logo

Huquqiy davlat va hokimiyatlarning bo'linish tamoyili.O'zbek milliy davlatchiligining zamonaviy rivojlanishi

Yuklangan vaqt:

17.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

57.5 KB
Huquqiy davlat va hokimiyatlarning bo`linish tamoyili.O`zbek milliy davlatchiligining zamonaviy rivojlanishi Reja: 1 . Huquqiy davlat. 2. Hokimiyatning bo`linishi. 3. O`zbek milliy davlatchiligining zamonaviy rivojlanishi. Hokimiyatlar bo`linishi prinsipi -huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir, ya`ni 1) Qonun chiqaruvchi 2) Ijro etuvchi 3) Sud hokimiyati davlatning asosiy tayanchidir. Respulikamizda qonun chiqaruvchi hokimiyat -oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyat -Prezident va Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi. Sud hokimiyat: Konstitusiyaviy oliy sud, xo`jalik sudi, sud tomonidan amalga oshirilib ular birgalikda sud tizimini tashkil etadi. Vakolatli qonun chiqaruvchi hokimiyat. QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT 1. Respublika Oliy Majlisi 2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari 3. Xalq deputatlari viloyat Kengashlari 4. Xalq deputatlari tuman Kengashlari 5. Xalq deputatlari shahar Kengashlari IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT 1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2. Davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig`i 3. Vazirlar Mahkamasi 4. Viloyat tumanlar, shahar hokimliklari SUD HOKIMIYATI 1. Konstitusiyaviy sud 2. Oliy sud 3. Oliy xo`jalik sudi 4. Qoroqolpog`iston oliy sudi 5. Qoroqolpog`iston xo`jalik sudi 6. Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar sudlari, xo`jalik sudlari. Fuqorolik jamiyat - haqiqiy fuqarolardan, ya`ni uzviy bog`liqlikda bo`lgan hamda ahloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega bo`lgan odamlardan iborat jamiyatdir. Davlat boshqa narsa, fuqarolar jamiyati boshqa narsa. Bunday jamiyatda davlat tashkilotlaridan ko`ra jamoat tashkilotlarining narxi balandroq turadi. I.Karimov 1996 yil -Bunyodkorlik yo`lidan” asasrida; - Fuqarolik jamiyati o`zini o`zi boshqaradi va huquqiy davlat siyosatiga, undagi huquqiy tizimga hal qiluvchi ta`sir o`tkaza oladi. Demokratik jamiyat bu eng avvalo fuqarolik jamiyatidir. CHinakam, demokratiyaning oliy mazmuni shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy -siyosiy munosabatlarni uyg`unlashtirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat davlat hokimiyati tinch-totuv yashaydi- deb yozganlar. Qadim SHarqda azaldan huquqiy demokratik davlatchilik va fuqarolik jamiyatining turli elementlari mavjud edi. Bizning yaqin o`tmishimiz jahon demokratik me`yorlariga mos keladigan inson erkin yashash huquqini chegaralab qo`ygan edi. Mislsiz zo`ravonlikka tayangan kommunistik siyosat tabiatan ozodlikni yoqtirmaslik yoki demokratiyani tan olmas edi. O`zbekiston demokratiyaning qaysi yo`nalishlaridan bormoqda? Huquqiy demokratik davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini vujudka keltirish oliy maqsad ekan, unga erishishning yagona yo`li demokratiyani chuqurlashtirishdir. Birinchidan, demokratik jamiyatning barpo etishning xalqaro tamoyillari dunyo hamjamiyati e`tirof etgan yo`riqlar mavjud. Bu fuqaroning o`z xoxish irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning ko`pchilikka bo`ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va dunyo e`tiqodidan qat`iy nazar, teng huquqli, davlat va jamiyat boshqaruvidan qonun ustivorligi, saylov va saylanish huquqiga va boshqalar. Ikkichidan, O`zbekiston mustaqillikka erishgach, bir qator mamlakatlar, jumladan, Turkiya, Olmoniya, Angliya, Fransiya, kabi mamlakatlar demokratiyasi bilan tanishdi. Prezident har bir millat o`z milliy ruhiyatidan kelib chiqish yondashishi zarur. Ayniqsa, o`zbeklar singari juda qadimiy millat va juda boy an`analarga ega xalq ehtiyojlarini hisobga olmaslik og`ir natijalarga olib kelishi to`g`risida uqtirdi. Uchinchidan, mamlakat tub aholisi ruhiyatini hisobga olmaslik, G`arb demokratiyasini SHarq mamlakatlarda ko`r-ko`rona joriy etish mumkin emas. Uni tanqid qilish ham kutilmagan fejealarga olib kelishi mumkin. Misol:Tojikiston. To`rtinchidan, odatda yakka-yakka shaxslarning ruhiy kechinmalari, xatti- harakatlari va fel`-atvoridan umumjamiyat kayfiyati, uning ma`naviy qiyofasi shakllanadi Xatti-haraktlar, intilishlar, har qanday sharoitda ham umumxalq manfaatlarini hosobga olib, unga tayansagina qadriyatga aylanadi. Qadriyatlar esa bebaho mulk. Demokratiya hududi ana shunday buyuk ne`matdir. Demokratiya faqatgina siyosiy, huquqiy yoki ijtimoiy katigoriya emas, ayni paytda u ma`naviy-ahloqiy kategoriyadir. Suverenitet - davlat o`z ichki xayotida va tashqi munosabatlarida boshka davlatlardan mustaqilligidir. O`zbekiston - suveren demokratik respublika. Davlatning O`zbekiston Respublikasi va O`zbekiston degan nomlari bor ma`noni anglatadi. (Konstitusiya - 1 modda). Davlat suvereniteti nafaqat mamlakat hududida, qolaversa uning chegaralaridan tashqarida ham yuzaga keluvchi muammolarni hal etayotganda hokimiyatni amalga oshirish borasida boshqa davlatlardan to`la-to`kis mustaqillikni anglatadi. Demokratiya — xalq hokimiyatchiligi. Xalq hokimiyatchiligi prinsipi xalqni hokimiyatning yagona manbai deb e`lon qilgan Asosiy qonunda aks ettirilgan. (7-modda). “Xalq hokimiyatchiligi”- atamasi grekcha demokratiya” (demos-xalq, kratiya-hokimiyat) so`zining tarjimasidir. Demokratiya bu: — fuqarolarni davlatni boshqarishda ishtirok etishi; — hammaning va har kimning qonun oldida tengligi; — jamiyat va inson xavfsizligi; — fuqarolar va huquq erkinliklarining to`la-to`kisligi; — inson faravonligi va manfaatlari xususida davlat g`amxo`rligi; — inson va huquq erkinliklarining muxofazasi kafolatlangan mexanizm mavjudligidir. O`z tarixi davomida insoniyat demokratiyaning ikki shaklini ishlab chiqdi, 1-bevosita, ya`ni to`g`ridan-to`g`ri demokratiya, bunda xalq davlat ishlarini vakillarsiz xalq qiladi. 2-vakillik demokratiyasi, bunda xalq o`z suveren huquqlarini o`zining saylab qo`yilgan vakillari orqali amalga oshiradi. O`zbekiston xalqi, misol uchun 2000 yil 9 dekabr o`z mamlakati prezidentini saylaganda bevosita demokratiyadan foydalangan edi. Davlat miqyosidagi muammolarni xalq bevosita o`zi, referendumda, ya`ni mamlakat siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan umumxalq ovoz berishida ishtirok etganda, umumxalq muhokamasida qatnashganida hal qiladi. Davlat qaror qabul qilish uchun jamoatchilik fikrini bilishi zarur bo`lib qolganda Konstitusiya -qonunlarning loyihalari umumxalq