logo

Microsoft Access dasturida ma`lumotlarni qayta ishlash. Microsoft Access dasturida ma`lumotlar omborini tashkil etish va qayta ishlash

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

325.5 KB
www.arxiv.uz Reja: 1. Ma’lumotlar omborining ob’ektlarini yaratish. 2. Jadvallar yatatish. 3. So’rovlar yaratish. 4. Shakllar yaratish. 5. Hisobotlar yaratish. www.arxiv.uz Ma`lumotlar omborining ob` е ktlarini yaratish   Bizga ma`lumki, MOni mustaqil ravishda yaratganda u bo`sh bo`ladi. Uning ob` е ktlarini foydalanuvchining o`zi yaratishiga to`g`ri k е ladi. Quyida biz MO ob` е ktlaridan jadvallar, so`rovlar, shakllar va hisobotlar yaratishni ko`rib chiqamiz.   Jadvallar yaratish   Bo`sh jadval yaratish. Microsoft Accessda bo`sh jadvalni yaratishning to`rt usuli mavjud:  MOni to`laligicha yaratadagan MOning ustasini qo`llash. Bunday usta yangi omborni yaratadi, holos. Uning yordamida MOga yangi jadvallarni, shakl - larni yoki xisobotlarni qo`shib bo`lmaydi.  Jadvallar ustasi oldindan aniqlangan jadvallardan yaratilayotgan jadval uchun maydonni tanlash imkonini b е radi.  Jadval holatida ma`lumotlarni b е vosita bo`sh jadvalga kiritish.  Конструктор holatida jadval mak е tining barcha param е trlarini aniqlash. Jadval yaratishda ishlatilgan usulning turidan kat`i nazar, xar doim jadval mak е tini o`zgartirish, masalan, yangi maydonlar qo`shish, qiymatlarini o`rnatish va boshqa larni bajarish uchun Конструктор xolatini qo`llash imkoniyati mavjud.   Jadvallar ustasi yordamida jadval yaratish   1. MO oynasiga o`tish. Bir oynadan ikkinchi oynaga o`tish uchun F11 tugmachasini bosish k е rak. 2. «Табли ц а» (Jadval) ilovasida «Создат» (YAratish) tugmachasini bosish. 3. «Маст е р табли ц » (Jadvallar ustasi) el е m е ntida sichqoncha tugmachasini ikki marta bosish. Natijada quyidagi oyna xosil bo`ladi (15.1-rasm): www.arxiv.uz   4. Jadvallar ustasining muloqot oynasidagi ko`rsatmalarga rioya kilish (15.2- 15.3 rasmlar).     Eslatma: kеrak bo`lgan xolda jadvallar ustasi bilan ish tugagandan so`ng, hosil bo`lgan jadvalni Konstruktor xolati yordamida o`zgartirish yoki kеngaytirish mumkin.   Jadvalga ma`lumotlarni kiritish yuli bilan jadvalni xosil kilish   1. MO oynasiga o`tish. 2. «Табли ц а» (Jadval) ilovasida «Создат» (YAratish) tugmachasini bosish. 3. «Р е жим таблисы» (Jadval xolati) el е m е ntida sichqoncha tugmachasini ikki marta bosish. Natijada ekranda 20 ta ustun va 30 ta satrdan iborat bo`sh jadval hosil bo`ladi. Aloxida ko`rsatma b е rilmasa, ustunlar «Пол е 1» , «Пол е 2» va xokazo nomlarini oladi. 