logo

Dengiz, ko`l va botqoqliklarning geologik ishi yer osti suvlari va muzliklarning geologik ishi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

63.5 KB
www.arxiv.uz Dengiz, ko`l va botqoqliklarning geologik ishi yer osti suvlari va muzliklarning geologik ishi Reja: 1. Dengiz geologik ishining mohiyati. 2. Ko`llarning geologik ishi. 3. Botqoq turlari va ularning geologik ishi. 4. Suvning litosfera sathini o`zlahstirishdagi mohiyati. www.arxiv.uz Tayanch iboralar: Ekzogen, ko`l, jarayon, botqoq, jins, organik, muz, shamol, organik, litoral, abissal, shelf, batial, dengiz vali, organik jins, organik, anorganik, tektonik, vulkanik, muzlik, karst, erroziya, yotqiziq, irgitma, zamburug`li, aralash, o`tli. Yer yuzidagi tog` jinslari ekzogen geologik jaryonlar ta`sirida maydalanadi yemiriladi va bir joydan boshqa bir joyga keltirilib yotqiziladi. Bu hodisa ko`proq shamol, oqar suvlar va muzliklarning geologik ishida yaqqol ko`rinadi. Yemirilgan jinslar kuruqlikning pastki qismlarida va nixoyat dengiz ostida tuplanadi. Demak, dengiz ostiga chukadigan jinslarning bir qismini daryo, shamol va muzlar keltiradi. Ma`lumki, dengiz tulqini natijasida sohildan yemirilgan jinslar ham dengiz ostiga chukadi. Bundan tashkari dengizda yashovchi behisob organik dunyo qoldigi va shuningdek, kimyoviy jarayonlar natijasida hosil bo`lgan jinslar ham chuqadi. Dengizlarda chukindilarni tuplanishi ko`p jixatdan chuqindi tuplanuvchi viloyatlarning sohilga yaqinligi va tuzilishiga, suv havzalarining chuqurligi va ulardagi harakatga, suvning shurligi va organik dunyoning tarqalishiga bog`lik. Dengiz yotqiziqlari qo`yidagi viloyatlarga bo`linadi: a) yuqori sohil zonasi yotqiziqlari - litoral 0 -200 m, b) sayoz dengiz chukindisi - shelf , v) 200 m dan 2500 m chuqurlikdagi chuqindilar - batial , g) 2500 m dan chuqurdagi chuqindilar - abissal . Qirg`oq buyi chuqindilari . Irg`itma to`lqin natijasida qirg`oqdan uvolanib tushgan barcha siniq materiallar soxilning suv ostida davom etgan sayoz joylarida tuplanadi. Bu materiallar to`lqinning doimiy ta`sirida bo`lib, dumaloqlanadi, silliklanadi va katta-kichik xillarga ajraladi. Qirg`oq yaqinida yirik g`ula toshlar, sungra narida shag`al, nariroqda yirikroq qum tuplanadi. Sohildan uzoqlasha borgan sari mayda qumlar uchraydi. To`lqin keltirgan qum va shag`al uyumlari qirg`oq bo`ylab to`lqinga parallel holda joylashgan bo`lib, ular qirg`oq buyi vali deb ataladi. Qirg`oq vallarining balandligi, masalan, shimoliy dengizda 1m dan 5m ga, atlanteka okeani sohilida 10-12m ga yetadi. Bu yerlarda sohildagi qumlarda suvning to`lkinlanib turishidan hosil bo`lgan parallel shakllar bor. Bu shakllar dengiz ryabi deb ataladi. Shelf (materik sayozligi) chuqindilari . Dengiz sohilidagi buzona chuqurligi 20m dan 200m gacha bo`lgan va suv ichkarisi tomon 250 km masofadagi joyni o`z ichiga www.arxiv.uz oladi. Ba`zi joylarda shelfning kengligi 600km ga yetadi. Bunday joylar xilma xil chukindi jinslarining hosil bo`lishi va ularni tekshirish qo`layligi bilan ajralib turadi. Bu zonaga yotqiziqlari materik, orol va yarim orol sohillariga yaqin, ya`ni tulqin kuchi bilan chuindilar keltirib tuplanadigan joylar kiradi. Shelf zonasining quriqlikka yaqin va uncha chuqur bulmagan qismlarida yerikroq chukindilar tuplanadi. Oldin yerik - yaxshi saralanmagan qum, mayda saralangan qum va nihoyat materik yon bag`riga yaqin joylarda (150 -200m) qum, gil va oxaktosh tuplanadi. Bu jinslar orasida shu