logo

Xalq ta'limi vazirligining «umumiy o'rta ta'limning tahrirdagi dts talablari» tasviriy san'atdan modernizastiya qilingan o'quv dasturlari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

204.5 KB
Xalq ta ' limi vazirligining « umumiy o ' rta ta ' limning tahrirdagi dts talablari» tasviriy san'atdan modernizastiya qilingan o'quv dasturlari Reja: 1. Umumiy o'rta ta'limning Yangi tahrirdagi DTS va modernizastiya qilingan o'quv dasturlarining mazmuni. 2. DTS talablari asosida tasviriy san'at o'quv xonalarini jihozlash. 3. DTSni amaliyotga joriy etishda o'qituvchilarning bilimini oshirish yo'llari. 4. Tasviriy san'at ta'limi DTS materiallarini sinflar bo'yicha taqsimoti. 1 O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyokarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijtimoiy fikrlasnni shakllantirish O'zbekistonning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi asosiy prinstiplardan biri deb qaraladi. Bu esa, umumiy o'rta ta'lim maktablarida badiiy estetik turkumdagi adabiyot, musiqa, tasviriy san'at, mexnat, tabiatshunoslik ta'limini tubdan o'zgartirishni talab etadi. Standart davlat tomonidan qo'yilgan talablarni to'g'ri va Benukson bajarishi uchun imkon berishi bilan bir qatorda amaliyotda qo'llanib kelinayotgan dastur, darslik va metodik qo'llanmalardagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish, hamda uni talablar darajasida tashkil etish imkonini beradi. Shuningdek u maktablarda ta'lim ishlarni nazorat qiluvchi tashkilotlar uchun ham asosiy hujjat vazifasini o'taydi. Tasviriy san'at ta'limi standartlarini mazmuni boshlang'ich sinflarda quyidagi yo'nalishda bayon etilgan. 1. Borliqni idrok etish. 2. Sana'tni idrok etish. 3. Naturaga qarab tasvirlash. 4. Kompazistion faoliyat. Tasviriy san ' atni o ' qitishda o ' qituvchini e ' tibor berishi lozim bo ' lgan asosiy jihatlar quyidagilardan iborat : 1. O ' quvchilarni borliqni va san ' at asarlardagi nafosatni ko ' rishga va undan zavqlanishga o ' rgatish . 2. Bolalarni ijodiy , abstrakt , maritkiy fikrlashga , ayni ijodiy qobiliyatlarni va fantaziyalarini o ' stirishga yo ' naltirish . 3. Tasviriy, amaliy, me'morchilik san'atlari yuzasidan nazariy, biroq umumiy elementar bilimlar berish, tasvirlash, malakalarini hosil qilish. 4. O'quvchilarga ta'lim berish bilan bir qatorda axloqiy, estetik, mexnat, ekologik tarbiyani amalga oshirish, turli kasb va hunarga yo'llash. 5. O'quvchilarda kuzatuvchanlik, ko'z xotirasi chamalash, fazoviy tasavvur, his-hayajon kabi shaxs uchun muhim bo'lgan sifatlarni o'stirish. 2 Davlat standartida masalaning bunday qo'yilishi bir qator tashkiliy, ilmiy, metodik vazifalarni keltirib chiqaradi: 1. Mavjud fan o'qituvchilarini ta'limning davlat standartlarini puxta o'zlashtirib olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratish. Mazkur muammoni echishda esa quyidagi omillar mavjud: -O'qituvchilarning mustaqil ravishda ta'lim standartlari mazmunini o'zlashtirishlarini tashkillashtirish; - O'qituvchilarni malaka oshirish kurslarga jalb etish; - Ommaviy axborot vositalarida maxsus ko'rsatuvlar tashkil etish. Tasviriy san'atdagi DTSlarida qayd qilingan muhim masalalaridan biri bu o'qituvchilarning maxsus ma'lumotga ega bulishlarini talab etadi. Chunki standart mazmuni mutaxassis o'qituvchilar uchun mo'ljallab tuzilgan. Tasviriy san'at darslarini 1-4 sinflarda maktabda mutaxassis bo'la turib, uni boshlangich sinf o'qituvchisiga berib qo'yish taqiqlanadi . Shuningdek, maktabda maxsus ma'lumotli o'qituvchisi bo'lmagan taqdirda uni malakasini oshirish va qavta tavvorlash kursidan o'tganlarga berish mumkin . 2. O'qituvchilarni o'quv-metodik materiallar bilan ta'minlash. Bunday materiallarni ikki toifaga bo'lish mumkin: - davlat va matbuot organlari tomonidan nashr etilgan materiallar; - o'qituvchilarning o'zlari tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanadigan materiallar. 3. Ta'limning davlat standartlari, dastur va darslik materiallari asosida zarur bilim va malakalarni bolalarga tez va oson etkazish kerak. Har bir darsni yuqori ilmiy-metodik saviyada o'tkazish uchun ularni zamonaviy texnika vositalari, didaktik materiallar bilan jihozlash nazarda tutadi. Bu ishlarni maxsus tasviriy san'at kabinetini tashkil etmasdan turib amalga oshirib bo'lmaydi. Davlat ta'lim standartlarini amalga oshirish uchun tasviriy san'at xonalarida quyidagi jihozlarningbo'lishligi ta'lab etiladi: 3 1. Maxsus sinf doskasi. 2. Ko'rgazmali qurollar uchun shkaflar. 3. O'qituvchi va o'quvchilar uchun maxsus mebellar. 4. Bolalar ishlagan rasm va haykallarni quritish uchun stellajlar. 5. Loydan ishlangan haykallarni pishirish uchun mufel pechi. 6. Diaproektor, filmoskom, epidiaskom, televizor, videomagnitofon, fotoapparat. 7. Diapozitiv, epiproekstiya,diafilmlarni namoish etish uchun ekran. 8. Texnika vositalarni o'rnatish uchun taglik. 9. Sinf xonasini qorong'ulashtirish uchun kerak bo'ladigan pardalar. 