logo

Qiyshiq burchakli yordamchi proyeksiyalash. To‘g‘ri burchakli yordamchi proyeksiyalash. Yordamchi proyeksiyalash usullarida masalalar echish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

135.5 KB
Qiyshiq burchakli yordamchi proyeksiyalash. To‘g‘ri burchakli yordamchi proyeksiyalash. Yordamchi proyeksiyalash usullarida masalalar echish Reja : 1. Qiyshiq burchakli yordamchi proyeksiyalash. 2. To‘g‘ri burchakli yordamchi proyeksiyalash. 3. Yordamchi proyeksiyalash usullarida masalalar echish. Yordamchi proyeksiyalash usulining amaliy ahamiyati shundan iboratki, uni qo’llash orqali yechilishi bir nechta amallardan iborat bo’lgan masalalarning yechimiga bitta operatsiya orqali erishiladi. Bu usulni professor S.M.Kolotov (1880-1965) taklif qilgan. Usulning mohiyati quyidagilardan iborat. Nuqtaning tasviri chizma tekisligidagi asosiy proyeksiyalash yo’nalishi (markaziy yoki parallel) bo’yicha hosil qilingan bo’lsin. Qo’shimcha proyeksiyalar tekisligi va qo’shimcha proyeksiyalash markazini hos yoki hosmas nuqtada tanlab olamiz. Berilgan nuqtani bu markazdan qo’shimcha tanlangan tekislikka proyeksiyalaymiz va hosil bo’lgan qo’shimcha proyeksiyani asosiy proyeksiyalash yo’nalishi bo’yicha chizma tekisligiga proyeksiyalab, unda nuqtaning takroriy proyeksiyasini yasaymiz. Nuqtaning ana shu ikki marta proyeksiyalash natijasida, asosiy chizma tekisligida hosil qilingan takroriy proyeksiyasi, uning umumiy holdagi yordamchi proyeksiyasi bo’ladi. 5.1-rasmda asosiy proyeksiyalar tekisligi V , proyeksiyalash markazi S va A hamda E nuqtalar berilgan. A va E nuqtalarni V tekisligiga S proyeksiyalash markazidan foydalanib, ularning markaziy A 2 va E2 proyeksiyalari yasalgan. Qo’shimcha proyeksiyalash markazi S1 nuqta va qo’shimcha P tekislikni tanlab olamiz. S1 markazdan A va E nuqtalarni P tekislikka proyeksiyalab, unda qo’shimcha A va E proyeksiyalarni hosil qilamiz. So’ngra A va E proyeksiyalarni asosiy proyeksiyalash markazi S nuqtadan foydalanib V tekislikka proyeksiyalab, unda A va E nuqtalarning yordamchi A 2 va E 2 proyeksiyalariga ega bo’lamiz. rasm. rasmYordamchi proyeksiyalashning bu umumiy holiga nisbatan amalda keng qo’llaniladigan quyidagi xususiy hollarini ko’rish mumkin: 1) asosiy proyeksiyalash markazi hos nuqta (S) , qo’shimcha proyeksiyalash markazi (S 1∞ ) esa hosmas nuqta (5.2-rasm, a); 2) asosiy proyeksiyalash markazi hosmas (S ∞) nuqtada, qo’shimcha proyeksiyalash markazi (S 1) esa hos nuqtada (5.2-rasm, b); 3) har ikkala proyeksiyalash markazlari (S ∞; S 1∞ ) hosmas nuqtalarda (5.2-rasm, v). Bu hollardan birinchisi perspektivada, ikkinchi va uchinchi hollar esa, parallel proyeksiyalashda pozitsion va metrik masalalarni yechishda qo’llaniladi. b) v) rasm 5 .3-rasm, a) da P tekislik izlari orqali va unga perpendikulyar AB to’g’ri chiziq kesmasi berilgan. AB to’g’ri chiziqning P tekisligi bilan kesishish nuqtasini topish va P tekisligini uning frontal izi P V atrfida aylantirib V proyeksiyalar tekisligi bilan ustma-ust qo’yish (jipslashtirish) talab qilinsin. Bu masalani yechish bir necha bosqichda bajariladi. 