logo

Jinoyatchilik va uning kriminologik tavsifi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

106 KB
Jinoyatchilik va uning kriminologik tavsifi Reja: 1. «Jinoyatchilik» tushunchasi va uni o‘rganishning ijtimoiy-huquqiy mohiyati. 2. Jinoyatchilik turlari 3. Jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishi. 4. Jinoyatchilik ko‘rsatkichlari «Jinoyatchilik» tushunchasi va uni o‘rganishning ijtimoiy-huquqiy mohiyati. Kriminologiya fanining tadqiqot doirasiga kiruvchi jinoyatchilikka atroflicha tavsif berish katta ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. « Jinoyatchilik » tushunchasi. Jamiyat ijtimoiy hayotida o‘ziga xos salbiy holat sifatida e’tirof etiladigan jinoyatchilik bir qator xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgan keng ma’nodagi atama bo‘lib, kategoriya sifatida ma’lum bir mazmunga ega. Jinoyatchilik mavjud voqelikda shaxs va shaxsning jinoiy xatti- harakatlaridagi o‘zaro bog‘liqlikni bildiradi. Jinoyat sodir etuvchi shaxsning jinoyat bilan bog‘liqligi esa o‘ziga xos xilma- xillikdan iboratdir. Shu bilan birga, jinoyatchilik umumiy miqyosda jinoyatlar va ji - noyatchilarning barcha individual jihatlarini o‘zida mujasamlantirgan holda «shakllanadi» hamda barchasiga xos bo‘lgan umumiy belgilarni ham o‘zida namoyon etadi. Bu esa, jinoyatchilikning umumiy miqdorini anglatgan holda, uning sodir etilish hududi va aniq vaqtlarini ham belgilash imkonini beradi. Ushbu holatda umumiy miqdor rasman jinoyatchilikning miqdorini anglatsa- da, jinoyatchilikning «xilma-xilligi» uning turli sifatlarga ega ekanligini bildiradi. Ya’ni jinoyatchilikning umumiy miqdori yuzta deb qayd etilsa, har bir jinoyat yoki, umuman, turli qonunbuzarliklar aynan shu yuzta holatda turlicha nisbatda uchrashi mumkin. Jinoyatchilik mavjud voqelik sifatida o‘ziga xos bo‘lgan belgilar va xususiyatlarning mantiqan bog‘liqligini umumlashtiradi, ya’ni jinoyatchilik ommaviy, ijtimoiy va huquqiy jihatdan namoyon bo‘ladi. Jinoyatchilikning ushbu belgi va xususiyatlari esa uning tushunchasini ifodalaydi. Demak, jinoyatchilik qiyosiy jihatdan ommaviy bo‘lib, u yoki bu davlat jinoyat qonunchiligi bilan jinoyat deb belgilangan ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning ma’lum bir davr oralig‘ida buzilishidir. Jinoyatning belgi va xususiyatlari umumiy, shu bilan birga, majburiy holda e’tirof etilmog‘i lozim. Ya’ni bu «jinoyatning tarkibi»ni anglatadi. «Jinoyatchilik» tushunchasi o‘z ichiga nafaqat umumiy ma’nodagi jinoyatlarni, balki keng ma’noda guruhiy jihatdan o‘zaro mansub bo‘lgan jinoyatlarni ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham bu holatda jinoyatchilikka xos bo‘lgan umumiy (umumiy jihati), maxsus (guruhiy mansubligi) va alohida (jinoyatni) olingan tushunchalarni e’tiborga olish lozim. Shu bilan birga, jinoyatchilikning turlari va elementlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Jinoyatchilik turlari. Jinoyatchilikning o‘z xususiyatlariga ko‘ra quyidagi ikki turga bo‘linishi hozirgi kunda kriminologiya fani tomonidan e’tirof etilgan. Bular birinchi bor jinoyat sodir etish (birinchi bor sodir etilgan jinoyatning turlari) va qayta yoki retsidiv jinoyatlar (retsidiv jinoyatlarning turlari)dan iboratdir. Jinoyatchilikning bu ikki turi, o‘z navbatida, ayollar va erkaklar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilik turlariga bo‘linadi. Jinoyatchilikni shu tariqa tabaqalashtirish erkaklar va ayollar