logo

Foydali qazilma konlarini razvedka qilishning asosiy usulalari va vazifalari. Qidirish va razvedka qilishning geologik hujjatlashtirish gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

81 KB
www.arxiv.uz Foydali qazilma konlarini razvedka qilishning asosiy usulalari va vazifalari. Qidirish va razvedka qilishning geologik hujjatlashtirish gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalari Reja: 1. Foydali qazilma konlarini razvedka qilishning asosiy usulalari va vazifalari. 2. Qidirish va razvedka qilishning geologik xujjatlashtirish 3. Gidrogeologiya fani va uning asosiy vazifalari www.arxiv.uz Qidiruv ishlarining asosiy maqsadi ma'lum turdagi foydali qazilmalar uchraydigan istiqbolli kon uchastkalarini ularning bashoratlangan resurslarining yig’ma baxosi bilan birgalikda aniqlash va qidirishdan iboratdir. Umumiy qidiruv ishlardan farqi: ularning qidiruv yunalishdagi turining zichligi, yuqori qatlamda laxim va quduqlarni burg’ulash xamda maxsus turli qidiruv usullarini keng ko’lamda qullash, geofizik va geoximik suratga olishdan iboratdir. Foydali qazilma turlari, qazilma konlari va ma'dan maydonlarining murakkab tuzilishi va o’lchamlariga bog’liq xolda qidiruv ishlari masshtablari 1:50000   dan 1:5000   gacha o’zgarishi mumkin. Ko’plab rangli, kamyob metallarning qazilma konlari qidiruvi 1:10000   masshtabda olish boriladi, xajm jixatdan katta bo’lmagan p'yezooptik minerallar qazilma konlarining, qimmatbaxo toshlarning va boshqa qimmatbaxo foydali qazilmalarning qidiruvi esa 1:5000   masshtabda olib boriladi. Qidiruv ishlarining oxirada samaradorlik ma'dan maydonllarida mavjud bo’lgan foydali qazilma konlari chegaralanadi va ular R2   kategoriya bo’yicha baxolanadi. Bashoratlangan resursli uchastkalardagi ishlar esa R1   kategoriya bo’yicha baxolanadi. Qidiruv baxolash ishlari qidiruv etapidan razvedka etapiga o’tuvchi stadiya kabi, geologik-razvedka jarayonida muxim o’rin egallaydi. Geologik-razvetka ishlaridagi boshqa stadiyalardan farqi shundaki, baxolash va chegarash amaliy jixatdan mos tushadi. Qidiruv baxolash ishlariga quyidagilar kiradi: —   Konning asosiy geologik tuzilishining xosligi;   —mineral tipidagi foydali qazilmalarning va geologik sanoat tipidagi konlarni to’liq aniqlash; —   Yo’qori qatlamdan dastlabki yuz metrlardagi chuqurlikda sanoat konini aniqlash va kon maydonini chegaralash; —   Yopish shartlari morfologiyasini terma baxolash; —   Mineral xom ashyoniyeng texnologik tarkibini bashoratlangan tarzda baxolash; —   Zaxira va kondagi resurslarning baxolanishiga qarab, brak maxsulotlarni aniqlash uchun ma'lumollar yigish: Qidiruv baxolash ishlari katta masshtabdagi xaritalash, xamda foydali qazilmalarni www.arxiv.uz va ortiqcha jinslarning geologiya   —mineralogik tarkibi va mukammal tuzilishini yunaltirilgan geofizik va geoximik qidiruvlarda, yuqori qoplamli kon laximlarini xaritaga tushiruvchi, qidiruvchi va razvedka qiluvchi quduqlarni o’tkazish va kalonkali burg’ulashni qo’llashni o’z ichiga qamrab oladi. Qidiruv   —suratga olish ishlarining yig’indisidan foydali qazmilmalarning namunasi kiritilgan 1:2000   