10. Naturani yorug'lashtiruvchi elektr anjomlari. 11. Natura uchun tagiga linoleum qoplangan tagliklar. O'quv kabinetining bir devorida o'quvchilarning rasmlari namoyish etiladigan ko'rgazmali taxtasi bo'lishi maqsadida muvofiq bo'ladi. Unda o'quvchilarning yaxshi bajarilgan ishlari ochilsa boshqa bolalarga namuna sifatida, sinf o'quvchilari o'shanga tenglashtirishga harakat qiladilar va bu sinflda, maktabda yaxshi ijodiy muhit bo'ladi. Chizmachilik va tasviriy san'at xonasi Davlat ta'lim standartlarini ta'lim-tarbiya jarayoniga to'la tatbiq etish, o'qitish jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish va pirovard natijada mustaqil fikrlovchi ijodkor, barkamol shaxsni tarbiyalashdek ma'suliyatli vazifalarni fidoiylik bilan amalga oshirish lozim. О 'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalashda "Chizmachilik va tasviriy san'at" darslarining ahamiyati kattadir. "Tasviriy san'at" darslari orqali san'at va san'atkor olami, san'atning ijtimoiy vazifasi va o'ziga xos xususiyatlari, uning tasviriy ifodaviy "tili" ni o'rganib borish lozim. O'quvchilarga atrof-muhit, tasviriy, amaliy san'at va me'morchilikdagi go'zallikni ko'ra bilish, anglash, ularni baholash, qadrlash va muhofaza qilishni o'rgatish ana shu fan zimmasiga yuklatiladi. 4 Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va fan o'qituvchilarnining mehnatlari samarali bo'lishida maktab fan xonasini to'g'ri tashkil etish, jihozlash va bezatish katta rol o'ynaydi. Fan xonasi va o'quv asbob-uskunalaridan foydalanish mumkin bo'lgan umumiy talablar 1. Funkstional pedagogik talablar: "Chizmachilik va tasviriy san'at" va texnik vositalar ta'limning ilg'or metod va shakllarini qo'llash, o'quvchilarda chizmalarni taxt qilish, ish o'rnini to'g'ri tashkil qilish, ko'rgazmalik va texnik vositalardan unumli foydalanish, fazoviy tasavvuri hamda grafik tafakkurni rivojlantirishdan iborat. O'quvchilarni atrof- muhitdagi, san'adagi go'zalliklarni ko'ra bilish, tasviriy va amaliyhamda dizayn san'ati, me'morchilikning o'ziga xos xususiyatlari va tasviriy san'atning nazariy va amaliy asoslarini o'rgatishdan iborat. Bu esa bilim, ko'nikma va malakalarni hosil q i l i s h , ularda badiiy, ijodiy estetik didni, yuksak onglilikni tarkib toptirish, milliy ruhda tarbiyalashda imkon berishi kerak. 2. Ilmiy talablar: O'quvchilarga o'zbek, rus, Evropa, jahon va ijodiga doir ma'lumotlar berishdan, grafik savodxonlikni oshirishda chizmachilik va tasviriy san'at nazariyasi bo'yicha puxta bilim olishlariga va bu bilimlarni mustaqil ravishda to'ldirib borishlariga erishishdan iborat. 3. Ruhiy fiziologik talablar: O'quvchilarga umuminsoniy badiiy madaniyat namunalarini o'rgatish, fazoviy tasuvvurini shakllantirish va ijodiy faoliyat ko'rsatishga tayyorlash, malakalarining saviyasini ko'tarish, o'quvchilarning bilish va mehnat faoliyaitlarini ruhiy hamda fiziologik qonuniyatlarga muvofiq tarzda amalga oshirish, qo'llanishda qulay bo'lishi va ular bilan ishlashda qanoatlanish hissini uyg'otish kerak. 4. Texnika xavfsizligi va gigiena talablari: Xonadagi o'quv jihozlarining barchasi, ta'limning texnikaviy vositalari mehnat gigienasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan holda o'rnatilgan bo'lishi, sun'iy ventilyastiyadan to'g'ri foydalanish lozim. 5 Fan xonasida quyidagilar ta 'qiqlanadi: - elektr tarmoglga texnika vositalarini ruxsatsiz ulash va о 'chirish; - о 'qituvchining ruxsatsiz ulash yoki о 'chirish; - elektr tarmogl manbalariga tegish (vkyuchatel, rozetka); - isitish asboblaridan foydalanish; - elektr tarmogHga ho 7 qo 7 bilan tegish; - elektr vositalaridan elektr tarmog4ga to gri ulangan holda foydalanish; Xonada mashg'ulotlar o'tilishini hisobga olib, sun'iy yoritishga alohida e'tibor berish, lominestentli lampalardan foydalanish lozim. Lyuminestentli lampalar gigiena talablariga javob beradi, spektori kunduzgi yoruglikka teng. Lyuminestentli lampalar bilan yoritish 400 lyuksga teng bo'lishi ya'ni yuzasi 50 metrga teng xonada 12 ta lampa va sinf doskasini yoritish uchun 2 ta yonma-yon o'rnatilgan 1 talik lyuminestentli lampalar bo'lishi kerak. Deraza romlarining sath 1,50 m ga, soni 6-7 ta bo'lishi lozim. Maxsus ixtisoslashtirilgan maktablarda o'quv xonalari 12x12 gobarit o'lchama ega bo'lib, umumiy sathi 70-108 m bo'ladi. Rang-tasvirda tikka turib ishlash uchun har bir o'quvchiga 3,5 akvarel va qalamda o'tirib ishlash uchun 2 m ajratilishi lozim. Sanitariya-gigiena talablari SanPim № 0102-00 sonli qaroriga javob berishi lozim. 5. Texnikaviy estetik talablar: Xonaga qo'yilgan har bir jihoz, ularning umumiy ko'rinishi go'zallik qonuniyatlariga javob berishi, o'quvchilarning badiiy-estetik didini tarbiyalashi, o'quvchi va o'qituvchida qoniqish hissini hosil qilishi kerak. 6. Texnikaviy talablar: Buyumlarning ko'rgazmalarini tayyorlash uchun hozirgi zamon materiallarida va o'z vazifasiga ko'ra yaxshi xizmat qila oladigan uzoq muddatga chidaydiganlarini tanlash kerak. Fan xonasi maktabning ko'rgazmali qurrollari, o'quv asbob-uskunalari, mebel va moslamalari bilan jihozlangan asosiy o'quv bilimidir. 6 Xona unga qo'yilgan talablardan kelib chiqqan holda jihozlanadi Fan xonasini milliy madaniyatimiz asarlari, o'quv asboblari, geometrik jismlar va ko'rgazmali vositalar bilan komplektlash, uni yil davomida boyitib borishni hisobga olish, undan foydalanish uchun kunda tayyor holda turishi ta'minlash asosiy vazifalardan biridir. Fan xonasi quyidagilar bilan jihozlanadi O'qitish xususiyatlariga muvofiq keladigan texnika vositalari komplekti va ulardan foydalanish uchun moslamalar, boshqarish pulttlari, ekranlar: - o'quvchilarning bilimini baholash va hisobga olish, ularning mustaqil ishlarini tashkil etishga individual yondashish uchun test topshiriqlari, rebus, boshqotirmalar va topshiriqlar yozilgan ko'rgazmalar havola etiladi; - o'quvchilarning mustaqil ishlari uchun ijodiy va grafik ishlar, amaliy mashg4ilotlar uchun qo'llanmalar; - metodik qo'llanmalar. 2. Fan xonasida fanga oid jadvallar va boshqa ko ' rgazmali qo ' llanmalar , ijodiy namunalar , naturaga qarab ishlash , grafik topshiriqlar faoliyatlariga oid ko ' rgazmali to ' plamni saqlash uchun maxsus joy ajratiladi . Ularni tez topib olish uchun katalog tuziladi . O ' quv xonasiga qo ' yiladigan talablar 1. Fan xonasining pasporti , uning funkstional yo ' nalishiga tegishli jihozlari , tasviriy san ' at va chizmachilik asboblari , texnik vositalar , o ' quv qo ' llanmalar darsliklar , metodik , didaktik qo ' llanmalari ro ' yxati bo ' lishi lozim . 2. O'quv yili uchun fan xona rejasi tuzilishi kerak. 3. O'quv xonalarini jihozlashda estetik talablarga rioya qilish. 4. Umumiy o'rta ta'lim dasturining bajarilishi uchun zarur bo'lgan o'quv metodik va texnik vositalar bilan fan xonasini ta'minlash. 5. Davlat ta'lim standarti va dasturi talablari asosida fan xonasining tasviriy san'at va chizmachilik fani bo'yicha ta'minlash. 6. Didaktik materiallar grafik topshiriqlar, qo'rgazmali qurollar, test, 7 rebus, boshqotirmalar mavzulari mavjudligi. Ta'lim berishni diagnostika qilish uchun kerakli materiallar. 7. Darslik, didaktik material, tarqatma material laming o'quv dasturiga mosligi. 8. O'quvchilarning fan haqidagi tasavvurini shakllantiradigan o'quv jihozlaming mavjudligi. 9. O'quvchilarning bilimlarini ko'rsatuvchi ekran bo'lishi. 10. Fan xonasining ishlash tartibi bo'lishi lozim. II. O'quv moddiy-texnika bazasi Fan xonasidagi jihozlar № Nomi Dona 1 Stol ikki tumbali 1 ta 2 Stul o'qituvchi uchun 1 ta 3 Stul o'quvchilar uchun 36 ta 4 Stol о 'qituvchilar uchun 18 ta 5 Shkaf (tasviriy san'atasboblari va ko'rgazmali 2 ta vositalar) 6 Shkaf (kiyim ilish uchun) 2 ta 7 Shkaf (tokchali yoki oynali) 2 ta 8 Televizor 1 ta 9 Video magnitofon 1 ta 10 Magnitdoska 1 ta 11 Ekran 1 ta 12 Kodoskop 1 ta Ko'rgazma vositalari va qo'llanmalari Chizmachilik Maxsus tayyorlangan ilyustrativ - tasviriy ko'rgazmalar № Nomlanishi Miqdori 1. Chizma chiziqlari 2 ta 2. O'lcham qo'yish qoidalari 1 ta 8 3. Chizma shriftlarining yozilishi 1 ta 4. Tutashmalar yaasash 1 ta 5. Proekstiyalash usullari 2 ta 6. Oktant va epor 2 ta 7. Geometrikjismlarningproekstiyalari 4 ta 8. Ko'rinishlar 2 ta 9. Kesimlar 2 ta 10. Qirqimlar 3 ta 11. Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirish 2 ta 12. Eskiz va texnik rasm 2 ta 13. Loy ihalash elementlari 2 ta 14. Ajraladigan birikmalar 2 ta 15. Ajralmaydigan birikmalar 2 ta 16. Rezba va ularni chizmada tasvirlash 3 ta 17. Qurilish chizmaligi 2 ta 18. Sxemalar 2 ta 19. Modul va detallar 1 komp 20. Chizma doskasi (Molbert) 30 ta Didaktik - tarqatma materiallar № Nomlanishi Miqdori 1 Testlar 1 komp 2 Detallarning geometrik shaklini tahlil qilish 1 komp 3 Modellar to'plami 1 komp 4 Andozalar to'plami 1 komp 5 Geometrik jismlar 1 komp 6 Eskiz chizish uchun kesim talab qiluvchi detallar to'plami 1 komp 7 Grafik ishlar bajarish uchun variantlar to'plami 1 komp 1 Geometrik jismlari o'zaro kesishdan hosil bo'lgan modellar 1 komp to'plami Ko'rgazmali texnik manbalar 9 № Nomlanishi Miqdori 1 Diafilmlar: (epidiaskop, kodoskop, proektor) 1 komp To'g'ri burchakli proekstiya chizma chizish; 1 komp Kesim va qirqimlar; 1 komp Yaqqol tasvirni yasash; 1 komp Chizmalargao'lchamlar quyish; 1 komp Rezbalarni chizmada tasvirlash va belgilash; 1 komp Tasviriy san'at Maxsus tayyorlangan ilyustrativ - tasviriy ko'rgazmalar № Nomlanishi Miqdori 1 Orlamentlarjadvali 2 komp 2 Perspektiva 2 komp 3 Bezak san'ati bo'yicha reprodukstiyalar 2 komp 4 Ranglarjadvali 2 komp 5 Shriftlar 2 komp 6 Odam gavdasi reprodukstiyasi 1 komp 7 Mavzu bo'yicha reprodukstiyalar 2 komp 1 Rasm chizishga doir bosqichma - bosqich ishlangan jadval 2 komp 2 Har xil o'yinchoqlar 2 komp 3 Plastilindan narsalar yasashga doir ko'rgazmalar 2 komp 4 Har xil dropirovkalar 3 komp Gipsdan ishlangan hajmli geometrik shakllar № Nomlanishi Miqdori 1 Kub 1 komp 2 Konus 1 komp 3 Lijlindr 1 komp 4 Piramida 1 komp 5 Prizma 1 komp 6 Shar 1 komp 7 Ornamentlar 3 komp 10 8 Qush va hayvonlar tulumi 3 komp 9 Odam tanasining qismlari 1 komp 10 Har xil ko'zalar 3 komp Buyumlarning asli № Nomlanishi Miqdori 1 Sopol idishlar 1 komp 2 Maishiy buyumlar 2 komp 3 Sport buyumlari 1 komp 4 Ishlab chiqarish asboblari 3 komp 5 Musiqa asboblari 3 komp 6 Milliy kiyimlar 3 komp 7 Har xil o'yinchoqlar 1 komp Mulyajlar № Nomlanishi Miqdori 1 Mevalar (apelsin, olma, nok, shaftoli, limon, xurmo) I komp 2 Sabzavotlar (baqlajon, pomidor, kartoshka, piyoz, sabzi, 1 komp qalapir, bodring) 3 Qush va hayvon tulumlari 2 komp Videolavhalar № Nomlanishi Miqdori 1 Xalq amaliy san'ati asarlari 1 komp 2 Rassomlarning hayoti va ijodiga doir lavhalar 1 komp 3 Muzey va ko'rgazma zallaridan lavhalar 1 komp Sh. O'quv fan xonalarining zaruriy hujjatlari № Nomlanishi 1 Fan xonasi pasporti 2 Mavjud bo'lgan jihozlarning inventar ro'yxati 3 O ' quv xonada ishlash uchun texnika xavfsizligi qoidasi 11 4 Fan xonasidan foydalanish talablari. Xonaning ish tartibi 5 Maktab ma'muriyatidan qabul qilib olingan dalolatnomasi 6 Istiqbol va o'quv yili uchun ish reja Chizmachilik va tasviriy san'at xonasi Hujjatlardan namunalar Fan xonasidagi o'quv jihozlar va texnik vositalarning inventar ro'yxati _______________________________ Fan xonasi mudiri _________ Fan xonasida o'tkaziladigan to'garak mashgulotlari ro'yxati Fan xonasidan foydalanish qoidalari 1. Fan xonasi dars boshlanishiga qadar 15 daqiqa avval ochilishi zarur. 2. O'quvchilar fan xonasi faqat maxsus poyabzal bo'lishi zarur. 3. O'quvchilar xonada faqat o'qituvchi nazoratida bo'lishi lozim. 4. Har bir tanaffusda xona shamollatib turiladi. 5. O'quv mashg'ulotlari tugagandan so'ng xona tozalanishi kerak.Fan xonasi pasporti O'quv yili: Fan xonasiga javobgar о 'qituvchi: Sentyabr Yanvar Iyun № Texnika vositalari Nomi Sotib olingan yili Maktab bo'yicha inv. 1 2 3 4 Sinf To'garak mashg'ulot Ish vaqti Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Juma Shanba 12 Fan xonalarining ish rejasini tuzishga qo'yiladigan talablar Fan xonasi rejasi mudir tomonidan tuziladi. Fan xonasining o'tgan o'quv yilidagi ish faoliyati tahlili. Fan xonasi va Jihozlash va Qaysi TV. Muammolar undagi jihozlar ta'mirlash uchun Didaktik jihozlar qaysi sinflar uchun nima qilindi. sotib olindi. mo'ljallangan ___________________________________________________________ Yangi o'quv yilida bajariladigan vazifalar Rejalashtirishda didaktik materiallarni tiklash, tayanch konspektlar ishlab chiqish, grafik xaritalar tayyorlash, jadvallar, videofilmlar olish, o'quv- metodik materiallr bilan ta'minlash va o'quv bazasini saqlash kabi masalalar kiritiladi. Fan xonasining yangi o ' quv yiliga tayyorgarligi haqida dalolatnoma I. HujjatlariFan xonasi va undagi jihozlar qaysi sinflar uchun Jihozlash va ta'mirlash uchun nima qilindi. Qaysi TV. Didaktik jihozlar sotib olindi. Muammolar Vazifalar (materiallar) qaysi sinf uchun Reja bo'yicha jihozlash va zarur bo'lgan o'quv- metodik va Eslatma № 2004-2005 2005-2006 1 Pasport 2 Texnika xavfsizligi qoidasi 3 Xonadan foydalanish qoidasi 4 Fan xonasi rejasi 5 Fan xonasi ish tartibi 13 II. Fan xonasining o'quv-metodik ta'minoti III. Xonalarning bezatilishi 2004-2005 2005-2006 1. Ta'minlanishi - o'quv jihozlari bilan - o ' quv metodik majmuasi ( metodik adabiyot , o ' qituvchi uchun kitob , ish daftari ) texnika 2. Mavjud to 'plami: - didaktik materiallar - namunaviy topshiriqlar - testlar - nazorat topshiriqlari - tarqatma materiallar - slaydlar -jadvallar - darsliklar 2004-2005 2005-2006 /. Joyni optimal tashkillashtirish - o'qituvchining o'rni - O'quvchining o'rni 2. Doimiy va almashinuvchi axborotlar bo'yicha stendlar mavjudligi - o'quv jarayonini tashkil qilishga doir takliflar; - malaka va ko'nikmalarni rivojlantirish dasturining bajarilishi; - uy vazifalarining bajarilishiga doir tavsiyalar; - test bilan ishlash; - topshirilgan ishlar nazorati; - o'quvchi laming bilim darajasi natijalarini ko'rsatuvchi ekran; - yakka ishlash dasturi va rejasining mavjudligi; 14 IV. Fan xonasining talabga javo berishi V . Yangi o ' quv yiliga tayyorgarligi bo ' yicha fan xonasi holatini baholash Toza suv uchun chelak . 12. Mo ' yqalamni bo ' yyoqdan tozalash natijasida ifloslangan suvni to ' kish uchun chelak . 13. Har bir o'quvchi uchun suv idish. 