zonada yashagan xayvon va usimlik qoldiklari ham uchraydi. Bu organi koldiqlar chuqindilarning qanday sharoitda vujudga kelganligini ko`rsatadi. Yana shuni ham aytish keraki, dengizning bu zonasi hamma iqlim mintaqalarida uchraydi. Shuning uchun iqlim sharoiti, dengizning harakati va boshqa xususiyatlarga ko`ra chuqindining to`planish chuqurligi va miqdori hamma joyda bir xil bo`lmaydi. Batial chukindisi . Bu chukindi 200 m dan 2500 m chuqurlikkacha boradi va shelf zonasi bilan Dunyo okeani urtasida kontinentlar kirg`og`i bo`ylab uzun yulak tarzida chuzilib ketadi. Bunday joylarda chuqindining tuplanishi ustida kupgina olimlar tekshirish ishlari olib borganlar. Batial chuqindilari asosan ikki xil bo`ladi: terrigen va organogen bo`ladi. terrigen jinslar yaxshi saralangan mayda qum yoki qumli gil va gillardan iborat bo`lib, ularni shelf zonasidan dengiz osti oqimi olib keladi. Terrigen jinslar ko`k, yashil, qizil ranglarda bo`ladi. Organogen yoki ohakli jinslar materik yon bag`rida, ya`ni 200m chuqurlikda mayda plankton organizmlarining chig`anok zarralaridan hosil bo`ladi. Organik tarkibida 80-90 % CaCO3 bo`ladi. Dunyo okeani osti chukindilari. Okeanlar osti yukorida aytib utilgan viloyatlarga nisbatan kam urganilgan, bu zonaning chuqurligi 2500m dan 6000m gacha boradi va qirg`okdan urta hisobda 200-300km ichkaridir. Bu yerlar qirg`okdan ancha uzoq masofada bo`lganligidan to`lkiq olib ketgan chukindi borib yetmaydi. Okean osti chukindisi ikki xil: a) organik, b) okeandagi anorganik chukindidir. Hisoblarga qaraganda har kuni fazodan yer atmosferasiga 15 mln dan 20 mln. tonnagacha metiorit bulardan har yili yer massasiga 5000 tonnadan 7000 tonnagacha www.arxiv.uz modda kelib qushilishi mumkin. Bundan ma`lumki 500 ming yil mobaynida okean tagida 1 m qalinlikda chukindi to`planishi mumkin. Ko`lning geologik ishi Oqmaydigan yoki sekin oqib turadigan suvlar to`plangan, bevosita dengizga qushilmagan, o`rta qismida usimlik usmaydigan havza kul deb ataladi. Bir muncha sayoz ut usib suv yuzasigacha chiqqan suv havzalari botqoqlik deyiladi. Kullarni urganish bilan limnologiya fani shug`ullanadi. Dunyodagi kullarning maydoni Yer sharidagi quruklikning 1,8% ni yoki 27 mln. kv. km ni tashkil etadi. Barcha kullarning yalpi suv hajmi 29000 kub km ga teng. Kullarning suv tuplanadigan botigi ( kotlovinasi) turli geologik jarayonlar natijasida vujudga keladi. Suv tuplanadigan botig`ining paydo bo`lishiga kura kullar quydagi asosiy tiplarga bo`linadi: 1. Tektonik kullar . Bu kullarning botig`i tektonik harakatlar natijasida yer pustining chukkan, bukilgan hamda yorilgan joylarida vujudga keladi. Tektonik kullar odatda ancha chuqur va yon bag`rining tik bulishi bilan ajralib turadi. Yer sharidagi eng katta Kaspiy kuli hamda eng chuqur Baykal kuli, shuningdek Shimoliy Amerika Buyuk kullari, Buyuk Afrika kullari, Onego, Ladoga, Orol, Balxash kullari, Issik kul, Ulik dengizi, Skandinaviya hamda Balqon yarim orollaridagi yirik kullar tektonik kullardir. 2. Vulkanik kullar . Vulkanik kullar sungan vulqanlarning kraterlarida yoki sovib qotib qolgan lava oqimlarining pastkam qismlarida suv tuplanishidan paydo bo`ladi. vulqanik kullar Frantsiyada, Yava, Yangi Zelandiya orollarida ko`p uchraydi. Rossiya teritoriyasida vulkanik kullar Kamchatka yarim orolida hamda Kuril orollarida keng tarqalgan. 