logo

Vertikаl shахtа stvоllаrini оddiy usul bilаn o’tish. Vertikаl stvоllаrning ko’ndаlаng kesim yuzаsi shаkllаri vа o’lchаmlаri

Yuklangan vaqt:

27.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4852 KB
Vertikаl shахtа stvоllаrini оddiy usul bilаn o’tish. Vertikаl stvоllаrning ko’ndаlаng kesim yuzаsi shаkllаri vа o’lchаmlаri Reja: 1. Shaxta tik stvollarining ko’ndalang kesim yuzasi shakllari 2. Tayyorlash davri 3. Stvol o’tish usullari va sxemalari. 4. Stvollarni o’tishda burg’ilash-portlatish ishlari majmuyining o’ziga xos xususiyatlari 5. Shpurlarni burg’ilash 6. Shpurlarni zaryadlash va portlatish 7. Stvol kavjoyini siqilgan havo bilan ta’minlash Shaxta tik stvollarining ko’ndalang kesim yuzasi shakllari Shaxta stvoli qismlari og’zi, stvol chuqurligi bo’ylab o’qi va stvol bo’ylab sizadigan suvlarni yig’ish uchun mo’ljallangan quyi zumfdan iborat bo’ladi. Stvol butun chuqurligi bo’ylab, og’zi qismidan zumpfgacha bir xil doimiy ko’ndalang kesim va shaklda o’tiladi. Stvollar ko’ndalang kesimi shakllari bo’yicha aylana, to’g’ri to’rtburchak, ellepssimon va kvadrat bo’ladi. Stvol ko’ndalang kesimining aylana shakli keng tarqalgan. Stvol ko’ndalang kesimining to’g’ri to’rtburchak shakliga jihozlarni joylashtirish ancha yaxshi amalga oshirilishiga qaramasdan, bu shakl ko’p tarqalmagan. Uning asosiy sababi doimiy mustahkamlagich o’rnatishning mexanizatsiyalash darajasi past va shamolatishda havo oqimi o’tishga qarshiligi yuqoriligidadir. Shaxta stvolining ko’ndalang kesim yuzasi o’lchamlarini aniqlash Shaxta stvollarida odatda ko’tarish, narvon, quvur va kabellar bo’linmalari mavjud. Shaxta stvollari ko’ndalang kesimi yuzasi o’lchamlari ko’tarish idishlari o’lchami, turi, soniga, ularning stvolda joylashishi, rasstrel va yo’naltirgich turlari hamda narvon, quvur va kabel bo’linmalari o’lchamlariga mos ravishda chizish yo’li bilan grafik usulda aniqlanadi. Ko ’ tarish idishlari soni va turini aniqlash uchun bir marta ko ’ tarishda ko ’ tariladigan yuk miqdori quyidagicha hisoblash yo ’ li bilan aniqlanadi . 1. Ko’tarish unumdorligi bu yerda : A yil − kon, shaxtaning yillik ishlab chiqarish unumdorligi, t/yil; k – ko’tarishning bir maromda ishlamaslik koeffitsiyenti, odatda uning miqdori 1,15 bo’lishi mumkin. N s – bir yilda ishchi kunlar soni, 300 teng; T – ko’tarishning sutka davomida ishlash vaqti, 15 soatga teng. 2. Ko’tarish idishining yuk bilan eng katta harakat tezligi quyidagidan oshmasligi kerak. bu yerda N – ko’tarish balandligi, m. 3. Ko’tarish idishining o’rtacha harakatlanish tezligi 4. Ko’tarish idishining stvol chuqurligi bo’ylab tezlanishi va sekinlashishini hisobga olgan holda harakat vaqti Ko’tarish davrining to’liq davomiyligi bu yerda : 0 − ko’tarish idishining turiga bog’liq, idishga yuklash va tushirishga to’xtalish vaqti. Bir qavatli kletlar uchun: vagonetka sig’imi 1m 3 bo’lganda – 10sek; vagonetka sig’imi 2m 3 bo’lganda – 12 sek; vagonetka sig’ini 3m 3 bo’lganda – 15sek. Ikki qavatli kletlar va vagonetka sig’imi 1m 3 bo’lganda - 30sek; vagonetka sig’imi 2m 3 bo’lganda -35 sek. Skiplar uchun yuk ko’tarish qobiliyati 6t gacha bo’lganda – 8sek; 6t yuqori bo’lganda – 10sek. 5. Bir soatda ko’tarishlar soni, 6. Bir ko’tarishda ko’tariladigan yuk miqdori, og’irlik birligida. hajmiy birlikda bu yerda: y – tog’ jinslarining massivdagi hajmiy ogirligi, t/m 3 , q yoki V ning miqdori bo’yicha eng yaqin namunaviy ko’tarish idishi va uning o’lchamlari qabul qilinadi. Misol uchun bir ko’tarishda yuk hajmi 9,8 m 3 teng bo’lsa jadvalda 10,6 m 3 hajmli skip mavjud. Bunday holatda hajmi 10,6m 3 bo’lgan skip tanlanadi. Ko’tarish idishlari yo’naltiruvchi bashmaklari o’lchamlari, bashmaklar va yo’naltirgichlar oraliq masofasi rasm I, II va III uzellarda