logo

Qozog’iston qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati. Yengil sanoat. Trasporti

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

56.5 KB
Qozog’iston qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati. Yengil sanoat. Trasporti Reja: 1. Oziq – ovqat va yengil sanoati tarmoqlari uchun asosiy xom- ashyo 2. Un – tegirmon, yog-pishloq va qand-shakar sanoati 3. To`qimachilik sanoati 4. Xalq - badiiy buyumlari ishlab chiqarish 5. Qozog`istonning transporti va iqtisodiy aloqalari Qozog’iston agrosanoat majmuasi tarkibidagi qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga ozuq-ovqat sanoati kiradi. Ushbu sanoat tarmog’i chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlashga asoslanadi. Qishloq xo’jaligi bilan yengil sanoat tarmoqlari ham uzviy ravishda bog’liq va ushbu tarmoqd ham chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari qayta ishlanadi. Oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari xom ashyo va iste’mol rayonlariga qarab joylashtiriladi. Shu sababli ular ko’p hollarda katta shaharlarda joylashtiriladi. Shu bilan birgalikda ozuq-ovqatva yengil sanoat korxonalari uncha katta bo’lmagan qishloqlarda ham tarkib topadi. Oziq-ovqat sanoai. Urushdan oldingi va urushdan keyingi yillarda Qozog’iston qudratli ko’p tarmoqli oziq-ovqat sanoati tarkib topdi. Ushbu tarmoq respublika yalpi sanoat mahsulotining ¼ qismini yetkazib beradi. Respublikada oziq-oyqat sanoatining rivijlangan tarmog’i-go’sht sanoatidir. Go’sht sanoati respublika hududida deyarli bir tekis joylashgan. Respublikada 40dan ortiq go’shtni qayta ishlash kombinatlari mavjud. Shulardan eng yiriklari Semipalatinsk, Uralsk, Petropavlovsk, Olma-ota, Qizilo’rda shaharlarida joylashgan. Oziq-ovqat sanoatining muhim tarmoqlaridan biri non pishirish sanoatidir. Ushbu sanoat korxonalari respublikaning deyarli barcha qishloqlarida mavjud. Respublikada donni qayta ishlash asosida un-tegirmon sanoati tashkil topdi.Eng katta un-tegirmon zavodlari Olma-otada, Qarag’anda, Qustanay, Ostona,Semipalatinsk shaharlarida joylashgan. Oziq-ovqat sanoatining muhim tarmoqlaridan biri yog’-pishloq ishlab chiqarish hisoblanadi. Bu sanoat ko’proq Markaziy va Shimoliy Qozog’istondakeng tarqalgan.Chunki ushbu rayonlarida qoramolchilik kuchli rivojlangan. Respublikaning janubida qand lavlagi yetishtiradigan rayonlarida qand- shakar sanoati rivojlangan. Chunki 1 tonna shakar ishlab chiqarish uchun 6-7 tonna qand lavlagi qayta ishlanadi Oziq-ovqat sanoat tarmoqalridan shimoliy Kasbiyda baliqni qayta ishlash sanoati,Atirovda meva konserva va vino ishlab chiqarish zavodlari joylashgan.Balxash va Zaysan ko’llaridauncha katta bo’lmagan baliq ovlash va baliqni qayta ishlash sanoat korxonalari mavjud. Yengil sanoati. Respublika hududida notekis taqsimlangan.Bunga asosiy sabab,yengil sanoat korxonalarini joylashtirish,oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini joylashtirishdan farq qiladi.Jumladan paxta tozalash,jun yuvush fabrikalari,teriga birlamchi qayta ishlov beruvchi fabrikalar xom ashyo rayonlarida joylashgan.Shu bilan birgalikda paxta,jun va ipakdan gazlama to’qiydigan fabrikalar iste’mol rayonlarida ya’ni katta shaharlarida joylashgan.Kiyim-kechak poyavzal va trikotaj fabrikalari asosan iste’mol rayonlarida joylashgan. Respublikadagi yengil sanoat tarmoqlari ichida ip yigiruv,ip gazlama,jun yigiruv va jun gazlamalari to’qish,jun poyavzal,kiygiz bosish,trikotaj va kiyim kechak tikish tarmoqlari rivojlangan.Respublikada to’qimachilik sanoatining yirik markazlari Olma-ota, Shimkent, Semipalatinskda jun, poyavzal-Olma-ota, Qarag’andada, Qustanay, Janbul, Qizilo’rda valinka ishlab chiqarish Petropovlovsk va Uralsk shaharlarida joylashgan. Respublikda yengil sanoat tarmoqlar bo’lishiga qaramasdan aholining talabini to’liq qondira olmaydi.Ayniqsa Qozog’istonda ip gazlama va jun yetarli emas,respublika aholisi respublikada ishlab chiqarilayotgan poyavzal va trikotaj buyumlari bilan yetarli daratajada ta’minlangan.Shunga qaramasdan Qozog’istonda ko’plab teridan bo’lgan kiyim-kechaklar,po’stinlar,kiygizetiklar boshqa