3. Muzlik kullari . Bu tipdagi kullar botig`i asosan materik muzliklari bosgan teritoriyalarda muzlik eroziyasi natijasida paydo bo`ladi. muzlik kullari Kanadaning shimoliy qismida, Finlandiyada, Taymir yarim orolida ko`p uchraydi. Muzlik kullari hozirgi zamon tog` muzliklari ishi natijasida ham vujudga keladi. Bunga Alp, Kavkaz, Oltoy tog`laridagi, qisman O`rta Osiyo tog`laridagi ba`zi kullar ham misol bo`la oladi. www.arxiv.uz 4. Karst kullari - karst hodisasi natijasida vujudga kelgan chuqurliklarga suv tuplanishi natijasida hosil bo`ladigan kullardir. Bu kullar ohaktosh, gips, dolomit kabi eruvchan jinslar keng tarkqlgan teritoriyalar uchun xarakterlidir. Karst kullari ko`pincha chuqur, biroq kichik bo`ladi. Bundan tashqari dengiz bo`ylarida suv erroziyasi va suv akkumulyatsiyasi natijasida hosil bo`lgan kullar, tug`on kullari, eol kullari ham mavjud. Kul suvi to`lqinlari kul qirg`og`ini yemiradi kul qirg`og`idan yemirilgan jinslar chukib, kul tagida to`planib boradi. Bu chukindilar mexanik va ximiyaviy bo`ladi: ximiyaviy chukindi suv oqib chiqmaydigan kullarda hosil bo`ladi, chunki suv oqib chiqadigan kullarda bu xil chukindilar suv bilan oqib ketadi. Mexanik chukindi hamma kullarda ma`lum bir qonuniyat buyicha chukadi. Dag`al chukindilar suvning kulga quyilish joyida chukadi, maydalari ko`lning ichkarisiga borib chuka boshlaydi. Irg`itma to`lqin sohilga urulib turgan rlarda dagal chukindilar - tosh, shag`al, qum chukadi. Dag`al va mayda mexanik chukkindilar bilan bir qatorda ko`l tagida organik gil - sapropellar to`planadi. Ut bosib ketgan kullarda sapropellar kul tagida bir necha metr qalinlikda tuplanib, kul botigini tuldirib yuboradi. Chuqur kullarda oqsil moddalarining chirishidan oltingugurt vodorod ajralib chiqadi. Hozirgi yuk bo`lib ketgan qadimgi kullarda ko`pincha qumir qatlamlari, ganch, tuz, temir rudasi qatlamlari, kul buri, ba`zan usimlik va hayvon koldiqlari uchraydiki, bular kul yoshini va kul xayoti tarixini aniqlashga yordam beradi. Botqoqliklarning geologik ishi Yer yuzining chuchuk yoki shur suv bilan kuchli namlangan qismlari botqoqliklar deb ataladi. Botqoqlik suvi tuproqni butunlay qoplashi yoki tuproqqa shimilgan holda bo`lishi mumkin. Odatda ko`pchilik botqoqliklar xilma-xil botqoq usimliklari bilan qoplangan bo`ladi. Botqoqliklar suvga tuyinish sharoitiga qarab, pastkam yerlardagi va baland yerlardagi botqoqliklarga bo`linadi. Quruqlikning pastkam yerlaridagi botqoqliklar har doim yoki uqtin- uqtin suv bilan kumilib turadi. Bunday botqoqliklarda sizot suvlari ko`pincha yer yuziga yaqin bo`ladi. baland yerlardagi botqoqliklarda esa, sizot www.arxiv.uz suvi juda chuqurlikda, botqoqlik esa sizot suvi gorizontidan yuqorida joylashadi, bunday botqoqliklar asosan yog`inlardan suv oladi. Birinchi tip bilan ikkinchi tip botqoqliklaridan tashqari oraliq tipidagi botqokliqlar ajratiladi. Botqoqliklar usimliklariga qarab 3 turga bo`linadi: 1) utli botqoqliklar; 2) zamburug`li botqoqkliklar 3) aralash usimlikli botqoqliklar. Botqoqliklar hamma geografik kengliklarda ham uchraydi, lekin eng ko`p tarqalgan yerlari urtacha mintaqaning o`rmon zonasi va tundra zonasidir. Botqoqliklar bilan qoplangan yerlarning maydoni haligacha ma`lum emas. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda uning maydoni taxminan 3,5 mln. km. kv. Yogin- sochining ko`pligi, bug`lanishning kamligi va suv utkazmaydigan qatlamlarning yer yuzasiga yaqin bulishi botqoqlikning hosil bo`lishidagi asosiy omildir. Yer ostida, tog` jinslarining bushliq va darzliklari orasida uchraydigan suvlar yer osti suvlaridir. Yer osti suvlarining geologik ishi juda katta, ular yer katlamlari orasidagi minerallarni, turli jinslarni eritadi, ularning tarkibini uzgartiradi va g`orlar hosil qiladi. Yer osti suvlarining paydo bo`lishi, tarqalishi, harakati, miqdor va sifat uzgarishi bilan maxsus fan - gidrogeologiya fani shug`ullanadi. Geologiyaning bu kursida yer osti suvlarini yemiruvchi barpo etuvchi agent sifatida qarab chiqamiz. Yer osti suvlari yog`inlarning yer pustidagi qum va toshlar orasiga qisman sizib utishi, ya`ni infiltratsiya yuli bilan hosil bo`ladi. yer osti suvlari suv bug`larining sovib kuyuklashuvi, ya`ni kondyensatsi ya vositasi bilan ham paydo bo`ladi. yer osti suvlarining asosiy qismi atmosfera yoginlarining jinslar orasiga infiltratsiyasi natijasida hosil bo`ladi. Yuvinel suvlar yer qatlamlari ostidagi magmadan ajraluvchi mineralli issiq suv bug`larining yer osti suviga aylanishidan hosil bo`ladi. yuvinel suv yerning chuqur qatlamlarida va tez-tez vulqan otilib turadigan o`lkalarda ko`p uchraydi. Yer osti suvlari tog` jinslari orasida har xil fizik va ximik holatda bo`ladi. Yer ostida yuvinel www.arxiv.uz suvlardan tashqari q oldik va relikt suvlari ham mavjud. Bu yer osti suvlari qadimgi geologik davrlarda daryo, dengiz va kul suvlari chukindi jinslari orasida turib qolishidan hosil bo`ladi. Yer osti suvlarining tasnifi Yer osti suvlarini tiplarga ajratishda ularning paydo bo`lishi, yer ostida yotish holati, tarkibi va gidravlik holati kabi belgilariga etibor beriladi. Yer osti suvlari paydo bulish sharoitiga qarab uch xil bo`ladi: yuza suvlar, grunt suvlar, bosimli yoki artezan suvlari. Yuza suv gruppasiga kiruvchi yer osti suvlari yer qatlamlari orasida katta maydonni ishg`ol qilmaydi. Yuza suvlar suv shimiluvchi qatlamlar orasidagi gil yoki soz tuproq ustida to`planib qoladi. Yuza suvlar grunt suvidan xuddi shu xususiyati bilan farq qiladi. Yuza suvlar tuplanuvchi qatlamlar qalinligi 2 - 3 m dan oshmaydi. Grunt suvlari. Yer qatlamlarida eng ko`p tarqalgan suvlardan biri grunt suvlardir. Yer yuzasi bilan suv utkazmaydigan qatlam orasidagi suvlar grunt suvlaridir. Grunt suvlari saqlanuvchi qatlam ustida suv utkazmaydigan qatlam bo`lmaganligi uchun bu suv urnashgan maydon bilan uni suv bilan ta`min kiluvchi maydon birdir. Yer osti suvlarining qatlamlar orasida hosil qilgan balandligi yer osti suvlarining oynasi deyiladi. Suv bilan tuyingan qatlam suv bilan tuyingan qatlam deyiladi. Yuza va boshqa yer osti suvlvri yer usti suvlariga qaraganda ancha sekin harakat qiladi. Chunki yer osti suvlari jinslar orasidan sizib utib boradi. Yer osti suvlarining harakat tezligi ularning qanday jinslar orasidan utishiga bog`liqdir. Qum orqali sutkasiga 1 - 5 m, yirik qumda 15 - 20 m, shagal yoki serdarz jinslarda 100 m va undan ham tezrok siljishi mumkin. Bosimsiz qatlam orasidan chiqadigan yer osti suvlar ham mavjud, ular qatlamlar orasidagi bosimsiz suv deyiladi. Qatlamlar oralig`ida hosil bo`lgan suvlar daryo va jar yon bag`irlaridan buloq tarzida chiqib oqar suvlarga qushiladi. Artezan suvlari. Bosimli suv odatda mahsus strukturali yerlarda uchraydi. Masalan ular yer qatlamlarining tektonik jarayon natijasida bukilib sinklinal shakl olgan strukturalarda hosil bo`ladi. bundan tashkari, artezian suvlar monoklinal va tektonik yer yoriqlarida ham paydo bo`ladi. 1-rasm. Bosim suvlarining tuplanish sxemasi: www.arxiv.uz V - suv utkazmaydigan qatlam, S - suvli qatlam. Tog` jinslari orasidan