logo

Fotix Karimning geografiya kitobi. Mustaqillik yillarida geografiya o’qitish metodikasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.5 KB
Fotix Karimning geografiya kitobi. Mustaqillik yillarida geografiya o’qitish metodikasi Reja: 1.Jug’rofiy riyoziy kitobi. 2.Mustaqillik yillarida geografiya o’qitish metodikasining yutuqlari.  Fotix Karimning geografiya kitobi 1909 yili Orenburgda bosilib chiqdi. Bu kitob Toshkentdagi «yangi usul» maktablarining birida qo’llanib kelingan. Bu qisqacha geografiya kitobi (risola), rus darsliklari namunasida yozilgan. Dastlab geografiya, karta, atlas, dengiz, okean, tog’, vodiy, daryo, ko’l va boshqalar haqida, so’ngra dunyoning besh qit’asi va undagi davlatlar haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Fotih Qarimning qisqacha geografiya risolasi kamchiliklardan xoli bo’lmasada (masalan, o’lkashunoslikka e’tibor berilmagan), har holda keyingi geografiya darsliklarining takomillashuviga va geografiyaning yanada kengroq o’qitila boshlanishiga ta’sir ko’rsatdi. XX asrning 10 ynllaridan boshlab Rossiyada geografiya o’qitish ancha yaxshilandi. Geografiya o’qituvchilarining D. N. Anuchin rahbarligida o’tgan birinchi Butunrossiya s’ezdi (1915 y.) Rossiya maktablarida geografiyaning rivojlanishida katta voqea bo’ldi. S’ezdda barcha sinflarda geografiya darslari soatlarining ko’paytirilishi lozimligi, shuningdek, geografiya o’qitishda ekskursiya, kuzatish va amaliy ishlarning axamiyati ta’kidlangan. SHundan keyin geografiya maktab ta’limidagi eng asosiy o’quv predmetlaridan, deb tan olindi va maktablarda yangi dastur joriy qilindi. M. T. YAroshevskayaning «Rasmli boshlanma geografiya» (1911 y.); E. Lesgaft, G. Ivanovlarning hamma sinflar uchun yozilgan geografiya kitoblari, shuningdek, A. Kruber, S. Grigorьev, A. Barkov va S. CHefranovning «Boshlanma geografiya» darsliklari nashr etildi. Mazkur darsliklarda geografiya fani erishgan yutuqlardan foydalanilgan, geografik nomlar birmuncha qisqartirilgan, tabiat va aholining hayotidan yorqin tasvirlar berilgan. Rossiyada geografiyaga bo’lgan e’tiborning ortishi Turkiston maktablarida geografiya o’qitish ishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. YAngi original geografiya darsliklari vujudga kela boshladi. Geografiya darsliklari o’qituvchilar o’rtasida muxokama kilinar va ularning mulohazalari asosida takomillashtirilar edi. Eng yaxshi geografiya darsliklari dastur tarzida qabul qilinib, ko’pchilik maktablarda o’qitila boshlandi. Darsliklarni nashr etishda Abdulla Avloniy rahbarligidagi «Maktab» bosmaxonasining ham xizmati katta bo’lgan. Usha davrdagi muhim risola (kitobcha) lardan «Er yuzi», «Jurrofiyai ijmoliy» (umumiy geografiya) va «Jug’rofiyai riyoziy» (matematik geografiya) kitoblari bo’lgan. Quyida shu kitobchalar haqida qisqacha ma’lumot beramiz. «yer yuzi». Bu geografiya qo’llanmasining ikkinchi nashri 1915 yilda bosilib chiqqan. «YOr yuzi»ning birinchi nashri Turkiston geografiya o’qituvchilari o’rtasida muhokamaga qo’yilgan va o’qituvchilariing fikr hamda mulohazalarini e’tiborga olib tuzatilgan. «Er yuzi» kitobi dastur sifatida qabul qilingan. Bu