14. Oq va rangli bo' rlar. 15. Xaykaltaroshlik ishlari uchun kata hajmli idishda loy. Tasviriy san'at darslarida ko'rgazmalilik o'z xarakteriga ko'ra asosiy va muhim qismi hisoblanadi. Ularni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha guruhlab tayyorlash tavsiya etiladi: - tabiat turmush va mehnat maxsulotlari, - Rasm, tablista va sxemalar, - san'at asarlarining reprodukstiya, slayda diapozitiv diafilmlari va boshqalar. Mazkur didaktik materiallarni nashriyot va korxonalar tomonidan tayyorlangan bo'lishi shart emas, ularni o'qituvchining o'zi bemalol tayyorlashi mumkin. Ta'lim standartlarni amaliyotga joriy etishda o'qituvchining o'z bilimini mustaqil oshirib borishi zaruriyati alohida o'rin tutadi. O'kituvchilarning mustaqil o'z bilim va malakalarini oshirishi quyidagi yo'nalishlarda bo'lishi mumkin: 1 Estetika va estetik tarbiya; 2 San'at nazariyasi va tarixi; 2004-2005 1. Texnika xavfsizligi qoidasi 2. Sanitariya-gigiena qoidasi - yoritilishi - mebellarning holati - xonaning umumiy holati (devori, poli, oynasi)O'quv yili Baho Taklif va kamchiliklar 15 3 Tasviriy san ' atni o ' qitish . O ' qitishda ta ' lim - tarbiyaning birligi , Yangi pedagogic texnologiyalar ilg ' or ish tajribalari ; 4 O ' qituvchining ijodiy ishlari . Shuni alohida qayd qilib o ' tish kerakki har bir o ' qituvchi o ' zining shaxsiy metodikasiga ega bo ' lishi kerak . Davlat ta'lim standartiga tasviriy san'at ta'limi mazmuniga bo'lgan majburiy minimum talablar bayon etilgan. O'qituvchi uni bajarishi shart. Lekin o'qituvchi shu bilan chegaralanib qolmasdan uni chuqurlashtirishga harakat qilishi lozim. Tasviriy san'at ta'limi davlat standardarini amaliyotga tadbiq etish bilan bogTiq bo'lgan bir qator materiallar bor. Ular: 1. Tasviriy san'at ta'limi davlat standartlari materiallarining 1-7 sinflar bo'yicha taqsimoti. 2. Davlat standartlari materiallari bolalar tomonidan o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun namunaviy test savollari. 3. Tasviriy san'atdan balalarning Amaliy ishlarini baholash mezonlari. 4. O'qituvchining mustakil ishlari uchun zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati. 5. «TASVIRNIY SAN'AT» TA'LIMI DAVLAT STANDARTI MATERIALLARINI1-7 SINFLAR BO'YICHA TAQSIMOTI O'quvchilarni o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilimlar: Atama va iboralar: Rassom, albom, qalam, mo'yqalam, stek, bo'yoq, rang, rasm, oq, qora, qizil, sariq moviy, ■* yashil, zarg'aldoq, binafsha, kulol, akvarel. Tushuncha va ma'lumotlar: Tasviriy san'at, rang tasvir, haykaltaroshlik, grafika; o'quvchilarning badiiy ish qurollari, badiiy va tabiiy materiallar va ular bilan to'g'ri munosabatda bo'lish qoidalari; naqsh; manzara janrida yaratilgan 3-4 tasviriy san'at asarlari va ularni yaratgan rassomlarning familiyalari; xalq 16 o'yinchoqlari yaratuvchi usta kulol Hamro Raximova; asosiy va qo'shimcha ranglar. O'quvchilarni o'zlashtirishlari lozim bo'lgan ko'nikmalar: Oddiy kalam, mo'yqalam, stek. qaychi bilan ishlay olish; to'g'ri, og'ma va egri chiziqlar chizish; oddiy narsalarning shakli, rangini ko'ra olish hamda ularni qalam, mo'yqalam, steklar bilan tasvirlay olish; ma Turn o'lchovdagi chiziqni bir nechta teng bo'laklarga bulish; akvarel va guash bo'yog'idan to'g'ri foydalana bilish (bo'yoqni eritish, aralashtirish); asosiy bo'yoqlarni aralashtirish orqali ayrim hosila ranglarini olish; rasm, surat va illyustrastiyalarda ifodalangan tabiat hodisalari (yil fasllari, ob-havo), qush hayvon va odamlarning harakatlarini (yurayapti, chopyapti, gaplashyapti, sakrayapti, gaplashayapti v.b) tasvirlay olish; manzara janridagi suratlar amaliy san'at buyumlari (sopol buyumlar, xalq o'yinchoqlari, kashtachilik buyumlari) haqida elementlar fikr yuritish (menga yokdi, hammasidan ham yoqadi, yoqmadi kabilar); manzara janridagi san'at asarlarini eng oddiy tarzda idrok etish; qog'oz o'lchovini hisobga olgan holda unda rasmning ulchovi va joyini to'g'ri belgilash. 2-sinf O'quvchilarni o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilimlar: Atama va iboralar: Zangori, jigarrang, kulrang; birinchi sinfda o'rganilgan xromatik ranglarning och va to'q tuslari. Masalan, och qizil, to'q qizil; haykaltarosh, guash. Tushunchalar va ma'lumotlar: Amaliy bezak san'ati; yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak naqsh; axromatik va xromatik ranglar; manzara va turmush janrida ijod qiluvchi 2-3 rassom ismi va familiyasi; manzara va turmush janrida yaratilgan 3-4 tasviriy san'at asarlari va ularni yaratgan rassomlarning familiyalari; amaliy san'at bo'yicha ijod qiluvchi 1-2 xalq ustasining familiyasi. O'quvchilarni o'zlashtirishlari lozim bo'lgan ko'nikmalar: 17 Rasmda predmet va o'simliklar, hasharot, qush va hayvonlarning xarakterli jihatlarini baholi qudrat tasvirlash; loydan dekorativ haykal ishlash va ularning yuzasini bo'yoklar bilan bo'yash; tabiiy materiallar bilan ishlay olish; belgilangan qog'oz yuzasini bir ma'yorda va tekis bo'yash; tabiat ko'rinishlariga qarab, ularni qaysi faslga xosligini aniqlash; manzara janridagi suratlarga qarab unda tasvirlangan yil fasllarini hamda undagi kayfiyatni aniqlay olish; tabiat manzaralaridagi go'zallikni idrok eti shva undan zavqlanish. 