muhokamasiga qo`yilishi mumkin. Referendum butun mamlakat miqyosida yoki mahalliy darajada o`tkazilishi mumkin. Referendumga ma`lum masalaga ovoz beriladi O`zbekiston Respublikasi xalq hokimiyatchiligi shakllari Referendum, saylovlar, yig`ilishlar, mitinglar, namoyoishlar, davlat organlariga takliflar, shikoyatlar va arizalar bilan yakka tartibda va jamoa tarzida murojaat qilish, qonun loyihalari muhokamasi. Demokratiya davlatning eng muhim Konstitusiyaviy prinsiplaridan biri hokimiyatlar bo`linishi prinsipidir. (Konstitusiya 11-modda) Ana shu prinsipga muvofiq davlatning qonun qabul qilish, ularni ijro etish va odil sudlov bilan bog`liq faoliyati hokimiyatning uch tarmog`i qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o`rtasida taqsimlanadi. Jamoat birlashmalari nega kerak? Jamoat birlashmalari - mamlak aholisi jamiyat hayotida ishtirok etish huquqining amalda namoyon etilishidir. Fuqarolarning mushtarak manfaatlar asosida ixtiyoriy uyushishi natijasida vujudga kelgan tuzumga jamoat birlashmasi hisoblanadi. Jamoat birlashmalari quyidagi shakllarda mavjud bo`ladi: -jamoat tashkilotlariga; -ommaviy harakatlari; -jamoat jamg`armalari; -jamoat muassasalari. Jamoat birlashmalarining turlari: Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, jamoat xayriya jamg`armalari, ayollar, yoshlar, bolalar tashkilotlari, (Konstitusiya 56-modda). Jamoat birlashmalari tuzish va faoliyati prinsiplari. Ixtiyorlik, tengxurlik, o`zini-o`zi boshqarish, oshkoralik, qonunniylik. Respublikamizda ko`ppartiyaviylik tizimini shakllanishi. Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning muim siyosiy huquqlaridan biri sanaladi. Tarixning borishi yakkapartiyaviylik tizimi davlatda diktatura o`rnatishga olib kelishini tasdiqladi. Ko`ppartiyaviylik tizimi esa fuqarolarga turli partiyalardan nomzodlarni tanlab olishga va jamiyatni rivojlantirish borasidagi u yoki bu dasturga afzallik berishga imkon yaratadi. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o`zlarining demokratik yo`li bilan saylab qo`yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. (Konstitusiya 60-modda) . Respublikamizda ko`ppartiyaviylik tashkil qilish propesional ketyapti. Hozirda 5 ta siyosiy partiya, 2300 ta jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar bor. Bundan tashqari 22 ta uyushma, 30 dan ortiq jamg`armalar bor. 1. XDP 1991 yil 1 noyabrdan ro`yhatdan o`tgan. Uning maqsadi: Ijtimoiy adolat, mamlakat taraqqiyoti va ma`naviy yangilanishini ta`minlash. 2. “Adolat partiyasi” 1994 yil 18 fevralda ro`yhatdan o`tgan. Uning maqsadi: Huquqiy demokratik davlat barpo etish, ijtiomiy adolat o`rnatish. 3. “Milliy tiklanish” 1995 yil 3 iyunda ro`yhatdan o`tgan. Uning maksadi: Davlatning umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tiklanish. 4. “Fidokorlar” partiyasi 1998 yil dekabrda ro`yhatdan o`tgan. Uning maqsadi: Fuqarolar faoligini oshirish va mustqillik mafkurasining shakllantirish. 2000 yilda “Vatan taraqqiyoti” va “Fidokorlar” partiyalari bitta partiyalarga birlashdilar. 