kitob xam rus geografiya kitoblari namunasida yozilgan bo’lib, u umumiy tabiiy geografiyani, qit’alar va eng muhim mamlakatlar geografiyasini va Rossiya haqidagi geografik ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Umuman «Er yuzi» revolyusiyagacha maktablar uchun nashr etilgan geografiya kitoblari ichida eng mukammalidir. Bu kitob ayrim maktablarda, hatto 1928 yilgacha qo’llanib kelinganligi fikrimizning dalili bo’la oladi. «Jugrofiy ijmoliy» nomli kitobcha geografiya darsligi talabiga javob bera oladigan darajada emas edi. Bu kitob juda qisqa bo’lib, unda asosan materik, mamlakatlar va daryolar sanab o’tilgan, geografik tushunchalar juda kam va qisqa bayon etilgan. 1914 yilda nashr etilgan «Jug’rofiyai riyoziy» (Muhammad Amin Karimiy risolasi) boshlang’ich maktablarining 4 va 5 sinf o’quvchilari uchun mo’ljallab chiqarilgan. Kitob 17 dars, ya’ni 17 mavzudan iborat bo’lgan. Bu risolada erning shakli, uz o’qi va Quyosh atrofidagi harakati, Oy va uning tabiati, Quyosh va Oy tutilishlari xaqida, yulduzlar haqida ilmiy ma’lumotlar berilgan. «Jug’rofiyai riyoziy» o’sha davrdagi matematik geografiyaga bo’lgan ehtiyojni ma’lum darajada qondirgan. Bu kitobni yozishda rus tilida nashr kilingan adabiyotlardan foydalanilganv shubxasiz. Usha davrda bunday darslikning vujudga kelishi, birinchidan, o’zbek xalqining geografik bilimlarga bo’lgan ehtiyoji kun sayin ortib borayotganligidan, ikkinchidan, o’zbeklardan geograf mutaxassislar etishib chiqa boshlaganligidan darak berar edi. O’rta osiyolik olim ma’rifatparvarlar fanning, jumladan, geografiya fanining rivojlanishiga munosib hissa qo’shdilar. Geografiyaga qiziqish orta bordi: o’zbek tilida globus ishlandi, o’zbekcha kartalar yaratildi, tabiatni o’rganish va undan oqilona foydalaiishga qaratilgan fikrlar paydo bo’ldi. Usha davrdagi ilg’or fikr namoyandalaridan Axmad Donish, Furqat, Hoji YUsuf Hay’atiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniylarni faxr bilan tilga olamiz. Axmad Donish (Ahmad Nosir o’g’li, 1827—1897 yy.) XIX asrning ikkinchi yarmidagi keng bilimli ma’rifatparvarlardan biri va o’z davridagi ilg’or g’oyalarning targ’ibotchisidir. U ajoyib shoir, filosof, etuk astronom va geograf edi. Axmad Donish o’z zamonasida boshqa bilimlar qatori, geografik bilimlar ham, ommani nodonlikdan xalos etishda va kishilar ilmiy dunyoqarashining shakllanishi hamda yuksalishida katta rolь o’ynalajagini ta’kidlagan va buning uchun jon kuydirganlardan biri edi. Donish jaholatga tushib qolmaslik uchun dunyoviy bilimlarni egallashga quyidagicha da’vat qildi: «Biz dunyoni gullatib yashnashi uchun, dengizlar kezib o’rganish uchun, er osti boyliklarini izlab topish uchun, Erning hamma qit’alari va aholisini bilish uchun tug’ilganmiz» (Navodirul voqoe, 77 a, 82 betlar.) Ahmad Donish geliosentrik nazariya bilan tanish bo’lgan, evropaliklarning dunyo aylana sayohatlaridan, shimoliy va janubiy o’lkalarda olib borilayotgan tadqiqot ishlaridan xabardor edi. A. Donishning Buxorodagi suv ta’minotini yaxshilash to’g’risidagi fikrlari ayniqsa qimmatlidir. U o’z g’oyasini amalga oshirishni so’rab Buxoro amiriga murojaat