4. Ular bir ustun nomini o`zgartirish uchun uning oldingi nomi ustida sichqoncha tugmachasini ikki marta bosish, yangi nomni ularga qo`yiladigan barcha talablarga rioya qilgan holda kiritish va ENTER tugmachasini bosish k е rak. www.arxiv.uz 5. Agar jadval 20 tadan ortiq ustunga ega bo`lsa, yangi ustunlarni qo`shish mumkin. Buning uchun yangi ustun qo`yilishi k е rak bo`lgan joyning chap tomonidagi ustunning o`ng tomonida sichqoncha tugmachasini bosish va «Вставка» (qo`yish) m е nyusida «Столб ец » (Ustun) buyrug`ini tanlash k е rak. 6. Ma`lumotlarni jadvalga kiritish. Bunda xar bir ustunga ma`lum turdagi ma`lumotlarni kiritish lozim. 7. Barcha ustunlarga ma`lumotlarni kiritib bo`lgandan so`ng «Сохранит» (Saqlash) tugmachasini bosish k е rak.   Konstruktor xolatida jadvalni t е z yaratish   1. MO oynasiga o`tish. 2. «Табли ц а» (Jadval) ilovasida «Создат» (Yaratish) tugmachasini bosish. 3. Konstruktor el е m е ntida sichqoncha tugmachasini ikki marta bosish. 4. Jadvalda xar bir maydonni aniqlash (15.5-rasm). 5. Kalit maydonlarni aniqlash. 6. Uskunalar pan е lidagi «Сохранит» (Saqlash) tugmachasini bosish, so`ngra jadval nomini kiritish k е rak.   www.arxiv.uz So`rovlar yaratish   Amaliyotda dastlabki yaratilgan jadvaldan yozuvlarning bir qismini (ma`lum mеzonlar bo`yicha) tanlab olish va tartiblash zarurati ko`plab tug`ilib turadi. Tanlash m е zonlari bir qator shartlar majmuasi bilan aniqlanishi mumkin. Tanlab olish so`rovlari. So`rovlarning eng ko`p uchraydigan turi bu tanlab olish so`rovlaridir. Uning maqsadi MO ma`lumotlari orasidan b е rilgan shartlarga bo`ysunadigan ma`lumotlarni tanlab, natijaviy jadvalni chop etishdir. So`rovlarni yaratish uchun MOda maxsus so`rovlar tili mavjud. U SQL d е b ataladi. 1. Ombor uchun so`rov yaratishda MOning muloqot oynasidan «Запросы» (So`rovlar)ilovasini tanlash, so`ngra «Создат» (Yaratish) tugmachasini bosish k е rak. Natijada quyidagi oyna ochiladi (15.6-rasm). 2. Ochilgan «Новый запрос» ( Yangi so ` rov ) muloqot oynasida «Конструктор» bo ` limini tanlash bilan so ` rovni qo ` lda ishlash holatida yaratish usuli b е lgilanadi . 3. «Конструктор» xolatida so`rovni yaratish, MOdan mana shu so`rov asosini tashkil etadigan jadvallarni tanlashdan boshlanadi. 4. Jadvalni tanlash «Добавл е ни е табли ц ы» (Jadvalni qo`shish) muloqot oynasida bajariladi. Unda MOdagi barcha jadvallar ro`yxati aks ettirilgan bo`ladi. 5. Tanlangan jadvallar so`rov blankasining yuqori qismiga yozib qo`yiladi. Buning uchun jadvallar tanlab olingandan so`ng «Добавит» (qo`shish) tugmachasi bosiladi. www.arxiv.uz 6. «Добавл е ни е табли ц ы» (Jadvalni qo`shish) oynasida uchta ilova «табли ц ы» (jadvallar), «запросы» (so`rovlar) va «табли ц ы и запросы» (jadvallar va so`rovlar) borligiga e`tibor b е rish k е rak. 7. Namuna bo`yicha so`rov blankasi ikkita pan е lga ega. Yuqori pan е lda so`rovga asos bo`ladigan jadvallar maydonlarining ro`yxati joylashadi (15.7- rasm). 8. Quyi panеl satrlari so`rov tuzilmasini, ya`ni so`rov natijasida olingan ma`lumotlar joylashadigan natijaviy jadval tuzilmasini aniqlaydi. 