keltirilgan. Ko’tarish idishlari, rasstrellar, yo’naltirgich, yo’naltiruvchi bashmaklar, ular orasidagi masofani aniqlagan holda stvol ko’tarish bo’linmasi o’lchamlarini chizma ravishda aniqlash mumkin. Konlarni yer osti usulida qazib olishda XYQ talablariga muvofiq ko’tarish idishi bilan mustahkamlagich oraliq masofasi metall armirovkasida 150 mm dan va yog’och yoki aralash armirovkada 200mm dan kam bo’lmasligi kerak. Narvon bo’limi o’lchamlarini aniqlashda to’sindagi tuynik uzunligi 0,7 m va kengligi 0,6 m, hamda narvon asosidan stvol devorigacha 0,6 m dan kam bo’lmagan miqdorlari qabul qilinadi. Kabel va quvurlar bo’linmasi o’lchamlari kabel va quvurlar soniga, diametriga, mustahkamlagich turlariga bog’liqdir. Konchilik sanoatida tik stvollar ko’ndalang kesimining ichki diametrlari 4,5; 5;5,5; 6; 6,5; 7; 7,5; 8m miqdoriga qabul qilinadi. Stvollarning ko’ndalang kesimi o’lchamlari chizma ravishda aniqlanadi yoki namuna bo’yicha qabul qilinib, havo oqimi harakati tezligi bo’yicha tekshiriladi. Yer osti konchilik ishlari XYQ talablariga muvofiq odamlar va yuk ko’tarishtushirish stvollari uchun havo oqimi tezligi – 8m /sek; faqat yuk ko’tarish- tushirish stvollari uchun 12m/sek bo’lishi kerak. Ko’tarish jihozlari o’rnatilmagan shamollatish stvollari uchun 15 m/sek dan havo oqimi tezligi oshmasligi kerak. rasm. Shaxta stvollarining ko’ndalang kesim yuzasi shakllari: a-aylana; bto’g’ri to’rtburchak; v-ellipssimon; g-egri chiziqli; d-kichik tomonlari yoysimon to’g’ri to’rburchakli; 1-ko’tarish bo’linmasi; 2-narvon bo’linmasi; 3-quvur kabel bo’linmasi; 4-chuqurlatish bo’linmasi. Stvol chuqurligi bo’ylab havo oqimi tezligi quyidagicha aniqlanadi. bu yerda : A sut – shaxtaning bir sutka davomida qazib olgan foydali qazilma miqdori , m 3 / sut ; q – yer osti konchilik ishlari XYQ talablariga mos holda shaxtaning gaz va changa xavflilik darajasi bo ’ yicha aniqlanadigan bir tonna rudani qazib olish miqdoriga to ’ g ’ ri keladigan havo miqdori m 3 / min ; k 1 – qazib olishning bir tekis emasligi , havo yo ’ qotilishlari va havo zaxirasini hisobga oluvchi koeffitsiyent , k 1 = 1,45. S ich – stvolning ichki ko ’ ndalang kesimi yuzasi . ф − stvol armirovkasi va narvon bo ’ linmasi egallagan yuzani hisobga oluvchi koeffitsiyent . Stvolning ichki ko ’ ndalang kesimi yuzasi miqdoriga mustahkamlagich qalinligini qo ’ shib , stvolning xomaki tashqi ko ’ ndalang kesimi yuzasi miqdori aniqlanadi . Havo miqdori - ishchilar soni, bira yo’la portlatiladigan PM miqdori, mexanik qurilmalardan chiqadigan gazlar miqdoriga bog’liqdir. Tayyorlash davri Stvol o’tishni boshlashdan oldin, qator tayyorlov va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishi kerak. Bular quyidagilar: stvol o’tiladigan tog’ jinslarini xususiyatlarini o’rganish, ya’ni bo’lajak stvol markazidan to’liq chuqurligiga skvajina burg’ilash yo’li bilan o’rganish, qurilish maydonida muhandislik tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. Muhandislik tayyorlash uchun qurilish maydoniga avtomobil yo’lini yotqizish, kerak bo’lsa temir yo’l ham yotqiziladi. Stvol og’zi qismini o’tish uchun vaqtincha ko’chma uskunalar yoki asosiy foydalanish jihozlari, ya’ni doimiy chodir(kopyor), ko’tarish mashinalari va boshqa qurilmalar qo’llanilishi mumkin. Vaqtincha osma uskunalar yordamida o’tilganida KPSH turdagi majmuani qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu majmua chuqur bo’lmagan va stvol og’zi qismini o’tishga mo’ljallangan. KPSH majmua tarkibi quyidagilardan iborat: K -51 rusumli avtokran 1, KS – 3 rusumli pnevmoyuklagich 2, osma qolip 3, LPM – 10 -4 rusumli o’tish lebyodkalari 4, E – 505 A rusumli kran ekskavator 5, bulardan tashqari majmua tarkibida sig’imi 1m 3 (bir metr kub) bo’lgan 2 dona