sekin-asta utib boradigan suv, sust harakatlanishiga qaramay, ma`lum darajada va ancha sezilarli geologik ish bajaradi; yer osti suvlarining erituvchanligi orqali olib boradigan ximiyaviy ishi ayniqsa kuchlidir. Tog` jinslari orqali sizilib utayotgan suvlarning mayda mineral zarrachalar va suvda erigan jinslarni uzi bilan eritib olib ketishiga suffoziya deyiladi. Suffoziya jarayoni natijasida yer yuzasida turli xil chuqurliklar hosil bo`ladi. suvda eruvchan tog` jinslarining yer osti suvlari ta`sirida erib ketishidan hosil bo`lgan xilma-xil relyef shakllari karst relyefini hosil qiladi. Karst relyefi o`ziga hos relyef shakllaridan hosil bo`ladi: karrlar, voronkalar, quduqsimon chuqurliklar, yer osti g`orlari va yulaklari, karst kotlovinalari va boshqalardan iborat. Surilmalar relyefdagi, ayniqsa yirik daryo va dengiz sohilidagi uzgarishlar yer osti suvlarining ishi bilan juda bog`liqdir. Surilishni vujudga keltiradigan sabablar: 1) yer osti suvlarining yer yuzasiga yaqin bo`lishi; 2) yer qatlamidagi suvli gorizontning daryo yoki jar uzanidan yuqori bo`lishi va yer ostidagi aylanib yurgan suv jins qatlamini kesib utishi; 3) qatlamning salgina bo`lsada uzanga kiya bulishi; 4) tosh- tuproq tuplab yoki biron katta inshoot qurish, uzoq vaqt yomgir yog`ib yoki qor erishi; sun`iy suv bostirish natijasida tuproqning haddan tashqari tuyinib ketishi; 5) tuproqning bukib qolishi, ulardagi zarrachalar ulanishining kamayishidan iborat. Muzliklarning geologik ishi Muz faoliyatini geologik agent sifatida urganish yer yuzasini hozirgi holatini ancha tuliq bilib olishga, shu bilan birga u paydo bo`lganidan beri turli davrlarda qanday o`zgarib kelganligini aniqlashga yordam beradi. Muzlik. Tog` jinslarini bir joydan ikkinchi joyga kuchiruvchi hamda ularni yotqizuvchi, ya`ni yer yuzasida harakatlanuvchi eng kuchli agentlardan biri muzlikdir. Hozirgi vaqtdagi Yer sharidagi barcha muzliklarning umumiy maydoni quriklikning undan bir qismidan kuprog`ini yoki 16 mln. 215 ming km2 tashkil etadi. Yer sharidagi www.arxiv.uz barcha muzliklarning 99,5% qutblarga va qutb yaqinidagi ulkalarga fakat 0,5% urtacha va tropik mintaqalardagi baland tog`li ulkalarga to`g`ri keladi. Yer yuzidagi barcha muzliklar shakliga va xarakatining xarakteriga ko`ra ikki guruxga bo`linadi. Bular-materik muzliklari yoki qoplama muzliklar va tog` muzliklaridir. Muzlik atrofidagi xaroratning keskin o`zgarishi, kunduzi isib, kechasi sovib ketishi natijasida tog` jinslari yemiriladi, bu sovuqdan nurash deyiladi. Muzlik o`z yo`lida uchragan qattiq tog` jinslari qoyalarni mayda-mayda qilib, maydalangan jinslarni bir joydan boshqa bir joyga olib ketadi, yer yuzasida katta chuqurchalar hosil qiladi. Muzlikning bunday ishi ekzaratsiya (xaydash-kovlash) deb ataladi. Muzlik xarakati natijasida yig`ilgan yotqiziqlar moryenalar deb ataladi. Morenalar asosan uch xil bo`ladi: ostki, ustki va ichki morenalar. Ustki morenalar muzlikka atrofdagi yon bag`irdan sinib va uvalanib tushgan jinslardan iborat. Ostki morenalar muzlik paydo bo`lmasdan oldin yemirilgan materiallarni muzlik sidirib to`plashidan hosil bo`lgan. Yotqizilgan morenalar ikkiga: oxirgi va asosiy morenalarga bo`linadi. www.arxiv.uz FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O`qituvchi» 1991 yil. 2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O`qituvchi» 1989 yil. 3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O`qituvchi» 1991 yil. 4. www.ziyonet.uz www.kasu.uz