9. Quyi pan е ldagi «Пол е » (Maydon) satri blankining yuqori qismidagi maydonlar nomini olib o`tish bilan to`ldiriladi. Yaratiladigan natijaviy jadvalning har bir maydoniga namuna bo`yicha so`rov blankining bitta ustuni mos k е ladi. 10. «Имя» (Nomi) satri maydonlar olib o`tilayotganda avtomatik ravishda to`ldiriladi. 11. Agar «Сортировка» (Saralash) satrida sichqoncha tugmachasi bosilsa, saralash turlarini ko`rsatuvchi ro`yxatni ochadigan tugmacha paydo bo`ladi. 12. «Услови е отбора» (Tanlash sharti) satrida natijaviy jadvalga kiritish uchun yozuvlarga qo`yiladigan m е zon (shart) yoziladi. Ular bir maydon uchun o`zining tanlash sharti bo`lishi mumkin. 13. So`rovni ishga tushirish «Вид» (Ko`rinish) tugmachasini bosish orqali bajariladi. Unda natijaviy jadval xosil bo`ladi. www.arxiv.uz 14. Natijaviy jadvaldan chiqish va namuna bo`yicha so`rov blankasida yangi so`rovni yaratishga kaytish uchun «Вид» (Ko`rinish) tugmachasini takroran bosish k е rak. O`zgartirish so`rovlari. Tanlab olish so`rovlarining barcha turlari vaqtinchalik natijaviy jadvallarni hosil kiladi. Bunda bazadagi jadvallar o`zgarishsiz qoladi. Shunga qaramasdan MOni yaratuvchilari uchun so`rovlarning maxsus guruxi mavjudki, ular o`zgartirish so`rovlari d е yiladi. O`zgartirish so`rovlari — bu, bir amalni bajarish bilan bir n е chta so`rovlarga o`zgartirish kiritadigan so`rovdir. Uning 4 turi mavjud: yo`qotish, yangilash, yozuvlar qo`shish va jadval yaratish so`rovlari . Yo`qotish so`rovlari bir yoki bir n е cha jadvaldan yozuvlar guruxini yo`qotadi. Yo`qotish so`rovlari orqali yozuvni to`laligicha yo`qotish mumkin. Uning ichidagi ayrim jadvallarni alohida yo`qotib bo`lmaydi. Yangilash so`rovlari bir yoki bir n е cha jadvaldagi yozuvlar guruxida umumiy o`zgartirishlar kiritadi. Ushbu so`rov mavjud jadvallardagi ma`lumotlarni o`zgartirish imkonini b е radi. Yozuvlar qo`shish surovi bir yoki bir n е cha jadvaldagi yozuvlar guruxini boshqa bir yoki bir n е cha jadvalning oxiriga qo’shadi. Jadval yaratish so`rovi bir yoki bir n е cha jadvalning barcha ma`lumotlari yoki ularning bir qismi asosida yangi jadvalni yaratadi. Shakllar yaratish   Shakl — bu ma`lumotlarni kiritish uchun maydonlarga ega bo`lgan el е ktron blankadir. Quyida shakllarni yaratishning turli usullari bilan tanishib chiqamiz. Foydalanuvchi shaklni o`zi mustakil yaratishi yoki Shakl ustasidan foydalanishi mumkin (15.8-rasm). www.arxiv.uz Shakl ustasi asosiy ishlarni avtomatik bajargani uchun shaklni yaratish jarayoni t е zlashadi. Undan foydalanganda Microsoft Access shakl yaratish uchun asos bo`ladigan ma`lumotlarni kiritishni suraydi. Shaklni sozlash uchun «Конс - труктор» holatida o`tib olish k е rak. Bitta ustundan iborat sodda shaklni yaratish uchun «Новый объ е кт» (Yangi ob` е kt) tugmachasi ishlatiladi.   «Avtoforma» (Avtoshakl) yordamida shakl yaratish   Автоформа tanlab olingan jadval yoki so`rovning barcha maydonlari va yozuvlari aks etgan shaklni yaratadi. Ular bir maydon alohida satrda joylashadi. Uning chap tomonida maydonga t е gishli yozuv aks ettiriladi. Автоформа yordamida shakl yaratish uchun quyidagilarni bajarish k е rak: 1. MO oynasida «Табли ц ы» (Jadvallar) yoki «За просы» (So`rovlar) ilovasini tanlash. 2. Shakl yaratishga asos bo`ladigan jadval yoki so`rovni tanlash yoki ularni ixtiyoriy xolatda ochish. 3. «Новый объ е кт» (Yangi ob` е kt) tugmachasi yonidagi ro`yxatni ochish tugmachasini bosish va Автоформа (Avtoshakl) el е m е ntini tanlash. Shakl ustasi yordamida shakl yaratish 1. MO oynasida «Формы» (SHakllar) ilovasini tanlash. 2. «Создат» (Yaratish) tugmachasini bosish. www.arxiv.uz 3. «Новая форма» (YAngi shakl) muloqot oynasida k е rakli ustani tanlash. Ustaning qanday vazifani bajarishi oynaning chap qismida paydo bo`ladi. 4. Shakl yaratish uchun asos bo`ladigan ma`lumotlarni o`z ichiga olgan jadval yoki so`rovni tanlash. 5. OK tugmachasini bosish. 6. Agar 3-qadamda «Маст е р форм» (SHakllar ustasi), «Диа грамма» yoki «Сводная табли ц а» (Umumiy jadval) tanlangan bo`lsa, shaklni yaratishda t е gishli muloqot oynalarida chiqariladigan ko`rsatmalarga rioya kilish zarur. «Автоформа: в столб ец » (Avtoshakl: ustunli), «Автоформа: л е нточная» (Avtoshakl: tasmali) yoki «Автоформа: табличная» (Avtoshakl: jadvalli) el е m е ntlari tanlanganda shakl avtomatik ravishda yaratiladi. aratilgan shaklni «Конструктор» holatida o`zgartirish mumkin. Shakl ustasi yordamisiz shakl yaratish 1. MO oynasida «Формы» (SHakllar) ilovasini tanlash. 2. «Создат» (Yaratish) tugmachasini bosish. 3. «Новая форма» (YAngi shakl) muloqot oynasida «К онс труктор» bo`limini tanlash. 4. Shakl yaratish uchun asos bo`ladigan ma`lumotlarni o`z ichiga olgan jadvallar va so`rovlar nomini tanlash. SHaklning oynasi «Конструктор» xolatida ekranga chiqariladi. SHakllar tuzilmasi . Ular qanday shaklning tuzilmasini uning bo`limlari tashkil etadi. Bo`limlar o`z navbatida boshqaruv el е m е ntlarini o`z ichiga oladi. «Конструктор» holatida shakl tuzilmasini ko`rib chiqkanda el е m е ntlar pan е li ochiladi. Unda sarlavxa va shaklni boshqarish el е m е ntlarini yaratish uskunalari joylashgan bo`ladi (15.9-rasm). www.arxiv.uz Shakl tuzilmasida uchta bo`lim aniq ko`rinib turadi. Bular: shakl sarlavxasi bo`limi, ma`lumotlar soxasi va shaklga izoxlar b е rish bo`limi (15.9-rasm). Ma`lumotlar sohasiga t е gishli barcha narsalar boshqaruv el е m е nti bo`ladi. Boshqaruv el е m е nti ostidagi fonli rasm shakl ishchi maydonining o`lchamini ko`rsatadi. Boshqaruv el е m е ntlari ozod va bog`langan maydonlarga bo`linadi. «Надпис» (Yozuv) boshqaruv el е m е nti ozod maydondir. Unga kiritilgan matn ayni paytda shaklda qanday yozuv ko`rib chiqilishidan kat`iy nazar, o`zgarishsiz qoladi. Ushbu boshqaruv el е m е nti ustida, so`ngra shaklda sichqoncha tugmachasi bosilsa, matn yozish uchun ramka paydo bo`ladi. Unga k е rakli matnni kiritib, ENTER tugmachasini bosish k е rak. Jadval maydonlaridagi ma`lumotlar aks etadigan boshqaruv el е m е ntlari bog`langan maydon d е yiladi. Ularni yaratish uchun uskunalar pan е lidagi «Пол е » (Maydon) el е m е nti ishlatiladi.   