1. AB to’g’ri chiziq orqali P(P H ;P V ) tekisligini o’tkazamiz; 2. Yordamchi tekislik R bilan P tekislikning kesishish chizig’i 12 (1 1 2 1 ;1 2 2 2 ) ni topamiz; 3. Kesishgan chizig’i bilan AB ning o’zaro kesishish nuqtasi K ni aniqlaymiz (chizmada uning frontal proyeksiyasi K 2 ko’rsatilgan). Endi P tekislikni P V atrofida aylantirib, uni frontal proyeksiyalar tekisligi V bilan jipslashtirish uchun P H da yotgan 1(1 1 ;1 2 ) nuqtani tanlaymiz. Tanlangan 1(1 1 ;1 2 ) nuqta orqali aylantirish o’qi P V ga perpendakulyar harakat tekisligi S(S V ) ni o’tkazamiz, u P V bilan kesishib, 1 nuqta uchun aylanish markazi 0(0 1 ;0 2 ) ni hosil qiladi. So’ngra P X nuqtani markaz qilib R=P X11 radius bilan yoy chizamiz va uning 0 212 bilan kesishish nuqtasi 1' 2 ni belgilaymiz. Topilgan 1' 2 nuqtani P X bilan birlashtirib berilgan P tekislikning gorizontal izi P H ning V tekislik bilan ustma-ust tutashgan yangi P H1 iziga ega bo’lamiz. O’zaro perpendikulyar R va P tekisliklarining kesishish chizig’i 12, berilgan P tekisligi uchun eng katta og’ma chiziqdir, chunki u P H ga perpendikulyar. Demak, u (ya’ni 12) P H1 ga ham perpendikulyar bo’lib qoladi. A 2B2 ni davom ettirib 1 222 bilan kesishish nuqtasi K 2 ni belgilaymiz. A 2B2 ning 1' 222 bilan kesishgan K' 2 nuqtasi K 2 nuqtaning V tekislik bilan ustma-ust tushgan holati bo’ladi. Agar 2 21' 2 to’g’ri chiziqni davom ettirilsa u A 1B1 bilan 3 nuqtada kesishadi. Hosil bo’lgan 3 nuqtani P X bilan birlashtirsak birlamchi, ya’ni boshlang’ich, proyeksiya bilan berilgan tekislikning V bilan ustma-ust qo’yilgandagi holati orasida bir qiymatli moslik o’rnatuvchi N o’qiga ega bo’lamiz. Bu o’q moslik o’qi deb atalib, u aslida P va V tekisliklar orasidagi bissektor tekislikning gorizontal izi bo’ladi. Endi P tekislikdagi biror nuqtaning ortogonal proyeksiyasini va uning P tekislik bilan birgalikda V bilan jipslashgan holatini quyidagi algoritm asosida bajarish mumkin. Buning uchun 1 nuqtaning gorizontal proyeksiyasidan A 1B1 ga parallel o’tkazib, uning N bilan kesishish 3 nuqtasi orqali 1' 222 ga parallel o’tkaziladi va uning frontal proyeksiyasi orqali A 2B2 ga parallel to’g’ri chiziq bilan kesishish nuqtasi, ya’ni talab qilingan nuqtaga ega bo’linadi. 1' 222 to’g’ri chiziq elito’vchi to’g’ri chiziq deb ataladi. 4.3-rasm, a) dagi P V va R V tekisliklar izlarini olib tashlasak chizma 4.3-rasm, b) dagi ko’rinishga kelib ancha ixchamlashadi. Bu chizma Kolotov diagrammasi deb nom olgan. Moslik o’qi N ni o’ziga parallel holda istalgan joyga ko’chirish mumkin. 1-misol. ABC(A 1B1C1;A 2B2C2) va ABD(A 1B1D 1;A 2B2D 2) uchburchak tekisliklari orasidagi ikkiyoqli burchakning haqiqiy kattaligi aniqlansin. Bu burchakning haqiqiy kattaligini aniqlash uchun berilgan uchburchaklarni, ularning kesishish chizig’i AB ga perpendikulyar bo’lgan tekislikka proyeksiyalaymiz.a) b) rasm Uchburchaklar bu tekislikka o’zaro kesishuvchi ikki kesma ko’rinishda proyeksiyalanadi va ular orasidagi burchak ikkiyoqli burchakning chiziqli burchagi bo’ladi. Bu masalani yechish uchun asosiy chizmadan o’ng tomondagi bo’sh joyda diagramma yasaymiz (5.4-rasm). Ixtiyoriy 1 1 12 nuqtadan A 1B 1 ga perpendikulyar qilib 12(1 121;1 222) gorizontalni olamiz (A 1B 1 1121). 