3-sinf. O'quvchilarni o'zlashtirishlari lozim bo'lgan bilimlar: Atama va iboralar: hoshiya, moshrang, sabza, pushti, gajak, jingalak, barg, jiyak, anorgul, politra, dubarg, sebarg, chorbarg, oygul. Tushunchalar va ma'lumotlar: Doira naqsh; manzara va turmush janrida ijod qiluvchi 2-3 rassomning familiyasi; rang tasvirchi, rassom, haykaltarosh, manzara va turmush janrida yaratilgan 3-5 tasviriy san'at asarlari; 1-2 xalq amaliy san'ati ustasining familiyasi; rassomning foydalanadigan ish qurollari va badiiy materiallari; rassomning oddiy tarzdagi ish mazmuni. O'quvchilarni o'zlashtirishlari lozim bo'lgan ko'nikmalar: Berilgan yuzani mo'yqalam bilan baholi - qudrat bir tekisda bo'yash; haykaltaroshlik kompazistiyasidagi obraz va narsalar o'rtasidagio'zaro bog'liqlikni tasvirlay bilish; bir butun materialdan ortiqcha joylarini stek bilan olib tashlash, shuningdek, alohida bo'laklarni bir-biriga qo'shish orqali haykallar yasay olish; o'yinchoqlar sirtini guash yoki applikastiya usulida badiiy bezay olish; rasm ishlashda kompanovka va formatni to'g'ri olish; tevarak-atrofdagi va san'at asarlaridagi (manzara, turmush) go'zalliklarini his etish; tavsiya etilgan ertak va hikoya mazmuniga ras hamda haykal ishlash; applikastiya usulida ishlash, narsalar shaklini chizmasdan, mo'yqalamni qog'ozga tegizib olish yo'li bilan tasvirlar hosil qilish. 4-sinf. O'quvchilarni o'zlashtirishlari lozim bo'lgan bilimlar: 18 Atama iboralar: Ritm, qirmizi, pistoqi, lolaruy, band, bodom, shobarg, applikastiya, paxta gul, shakl, surat, qalamtasvir, rangtasvir, format. Tushunchalar va ma'lumotlar: Asosiy va qo'shimcha ranglar; manzara va turmush va natyumort janrlari va bu janrlarda yaratilgan 14-15 tasviriy san'at asarlari; 1-2 xalq amaliy san'ati ustasining ismi va familiyasi; O'.Tansiqboevning hayoti va ijodi. O'quvchilarning o'zlashtirishlari lozim bo'lgan ko'nikmalar: Ijodiy tarzda yo'lsimon, kvadrat, to'rtburchak, doira, naqshlar ishlay olish; naqshlar ishlashda geometrik va o'simliksimon unsurlardan bemalol foydalana bilish; naqsh va badiiy bezak ishlarida unsurlarini stilizastiyalashgan holda qo'llash; narsa va hodisalarningfazoviy holatini rasmda tasvirlay olish; loydan yasalgan o'yinchoqlarni bezashda milliy badiiy an'analardan foydalana olish; haykaltaroshlik ishlarida narsalar hajmini va shaklini qo'l bilan his eta bilish, ularning shaklini yasay olish; bola o'zi yasagan haykaliga bezak yoki unsurlarni stek yoki qo'l bilan hosil qila olishi; oddiy bino maketini namuna va andoza yordamida qog'ozdan yasash; mavzu asosida mavzu ishlaganda ulardagi asosiy va qiziqarli usullarni kompazistiyada, joy, o'lchov va rang jihatdan ajratib tasvirlash. 5-sinf. O'quvchilarni o'zlashtirishlari lozim bo'lgan bilimlar: Atama va iboralar: natura, fon, simmetriya, assimetriya, barikaram, gulnor, nilgun, siybb, mala, perspektiva, eskiz, yorug" soya, yarim soya, blik, refleks, shaxsiy soya, tashuvchi soya, rangshunoslik, janr, kompazistiya, mlbert, etyudnik, inerer, eksterer, reprodukstiya, portret, avtoportret. Tushunchalar va ma'lumotlar: tarixiy janr, batal janri, animal janr, afsonaviy janr, marina janri, portret janri; chiziqli, havo porspektivasi; ranglarning kishilar kayfiyatiga ta'siri. Iliq va sovuq ranglar. Og'ir va engil ranglar. O'quvchilar o'zlashtirishlari lozim bo'lgan ko'nikmalar: 19 Tevarak atrofni rangbarang shakllarga nihoyatda boy, go'zal ekanligini his etish; tasvirlangan predmetlarning shakli, tuzilishi, rangi, o'lchovlari, fazoviy holatini mustaqil tahlil qila olish. Tasviriy san'at asarlarini idrok etish va ularni oddiy tarzda tahlil qilish (mazmuni, g'oyasi, ifoda vositalari); har bir tasviriy san'at asarini uning qaysi tur va janriga xos ekanligini mustaqil aniqlay olish; 2-3 narsadan tashkil topgan natyurmortning o'ziga qarab rasmini ishlash; turli shakldagi narsalarda blik, yorug\ soya, yarimsoya, reflekslarni rangshunslik, perspektiva qnunlari assida tasvirlash; dam va hayvon haykallarini harakatda tasvirlay olish. 6-sinf. O'quvchilarni o'zlashtirishlari lozim bo'lgan bilimlar: Atama va iboralar: qoralama, ranglama, grafika, sadaf, lojuvard, shingob, novvoti, axmar, modohil, marg'ula, gravyura, linogravyura, karikatura, ksilografiya, ofort, estamp, litografiya, zarqal harf, illyustrastiya, bosh bezak, zarvaraq, yakuniy bezak, shrift, freska, mozaika, vitraj, me'morchilik, relef, barelef, gorelef, yodgorlik, jome, minora, ravoq, madrasa, mezana, me'mor, ark, gumbaz, maket, muqarnas, gotika, romantizm, barokko, vassa (toqi), klassistizm, renessans, kapitel, ansambl, ibodatxona, karvonsaroy, navo, koshin, maqbara, mehrob, minora, peshtoq, poydevor, poyustun, rasadhona, Registon, ehrom, order. Tushunchalar va ma'lumotlar: Mo"jaz rang tasvir, dastgohli rang tasvir, mahobatli rang tasvir: O'zbekiston hududidan topilgan eng qadimgi maxobatli rangtasvir asarlari: O'zbekistonning hozirgi zamon mahobatli rang tasviri: Chingiz Axmarov - O'zbekistonning mashhur mahobatli rang tasvirchi rassomi: may da plastika, dastgohli haykaltaroshlik, maxobatli, real va dekorativ haykaltaroshlik; O'rta Osiyo mo"jaz rang tasviri maktablari (4-5 ta); Kamoliddin Behzodning hayoti va ijodi; Me'morchilik san'atining bir turi. O'zbekiston hududidagi eng qadimiy me'morchilik (Afrosiyob, Varaxsha, Bolalik tepa, Tuproq qala v.b.); O'zbekistonning qadimgi me'morchilik 20 obidalari; O'zbekistonning hozirgi me'morchiligi: Jahonning hozirgi zamon ilg'or me'morchiligi. Grafika-tasviriy san'atning bir turi. О ' quvchilarning о ' zlashtirishlari lozim bo' lgan ко ' nikmalar: Haykaltaroshlikda odam, hayvon va narsalarning tuzilishi, shakli va ularning xarakterli hususiyatlarini, o'lchov nisbatlarini ko'ra bilish; har bir rangning ko'pdan-ko'p tusi va tonini aniqlay olish; narsalarning o'ziga qarab uncha murakkab bo'lmagan qoralama va ranglamalar ishlash; adabiy asarga Sharq mo"jaz rang tasviri uslubida rasm chiza olish. 