tengligiga erishiladi. Ya’ni, makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanadi. Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko’p bo’lsa, iste’molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (AD<AS). Cotilmagan mahsulotlar TMZ ko’rinishiga ega bo’ladi. Zahiralarning o’sishi firmalarda ishlab chiqarish hamda bandlik darajalarini pasaytirishiga olib keladi. Bu esa YaIM hajmini Y1 dan Y0 gacha kamayishigaolib keladi va daromad va rejalashtirilgan xarajatlar tenglashadi. O’z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga (AD = AS) erishiladi. Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (Y2) uning muvozanat darajasidan (Y0) kam bo’lgan vaziyatda esa, firmalar iste’molchilar talabiga nisbatan kam ishlab chiqarayotganligini (AD>AS) ko’ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o’sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi. E Y=E E1 E=C+I+G+Xn E0 Zahiralarning jamg’arilishi E2 Zahiralarning kamayishi Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real xarajatlar) chizma. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli) Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste’mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o’zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o’sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi. 3. Avtonom xarajatlar multiplikatori Avtonom xarajatlarning har qanday o’sishi, ya’ni Δ A = Δ (a+I+G+Xn) multiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko’proq miqdorga ( Δ Y) oshishiga olib keladi. Avtonom xarajatlar multiplikatori muvozanatli YaIM o’zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o’zgarishiga nisbatini ko’rsatadi: µ = Δ Y / Δ A: Bu erda: µ - avtonom xarajatlar mul’tiplikatori; Δ Y – muvozanatli YaIMning o’zgarishi; Δ A – avtonom xarajatlarning Y o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan o’zgarishi. Mul’tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o’sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o’sganligini (kamayganligi) ko’rsatadi. Avtonom iste’mol Δ S A miqdorga o’ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (U) ning o’sha miqdorda o’sishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida iste’molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MRS x Δ S A miqdorda o’sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MRSx Δ S A miqdorda yana o’sadi. Shunday qilib, «daromad-xarajat» ko’rinishidagi doiraviy aylanish bo’yicha jarayon davom etaveradi. Δ S A ↑  AD↑  Y↑  C↑  AD↑  Y↑  C↑  AD↑  Y↑ va hokazo. Ushbu oddiy vaziyatdan ko’rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom iste’molning dastlabki o’zgarishi Δ SA↑ ga nisbatan bir necha marta ko’p o’zgaradi. Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xn miqdorlardagi oddiy o’zgarishlar ham ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajalarida katta o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning byudjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo’lib, o’rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. Bu tizim iste’molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so’mga ko’paysin. Bu, o’z navbatida ish haqi, renta, foyda ko’rinishda uy xo’jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste’molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xo’jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya’ni 3,75 mlrd. so’mni iste’mol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so’mni jamg’aradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so’m boshqalar uchun daromad hisoblanadi. O’z navbatida ular ham 3,75 mlrd. so’mning 75 foizini iste’mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg’aradilar. Bu jarayon oxirgi so’m jamg’arilmaguncha davom etadi. Bunda: µ = Δ Y / Δ A = 20 / 5 = 4 va µ = 1/ (1-0,75) = 4 va bundan : Δ Y 1 µ = --------- = ----------- Δ A 1- MPC Demak iste’molga chegaralangan moyillik qancha katta bo’lsa, multiplikator samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi. Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, ya’ni µ =1+b+b 2 +b 3 +b 4 +…+b n , bu erda b=MPC. Tenglikning ikki tomonini b ga ko’paytiramiz: µb=b+b2+b3+b4+…+bn+1 Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz: µ - µb=1-bn+1 , µ (1-b) =1-bn+1 Hisob kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz: µ = (b n+1) / (1-b) b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin bo’lgani uchun µ = 1/ (1-b ) tenglik to’g’ri bo’ladi. Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Davlat o’z xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko’rayotganda, bu xarajatlar jami talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur. Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U0) potentsial (U*) hajmidan kam bo’lsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Ya’ni, AD=AS tenglikka erishilgan bo’lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to’liq bandligi darajasini ta’minlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta’sir ko’rsatadi. E Y=E  Yo Y* Y chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi o’rtasidagi resession uzilish YaIMni to’liq bandlilikning noinflyatsion darajasiga qadar o’stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko’paytirilishi zarur bo’lgan miqdor retsession uzilish deyiladi (chizma). Ishlab chiqarishda to’liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo’qotish uchun jami talabni rag’batlantirish va muvozanatli yalpi daromadning o’sishini ta’minlash lozim. Yalpi daromadning o’sishi Δ U quyidagiga teng bo’ladi: Δ U=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori YaIMni to’liq bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun yalpi talab (yalpi xarajatlar) kamayishi zarur bo’lgan miqdor inflyatsion uzilish deyiladi. Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potentsial (U*) hajmidan ko’p bo’lsa, yalpi xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Yalpi talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda yalpi talab hajmining yalpi taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo’lishi oqibatida haqiqiy va potentsial YaIM hajmlari o’rtasida inflyatsion uzilish ro’y beradi (18-chizma). Bu uzilishni bartaraf qilish uchun yalpi xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda yalpi talabni cheklash zarur. E Y=E B E 2 = E 1 + Δ E E 1 = C + I + G + X n Retsession uzilish Δ E A  E1=C+I+G+Xn A E E2=E1- Δ E inflyatsion uzilish B 45 Y* Y0 Y chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi o’rtasidagi inflyatsion uzilish Grafikda bu jarayon jami muvozanatli yalpi daromad hajmidagi ( Δ U) qisqarishni anglatadi va u quyidagicha bo’ladi: Δ U= -Inflyatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo’lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o’laroq bu modelda narxlar darajasi va ish haqi o’zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko’ra tovar moddiy zahiralarining o’sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A 2. Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b. 3. Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник. М.:Дело и Сервис, 2001. 4. Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб.: ЗАО «Питер», 2005. 5. Гайгер А., Линвуд Т.Макроэкономическая теория и переходная экономика. Пер. с англ. М.:ИНФРА-М, 1996. 6. Галперин В.М., Гребенников П.И., Леусский А.И., Тарасевич Л.С. 7. Макроэкономика: Учебник. СПб.:СПбГУЕФ,1997. 8. Дорнбуш Р.,Фишер С. Макроэкономика. М.:МГУ,1997. 9. Yo’ldoshev Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.: 10. «O’qituvchi»,1994 11. Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997. 12. Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005. 13. 19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b. 14. 20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 282 b. 15. 21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b. 16. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari