logo

Relyatsion modellar. Relyatsion modellar asoslari. Infologik modellardan relyatsion modellarga o`tish. Relyatsion amallar

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

54 KB
www.arxiv.uz Relyatsion modellar. Relyatsion modellar asoslari. Infologik modellardan relyatsion modellarga o`tish. Relyatsion amallar Reja : 1. Relyatsion modellar asoslari. 2. Infologik modellardan relyatsion modellarga o`tish. Relyatsion amallar. 3. Kod algebrasi. Kod qoidalari. www.arxiv.uz Relyatsion maolumotlar bazasi tizimini bo`laklab va ketma-ket o`rganishga o`tishdan oldin relyatsion MBBT gacha bo`lgan MBBTlariga to`xtalamiz. Bu maonoda uchta sabab bor: Birinchidan bu tizimning kelib chiqishi asli tarixan relyatsion. Buni to`g`ri tushunish uchun relyatsion tizimga o`tish kerakligini tushinish kerak. Ikkinchidan relyatsion tizimning ichki tashkil qilinishi ko`p tamondan oldingi tizimlarning usullarini ishlatishga asoslangan. Uchinchidan oldingi tizimlar haqida maolum bilimlarni olish foydalidir va bu relyatsion MBBT rivojlantirishda tushunish uchun kerak. Oldingi tizimlarning umumiy xarakteristikasi: Barcha yaratilgan oldingi tizimlar qandaydir abstrakt modellarga asoslanib qurilgan. Ma`lumotlarning modeli tushunchasi MB doirasida relyatsion yondashishning kirib kelishi bilan Bog`liqdir. Oldingi tizimlarning abstrakt tasvirlanishi bir qancha tahlillar va har xil aniq tizimlar umumiy belgilarining kelib chiqishi natijasida paydo bo`ldi. Oldingi tizimlarda MBga ruxsat (kirish) undagi yozuvlar darajasida amalga oshirilgan. Bu tizimlardan foydalanuvchilar dasturlash tilini ishlatib, MBBT funksiyalarini kengaytgan holda MBda yangi navigatsiyani ishlatdi. MBga interaktiv ruxsat (kirib foydalanishga) unga mos o`z interfeysi bilan amaliy dastur tuzish yo`li bilan amalga oshirildi. Oldingi tizimlarning kamchiligi ularning navigatsiya kilishda va «yozuv»lar darajasida ma`lumotlarga murojat kilishda foydalanuvchiga MBga kirish optimallash ishlarini o`zi to`laligicha bajarishga majbur qilardi. Relyatsion tizimlar paydo bo`lgandan so`ng, oldingi ko`pgina tizimlar relyatsion interfeyslar bilan taminlandi. Lekin ko`p hollarda bu ularni relyatsion tizimlar darajasiga olib chiqmadi, ular bilan ishlash oddiy rejimda qoldi. www.arxiv.uz Invertirlangan ro`yxatga asoslangan tizimlar Bunday tizimlarga ko`proq maolum va tipik vakil bo`lgan Appliyed Data Research, Inc. (ADR) kompaniyasining Datacom/DB kiradi. Bu tizim IBM va Software AG kompaniyaning Adabas firmalarining mashinalariga asoslsngan. Ma`lumotlarga murojatni invertir ro`yxatlar asosida tashkil etish umuman barcha zamonaviy relatsion MBBT larda foydalaniladi, lekin bu tizimlarda foydalanuvchi invertir ruyxatlarga (indekslarga) to`g`ridan-to`g`ri murojaat eta olmaydi. Ma`lumotlar strukturasi Invertirlangan ro`yxat yordamida tashkil qilingan ma`lumotlar bazasi relyatsion MB ga o`xshab ketadi. Ularning farqi jadvallarning saqlanishida va foydalanuvchilarning unga kirish yollaridadir. Bunda: Sistema tamonidan fizik ketma ketlikda jadval ustunlari tartiblanandi. Fizik tartiblanish barcha jadvallar qatori uchun aniqlanadi, jumladan barcha MB uchun ham (shunday qilinadi, masalan, Datacom/DBda). Har bir jadval uchun indeks quriladigan istalgan kalitlar sonini izlab topish mumkin. Bu indekslar sistema tamonidan avtomatik ravishda quvvatlanadi. Manipulirovaniye dannimi Ikkita sinf operatorlari quvvatlanadi: Yozuv adreslarini qo`yish operatorlari. Ular ichida to`g`ridan to`g`ri izlash operatori (masalan, berilgan ruxsat yo`li bo`yicha jadvalning birinchi yozuvini topish); Avvalgi yozuvga nisbatan maolum bir masofadagi yaqinlashishga mos yozuvlar terminlarida qo`llaniladigan operatorlar. Butunlikka cheklanishlar MBni butunligini aniqlashning umumiy qoidasi yo`q. Ayrim tizimlarda MBning ayrim maydonlarning unikal qiymatlari uchun cheklanishlar quvvatlanadi. Lekin bu asosan amaliy dasturlarga yuklanadi. www.arxiv.uz Iyerarxik tizimlar IBM firmasining Information Management System (IMS) tizimi tipik vakil bo`ladi. Uning birinchi versiyasi 1968 yilda paydo bo`ldi. Hozirgacha ko`pgina ma`lumotlar bazasi uni quvvatlaydi. Ma`lumotlarning iyerarxik strukturasi Iyerarxik MB tartiblangan daraxtlar to`plamidan tuziladi. Yanada aniqrog`i bir xil turdagi daraxtlarning bir necha tartiblangan nusxalari to`plamidan ibirat bo`ladi. Daraxt turi bitta “ildizli” tur yozuvidan va tartiblangan bitta yoki bir necha daraxt osti turlardan (ular har biri daraxtning turidir) tashkil topgan bo`ladi. Daraxt turi umuman olganda iyerarxir ravishda tashkil topgan yozuvlar turlari to`plamidani tasvirlaydi. Daraxt turiga misol (MBning iyerarxik sxemasi): Bu erda “Nachalg`nik” va “Sotrudniki” uchun “Otdel” oldingisi bolib, “Nachalg`nik” va “Sotrudniki” esa “Otdel” davomchilaridir. Yozuvlar turlari orasida aloqa quvvatlanadi. Bunday sxemadagi ma`lumotlar bazasi quyidagi ko`rinishda tasvirlanadi (biz daraxtning bitta nusxasini ko`rsatayapmiz): www.arxiv.uz Barcha davomchi turdagi nusxalar oldingi turdagi umumiy nusxalar bilan yaqin, yaoni egizak (bliznetsami) deyiladi. MB uchun to`liq pastdan –yuqoriga, chapdan-pastga o`tish tartibi (o`rnatilgan) aniqlangan. IMS da original va standart bo`lmagan terminlar ishlatilgan: "segment" birga "zapisg`", hamda "zapisg`yu BD" tushunchasida barcha daraxtlar sigmenti tusuniladi. Ma`lumotlar ustiga ish yuritish Iyerarxik tashkil qilingan ma`lumotlar bilan ish yuritishga quyidagi operatorlarni misol tariqasida namuna qilib olish mumkin: MB ko`rsatilgan daraxtini topish; Bir daraxtdan ikkinchisiga o`tish; Bitta yozuvdan boshqa daraxt ichiga kirish (masalan, bo`limdan – birinchi xodimga); Bitta yozuvdan iyerarxiya tartibida boshqasiga o`tish; Yangi yozuvni ko`rsatilgan pozitsiyaga qo`yish; Joriy yozuvni o`chirish; Butunlikni chegaralash. Avlod va ajdodlar o`rtasidagi murojaatlar yaxlitligi avtomatik tarzda qo`llab- quvvatlanadi. Asosiy qoidalar: hech bir avlad o`z ota-onasisiz yashay olmaydi. Shuni taokidlaymizki, shunga oxshash bir iyerarxiyaga kiruvchi yozuvlar orasidagi murojaatlar yahlitligini qo`llab bo`lmaydi (bunday tashqi murojaatninig misoli sifatida curator turidagi Kaf.nomeri maydonining yozuvlari bo`lishi mumkin ) Iyerarxik sistemalarda MB namoish etilgan ayrim forma qo`llanadi, iyerarxiyaga qo`yilgan cheklashlar asosida. Yuqorida keltirilgan MB namoyishi sifatida quyidagi iyerarxiya bo`lishi mumkin www.arxiv.uz Informatsion modellashtirishning maqsadi – tuziladigan ma`lumotlar bazasida shaklanishi mumkin bo`lgan ma`lumotlarni tasvirlash va yig`ish usullarini odamlar uchun ayniqsa tabiiy taominlashdir. Shuning uchun ma`lumotlarning infomantiqiy modelini tabiiy tilga mos qilib qurishga harakat qilinadi. Infologik modelni qurishning asosiy konstruktiv elementlari: mohiyat; mohiyatlar orasidagi bog`lanish; xossalar (atributlar). Mohiyat – har xil oboyekt (oboyekt -bu biz ularni bir biridan farqlaymiz), uning ma`lumotlari ma`lumotlar bazasida saqlanadi. Mohiyat odam, joy, samalyot, reyslar, gullar va boshqalar bo`lishi mumkin. Mohiyat turi va mohiyat nusxasi tushunchalari mavjud, ularni bir biridan farqlash kerak. Mohiyat turi tushunchasi bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasi tushunchasi aniq narsalar to`plami sifatida qaraladi. Masalan, mohiyat turi SHAHAR bo`lishi mumkin, uning nusxasi esa – TOSHKENT, MOSKVA bo`lishi mumkin. Atribut (xossa) -mohiyatni xarakterlovchi nomlardir. U o`zida yagona murakab bo`lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi. Masalan, “O`quvchi” mohiyati atributi -kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalardir. Mohiyat atributlari to`plami cheksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan foydalanuvchi talabiga va yechiladigan masalaga Bog`liqdir. Yana bir misol: AVTOMOBIL mohiyati atributi bu – tip(tur), marka, nomer belgisi, rangi va boshqa. Bu yerda tur bilan nusxa orasida farq mavjud. Rang atributi turi ko`p qiymatli yoki nusxada. qizil, ko`k, oq, va boshqa. Mohiyat va atribut turlari orasida absolyut farq yo`q. Mohiyat turi bilan aloqada faqat atribut bor. Boshqacha kontekstda atribut o`zi mustaqil mohiyat bo`lib qatnashishi ham mumkin. Masalan, avtomobil zavodi uchun rang – bu faqat ishlab chiqarish mahsuloti atributi, lak kraska fabrikasi uchun esa rang – mohiyat turidir. Kalit – atributlarning minimal to`plami, uning qaymati yordamida kerakli mohiyat nusxasini topish mumkin. “Raspispniye” mohiyati samolyotlar uchishi uchun kalit www.arxiv.uz “Nomer reysa” yoki “Punkt otpravleniya”, “Vremya vleta” va “Punkt naznacheniya” to`plam bo`ladi. Aloqa – ikki yoki undan ortiq mohiyatlarning (assotsiyasidir) bir biri bilan o`zaro bog`lanishidir. Agar ma`lumotlar bazasini faqat bir biri bilan bog`lanmagan ma`lumotlar bilan to`ldirishga yo`naltirilsa, u holda uning strukturasi juda oddiy bo`ladi. Lekin, MBni tuzishning asosiy talablaridan biri – bu boshqa mohiyat qiymati bo`yicha bitta mohiyatni izlab topish imkoniyatini taominlashdir. Buning uchun ular orasida aloqani aniqlashni tashkil etish zarur. Real ma`lumotlar bazasida yuzlab yoki minglab mohiyatlar bir biri bilan millionlab aloqa o`rnatishi kamdan-kam bo`ladi. Bunday aloqalar to`plami infomantiqiy modelning murakkabligini aniqlaydi. www.arxiv.uz Аdabiyotlar : 1. Karimov A “Microsoft Access bilan dastlabki tanishuv”TDYUI 2005 2. Anatoliy Xomokenno “Microsoft Access 2002” Ekspress kurs Peterburg 2005. 3. “Uchebnik po Access” Sostavitelg`. Djalilov M.L. TATU FF-2006 4. A. Xomokenno i dr. “Baza dannix” Uchebnik Sank-Peterburg 2004 5. www.ziyonet.uz