kajava (badya) 6, rom andoza 7, avtosamosvallar bilan keltirilgan betonni qabul qilish uchun bunker 8, betonni stvol og’zi qismi qolip orqa tomoniga tushirish uchun quvurlar bo’ladi. (rasm) rasm. KPSH rusumli stvollarning og’zi qismini o’tish uchun jihozlar majmuasi. Ish boshlashdan oldin marksheyder asboblari bilan stvol o’qlari reperlar yordamida mahkamlanadi. To’rtta beton fundamentlariga rom-andoza 7 sathini bir tekis qilib o’rnatiladi. Rom-andoza stvol og’zi o’lchamlarini, shaklini saqlashni, hamda keyinchalik esa vaqtincha mustahkamlagichning birinchi halqasi o’rnatilishini ta’minlaydi. Bu ishlar bajarilgandan keyin pnevmokurak, o’yib oluvchi bolg’a yoki pnevmolomlar bilan tog’ jinsini qazib olish amalga oshiriladi. Chuqurligi 1,5 m bo’lganga qadar tog’ jinsi kotlavan atrofiga chiqariladi. Undan chuqur qismidan tog’ jinslari kran bilan kajavada yer yuzasiga chiqariladi. Chuqurligi 3m gacha tog’ jinslarini kajavaga yuklashni qo’l kuchi bilan, undan keyin tog’ jinslarini kajavaga yuklash avtokranga osilgan pnevmoyuklagich bilan bajariladi. Og’zi qismi chuqurligi 3÷4 m bo’lganda yog’och qolip o’rnatiladi va og’zi qismi boshiga monolit beton o’rnatish ishi bajariladi. Bu ishlar bajarilgandan keyin osma qolip 3 stvolga tushiriladi va yig’iladi. Undan keyin to’liq stvol og’zi qismi qalinligi 0,6 ÷1 m bo’lgan qatlam-qatlam qilib qazib olinadi va monolit beton mustahkamlagichi o’rnatiladi. Suvni qazib olish joyidan tog’ jinslari bilan birgalikda kajavada yoki NPP – 1 m, N – 1m nasoslari bilan yer yuzasiga chiqariladi. Stvol o’tish usullari va sxemalari. Stvol kavjoyiga suv oqimini yig’ilish hajmi soatiga 10 m 3 gacha bo’lganda, turg’un tog’ jinslarida, oddiy usulda va kavjoy suv oqimi 10 m 3 /soat dan yuqori, noturg’un tog’ jinslari va suvli gorizontlarda maxsus usullari bilan o’tiladi. Stvollarni oddiy usulda o’tish: mustahkam tog’ jinslarida burg’ilash- portlatish ishlarini bajarish yo’li bilan stvollarni o’tishga; yumshoq tog’ jinslarida kavjoyida mexanik asboblari bilan massivdan ajratish yo’li bilan stvollarini o’tishga bo’linadi. Stvollarini yer yuzasidan boshlab barpo etish stvolni o’tish deb yuritiladi. Stvolni o’tishda bajariladigan ishlar majmuyi quyidagilardan iborat bo’ladi: tog’ jinslarini qazib olish, doimiy mustahkamlagichlarni o’rnatish va doimiy armirovkalarni o’rnatish. Stvolning butun chuqurligini o’tishda bir necha qismlarga (zveno) bo’linadi. Bu qismlarda ish majmuyilari amalga oshirilishiga mos holda o’tish sxemasi belgilanadi. Stvolni o’tish sxemasi ketma-ket, parallel va birgalikda bo’lishi mumkin. O’tishning ketma-ket sxemasida tog’ jinsini qazib olish va doimiy mustahkamlagichni o’rnatish stvolning bir qismida ketma-ket ravishda amalga oshiriladi. Tog’ jinsini kerakli qism balandligida qazib olingandan keyin, tog’ jinsini qazib olish ishlari to’xtatiladi va doimiy mustahkamlagich o’rnatish ishlari pastdan yuqoriga qarab bajariladi. Stvolning kerakli ichki qismi mustahkamlab olingandan keyin shu ketma-ketlik ravishda navbatdagi stvol qismida o’tish ishlari tashkil qilinadi. (rasm, a ) Tog’ jinsi mustahkamligiga, mustahkamlagich turiga, o’tish ishlarini tashkil qilinishiga mos holda qism(zveno)lar balandligi quyidagicha qabul qilinadi: beton tyubing mustahkamlagichlarida, m Stvol o’tishning ketma-ket sxemasini afzallik tomoni – bu o’tish ishlarini tashkillashtirishning soddaligi, o’tish jihozlarining kamligidir, kamchiliklari esa doimiy mustahkamlagich o’rnatish vaqtida qazib olish ishlarining to’xtatilishi, navbatdagi qism(zveno)da ish boshlanishidan oldin kavjoyda yig’ilgan suvni yer yuzasiga chiqarish va kavjoyni qazish uchun tozalashga sarflangan vaqt yo’qotilishidir. Shu sababli stvol o’tish tezligi nisbatan yuqori emasligidir. Monolit beton mustahkamlagichida, m Yoppasiga va ustunda o’rnatiladigan yog’och 30-50 gardish mustahkamlagichlarida, m 5-20 Metall tyubing mustahkamlagichlarida , m 20-50 Osmayog’och mustahkamlagichlarida, m Yuqoridan pastga qarab barpo etiladigan temir 20-30 10-20 O’tishning birgalikda sxemasi (rasm, b ) qo’llanilganda tog’ jinsini qazib olish va doimiy mustahkamlagich o’rnatish ishlar majmuyi stvolning bir qismida bir vaqtda yuqoridan pastga qarab olib boriladi. Bu sxemani doimiy mustahkamlagich yuqoridan pastga qarab o’rnatilganda ham qo’llash mumkin.   