1996 yil 26 dekabrda “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi Qonun chiqarildi. Bunda siyosiy partiyalar tushunchasi, uning qarashlari, manfaatlari va maqsadlari partiya a`zolarining huquq va erkinliklari partiyani tuzilishi kabilar 17-moddadan iborat qilib belgilangan. Prezident - davlat boshlig`i. Prezident lavozimi jahonda ilk marotaba 1787 yil AQSHda joriy etilgan edi. Dj.Vashington mamlakatning I-prezidenti bo`lgan. Lotincha tarjimasi “Prezident so`zi” “Oldinda o`tiruvchi”, ya`ni davlat boshlig`i ma`nosini anglatadi. 1996 yilda BMT tarkibida bo`lgan 183 mamlakatdan 130 dan ziyod perzidentlik boshqaruvi shakli mavjud. Respublikamizda prezidentlik lavozimi 1990 yil martda “O`zbekiston SSSR Prezidenti lavozimini ta`sis etish to`g`risida”gi Qonun Konstitusiyaga qo`shimchalar orqali joriy etilgan edi. XII-chaqiriq Oliy Kengashning 1-sessiyasida I.A.Karimov birinchi prezident etib saylandi. XDP va kasaba uyushmalari federasiyasi nomidagi I.Karimov va “Erk” demokratik partiyasi vakili Salay Madaminov (Muhammad Solix) nomzodi quyildi. Saylov yakuniga ko`ra I.Karimov 86% ni Salay Madaminov nomzodini (12,3%) yoqlab ovoz berdi. Konstitusiyaning 89-moddasiga muvofiq, Prezident davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig`idir. Ayni paytda Vazirlar Mahkamsining raisi hai hisoblanadi. Islohotlarni uzluksiz davom ettirish maqsadida Respublika Oliy Majlisining 1995 yil 26 martda I.Karimovning vakolatni 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish yuzasidan umumxalq referendumini o`tkazildi. Xalq referendumi ijobiy tarzda yakunlandi. Prezident I.Karimovning vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirildi. Takrorlash uchun savollar. 1. O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tizimi? a) Qonun chiqaruvchi hokimiyatga bo`linadi. b) Ijro etuvchi hokimiyatga bo`linadi. v) Sud hokimiyatiga bo`linadi d) Hokimiyatlarning prinsipiga asoslanadi. Javob: YUqoridagilarning barchasi to`g`ri. 2. O`zbekiston Mustaqil Davlat Hamdo`stligiga kirish to`g`risidagi deklorasiyaga qachon imzo chekkan? 1991 yil 21 dekabr Adabiyotlar ro`yxati: 1. O`zbekiston respublikasi Konstitusiyasi Toshkent.O`zbekiston 2003 yil. 2. I.Karimov Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Toshkent. O`zbekiston 1996 yil. 3. I.Karimov Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent. O`zbekiston 1993 yil. 4. A.Azizxo`jaev Davlatchilik va ma`naviyat. T.SHarq. 1997 yil. 5. O.Karimova va boshqalar. Davlat va huquq asoslari (o`quv qo`llanmasi) Toshkent 1996 yil. 6. Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatning qo`shma majlisdagi ma`ruzasi. 2005-yil 29-yanvar “Ma`rifat”. 7. Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 13-yilligiga bag`ishlangan tantanali ma`rosimdagi ma`ruzasi. “Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat”. 2005-yil 10-dekabr “Ma`rifat”. 6. O.Ominova Davlat va huquq asoslari kursida ko`rgazmali qurollardan foydalanish o`quv qullanmasi. Sharq. Toshkent. 1997 yil. 7. O`zbekiston Respublikasining Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dastur. Toshkent 1997 yil. 8. A.Saidov, U.Tojixonov Davlat va huquq asoslari. Toshkent. 1999 yil. 9. O.Xusanov, O.Karimova, X.Azizov, X.To`ychieva, Z.Karimov Inson huquqlari. maxsus kurs. Toshkent. 1997 yil. 10. A.Saidov, U.Tojixonov Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent. 2001 yil. 11. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi Q`onuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 12.www.akadmvd.uz