logo

Fazoviy egri chiziqlar. Ularga urunma va normallar o’tkazish. Fazoviy egri chiziqning uzunligini uning to’g’ri burchakli proеksiyalariga asosan aniqlash. Vint chiziqlari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

111.5 KB
Fazoviy egri chiziqlar. Ularga urunma va normallar o’tkazish. Fazoviy egri chiziqning uzunligini uning to’g’ri burchakli proеksiyalariga asosan aniqlash. Vint chiziqlari Reja : 1. Fazoviy egri chiziqlar. Ularga urinma va normallar o‘tkazish . 2. Tekis egri chiziq nuqtalarining klassifikasiyasi. 3. Evolyuta va evolventa. 4. Fazoviy egri chiziqning uzunligini uning to‘g‘ri burchakli proeksiyalariga asosan aniqlash 1. Fazoviy egri chiziqlar. Ularga urinma va normallar o‘tkazish . Ta’rif . Ham ma nuqtalari bitta tekislikda yotmagan egri chiziq fazoviy egri chiziq deyiladi. Fazoviy egri chiziqni ikki xil egrilikka ega chiziq ham deb yuritiladi, 11.1- rasmda tasvirlangan fazoviy ℓ egri chiziqqa uning S nuqtasida urinma o‘tkazish ko‘rsatilgan. Egri chiziq ustidagi S nuqta orqali SA va SB kesuvchi to‘g‘ri chiziqlarni o‘tkazamiz. So‘ngra A nuqtani egri chiziq buylab S nuqtaga yaqinlashtira boramiz. A nuqta S nuqtaga cheksiz yaqinlashganda SA kesuvchining limiti ℓ egri chiziqning S nuqtasidagi t 1 urinmaga aylanadi. Bunda t 1 urinma ℓ egri chiziqning S nuqtasida o‘tkazilgan yarim urinma deyiladi. S nuqta orqali o‘tuvchi t 2 yarim urinma ham SB kesuvchi orqali xuddi shunday yasaladi. U o‘zining limit vaziyatida t 1 yarim urinma bilan bitta ℓ to‘g‘ri chiziqda yotadi (11.2-rasm). ℓ fazoviy egri chiziqqa o‘tkazilgan urinma orqali tekisliklar dastasi o‘tadi. Egri chiziqning xarakterini aniqlash uchun ana shu tekisliklar dastasidan yopishma, to‘g‘rilovchi va ularga perpendikulyar bo‘lgan normal deb ataluvchi tekisliklar muhim rol o‘ynaydi. rasm rasm Egri chiziqning yopishma tekisligi quyidagicha yasaladi . Berilgan ℓ fazoviy egri chiziqda yotgan S nuqta orqali unga t 1 , t 2 yarim urinmalar o‘tkazilgan bo‘lsin. 11.2-rasm da SA va SB kesuvchi to‘g‘ri chiziqlarni o‘tkazib t 1 SA (Q 1 ) va t 2 SB (Q 2 ) kesuvchi tekisliklarni h osil q ilamiz. A va B nuqtalarni S nuqtaga yaqinlashtirganda Q 1 va Q 2 tekisliklar t 1 va t 2 yarim urinmalar atrofida aylanib, ular ustma-ust tushib, Q tekisligini h osil qiladi. Q tekislik ℓ fazoviy egri chiziqqa uning berilgan S nuqtasida o‘tkazilgan yopishma tekisligi deyiladi. Fazoviy egri chiziqning berilgan nuqtasida unga cheksiz ko‘p normal o‘tkazish mumkin. Normallar to‘plami hosil kilgan N tekislik egri chiziqning berilgan nuqtasida o‘tkazilgan normal tekisligi deyiladi. Normallar to‘plamidagi chiziqlardan biri n 1 yopishma tekislik ustida yotadi (n 1  Q), boshqa biri n 2 esa unga perpendikulyar joylashgan (n 2  Q) bo‘ladi. Shulardan birinchisi n 1 –bosh normal, ikkinchisi n 2 – binormal deyiladi. Binormal n 2 va urinma t hosil kilgan T tekislik to‘g‘rilovchi (rostlovchi) tekislik deb ataladi. O‘zaro perpendikulyar N, Q, T tekisliklar uchyoqlikni tashkil qiladi. Buni 1847 yilda birinchi bo‘lib taklif qilgan fransuz matematigi Jan Frederik Frene nomi bilan Frene uchyoqligi deb yuritiladi. Frene uchyoqligidan fazoviy egri chiziqni proeksiyalash uchun tekisliklar sistemasi o‘rnida foydalaniladi. Shuningdek, Q- gorizontal, T-frontal va N-profil proeksiyalar tekisliklari sifatida qabul qilinadi. Biror fazoviy egri chiziq xossalari uning Frene uchyoqlik tekisliklaridagi proeksiyalari bo‘yicha tekshiriladi. 