qiladi. Ulkamizdagi dastlabki ma’rifatparvarlardan biri, geografik bilimlarni tarqalishiga ma’lum darajada hissa qo’shgan Ahmad Donishning orzuistaklari sovet davridagina amalga oshdi. Maktab geografiya ta’limiga munosib hissa qo’shganlardan biri o’zbek sovet adabiyotining asoschisi, mohir pedagog va san’atkor Hamza Hakimzoda Niyoziydir. H. H. Niyoziyning ijodiy merosidagi xalq maorifi va tarbiya haqidagi fikrlar muhim ahamiyatga ega. Asrimizning o’ninchi yillarida O’zbekiston territoriyasida maktablarning deyarli hammasi sinfiy xarakterda bo’lganligi uchun Hamza o’zbek bolalarining taqdiri va ularga qaysi yo’l bilan yordam berish haqida o’ylar edi. Hamzaning pedagogik faoliyati 1910 yillardan boshlanadi. U 1911 yili Qo’qonning Hojibek guzarida kambag’al bolalari uchun maktab ochadi. Qisqa vaqt ichida Hamza maktabining shuhrati ortadi. Hamza maktabining shuxrat qozonish sabablaridan, uning maktabidagi o’qishyozish, geografiyaning o’kitilishi, umuman, dars berishda o’qitishning yangicha usullaridan foydalanishi edi. Hamzaning 1914 yilda ochgan ikkinchi maktabida ham geografiya o’qitiladi. Hamzaning maktabi o’z oldiga qo’ygan maqsadi, mashg’ulotlarning sinf dars sistemasi asosida o’z ona tilida bo’lishi va unda dunyoviy fanlar (tabiiyot, geografiya, tarix)ning o’qitilishi bilan eski maktablardan butunlay farq qilar edi. 1915 yilda H. H. Niyoziy Marg’ilon shahriga borib, u erda ham kambag’al bolalar maktabini ochishga kirishadi. Birok; bu erda maktab ochish uchun Farg’ona gubernatori ruxsat bermaydi. Keyinchalik esa unga geografiya, tarix va tabiiyot fanlariki o’qitmaslik sharti bilan maktab ochishga ruxsat bergan. SHunda Hamza: «Javob beribdilar bo’pti, tabiiyot, jugrofiya va tarixsiz maktab maktab bo’ladimi», degan edi. Bu so’zlardan maktabda geografiya o’qitilishiga juda katta e’tibor berganligi ko’rinib turibdi. Hamza ochgan maktablarning hammasida geografiya o’qitilgan. Bu davrda Rossiyada xam geografiyani o’qitish yaxshilana boshlagan edi. Bu hol O’zbekiston territoriyasidagi maktablarda geografiya o’qitilishiga, jumladan, Hamza maktablarida o’qitilayotgan geografiyaning mazmuniga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Hamza maktablarida o’qitiladigan geografiyaning mazmuni Rossiya maktablarida o’qitiladigan geografiya mazmuniga ancha yaqin kelardi, ya’ni dastlab tabiiy geografiyaga oid elementar ma’lumotlar berilib, keyin qit’alar va undagi davlatlar, so’ngra Rossiya va Turkiston geografiyasi o’rgatilar edi. Hamza geografiya darslarida o’z saexatlari (Afg’oniston, Hindiston, Arabiston va Turkiyada, Rossiyaning ba’zi shaharlarida bo’lgan) taassurotlaridan keng foydalangan. Uning o’quvchilari geografiyadan alohida daftar tutishgan. 20yillarning oxiriga kelib, o’zbek maktablarida dars berish uchun etarli tayyorgarlikka ega bo’lgan dastlabki geografiya o’qituvchilari etishib chiqa boshladi. 1926 yildan boshlab N. Ibodov (hozir iqtisod fanlari kandidati, dosent), G’. Nazarov, 1928 yildan boshlab I. Mirzaboev, A. Axrorov kabilar geografiyadan dars bera boshlaganlar. Bular o’zbek sovet maktab geografiya o’qituvchilari armiyasining bayroqdorlari bo’lganlar.