logo

Kompyuter yordamida matn terish va uni kompyuter xotirasida saqlash hamda qayta yuklash

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

170 KB
Kompyuter yordamida matn terish va uni kompyuter xotirasida saqlash hamda qayta yuklash Reja: 1. Matn va grafik muharrirlari. 2. Lexicon matn muharriri. 3. Paint grafik muharriri. 4. Kompyuterda matn va grafik muharrirlariga doir amaliy topshiriq bajarish.  Matn va grafik muharrirlari Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g‘orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o‘zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o‘yib yozilgan bo‘lsa, keyinchalik turli bo‘yoqlar yordamida yozildi. Hayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo‘lga qo‘yildi. Qog‘oz ishlab chiqarish bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli ham takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli moyqalam, qamish-perolar, g‘oz patlaridan foydalanildi. Patlar o‘rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o‘rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon-matn o‘zgartirilishi kerak bo‘lsa, uni qaytadan yozish zarurligi o‘zgarmadi. Bu juda ko‘p kuch va mehnat talab qiladi. Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Undan tashqari grafik ko’rinishidagi axborotlar hayotimizda muhim ahamiyatga ega. Ular yordamida oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lmagan holatlarni tasvirlash (masalan, kimyoviy reaksiyalarda atomlar harakati), kerakli chizma, shakl, rasmlarni (masalan, bo‘lajak avtomobil yoki imoratlar) hosil qilish va ularni qayta ishlashimiz lozim bo‘ladi. Matnlarni va grafik ko‘rinishidagi axborotlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog‘ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar, asosan quyidagi turlarga bo‘linadi: matn muharrirlari , matn prosessorlari va grafik muharrirlari . Matn muharriri kompyuterda eng ko‘p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Hatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o‘nlab matn muharrirlarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, Praves kompyuterlarida «ReD», «Volna», «Punktir», IBM kompyuterlarida «WD», «Foton», «Lexicon» va hokazo. Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:  ma'lumotlarni kiritish;  xatolarni tuzatish;  belgilar, so‘zlar, satrlar, abzaslar o‘rnini almashtirish yoki o’chirib tashlash;  matnni biror «qolipga solish», yani chap va o‘ng tomonlarini to‘g‘rilash, satrlar orasidagi masofani o‘zgartirish;  matnni diskda saqlash;  matinni diskdan o‘qish(yuklash);  chop etish. Matn muharrirlarida, asosan matnning mazmuniga e'tibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog‘ozdagi ko‘rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Matn prosessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko‘rinishi ham katta ahamiyatga ega bo‘lganda qo‘llaniladi. Matn prosessorlari matnning tashqi ko‘rinishiga ta'sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o‘lchamini, rangi va ko‘rinishlarini o‘zgartirish va hokazo. Matn prosessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko‘proq qo‘llaniladi. Matn prosessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi. Matn prosessorlari yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko‘rinishi haqida ( shrift, o‘lchami, rangi va hokazo) axborotni ham o‘zida saqlaydi. Bular maxsus kodlar bo‘lib, ekranda ham, qog‘ozda ham ko‘rinmaydi. Turli matn prosessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo‘llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar har xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn prosessoridan boshqasiga olib o‘tishga har doim ham erishib bo‘lmaydi. Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko‘rinishi turlicha bo‘lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli fark qilmaydi. Shuning uchun biror matn muharririda ishlashni mukammal o‘rganib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlashni ham qiyinchiliksiz o‘zlashtirib olasiz. Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu. Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida «ishchi maydoni» deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks ettirilib boriladi. Yurgich(kursor). Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qayirida aks etishini ko‘rsatib turadi. Odatda, gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko’rinishida bo‘ladi. Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmui menyu deb ataladi. Ular yordamida asosan matnlarni diskdan o‘qish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi. Yurgich v ishchi maydoning ko‘rinishi matn muharriri ishiga deyarli ta'sir ko‘rsatmaydi. Ular turli matn muxarrirlarida biroz farq qilishi mumkin. Grafik muharrirlari shakllar, rasmlar, fotosuratlar kabi grafik ma‘lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturdir. Deyarli barcha grafik muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:  yangi shakl hosil qilish;  shaklni qurish va tahrir qilish;  shakllarni birma-bir ko‘rib chiqish;  chizilgan shaklni diskda saqlash;  chizilgan shaklni diskdan o‘qish(yuklash);  chizilgan shaklni chop etish. Grafik muharrirlarining qo‘llanish sohasi juda keng bo‘lib, me'morchilikda, konstruktorlik byurolarida, dizaynda, loyihalashni avtomatlashtirish tizimlarida, hatto raqslarni sahnalashtirishda, amaliy san'at va rassomlikda keng qo‘llaniladi. Grafik muharrirlari ijrochi uchun qulay vosita bo‘lib, u murakkab, ko‘p vaqtni talab etadigan texnik ishlarni bajarishda katta yordam beradi.  