masshtabdagi konning geologik tuzilishi xaritasi tuziladi. Murakab tuzilishda bo’lmagan katta konlar uchun 1:5000   —:10000   masshtabli karta tuziladi. Kuchli, qalin qatlamlar yoki umuman yer yuzasiga chiqmagan joylarda qidiruv baxolash ishlari po rednoy seti razvedka quduqlari orqali amalga oshiriladi. Bir necha konditsion qirqimlari tasdiqlangandan keyingina butun ob'yektdagi foydali qazilmalarini tekshirish tavsiya etiladi. Undan keyin ma'dan miqdorini baxolash uchun burg’ulash ishlariga o’tiladi. Qidiruv ishlarining natijasida resurslarni baxolash R1   kategoriya asosida amalga oshiriladi. Qidiruv baxolash ishlari natijasida konning sanoatda egallangan o’rni xaqida TIF ya'ni texnik iqtisodiy fikrlash tuziladi. TIFda: konning iqtisodiy geografik shart   —sharoiti uning geografik tuzilishi, kon texnik xususiyatlari, foyda olish usullari, tashish va mineral xom   —ashyoni qayta ishlash ko’rib chiqiladi. TIF yakunida kon korxonasining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari va geologik iqtisodiy analizm bilan tenglatirilib, ob'yektda oldindan razvetka ishlarini o’tkazish xaqida rekomendatsiya beriladi. Foydali qazilma konlarida kon korxonlarining qurilishini loyixalashga qadar, ikki davr, ya'ni: oldindan razvedka va mukammal razvedkadan iborat razvedka ishlari olib boriladi. Qidiruv baxolash ishlari natijasida olingan TIFning geologik   —iqtisodiy baxosiga asosan topilgan foydali qazilma konlarida oldindan razvedka ishlari olib boriladi. Oldindan razvedka ishlarining maqsadi: mineral xom   —ashyoning o’rtacha sifati va mineralizatsiya sanoatining umumiy masshtablarini aniqlash, ularning texnologik tuzilishining umumiy baxosini, va konning kon   —geologik sharoitini o’rganagan xolda ularning sanoatda tadbiq etilishi va ularning ishlab chiqarish xajmini aniqlashdan iboratdir. Oldindan razvedka ishlarining baxosi va izlash ob'yektlari www.arxiv.uz konning umumiy chegaralari bo’lib xisoblanadi. Oldindan qidiruv ishlariga quyidagilar kiradi: —   Konning geologik umumiy tuzilishining xossalarini o’rganish; —   Konning umumiy chegaralarini, foydali qazilmaning o’rtacha sifatni, yotish sharoitlarini, marfologiyani aniqlash; —   Marfologiya va qatlamlarning sharoitini terma baxolash; —   Foydali qazilmalarning texnologik turlarini aniqlash, ularning ishlab chiqarish texnologiyasining son jixatdan belgilarini aniqlash; —   Konlarning mukammal etalonli maydonlarida, umumiy kon   —geologik sharoitlarida ishga tushishini baxolash; —   Konning va uning vaqtinchalik TIF da konditsiyasini ishga tushirish, iqtisodiy xisob   —kitob natijasini yig’ish; —   Konning umumiy zaxirasini S2   kategoriya asosida xisoblash va geologik razvedka ishlarining mukammalliligini maydonlar chegarasi S2   kategoriya asosida to’g’rilash; Oldindan razvedka stadiyasida joylarda keng ko’lamli va turli geologik razvedka ishlari olib boriladi. Bu   ishlarning asosiy texnik vositasi bo’lib quyidagilar hisoblanadi: yuqori qatlamli kon laximlari, va burg’ulash quduqlari, preimuhestvenno kolonkovogo bureniya. Yer   osti kon laximlarini ishlab chiqish cheklangan xajmda olib boriladi. Konlarning geologik tuzilishida kon laximlarining roli oldindan razvedka ishlaridagi asosiy texnik vosita kabi o’sib boradi. Oldindan razvedka ishlarining yakuniy etapida xamma olingan ma'lumotlar yig’indisidan texnologik xarita tuziladi va turli texnologik tip va nolar buyicha ma'dan zaxiralarini xisoblash uchun qirqimlar olinadi. Oldindan razvedka ishlaridagi ma'lumotlar asosida olingan zaxiralar xisobi S2   kategoriya buyicha tasniflanadi. Oldindan razvedka ishlarining yig’indisi bo’yicha texnik iqtisodiy ma'ruza TIM tuziladi, unda konning sanoatga tadbiq etilish vaqtlari tavsifnomasi beriladi. www.arxiv.uz QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISHNING GEOLOGIK XUJJATLASHTIRISH Mufassal geologik ishlar foydali qazilmalarni qidirish va razvedka uchun tanlangan maydonda bajariladi. Dastlabki bosqichda to’plangan ma'lumotlar, ya'ni qidiruv va razvedka ishlari, labaratoriya tekshiruvlari, tog’ jinslarining va minerallarning xossalari va tarkibi va yer osti va yer usti suvlarining xususiyatlarini belgilovchi yangi ma'lumotlar bilan boyitiladi. Qidirish va razvedka ishlari olib borilayotgan maydonda foydali qazilmaning turiga va urganilganlik darajasiga qarab ma'lum masofada kon laximlari va burg qudug’lari qazish bilan belgilanadi. Ularning chuqurligi va joylashish sharoitlari maydondagi turtlamchi davr yotqiziqlari va foydali qazilmaning yotish chuqurliklariga bog’lik. Xar bir o’tkazilgan kon laximida va burg quduqlarida geofizika ishlarining barcha turlari o’tkaziladi. Bundan tashqari laboratoriya sharoitida tekshirishlari uchun o’tkazilgan razvedka va qidiruv laxmlari shuningdek burg’ quduqlaridan namunalar olinadi, bu namunalarning og’irligi va o’lchamlari o’tkaziladigan laboratoriya usullariga bog’liq xolda belgilanadi. Qidiruv va razvedka ishlari olib borilayotgan maydonda geofizika ishlari tog’ jinslari va foydali qazilmaning fizik xossalariga asoslangan xolda ularning tarqalish maydonini, radioaktivligini, yotish burchaklarini yer yuzasidan turib aniqlash imkonini beradi. Foydali qazilma va tog’ jinslari tarqalgan maydonlar turli xil uzilishlar va murakkab geologik sharoitlarga tug’ri kelsa yoki daryo, kanal, rivojlanayotgan jarlarni kesib o’tadigan bo’lsa, qo’shimcha burg’ quduqlari yeki shurflar qaziladi. Murakkab geologik, geomorfologik xamda gidrogeologik sharoitli maydonlarda esa qidiruv ishlari natijasi maxsus tekshiruvlar bilan to’ldirilib, razvedka va tajriba-tadqiqot ishlariga keng o’rin beriladi. Bunday rayonlarga cho’kuvchan less jinslar, surilish, karst, doimiy muzlik tarqalgan maydonlar, botqoq, tuz bosgan, seysmik jixatdan aktiv zonalarni kiritish mumkin. Masalan, cho’kuvchan less tarqalgan maydonlarda kushimcha ravishda jinslarning turi, cho’kuvchanligi va qalinligi, botqoq yerlarda www.arxiv.uz uning paydo bo’lish sabablari, turlari, tuzilishi va tarkibi; karst rivojlangan joylarda karstlanish xarakteri, yeshi va shakli aniqlanadi. Bulardan tashqari, o’rganilayotgan maydondagi konni ochish yoki ochmaslik uchun yaroqli yaroqsizligi aniqlanadi. Yaroqsiz joylardagi konlarni sifatini yaxshilash uchun ko’riladigan chora-tadbirlar