logo

Davlatning budjetdan tashqari maqsadli pul fondlari va davlat krediti. Davlatning budjetdan tashqari maqsadli pul fondlari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

91 KB
Davlatning budjetdan tashqari maqsadli pul fondlari va davlat krediti. Davlatning budjetdan tashqari maqsadli pul fondlari Reja : 1. Budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati va turkumlanishi 2. Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish 1. Budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati va turkumlanishi Bozor munosabatlariga o‘tish – iqtisodiy dasturimizning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bozor munosabatlariga o‘tish insonning ijodiy va mehnat salohiyatini namoyon qilishga, boqimandalikni bartaraf etishga, yo‘qolib ketgan egalik tuyg‘usini qayta tiklashga imkon beradi. Faqat bozorgina mahsulot ishlab chiqaruvchining hukmini bartaraf etib, respublikaning g‘oyat katta boyliklaridan samarali foydalanishni ta’minlay oladi. Shu borada muhim masalalardan biri: davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo‘li, yangi paydo bo‘layotgan nodavlat, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan va aholiga xizmat ko‘rsatayotgan xususiy, aksionerlik, jamoa va boshqa korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan aralash, ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdir. Mamlakatimizda budjetdan tashqari fondlarning ijtimoiy ahamiyati katta. Tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni tashkil etish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda bo‘lib, investitsiyalarni jalb etish va boshqalar budjetdan tashqari fondlarning vazifasi hisoblanadi. Davlat moliyasi tarkibida alohida o‘rinni egallaydigan budjetdan tashqari fondlar tegishli hukumat organlarining budjetiga bog‘liq bo‘lmaydi va mustaqil yuridik shaxs huquqiga egadirlar. Budjetdan tashqari fondlar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida tashkil etiladi. Budjetdan tashqari fondlar – umumdavlat moliyasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yo‘llari ko‘rsatilgan, pul fondlari bilan foydalanish yo‘llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatini yuqori organlarining tegishli hujjatlari asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradilar. Budjetdan tashqari fondlarni:  Konsolidatsiyalashgan budjetga qo‘shiladigan fondlar;  Konsolidatsiyalashgan budjetga qo‘shilmaydigan fondlarga ajratish mumkin. Funksional jihatiga va boshqaruv darajasiga ko‘ra budjetdan tashqari fondlar turli xil bo‘ladilar. Ularni funksional jihatiga ko‘ra iqtisodiy yoki ijtimoiy fondlarga bo‘lish mumkin. Boshqaruv darajasiga qarab esa, umumdavlat va mahalliy fondlarga bo‘lish mumkin. Hozirgi kunda respublikamizda bir nechta budjetdan tashqari fondlar faoliyat ko‘rsatmoqda: P e nsiya fondi; Bandlik fondi; Yagona yo‘l fondi; Davlat Mulki Qo‘mitasining maxcyc hisob raqami; Maktab ta’limi tizimini rivojlantirish fondi; Davlatning boshqa maqsadli pul fondlari. O‘zgarishga boy iqtisodiy sharoit ko‘pincha boshqaruv qarorlarini tez qabul qilish zarurligini belgilab qo‘yadi, shu qatorda moliyaviy resurslarni qayta taqsimlanishida ham. Budjet mablag‘laridan foydalanishni hukumat organlari qonun asosida qat’iy tasdiqlab bersa, budjetdan tashqari fondlar esa, ijroiya organlari orqali belgilanadi. Qonun asosida tasdiqlangan budjet parlament tomonidan nazorat qilinadi, budjetdan tashqari fondlar esa, qonun chiqaruvchi organlar tomonidan nazorat qilinmaydi. Bu ham budjetdan tashqari fondlarni iqtisodiy sharoitga operativ moslashishini tezlatadi. Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etilishining zarurligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu budjet taqchiligidir. Xarajatlarning daromadlardan o‘sib ketishi moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruhlanishini ham talab etadi. Va nihoyat xo‘jalikni va xususiylashtirishni ko‘p qirrali shakllari, budjet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini qat’iy talab etadi. Shunday qilib, budjetdan tashqari fondlar – bu jamiyatning ayrim maqsadli xarajatlarini moliyalashtirish va kompleks ravishda operativ mustaqillik asosida mablag‘larni sarflash uchun, davlat orqali jalb qilinadigan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va foydalanish usulidir. 2. Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish manbalari ko‘p jihatdan ularning xarakteri va maqsadlarini amalga oshirish uchun belgilangan vazifalarning ko‘lamlari bilan aniqlanadi. Manbalarning turli xilligiga va ularning miqdoriga davlat yoki rivojlanishning konkret davridagi iqtisodiy va moliyaviy ahvol ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish manbalari birmuncha doimiy bo‘lganday vaqtinchalik xarakterga ham ega bo‘ladi. Ular ma’muriy-hududiy birligi bilan ajralib, davlat hududlarida bo‘lishi mumkin. Budjetdan tashqari fondlarga tushadigan mablag‘larning foydalanish yo‘nalishlari – bu fondlarni maqsadlariga, konkret iqtisodiy sharoitga qarab ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan rejalar asosida belgilanadi. Mablag‘larning bir qismi ta’sis faoliyatga yo‘naltiriladi hamda qimmatli qog‘ozlarni olish uchun ham yo‘naltirilishi mumkin. Budjetdan tashqari fondlar investorlar va moliyaviy bozorning qatnashchisi bo‘lishi mumkin, chunki:  birinchidan, odatda pul mablag‘lari bilan foydalanish vaqti ularning vujudga kelishi bilan to‘g‘ri kelmaydi;  ikkinchidan, investitsion faoliyat natijasidagi daromadlar tegishli fondlarning xarajatlarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha manba bo‘ladi. Budjetdan tashqari fondlarni tashkil etish huquqiga respublika va mahalliy organlar ega. Respublika darajasida tashkil etilgan budjetdan tashqari fondlar odatda mahalliy hukumat organlari ixtiyoriga bir qismini ajratish bilan xarakterlanadi. Bu respublika va mahalliy budjetdan tashqari fondlarga tushadigan to‘lovlarning ulushini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday yo‘l bilan davlatning ijtimoiy sug‘urta fondlari, ya’ni Pensiya fondi, aholining bandlik fondi va boshqalar tashkil etiladi. Davlatning budjetdan tashqari fondlari (BTF) – bu davlat ixtiyoridagi, qat’iy maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lgan moliyaviy resurslar yig‘indisi. BTFlarni shakllantirish vositasida hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni ahamiyati ma’lum ijtimoiy guruhlari va iqtisodiyotning alohida sohalari manfaatlarida qayta taqsimlash ruy beradi. BTF O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi qonunchilik asosida tashkil etiladi. BTFni tashkil qilishdan asosiy maqsad rivojlanishning ma’lum bosqichida jamiyat uchun muhim bo‘lgan ba’zi xarajatlarni mustaqil daromad manbalari bilan ta’minlashdir. BTFlar davlat maqomiga ega. BTFlarni shakllanish manbalari quyidagilar hisoblanadi:  budjetdan tashqari fondlarga o‘rnatilgan majburiy maqsadli ajratmalar;  budjet mablag‘lari;  fond tomonidan amalga oshirilgan tijorat faoliyatidan olinadigan foyda;  fuqarolar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari. Mahalliy manbalar evaziga mahalliy darajada o‘z budjetidan tashqari fondlar tashkil etiladi. Ularning ichida mahalliy hududni rivojlantirish uchun, kam ta’minlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash fondlari, tabiatni saqlash fondlarini va boshqalarni ajratish mumkin. Maqsadli budjetdan tashqari fondlar odatda davlat hukumat organlari ixtiyorida bo‘ladi, lekin ular operativ boshqarilishi turli va shu qatorda maxsus ma’muriy apparat orqali olib borilishi mumkin. Boshqaruv tuzilmalari fondlar bilan foydalanishi uchun qonun bilan belgilangan ma’lum huquqlarga va majburiyatlarga ega. Budjetdan tashqari fondlar yordamida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:  korxonalar, tashkilotlarga kreditlar, subsidiyalar berish moliyalashtirish yo‘llari bilan ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatiladi;  umuman, ijtimoiy infratuzilmani moliyalashtirish, subsidiya, pensiya va nafaqalar berish yo‘llari orqali aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish;  chet el davlatlariga, shu qatorda xorijiy sheriklarga qarzlar berish va boshqalar. Budjetdan tashqari fondlarning o‘z faoliyatini amalga oshirishini tashkil etish davlat hukumat organlarining ixtiyorida bo‘ladi. Ularni jamlash va foydalanish tartibi esa, tegishli qonunlar bilan qat’iy belgilanadi. Pensiya fondi – bu pensiya bilan ta’minlovchi davlat moliya boshqaruvining organidir. Pensiya fondi bilan davlat budjetining farqli tomoni shundan iboratki, o‘z resurslarining xissasi balandligi va markazlashtirilgan manbalardan katta mablag‘ va dotatsiyalarni rad etadi. Maxsus pensiya to‘lovlari ijtimoiy sug‘urta doirasida shaxsiy funksional vazifaga ega bo‘lib, tushumlar va mablag‘lar bilan qo‘shilmagan holda Pensiya fondida to‘planadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazi r la r Mahkamasining 2004-yil 21-oktabrdagi 490-son qa r o r iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘a r masi to‘g‘ r isida N izomga asosan jamg‘arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: a) majburiy ajratmalar va badallar:  mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov tushumlarining belgilangan miqdori;  alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari;  yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari;  fuqarolarning ish haqidan sug‘urta badallari;  qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i chiqarib tashlangan holda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tovarlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish) hajmidan ajratmalari. Bunda uzoq muddatli aktivlar va o‘zi foydalanadigan boshqa mol-mulkni sotish majburiy mablag‘ ajratish obyektiga kiritilmaydi. b) boshqa to‘lovlar:  "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish bepuvchilap va fuqapolapdan undiriladigan mablag‘lap;  "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari;  "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari;  dehqon xo‘jaliklari a’zolarining ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan sug‘urta badallari;  hisoblangan jarimalar summalarining bir qismi, qonun hujjatlariga muvofiq soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga undiriladigan summalardan tashqari, majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar;  korxona tugatilganda, mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga uchragan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilgan xodimga zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar;  qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan ixtiyoriy badallar mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar. 200 9 -yil 1 -yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezident ining 2 9 -dekabr 200 8 -yildagi PQ-1024 -sonli « O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida »gi qaroriga asosan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarning miqdori quyidagicha belgilangan:  ish haqi fondiga nisbatan 23 , 6 % miqdoridagi sug‘urta badallari ( 24 ,0 % yagona ijtimoiy to‘lov tarkibida);  mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning sotilgan mahsulotlarining amaldagi hajmining 1,0 % miqdoridagi majburiy ajratmalari summasi;  fuqarolar ish haqining 3 ,5 % miqdoridagi majburiy sug‘urta badallari; Sug‘urta badallari soliqlarni ushlashni hisobga olmagan holda, moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar amaldagi qonunchilikka muvofiq chiqarilgan nizomlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga ko‘ra mazkur korxona tomonidan hisoblanadigan ish haqlarining barcha turlariga hisoblanadi. Sug‘urta badallari quyidagi turdagi to‘lovlarga hisoblanmaydi:  foydalanilmagan ta’til uchun komp e nsatsiyalar;  ishdan bo‘shash chog‘idagi chiqish nafaqasi;  moddiy yordam ko‘rinishida beriladigan pul nafaqalarini har xil turlariga;  komp e nsatsiya to‘lovlariga;  bepul ovqatlar qiymatlariga va boshqalar. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanadi: a) ishlamaydigan fuqarolarga:  ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar;  bolalikdan nogironlarga, davlat pensiya ta’minoti olish huquqiga ega bo‘lmagan keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar;  qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensatsiya to‘lovlari to‘lash uchun; b) ishlaydigan fuqarolarga:  ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadigan pensiyalar;  vaqtincha m e hnatga layoqatsizlik nafaqalari;  homiladorlik va tug‘ish nafaqalari;  bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar;  dafn marosimi nafaqalari;  16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda bir qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlar;  qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi migratsiyasi tendensiyasi tez oshib bormoqda. Shuning munosabati bilan mablag‘larni tez orada aniq bir hududga o‘tkazish zarur bo‘ladi. Tijorat faoliyati hisobida fondga qo‘shimcha mablag‘ topishga ham ruxsat beriladi. Maoshlarning o‘sib borishi va yashash sharoiti qimmatlashib borayotganligi munosabati bilan pensiyalarning miqdori ham o‘zgarib turadi. Pensiya fondining mablag‘lari mahalliy banklar hisoblarida to‘planadi. Markazdan esa, faqatgina kerakli to‘lov topshiriqnomalari beriladi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondining mablag‘lari bank muassasalaridagi joriy hisob varaqalarida saqlanadi. Hisob varaqlar O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, Pensiya fondi bilan kelishilgan holda belgilaydigan tartibda ochiladi. Pensiya fondining mablag‘laridan pensiyalar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va farzandni tug‘ish, farzandning tug‘ilishidagi va dafn qilish marosimi uchun nafaqalarning to‘lanishi xarajatlari mablag‘ bilan ta’minlanadi. Pensiya fondi idoralari Pensiya fondi budjetining ijro qilinishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan budjetdagi korxona va tashkilotlar uchun buxgalterlik hisobining hisob varaqlari rejasini qo‘llagan holda hisob yuritadilar va-yilning har choragida Pensiya fondi budjetining ijro etilishi haqida moliyaviy hisobotlarni tuzadilar. Davlat bandlik fondi Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat har bir ishchi va xizmatchini ma’lumotiga qarab, malakasiga qarab ish bilan ta’minlab berishni o‘z kafolatiga olmaydi. Shuning uchun davlat iqtisodiyotda va ijtimoiy xayotda nomutanosiblik bo‘lmasligi uchun va har bir shaxsni mehnat qilishga haqliligi va erkin sohada shakllanishiga huquqi borligini hisobga olib maxsus moliyaviy muassasa yaratdi. Ushbu tadbirlarni hayotga tadbiq qilishni davlat bandlik fondi amalga oshiradi. Bandlik fondining vazifasi:  iqtisodiy tizimni malakali ishchi va xizmatchilar bilan ta’minlash;  bir tarmoqdagi ortiqcha mehnat resurslarini qayta malakasini oshirish;  maxsus mehnat birjalarini tashkil etish;  ishsizlarni moddiy ta’minlash; Davlat bandlik fondini shakllantiruvchi manbalari:  xo‘jalik subyektlarini majburiy to‘lovlari (ish haqi fondiga nisbatan 0, 2 % - 200 9 -yildan 24 %lik yagona ijtimoiy to‘lov tarkibida);  mahalliy va respublika budjetidan ajratmalar;  xorijiy va respublika ichidagi xo‘jalik subyektlari hamda jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari. Ushbu manbalar ichidagi xo‘jalik subyektlari majburiy to‘lovlari asosiy moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi va jami daromadlarining qariyib 80 % ini tashkil etadi. Shakllangan bandlik fondi quyidagi yo‘nalishda foydalaniladi:  fuqarolarning mehnat joyi bilan ta’minlash;  ishsizlik uchun nafaqalar b e rish;  kadrlarni qayta o‘qitish va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish uchun;  bandlik fondini boshqaruv organini ish haqi bilan ta’minlash. Bozor iqtisodiyoti birinchi navbatda h ayotimizda, iqtisodiyotimizda barqarorlikka erishish bilan chambarchas bo g‘ langan. Shuning uchun ham , iqtisodiyotning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish – iqtisodiy islohotlarimizni amalga oshirishning muhim shartidir. Umuman budjetdan tashqari fondlar iqtisodiyotni barqarorlashtirishning dastlabki belgilari desak , mubola g‘ a bo‘lmaydi. Adabiyotlar : 1. Va h obo v A. va bosh q alar. Budjet - soli q siyosati yaxlitligi. O‘q uv qo‘ llanma. - T.: I q tisod va moliya. 2005.285 b. 2. Va h ob o v A. va bosh q alar . Moliyaviy va bosh q aruv ta h lili. Darslik. T.: Shar q 2005. 220 b. 3. Mali k ov T., Xaydarov N. Davlat budjeti . O‘q uv qo‘ llanma, T . : "IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b. 4. M alikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari . O‘q uv qo‘ lla n ma, T . : "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b. 5. M aliko v T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni . O‘q uv qo‘ llanma, T .: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b. 6. Yo‘l dosh e v Z ., Malikov T. Uy x o‘ jaligi moliyasi. O‘q uv qo‘ llanma, T .: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 105 b. 7. Неshитой А.С. Финансы. Уchебник.-М.:”Даshков и К”, 2007. 512 с. 8. Романовский В.М. Уchебник.-М.:”Юрайт”, 2008. 462 с.