rasm. Tik stvollarni o’tish sxemalari. a – ketma-ket; b – birgalikda beton mustahkamlagichi bilan; v – birgalikda tyubing mustahkamlagichi bilan; g – parallel; d – uzun qalqonli parallel-qalqon; e - kaltaqalqonli parallel-qalqon; 1 – ikki qavatli o’tish osma to’siq; 2 – vaqtincha mustahkamlagich; 3 – tayanch gardish; 4 – stvorli qolip; 5 – beton tushirish uchun quvurlar; 6 – tyubinglar; 7 – KS-2u rusumli yuklovchi mashina; 8 – taranglatuvchi to’siq; 9 – uzaytirilgan qalqon qobiq; 10 – kalta qalqon. Yuqoridan pastga qarab o’rnatiladigan doimiy mustahkamlagichlar – bu osma yog’och mustahkamlagichi, temir beton tyubinglar, tezqotuvchi monolit beton mustahkamlagichlaridir. Beton quvurlar orqali siljuvchi qolip orqasiga tushiriladi. Bu stvol o’tish sxemasining afzalligi vaqtincha mustahkamlagich o’rnatilmasligidadir. STvol o’tishning parallel sxemasida (rasm, g ) stvolning har xil qismlari(zveno)da tog’ jinslarini qazib olish va doimiy mustahkamlagich o’rnatish ishlari bir vaqtda olib boriladi. Stvol kavjoyini qazib olishni mexanik usulda amalga oshirilayotganda (6-8 m ga siljiganda), burg’ilash-portlatish usuli qo’llanilganda (12-15 m siljiganda) va yuqorida joylashgan stvol qismi(zveno)da pastdan yuqoriga qarab doimiy mustahkamlagich o ’ rnatish ishlari bajariladi . Stvol o’tishning parallel sxemasi ketma-ket sxemasiga nisbatan stvolni o’tish tezligi 20-25% yuqoriligi bilan farq qiladi. Shuning uchun bu sxema stvollar diametri 4,5-5 m dan katta va chuqurligi 150 m dan yuqori bo’lganda qo’llaniladi. Stvol o’tishning parallel-qalqon sxemasida yuqoridan pastga qarab, har xil stvol qismlari(zveno)da stvol kavjoyini qazib olish va doimiy mustahkamlagichlarni barpo etish ishlari bir vaqtda bajariladi. (rasm, d, e ) Stvol o’tish qismi(zveno) balandligi qalqon-qobiq balandligiga teng. Qalqonqobiq tog’ jinslarining qulashidan himoya qiluvchi vaqtincha mustahkamlagich vazifasini bajaradi. Qalqon yuqorisida monolit beton yoki tyubing mustahkamlagich yuqoridan pastga qarab o’rnatiladi. Qalqon himoyasi ostida bir vaqtda tog’ jinslarini qazish ishlari amalga oshiriladi. Stvol o’tishning birgalikda, parallel-qalqon sxemalari xarajati kamroq hisoblanadi va hozirgi kunda kengroq qo’llaniladi. Stvollarni o’tishda burg’ilash-portlatish ishlari majmuyining o’ziga xos xususiyatlari Shaxta stvollarini mustahkamligi o’rtacha va mustahkam tog’ jinslarida o’tish burg’ilash-portlatish ishlari yordamida tog’ jinslarini massivdan ajratib olish orqali amalga oshiriladi. Burg’ilash-portlatish ishlari stvolni o’tish davrining 20-30 % vaqtini tashkil qiladi. O’tish davrining eng qiyin jarayoni bu tog’ jinslarini yuklashdir, bu esa o’tish davri samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Stvollarni o’tishda Ammonit №6JV va boshqa hozirgi davr yangi portlovchi moddalari qo’llaniladi. Shpurlarni portlatishda esa faqat elektr usuli qo’llaniladi. Portlatish vositasi sifatida bir zumda portlaydigan, sekinlatib portlaydigan va qisqa sekinlatish elektrodetonatorlari qo’llaniladi. Portlovchi moddaning solishtirma sarfi emperik formulalar bilan va amaliy portlatish ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Professor N.M. Pokrovskiy