ko’rsatiladi. Doimiy muzlik turiga, qalinligiga, tog’lik rayonlarda sel, surilish, ag’darilma, qor ko’chkilarining vujudga kelishi va ularning foydali qazilma konlarini qazib olishga ta'sirini aniqlashga axamiyat beriladi. Mufassal qidiruvlar va razvedka natijasida geologik xisobot tuziladi. Xisobotda keltirilgan ma'lumotlar foydali qazilma konlarini ochishga va ularning balansli yoki balansdan tashqari ekanligini ish chizmasi loyixasini ishlab chiqish uchun asos bo’ladi. Barcha turdagi geologik qidiruv ishlar ya'ni dala ishlari tugagandan keyin, kameral ishlar boshlanadi. Geologik qidiruv va s'yomka, razvedka, tajriba-tadqiqot, laboratoriya ishlari natijasida to’plangan materiallar qayta ko’rib chiqiladi, tartibga solinadi, analiz qilinadi va xisobot tuziladi. Xisobotning mazmuni va xajmi loyixalash bosqichiga, qidirilayotgan va o’rganilayotgan maydonning xiliga bog’liq. U asosan to’rt qismdan: umumiy, maxsus, grafik, ilova va tushuntirish xatidan iborat bo’ladi. Xisobotning umumiy qismi kirish so’zidan boshlanib, unda qidiruv ishlarining maqsadi, vazifasi, xajmi, xarakteri va bajarilgan ishlar xili yoritiladi. Shuningdek, o’rganilayotgan maydonning o’rni, ish bajarilgan muddati va ishni bajaruvchilar tarkibi ko’rsatiladi. “Fizik-geografik ocherk” bo’limida joyning orfografiyasi, gidrografiyasi, iotisodiy tutgan o’rni va iqlimi tug’risida ma'lumot beriladi. Yer yuzasi tuzilishiga, yer yuzasidagi suvlarga, rayonning iqlim xususiyatlariga xarakteristika beriladi. “Rayonning geologiyasi” bo’limida tog’ jinslarining tuzilishi, yoshi, qalinligi, tektonikasi yoritiladi. Bundan tashqari bu bo’limda maydonda tarqalgan minerallar to’g’risidagi aloxida qism xam mavjud bo’lib bu qismda asosan minerallarning tuzilishi, tarkibi, xossalari, teksturasi va strukturasi haqida so’z boradi. www.arxiv.uz “Gidrogeologik sharoitlar” qismida yer osti suvlarining turlari, ularning paydo bo’lishi, xarakati, ximiyaviy tarkibi, agressivligi, tog’ jinslarining suv singdirish va suv o’tkazuvchanlik xususiyatlariga tavsif beriladi. Bu bo’limda geologik ishlar tamomlanib foydali qazilma koni ochilgandan so’ng konni suv bilan ta'minlash chora tadbirlari haqida xam so’z boradi. Foydali qazilma konidagi minerallar xamda tog’ jinslarining mustaxkamligiga salbiy ta'sir ko’rsatadigan “Tabiiy geologik xodisalar va geologik jarayonlar” juda xam batafsil yoritiladi. Xisobotning umumiy qismi “Tabiiy foydali qazilma konlari” bo’limi bilan yakunlanadi. Rayonda mavjud bo’lgan va geologik ishlar davomida aniqlangan foydali qazilma konlari, ularning zaxiralari, sifati baxolanadi. Uning “maxsus qismi“o’z navbatida bir necha bo’limlardan iborat bo’lib, bunda loyixalanayotgan geologik maydonning xarakteristikasi va qidiruv ishlari metodikasiga batafsil izox beriladi. Shuningdek, tog’ jinslarining xossalari va geologik izlanishlar olib borilayotgan maydonning geologik va gidrogeologik sharoitlari xamda ularning kon ishlarini olib borishga ta'siri yoritiladi. Xisobotning oxirida xar bir bo’limga tegishli xulosa yeziladi va foydalangan adabiyetlarruyxati keltiriladi. Unga turli grafik materiallar: 1) tabiiy foydali