respublikalarga olib chiqiladi.Shuni hisobga olib respublikada maxsulotni Respublikaning o’zida qayta ishlashni ta’milash maqsadida ko’plab o’rta kichik korxonalarni qurishga katta e’tibor berilmoqda.Shu maqsad uchun respublikada yaqin kelajakda 1100-1200 kichik qo’shma korxonalarni qurish ko’zda tutilgan. Xakq badiiy buyumlari ishlab chiqarish.Sanoat mahsulotlariga kiygiz bosish va undan gilam ishlab chiqarish,badiiy kashtachilik buyumlari teriga ishlov berish,zargarlik buyumlarini tayyorlash,qora uylar tayyorlash,otlar uchun egar jabduqlari tayyorlash temir buyumlarini tayyorlahslar kiradi.Xalq badiiy buyumlari tayyorlash respublikaning turli joylarida turlicha xarakterga ega.Bu o’sha joy aholisining qadimdan badiiy buyumlarini tayyorlahsga ixtisoslashuvi bilan uzviy ravishda bog’liq.Jumladan,Jambilda “Ojerpas” fabrikasida jundan kiygiz to’qish rivojlangan.Bunday fabrika Semipalatinsk shahrida ham mavjud. Olma-ota shahridagi badiiy kashtachilik fabrikasida devorlarga osib qo’yiladigan kashtali buyumlar gilam ishlab chiqariladi.Sharqiy Qozog’istonnida mahalliy aholi uyida olacha to’qib chiqaradi.Teriga ishlov berish va undan turli xildagi attorlik buyumlari ishlab chiqrish Shimkent attorlik fabrikasida amalga oshirildi. Olma-ota,Sharqiy Qozog’iston,Shimoliy Qozog’iston va Kokshatov viloyatlarida yog’ochga badiiy ishlov berish,Qustanay viloyatida suyakka badiiy ishlov berish ishlari rivojlangan.olma-ota shahridagi “Suvenir” fabrikasida suvenirlar tayyorlahs amalga oshiriladi. Transport hech qanday moddiy boylik ishlab chiqarishda qatnashmasada,uning xalq xo’jaligida tutgan o’rni benihoyat kattadir.Hozirgi vaqtda biron bir davlatning iqtisodiy taraqqiyotini transportsiz tasavvur qilish qiyin.Transport vositalari orqali sanoat korxonalarining iqtisodiy aloqalari amalga oshiriladi.Transport hududiy mehnat taqsimotining tarkib topishida muhim rol o’naydi.Shunday ekan transport ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishida katta kuch hisoblanadi. Maydon juda katta bo’lgan Qozog’iston respublikasida transportning roli benihoyat kattadir.Chunki respublika O’rta Osiyo Respublikalari,Rossiya Federatsiyasining G’arbiy Sibir,Ural,Volgabo’yi iqtisodiy rayonlari bilan iqtisodiy aloqalari faqat transport vositasi bilan amalga oshiriladi.Shunday ekan transport nafaqat Respublikaning ichki qismida balki davlatlararo iqtisodiy aloqalarning amalga oshirilishida katta rol o’ynaydi.Jumladan,Olma- ota,Urumchi,Jarkent-Itin(Kulja)shaharlari bilan avtobus aloqalari Drujba bekati- Alashanxau temir yo’l aloqalari o’rnatilagn.Yaqin kelajakda Shanxay-Olma-ota- Stabul temir yo’li aloqalari ishga tishirish ko’zda tutilgan. Respublika hududining asosiy qismi quruqlik bo’lganligi sababli daryo turi kam rivojlangan.Shu sababli Qozog’istonda asosan quruqlik transporti temir yo’l va avtomabil yo’llari rivojlangan.Respblikadagi tashiladigan yukning 99% i quruqlik transportiga, Respublika yuk tashish hajmining 96% i ushbu tarmoqqa to’g’ri keladi.Keyingi yillarda Respublikada quvur transporti ham rivojlanmoqda. Fan-texnika inqilobi ta’siri natijasida keyingi yillarda respublikada yuk tashihsh hajmi ancha ortdi.Aholiga transport xizmati ko’rsatish borgan sari yaxshilanmoqda.Bularning barchasi qisqa vaqt ichida aholiga transport xizmatini yanada yaxshilashimkoniyatini beradi. Temir yo’l transporti.Qozog’iston respublikasida temir yo’llarning umumiy uzunligi 15mln kmni tashkil qiladi.Revolyutsiyadankeyingi davrda Qozog’istonda temir yo’llar uzunligi 1913 yilga nisgatan yetti yarim barobar uzaydi. Respublikada temir yo’llarningasosiy shimoldan-janubga keisb o’tuvchi respublikalararo temir yo’llar tashkil qiladi.Ushbu temir yo’llardan respublikaning ichki qismlariga boruvchi temir yo’llar o’tgan. Respublikadagi dastlabki 1905-1907 yillarda qurilgan Orenburg-Toshkent temir yo’li hisoblanadi. Ushbu temir yo’l Qozog’istonni Rossiya,Orta Osiyo respublikalari va Ukraina bilan bog’laydi.Orenburg-Toshkent temir yo’li respublikalarida eng ko’p yuk tashiladigan temir yo’llardan hisoblanadi. Ikkinchi Respublikalararo temit yo’l Semipalatinsk-Olma-ota-Lugovaya- Shimkent-Aris