jinoyatchiligini yosh jihatdan ham ikki turga, ya’ni voyaga yetgan va yetmaganlar jinoyatchiligiga ajratishni taqozo etadi. Bugunga kelib kriminologiyada jinoyatchilikning o‘n to‘rt turi mavjud deb e’tirof etilgan bo‘lib, har bir turdagi jinoyatchilik o‘ziga xos bo‘lgan jinoyat guruhlarini mujassamlashtirgandir. Bu esa jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishdagi mavjud muammolarni aniq belgilashga yordam beradi. Bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, jinoyatchilik elementlarini belgilashda «jinoyatchilikning umumiy holati» va «jinoyatchilikning miqdor ko‘rsatkichlari»ni o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ta’riflash lozim. Umuman, jinoyatchilikning quyidagi to‘rtta, ya’ni umumiy holati, darajasi, dinamikasi va tuzilishi kabi elementlari mavjuddir. Jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishi. Ma’lumki, jinoyatchilik oddiy arifmetik yig‘indi sifatida miqdoran ko‘rib chiqilmaydi, balki shu jinoyatlar o‘rtasidagi «o‘zaro bog‘liqlik» xususiyatlaridan kelib chiquvchi tarkibiga ko‘ra baholanadi. Jinoyatlarning turlicha bo‘lishi va ular o‘rtasidagi «o‘zaro bog‘liqlik» jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishini bildiradi. Ta’kidlanganidek, jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishi ma’lum bir vaqt oralig‘ida u yoki bu hududiy birlikda sodir etilgan alohida turdagi yoki toifadagi jinoyatlarning miqdorini umumiy jinoyatlar hisobida tutgan o‘rnini ifodalaydi. Agar jinoyatlarning umumiy holati va miqdor ko‘rsatkichlari jinoyatchilikning soni va sifatini ko‘rsatsa, jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishi uning sifat darajasini anglatadi. Umuman olganda, jinoyatchilikning sanab o‘tilgan barcha elementlari, o‘z mohiyatiga ko‘ra, jinoyatchilikning miqdor va sifat o‘zgarishlarini tahlil etishga yordam beradi. Jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishini bilish bu ijtimoiy-salbiy illatni ilmiy bilishga imkon yaratadi. Ushbu uzviy bog‘liqlikni atroflicha o‘rganish esa jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda katta ahamiyatga ega. Ushbu masalani hal etishda quyidagi ikki yo‘nalishda ish olib borish taqozo etiladi. Birinchisi, jinoyatchilikning ichki tomondan o‘zaro bog‘liqligi va ularning bir butun muammo ekanligi, ikkinchisi, jinoyatchilikning ijtimoiy xavflilik darajasi va jamiyat hayotidagi mavjud u yoki bu ijtimoiy muno- sabatlarda tutgan o‘rni. Jinoyatchilik dinamikasi. Jinoyatchilikning ushbu elementi ma’lum bir vaqt oralig‘ida uning harakatlanishi (o‘zgarishi) hisoblanadi. Jinoyatchilik dinamikasi (harakati) deganda faqat jinoyatchilik miqyosi bilan bog‘liq harakat tushuniladi. Biroq bu ushbu tushunchaning tor ma’nosidir. Jinoyatchilik ijtimoiy-huquqiy illat sifatida. Kriminologiya jinoyat chilikni ijtimoiy hayotdagi illat sifatida o‘rganadi va uning huquqiy jihatdan mavjudligini ham inobatga oladi. Jinoyatchilik jamiyat uchun xavfli ijtimoiy- huquqiy illat bo‘lib, salbiy xususiyatga ega. Demak, jinoyatchilik mavjud ijtimoiy voqelikdir. Uning ijtimoiyligi shaxslar tomonidan jamiyatda o‘rnatilgan yashash qoidalarini buzishga qaratilgan nojo‘ya harakat (yoki jinoyat)larning mavjudligi bilan belgilanadi. Jinoyatchilik muammolariga ijtimoiy tomondan yondashilsa, uning ijtimoiy xavfliligini belgilash imkoni yuzaga keladi. O‘z navbatida, jinoyatchilikning ijtimoiy mohiyati uning jamiyat manfaatlariga mos kelmasligi bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham jinoyatchilikning yuzaga kelishi har bir jamiyatning hayot tarzi bilan uzviy bog‘liqdir. Ijtimoiy jihatdan nojo‘ya xatti-harakat (yoki jinoyat) qonun asosida belgilanadi va qonun asosida jazolanadi. Bu esa jinoyatchilikning mohiyatini belgilaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ji noyatchilikning ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida tadqiq etilishi kriminologiya nuqtai nazaridan e’tirof etilgan. Jinoyatchilikni o‘rganishning mohiyati. Har bir ijtimoiy voqelik, shuningdek, jinoyatchilikni o‘rganish ham o‘z mohiyatiga ega. Zotan, krimi - nologiya jinoyatchilikni mavjud voqelik, «yaxlit bir organizm» sifatida o‘rganadi. Ushbu «organizm» asosan ijtimoiy va huquqiy jihatdan o‘rganiladi. Bu o‘rinda jinoyatchilik umuman yaxlit holatda, uning o‘ziga xos alomatlari ham aynan umumlashgan holda hamda faqat ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishda o‘rganiladi, degan fikr kelib chiqmasligi lozim. Ma’lumki, u yoki bu hodisaning mohiyati uning o‘ziga xos ichki va umumiy tavsifi berilishini taqozo etadi. Shuning uchun ham jinoyatchilikni o‘rganishda uning ichki, ijtimoiy va tashqi xususiyatlari huquqiy jihatdan o‘rganiladi, degan fikrga ham kelmaslik kerak. Jinoyatchilikning birinchi yoki ikkinchi tomondan ko‘rib chiqilishi mohiyatni anglatadi deyish noo‘rindir. Jinoyatchilikni faqat bir tomondan, ya’ni ijtimoiy- huquqiy tomondan yaxlit voqelik sifatida o‘rganish lozim. Shuningdek, jinoyatchilikni o‘rganish mohiyat jihatidan uning o‘ziga xos bo‘lgan barcha «ko‘rsatkichlarini» mavjudligida ham emas. To‘g‘ri, har bir holatda mohiyat chuqur ma’noga, voqelik esa ko‘p qirrali mazmunga ega va mohiyat ham, voqelik ham bir-biri bilan o‘zaro mutanosiblik asosida shakllanadi, ya’ni mohiyat u yoki bu voqelikni keltirib chiqaradi va ifoda- laydi, voqelik esa mohiyat bilan e’tiborlidir. Ijtimoiy hayotda jinoyatchilik mavjud bo‘lganligi uchun ham aynan mohiyat jihatidan o‘rganiladi. Chunki jinoyatni mohiyat jihatidan o‘rganish ijtimoiydir, uning mavjudligi esa huquqiy jihatdan belgilanganligidadir. Jinoyatchilikda mohiyat va voqelik chambarchas bog‘langan. Zotan, falsafa nuqtai nazaridan kelib chiqilganda, mohiyat voqeliksiz mavjud emas va mohiyatning o‘zi ham mavjud voqelik ekanligini e’tibordan chetda qoldir- maslik zarur. Shu bilan birga, mohiyat voqelikka xos bo‘lib, doimiy ravishda o‘zgarib turishi mumkin (ya’ni mohiyat jihatidan o‘rganish va o‘rganishga bo‘lgan munosabat ham). Ko‘rinib turibdiki, jinoyatchilik mohiyatining o‘zgarishi bilan birga, uning mavjudligi ham o‘zgaradi yoki nihoyasiga yetadi. Mohiyat jinoyatchilikning mavjudligini o‘rganish bilan bog‘liqdir. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, jinoyatchilikni mohiyat jihatidan o‘rganish tadqiqotning barcha yo‘nalishlarida uni ijtimoiy-huquqiy voqelik sifatida e’tirof etishni talab etadi. Jinoyatchilik tizimi. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda har qanday tadqiq etilayotgan obyektni chuqur o‘rganish uning tarkibiy tuzilishini aniq belgilash bilan bog‘liqdir. Biroq tadqiq etilayotgan obyekt (voqelik, jara- yon)ni o‘ziga xos tarkibiy tuzilishi yoki yaxlitligicha o‘rganish ham mumkin. Bu kabi yo‘nalish ham jinoyatchilikni o‘rganishda aniq ifodasini topmog‘i zarur. Gap shundaki, «tizim» atamasi turli sohalarda juda keng qo‘llaniladi va turli ma’nolarda ishlatiladi. Tizim nima, degan savolga javob topish uchun esa, birinchi galda, «tizimsizlik» degan iboraning mazmunini bilish lozim. Shu o‘rinda jinoyatchilikni misol tariqasida oladigan bo‘lsak, uning «tizimi» qanday yoki «tizimsizligi» nimalarda ifodalanadi, degan savol tug‘i- lishi tabiiy. Jinoyatchilik ko‘p hollarda jinoyatlarning umumlashgan miqdori sifatida e’tirof etiladi. Vaholanki, bu o‘rinda jinoyatchilikni «tizim» sifatida ko‘rib chiqish mumkin emas. Binobarin, jinoyatchilik umumiy va yaxlit voqelik sifatida bir qator jinoyatlar xususiyatlarini integral bog‘liqligini ifodalovchi yaxlit voqelikning ifodasidir. Bundan ko‘rinib turibdiki, barcha umumlashgan miqdor va tarkiban xilma- xillik integratsiya, ya’ni o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xusu- siyatlarning yaqinlashuvidir. Aynan shu bir-biri bilan yaqinlik va aloqadorlik «tizim» tushunchasining ifodasidir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, jinoyatchilik ma’lum bir tizim asosida yoki tizimsiz holda tadqiq etilishi mumkin. Ma’lumki, jinoyatchilik uchun xos bo‘lgan xususiyat uning bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kompleks elementlarining mavjudligidir. O‘z vaqtida jinoyatchilik jamiyatdagi mavjud hodisa yoki sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan keng qamrovli tizimdan iboratdir (jamiyatning ijtimoiy tizimi). Jinoyat chilikning turlari (qiyosan olganda elementlari), o‘z xususiyatlariga ko‘ra, umumiy tizimning bir tarmog‘i hisoblanadi. Shu bilan birga, ayrim turdagi jinoyatlar ham jinoyatchilik tizimiga kiruvchi elementdir. Shunga ko‘ra, jinoyatchilik o‘z tarkibiga bir-biriga bog‘liq elementlarni mujassamlantirgan holda bir butun tizimni tashkil etadi. Jinoyatchilik doimiy harakatdir, ya’ni keng miqyosidagi ijtimoiy sharoitda o‘zgaradi va o‘ziga xos ko‘rinishga yoki mazmunga ega bo‘lib boradi. Jinoyatchilikning mazmun va mohiyatiga ko‘ra o‘zgarishi uning ele - mentlarining ham shaklan o‘zgarishiga olib keladi. Jinoyatchilik element- larini o‘zgarishi esa ayrim turdagi jinoyatlar va, umuman, jinoyatchilik turlarining o‘zgarishiga hamda shakllanishiga olib keladi. Bunda jinoyat chilikning voqelik sifatidagi «tashqi» o‘zgarishlari ro‘y beradi. Jinoyatchilikni alohida voqelik sifatida ko‘rib chiqish lozim. Chunki uning o‘zi alohida sifatlarga ega va ushbu sifatlar uning elementlarida mavjud bo‘lmasligi mumkin (ba’zi hollarda uning bir sifati bir yoki bir necha elementlarda uchramasligi mumkin). Ushbu holat o‘ziga xos tizim sifatida faqatgina jinoyatchilikka xos bo‘lgan faoliyatni anglatadi. Zero, jinoyatchilikning jamiyat hayotiga zid bo‘lgan ijtimoiy voqelik kabi sifatini nazarga olmoq zarur. Umuman olganda, jinoyatchilik jamiyat ta’siri ostida, jamiyat nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda doimiy ravishda o‘zgarib turishini ko‘rish mumkin. Biroq, ta’kidlash joizki, hech bir jamiyat jinoyatchilikning rivojlanishini istamaydi, balki jinoyatchilikni illat sifatida «yo‘qotish» chorasini ko‘radi. Shu tariqa jinoyatchilik o‘zining keng qamrovli o‘rnini boshqa ijobiy o‘zgarishlar uchun «bo‘shatib berishga» majbur bo‘ladi. Bu kabi jarayon ijtimoiy jamiyatdagi mavjud jinoyatchilikni «siquv» ostiga oladi va jinoiy bo‘lmagan ijtimoiy tizim jinoyatchilikka o‘zaro qarama-qarshi kuch sifatida shakllanadi. Aynan shu ijtimoiy tizim jinoyatchilikka qarshi kurash kabi ijobiy voqelikni yuzaga keltirishi va jinoyatchilikning barham topishiga sharoit yaratishi mumkin.