qazilma konlari kartalari; 2) gidrogeologik kartalari; 3) geologik kolonkalar; 4) geologik kesmalar; 5) yer osti suvlari satxining chuqurligi va ximiyaviy tarkibini aks ettiruvchi karta ilova qilinadi. Xisobot qisqa va tushunarli kelib yozilishi shart. Bizga mayolumki geologik qidiruv ishlari turli bosqichlarda amalga oshiriladi. Xar bir geologik qidiruv ishlari bosqichi amalga oshirilgandan so’ng albatta yuqoridagi ishlar takrorlanadi. Geologik qidiruv va razvedka ishlarining kon ochilgandan so’ng bevosita kon bilan bog’liq xolda olib boriladigan bosqichlari xam mavjud. Bu bosqichlar ekspluatatsin va mufassal razvedka ishlari xisoblanadi. www.arxiv.uz GIDROGEOLOGIYA FANI VA UNING ASOSIY VAZIFALARI Gidrogeologiya - yer osti suvlari tug’risidagi fan bo’lib, ularning paydo bo’lishini, joylashishini, tarqalish va taqsimlanish sharoitlarini, fizik xossalari va ximiyaviy tarkibini xamda yer ustki suvlari bilan aloqasini o’rganadi. Bundan tashqari, gidrogeologiya shifobaxsh yer osti mineral suvlarini qidirib topish, shaxar va qishloqlarni ichimlik suv bilan ta'minlash, ekinzor maydonlarni sug’orish va yer osti suvlaridan amalda foydalanish uchun tadqiq qilish ishlari bilan xam shug’ullanadi. Gidrogeologiya fani yer osti suvlarining, ta'minlanish, xarakatlanish, sarf bo’lish qonuniyatlarini o’rganish xamda ko’rilish katlovanlariga, transheyalarga, zovurlarga, karyerlarga qurilish paytida va burg’, shaxta quduqlariga, gorizontal suv chiqarish inshootlariga oqib keladigan suv sarfini aniqlash imkonini beradi. Gidrogeologiya fani quydagi bo’limlarga bo’linadi. Umumiy gidrogeologiya - yer osti suvlarining hosil bo’lishi, tarqalish sharoiti, tog’ jinslari bilan o’zaro bog’likligi, ularinng fizik va ximiyaviy xossalarini xamda yer qobig’ining rivojlanishida ularning ta'sirini o’rganish bilan shug’ullanadi. Yer osti suvlar dinamikasi - yer osti suvlarining siljish qonunlarini o’rganish, ularning xarakat yunalishini o’zgartirish va miqdorini baxolash bilan shug’ulanadi. Gidrogeoximiya - yer osti suvlari ximiyaviy tarkibining paydo bo’lish jarayonini, uning vaqt davomida va xarakatlanishi ta'sirida o’zgarishini o’rganadi. Yer osti suvlarining qidirish geologiyasi - axoli yashaydigan joylarni suv bilan ta'minlash, sug’orish, imorat va inshootlarni ko’rish masalalarini xal qilish maqsadida yer osti suvlarining zaxirasini, balansini, sifatini, rejimini, xarakatlanishini va joylarning gidrogeologik sharoitlarini baxolash usullarini, gidrogeologik tajriba va tadqiqot ishlari usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Ruda konlari gidrogeologiyasi - konlarning gidrogeologik sharoitlarini baxolash, yer osti suvlarining foydali qazilmalarni qazib olish ishlariga ta'sirini o’rganib, unga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Mineral suvlar gidrogeologiyasi - shifobaxsh xususiyatga ega bo’lgan yer osti suvlarining paydo bo’lishi va ximiyaviy tarkibini, xosil bo’lishini, tarqalish xolatlarini www.arxiv.uz aniqlash, zaxirasini xisoblash va ulardan foydalanish usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Radiogidrogeologiya - yer osti suvlarida