logo

Pul taklifi. Pul bozorida muvozanat

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

743

Hajmi:

106.5 KB
Pul taklifi. Pul bozorida muvozanat Reja: 1. Pul taklifi va pul multiplikatori 2. Pul bozorining muvozanatli holati Pul taklifi va pul multiplikatori Bank tizimidan tashqaridagi barcha mavjud naqd pullar va xo’jalik sub’ektlari tomonidan bitimlar tuzish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan depozitlar pul taklifi deb ataladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin: M =S+ D bunda, M – pul taklifi; S – aholi qo’lidagi naqd pullar; D – bank tizimi joriy hisoblaridagi mablag’lar. Aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda davlat pul chiqarishga monopol huquqqa ega, shuning uchun u butun pul massasi miqdorini tartibga solib turadi, ya’ni pul siyosatini olib boradi. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa – Markaziy bank ixtiyorida, shu bilan birga, pul taklifini ko’paytirishga yoki “pul yaratish” qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalarini emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 ga o’sgan bo’lsa, rezerv normasi 20 foizga teng bo’lganda, u 400 ni o’zida qoldirib, qolgan 1600 ni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600ga ko’paytiradi va u endi 2000 + 1600 = 3600 ni tashkil etadi. Ya’ni omonatchilarni depozitlardagi 2000 dan tashqari, yana 1600 qarz oluvchilarning qo’llarida qoladi. Agar bu 1600 birlik mablag’lar yana bankga tushsa (masalan, B bankga), unda 20 foizga teng bo’lgan rezerv normasida u 320 ni qoldirib, 1280 ni kreditga beradi hamda shu miqdorga pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi va pirovard natijada jami pul taklifi quyidagicha aniqlanadi: Dastlabki omonat = 2000 A bankning ssudasi = (1-0,2) x 2000 = 1600 B bankning ssudasi = (1-0,2) x (1-0,2) x 2000 = 1280 Jami pul taklifi = 1/0,2 x 2000 =10000 Bu formulani quyidagi ko’rinishida yozish mumkin: M = 1/rr x D bunda, M – jami pul taklifi; rr – bank rezerv normasi; D – dastlabki omonat. Keltirilgan formuladan ko’rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsientiga bog’liq bo’lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori deb ataladi. U ushbu bank rezervlar normasida ortiqcha rezervlarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarning eng ko’p miqdorini bildiradi. Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblaridagi mablag’lardan, balki aholi qo’lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi. Shuning uchun pul taklifining umumiy modeli pullarni bank depozitlaridan naqd pulga mumkin bo’lgan oqib o’tishini hisobga olib tuziladi. Naqd pullarni miqdorini omonatlar hajmi bilan bog’liqligini deponentlash koeffitsienti sr ifodalaydi. Bu koeffitsientni va bank multiplikatorini qo’llab pulning umumiy taklifini aniqlash mumkin. sr + 1 Ms = ------------ x V sr + rr bunda, M –pulning umumiy taklifi; sr – S/D teng bo’lgan deponentlash koeffitsienti. U pul mablag’larni naqd pulga va omonatlarga taqsimlanishini aholi tomonidan maqbulligini bildiradi; rr – R/D teng bo’lgan bank rezervlari normasi V = S +R ga teng bo’lgan pul bazasi yoki quvvati kuchaytirilgan pullar, ya’ni naqd pullar va bank rezervlari yig’indisi. Yuqoridagi sr + 1/sr + rr ifodani pul multiplikatori deb ataladai va odatda m bilan belgilanadi. Bu holatda pulning umumiy taklifi quyidagicha aniqlanadi: Ms = µb x V. Markaziy bank bevosita pul bazasi ustidan nazorat qiladi va uning miqdoriga ta’sir ko’rsata borib, mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni hamda milliy iqtisod rivojlanishini o’zgartiradi. 2.Pul bozorining muvozanatli holati Pul bozoridagi muvozanat bu uning shunday holatiki, bunda pulga talab hajmi va pul taklifi hajmi bir biriga mos keladi. Uni sodda ko’rinishda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin : M x V=Y x R Bunda, M- muomalaga chiqarilgan pul; V – pulni aylanish tezligi; R – YaIM deflyatori; Y – real YaIM Ushbu ayniyatni pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi deb ataydilar. Uning o’ng qismi real pul zaqirasi taklifini, chap qismi nominal YaIMni ifodalaydi. Masalan, iqtisodiyotda 1000 birlik pul muomalada bo’lsa, bunda xar bir pul birligi yil davomida 3 marta qo’ldan qo’lga o’tsa yoki bir yilda 3 ta bitimga xizmat qilsa, unda pul zahirasi taklifi real hisobda 3000ga teng. U mamlakatdagi bitimlarning umumiy soniga, ya’ni nominal YaIM hajmiga muvofiq kelishi lozim. Pul bozoridagi muvozanat holatining grafik tasviri o’zida ikki chiziqning: pul taklifini ifodalovchi Sm chizig’ini va pulga bo’lgan talabni ifodalovchi Dm chizig’ini kesishuvini aks ettiradi. chizma. Pul bozoridagi muvozanat Mahsulotlar bozorida bo’lgani kabi talab va taklifning kesishishi muvozanat narxini belgilaydi. Pul bozorida bunday muvozanatli narx bo’lib foiz stavkasi hisoblanadi. Davlat pul taklifini oshira borib, uning vaqtinchalik ortiqchaligini ортиқчалик r Sm1 Sm2 Sm етишмаслик r* M/p paydo etadi, natijada foiz stavkasi tushib ketadi, yoki pul taklifini qisqartira borib, teskari samaraga erishadi, ya’ni pul etishmasligini paydo etadi va natijada foiz stavkasi yoki puldan foydalanish narxi o’sadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Axmedov D.Q., Ishmuxammedov A.E.,Jumaev Q.X., Jumaev Z.A 2. Makroiqtisodiyot. Darslik.- T.: TDIU, 2004, 240 b. 3. Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика: Учебник. М.:Дело и Сервис, 2001. 4. Вечканов Г.С., Вечканова Г.Р. Макроэкономика: Торговая политика. Инфляция и безработица. Социалная политика. СПб.: ЗАО «Питер», 2005. 5. Гайгер А., Линвуд Т.Макроэкономическая теория и переходная экономика. Пер. с англ. М.:ИНФРА-М, 1996. 6. Галперин В.М., Гребенников П.И., Леусский А.И., Тарасевич Л.С. 7. Макроэкономика: Учебник. СПб.:СПбГУЕФ,1997. 8. Дорнбуш Р.,Фишер С. Макроэкономика. М.:МГУ,1997. 9. Yo’ldoshev Z., Qosimov M.S. Makroiqtisodiyot asoslari. T.: 10. «O’qituvchi»,1994 11. Менкю Н.Г. Макроэкономика. М.:МГУ,1997. 12. Селишчев А.С. Макроэкономика: Откритая экономика. Причини экономического роста. Динамика рынков. СПб.: ЗАО «Питер», 2005. 13. 19.Xodjaev R., Maxmudov B., Xadjaev X., Ergashev E, Egamberdiev R. Mikro va makroiqtisodiyot.O’quv qo’llanma-T.:”ILM ZIYO” 2012, 324 b. 14. 20. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. – 2012, 282 b. 15. 21.Abulkasimov X. Makroiqtisodiy tartibga solish va O’zbekistonning barqaror rivojlanishi. Monografiya. – T. “Akademiya”, 2011, 92 b. 16. O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining rasmiy ma’lumotlari