yo’li hisoblanadi.Ushbu temir yo’l Sharqiy va Janubiy Qozog’istonning tog’ oldi rayonlari orqali o’tib Orenburg_toshkent temir yo’lini buyuk Sibir yo’li bilan bog’laydi.Ushbu temir yo’lning shimoliy qismi(Lugovaya bekatidan keyin) Turkiston-Sibir(Turksib0temir yo’li deb ataldi.30-yillarda rudali Oltoy,Jung’oriya Olatovida rangli maetallurgiya sanoatining rivojlanishiga Toldiqo’rg’on,Jambil,Olma-ota viloyatlarida qand lavlagi ekin maydonlarining kengaytirilishiga olib keldi.Ushbu temir yo’l qurilishi Semipalatinsk,Shimkent, Olma-ota shaharlarining jadal rivojiga olib keldi. Respublikada shimoldan janubga tamon o’tuvchi uchinchi Petropavlovsk- Ostona-Qarag’anda,Kentou-Chu temir yo’li hisoblanadi.Ushbu temir yo’l Qozog’istonning o’rta qismidan o’tib respublikaning shimoliy ,markaziy va janubiy qismlarini bir-biri bilan bog’laydi.Ushbu liniya va undan chiqqan Jezqazg’an-Balxash,Sayan-Aktuba tarmoqlari orqali Qarag’anda ko’mir havzasi va Markaziy Qozog’istonda mis sanoatining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Buyuk Sibir temir yo’lidan tashqari Respublikaning g’arbini sharqi bilan bog’lovchi temir yo’llaridan Kartali-Ostona-Pavlodar temir yo’li hisoblanadi.Ushbu temir yo’lning o’tkazilishi Ekibastuz,Pavlodar sanoat tugunining taraqqiy etishiga,hamda Qarag’anda bilan Magnitogorsk oralig’idagi yo’lning 928 kmga qisqarishga olib keldi.ushbu temir yo’l orqali ko’mir,temir rudasi,boksit va don tashiladi. Respublikada qo’riq va bo’z yerlarning o’zlashtirilishi bilan Sibir temir yo’lining bir qismi bo’lmish yangi bir temir yo’l qurib ishga tushirildi.Ushbu temir yo’l orqail respublikaning ichki rayonlariga don va boshqa qishloq xo’jalik maxsulotlari mashinalar, qurilish materiallari tshildi.Respublikada yuk tashish kuchli bo’lgan temir yo’llarda teplovozlar o’rnida elektrovozlar qatnamoqda.Temir yo’l bekatlarida yuk tashish va tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish amalga oshirilmoqda. Avtomobil transporti.Respublikada avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi 83 ming km ga teng.Respublikada eng ko’p avtomobil qatnovi amalga oshiriladigan avtomobil yo’li Olma-ota-Bishkek-Jambul-Shimkent-Toshkent yo’llari hisoblanadi.Ikkinchi muhim avtomobil yo’li Olma-ota-Semipolatinsk- Ust-Kaminagorsk yo’li bo’lib hisoblanadi.Ushbu avtomobil yo’li Respublika janubini shimol bilan bog’laydi. Respublika ichki rayonlarini bir-birini bog’lahsda Olma-ota-Chilik- Narmihol, Qarag’anda-Qarqarali, Uralsk-Atirau,Qustanay-Arkalik,Qarag’anda- Jezqazg’an avtomobil yo’llarining ahamiyati katta. Respublikaning shimoliy rayonlarini o’zlashtirish munosabati bilanbu yerda ko’plab avtomobil yo’llari qurib ishga tushirildi.BulargaMangistau- Aktau,avtomobil yo’li,Ostona-Qustanay, Ostona-Ko’kchitau,Petropavlovsk- Qustanay avtomobil yo’llari misol bo’ladi. Adabiyotlar ro`yxati 1. I.A.Karimov. “O`zbekiston XX І asr bo`sag`asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlariva taraqqiyot kafolotlari” T., “O`zbekiston” 1997. 2. I.A.Karimov. “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, T., “O`zbekiston” 1998. 3. I.A.Karimov. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O`zbekiston” 1999. 4. G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov. “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. T., “O`qituvchi” 1994. 5. Z.M.Akramov., A.A.Rafiqov. “Прошлое, настоящее и будущее Аральского моря”. T., “Mehnat” 1990. 6. T.J.Jumaboyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Ma’ruzalar matni). Samarqand – 2001. 7. G`.R.Pardayev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Amaliy mashg`ulotlar). Angren – 2003. 8. A.N.Ro`ziyev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. Termiz – 2000. 9. A.Soliyev., L.Qarshiboyeva. “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari”. T., 1999. 10. A.S.Soliyev., E.A.Ahmedov., R.Y. Mahamadaliyev. “Mintaqaviy iqtisodiyot”. T., “Universitet”. 2003. 11. “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” T., 1998. 12. I.A.Hasanov., P.N.G`ulomov. “O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi”. T., 2002.