radioktiv elementlarning hosil bo’lish qonunini, ularning yotish xolatlarini va siljish davomida radioaktiv elementlar miqdorini o’zgarishini aniqlash bilan shug’ullanadi. Regional gidrogeologiya - yer osti suvlarining yer qobig’ining ma'lum bir regionlarida tarqalish, yotish xolati va hosil bo’lish qonunlarini, shuningdek ularning yer qobig’ining geologik strukturalari bilan bog’liqligini va xalq xo’jaligida bunday suvlardan foydalanish imkoniyatlarini o’rganadi. Xozirgi vaqtda gidrogeologiya fanining yangi tarmog’i - texnogen gidrogeologiya, meliorativ gidrogeologiya, gidroseysmika tarraqqiy etmoqda. Yer yuzasiga yoqqan yog ’ in uch qismga ajraladi : bir qismi yer yuzasidan oqib , oxiri dengizga borib quyiladi , ikkinchi qismi bug ’ lanib yana atmosferaga ko ’ tariladi , uchinchi qismi esa tog ’ jinslariga singib ketadi va natijada yer osti suvlarini hosil qiladi . Bunday yo’l bilan hosil bo’lgan suvlar infiltratsiya (shimilish) suvlari deb ataladi. Yer osti suvlarini tabiiy va suniy yer usti suvlari tuyintiradi. Yer osti suvlari infiltratsiyadan tashqari, ya'ni yog’inlarning yer po’stiga singishidan tashqari, kondensatsiya yordami bilan xam hosil bo’ladi. Kondensatsiya deganda atmosferadan tuproqqa kirgan suv bug’ining suvga aylanish jarayoni tushuniladi. Yer ustidagi xavo suv bug’iga tuyingan bo’lsa, xamma vaqt suv bug’i tuproqqa kira oladi. Tuproq xarorati pastroq bo’lsa, tuproqqa kirgan suv bug’i quyuqlashadi, kondensatlanadi, natijada suv hosil bo’ladi. Lekin suv bug’i suvga aylanayotganda issiqlik chiqadi, kondensatsiya jarayonining o’zi sovuq tuproq xaroratini ko’taradi va natijada suv bug’ining oxirigacha suvga aylanishini to’xtatib quyadi. Tog’ jinslarida suv bug’i to’planadi, bu esa ularning tuyinishiga olib keladi va jinslarda yuqori bosim hosil bo’lganda suv bug’i yana xavoga ko’tarilib ketadi. Demak, kondensatsiya jarayonining ikki tomoni bor: suv bug’ini tuproqqa singdiradi va undan chiqarib yuboradi. Yer osti suvlarining asosiy qismi yog’in suvlarining tog’ jinslari orasiga singishidan hosil bo’ladi. Yer osti suvi – bug’ xolatdami, suyuq xoldami yoki qattiq xoldami, baribir, kanday holda bo’lmasin, yer yuzasidan ostki qavatlarda joylashgan www.arxiv.uz suvdir. Bunday suv turli tog’ jinslari qatlamlari orasida-granit, qumtosh, konglomerat va dolomitlar yorig’ida xamda karst bo’shligida; shag’al, qum, gil g’ovaklarida bo’lishi mumkin. Lekin xar xil jins suvni xar xil o’tkazadi. Masalan, gil, gilli slanetslar, argillitlar suvni juda yomon o’tkazadi, shu sababli ular amalda suv o’tkazmaydigan jinslar hisoblanadi. Umuman olganda yer osti suvlari bilan yer usti suvlari va atmosfera orasida bog’lanish bor. Yer osti suvlari quyidagi yo’llar bilan kamayadi: buloqlar orqali yer yuziga chiqadi, daryolar va ko’llarga oqib chiqadi, o’simliklarning ildizlariga surilib, barglari orqali bug’lanadi, tog’ jinslari zarrachalari orasidagi kapillyar naychalar orqali bevosita yer yuzasiga chiqib, bug’lanib ketadi, ximiyaviy yo’l bilan jinslar tarkibiga kiradi va kishilar o’z maqsadlari uchun turli xil yullar bilan surib oladi. Tabiatda suv gruntlar tarkibida bug’, suyuq