shaxta stvollarini o’tishda portlovchi moddaning solishtirma sarfini quyidagi formula bilan aniqlashni tavsiya qiladi. bu yerda: q - portlovchi moddaning solishtirma sarfi, kg/m 3 ; q 1 -tog’ jinslarini portlanuvchanlik koeffitsiyenti quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi q 1 =0,1 f 0 , f 0 -tog’ jinslarining strukturaviy koeffitsiyenti, f-professor M.M. Protodyakonov jadvali bo’yicha tog’ jinslarining mustahkamlik koeffitsiyenti, e-portlovchi moddaning ish bajarish qobiliyati koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent Ammonit№6JV portlovchi moddaning ish bajarish qobiliyatini qo’llanilayotgan portlovchi modda ish bajarish qobiliyati nisbatiga teng, ya’ni x-zaryad diametri ta’siri koeffitsiyenti, d p -qo’llanilayotgan portlovchi modda patroni diametri, mm; Shpurlarda portlovchi modda zaryadi odatda ustunsimon tuzilishda bo’ladi, chunki zaryadni bunday tuzilishi zaryadlashning oddiyligini va portlatishning ishonchliligini ta’minlaydi. Stvollarni o’tishda shpurlarning kavjoyda joylashtirilishi, stvol ko’ndalang kesimi yuzasi shakliga, uning o’lchamlariga, stvol kesib o’tayotgan tog’ jinslari yotiqlik yo’nalishiga, ularning fizik-mexanik xususiyatlariga hamda shpurlar diametriga mos ravishda amalga oshiriladi. Stvollarni o’tishda aylana shaklida shpurlar stvol markazidan boshlab 3,4 va 5 halqada joylashtiriladi. Portlovchi modda patroni diametri 32 mm bo’lganda shpurlar joylashgan halqa diametri quyidagicha qabul qilinadi: uch halqada joylashtirilganda 0,37; 0,66 va 0,93D tashqi to’rt halqada joylashtirilganda 0,36; 0,54; 0,7 va 0,93 D tashqi besh halqada joylashtirilganda 0,27; 0,43; 0,6; 0,73 va 0,93 D tashqi bu yerda D tashqi - stvolning xomaki tashqi diametri. Bu har bir halqada joylashtirilgan shpurlar soni bir biriga nisbatan 1:2:3 yoki 1:2:3:4 yoki 1:2:3: 4:5 bo’ladi. rasmda tik stvollarni o’tishda shpurlarni joylashtirish sxemasi keltirilgan. Shpurlardan foydalanish koeffitsiyenti oshirish uchun o’yuvchi shpurlar chuqurligi boshqa shpurlar chuqurligiga nisbatan 15-20 sm chuqur bo’lishi va ular kavjoy tekisligiga nisbatan 85-90 0 da burg’ilanishi kerak. Ajratib oluvchi(maydalovchi) shpurlarni ham kavjoyga nisbatan 85-90 0 da burg’ilash maqsadga muvofiq bo’ladi. Chegaradagi (shakllovchi) shpurlarni stvol devoridan 15-25 sm masofada joylashtiriladi va ularni tog’ jinslarining mustahkamlik ko’rsatkichi f =2÷3 bo’lganda kavjoyga perpendikulyar, f > 4 bo’lganda esa 85-87 0 qiyalikda burg’ilash maqsadga muvofiq bo’ladi. O’yuvchi shpurlar portlatilganda tog’ jinslari uyumi balandligini kamaytirish va o’tish jihozlariga zarar yetkazmaslik uchun stvol markazida bitta chuqurligi 0,5÷0,6 bo’lgan shpur burg’ilanadi va o’yuvchi shpurlar bilan birgalikda portlatiladi. Stvolni kesib o’tayotgan tog’ jinsi qatlamlari keskin burchak ostiga yetgan bo’lsa ponasimon o’yuvchi shpurlar qo’llaniladi. Bu holatda ham stvol markazida chuqur bo’lmagan shpurlarni burg’ilash kerak bo’ladi. Bu shpur portlaganda qo’porilgan tog’ jinslar, o’yuvchi shpurlar qo’porgandagi tog’ jinslarni balandga ko’tarilishiga halaqit beradi. Shuning uchun kavjoydan 13-15 m balandlikdagi o’tish jihozlariga portlatish ishlari kamdan kam zarar yetkazishi mumkin. Ko’ndalang kesimi yuzasi shakli to’g’ri to’rtburchak bo’lgan stvollarda shpurlarni kavjoyda joylashtirish gorizontal lahimlarda joylashtirishga o’xshash bo’ladi. Ko’pincha piramidasimon va ponali o’yuvchi shpurlar burg’ilanadi. Bu holatda ham portlatilgan tog’ jinsi balandligini kamaytirish uchun stvol markazida qisqa shpurlar burg’ilanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. rasm. Stvollarni o’tishda shpurlarni joylashtirish sxemasi. Shpurlarni burg’ilash Stvolni o’tishda kavjoyini burg’ilash uchun qo’l