2 2 nuqtadan A 2B 2 ga parallel l2 yo’nalashni o’tkazamiz ( l 1 A 1B 1; l 2 A 2B 2), so’ngra 1 1 12 nuqtani markaz qilib R=1 121 radius bilan yoy chizamiz va uning l 2 bilan kesishish nuqtasini 2' 2 bilan belgilaymiz. Hosil bo’lgan 2' 2 nuqtani 1 2 bilan birlashtirib, 2' 2 nuqtadan 1 22' 2 ga perpendikulyar o’tkazamiz va bu chiziq elituvchi bo’ladi. Elituvchi chiziq bilan l 1 ning kesishish nuqtasi 3 ni aniqlab, o’ni 11 12 bilan tutashtirsak, u moslik o’qi N T ni hosil qiladi. Moslik o’qi N ni unga parallel qilib, chizmaga yaqin va qulay joyga ko’chiramiz va A 1B 1 yo’nalishda ABC va ABD larning gorizontal proyeksiyasini unga proyeksiyalab 1, 2 va 3 nuqtalarni aniqlaymiz. Hosil bo’lgan 1, 2 va 3 nuqtalardan elituvchiga parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazib ularning A 2B 2 yo’nalishda proyeksiyalangan to’g’ri chiziqlar bilan mos ravishda kesishgan nuqtalarni belgilaymiz va ularni birlashtiramiz. Hosil bo’lgan  burchak izlangan burchak bo’ladi. rasm 2-misol. Berilgan E(E 1;E 2) nuqtadan CD(C 1D 1;C 2D 2) to’g’ri chiziq kesmasigacha bo’lgan eng qisqa masofaning haqiqiy kattaligi topilsin. Bu so’ralgan masofaning haqiqiy kattaligini topish uchun berilgan to’g’ri chiziq kesmasini va E nuqtani CD ga perpendikulyar bo’lgan tekislikka CD yo’nalishda proyeksiyalanadi, natijada uning nuqta ko’rinishdagi proyeksiyasiga ega bo’lamiz va bu tekislikdagi ikki nuqta orasidagi masofa izlangan masofa bo’ladi. Bu masalani yechish uchun asosiy chizmaning o’ng tarafida bo’sh joyda ixtiyoriy 1 1 12 nuqtani tanlab (5.5-rasm) diagramma yasaymiz. Buning uchun CD kesmaga perpendikulyar bo’lgan 12 gorizontal chiziq o’tkazamiz: 12 (1 121;1 222) bunda 1 1 12 vaziyatda olinadi. l 1 yo’nalish C 1D 1 ga parallel ( l 1 C1D 1) bo’lib, u 2 1 nuqtadan o’tadi. Endi asosiy chizmaga yaqin ixtiyoriy joyda moslik o’qini o’ziga parallel ko’chiramiz (N). Bu o’qga C1D 1 ni va E 1 nuqtani ( l 2 C1D 1) proyeksiyalab 1 va 2 nuqta topiladi. Bu nuqtalardan tashuvchiga parallel to’g’ri chiziqlar chizib E'2 va C'2 D' 2 nuqtalar topiladi. Bu ikki nuqta orasidagi masofa izlangan masofa bo’ladi. 3-misol. O’zaro chalmashuvchi CD(C 1D 1;C 2D 2) va EF(E 1F1;E 2F2) to’g’ri chiziqlar orasidagi eng qisqa masofaning haqiqiy kattaligi topilsin. Bu masalani yechishda ham berilgan to’g’ri chiziqlardan biriga perpendikulyar tekislikka shu to’g’ri chiziq yo’nalishda proyeksiyalab, uni nuqta ko’rinishga keltiramiz. Bu nuqtadan ikkinchi to’g’ri chiziqgacha bo’lgan masofa izlangan masofa bo’ladi. 5. 6- rasm da l 1 E1F1; l 2 E2F2 qilib tanlab olingan. a) b) rasm a) b) rasm Adabiyotlar: 1. Sh.K. Murodov va boshqalar. Chizma geometriya. Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2006, 2008. 2. B.B.Qulnazarov. Chizma geometriya. Toshkent, «O‘zbekiston», 2006. 3. A.N. Valiyev. Perspektiva. Toshkent, «TDPU rizografi», 2006. 4. Sh.K. Murodov va boshqalar. Chizma geometriya kursi. Toshkent, «O‘qituvchi», 1988. 5. R.Q. Ismatullaev. Chizma geometriya. Toshkent, 2005. 6. I. Raxmonov. Perspektiva. Toshkent, «O‘qituvchi», 1993. 7. R.X. Xorunov. Chizma geometriya kursi. Toshkent, «O‘qtuvchi», 4- nashri, 1997. 8. R.X. Xorunov, A. Akbarov. Chizma geometriyadan masalalar va ularni echish usullari. 2-nashri, «O‘qituvchi», 1995.