Leksikon(Lexicon) matn muharriri Matn muharrirlari, asosan menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qancha ko‘p bo‘lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo‘ladi . Turli matn muxarrirlarining mos buyruqlari bir-biridani deyarli farq qilmaydi. Ular biroz farqlansada, ma'nosini tushunib olish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Masalan, matnni diskka yozish buyrug‘i ba'zi matn muharrirlari menyusida «yozish» deb nomlangan bo‘lsa, boshqalarida «saqlash» deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o’qish buyrug‘i turli matn muhrrirlarida «o‘qish», «yuklash» yoki «ochish» deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo‘lsa hm, deyarli bir xil ma'noni anglatadi va aynan bir xil vazifani bajaradi. Leksikon matn prosessori menyusi ichma-ich joylashgan buyruqlar tizimiga ega. Ya'ni, menyuning biror buyrug‘i tanlansa, menyu satrida qo’shimcha buyruqlar hosil bo‘ladi. Leksikon matn prosessori Masalan, hosil qilingan matnni diskda saqlab qo‘yish uchun quyidagi ketma- ketlikda amallar bajariladi:  F10 tugmachasi bosiladi. Natijada yurgich menyular satriga o‘tadi.  Yo‘nalish tugmachalari (chapga yoki o‘ngga) yordamida yurgich menyuning «Matn» buyrug‘i ustiga keltiriladi va (  ) «Enter» tugmachasi bosiladi. Menyular satrida «Matn» menyusining amallari («Yuklash», «Saqlash», «Ko‘chirish» va hokazo) paydo bo‘ladi.  Yurgich «Saqlash» buyrug‘i ustiga olib kelinib «Enter» tugmachasi bosiladi.  Saqlanayotgan matnga nom berilib(fayl nomi) «Enter» tugmachasi bosiladi. Buni sxematik ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: F10  (Matn)   (Saqlash)  «Fayl nomi»  Oldindan hosil qilingan matnni(faylni) yuklash: F10  (Matn)   (Yuklash)  «Fayl nomi»  Hosil qilingan matnni(faylni) chop etish: F10  (Matn)   (Bosmalash)   (Boshlash)  Quyida Leksikon matn prosessorida amallar bajarish uchun kerakli bo‘lgan ma'lumotlar berilmoqda Imkoniyatlari ko‘proq bo‘lgan matn muharrirlari kamroq imkoniyatlari matn muharrirlari bajara oladigan barcha amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Shu bois yuqori imkoniyatli matn muharririda ishlashni o‘zlashtirib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlash qiyinchilik tug‘dirmaydi.  PAINT grafik muharriri PAINT grafik muharriri IBM PC turidagi kompyuterlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, WINDOWS operasion sistemasida ishlashga mo‘ljallangan. Uning yordamida bir necha turdagi monitorlarda tasvir yasash va tahrir qilish mumkin bo‘ladi. PAINT ning muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, u «sichqoncha» manipulyatori bilan ham, klaviatura bilan ham boshqarilishi mumkin. Uning yordamida ekranda bir vaqtda 256 xil rangni hosil qilish mumkin bo‘ladi. PAINT xotiraga yuklatilgach, ekran quyidagi ko‘rinishni oladi. Yangi rasm chizish uchun ekranning chap tomonida ko‘rsatilgan amallardan foydalanadi. Hosil qilingan rasmni tashqi xotiraga yozib qo‘yish, uni tahrir qilish (Masalan, biror burchakka burish), rasmga turli harflar yordamida matn yozish kabi amallarni bajarish uchun ekran yuqori qismidagi amallardan (menyudan) foydalaniladi. Hosil qilingan rasmni(faylni) xotirada saqlash: A lt  (fayl)   (Soxranit)   (fayl nomi)  Oldindan hosil qilingan rasmni(faylni) yuklash: A lt  (fayl)   (Otkrit)   (fayl nomi)  Hosil qilingan rasmni(faylni) chop etish: A lt  (fayl)   (Pechat)   (Printer turi)  Ok  PAINT grafik muharririda klaviatura tugmachalari yordamida amallar bajarish quyidagicha amalga oshiriladi: Ctrl+N Yangi rasm(fayl) hosil qilish Ctrl+S Hosil qilingan rasmni (faylni) xotirada saqlash Ctrl+O Oldindan hosil qilingan rasmni (faylni) yuklash Ctrl+P Hosil qilingan rasmni (faylni) chop etish Ctrl+Z Bajarilgan amalni inkor etish Ctrl+X Ajratilgan qismni kesib olish Ctrl+C Nusxa olish Ctrl+V Olingan nusxani qo‘yish Ctrl+L Barchasini tanlash Ctrl+T Instrumentlar nabori Ctrl+A Ranglar palitrasi Ctrl+F Rasmni ko‘rish Ctrl+R Rasmni burish Ctrl+W Rasmni cho‘zish va egish Ctrl+E Atributlar Alt+F4 Dasturdan chiqish F4 Bajarilgan amalni takrorlash Del Tanlashni bekor qilish С trl+Shift+N Ish maydonchasini tozalash  Kompyuterda matn va grafik muharrirlariga doir amaliy topshiriq bajarish Paint muharriri bilan yaqinroq tanishish uchun, yuqorida ko‘rsatilgan amallarga asosan rasmda tasvirlangan uy rasmini mustaqil chizing. Lexicon matn muharririda 5-6 jumladan iborat o‘z tarjimai holingizni yozing va biror jadval tuzing. Eslatma: Matn muharririda ishlaganingizda klaviatura tugmachalarini vazifalarini amaliy sinab ko‘ring. Tayanch iboralar: Matn muharriri - matnlarni yaratuvchi va qayta ishlovchi dastur Grafik muharriri - rasmlarni yaratuvchi va qayta ishlovch dastur  Leksikon- matn muharriri PAINT- grafik muharriri Adabiyotlar. 1.I.Karimov. «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda». Toshkent «O'zbekiston» 1999 yil. 2.I.Karimov. «Milliy istiqlol mafkurasi» Toshkent «O'zbekiston» 2000 yil 3.«Ta'lim taraqqiyoti» 4-maxsus soni. Toshkent «Sharq»-1999 yil 4.A.Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari» Toshkent –2002y. 5.N.Tayloqov «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» Toshkent 2002. 6. www.ziyonet.uz