perforator PP-53, PP-63 turlari yoki BUKS rusumli burg’ilash uskunalari qo’llaniladi. Qo’l perforatorlari qo’llanilganda bir vaqtda ishlaydigan perforatorlar soni, bir dona qo’l perforatoriga kavjoyning 2,5- 3 m 2 yuzasi to’g’ri kelishi hisobi bo’yicha aniqlanadi. Zahiradagi perforatorlar soni ishlayotgan perforatorlar sonining 30-50% tashkil qiladi. Burg’ilash jihozlari sifatida yechib olinadigan VK-15(tog’ jinslari mustahkamlik koeffitsiyenti f= 15), VK-8V ( f= 10 ÷ 15), VK-6V ( f< 10) qattiq aralashma bilan jihozlangan T simon, dolotosimon, xochsimon qoplamalar kallak (koronka) qo’llaniladi. Jihozlangan qoplamalar qo’llanilganda bur uzunligi ish sharoitiga mos ravishda 0,8-1,6-2,2 m qabul qilinadi. Har qaysi bur uzunligi burg’ilanadigan shpur chuqurligidan 15-20 sm uzun bo’lishi kerak. Kavjoyni burg’ilash davomiyligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: bu yerda t bur –kavjoyni to’liq burg’ilash vaqti; N-lahim kavjoyidagi shpurlar soni; k-bir vaqtda ishlaydigan burg’ilash qurilmalar soni; v-burg’ilashning me’yoriy tezligi. m/soat Kavjoyni burg’ilash quyidagicha amalga oshirilishi mumkin. Ketma-ket ya’ni tog’ jinslaridan kavjoy to’liq tozalangandan keyin kavjoy markazdan boshlab to’liq burg’ilanadi. Parallel ravishda ya’ni shpurlarni burg’ilash stvol devori yonidan boshlab portlatilgan tog’ jinslarini markaziy qismiga tomon yuklash bilan bir vaqtda olib boriladi. Shpurlarni kavjoyda ketma ket burg’ilashda o’tish davri davomiyligi uzayadi, shuning uchun buni boshqa iloji bo’lmaganda, misol uchun, stvol ko’ndalang kesimi yuzasi kichik bo’lganda qo’llaniladi. Shpur joylarini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi. Taranglashtirish romidan tushirilgan shovun (otves) yordamida kavjoy markazi aniqlanib, bu yerda 30 sm chuqurlikda shpur burg’ilanadi. Bu shpurga qoziq qoqiladi va andoza bilan shpurlar joylashadigan halqalar belgilanadi. Kavjoyni burg’ilash bilan parallel ravishda portlatilgan tog’ jinslaridan stvol chetki qismi tozalangan paytdan boshlab yonbosh shovun (otves) va andozadan foydalanib shpurlarni burg’ilash boshlanadi. Shunday qilib tog’ jinsidan tozalash va burg’ilash ishlari bir vaqtda olib boriladi. Bu esa stvol o’tish davri davomiyligini qisqartiradi. Odatda burg’ilovchi bur(shtanga)larni almashtirib bir shpurni oxirigacha to’liq chuqurligigacha burg’ilaydi. Bu holatda shpurlarni burg’ilash vaqtining 20% gacha burg’i kallaglarini almashtirishga sarflanadi. Bur(shtanga)larni almashtirishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish uchun bir eng kalta(kichik) bur bilan birinchi burg’ilovchi shpurlarni burg’ilab ketaversa, uning orqasidan undan uzun bur bilan ikkinchi burg’ilovchi shpurlarni burg’ilasa, uchinchi burg’ilovchi shpurlar chuqurligini loyihada belgilangan chuqurlikgacha burg’ilasa maqsadga muvofiq bo’ladi. Burg’ilash ishlari shunday tashkil qilinsa bir bur bilan burg’ilovchi qoplama kallag (koronka) o’tmas bo’lganga qadar burg’ilanadi va burlarni almashtirishga sarflangan vaqtni keskin qisqartiradi. Burg’ilangan shpurlar chuqurligi gorizontal tekislikda bo’lishi kerak. Ishlarni kompleks mexanizatsiyalashni ta’minlash uchun shpurlarni burg’ilashni maxsus burg’ilash uskunalari bilan amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. KS-2 u, KS-1 m, KS-8 rusumli jihozlar majmuasi bilan ichki diametri 5,0-8,5 m bo’lgan stvollarni o’tishda shpurlarni burg’ilash uchun BUKS -1m rusumli burg’ilash uskunasidan foydalaniladi. Bu uskuna aylanma zarbali BU -1 rusumli burg’ilash mashinasi bo’lib, 4 dona burg’ilash agregati bilan jihozlangan. Ishlash jarayonida uning kolonnasi 2 pnevmodomkrat 3 bilan telferga 4 va stvol kavjoyiga 5 tirgak yordamida mahkamlanadi. (rasm) Shpurlarni yuvish uchun suv kajavada