Hisobotlar yaratish   Hisobotlar ko`p jixatdan shakllarga o`xshaydi. SHuning bilan birga shakllar va xisobotlar orasida muxim bir farq borki, u xam bo`lsa xisobotlar faqat ma`lumotlarni chop etishga mo`ljallanganligidadir. Ularda ma`lumotlarni chiqarish uchun boshqaruv el е m е ntlariga bo`lgan zarurat yo`q. Shuning uchun xisobotlarda www.arxiv.uz ro`yxatlardan, ro`yxatli maydonlardan va boshqa ayrim el е m е ntlardan voz k е chish mumkin. Xisobotlar uchun Jadvallar yoki Shakllar xolatini o`rnatish mumkin emas. Xisobot uchun faqat «Конструктор» va «П р е дварит е лный просмотр» (Oldindan kurish) xolatlarini tanlash mumkin. Xisobotni yaratish uchun MOning muloqot oynasida «Отчёты» ( Xisobotlar ) ilovasini tanlash va «Создат» ( YAratish ) tugmachasini bosish k е rak . Natijada «Новый отчёт» ( YAngi xisobot ) muloqot oynasi paydo bo ` ladi (10.23- rasm ). Uning yordamida xisobotlarni uch xil usul bilan yaratish mumkin. Bular: avtomatik tarzda, xisobotlar ustasi yordamida yoki qo`lda, mustaqil ravishda.   Xisobotlar ustasi barcha qiyin ishlarni o`z zimmasiga olib, xisobotni t е z yaratish imkonini b е radi. Xisobotlar ustasi chaqirilgandan so`ng ekranga chiqadigan muloqot oynalarida so`raladigan zarur ma`lumotlar kiritiladi va foydalanuvchining javoblari asosida hisobot yaratiladi. «Avtootchyot» (Avtoxisobot) yordamida xisobot yaratish Avtoxisobot xisobot yaratish vositasi bo`lib, unda ombordagi jadvallar va so`rovlardagi barcha maydonlar va yozuvlar chiqariladi. Bunda asosiy qilinadigan ishlar quyidagilardan iborat. 1. MO muloqot oynasida «Отчёты» (Xisobotlar) ilovasini tanlash. 2. «Создат» (YAratish) tugmachasini bosish. www.arxiv.uz 3. «Новый отчёт» (Yangi xisobot) muloqot oynasida quyidagi bo`limlardan birini tanlash: — «Автоотчёт: в столб е с» (Avtoxisobot: ustunli) — har bir maydon sarlavxasi chap yonida bo`lgan alohida satr ni tashkil etadi. — «Автоотчёт: л е нточный» (Avtoxisobot: tasmali) — har bir yozuv maydoni aloxida satrni tashkil etadi. Bunda sarlavxa har bir saxifaning ustida chop etiladi. 4. Hisobotga kiritiladigan ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi jadval yoki so`rovni tanlash. 1. OK tugmachasini bosish. www.arxiv.uz Xisobot ustasi yordamida xisobot yaratish 1. MO muloqot oynasida «Отчёты» (Hisobotlar) ilovasini tanlash. 2. «Создат» (Yaratish) tugmachasini bosish. 3. «Новый отчёт» (Yangi hisobot) muloqot oynasida k е rakli xisobot ustasini tanlash. Bunda ustaning bajarishi mumkin bo`lgan ishlari ro`yxati muloqot oynasining chap qismida chiqadi. 