7-sinf. O'quvchilarni o'zlashtirishlari lozim bo'lgan bilimlar: Atama va iboralar: To'tiyo, firuza, novshadil, to'tigiy, nilobi, kumish xal, tilla xal, etyud, original, slayd, stilizastiya. Tushunchalar va ma'lumotlar: Evrpada Uyg'onish davri tasviriy san'ati va bu davrining Mash rassomlari, ularning asosiy asarlari (6-7 ta); Uyg'onish davri rassomlaridan Leonardo da Vinchining qisqacha hayoti va ijodi; mumtoz san'at; badiiy ko'rgazma. Amaliy bezak san'ati: Xalq amaliy bezak san'ati, O'zbek xalq amaliy san'ati: naqqoshlik, ganchkorlik, kulolchilik, yog'och o'ymakorligi, misgarlik, badiiy kashtachilik, zardo'zlik, naqqosh, ganchkor, zardo'z, zargar, sopoloo'z, misgar, kashtachi, ko'pbarg, chinnigul, gullola, bodomgul, marg'ula, gulsafsar, qo'shband, islimi, girix, murakkab, namoyon, cheksiz naqshlar. Milliy kiyimlar, o'zbek xalq amaliy san'ati muzeyi. O'zbekistonning hozirgi zamon tasviriy san'ati: O'zbekiston tasviriy san'at muzeyi; xorijiy mamlakatlarning hozirgi zamon ilg'or tasviriy san'ati; jahonning eng Mash tasviriy san'at muzeylari; tasviriy san'atdagi oqimlar. O'quvchilarning o'zlashtirishlari lozim bo'lgan ko'nikmalar: Amaliy san'at asarlarini mustaqil tahlil qila olish; mo'yqalam bilan ishlashning turli uslublaridan foydalanish; haykallar ishlashda hayvon va odam shakllarining xarakterli hususiyatlarni tasvirlay olish; loy va yoki plastilin bilan odam va hayvonlarning shakli, o'lchovlari va o'lchov nisbatlarini hisobga olgan 21 holda haykal ishlash; rasmda yorug\ soya, yarim soya, blik, refleks, shaxsiy va tushuvchi soyalarni tushungan holda tasvirlash, amaliy san'at buyumlarini kuzatganda ularning turini aniqlay olish. O'quvchllar bilimini aniqlash Ta'lim standartlarini amaliyotga qaysi darajada joriy etilishini nazorat qilib turish nihoyatda muhim. Nazrat nihoyatda turli-tuman metodlar yordamida amalga oshiriladi. Suhbat, savol-javob, anketalash, insho yozdirish, testlar shular jumlasidandir. Bolalar bilimlarini to'g'ri baholash uchun standartlar asosida tayyorlangan yordamchi savollar bo'lishi lozim. Ma'lumki, so'nggi yillarda bolalar bilimlarini aniklash uchun testlar keng qo'llanilmoqda. Unda o'quvchilarning bilimlarini aniqlashga doir namunaviy tsavollari berilgan bo'lib, blalarga berilgan savollarning xarakterini belgilab beradi. 1. Tasviriy san'atning janrlari qaysi qatorda to'g'ri berilgan? - portret, manzara, turmush; - haykaltaroshlik, rangtasvir, qalamtasvir; - relef, animal tarixiy. 2. Samarqanddagi Registon me'morchilik ansambli tarkibidagi madrasalarning nomi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? -Ko'kaldsh, Abdulqosim, Baroqxon madrasalari; -Mirarab, Abdulazizxon, abdullaxon; -Sherdor, Tllaqori, Ulug'bek. 3. Perspektiva atamasining ta'rifi qaysi qatorda to'g'ri berilgan? -brliqdagi narsalarning kishi ko'zdan uzoklashgan sari kichiklashib yoki aksincha, yaqinlashgan sari kattalashib ko'rinishiga aytiladi; -borliqdagi narsalarning kishi ko'zidan uzoqlashgan sari kattalashib va aksincha yaqinlashgan sari kichiklashib ko'rinishiga aytiladi; -borliqdagi narsalarning kishi ko'zidan uzoqlashgan sari yoki aksincha yakinlashgan sari o'lchamlarini uzgarmasdan ko'rinishiga aytiladi. 22 4. Relef nima? -haykalning kichik o'lchovidagi namunasi; -tekis yuzaga qabariq holda ishlangan haykal; -chala ishlangan haykal. 5. Haykaltaroshlikda qo'llaniladigan materiallar qaysi qatorda to'g'ri berilgan? -chinni, oyna, ganch; -tosh, suyak, plasmassa; -loy, marmar, yog'och. 6. Kompazistiya nima? -rassom g'oyasini to'liq tasvirlovchi asar; -tugallangan san'at asari; -tasvirda ayrim detallarni o'zaro bog'liq, maqsadga muvofiq va chiroyli joylashtirish. 7. Sharq miniatyurachi rassomlari qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan? -O'.Tansiqbev, Ch.Axramov, J.Umarbekov; -M.Muzahhib, K.Behzod, Muhammad Murod Samar - qandiy; -L.Abdullaev, Z.Inog'amov, R.Axmedov. 8. «Mona Liza.Djokonda» nmli asarning muallifi kim? -Rafael Santi; -Leonardo da Vinchi; -Remboant Van Reyn. 9. Chet El mamlakatlarining eng mashhur rassomlari qaysi qatorda kursatilgan? -R.kent, P.Pikasso, D.Salaxov; 23 -I.Repin, IAyvazovskiy, T.Salaxov; -M.Saryan, V.Yablnskaya, I.Levitan. 