stvol kavjoyiga yetkaziladi. Kajavadan N-1m rusumli nasoslar yordamida mufta va bur teshiklari orqali shpurlarga yetkaziladi, u yerni changsizlantiradi va burg’ilashda hosil bo’lgan maydalangan tog’ jinslarini siqilgan havo va suv aralashmalari bilan shpurdan chiqaradi. Burg’ilash uskunasi stvol kavjoyi bo’ylab siljishi telfer 4 yordamida amalga oshiriladi. BUKS-1m burg’ilash uskunasini qo’llash, lahim o’tuvchi ishchilarning mehnat samaradorligini 3 barobargacha oshiradi, shpurlarni burg’ilash jarayonini to’liq mexanizatsiyalashni ta’minlaydi va burg’ilovchi ishchilar sonini 2 kishigacha qisqartiradi. rasm. BUKS-1M burg’ilash uskunasi. Shpurlarni zaryadlash va portlatish Kavjoyda hosil qilingan shpurlarning ichki qismi(kamerasi)ga portlovchi moddalarni joylashtirish(zaryadlash)dan oldin barcha shpurlarning ichki qismi siqilgan havo bilan burg’ilangan mayda tog’ jinslaridan, loy va boshqa narsalardan tozalanadi. Shpurlarni zaryadlashda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: jangovor patronni tayyorlash (jangovor patronlar yer yuzasida, bino va inshootlardan kamida 100 m masofada joylashgan, maxsus binoda tayyorlanadi), stvol bo’ylab kavjoyga portlovchi moddani tushirish (jangovor patronlarni alohida kigiz bilan qoplangan sumkalarga joylashtiriladi), shpurlarga jangovor patron va portlovchi moddani joylashtirish, portlatish tarmog’ini yig’ish va portlashga turtki berish. Portlovchi moddalar kajava (birgalikda odam bo’lmagan holat) da tushish tezligi 2m/sek dan oshmagan holda stvol kavjoyiga tushiriladi. Portlovchi moddalar kajava tagida bir qator joylashtirilgan qutichalarda tushiriladi. Stvol kavjoyida portlovchi moddalarni qabul qilib olish uchun ilgariroq portlatuvchi ishchilar tushiriladi. Smena muhandislari kuzatuvi ostida shpurlarni zaryadlashni odatda 2 portlatuvchi va portlatuvchining yagona kitobchasi bo’lgan 6-8 stvol o’tuvchi ishchilar bajaradi. Smena muhandisi shpurlarning joylashtirilishini va ularning chuqurligini tekshiradi, hamda zaryadlashning to’g’riligini va xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi. Bir dona shpurni zaryadlash davomiyligi 3÷6 min oralig’ida qabul qilinadi. Portlatish faqat elektr usuli bilan amalga oshiriladi. O’yuvchi shpurlar uchun bir zumda portlovchi elektr detanotorlar, qolgan shpurlar uchun esa qisqa sekinlashtirilgan elektr detanotorlar qo’llaniladi. Shpurlar joylashgan har bir halqa uchun o’zining sekinlatish davri belgilangan bo’ladi. Shpurlarni zaryadlash ishlari tugallangandan so’ng elektr tarmoqni yig’ish boshlanadi. Elektrodetonatorlar odatda parallel yoki guruhlarga bo’lib ulanadi. Parallel yoki guruhlarga bo’lib ulashda shpurlar og’ziga yog’och qoziqlar qoqiladi va ular orasiga 2 ta diametri 2,5 mm bo’lgan sim tortiladi. Shunday qilib “antenna” 2 tashkil qilinadi. Antennada tortilgan simlar balandligi shunday tanlanishi kerak-ki, kavjoyda yig’ilgan suv ostida qolmasligi kerak. Antenna o’rnatilgandan keyin har bir elektrodetonator simi yoki elektrodetonator guruh simlari antennaga ulanadi. Undan keyin antennani taranglatish romida yoki osma to’siqda joylashgan ulab-uzgichli 5, ko’ndalang kesimi maydoni 4-5 mm 2 , uzunligi 20-25 m bo’lgan magistral ikki tomirli izolyatsiyali sim bilan ulaydi. Daydi toklar baxtsiz hodisa sodir etmasligini oldini olish uchun ulovchi va magistral simlar uchlari tarmoqqa ulanganiga qadar qisqa ulanishi kerak. Portlatuvchi elektr tarmoqqa zarar yetkazmaslikni ta’minlash uchun kajavani kavjoydan 0,5-0,8 m balandga ko’tarib qo’yishi kerak. Magistral simlarni antennaga ulagandan keyin portlatuvchilar to’siqqa ko’tariladilar. Ular bu yerda ommetr yoki portlashni sinaydigan qurilmalar yordamida portlatish elektr tarmoqni tekshiradilar. Undan keyin ulab-uzgich 