2. Tekis egri chiziq nuqtalarining klassifikasiyasi. Tekis egri chiziqlar monoton va ulama chiziqlarga bo‘linadi. Monoton egri chiziqning qator nuqtalarida egrilik radiusi uzluksiz o‘sib yoki kamayib boradi. Monoton egri chiziq yoylaridan tashkil topgan chiziq ulama chiziq deyiladi. Bu yoylarning ulanish nuqtalari ulama chiziqning uchlari, ulanuvchi yoylarning o‘zi esa ulama chiziqning tomonlari deb ataladi. YOylarning ulanish xarakteriga qarab, ulama chiziqning uchlari oddiy va maxsus nuqtalar bo‘lishi mumkin. Egri chiziqning oddiy nuqtasida yarim urinmalar qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘lib, bitta to‘g‘ri chiziq ustida yotadi va egrilik markazlari ustma-ust tushadi. Egri chiziqlarning maxsus nuqtalari quyidagilardan iborat: Qo‘sh nuqta . Yarim urinmalar qarama-qarshi yo‘nalishga ega, normallar ustma-ust tushadi, egrilik markazlari esa har xil joylashadi (11.3-rasm). Egilib o‘tish nuqtasi . Yarim urinmalar ham, normallar ham qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi (11.4-rasm). Birinchi turdagi qaytish nuqtasi . Yarim urinmalar ustma-ust tushadi va bir xil yo‘nalishda bo‘ladi, normallar qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘lib, bir chiziq ustida yotadi (11.5-rasm). rasm rasm rasm Ikkinchi turdagi qaytish nuqtasi . Yarim urinmalar va normallar juft-juft bo‘lib bir xil yo‘nalishga ega bo‘ladi (11.6-rasm); Sinish nuqtasi . Yarim urinmalar va normallar har xil yo‘nalishda bo‘ladi ( 11 . 5 - rasm); Tugun nuqta . Tugun nuqtada egri chiziq o‘zini-o‘zi bir va bir necha marta kesib o‘tadi ( 11 . 7 -rasm). rasm rasm 3. Evolyuta va evolventa. Biror ℓ egri chiziqning hamma nuqtalari uchun egrilik markazlari yasalsa, ularning to‘plami ℓ 1 egri chiziqni h osil qiladi. Bu ℓ 1 egri chiziq berilgan ℓ egri chiziqning evolyutasi deb ataladi ( 11.8-rasm ). ℓ egri chiziq ℓ 1 evolyutaga nisbatan evolventa deyiladi ) . Evolyutaning urinmalari ℓ evolventaning normallaridir. Evolyuta urinmalarida cheksiz ko‘p evolventalar joylashgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun egri chiziqning evolyuta si o‘z evolventasini aniqlay olmaydi, lekin uning evolventa si o‘z evolyutasini aniqlay oladi. rasm 4. Fazoviy egri chiziqning uzunligini uning to‘g‘ri burchakli proeksiyalariga asosan aniqlash Biror fazoviy ℓ egri chiziqning ℓ′ va ℓ″ to‘g‘ri burchakli proeksiyalari berilgan bo‘lsin. (11.9-rasm). Uning uzunligini grafik usulda aniqlash uchun quyidagi yasash algoritmlari bajariladi. rasm Egri chiziqning ℓ′ - gorizontal proeksiyasi A′B′ ni har bir bo‘lagini ixtiyoriy tanlangan a to‘g‘ri chiziqning A 1 nuqtadan boshlab unga ketma-ket quyib chiqiladi. Xosil bo‘lgan A 1 , B 1 kesma A′B′ gorizontal proeksiyani to‘g‘rilangani yoki uni uzunligini o‘lchovchi kesma bo‘ladi. S o‘ ngra a to‘g‘ri chiziqning A 1 , 1 1 , 2 1 , 3 1 ,… V 1 nuqtalaridan unga perpendikulyarlar chiqariladi. Bu perpendikulyarlarga ixtiyoriy tanlangan gorizontal Ox chiziqdan ℓ"(A″B″) nuqtalarigacha bo‘lgan masofalar o‘lchanib q o‘ yiladi. Natijada ℓ 0 egri chiziq h osil qilinadi. Chizmaning ixtiyoriy bo‘sh joyida ℓ 0 1 to‘g‘ri chiziq olinib, bu to‘g‘ri chiziqqa ℓ 0 egri chiziq nuqtalari ketma-ket o‘lchab qo‘yiladi, ya’ni ℓ 0 to‘g‘rilanadi. Hosil bo‘lgan A 01 B 01 kesma ℓ fazoviy egri chiziqning AB(A ′ B ′, A″B″) bo‘lagining uzunligi bo‘ladi. A dabiyotlar : 1. Sh.K. Murodov va boshqalar. Chizma geometriya. Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2006, 2008. 2. B.B.Qulnazarov. Chizma geometriya. Toshkent, «O‘zbekiston», 2006. 3. A.N. Valiyev. Perspektiva. Toshkent, «TDPU rizografi», 2006. 4. Sh.K. Murodov va boshqalar. Chizma geometriya kursi. Toshkent, «O‘qituvchi», 1988. 5. R.Q. Ismatullaev. Chizma geometriya. Toshkent, 2005. 6. I. Raxmonov. Perspektiva. Toshkent, «O‘qituvchi», 1993. 7. R.X. Xorunov. Chizma geometriya kursi. Toshkent, «O‘qtuvchi», 4- nashri, 1997. 8. R.X. Xorunov, A. Akbarov. Chizma geometriyadan masalalar va ularni echish usullari. 2-nashri, «O‘qituvchi», 1995.