10. Tasviriy san'atda keng tarqalgan asosiy oqimlar qaysilar? -realizm, formalizm, imperessinizm; -syurealizm, postimpressionizm, simvolizim. O'quvchilarning tasviriy-amaliy ishlarini sifatini bahlash mezonlari. (7- sinf) Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi bolalar tomonidan bajariladigan tasviriy ishlar o'z xarakteriga ko'ra quyidagicha xillashiladi: 1. Mazmunli rasmlar. 2. Dekorativ ishlar (namunadan ko'chirilgan dekorativ ishlar, ijdiy dekorativ ishlar). 3. Naturaga qarab ishlangan rasmlar. 4. Haykaltaroshlik ishlari (naturadan ishlangan ishlar, ijdiy ishlangan haykallar). Bu tasviriy ishlarni bir-biridan keskin farq qiluvchi jixatlari bulganligi sababli ularga qo'yiladigan talablarni hisga lib, alohida-alohida bahlash mezonlari qo'llaniladi. 1. Mazmunli rasmlar -ishni mustaqil bajarilish darajasi; -rasm mazmunini uning mavzusiga mosligi; -rasmning orginalligi; -rasm kompazistiyasi; -narsa va xodisalarning o'lchovi va o'lchov nisbatlari; -narsa va xodisalarning shakli; -rasmda ranglar echimi; -rasmda hajm echimi; -rasmda prespektiva echimi; -rasmda narsalar tuzilishining echimi; 24 -qalam bilan ishlash malakalarini o'zlashtirilganlik darajasi; -mo'yqalam bilan ishlash malakalarini o'zlashtirganlik darajasi; -rasmni toza va tartibli boshligM. 2. Dekorativ ishlar. a) namunadan ko'chirilgan dekrativ ishlar: ■1 -ishni mustaqil bajarilish darajasi; X -bezak elementining o'lchami va o'lchov nisbatlari; 3 -bezak elementlarining shakli; I -qalam bilan ishlash malakalarini uzlashtirganlik darajasi; -mo'ykalam bilan ishlash malakalarini o'zlashtirganlik darajasi; -ishning toza va tartibli bajarilishi. b) ijodiy dekrativ ishlar: -ishni mustakil bajarilish darajasi; • -ishning orginalligi; '5 -bezak elementlarining o'lchov va o'lchov nisbatlari; H -bezak elementlarining shakli; «5 - o'quvchini ishga ijodiy yondashganligi; ; - kompazistiyasi; -5 -dekorativ ishning shaklini uning mazmuniga mosligi;' -dekorativ ishlarning asosiy vositalaridan savodli foydalanish (ritm, simmetriya, ranglark kontrasligi, shakllar kontrasligi v.b); q -qalam bilan ishlash malakalarini o'zlashtirganlik darajasi; i - mo'yqalam bilan ishlash malakalarini o'zlashtirganlik darajasi; -ishning toza va tartibli bajarilganligi. 3. Naturaga qarab ishlangan rasmlar , 1 -ishni mustaqil bajarilish darajasi; ■j -naturaning tuzilishini qanchalik to'g'ri tasvirlanganligi; 25 ;, -natura o'lchovi, o'lchov nisbatlari, qanchalik to'g'ri tasvirlanganligi; ■ -natura va natura bo'laklarining shakllarini qanchalik to'g'ri tasvirlanganligi; ^ -qalam bilan ishlash malakalarini o'zlashtirganlik darajasi; % -mo'yqalam bilan ishlash malakalarini o'zlashtirganlik darajasi; ъ -natura va uning bo'laklarining hajmini tasvirlanishi; > -ishning toza va tartibli bajarilishi. 4. Haykaltarshlik. a) naturadan ishlangan haykallar: -ishni mustaqil bajarilish darajasi; -naturaning tuzilishi; -haykaldagi o'lchov va o'lchov nisbatlar; -haykal va uning bo'laklarining shakllari; -haykaltaroshlik asboblari bilan ishlash malakalarini o'zlashtirganlik darajasi; -haykaldagi hajmning tasvirlanishi; -ishning toza va tartibli bajarilishi. b) ijodiy haykaltarshlik ishlari: -ishni mustaqil bajarilish darajasi; -ishning rganliligi; -haykalni mavzuga mosligi; -haykal kompazistiyasi; -haykalda narsalar va ularni bo'laklarining shakllari; -haykaldagi bo'laklarning tuzilishi; -haykalda narsa va ularni bo'laklarining o'lchv va ulchv nisbatlari; - ishdagi narsalarning hajmi; -haykaltaroshlik asboblari bilan ishlash malakalarini o'zlashtirganlik darajasi; -ishning toza va tartibli bajarilishligi. 26 Mazkur mezonlar 1-6 sinf o'quvchilarining bajargan ishlariga engillashtirilgan holda ishlatiladi. 27 Adabiyotlar ro'yxati: 1. Barkaml avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - Toshkent, 1997. 2. Tasviriy san'at. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi. - 3. Toshkent. Sharq, 1999. 4. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at ta'lim konstepstiyasi va standarti. - 5. Toshkent. 1996. (Tuzuvchi R.Xasanov) 6. Azimov.I O'zbekiston naqshu nigorlari - Toshkent. G'afur G'ulom, 1987. 7. Azimova B.Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi. - Toshkent. 0'qituvchi,1984. 8. AlisherNaviy asarlariga rasmlar. - Toshkent. 1981. 9. Abdullaev A. Jajda prekrasnogo. - Toshkent. Pravda Vastoka, 1994. 10. Bulatov.S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. Toshkent. Mexnat,1994. 11. Bulatov.S. Amaliy san'at qisqacha lug'ati. - Toshkent. QBM,1992. 12. Ermyan.R. Usta Mo'min (A.Nikolaev) - Toshkent. G'afur G'ulom.1981. 13. Zohidov.P. Me'mor olami. - Toshkent. QBT,1996. 14. Zohidoa.P. Me'mor san'ati. - Toshkent. G'afur G'ulom,1978. 15. Krukovskaya S. Iskandar Ikromov. - Toshkent. G'afur G'ulom,1967. 16. Kilpe T. Osnovi arxitekturi - Mskva. Visshaya shkola, 1984. 17. Kodzaeva.L. Sokolova N. Molodie xudojniki Uzbekistana. - Toshkent. G'afur G'ulom.^V? 18. Maxmudov T Estetika jivpisi Uzbekistana - Toshkent. G'afur G'ulom, 1982. 28