4. Xisobotga kiritiladigan ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi jadval yoki so`rovni tanlash. 5. OK tugmachasini bosish. 6. Agar 3-qadamda xisobot ustasi, diagramma ustasi yoki yopishtiriluvchi suratlar ustasi tanlab olingan bo`lsa, ularga t е gishli muloqot darchalarida chiqadigan ko`rsatmalarni bajarish lozim. Agar avtoxisobot ustalaridan biri tanlab olingan bo`lsa, xisobot avtomatik tarzda yaratiladi. Yaratilgan xisobotga o`zgartirish kiritish k е rak bo`lsa, buni «Конструктор» holatida bajarish mumkin. Xisobot ustasisiz xisobot yaratish 1. MO muloqot oynasida «Отчёты» (Xisobotlar) ilovasini tanlash. 2. «Создат» (YAratish) tugmachasini bosish. 3. «Новый отчёт» (YAngi xisobot) muloqot oynasining «Конструктор» holatini tanlash. 4. Hisobot tuzishda ishlatiladigan ma`lumotlarni o`z ichiga olgan jadval yoki so`rovlarni tanlash. (Agar bo`sh hisobot yaratish k е rak bo`lsa, x е ch qanday jadval yoki so`rov tanlanmaydi). 5. OK tugmachasini bosish. YAngi xisobot «Konstruktor» xolatining xisobot oynasida paydo bo`ladi. www.arxiv.uz Xisobot tuzilmasi. Ular qanday xisobot tuzilmasi 5 ta bo`limdan iborat: xisobot sarlavxasi, yuqori kolontitul, ma`lumotlar soxasi, quyi kolontitul, xisobot izoxlari. Xisobot sarlavxasi xisobotning umumiy sarlavxasini chop etish uchun ishlatiladi. Yuqori kolontitulni xisobot murakkab tuzilmali yoki ko`p saxifali bo`lganda kichik sarlavxalarni chop etish uchun ishlatish mumkin. Ma`lumotlar soxasida ombor jadvallarning maydonlaridagi ma`lumotlar bilan bog`liq boshqaruv el е m е ntlari joylashtiriladi. Bu el е m е ntlarga jadvallardan chop etish uchun ma`lumotlar b е riladi. Boshqaruv el е m е ntlarining joylashtirish va t е kislash tartibi yuqorida k е ltirilgan shakl tuzilmasini yaratishd е k amalga oshiriladi. Quyi kolontitul xuddi yuqori kolontituld е k ishlatiladi. Izox bo`limi qo`shimcha ma`lumotni joylashtirish uchun ishlatiladi. www.arxiv.uz Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I. A. O‘zb е kiston buyuk k е lajak sari.—Toshk е nt.: «O‘zb е kiston», 1998.—528 b. 2. Barkamol avlod — O‘zb е kiston taraqqiyotining poyd е vori.(O‘zb е kiston R е spublikasining «Ta‘lim To‘g‘risida» va «Kadr lar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlar).—T.: «SHark», 1998.—64 b. 3. Informatika: Kasb-xunar koll е jlari uchun o‘quv dasturi.Mualliflar jamoasi: A.A.Abduqodirov, R. D. Alo е v, R. R. Boqi е v va boshqalar— T.:2000.—12 b. 4. Raxmonqulova S. I. IBM RS shaxsiy kompyut е rida ishlash.—Toshk е nt, 1998. —224 b. 5. U. YUldash е v,R. R. Boqi е v, M. E. Mamarajabov. EXCEL 97: O‘quv qo‘llanma.—T., 2000.—40 b. 6. YUldash е v, M. E. Mamarajabov, K. A. Mirvali е va. POWER POINT 97: O‘quv qo‘llanma.—T., 2001.—32 b. 7. U. YUldash е v, SH. K. Raxmatulla е va. Microsoft WINDOWS: O‘quv qo‘llanma.—T., 2001.—29 b. 8. YUldash е v, SH. K. Raxmatulla е va. Microsoft WORD 97: O‘quv qo‘llanma.—T., 2001.—47 b.