5 bilan magistral simni portlatuvchi kabeli 6 bilan ulaydilar va yer yuzasiga ko’tariladilar. Portlatuvchi kabel 6 tik stvol bo’ylab osishga mo’ljallangan ikki tomirli bronli bo’lib, bu kabelni tik stvolda po’lat arqon yordamida ya’ni po’lat arqonga xomut va simlar bilan bog’lab qo’yiladi. Yer yuzasida portlatuvchi kabel 6 lebyodka 7 barabaniga o’raladi. Portlatish stansiyasida 9 joylashgan bosh ulab-uzgich bilan portlatish kabeli ikki tomirli kabel 8 bilan ulanadi. Ulanish uch barmoqli shtepsel yordamida amalga oshiriladi. Shtepselning bir barmog’i zaminlash vazifasini bajaradi. Bosh ulab-uzgichga elektr toki maxsus transformatordan yoki kuchlanishi 127-220V bo’lgan yoritkich tarmog’idan yetkaziladi. Bosh ulab-uzgich va ulab-uzgich 5 metall qutichada joylashtirilgan. Quticha kaliti bosh portlatuvchida saqlanadi. Portlatishdan oldin stvol og’zi lyadalari ochiq bo’lishi va kopyor atrofidan barcha ishchi xodimlar ketishi kerak. (rasm) rasm. Portlatish tarmog’ini yig’ish sxemasi Stvol kavjoyini siqilgan havo bilan ta’minlash. Stvolni o’tishda pnevmotik asbob va mashinalaridan ya’ni burg’ilash mashinalari, o’yib olish bolg’alari, yuklovchi mashinalar, pnevmolebyodkalar, nasoslar va boshqalar ko’plab turlaridan foydalaniladi. Ularning siqilgan havoga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash uchun quyidagi ifoda orqali kerakli havo miqdorini aniqlash mumkin: bu yerda: a 1 = 1,2 − 1,3 jihozlar eskirish bilan bog’liq siqilgan havo yo’qotilish koeffitsiyenti; q 1 , q 2 , q 3 -burg’ilash mashinasi, o’yib olish bolg’alari va pnevmo yuklovchi mexanizmlar sarflaydigan siqilgan havo miqdori, m 3 /min; k 1 , k 2 , k 3 -burg’ilash mashina, o’yib olish bolg’alari, pnevmo yuklovchi mexanizmlarni ishchi holatdagi soni; -mexanizmlarning bir vaqtda ishlash koeffitsiyenti; q 4 -siqilgan havoni boshqa iste’molchilar (pnevmo nasoslar va boshqalar) tomonidan sarflanadigan miqdori; q 5 - siqilgan havo quvurlarida yo’qotilish miqdori. Bu yo’qotilish miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bu yerda : a -1 km uzunlikdagi havo quvurlarida yaxshi zichlanmagan joylari orqali havo yo ’ qotilishining o ’ rtacha miqdori , m 3 / min , ( odatda 1 km uzunlikdagi havo quvuri uchun ∑ l − havo quvurining umumiy uzunligi, km Kompressorlar umumiy soni (n), siqilgan havo miqdori (Q) va bir yoki ikki kompressorlar zahirada bo’lishi sharti bilan qabul qilinadi. Stvol kavjoyida siqilgan havo bosimi 0,5-0,6MPa bo’lishi kerak. Stvollarda siqilgan havo quvurlari po’lat arqon yordamida osilgan bo’ladi va ularni uzaytirish yer yuzasidan amalga oshiriladi. Stvollarni bir vaqtda armirovka o’rnatilib o’tganda, havo quvurlari rastrellarga mahkamlanadi va ularni uzaytirish stvol ichida bajariladi. Adabiyotlar: 1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga kuramiz. – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 2. Городниченко В.Ч., Дмитриев А.П. Основы горного дела. М., изд. &#34;Горная книга&#34;, 2008 3. Чупрунов Г.Д. Технология и комплексная механизация проведения горных выработок. М., &#34;Недра&#34;, 1970 4. Русча-ўзбекча политехника атамалари луғати. Т.&#34;Фан&#34;, 1995 5. Азизов А.А. Русско-узбекский краткий словарь. Т.&#34;Ўқитувчи&#34;, 1989 6. Чупрунов Г.Д. Проведение и крепление горных выработок. М., &#34;Госгортехиздат&#34;, 1960 7. Шехурдин В.К., Холабаев Е.Н., Несмотряев В.Ч. Проведение подземных горных выработок. М., &#34;Недра&#34;,1991 8. Мангуш С.К., Крюков Г.М., Фисун А.П. Взрывные работы при подземной разработке полезных ископаемых. М., изд. Академии горных наук, 2000 9. Галкин В.И., Шешко Е.Е. Транспортные машины. М., изд. &#34;Горная книга&#34;, 2010 10. Гейер В.Г., Тимошенко Г.М. Шахтные вентиляторы и водоотливные утсановки. Москва «Недра» 1981