va qattiq xolatda uchraydi. Bug’ ko’rinishidagi suv xavo bilan birga grunt g’ovaklari va yoriqlarini to’ldirib turadi. Bunday suv jins og’irligining taxminan 0,01% ini tashkil qiladi. Sutka xamda vasl davomida xarorat va bosim o’zgarishi bilan ular g’ovaklar va yoriqlarda aktiv xarakat qilib, zarralar yuzasiga yopishadi va kondinsatsiyalanadi. Natijada zarralar atrofida juda xam yupqa parda, ya'ni gigroskopik suv hosil bo’ladi. Gigroskopik suvlar zarralar yuzasiga katta kuch bilan yopishadi, shuning uchun xam ularni suyuq xolatda ajratib bo’lmaydi. Binobarin, gigroskopik suvlarni grunt tarkibidan faqat bug’latib chiqarish mumkin. Bunday suv qattiq sovuqda (-80o S) muzlamaydi va gidrostatik bosim hosil qilmaydi. Zarralar yuzasida gigroskopik suvning hosil bo’lishi uzoq vaqt davom etadi, uning qalinligi oshadi va u zarralarning o’zaro elektromalekulyar tortishish kuchi ta'sirida bir-biri bilan qo’shiladi, natijada pardali yoki malekulyar suv hosil bo’ladi. Agar biron bir zarraning atrofida qalinroq suv hosil bo’lgan bo’lsa, u asta-sekin qo’shni zaraning yupqaroq suv pardasi tomon xarakat qiladi va bu xarakat ikki zaradagi suvning qalinligi bir xil bo’lguncha davom etadi. Tog’ jinsining to’la tuyinishi uchun sarf bo’ladigan suv bug’lari miqdori jinsning maksimal gigroskopligi deyiladi. Gigroskopik va pardali suvlarning jins tarkibida juda katta miqdorda bo’lishi shu jinsning maksimal malekulyar nam tutishi deb ataladi. www.arxiv.uz Pardali suv zarralariorasidagi bo’shliqni egallab, ular orasidagi bog’lanishni, tsementlanishni bo’shashtiradi, gilli jinslarning ko’pchishiga, xajmining kamayishiga, zichligining oshishiga olib keladi. Qattiq suvlar jins tarkibida mineral zarralar oraligida kichik linza yoki qatlamcha shakllarida muz qotgan shaklda bo’ladi. Uning xarorati doimo manfiy bo’lib, chakik va gil jinslarining mustaxkaligini oshiradi. Muz eriganda jinsning namligi oshib, mustaxkamligi kamayadi. Kapillyar suvlar . Tog’ jinslari turli-tuman kapilyar bo’shliqlardan, g’ovaklik naychalardan iboratdir. Suv shu naychalar buylab kapillyar kuchlar ta'sirida yuqoriga ko’tariladi. Kutarilish balandligi asosan, jins govaklarining, ya'ni naychalarning diametriga boglik. Kumli gruntlarda govakliklarning katta-kichikligi katta bulgani uchun namlikning yukoriga kutarilish balandligi 0,3 - 0,6 m bulsa, gillarda 3 - 4 m ga yetadi. Kapilyar suvlar yerosti suvlari satxidan yukorida joylashgan bulib, kapillyar zonani tashkil etadi va grunt, yuzaki suvlardan tuyintirib turadi. Kapilyar suvlar yerning yukori va pastki zonalarida xarakatning uzgarishi tufayli xarakatga keladi va zarralar orasidagi tuzlarni eritib, yukoriga yer yuzasiga olib chikadi. Kapillyar suvlar yozning issik kunlarida buglanadi va ularning tarkibidagi tuzlar yer yuzasida yigila boshlaydi. Shu tarizda yer osti suv satxi 2 -3 m chukurlikda bulgan maydonlarda yer yuzasini shur bosish kuzatiladi. www.arxiv.uz FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil. 2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil. 3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil. 4. www.ziyonet.uz 5. www.kasu.uz